Muallif Mavzu: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari  ( 261086 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 3 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #165 : 09 Iyul 2008, 15:42:26 »
                                      23.3. O’zlashtirma gap.

O’zgalarning shakli o’zgartirilib, mazmuni ifodalangan gapi o’zlashtirma gap deyiladi.
  So’roq, buyruq mazmunini ifodalagan ko’chirma gaplar  o’zlashtirma gapga aylantirilganda, darak gap shaklida bayon qilinadi.


«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #166 : 09 Iyul 2008, 15:48:47 »
  Undalma, kirish so’z qatnashgan ko’chirma gaplar o’zlashtirma gapga aylantirilganda, bu so’zlar tushib qoladi, 1-, 2—shaxslarni ko’rsatuvchi so’zlar 3-shaxsga aylantiriladi:

Ko’chirma gap                                                                     O’zlashtirma gap
..Xo’sh, qanday yangiliklar bor? – dedi O’ktam
-Men ketdim, - dedi ukasi                                        O’ktam qanday yangiliklar borligini so’radi.
                                                                                    Ukasi o’zining ketayotganligini aytdi.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #167 : 09 Iyul 2008, 15:51:48 »
                         23.4. Ko’chirma va unda ishlatiladigan tinish belgilari.

  Biror matndan ko’chirilgan gaplar ko’chirma deyiladi. Ko’chirma ikki xil bo’ladi:

1.Muallif gapi bilan birga qo’llangan ko’chirma: Alisher Navoiy ilm olishga da’vat qilib: “Olim bo’lsang, olam seniki” – degan edi.
2.Muallif gapisiz qo’llangan ko’chirma: Shoira Zulfiya o’z qahramonlarini eng yaqin kishilarim deb bilar edi:

Baxtiyor bo’lardim she’rlarim bilan,
Shu do’stlar qalbiga kirolsam agar.

  Muallif gapi bilan qo’llangan ko’chirma bayon qilinayotgan fikrni asoslash, tasdiqlash yoki inkor etish uchun keltiriladi. She’riy parchalar ko’chirma tarzida keltirilsa, qo’shtirnoqqa olinmaydi. Ko’chirma muallif gapisiz qo’llansa ham, qo’shtirnoqqa olinmaydi. Bu tarzdagi ko’chirma epigraf tarzida qo’llanadi va qo’shtirnoqqa olinmaydi.

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #168 : 09 Iyul 2008, 15:54:39 »
23.5. Dialog

  Ikki kishining nutqi dialog deb ataladi. Dialog ko’chirma gaplardan foydalaniladi. (Bunda muallif gapi ishlatilmasligi ham mumkin): -Qaysi maktabda o’qiysan? – 24-maktabda. – Nechanchi sinfda? – Beshinchi sinfda.

Keyingi mavzu: Uslubiyat (Stilistika). Nutq uslublari
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #169 : 21 Iyul 2008, 11:55:35 »
                                            24. Uslubiyat(Stilistika).

  Uslubiyat tilshunoslik fanining bir bo’limi bo’lib, nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslublar, til vositalarining nutqda qo’llanish yo’llari, fonetik, lug’aviy, frazeologik va Grammatik birliklarning qo’llanish xususiyatlari o’rganiladi.
  Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum bir sohada qo’llanadigan ko’rinishi adabiy til uslubi deyiladi.
  O’zbek adabiy tilida quyidagi asosiy nutq uslublari bor. (Ayrim darsliklarda so’zlashuv uslubidan boshqa uslublar “kitobiy uslub” degan umumiy nom ostida beriladi).
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #170 : 21 Iyul 2008, 11:56:13 »
                                              24.1. So’zlashuv uslubi.

  Keng qo’llaniladigan uslublardan biri so’zlashuv uslubidir. Bu uslubda ko’pincha adabiy til me’yorlariga rioya qilinadi. So’zlashuv uslubidagi nutq ko’pincha dialogic shaklda bo’ladi. Ikki yoki undan ortiq shaxsning luqmasidan tuzilgan nutq dialogic nutq deyiladi.
  So’zlashuv uslubida ko’pincha turli uslubiy bo’yoqli so’zlar, Grammatik vositalar, tovushlarning tushib qolishi, orttirilishi mumkin: Obbo, hamma ishni do’ndiribsiz-da. Mazza qildik. Ketaqo-o-ol!
  So’zlashuv uslubida gapdagi so’zlar tartibi ancha erkin bo’ladi. Ko’proq soda gaplar, to’liqsiz gaplar, undalma gaplardan foydalaniladi.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #171 : 21 Iyul 2008, 11:56:37 »
                                               24.2. Ilmiy uslub.

  Fan-texnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Ilmiy uslub aniq ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar (qoidalar, ta’riflar)ga boy bo’lishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi: Yomg’ir – suyuq tomchi holidagi atmosfera yog’ini. Tomchining diametric 0,5-0,6 mm bo’ladi.
  Ilmiy uslubda ghar bir fanning o’ziga xos ilmiy atamalardan foydalaniladi, bu uslubda so’zlar o’z ma’nosida qo’llanadi, qoida yoki ta’rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo’laklar, kirish so’zlar, kirish birikmalar, shuningdek, qo’shma gaplardan ko’proq foydalaniladi.

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #172 : 21 Iyul 2008, 11:57:12 »
                                          24.3. Rasmiy-idoraviy uslub

  Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunular, nizomlar, xalqaro hujjatlar rasmiy-idorabviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma’lumotnoma, chaqriuv qog’ozi, taklifnoma, dalolatnoma, shartnoma, tarjimai hol, e’lon, tavsifnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi. Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli qilib tuziladi. Bu uslubda ham so’zlar o’z ma’nosida qo’llanadi, ko’pchilikka ma’lum ayrim qisqartma so’zlar ishlatiladi, har bir sohaning o’ziga xos atamalaridan foydalaniladi. Rasmiy-idoraviy uslubda ko’pincha darak gaplardan, qaror, buyruq, ko’rsatma kabilarda esa buyruq gaplardan foydalaniladi. Bu uslubda gap bo’laklarining odatdagi tartibda bo’lishiga rioya qilinadi: O’z lavozimini suiiste’mol qilganligi uchun M.Ahmedovga hayfsan e’lon qilinsin.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #173 : 21 Iyul 2008, 11:57:53 »
                                    24.4. Ommabop (publisistik) uslub

  Tashviqot-targ’ibot ishlarni olib borishda qo’llanadigan uslub, ya’ni matbuot uslubi ommabop uslub hisoblanadi. Bu uslubda ijtimoiy-siyosiy so’zlar ko’p qo’llanadi. Nutq ta’sirchan bo’lishi uchun ta’sirchan so’z va birikmalardan, maqol va hikmatli so’zlardan ham foydalaniladi. Bunday uslubda gap bo’laklari odatdagi tartibda bo’ladi, kesimlar buyruq va xabar maylidagi fe’llar bilan ifodalanadi, darak, his-hayajon va ritorik so’roq gaplardan, yoyiq undalmalardan, takroriy so’z va birikmalardan unumli foydalaniladi: Azamat paxtakorlarimiz mo’l hosil yetishtirish uchun fidokorona mehnat qilishyapti.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #174 : 21 Iyul 2008, 11:58:43 »
                                                      24.5. Badiiy uslub

  Badiiy asarlar (nazm, nasr va dramatic asarlar) badiiy uslubda bo’ladi. Badiiy asar kishiga ma’lumot berish bilan birga, timsollar (obrazlar) vositasida estetik ta’sir ham ko’rsatadi: O’lkamizda fasllar kelinchagi bo’lmish bahor o’z sepini yoymoqda. Badiiy uslubda qahramonlar nutqida oddiy nutq so’zlari, sheva, vul’garizmlardan ham foydalaniladi.
  Badiiy asarlar uslubi aralash uslub hisoblanadi. Unda so’zlashuv uslubiga, kitobiy uslublarga xos o’rinlar ham uchraydi.

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #175 : 21 Iyul 2008, 11:59:47 »
24.6. Nutq madaniyati haqida.

  Nutq to’g’ri, aniq va yoqimli bo’lishi lozim. To’g’ri, aniq va yoqimli gapirish uchun mantiqiy izchillikka va adabiy me’yorlarga rioya qilish kerak.
  Lug’aviy, Grammatik, uslubiy me’yorlar adabiy tilning hamma ko’rinishlari uchun xarakterli, imlo va tinish belgilariga oid me’yorlar esa adabiy tilning faqat yozma shakli uchun, to’g’ri talaffuz me’yorlari esa faqat og’zaki nutq shakli uchun xosdir.
  Nutq madaniyati deganda mantiqiy izchillikka, adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda to’g’ri, aniq va yoqimli so’zlash tushuniladi.

So’nggi mavzu: Tinish belgilarning ishlatilishi (Punktuatsiya).
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #176 : 21 Iyul 2008, 12:04:47 »
25.1. Nuqta

  Nuqta quyidagi o’rinlarda qo’yiladi:
1.Tinch ohang bilan aytilgan darak, buyruq va undov (his-hayajon) gaplardan keyin: Oltin kuz fasli kirib keldi. Darslarni o’z vaqtida tayyorlab yurgin. Koshki uning kuchi yetsa.

2.Birinchi qismida nuqta, ko’p nuqta, undov yoki so’roq belgisi bo’lgan ko’chirma gap o’rtasida kelgan muallif gapidan so’ng: “Men hozir jo’nayman, - dedi u. – Siz esa yarim soatlardan keyin yo’lga chiqing”.

3.Qisqartirilgan ism va familiyalarning birinchi harfi yoki qismidan keyin: M.Ism. (Mirzakalon Ismoiliy)

ESLATMA: Qavsdan olingan manbadan oldingi gap oxiridagi tinish belgilari o’z o’rnida saqlanadi va qavsdan keyin hech qanday tinish belgisi qo’yilmaydi.

4.Sanash yoki ayrim fikrning qismlarini ifodalagan va oy, kun, yillarni bir-biridan ajratish uchun qo’llangan raqam yoki harflardan keyin: 27.09.2008 kabi.

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #177 : 21 Iyul 2008, 12:06:31 »
25.2. So’roq belgisi.

1.So’roq belgisi so’roq gaplardan keyin qo’yiladi: Ishga tayyormisiz?

2.So’roq gaplar bittadan ortiq bo’lib kelishi mumkin. Bunday paytlarda so’roq belgisi quyidagicha qo’yiladi:

1)So’roq gaplarning har biriga ahamiyat berish lozim topilsa yoki har qaysi so’roq gap mazmuniga ko’ra mustaqil bo’lsa, har biridan so’ng so’roq belgisi qo’yiladi: Qishloqlar qanday? Og’aynilar yaxshi yurishibdimi?

2)Agar so’roq gaplar mazmunan umumiy bir fikrni ifodalasa, so’roq belgisi eng so’nggi so’roq gapdan keyin qo’yiladi: - Tag’in mehmon boshlab keldingmi? Kim kelyapti: Savrimi, Rahbarmi, yo akangning bolalarini yetaklab kelyapsanmi? (G’. G’.)

3)So’z yoki ibora naniq bo’lsa, unda gumon ifodalansa, so’roq belgisi qo’yiladi:
Bu ishlarning hammasini yarim soat (?) ichida bir o’zi bajardimikin?

ESLATMA: Ba’zan qo’shma gaplar tarkibidagi soda gaplardan biri so’roq gap shaklida, ikkinchisi esa uning izohi sifatida kelishi mumkin, bunday holatda ular orasiga vergul yoki tire qo’yilishi mumkin: U ertaga keladimi, kelmaydimi, bu men uchun qorong’u.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #178 : 21 Iyul 2008, 12:10:22 »
25.3. Undov belgisi.

  Undov belgisi quyidagi o’rinlarda qo’yiladi:
1.Kuchli his-hayajonni ifodalagan gaplardan so’ng: Yoshligimizda naqadar baxtiyor edik!

2.Buyurish, tilak, orzu ma’nolarini ifodalagan gaplardan so’ng: Hoziroq bularni ko’zimdan yo’qot! Qani endi qush kabi osmonda parvoz qilsa!

3.Gap boshida kelib, kuchli his-hayajon ifodalagan undalmalardan, undov hamda ha va yo’q so’zlaridan so’ng: Yo’q! Rustam bunday qabihlikka bormaydi hech qachon! Azizlar! Sizni mustaqillik bayrami bilan tabriklayman!
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #179 : 21 Iyul 2008, 12:11:25 »
25.4. Ko’p nuqta.

  Ko’p nuqta quyidagi o’rinlarda qo’yiladi:
1.Fikrning tugallanmaganligi, so’zlovchining yana nimalar aytmoqchi ekanligini ko’rsatish uchun: Agar hozir gapingizni o’xshatmasangiz…

2.Ba’zan ko’p nuqta so’zlovchining o’ylashi, mulohaza qilishini ko’rsatadi: Bugun…bugun oldingizga o’tsam bo’ladimi!

3.Ba’zan kimning savoliga javob bermay indamay turganini ko’rsatish uchun ham ko’p nuqta qo’yiladi: Mendan rozimassiz, bilaman, kechirmaysiz…

4.Biror so’z yoki gapning tushirilganini ko’rsatish uchun: Bugun yettinchi bo’limga kelib, … fig’oni oshdi. (T.Malik)
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

 

Abituriyentlarga yordam:chet ( English ) tilidan tayyorlov kurslari

Muallif RobiyaBo'lim Chet tillari

Javoblar: 119
Ko'rilgan: 91443
So'nggi javob 12 Mart 2010, 04:39:42
muallifi uzboy
Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari

Muallif RobiyaBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 191
Ko'rilgan: 170991
So'nggi javob 01 Avgust 2009, 11:45:00
muallifi MSJON
Abituriyentlar uchun yordam: tarixdan tayyorlov kurslari

Muallif RobiyaBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 370
Ko'rilgan: 257510
So'nggi javob 30 Iyul 2008, 17:09:04
muallifi Robiya
Yordamingiz kerak! Yordam beramiz!

Muallif Muslima_subhBo'lim Umumiy

Javoblar: 814
Ko'rilgan: 324974
So'nggi javob 03 May 2016, 10:51:47
muallifi Solihatun
Jonivorlar va insonlar tilidan qiziqarli mulohazalar

Muallif MohinurBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 14
Ko'rilgan: 10222
So'nggi javob 28 Iyun 2012, 01:09:50
muallifi azizbek_mx