Muallif Mavzu: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari  ( 260900 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #135 : 28 May 2008, 10:22:35 »
20.1. Sodda gaplar va ularning turlari

  Sodda gaplar grammatik sosga ko’ra ikki guruhga bo’linadi:

1)Bir bosh bo’lakli gaplarning grammatik asosida bir bosh bo’lak mavjud bo’ladi: Ota-onalarga yordam berdik.
2)Ikki bosh bo’lakli gaplarning grammatik asosida har ikkala bosh bo’lak ham, ya’ni ega va kesim ham qatnashadi: Biz maktabga bordik.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #136 : 28 May 2008, 10:23:37 »
                               20.1.1. Ikki bosh bo’lakli gaplarning turlari.

1.Yig’iq ikki bosh bo’lakli gaplar tarkibida bosh bo’laklargina mavjud bo’ladi: O’quvchilar yig’ildilar. Ba’zan ega va kesim birikma bilan ifodalanib, kengayib keladi va ikkinchi darajali bo’laklar borga o’xshab ko’rinadi, lekin bu gaplar ham yig’iq gaplar hisoblanadi: Yigit ham shunaqa bo’ladimi? Ikki dugona termilib qolishdi.
2.Yoyiq ikki bosh bo’lakli gaplar tarkibida bosh bo’laklardan tashqari, ikkinchi darajali bo’laklar ham qatnashadi: O’quvchilar maktab zaliga yig’ildilar.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #137 : 28 May 2008, 10:25:25 »
20.1.2. Bir bosh bo’lakli gaplarning turlari.

1.Shaxsi ma’lum (aniq) gaplar kesimiga qarab egani aniqlash mumkin bo’lgan gaplardir: Yutuqlar oldida esankiramaylik (Biz).

2.Shaxsi noma’lum (noaniq) gaplar kesimiga qarab ish-harakatning haqiqiy bajaruvchisini aniqlash mumkin bo’lmagan gaplardir: Yaxshini maqtaydilar, yomonni uyaltiradilar. (kesim 3-shaxsdagi fe’l bilan ifodalanganda, shaxsi ma’lum va shaxsi noma’lum gaplar quyidagicha farqlanadi: shaxsi ma’lum gapda so’zlovchi o’ziga tanish shaxs haqida so’z yuritadi, shaxsi noma’lum gapda esa o’zi shaxsan tanimagan shaxs (lar) haqida so’z yuritadi: Bugun keldi – shaxsi ma’lum gap. Sevgini chidaganga chiqargan – shaxsi noma’lum gap).

3.Shaxsi umumlashgan gaplar mazmunan har uchala shaxsga taalluqli bo’lgan gaplardir: Sanamay sakkiz dema.

  Bunday gaplarning kesimi odatda, II shaxs birlikda buyruq maylidagi fe’l bilan ifodalansa ham, mazmunan barchaga qaratilgan bo’ladi, shuning uchun ega ifodalanmaydi. Xalq maqollari shaxsi umulashgan gaplar orqali ifodalanadi: Bugungi ishni ertaga qo’yma.

4.Shaxsi topilmas (shaxssiz) gaplar egasini topib ham, gap tarkibiga kiritib, ham bo’lmaydigan gaplardir: U yerda intizom haqida so’zlashga to’g’ri keldi.

  Shaxsi topilmas gaplarning kesimlari III shaxs mavjud nisbatdagi fe’llar, bo’ladi, bo’lmaydi so’zlari orqali, -mas qo’shimchali so’z orqali, harakat nomidan keyin kerak, zarur, lozim, mumkin so’zlarini keltirish orqali ifodalanadi: Raisning o’zi haqida gapirilsin! Mehnatsiz rohatga erishib bo’lmaydi. Oyni etak bilan yopib bo’lmaydi. Ertalabki salqinda yetib borish kerak.

5.Atov (nominativ) gaplar bosh kelishikdagi ot orqali ifodalangan grammatik asos yordamida ifodalangan narsa-buyumning borligini, mavjudligini anglatadi va ko’pincha badiiy va publitsistik asarlarda payt va o’rinni ifodalash uchun ishlatiladi: Kuz. Izg’irin shabada esyapti. Atov gaplar matnda yolg’iz qo’llanmaydi, ulardan keyin uning mazmunini ochuvchi boshqa bir gap kelishi zarur.

Atov gaplarning oxirga, odatda nuqta qo’yiladi, agar kuchli ohang bilan aytilsa, undov belgisi qo’yiladi: Tog’lar! Baland tog’lar!

6.Infinitiv gaplar grammatik asosi harakat nomi bilan ifodalanadigan, yakka so’z yoki so’z birikmasidan iborat bo’lgan gaplardir: Sevish! Bu qanday baxt! Birovni kutish! Bundan azob narsa bo’lmasa kerak!
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #138 : 28 May 2008, 10:26:08 »
20.1.3. So’z-gaplar haqida ma’lumot.

  Nutqda ha, yo’q, xo’p, mayli so’zlari hamda eh, uh kabi undovlar bilan ifodalangan so’z-gaplar ham qo’llanadi. Bu gaplar sodda gaplarning bir turi hisoblanadi: Ertaga unikiga borasizmi? – Ha.
  So’z-gaplar tasdiq, inkor, so’roq his-hayajon ifodalovchi turlarga bo’linadi. Yozuvda so’z-gaplarning oxiriga nuqta, undov belgisi, ko’p nuqta qo’yilishi mumkin. Ha, yo’q, mayli so’zlaridan keyin vergul qo’yilib, keyin gap bo’laklari qo’llansa, bu so’zlar kirish so’zlar hisoblanadi va so’z-gaplar hisoblanmaydi: - Kecha muzeyga bordingizmi? – Ha, bordik.
  Ofarin, tashakkur, rahmat, barakalla, salom, marhamat, uzr kabi so’zlar bilan ifodalanib, minnatdorlik, salomlashish, kechirim, iltimos kabilarni ifodalaydigan gaplar ham so’z-aplar hisoblanadi.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #139 : 28 May 2008, 10:27:09 »
20.1.4. To’liq va to’liqsiz gaplar haqida ma’lumot.

  Fikrni ifodalash uchun zarur bo’lgan gap bo’laklarining barchasi qatnashgan gaplar to’liq gaplar deyiladi: Ulardan xat keldimi?
  Nutq vaziyatidan ma’lum bo’lgan ayrim bo’laklari tushirilgan gaplar to’liqsiz gaplar deyiladi: - Siz maktabga borasizmi? – Boraman (ega – men, hol-maktabga tushirilgan).
  To’liqsiz gaplarning turlari:

1)Dialogik nutq tarkibidagi: Kim kelmadi? Ahmad.
2)Ibora tarzidagi: Tug’ilgan kuningiz bilan! Navro’zingiz muborak!
3)Qo’shma gap tarkibidagi: Yaxshidan ot qoladi, yomondan dod (qoladi).

 To’liqsiz gaplar suhbatda, so’zlashuv nutqida va badiiy asarlarda ko’proq qo’llanadi.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #140 : 28 May 2008, 10:27:39 »
20.2. Undalmali va kirish so’zli gaplar haqida ma’lumot.

 Nutqda gap bo’laklari bilan grammatik bog’lanmaydigan so’zlar qatnashadigan gaplar ham qo’llanadi. Bunday so’zlar ma’no jihatidan butun gapga yoki uning biror bo’lagiga aloqador bo’ladi. Bular undalma, kirish so’z, kirish birikma va kirish gaplardir. Bunday birliklarga sintaktik aloqa amal qilmaydi, ular boshqa gap bo’laklari bilan sintaktik jihatdan bog’lanmaydi.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #141 : 28 May 2008, 10:28:29 »
20.2.1. Undalma.

  So’zlovchining nutqi qaratilgan shaxsni bildirgan so’z undalma deyiladi. Undalma odatda ikkinchi shaxsga qaratilgan bo’ladi. She’riy asarlarda shoir ba’zan o’ziga, ya’ni so’zlovchiga ham qarata murojaat qilishi mumkin: Nazm tuz, Erkin, axir, erkin zamondur bu zamon. – Undalma boshqa gap bo’laklari bilan faqat mazmunan bog’langan bo’ladi.
  Ayrim hollarda, ayniqsa she’riy asarlarda hayvonlar, qushlar, jonsiz narsalarning nomini bildirgan so’zlar ham undalma bo’ladi: Quyosh, nuring to’ka ber mo’l-ko’l! Bahor, ketma bizning bog’lardan! Bir so’z bilan ifodalangan undalma yug’iq undalma deyiladi: Bugun menga bir qarashib yubormaysanmi, Otabek? So’z birikmasi bilan ifodalangan undalma yoyiq undalma deyiladi: Ey, usta Parfi, keling, bormisiz? Undalmani kuchli ifodalash uchun undalmadan oldin, e, ey, hoy, obbo kabi undovlar ham qo’llanadi, bulardan keyin vergul qo’yiladi.
  Undalmalar quyidagicha ifodalanadi:

1)Ot: Hamid, badiiy o’qish to’garagiga qatnashasanmi?
2)Olmosh: Hoy, sen, menga qarachi.
3)Otlashgan so’zlar: Shunday demaysizmi, azizim! (sifat)
4)Undov so’zlar: Hoy! Beri keling!
5)So’z birikmalari bilan: Hoy, soqoling ko’ksingga to’kilgur!
6)Iboralar bilan: Hoy, yigit tushmagur, nima qilib qo’yding!

  Undalma gapning boshida kelsa, undalmadan so’ng, gap o’rtasida kelsa, ikki tomoniga, gapning oxirida kelsa, undalmadan oldin vergul qo’yiladi: So’zla, ko’zgujon, Haqiqatni et bayon!
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #142 : 28 May 2008, 10:29:59 »
20.2.2. Kirish so’z, kirish birikmava kirish gaplar haqida

So’zlovchining o’zi bayon qilgan fikriga munosabatini bildirgan so’z kirish so’z, shunday so'z birikmasi esa kirish birikma deb yuritiladi.Kirish so’zlar va kirish birikmalar asosan modal so’zlar bilan ifodalanib, quyidagi ma’nolarni bildiradi:

1.Ishonch va tasdiqni: Albatta, shubhasiz, ma’lumki, haqiqatan, darhaqiqat, haqiqatan ham, so’zsiz.
2.Gumonni: ehtimol, shekilli, chamasi, balki, taxminimcha, mumkin.
3.Shodlik va achinishni: baxtimga, batxga qarshi, attang, afsus.
4.Bayon qilingan fikrning kimga qarashli ekanligini: menimcha, mening fikrimcha, uning aytishicha, aytishlaricha, sizningcha.
5.Bayon qilingan fikrning tartibini: birinchidan, ikkinchidan,…
6.Bayon qilingan fikrning oldingi fikr bilan bog’liqligini: demak, shunday qilib, umuman, aksincha, ba’zan, aks holda , xullas, shuningdek, ayniqsa, asosan, binobarin, xususan.
7.Tasdiq yoki inkorni: ha, yo’q, mayli, to’g’ri.

  Kirish so’z yoki birikma gapning boshida kelsa, undan keyin, gapning o’rtasida kelsa, ikki tomoniga, gapning oxirida kelksa, undan oldin vergul qo’yiladi: Nihoyat, ular jo’nashdi. Ular, nazarimda, ketishdi. Hali-beri qishning keti ko’rinmaydi, shekilli.
  So’zlovchining o’zi bayon qilgan fikrga qo’shimcha mulohazasini bildirgan gap kirish gap deyiladi. Kirish gap asosiy fikrni to’ldirish, izohlash uchun ishlatiladi. Kirish gap, odatda, vergul bilan ajratiladi: Biz, sinf rahbarimiz aytdi, ertaga sayohatga boramiz.
  Kirish gap yoyiq bo’lsa, tire bilan ajratiladi yoki qavs ichiga olinadi: Mirzakarimboy boshqalarga maqtanmasa ham (maqtanchoqlikni yomon ko’rar edi), ba’zi vaqt ichidan faxrlanadi (O.). Qabulxona – bu yer ilgari katta boyning mehmonxonasi bo’lgan bo’lsa kerak – qorong’u edi.

  Kirish gaplarning tuzilish jihatidan turlari:

1)Bir bosh bo’lakli: U yog’ini so’rasang, aytaymi, men bunga  rozi emasman.
2)Ikki bosh bo’lakli: Ibrohimov, Qurbon ota aytmoqchi, gullarni o’z ilmidan bahramand qildi.

Keyingi mavzu: “Qo’shma gap va uning turlari.”
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #143 : 28 May 2008, 10:41:39 »
Qo’shma gap va uning turlari.

21.1. Qo’shma gap haqida umumiy ma’lumot.

  Ikki yoki undan ortiq sodda gapning mazmun, grammatik va ohang jihatidan birikuvidan tuzilgan gap qo’shma gap deyiladi. Eshik sekin ochildi-yu, Qalandarovning yuzi ko’rindi.
  Sodda gap tarkibida bitta ega va kesim birligi  ishtirok etsa, qo’shma gap tarkibida ikki va undan ortiq ega va kesim birligi qatnashadi.
  Qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplar o’zaro bog’lovchilar, yuklamalar, ko’makchilar va fe’l shakllari hamda ohang orqali bog’lanadi.
  Mazmun munosabati va bog’lovchi vositalarining qo’llanilishiga ko’ra qo’shma gaplar 3 xil bo’ladi: bog’langan qo’shma gaplar, ergash gapli qo’shma gaplar va bog’lovchisiz qo’shma gaplar.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #144 : 28 May 2008, 10:42:53 »
21.2. Ergash gapli qo’shma gaplar va ularning turlari.

  Birdan ortiq sodda gaplarning mazmun jihatidan tobe-hokim munosabati asosida, ya’ni birining boshqasiga ergashishidan tuzilgan qo’shma gap ergash gapli qo’shma gap deyiladi: Ildiz oziq bersa, novda ko’karar. Ergashgan qo’shma gapda bosh gap va ergash gap bo’ladi.

  Boshqa gapni o’ziga tobe qilib kelgan gap bosh gap hisoblanadi. Bosh gapga ergashib, uni izohlab kelgan gap ergash gap deyiladi: Ta’til boshlangach, biz shaxmat musobaqasini o’tkazamiz. Bu gapda Ta’til boshlangach, gapi ergash gap, Biz shaxmat musobaqasini o’tkazamiz gapi esa bosh gap. Ergash gap bosh gapni butunicha yoki uning biror bo’lagini izohlaydi: Rais kirgach, hamma tinchlandi gapida ergash gap bosh gapni butunicha izohlayapti. Siz shuni unutmangki, kurashchilar yolg’iz emas gapida esa ergash gap bosh gap tarkibidagi olmosh bilan ifodalangan to’ldiruvchini (shuni) izohlayapti. Ergash gap bosh gapdan oldin, undan keyin yoki uning ichida kela oladi: O’qituvchi, qo’ng’iroq chalingach, sinfga kirdi. Bu gapda ergash gap bosh gap ichida qolgan.

  Ergash gaplar bosh gaplarga chunki, shuning uchun, -ki, -agar, garchi, mabodo, go’yo (ki) (ayrim darsliklarda go’yo bog’lovchisi bog’lovchi vazifasidagi so’z deb atalgan) kabi ergashtiruvchi bog’lovchilar, fe’lning ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi shakllari, shuningdek, yuklama, ko’makchilar, turli vazifadagi ko’rsatish olmoshlari, sababli, tufayli, deb so’zlari orqali bog’lanadi: 1. Biz kitobni sevamiz, chunki u bilim manbaidir. 2. Hosil to’kin bo’lsa, to’ylar to’xtamas.

ESLATMA: kesimi tarkibida –ki, shuning uchun bog’lovchisi qatnashgan gaplar ko’pincha bosh gap hisoblanadi, kesimi tarkibida –sa, -sa ham, -b (-ib), -gach, -guncha, -ganda, -r (-ar), ekan bog’lovchi vositalari, shuningdek, ko’makchilar, chunki, agar, go’yo (ki), toki bog’lovchilari qatnashgan gaplar esa har doim ergash gap hisoblanadi.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #145 : 14 Iyun 2008, 15:13:37 »
1. Ega ergash gapli qo'shma gap.
  Bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan egani izohlagan ergash gap ega ergash gap deyiladi. Ega ergash gap bosh gap bilan birgalikda ega ergash gapli qo'shma gap hisoblanadi. Ega ergash gap -ki bog'lovchisi va fe'lning shart maylidagi qo'shimchasi -sa hamda so'roq ko'rsatish olmoshlari (kimki-u, kimki-o'sha, kimki-o'zi, nima-o'sha, nimaiki -hammasi) yordamida bog'lanadi: Kimki yomonlar suhbatidan qochsa, o'sha yaxshilar suhbatiga erishadi. Ba'zan bosh gap tarkibidagi ko'rsatish olmoshi bilan ifodalangan ega tushirilishi mumkin. Sizga ayonki, so'z o'z o'z oilangizdansiz. Bu gapda shu (ega) tushirlgan.

Sxemasi quyidagicha:

1. Kim ..... -sa, u ..... .
2. Kim .....-sa, o'zi ..... .
3. Kimki .....-sa, u ..... .
4. Kimda-kim ..... -sa, u ..... .
5. Nimaiki ..... -sa, o'sha ..... .
6. Nima ..... -sa, o'sha ..... .
7. Shunisi ..... -ki, ..... .
8. .....-ki, ..... .
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #146 : 14 Iyun 2008, 15:15:42 »
2. Kesim ergash gapli qo’shma gap.

  Bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan kesimni izohlagan ergash gap kesim ergash gap bosh gap bilan birgalikda kesim ergash gapli qo’shma gapni hosil qiladi: Uch og’ayni botirlarni eng yaxshi fazilati shuki, ular xalqdan ajralib qolishni istamaydilar.  Kesim ergash gaplar bosh gapga –ki bog’lovchisi, o’rin-payt va bosh kelishigidagi shu, kimsan olmoshlari yordamida bog’lanadi. Ba’zan bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan kesim tushiriladi: Yaxshisi, sen darsingni tayyorlagin. Sxemasi quyidagicha:

1.….. shuki, ….. .
2.….. shu yerdaki, ….. .
3.….. shundaki, ….. .
4.….. shundayki, ….. .

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #147 : 14 Iyun 2008, 15:18:04 »
3. To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gaplar.
  Bosh gapdagi ko’rsatish olmoshi bilan ifodalangan to’ldiruvchini izohlagan ergash gap to’ldiruvchi ergash gap deyiladi. To’ldiruvchi ergash gap bosh gap bilan birgalikda to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gapni tashkil etadi. To’ldiruvchi ergash gap, odatda, bosh gapga –ki bog’lovchisi, shart mayli qo’shimchasi –sa yordamida bog’lanadi. Shuni bildimki, har bir yangilik bexosiyat bo’lmaydi. Kimda gumoning bo’lsa, uni ko’zdan qochirma. Bosh gap tarkibidagi shuni, shunga, shundan kabi to’ldiruvchilar qatnashadi. Ba’zan bu to’ldiruvchilar tushirilishi mumkin. Iltimos qilamanki, oldin rais so’zlasinlar. Bu gapda shuni tushirilgan. Sxemasi quyidagicha:

1.Shuni ….. –ki, ….. .
2.Shundan ….. –ki, ….. .
3.Shunga ….. –ki, ….. .
4.….. –ki, ….. .
5.Nima (ni) …..sa, uni ….. .
6.Kimda ….. sa,uni ….. .
7.Nima bilan …..-sa, o’shani ….. .
8.Buni …..-ki, ….. .

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #148 : 14 Iyun 2008, 15:19:53 »
4.Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap.
  Bosh gapda aniqlovchi bo’lib  kelgan olmosh va ayrim sifatdoshlarni aniqlab kelgan ergash gap aniqlovchi ergash gap ,deyiladi. Aniqlovchi ergash gap bosh gap bilan birgalikda aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap deb yuritiladi. Aniqlovchi ergash gap bosh gap bilan –ki bog’lovchisi bilan (bunda bosh gap tarkibida ko’pincha aniqlovchi bo’lib kelgan shunday, ayrim, ba’zi so’zlari ishtirok etadi) yoki shart mayli qo’shimchasi –sa bilan (bunda ergash gap tarkibida qanday, qaysi, kimning kabi olmoshlar, bosh gap tarkibida esa shu, shunday, o’sha, uning, ba’zi, bir xil, ayrim, bir, bir qancha kabi olmoshlar bo’ladi) bog’lanadi: 1. Shunday inson haqida xabar keltirdimki, uning har bir so’zi gavhardir. 2. Kimning ko’ngli to’g’ri bo’lsa, uning yo’li ham to’g’ri. Ba’zan bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan aniqlovchi tushirilishi mumkin: Odam borki, hayvon undan yaxshiroq. Sxemasi quyidagicha:

1.Shunday …..-ki, ….. .
2.….. shunday …..-ki, ….. .
3.…..shunday …..-ni …..-ki,unday ….. .
4.….. shunday(aniql.) …..-ki, ….. .
5.….. shunday(hol) …..-ki, ….. .
6.…..qaysi …..-sa, o’sha ….. .

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #149 : 14 Iyun 2008, 15:21:15 »
5.Ravish ergash gapli qo’shma gap.
  Bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning qay tarzda bajarilganligini bildirgan ergash gap ravish ergash gap deyiladi. Ravish ergash gap bosh gap bilan birga ravish ergash gapli qo’shma gapni tashkil etadi; bog’lovchi vositalar: -b (-ib), -may, -masdan, deb. Yulduzlar bitta-bitta so’nib, ufq oqara boshladi. Naimiyning biror ishi o’ngidan kelmasdan, umri bekorga o’tib ketdi. Chambil obod bo’ldi deb, kelayotir Avazxonday zo’ravon.

Sxemasi quyidagicha:

1.…..-ib, ….. .
2.…..-may, ….. .
3.…..-masdan, ….. .
4.…..deb, ….. .
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

 

Abituriyentlarga yordam:chet ( English ) tilidan tayyorlov kurslari

Muallif RobiyaBo'lim Chet tillari

Javoblar: 119
Ko'rilgan: 91419
So'nggi javob 12 Mart 2010, 04:39:42
muallifi uzboy
Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari

Muallif RobiyaBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 191
Ko'rilgan: 170898
So'nggi javob 01 Avgust 2009, 11:45:00
muallifi MSJON
Abituriyentlar uchun yordam: tarixdan tayyorlov kurslari

Muallif RobiyaBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 370
Ko'rilgan: 257389
So'nggi javob 30 Iyul 2008, 17:09:04
muallifi Robiya
Yordamingiz kerak! Yordam beramiz!

Muallif Muslima_subhBo'lim Umumiy

Javoblar: 814
Ko'rilgan: 324881
So'nggi javob 03 May 2016, 10:51:47
muallifi Solihatun
Jonivorlar va insonlar tilidan qiziqarli mulohazalar

Muallif MohinurBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 14
Ko'rilgan: 10217
So'nggi javob 28 Iyun 2012, 01:09:50
muallifi azizbek_mx