3.2 So’zlarning ishlatilish darajasiga ko’ra guruhlari.
Bu jihatdan tilimizdagi so’zlarni ikkita guruhga bo’lish mumkin:
1.Umumxalq ishlatadigan so’zlar kundalik turmushda hammaning nutqida tez-tez qo’llanadigan so’zlardir: non, suv, bugun, kim, besh, yaxshi, sotdi va boshqalar. Bularni yana
faol so’zlar ham deyishadi.Ular tilning asosiy boyligidir.
2.Umumxalq ishlatmaydigan so’zlar turli sabablarga ko’ra kundalik turmushda hammaning nutqida ham tez-tez qo’llanavernaydigan so’zlardir.Bularni yana
nofaol so’zlar ham deyishadi.Bu so’zlarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
a)atamalar — ilm-fan, texnika, san’atga xos so’zlardir.Bular odatda bir ma’noni bildiradi: urg’u, kesim, undalma va boshqalar.Atamalar ilmiy nutqda qo’llaniladi.
b)Shevaga xos so’zlar — ma’lum hududdagina ishlatilib, faqat shu yerda yashovchi kishilarga tushunarli bo'’gan so'zlardir: xorazmcha momo (buvi), gashir (sabzi), o’jak (buzoq), taxya (do’ppi), secha (chumchuq); farg’onacha shatta (shu yerda), valish (ishkom), paqir (chelak); buxorocha kallapo’sh (do’ppi); toshkentcha ada (ota), doda (buva); Yozuvchilar badiiy asarlarida qahramonlarining qayerlik ekanini, tilidagi xususiyatlarni ko’rsatish uchun ularning nutqida ba’zan shevaga xos so’zlarni ham ishlatadilar.
c) Kasb-hunarga oid so’zlar — ma’lum kasb — hunar egalari ishlatadigan so’zlardir.Tikuvchilik: andoza, angishvona,qatim,bichiq va boshqalar.
d)Eskirib qolgan so’zlar — kundalik hayotda ishlatilmaydigan bo’lib qolgan so’zlardir.Jamiyat to’xtovsiz rivojlanib boradi.Yillar o’tishi bilan mehnat qurollari, kiyim-kechak, uy jihozlarining yangi nusxalari paydo bo’ladi.Eskilarning ba’zilari ishlatilmaydigan bo’lib qoladi.Natijada ularni ifodalovchi so’zlar ham bora-bora juda kam qo’llanadi yoki iste’moldan chiqib ketadi.Eskirgan so’zlar ikki guruhga ajratiladi:
1.tarixiy so’zlar — hozirda mavjud bo’lmagan narsa-hodisalarning iste’moldan butunlay chiqib ketgan nomlaridir: mingboshi, ellikboshi,kanizak,omoch, dodxoh, mumsik, xalfa, "¦
2.arxaik so’zlar hozirda mavjud bo’lgan narsalarning eskirib qolgan atamalaridir.Bunday so’zlar iste’moldan chiqish arafasida turgan, hozirgi tilda sinonimi bo’lgan so’zlardir (qavs ichida hozirgi tildagi sinonimlari berilgan): rayon (tuman), ekspress (tezyurar), oblast (viloyat), vrach (shifokor), xirurg (jarroh), injener (muhandis), redaktor (muharrir), ulus (xalq), "¦
e)yangi paydo bo’lgan so’zlar — fan, texnika va san’atning rivojlanishi bilan tilda yangi paydo bo’lgan tushunchalarning nomlarini ifodalovchi so’zlardir: xokkeychi, limonzor, fermer, teleminora, kompyuter, disket, sayt, chip, shou, debat, "¦
f)jargon so’zlar (fransuzcha jargon — buzilgan til degani) — qiziqishlari,mashg’ulotlari umumiy bo’lgan odamlar tomonidan ishlatiladigan so’zlardir: tish (guruch), ellik olti (ipak), qaychi (revizor), limon (million), "¦
g)argo so’zlar (fransuzcha argot — lahja degani) o’g’rilar, bezorilar, qimorbozlar o’rtasida ishlatiladigan yashirin ma’noli so’zlardir: loy, yakan (barchasi pul ma’nosida), bedana (to’pponcha), zamri (qimirlama), atamri (ishingni davom ettir), shuxer (qoch) , "¦
So’zlar ishlatilish doirasiga ko’ra so’zlashuv uslubiga xos so’zlar,kitobiy so’zlar,uslubiy betaraf so’zlar kabi turlarga bo’linadi: metro, ko’o, tuzuk (so’zlashuv uslubi); metropoliten,moviy,durust (kitobiy).
So’zlashuv uslubida ham, kitobiy uslubda ham ishlatiladigan so’zlar uslubiy betaraf so’zlar hisoblanadi: suv, tog’, bola, xat,"¦