Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari  ( 294163 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 19 B


Robiya  27 Aprel 2008, 14:46:20

16.4. Gap va uning asosiy belgilari.

  Muomala vositasining eng kichik birligi gapdir.
  Gap orqali tugallangan fikr ifodalanadi: Paxta terimi qizg’in davom etyapti. Oltin kuz qanday go’zal!
  Gap hosil qilish uchun so’z va so’z birikmalarini grammatik jihatdan bog’lash kerak. Xatni qalam bilan yozdi gapida — ni va bilan bog’lovchi vositalar hisoblanadi.
  Gap ohang jihatdan tugallangan bo’lishi kerak: Kuz. Hamma yoqda ish qaynayapti. Bu gapdagi Kuz so’zi tugallangan ohang bilan aytilgani uchun gap hisoblanadi.
  Shunday qilib, gapning quyidagi belgilari mavjud:
- Muomalaning eng kichik birligidir.
- Nisbiy tugallangan fikrni ifodalaydi.
- Grammatik jihatdan shakllangan bo’ladi.
- Tugallangan ohang bilan aytiladi.



Qayd etilgan


Robiya  27 Aprel 2008, 14:49:48

16.5. Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari.

Darak gap orqali biror narsa haqida ma’lum qilinadi, xabar beriladi, uning oxiriga nuqta qo’yiladi: Navoiy ruboiylaridan yodladim.

  Darak gaplar darak-xabar, orzu-umid, ishonch, ta’kid, g’urur, maslahat, tashviq, sevinch, taajjub, gumon, achinish, tashvish, g’azab, norozilik, kinoya kabi mazmun turlarini ifodalaydi.

  So’roq gap orqali so’zlovchi o’zi bayon qilgan fikrga suhbatdoshining fikr bildirishiga undaydi, tasdiqlash yoki inkor qilishga  undaydi: Ibrohimovamisiz? Ha. Charchamadingizmi? Yo’q. Yozuvda so’roq gapning oxiriga so’roq belgisi qo’yiladi. Bu gaplar ko’proq dialogik nutqda uchraydi.

  So’roq gaplar so’roq olmoshlari, so’roq yuklamalari yoki so’roq ohangi bilan hosil bo’ladi: kim? Nima? Qanday?qancha? necha?qaysi? (so’roq olmoshlar), -mi, -chi, -a, -ya (so’roq yuklamalari). Quyidagi misolda so’roq ohangi qatnashgan: Soat ikki bo’ldi. Ikki bo’ldi?
  So’roq gaplar ikki guruhga bo’linadi:
  Sof so’roq gaplar javob talab qiladigan gaplardir: Siz ertaga kelasizmi?
  Ritorik so’roq gaplar so’roq gaplarning javob talab qilmaydigan turi bo'’ib, javobi o’z ichida yashiringan bo’ladi: Men uning to’satdan kelib qolishini qaydan bilay? Ritorik so’roq gaplar yashirin tasdiq, yashirin inkor, taajjub, tashvish, g’amxo’rlik, g’azab, gumon, kuchli hayajon ma’nolarini ifodalashi mumkin: Bu Vatanda nimalar yo’q (tasdiq). O’zingdan chiqqan baloga, qayga borasan davoga? (inkor) Bu nimasi?! (taajjub) Meni tashlab ketmaysanmi? (tashvish) Maqsad nima, maqsad? (g’azab) Paxtalar ham yaxshi ochilmagandir? (gumon) Tokaygacha ezilamiz, ota? (kuchli hayajon)

  Buyruq gaplarda suhbatdoshni nimadir qilishga undash maqsad qilib qo’yiladi. Bunday gaplarda iltimos, buyruq, taklif, maslahat, hayratlanish, tashvish, gumon, hayajon, g’azab, yalinish tarzida bo’lishi mumkin: Avval o’yla, keyin so’yla (maslahat). Dadil harakat qil!(buyruq) Ashuladan yana bo’lsin (iltimos). Qani hamma odamlar sizday bo’lsa (orzu) Nahotki, bu siz bo’lsangiz!(hayratlanish) sovqotib qolma, issiqroq yot (g’amxo’rlik). Kunning tig’ida nima qilasan, bu yerga kelib, salqinda o’tirsangchi! (tashviq). Qo’rqqan bo’lsa kerak! (gumon) Xatdan o’chir o’g’limni hozir! (g’azab, do’q) Yozuvda buyruq gaplarning oxiriga ko’pincha undov belgisi, ohangiga qarab esa nuqta ham qo’yilishi mumkin.

Qayd etilgan


Robiya  27 Aprel 2008, 14:52:23

16.6. His-hayajon (undov) gap.

  Gaplar ohangiga, his-tuyg’uni ifodalashiga ko’ra ikki xildir:

His-hayajonli gap.

His-hayajonsiz gap.


  His-hayajon gaplar eh, oh, uh, o, uf, obbo kabi undovlar, qanday, qancha, naqadar, shunday kabi so’zlar yoki faqat his-hayajon ohangi bilan hosil bo’ladi: Eh, bahorning gashtiga nima yetsin! Farg’ona vodiysi naqadar go’zal! Paxta terimi boshlandi! So’roq ohangi bilan hosil bo’lganda darak, so’roq, buyruq gap his-hayajon gapga aylanadi: Dalada qancha odam bor? Dalada qancha odam bor!
  His-hayajon gap so’roq gapdan hosil bo’lgan bo’lsa, tinish belgilar quyidagicha qo’yiladi:

  So’roq mazmuni kuchli bo’lsa, oldin so’roq, keyin undov belgisi qo’yiladi: Nima bo’ldi, gapirsangizchi?!
  His-hayajon kuchli bo’lsa, oldin undov, keyin so’roq belgisi qo’yiladi: Farzand qanday oqlar ona haqqini!?
  Ayrim hollarda his-hayajonning o’ta kuchliligini ifodalash uchun uchta katta undov belgisi ketma-ket qo’yiladi: O’lim yovga!!!
  Biror sabab bilan uzilib qolgan his-hayajon gapning oxiriga undov belgisi va undan keyin ketma-ket ikkita nuqta qo’yiladi: Men yetim o’sganman, oh, u, yetimlik!.. (G’. G’ulom)


Keyingi mavzu: Gap bo'laklari

Qayd etilgan


Robiya  03 May 2008, 13:42:02

17-ma’ruza. GAP BO’LAKLARI

  Gapda biror so’roqqa javob bo’lgan va o’zaro tobe bog’langan so’z yoki so’z birikmasi gap bo’lagi deyiladi. Gap bo’laklarini belgilashda asosiy xususiyat ular orasidagi sintaktik aloqadir. So’zlarga so’roq berish, ularning qaysi turkumga mansubligi, ularning gap ichida joylashish tartibi, ularning qanday qo’shimchalar olishi tom ma’noda ularning turlarini belgilashda asos bo’la olmaydi. Gap bo’laklarining turi odatda bir-biriga nisbatan aniqlanadi: ega kesimga nisbatan, aniqlovchi aniqlanmishga nisbatan, hol hollanmishga nisbatan, to'’diruvchi to'l’irilmishga nisbatan aniqlanadi. Nisbat beriluvchi bo'l’k bo'l’as ekan, u yoki bu gap bo'l’gi haqida gapirish mumkin emas. Gap bo'l’klari ikki turli bo'l’di: bosh bo’laklar va ikkinchi darajali bo’laklar. Ega va kesim gapning bosh bo’laklaridir. Ular o’zaro faqat tobe bog’lanadi. Bosh bo’laklar gapning grammatik asosini tashkil etadi.
  Gap bo’laklarini tuzilishiga ko’ra ham ikki turga bo’lishadi:

1.Oddiy bo’laklar yakka so’z bilan ifodalanadi (qo’shma, juft so’zlar bilan ifodalansa ham, oddiy bo’lak hisoblanadi): Dars boshlandi.

2.Murakkab bo’laklar turg’un bog’lanmalar (to’g’ri ma’noli va ko’chma ma’noli), erkin bog’lanmalar bilan ifodalangan bo’laklardir: Aravani quruq olib qochish sizga yarashmaydi (turg’un bog’lanma). Uch o’gayni shirin suhbat qurishyapti (erkin bog’lanma).

Qayd etilgan


Robiya  03 May 2008, 13:48:31

17.2. Bosh bo’laklar.

17.2.1. Ega va uning ifodalanishi.
  Gapning kim yoki nima haqida ekanligini bildirib, boshqa bo;laklarga grammatik tobe bo’lmagan bo’lak ega deyiladi. Ega kim?nima?qayer? so’roqlariga javob bo’ladi: Kishilar (kimlar?) Hakimani va boshqa qizlarni maqtashdi. O’tloqda bedana (nima?) ko’p. Atrof (qayer?) jimjit.

  Ega bosh kelishikda bo’lib, odatda, quyidagicha ifodalanadi:

1.Ot bilan: Yoqimli shamol gul hidlarini atrofga taratdi.
2.Olmosh bilan: Ular to’garak mashg’ulotlariga muntazam qatnashadilar.
3.Otlashgan (sifat, son, sifatdosh, taqlid so’z) so’zlar bilan: Yaxshilar ko’paysin, yomon qolmasin. Ikkovimiz dala aylandik. Bilgan bilganin ishlar, bilmagan barmog’in tishlar. Uzoqdan gumbur-gumbur eshitilardi.
4.Ibora bilan: Uning yuzioga oyoq qo’yish axloqimizga zid.
5.Sintaktik birliklar bilan: Otlarning otxonaga olib o’tilmagani Ziyodillani taajjublantirdi.

  Ayrim paytlarda teng aloqadagi bir necha so’z ham butunicha yoki bo’lak-bo’lak ravishda ega bo’lib kelishi mumkin: Otam bilan akam bozorga ketishdi.
  Ba’zan ega chiqish kelishigidagi so’zlar bilan ham ifodalanishi mumkin. Bunday paytlarda haqiqiy ega tushirilgan bo’lib, undan oldin kelayotgan chiqish kelishigidagi so’z ega vazifasini ifodalaydigan bo’lib qoladi: Unda ham bu kitoblardan bor. BU gapdagi haqiqiy egani tiklash mumkin: Unda ham bu kitoblardan biri bor.

Qayd etilgan


Robiya  03 May 2008, 13:52:49

17.2.2. Kesim va uning ifodalanishi, turlari.

  Ega haqidagi xabar (hukm)ni bildirib, unga grammatik tobe bo’lgan bo’lak kesim deyiladi. Kesim nima qildi?nima qiladi?nima qilar?qandaydir? (u) kim? (u) nima? (u) nechta? Singari so’roqlarga javob bo’ladi: Safarov aytgan gaplarni hammamiz tushundik. Havo mayin, osmon tip-tiniq.
  Kesim ifodalangan hukm ikki xil (tasdiq va inkor) bo’lganligi uchun kesim ham t a s d i q va i n k o r kesimga ajraladi: Men bordim. Men bormadim. Agar gap tarkibida sira, aslo, hech, zinhor, birorta ham so’zlari ishtirok etgan bo’lsa, kesim ham inkor shaklida bo’ladi. Kesim, odatda, quyidagicha ifodalanadi:

1.Fe’l bilan: Halol mehnat insonni ulug’laydi.
2.Sifat bilan: Shahar go’zal.
3.Ot, son, olmosh, ravish bilan: O’zbekistonning poytaxti — Toshkent. Ikki o’n besh — bir o’ttiz. Dangasaning vaji ko’p.
4.Ibora bilan: Sobir so’zining ustidan chiqdi.

  Kesimlar qaysi so’z turkumi bilan ifodalanishiga qarab 2 xil bo’ladi:
1.Fe’l-kesim fe’l yoki uning sifatdosh, ravishdish shakllari bilan ifodalanadi. Fe’l-kesim tuzilishiga ko’ra 2 xil bo’ladi:

1)Sodda fe’l-kesim bir so’z bilan ifodalanadi: Men keldim.
2)Murakkab fe’l-kesim quyidagicha tuziladi: a) Ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasidan iborat bo’ladi: Odamlar tarqala boshladi. B) Sifatdosh va to’liqsiz fe’ldan iborat bo’ladi: Mashg’ulot haftada bir marta o’tadigan bo’ldi.

2.Ot-kesim ot, sifat, son, olmosh, ravish, harakat nomi, modal so’z bilan ifodalanadi.Ot va otlashgan so’zlar bosh, jo’nalish, o’rin-payt va chiqish kelishigi shaklida bo’lishi mumkin. Ot-kesim tuzlishiga ko’ra ikki xil:

1)Sodda ot-kesim bir so’z bilan ifodalanadi: Uyat o’limdan qattiq.
2)Murakkab ot-kesim quyidagicha tuziladi: a) ot, sifat, son, olmosh, ravish hamda "œbo’lmoq" fe’li yoki to’liqsiz fe’ldan iborat bo’ladi: Mehnat qancha qiyin bo’lsa, noni shuncha shirin bo’ladi. B) Yo’q, bor, oz, ko’p, zarur, lozim, kerak kabi so’zlar hamda bo’lmoq fe’li yoki to’liqsiz fe’ldan iborat bo’ladi: Uzoqda ko’ringan sharpa bir zumda yo’q bo’ldi. v) Harakat nomi hamda kerak, lozim kabi so’zlardan iborat bo’ladi: Choyxona yangi solingan qishgi binoga ko’chib kirishi va bayramda ochilishi kerak edi.

Qayd etilgan


Robiya  03 May 2008, 13:54:39

17.2.3. Bog’lama.

  Ot-kesimni ega bilan bog’lovchi vosita bog’lama deb ataladi. Bog’lama —dir kesimlik qo’shimchasi, bo’lmoq, hisoblanadi, sanaladi fe’llari, to’liqsiz fe’llar, shuningdek, ot-kesimlarga qo’shilgan shaxs-son qo’shimchalari bilan ifodalanadi: Ilyosning akasi fermer bo’ldi. Men o’quvchiman.

Qayd etilgan


Robiya  03 May 2008, 13:56:31

17.2.4. Ega bilan kesimning shax va sonda o’zaro mosligi.

17.2.4.1. Shaxsda mosligi.

  Ega va kesim bir-biri bilan shaxsda hamma vaqt mos bo’ladi: Biz maktab jamoat ishlarida faol qatnashamiz.
  ESLATMA:  nutqda "œHayron bo’lasan kishi" tarzidagi gaplar qo’llanadi. Bu gapda ega va kesim shaxsda moslashmagan: ega (kishi) 3-shaxsda, kesim esa 2-shaxsdadir.


Qayd etilgan


Robiya  03 May 2008, 13:58:46

17.2.4.2. Sonda mosligi.

1.Fe’l-kesim I va II shaxsda ega bilan hamma vaqt sonda mos bo’ladi: Biz yordam berdik.
2.Fe’l-kesim III shaxsda ega bilan hamma vaqt sonda moslashavermaydi:

I.Kimsani bildirgan III shaxsdagi ega bilan fe’l-kesim sonda mos bo’ladi: Dehqonlar ishni boshlab yubordilar.

II.Ko’plikdagi kimsani emas, narsa-buyumni bildirsa, fe’l-kesim, odatda, ega bilan sonda moslashmay, birlikda ishlatiladi: Kitoblar olindi.

III.Ot-kesim ko’plikdagi ega bilan ko’pincha moslashmaydi: Uyda akam, opam va singlim bor edi.

IV.Gapda eganing aniqlovchisi miqdor son bilan ifodalansa, kesim va ega birlik shaklida bo’ladi: Uchta qiz yordamga keldi.


Qayd etilgan


Robiya  03 May 2008, 14:00:34

17.2.5. Ega bilan kesim orasida tirening ishlatilishi.

1.Gapning kesimi bosh kelishikdagi ot bilan ifodalanib, bog’lama yoki kesimlik qo’shimchasi bo’lmasa, yozuvda egadan keyin tire qo’yiladi: O’zbekiston — mustaqil davlat.

2.Gapning egasi yoki kesimi yoxud ularning har ikkalasi harakat nomi bilan ifodalansa, egadan so’ng tire qo’yiladi: O’qish — hayotni tushunish.

3.Gapning egasi yoki kesimi birikmalar bilan ifodalanib, tenglik, o’xsahtish kabi ma’nolarni bildirsa, egadan keyin tire qo’yiladi: Ona yerim — oltin tuprog’im.

4.Ega yoki kesim ko’rsatish olmoshi yoxud son bilan ifodalanib, alohida ajratib ko’rsatilsa, bog’lama yoki kesimlik qo’shimchasi bo’lmasa, egadan keyin tire qo’yiladi: Mana bu — yangi qishloq rejasi. Uch karra uch — to’qqiz.

Keyingi mavzu: Gapning ikkinchi darajali bo’laklari.

Qayd etilgan