Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari  ( 294158 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 B


Robiya  21 Iyul 2008, 11:56:13

                                              24.1. So’zlashuv uslubi.

  Keng qo’llaniladigan uslublardan biri so’zlashuv uslubidir. Bu uslubda ko’pincha adabiy til me’yorlariga rioya qilinadi. So’zlashuv uslubidagi nutq ko’pincha dialogic shaklda bo’ladi. Ikki yoki undan ortiq shaxsning luqmasidan tuzilgan nutq dialogic nutq deyiladi.
  So’zlashuv uslubida ko’pincha turli uslubiy bo’yoqli so’zlar, Grammatik vositalar, tovushlarning tushib qolishi, orttirilishi mumkin: Obbo, hamma ishni do’ndiribsiz-da. Mazza qildik. Ketaqo-o-ol!
  So’zlashuv uslubida gapdagi so’zlar tartibi ancha erkin bo’ladi. Ko’proq soda gaplar, to’liqsiz gaplar, undalma gaplardan foydalaniladi.

Qayd etilgan


Robiya  21 Iyul 2008, 11:56:37

                                               24.2. Ilmiy uslub.

  Fan-texnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Ilmiy uslub aniq ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar (qoidalar, ta’riflar)ga boy bo’lishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi: Yomg’ir — suyuq tomchi holidagi atmosfera yog’ini. Tomchining diametric 0,5-0,6 mm bo’ladi.
  Ilmiy uslubda ghar bir fanning o’ziga xos ilmiy atamalardan foydalaniladi, bu uslubda so’zlar o’z ma’nosida qo’llanadi, qoida yoki ta’rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo’laklar, kirish so’zlar, kirish birikmalar, shuningdek, qo’shma gaplardan ko’proq foydalaniladi.


Qayd etilgan


Robiya  21 Iyul 2008, 11:57:12

                                          24.3. Rasmiy-idoraviy uslub

  Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunular, nizomlar, xalqaro hujjatlar rasmiy-idorabviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma’lumotnoma, chaqriuv qog’ozi, taklifnoma, dalolatnoma, shartnoma, tarjimai hol, e’lon, tavsifnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi. Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli qilib tuziladi. Bu uslubda ham so’zlar o’z ma’nosida qo’llanadi, ko’pchilikka ma’lum ayrim qisqartma so’zlar ishlatiladi, har bir sohaning o’ziga xos atamalaridan foydalaniladi. Rasmiy-idoraviy uslubda ko’pincha darak gaplardan, qaror, buyruq, ko’rsatma kabilarda esa buyruq gaplardan foydalaniladi. Bu uslubda gap bo’laklarining odatdagi tartibda bo’lishiga rioya qilinadi: O’z lavozimini suiiste’mol qilganligi uchun M.Ahmedovga hayfsan e’lon qilinsin.

Qayd etilgan


Robiya  21 Iyul 2008, 11:57:53

                                    24.4. Ommabop (publisistik) uslub

  Tashviqot-targ’ibot ishlarni olib borishda qo’llanadigan uslub, ya’ni matbuot uslubi ommabop uslub hisoblanadi. Bu uslubda ijtimoiy-siyosiy so’zlar ko’p qo’llanadi. Nutq ta’sirchan bo’lishi uchun ta’sirchan so’z va birikmalardan, maqol va hikmatli so’zlardan ham foydalaniladi. Bunday uslubda gap bo’laklari odatdagi tartibda bo’ladi, kesimlar buyruq va xabar maylidagi fe’llar bilan ifodalanadi, darak, his-hayajon va ritorik so’roq gaplardan, yoyiq undalmalardan, takroriy so’z va birikmalardan unumli foydalaniladi: Azamat paxtakorlarimiz mo’l hosil yetishtirish uchun fidokorona mehnat qilishyapti.

Qayd etilgan


Robiya  21 Iyul 2008, 11:58:43

                                                      24.5. Badiiy uslub

  Badiiy asarlar (nazm, nasr va dramatic asarlar) badiiy uslubda bo’ladi. Badiiy asar kishiga ma’lumot berish bilan birga, timsollar (obrazlar) vositasida estetik ta’sir ham ko’rsatadi: O’lkamizda fasllar kelinchagi bo’lmish bahor o’z sepini yoymoqda. Badiiy uslubda qahramonlar nutqida oddiy nutq so’zlari, sheva, vul’garizmlardan ham foydalaniladi.
  Badiiy asarlar uslubi aralash uslub hisoblanadi. Unda so’zlashuv uslubiga, kitobiy uslublarga xos o’rinlar ham uchraydi.


Qayd etilgan


Robiya  21 Iyul 2008, 11:59:47

24.6. Nutq madaniyati haqida.

  Nutq to’g’ri, aniq va yoqimli bo’lishi lozim. To’g’ri, aniq va yoqimli gapirish uchun mantiqiy izchillikka va adabiy me’yorlarga rioya qilish kerak.
  Lug’aviy, Grammatik, uslubiy me’yorlar adabiy tilning hamma ko’rinishlari uchun xarakterli, imlo va tinish belgilariga oid me’yorlar esa adabiy tilning faqat yozma shakli uchun, to’g’ri talaffuz me’yorlari esa faqat og’zaki nutq shakli uchun xosdir.
  Nutq madaniyati deganda mantiqiy izchillikka, adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda to’g’ri, aniq va yoqimli so’zlash tushuniladi.

So’nggi mavzu: Tinish belgilarning ishlatilishi (Punktuatsiya).

Qayd etilgan


Robiya  21 Iyul 2008, 12:04:47

25.1. Nuqta

  Nuqta quyidagi o’rinlarda qo’yiladi:
1.Tinch ohang bilan aytilgan darak, buyruq va undov (his-hayajon) gaplardan keyin: Oltin kuz fasli kirib keldi. Darslarni o’z vaqtida tayyorlab yurgin. Koshki uning kuchi yetsa.

2.Birinchi qismida nuqta, ko’p nuqta, undov yoki so’roq belgisi bo’lgan ko’chirma gap o’rtasida kelgan muallif gapidan so’ng: "œMen hozir jo’nayman, - dedi u. — Siz esa yarim soatlardan keyin yo’lga chiqing".

3.Qisqartirilgan ism va familiyalarning birinchi harfi yoki qismidan keyin: M.Ism. (Mirzakalon Ismoiliy)

ESLATMA: Qavsdan olingan manbadan oldingi gap oxiridagi tinish belgilari o’z o’rnida saqlanadi va qavsdan keyin hech qanday tinish belgisi qo’yilmaydi.

4.Sanash yoki ayrim fikrning qismlarini ifodalagan va oy, kun, yillarni bir-biridan ajratish uchun qo’llangan raqam yoki harflardan keyin: 27.09.2008 kabi.


Qayd etilgan


Robiya  21 Iyul 2008, 12:06:31

25.2. So’roq belgisi.

1.So’roq belgisi so’roq gaplardan keyin qo’yiladi: Ishga tayyormisiz?

2.So’roq gaplar bittadan ortiq bo’lib kelishi mumkin. Bunday paytlarda so’roq belgisi quyidagicha qo’yiladi:

1)So’roq gaplarning har biriga ahamiyat berish lozim topilsa yoki har qaysi so’roq gap mazmuniga ko’ra mustaqil bo’lsa, har biridan so’ng so’roq belgisi qo’yiladi: Qishloqlar qanday? Og’aynilar yaxshi yurishibdimi?

2)Agar so’roq gaplar mazmunan umumiy bir fikrni ifodalasa, so’roq belgisi eng so’nggi so’roq gapdan keyin qo’yiladi: - Tag’in mehmon boshlab keldingmi? Kim kelyapti: Savrimi, Rahbarmi, yo akangning bolalarini yetaklab kelyapsanmi? (G’. G’.)

3)So’z yoki ibora naniq bo’lsa, unda gumon ifodalansa, so’roq belgisi qo’yiladi:
Bu ishlarning hammasini yarim soat (?) ichida bir o’zi bajardimikin?

ESLATMA: Ba’zan qo’shma gaplar tarkibidagi soda gaplardan biri so’roq gap shaklida, ikkinchisi esa uning izohi sifatida kelishi mumkin, bunday holatda ular orasiga vergul yoki tire qo’yilishi mumkin: U ertaga keladimi, kelmaydimi, bu men uchun qorong’u.

Qayd etilgan


Robiya  21 Iyul 2008, 12:10:22

25.3. Undov belgisi.

  Undov belgisi quyidagi o’rinlarda qo’yiladi:
1.Kuchli his-hayajonni ifodalagan gaplardan so’ng: Yoshligimizda naqadar baxtiyor edik!

2.Buyurish, tilak, orzu ma’nolarini ifodalagan gaplardan so’ng: Hoziroq bularni ko’zimdan yo’qot! Qani endi qush kabi osmonda parvoz qilsa!

3.Gap boshida kelib, kuchli his-hayajon ifodalagan undalmalardan, undov hamda ha va yo’q so’zlaridan so’ng: Yo’q! Rustam bunday qabihlikka bormaydi hech qachon! Azizlar! Sizni mustaqillik bayrami bilan tabriklayman!

Qayd etilgan


Robiya  21 Iyul 2008, 12:11:25

25.4. Ko’p nuqta.

  Ko’p nuqta quyidagi o’rinlarda qo’yiladi:
1.Fikrning tugallanmaganligi, so’zlovchining yana nimalar aytmoqchi ekanligini ko’rsatish uchun: Agar hozir gapingizni o’xshatmasangiz"¦

2.Ba’zan ko’p nuqta so’zlovchining o’ylashi, mulohaza qilishini ko’rsatadi: Bugun"¦bugun oldingizga o’tsam bo’ladimi!

3.Ba’zan kimning savoliga javob bermay indamay turganini ko’rsatish uchun ham ko’p nuqta qo’yiladi: Mendan rozimassiz, bilaman, kechirmaysiz"¦

4.Biror so’z yoki gapning tushirilganini ko’rsatish uchun: Bugun yettinchi bo’limga kelib, "¦ fig’oni oshdi. (T.Malik)

Qayd etilgan