Ilm va ziyo > Ma'rifat

Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari

<< < (8/38) > >>

Robiya:
7.2 Atoqli otlar va ularning turlari. 
Ayrim shaxs yoki predmetag atab qo’yilgan nomlar atoqli ot deyiladi. Kishilarning ismi, sharifi, taxallusi, hayvonlarga atab qo’yilgan nomlar, geografik nomlar, tashkilot va idora nomlari, tarixiy voqea, kitob, gazeta, jurnal, kinofilm, spektakl nomlari atoqli otlardir. Atoqli otlar bosh harf bilan yoziladi: Rahim Mahmudov, Toshkent, Amudaryo, Mustaqillik kuni va h.k. Ko’pchilik atoqli otlar turdosh yoki boshqa biron so’z turkumi asosida vujudga keladi: Po’lat, Go’zal, Sotiboldi, Sakson ota. Ba’zan atoqli otlar turdosh otga aylanishi ham mumkin: amper (tok o’lchovi), xosiyatxon (atlas turi), makintosh (kiyim turi).

Robiya:
7.3 Otlarning birlik va ko’plikda qo’llanishi (son kategoriyasi).    Otlar birlik va ko’plik sonda keladi. Birlik sondagi otlar bir predmetni bildiradi. Ko’lik sondagi otlar birdan ortiq predmetni bildiradi. Otlar ko’plikda — lar qo’shimchasi orqali ifodalansa, morfologik usul hisoblanadi: bolalar, uylar. Ko’plik ma’nosi qo’shimchasiz holda maxsus so’zlar yordamida ifodalansa, leksik usul hisoblanadi: bir qancha odam, ming — ming daraxt. Ba’zan bu usullar aralash ifodalanishi mumkin (leksik — morfologik usul): Ko’p ota — onalar kelishdi.
  Harakat — holat, belgi nomini bildirgan otlar, donalab sanalmaydigan narsa va jism nomlari, juft predmetlarni bildiruvchi otlar va atoqli otlar faqat birlikda qo'’lanadi: do'stlik, uch, ko’z, Muattar va h.k.
  Faqat birlikda qo’llanadigan otlarga ko’plik qo’shimchasi qo’shilganda ko’plikni emas, balki osha predmetlarning turli xilini, jamlikni, hurmat, kinoya, kuchaytirish, taxmin kabi ma’nolarni bildiradi, Dadamlar ishlaydilar. Ma’muraxonlar kelishdi. Boshlarim og’rib ketdi. Beshlarda keldi.
  - lar ko’rsatkichi otlardan tashqaro olmosh, son, sifat, fe’l, ravosh turkumidagi so’zlarga ham qo’shilishi mumkin: bular, kimlar, bizlar, tushuntirishlar, kattalarni, beshlar, ilgarilari kabi. Bu ko’rsatkich fe’lga qo’shilganda tuslovchi tarkibida keladi: boradilar (3 — shaxs tuslovchi tarkibida).
 

Robiya:
7.4 Otlarning turlanishi.  Otlarning kelishik qo’shimchalari bilan qo’llanishi turlanish deyiladi. Otlarda oltita kelishik mavjud:

1.Bosh kelishik — qo’shimchasiz,  kim, nima savollariga javob beradi.
2.Qaratqich kelishigi — ning, -n, kimning, nimaning savollariga javob beradi.
3.Tushum kelishigi — ni, - n , kimni, nimani savollariga javob beradi.
4.Jo’nalish kelishigi — ga, - ka, - qa, - na, - a, kimga, nimaga savollariga javob beradi.
5.O’rin — payt kelishigi — da, kimda, nimada savollariga javob beradi.
6.Chiqish kelishigi — dan, kimdan, nimadan savollariga javob beradi.

Robiya:
 Qaratqich kelishigidagi ot doim ot bilan bog’lanadi: maktabning hovlisi, kitobning varag’i. Tushum kelishigidagi ot doim fe’l bilan bog’lanadi: maktabni sevish, kitobni o’qish.
  Jo’nalish, o’rin — payt va chiqish kelishiklaridagi otlar fe’l bilan, ba’zan esa boshqa so’zlar bilan ham bog’lanadi: maktabga bormoq, maktabda bo’lmoq, maktabdan kelmoq, kitobdan minnatdor, ukamdan katta.
  Jo’nalish kelishigi qo’shimchasi k tovushi bilan bitgan so’zlarga — ka tarzida, g’, q tovushi bilan bitgan so’zlarga — qa tarzida qo’shilib, mumtoz adabiyotda — ga, - na, -a tarzida uchraydi: ko’ylak+ ga = ko’ylakka, bog’ + ga = boqqa, uyiga, yorimga, qo’lina.
  Qaratqich, tushum va jo’nalish kelishigidagi otlar belgili (qo’shimchali) va belgisiz (qo’shimchasiz) qo’llanishi mumkin: maktab (ning) bog’i, xat (ni) yozdi, Andijon (ga) ketdi.
  Qaratqich, tushum kelishigi qo’shimchalari — n shaklida qisqarishi mumkin: Otin (ing) boshin (i) burdi.

Robiya:
7.5 Otlarda egalik qo’shimchalari. 
Egalik qo’shimchalari predmetning uch shaxsdan (so’zlovchi, tinglovchi, o’zga) biriga qarashli ekanini bildiradi. Egalik qo’shimchalari oxiri unli bilan tugagan otlarga birlikda — m, - ng, - si; ko’plikda — miz, - si, - ngiz shaklida; oxiri undosh bilan tugagan otlarga esa birlikda — im, - ing, - i; ko’plikda — imiz, - ingiz, - i shaklida qo’shiladi: kitobim, kitobing, kitobi; kitobimiz, kitobingiz, kitoblari.
  K va q undoshi bilan tugagan otlarga egalik qo’shimchasi qo’shilganda, o’zak — negiz oxiridagi jarangsiz k undoshi jarangli g’ tovushiga, jarangsiz q undoshi jarangli g’ undoshiga aylanadi va koptogi, tuprog’i kabi yoziladi.
  Og’iz, burun, zahar kabi otlarga egalik qo’shimchasi qo’shilganda, ikkinchi bo’g’indagi qisqaroq aytiladigan u, i, a unlilari tushib qoladi: og’zi, burni, zahri. Obro’, parvo so’zlariga egalik qo’shimchasi qo’shilganda esa y tovushi orttiriladi: parvoyi, obro’yim.
  Singl — i — si, shun — i — si, bun — i — si so’zlarida egalik qo’shimchalari ikki marta qo’shiladi. Egalik qo’shimchasining 2 — shaxs ko’plik shaklida 3 ta morfologik variant mavjud: shaharingiz — shaharinglar — shaharlaring.

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

[*] Previous page

Go to full version