Ilm va ziyo > Ma'rifat

Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari

<< < (38/38)

Robiya:
26.10. Qavs
1.Ifodalanayotgan fikrga yoki uning biror bo’lagiga qo’shimcha izoh beruvchi so’z yoki iboralar qavsga olinadi: Karimjon (sinfimizning a’lochisi) oily o’quv yurtiga kiribdi.

ESLATMA: Qavsdan oldingi tinish belgilari (vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, tire) qavsdan keyinga ko’chiriladi: Chavandoz bu gaplarni Ertoyevga aytishni ham, aytmaslikni ham bilmay (aytsa Ertoyev xafa bo’ladi, aytmasa bor joydan chatog’I chiqishi mumkin), boshi qotib"¦turganda"¦Gulchehra mojarosi chiqsa bo’ladimi? (O.Yo.)

2.Kirish gaplar yoki remarkalar qavs bilan beriladi: Ukam (sen uni taniysan) bu yil maktabni bitirdi. Aziz Kamol (xayol og’ushida). Vatanimizga qarshi ko’tarilgan ruhiy va iqtisodiy hujum shu kunlarda cho’qqisiga chiqdi.(S.Az.)

3.Misol yoki ko‘chirmaning manbai: "¦Eshik qars etib yopildi. (O.Yo.)

4.Kirish so’z yoki iboraga oid tinish belgilar qavsning ichiga olinadi: To’satdan uning xayoliga akasining bundan besh-olti oy oldin"¦yozgan xati (o’shandan beri undan dom-darak yo’q) "¦tushdi (O.Yo.)

Robiya:
26.11. Qo’shtirnoq
1.Ko’chirma gaplarni ajratib ko’rsatish uchun: "œErtaga kelaman", - dedi.

2.Ko’chma ma’nodagi, shartli nom yoki taxallus ma’nosidagi ayrim so’z va so’z birikmalari ham qo’shtirnoqqa olinishi mumkin: "œTog’ asali" sotadigan yigit"¦dovonning naryog’iga o’tib ketgan. (S.Ahm.)

ESLATMA: Qo’shtirnoqqa olinishi kerak bo’lgan so’zlarda turlovchi (kelishik) qo’shimchalar mavjud bo’lsa, bu qo’shimchalar qo’shtirnoqdan keyin qo’yiladi: Bularni ko’rgan Aziz o’zi haydab kelayotgan (GAZ-69)ning yurishini tezlatib, yo’lga chiqdi-da, "œJiguli" tomonga burildi. (H.G’.)

Robiya:
                                                             DARS TUGADI.

Navigation

[0] Message Index

[*] Previous page

Go to full version