Muallif Mavzu: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari  ( 253529 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #45 : 29 Yanvar 2008, 12:15:59 »
7.8.3. So’zlarni qo’shib,juftlab,bog’lab ot yasash (sintaktik yoki kompozitsiya usuli).
Bunda qo’shma va juft otlar yasaladi. Qo’shma otlar quyidagicha:
1)ot bilan otdan: otquloq,qo’llari:
2)sifat bilan otdan: ko’ksulton,xamtok;
3)ot bilan otdan: gulbgor oshko’k;
4)son bilan otdan: mingoyoq,qirqog’ayni,uchburchak;
5)ot bilan fe’ldan: o’rinbosar,beshiktervatar;
6) fe’l bilan fe’ldan: iskabtopar, olibsotar. Biror belgisiga ko’ra atalgan joy nomlari ko’pincha qo’shma ot orqali ifodalanadi: Oqtepa, To’ytepa, Uchqo’rg’on.
  Qo’shma otlar qismlarining munosabatlari quyidagi ko’rinishlarda bo’ladi:
1.Sifatlovchi – sifatlanmish birikmasi shaklida: ko’ksulton, itbaliq.
2.Qaratqich – qaralmish birikmasi shaklida: bilaguzuk, otquloq.
3.To’ldiruvchi – to’ldirilmish birikmasi shaklida: o’rinbosar, beshiktervatar, dunyoqarash .
4.Hol- hollanmish birikmasi shaklida: beshotar, iskabtopar (chivin)        
5.Ega – kesim birikmasi shaklida: go’shtkuydi (marosim)
6.Kesim-undalma shaklida: urto’qmoq, ochildasturxon.
  Quyidagi qo’shma otlar qo’shib yoziladi:
1)qismlari turdosh otlardan iborat bo’lib, bir urg’u bilan aytiladigan narsa-buyum nomlari: gulko’rpa, oshqozon, o’qilon, tutmayiz, oshko’k.
2)Ot bilan –ar qo’shimchali feldan yasalgan qo’shma otlar: otboqar.
3)Ikkinchi qismi turdosh bo’lgan geografik nomlar: Sirdaryo, Oqtepa.Ikkinchi qismi e, yo, yu, ya harfi bilan boshlangan otlar ajratib yoziladi: yer yong’oq, eshak yemi, qozon yuvg’ich.
  Bulardan tashqari, ruscha baynalminal so’zlar ishtirokida yasalgan qo’shma otlar ham o’zbek tilida mavjud: bronepoyezd, aviabo’linma, avtoyo’l, kinoqissa.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #46 : 29 Yanvar 2008, 12:17:16 »
Juft otlar quyidagicha yasaladi:
1)bir-biriga yaqin ma’noli so’zlardan: uy-joy, oyoq-qo’l.
2)Sinonim so’zlardan kuch-quvvat, oziq-ovqat, baxt-saodat.
3)Antonimlaradan: yosh-qari, ost-ust.
4)Butun-bo’lak ma’nosini ifodalovchi so’zlardan: tog’-tosh, idish-tovoq, gap-so’z, oy-kun.
   Har doim ham ikkita otning juftlanishidan yangi ot yasalavermaydi. Juft so’zning turkumiy qismlarining qaysi turkumdan ekanligiga qarab emas, balki juft so’zning butunligicha qanday ma’no anglatishiga qarab aniqlash kerak bo’ladi. Shu jihatdan qaraganda, quyidagi turkum so’zlar juftlanib, ot yasaladi:

1. Ot:     yor-birodar, to’y-tomosha.
2. Sifat:       oq-qora, issiq-sovuq.
3. Ravish:         kam-ko’st.
4. Sof fe’l:       ur-yiqit, keldi-ketdi.
5. Fe’lning harakat nomi shakli:       yurish-turish, yozuv-chizuv.
6. Taqlidiy so’zlar:        adi-badi, qiy-chuv.
   Juft otlar qismlarining qaysi tilga mansubligi jihatidan quyidagi turlarga bo’linadi:

1. O’zbekcha – o’zbekcha:     ot-ulov, ko’rpa-yostiq
2. O’zbekcha-arabcha:            kuch-quvvat, o’y-xayol.
3. O’zbekcha-tojikcha:            tuz-namak.
4. O’zbekcha-ruscha:               kissa-karmon.
5. Arabcha-arabcha:                 hisob-kitob.
6. Tojikcha-o’zbekcha:             savdo-sotiq           

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #47 : 29 Yanvar 2008, 12:18:47 »
7.8.3. So’zlarni qisqartirib ot yasash (abbreviatsiya usuli
)

Qisqartma otlarning yasalishi:
1)So’zlarning birinchi harfidan: Birlashgan Millatlar Tashkiloti – BMT, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi – MDH;
2)Birinchi so’zning bosh qismini va boshqa so’zlarning birinchi harfini olish bilan: O’zbekiston Milliy universiteti – O’zMU.
3)So’zlarning bosh qismidan: ijroiya qo’mitasi – ijroqo’m;
4)Aralash yo’l bilan: pedkengash.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #48 : 29 Yanvar 2008, 12:21:07 »
7.8.4. Turkumdan turkumga ko’chish vositasida ot yasalaishi (semantik usul).

1)siftadan otga ko’chish: o’g’il (bola), qiz (bola), ayol (kishi), chol (odam);
2)fe’ldan otga ko’chish: kelajak (O’zbekiston kelajagi buyuk davlatdir);
3)juft fe’llar otga ko’chadi: keldi – ketdi, oldi – sotdi, qo’ydi – chiqdi.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #49 : 29 Yanvar 2008, 12:25:17 »
7.8.5. So’zlarni takrorlash yordamida ot yasash.

Lik – lik (ko’kat turi), pat – pat (motosikl), bog’cha – bog’cha (o’yin), yugur – yugur (shoshilish), biyovbiyov (qush), shaqshaq (qush).


«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #50 : 06 Fevral 2008, 11:37:24 »
7.9 Otlarning tuzilish jihatidan turlari.

Otlar tuzilish jihatidan quyidagi turlarga bo’linadi;
1.Sodda otlar: a) Sodda tub otlar. b) Sodda yasama otlar. Tub otlar yasovchi qo’shimcha olmagan otlardir: kitob, qalam. Yasama otlar qo’shimcha qo’shish orqali yasalgan otlardir: ishchi, guldon.
2.Qo’shma otlar: belbog’, qo’lqop, Yangiyo’l;
3.Qisqartma otlar: MDH, BMT, pedkengash;
4.Juft otlar: yem – xashak, ko’rpa – yostiq;
5.Takroriy otlar: choy-poy, in-iniga, tomir-pomiriga, don-dun,irim-sirim;

Juft va takroriy otlar orasiga chizqcha qo’yib yoziladi.
Agar juft otlar o’rtasida ikki otni bir-biri bilan bog’laydigan y, yu tovushlari bo’lsa, chiziqcha qo’yilmaydi: Onayu bola, gulu lola. Takroriy otlar bir otni takrorlash yordamida hosil qilinadi.:
Aytilgan so’zlar jon – jonidan o’tib ketdi. Tilda takrorlangan, so’zning boshida kelgan undosh p yoki m undoshidan biriga almashadigan yoki unli tovushdan oldin p tovushi orttiriladigan choy-poy, non-pon, qop-mop kabi otlar ham bor.

Keyingi mavzu: "Son so'z turkumi"
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #51 : 06 Fevral 2008, 11:38:21 »
8-ma’ruza. Son
Sonning nomini, narsa-buyumning son-sanog’ini, tartibini bildirgan so’zlar turkumi son deyiladi. Son necha? Qancha? Nechta? Nechanchi? Kabi so’roqlarga javob bo’ladi.
Sonlarning morfologik xususiyatlar:
1.Sonlar juft, dona, metr, siqim kabi hisob so’zlari bilan qo’llana oladi;
2.So’z o’zgartiruvchi qo’shimchalar sonning hamma turlariga ham qo’shiavermaydi;
3.Boshqa so’z turkumlarida son yasalmaydi.

Sonning sintaktik xususiyatlari:
1.Doim otlar bilan birga qo’llanadi;
2.Sonlar hech qachon belgi ifodalovchi so’zlarni o’ziga tobe qilib kelmaydi;
3.Sonlar ot oldida aniqlovchi bo’lib kelganda, u bilan birikib yaxlit bir bo’lak vazifasini bajaradi: Uch dugona kelishyapti;
4.Son va sifat aniqlovchi bo’lib kelganda, oldin son, keyin sifat keladi: ikkita chiroyli ko’ylak;
5.Sonlar gapda ko’pincha aniqlovchi va kesim vazifasida keladi: Maqsadimiz bitta. Beshta qalam oldi.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #52 : 06 Fevral 2008, 11:39:03 »
1.Sonlar sonning nomini bildiradi: 3, 6, 19 kabi. Bunday sonlar egalik va kelishik qo’shimchalari bilan xuddi otlardek o’zgaradi, gapning bosh va ikkinchi darajali bo’laklari bo’lib keladi: Ikki o’n besh – bir o’ttiz.

2.Sonlar sanaladigan narsa-buyumlarning son-sanog’ini bildiradi. Bunday sonlar o’zgarmaydi, gapda aniqlovchi va kesim bo’lib keladi: Men ikkita qalam oldim. O’zi bitta – qulog’I to’rtta.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #53 : 06 Fevral 2008, 11:40:40 »
Sonlarda quyidagi xususiyatlar ham mavjud:
1)Omonimlik: yuz (son) – yuz (chehra), uch (son) – uch (harakat);
2)Sinonimlik: bir – yakka, ikki – juft;
3)Paronimlik: yeti-yetdi.

Sonlar ko’pincha raqamlar bilan yoziladi:
1)Arab raqamlari bilan: 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9.
2)Rim raqamlari bilan: II chorak, XX asr.

Badiiy asarlarda sonlar so’z bilan yoziladi: To’rt yil kutdi.

Nutqimizda tez – tez ishlatiladigan 23 ta soda son bo’lib, boshqa sonlar shularning qo’shilishidan hosil bo’ladi: nol, bir, ikki, uch, to’rt, besh, olti, yeti, sakkiz, to’qqiz, o’n, yigirma, o’ttiz, qirq, ellik, oltmish, yetmish, sakson, to’qson, yuz, ming, million, milliard.

Qadimgi o’zbek tilida tuman (o’n ming), lak (yuz ming) sonlari bo’lgan.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #54 : 06 Fevral 2008, 11:43:02 »
8.2 Butun son, kasr son, aralash son va ularning yozilishi.
Butun son narsa-buyumning sanog’ini, miqdorini uning butunligini saqlagan holda ifodalaydi: 1, 3, 5, 12 kabi.

Kasr son butunning bo’lagini, ulushini ifodalaydi: 1/2 (yarim), 1/4 (chorak), 1/8 (nimchorak).

Kasr son ikki xil bo’ladi:
1) Ikki son chiqish kelishigi qo’shimchasi bilan bog’langan bo’ladi: ikkidan bir.
2) O’z holicha kasrni anglatadigan so’z bo’ladi: yarim, chorak, nimchorak.

Butun son bilan kasr son birgalikda ishlatilsa, aralash son hosil bo’ladi: bir yarim, ikki butun o’ndan uch. Butun, kasr, aralash sonlar ajratib yoziladi: bir yarim kilogramm.

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #55 : 14 Fevral 2008, 12:24:29 »
8.3 Sonlarning ma’no turlari.
[/b][/b]

Sonlar ma’no va Grammatik jihatdan olti xil bo’ladi:

1.Miqdor son bir turdagi narsa-buyumlarning umumiy sonini, miqdorini bildiradi: bir qop paxta, o’ttiz uch bahodir.

Eslatma: Nutqimizda bir miqdor soni noaniqlik, kuchaytirish, ajratish, chegaralash ma’nolarini ham ifodalaydi: Eshikni bir kishi taqillatyapti. Bir yugurdim, bir yugurdim. Bir menga, bir unga qaraydi. Hamma keldi, bir Ahmad kelmadi.

2.Dona son narsa-buyumning donalab sananaladigan miqdorini bildiradi. Dona son miqdor songa – ta qo’shimchasini qo’shish yoki dona, nafar so’zlarini keltirish yordamida hosil qilinadi: beshta qush, uch dona non, o’n nafar odam.

3.Tartib son narsa-buyumning sanoqdagi tartibini bildiradi. Tartib son unli bilan tugagan miqdor songa – nchi, undosh bilan bitgan miqdor songa – inchi qo’shimchasini qo’shish bilan hosil qilinadi: birinchi, ikkinchi.
Tartib sonlar arabcha raqamlar bilan ifodalansa, bu qo’shimchalar yozilmaydi, raqamdan keyin chiziqcha qo’yiladi: rim raqamlari bilan ifodalansa, chiziqcha qo’yilmaydi: 2-brigada, VI sinf.
  Kirillcha yozuvda yil va oyni ko’rsatuvchi arab raqamlaridan keyin chiziqcha qo’yilmaydi: 1998 yil, 15 fevral.

4.Chama son narsa-buyumlarning taxminiy sonini bildiradi va quyidagicha hosil bo’ladi:
a)   Miqor songa – tacha qo’shimchasini qo’shish bilan: o’ntacha mashina
b)   Miqdor songa – lar, - larcha qo’shimchasini qo’shish bilan: Soat o’n birlar edi. Yuzlarcha odam yig’ildi.
c)   Miqdor songa – lab qo’shimchasini qo’shish bilan: minglab koptoklar;
d)   Ikki miqdor sonini juft keltirish bilan: besh – olti, uch – to’rt;

5.Jamlovchi son narsa – buyumning umumiy sonini bildiradi va miqdor songa quyidagi qo’shimchalarni qo’shish bilan yasaladi:
a)   â€“ ov qo’shimchasini qo’shish bilan: uchovi, to’rtovi;
b)   â€“ ala qo’shimchasini qo’shish bilan: ikkala, uchala;
c)   â€“ ovlon qo’shimchasini qo’shish bilan: beshovlon, oltovlon;

Ikki, olti, yeti miqdor sonlaridan jamlovchi son hosil qilinganda, o’zakdagi I tovushi tushib qoladi: ikkovi, oltovi, yettovi.
  Uch, to’rt sonlariga – ala qo’shilganda, uchchala, to’rttala tarzida aytilsa ham, uchala, to’rtala deb yoziladi.
  Jamlovchi sonlar ko’pincha 1 dan 7 gacha bo’lgan sonlardan yasaladi.

6.Taqsim son narsa – buyumlarning taqsimlanish miqdorini anglatadi va miqdor songa – tadan qo’shimchasini qo’shish bilan hosil qilinadi: ikkitadan, yuztadan. Ba’zan miqdor son takrorlanib, taqsim son yasalishi mumkin: Ikki-ikki bo’lib yurdik.
« So'nggi tahrir: 14 Fevral 2008, 12:26:11 muallifi Robiya »
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #56 : 14 Fevral 2008, 12:25:30 »
8.4 Hisob so’zlari (numerativlar) haqida ma’lumot

Miqdor sonlar bilan qo’llanib, noaniq miqdor tushunchasini ifodalaydigan so’zlar hisob so’zlari (numerativlar) deb ataladi: besh so’m, o’n gram, yuz yil. Bunday so’zlar aslida ot turkumiga mansub bo’lib, o’z lug’aviy ma’nolariniqisman yo’qotgan holda noaniq miqdor ifodalaydigan bo’lib qolgan so’zlardir.
  Hisob so’zlari quyidagi guruhlarga bo’linadi:


1.Predmetlarni yakkalab hisoblash uchun ishlatiladigan: dona, nusxa, tup, bosh, nafar;

2.Butunning qismini hisoblash uchun: parcha, varaq, burda, og’iz, luqma, siqim, tilim, chimdim, qultum, yutum, ho’plam, tomchi, chaqmoq, nimta, to’g’ram, poy, toqa, bo’lak, shingil;

3.To’dalab ko’rsatuvchi: gala, to’p, guruh, to’da, dasta, bog, quchoq, shoda, hovuch;

4.Juftlab ifodalovchi: juft, para;

5.Og’irlikni o’lchaydigan: gram, kilogram, sentner, tonna;

6.Uzunlik o’lchovini bildiradigan: millimeter, metr, kilometr, chaqirim;

7.Yosh o’lchovini bildiradigan: yashar, yoshlik, oylik, go’dak, o’smir;

8.Vaqt o’lchovini bildiradigan: soniya,…. Soat, kun, sutka, oy, hafta, oy, yil;

9.Qiymat o’lchovini bildiradigan: so’m, tiyin, tanga, miri;
Bulardan tashqari, quyidagi hisob so’zlari son va fe’l orasida kelib, harakat miqdorini bildiradi: marta, navbatda, karra, bor, hissa, sidra, daf’a.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #57 : 14 Fevral 2008, 12:27:22 »
8.5 Sonlarning otlashishi.

Gapda son bog’langan ot tushib qolishi mumkin. Bunday holda son otlashadi. Otlashgan son xuddi otlarga o’xshab, egalik, ko’plik va kelishik qo’shimchalarini oladi: beshga, uchni, ikkimiz.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #58 : 14 Fevral 2008, 12:28:30 »
8.6 Sonlarning tuzilish jihatidan turlari.

Sonlar tuzilish jihatidan quyidagi turlarga bo’linadi:

1.Sodda sonlar bir o’zakdan iborat bo’ladi: bir, ikki;

2.Qo’shma sonlar ikki yoki undan ortiq sonning birga yozilishidan tuziladi: o’n uch, bir yuz o’n sakkiz;

3.Juft sonlar ikkita turli o’zakning juftlashishidan tuziladi: besh-olti, yeti-sakkiz;

4.Takroriy sonlar bir o’zakning takrorlanishidan tuziladi: ikki-ikki, o’nta-o’nta.

Juft va takroriy sonlar chiziqcha bilan yoziladi.
Tilchi olimlar sakson va to’qson sonlarining sakkiz va o’n, to’qqiz va o’n so’zlaridan tuzilganligini aniqlashgan.

Keyingi mavzu: “Sifat so’z turkumi”

« So'nggi tahrir: 20 Fevral 2008, 11:18:47 muallifi Robiya »
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #59 : 20 Fevral 2008, 11:25:23 »
Keyingi mavzu: 9-Ma’ruza Sifat


9.1 Sifatning ta’rifi va leksik-grammatik xususiyatlari.
  Predmetning belgisini bildirib, qanday?, qanaqa?, qaysi? So’roqlaridan biriga javob bo’lgan so’zlar sifat deyiladi.
  Sifatlar ma’no jihatidan quyidagi turlarga bo’linadi:

1)Xususiyat bildiruvchi: yaxshi, yomon, aqlli, sergak, so’zamol;

2)Holat bildiruvchi: go’zal, chiroyli, suluv, cho’loq, maymoq, cho’tir, soqov, ko'r.

3)Rang – tus bildiruvchi: oq, qora, sariq, kulrang.

4)Shakl – ko’rinish bildiruvchi: yapaloq, tekis, yassi, dumaloq.

5)Hajm – o’lchov – masofa  bildiruvchi : keng, tor, chuqur, katta, kichik.

6)Maza-ta’m bildiruvchi: shirin, achchiq, nordon, sho’r, achimsiq.

7)Hid bildiruvchi: xushbo’y, sassiq, badbo’y, muattar, qo’lansa.

8)Vazn – og’irlik bildiruvchi: og’ir, yengil, zildek, vazmin.

9)O’rin va paytga munosabat bildiruvchi: yozgi, qishki, avvalgi, uydagi, ko’chadagi.
 
 Sifatlarning morfologik xususiyatlari:

1)Belgining darajasini ko’rsatadi: sho’x, sho’xroq, eng sho’x.

2)Otlashadi: Kattalarni hurmat qiling.

3)Ravish o’rnida keladi: Sattor chiroyli yozadi. Sifatlarning sintaktik xususiyatlari:

1)Asosan aniqlovchi va kesim vazifasini bajaradi: Yoqimli shamol esa boshladi. Tabiat go’zal.

2)Sifat aniqlovchi bo’lib kelganda, aniqlab kelayotgan so’zi bilan moslashmaydi.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

 

Abituriyentlarga yordam:chet ( English ) tilidan tayyorlov kurslari

Muallif RobiyaBo'lim Chet tillari

Javoblar: 119
Ko'rilgan: 89274
So'nggi javob 12 Mart 2010, 04:39:42
muallifi uzboy
Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari

Muallif RobiyaBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 191
Ko'rilgan: 167908
So'nggi javob 01 Avgust 2009, 11:45:00
muallifi MSJON
Abituriyentlar uchun yordam: tarixdan tayyorlov kurslari

Muallif RobiyaBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 370
Ko'rilgan: 252308
So'nggi javob 30 Iyul 2008, 17:09:04
muallifi Robiya
Yordamingiz kerak! Yordam beramiz!

Muallif Muslima_subhBo'lim Umumiy

Javoblar: 814
Ko'rilgan: 320303
So'nggi javob 03 May 2016, 10:51:47
muallifi Solihatun
Jonivorlar va insonlar tilidan qiziqarli mulohazalar

Muallif MohinurBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 14
Ko'rilgan: 10001
So'nggi javob 28 Iyun 2012, 01:09:50
muallifi azizbek_mx