Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari  ( 287224 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 18 19 B


Robiya  29 Iyun 2008, 15:09:05

                                   22.2. Bog’lovchisiz qo’shma gaplar.

  Maxsus bog’lovchi vositalarsiz asosan ohang yordamida birikkan soda gaplardan tuzilgan qo’shma gaplar bog’lovchisiz qo’shma gaplar deyiladi: Bunday qo’shma gap qismlari ohangdan tashqari ayrim so’zlarning takrorlanishi, gap qurilishi, umumiy bo’laklar vositasida birikadi: Kech kirdi, tevarak atrofga qorong’ulik tusha boshladi. Bu qo’shma gapdagi soda gaplar o’zaro faqat ohang yordamida bog’langan, ularning o’rnini almashtirib bo’lmaydi.

  Bog’lovchisiz qo’shma gaplar quyidagi turlarga bo’linadi:

1.Bog’langan qo’shma gap sinonim bo’lgan bog’lovchisiz qo’shma gap: Tig’ yarasi tuzaladi, til yarasi tuzalmaydi.
2.Ergashgan qo’shma gapga sinonim bo’lgan bog’lovchisiz qo’shma gap: Hamal kirdi — ekinga amal kirdi (payt). Qor yog’di — don yog’di (o’xshashlik)
3.Bog’lovchili qo’shma gapga sinonim bo’lmagan bog’lovchisiz qo’shma gap: Xushxabar olib keldim: garnizon yanchildi (Sh.)

Qayd etilgan


Robiya  29 Iyun 2008, 15:12:33

                                     22.3. Bir necha ergash gapli qo’shma gap.

  Birdan ortiq ergash gap bir bosh garpga tobelanib kelsa, bir necha ergash gapli qo’shma gap deyiladi. Bunday gaplar tarkibidagi ergash gaplar bosh gapdan, shuningdek, bir-biridan vergul bilan ajratiladi: Tomosha zaliga kirganimda, chiroq o’chib, parda projector nurida porlab turardi.
  Bu gaplardagi ergash gaplar bosh gapga quyidagicha bog’lanadi:

1.To’g’ridan-to’g’ri ergashish (birgalik ergashish). Ergash gaplarning har biri to’g’ridan-to’g’ri bosh gapga bog’lansa, birgalik ergashish deyiladi. Bunday gaplardagi ergash gaplar: 1) bir xil ergash gaplar (uyushgan) bo’ladi: Mana bu kanal bitsa, yangi yer ochilsa, paxta ham ko’payadi. 2) har xil ergash gaplar (uyushmagan) bo’ladi: Bordi-yu, rost bo’lsa, hammasi emas, yarmi rost bo’lganda ham, juda xunuk gap-ku!
2.Ketma-ket ergashish. Har bir ergash gap to’g’ridan-to’g’ri bosh gapga bog’lanmasdan, biri ikkinchisiga ketma-ket bog’lansa, ketma-ket ergashish deyiladi. Bunday gaplar tarkibida turli xil ergash gaplar qatnashadi: Bahorda havo noqulay kelib, g’o’zaning parvarishi kechikkan bo’lsa ham, hosil mo’l bo’ldi.

Qayd etilgan


Robiya  29 Iyun 2008, 15:17:55

                                    22.4. Aralash turdagi qo’shma gaplar.

  Tarkibida ham ergashgan qo’shma gap, ham bog’langan qo’shma gap yoki bog’lovchisiz qo’shma gap ishtirok etgan gaplar aralash turdagi qo’shma gaplar deyiladi. Bunday qo’shma gaplar to’rt va undan ortiq soda gaplardan ham tashkil topadi: Eshik ochildi, shuning uchun hamma qayrilib qaradi, lekin hech kim kirmadi; sovuq havo xonani qopladi.

Qayd etilgan


Robiya  09 Iyul 2008, 15:27:32

                               23. O’zgalarning nutqini ifodalash usullari.

  Muallif o’z nutqida boshqalar ifodalagan fikrlardan ham foydalanishi mumkin. Bunday fikrlar ko’chirma gap, o’zlashtirma gap va ko’chirma shaklida beriladi.

                                      23.1. Ko’chirma gap.

  O’zgalarning hech o’zgarishsiz berilgan gapi ko’chirma gap deyiladi. Ko’chirma gapda ikki xil gap bo’ladi: ko’chirilgan gap va muallif gapi. Muallif gapining kesimi dedi, deb so’radi, deb javob berdi, gapirdi, so’zladi, aytdi kabi fe’llar bilan ifodalanadi.
  Ko’chirilgan gap muallif gapidan avval, undan keyin uning ichida, uning ikki tomonida kelishi mumkin: "œMehnat ishtaha ochar", - deydi bobom. Cho’pondan so’radik: "œBu qo’ylar kimning qo’yi?". "œMen , - dedi u, - ertaga kelaman".

Qayd etilgan


Robiya  09 Iyul 2008, 15:32:25

                         23.2. Ko’chirma gapda tinish belgilarining ishlatilishi.

  Ko’chirilgan gap qo’shtirnoq ichiga olinadi, badiiy asarlarda tire bilan ajratib beriladi.
  Ko’chirma gapda, ko’chirilgan gapning o’rniga qarab, tinish belgilarining ishlatilishi quyidagicha bo’ladi:

1.Ko’chirilgan gap darak gap bo’lib, muallif gapidan oldin kelsa, undan keyin vergul, tire qo’yiladi:  "œYuring men o’sha tomonga boraman", - dedi Komila (badiiy asarlarda tire ishlatiladi.) So’roq va undov belgilari qo’shtirnoq yopilmasdan oldin qo’yiladi.
2.Ko’chirilgan gap muallif gapidan keyin kelsa, muallif gapidan keyin ikki nuqta qo’yiladi:
Ma’ruzachi bunday dedi: "œO’sib borayotgan avlodga kitob xuddi maktab kabi kerak".
3.Muallif gapi ko’chirilgan gap ichida kelsa, tinish belgisi quyidagicha qo’llaniladi:

1)Ko’chirilgan gapning uzilib qolgan qismida hech qanday tinish belgisi bo’lmasa yoki vergul yoxud ikki nuqta bo’lsa, bu belgilar tushirilib, muallif gapi har iki tomondan vergul va tire bilan ajratiladi: "œBizning qishlog’imizda, - dedi Fazliddin, - kishi zerikmaydi".
2)Ko’chirilgan gapning uzilib qolgan qismidan so’ng nuqta qo’yish lozim bo’lsa, muallif gapidan oldin vergul va tire, muallif gapidan so’ng esa nuqta va tire qo’yiladi: "œHavo bulut, paxta ochiqda qolmasin, - dedi brigadir, - har qaysi zvenodan bittadan odam chaqiring, paxtani saroyga tashib kiritsinlar".
3)Ko’chirilgan gapning uzilib qoilgan qismidan so’ng so’roq yoki undov belgisi qo’yish lozim bo’lsa, muallif gapidan avval o’sha belgi va tire qo’yiladi, muallif gapidan so’ng nuqta va tire qo’yilib, ko’chirma gapning davomi bosh harf bilan boshlanadi: "œBu qaysi jamoa xo’jaligining mashinasi? — qorachagina bir qiz so’radi. — Meni ham olib ketsangiz".

4.Ko’chirilgan gap muallif gapining o’rtasida kelsa, tinish belgilari quyidagicha qo’yiladi:

1)Muallif gapining uzilib qolgan qismining oxiriga ikki nuqta qo’yilib, ko’chirilgan gap qo’shtirnoq ichiga olinadi; ko’chirilgan gapdan keyin vergul va tire qo’yilib, keyin muallif gapining davomi yoziladi: Saodat: "œBiz ham astoydil mehnat qildik", - dedi.
2)Ko’chirilgan gap so’roq yoki his-hayajon gap bo’lsa, ularning belgilari qo’shtirnoq ichida bo’ladi: O’qituvchimiz: "œSen qaysi badiiy kitoblarni o’qib chiqqansan?"- deb so’radilar.

ESLATMA: Muallif nutqida ishlatilgan o’zga bir shaxsning so’zi yoki so’z qo’shilmasi ham qo’shtirnoq ichiga olinadi: Astagina "œchuh" deb otini haydadi. Kulgi, kinoya bilan aytilgan so’z qo’shilmalari ham qo’shtirnoqqa olinadi: Bilmaganlar Miryoqubni "œjinni bo’libdi" dedilar (Ch.)

Qayd etilgan


Robiya  09 Iyul 2008, 15:42:26

                                      23.3. O’zlashtirma gap.

O’zgalarning shakli o’zgartirilib, mazmuni ifodalangan gapi o’zlashtirma gap deyiladi.
  So’roq, buyruq mazmunini ifodalagan ko’chirma gaplar  o’zlashtirma gapga aylantirilganda, darak gap shaklida bayon qilinadi.



Qayd etilgan


Robiya  09 Iyul 2008, 15:48:47

  Undalma, kirish so’z qatnashgan ko’chirma gaplar o’zlashtirma gapga aylantirilganda, bu so’zlar tushib qoladi, 1-, 2—shaxslarni ko’rsatuvchi so’zlar 3-shaxsga aylantiriladi:

Ko’chirma gap                                                                     O’zlashtirma gap
..Xo’sh, qanday yangiliklar bor? — dedi O’ktam
-Men ketdim, - dedi ukasi                                        O’ktam qanday yangiliklar borligini so’radi.
                                                                                    Ukasi o’zining ketayotganligini aytdi.

Qayd etilgan


Robiya  09 Iyul 2008, 15:51:48

                         23.4. Ko’chirma va unda ishlatiladigan tinish belgilari.

  Biror matndan ko’chirilgan gaplar ko’chirma deyiladi. Ko’chirma ikki xil bo’ladi:

1.Muallif gapi bilan birga qo’llangan ko’chirma: Alisher Navoiy ilm olishga da’vat qilib: "œOlim bo’lsang, olam seniki" — degan edi.
2.Muallif gapisiz qo’llangan ko’chirma: Shoira Zulfiya o’z qahramonlarini eng yaqin kishilarim deb bilar edi:

Baxtiyor bo’lardim she’rlarim bilan,
Shu do’stlar qalbiga kirolsam agar.

  Muallif gapi bilan qo’llangan ko’chirma bayon qilinayotgan fikrni asoslash, tasdiqlash yoki inkor etish uchun keltiriladi. She’riy parchalar ko’chirma tarzida keltirilsa, qo’shtirnoqqa olinmaydi. Ko’chirma muallif gapisiz qo’llansa ham, qo’shtirnoqqa olinmaydi. Bu tarzdagi ko’chirma epigraf tarzida qo’llanadi va qo’shtirnoqqa olinmaydi.


Qayd etilgan


Robiya  09 Iyul 2008, 15:54:39

23.5. Dialog

  Ikki kishining nutqi dialog deb ataladi. Dialog ko’chirma gaplardan foydalaniladi. (Bunda muallif gapi ishlatilmasligi ham mumkin): -Qaysi maktabda o’qiysan? — 24-maktabda. — Nechanchi sinfda? — Beshinchi sinfda.

Keyingi mavzu: Uslubiyat (Stilistika). Nutq uslublari

Qayd etilgan


Robiya  21 Iyul 2008, 11:55:35

                                            24. Uslubiyat(Stilistika).

  Uslubiyat tilshunoslik fanining bir bo’limi bo’lib, nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslublar, til vositalarining nutqda qo’llanish yo’llari, fonetik, lug’aviy, frazeologik va Grammatik birliklarning qo’llanish xususiyatlari o’rganiladi.
  Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum bir sohada qo’llanadigan ko’rinishi adabiy til uslubi deyiladi.
  O’zbek adabiy tilida quyidagi asosiy nutq uslublari bor. (Ayrim darsliklarda so’zlashuv uslubidan boshqa uslublar "œkitobiy uslub" degan umumiy nom ostida beriladi).

Qayd etilgan