Ilm va ziyo > Ma'rifat

Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari

<< < (10/38) > >>

Robiya:
7.8.3. So’zlarni qo’shib,juftlab,bog’lab ot yasash (sintaktik yoki kompozitsiya usuli).Bunda qo’shma va juft otlar yasaladi. Qo’shma otlar quyidagicha:
1)ot bilan otdan: otquloq,qo’llari:
2)sifat bilan otdan: ko’ksulton,xamtok;
3)ot bilan otdan: gulbgor oshko’k;
4)son bilan otdan: mingoyoq,qirqog’ayni,uchburchak;
5)ot bilan fe’ldan: o’rinbosar,beshiktervatar;
6) fe’l bilan fe’ldan: iskabtopar, olibsotar. Biror belgisiga ko’ra atalgan joy nomlari ko’pincha qo’shma ot orqali ifodalanadi: Oqtepa, To’ytepa, Uchqo’rg’on.
  Qo’shma otlar qismlarining munosabatlari quyidagi ko’rinishlarda bo’ladi:
1.Sifatlovchi — sifatlanmish birikmasi shaklida: ko’ksulton, itbaliq.
2.Qaratqich — qaralmish birikmasi shaklida: bilaguzuk, otquloq.
3.To’ldiruvchi — to’ldirilmish birikmasi shaklida: o’rinbosar, beshiktervatar, dunyoqarash .
4.Hol- hollanmish birikmasi shaklida: beshotar, iskabtopar (chivin)        
5.Ega — kesim birikmasi shaklida: go’shtkuydi (marosim)
6.Kesim-undalma shaklida: urto’qmoq, ochildasturxon.
  Quyidagi qo’shma otlar qo’shib yoziladi:
1)qismlari turdosh otlardan iborat bo’lib, bir urg’u bilan aytiladigan narsa-buyum nomlari: gulko’rpa, oshqozon, o’qilon, tutmayiz, oshko’k.
2)Ot bilan —ar qo’shimchali feldan yasalgan qo’shma otlar: otboqar.
3)Ikkinchi qismi turdosh bo’lgan geografik nomlar: Sirdaryo, Oqtepa.Ikkinchi qismi e, yo, yu, ya harfi bilan boshlangan otlar ajratib yoziladi: yer yong’oq, eshak yemi, qozon yuvg’ich.
  Bulardan tashqari, ruscha baynalminal so’zlar ishtirokida yasalgan qo’shma otlar ham o’zbek tilida mavjud: bronepoyezd, aviabo’linma, avtoyo’l, kinoqissa.

Robiya:
Juft otlar quyidagicha yasaladi:
1)bir-biriga yaqin ma’noli so’zlardan: uy-joy, oyoq-qo’l.
2)Sinonim so’zlardan kuch-quvvat, oziq-ovqat, baxt-saodat.
3)Antonimlaradan: yosh-qari, ost-ust.
4)Butun-bo’lak ma’nosini ifodalovchi so’zlardan: tog’-tosh, idish-tovoq, gap-so’z, oy-kun.
   Har doim ham ikkita otning juftlanishidan yangi ot yasalavermaydi. Juft so’zning turkumiy qismlarining qaysi turkumdan ekanligiga qarab emas, balki juft so’zning butunligicha qanday ma’no anglatishiga qarab aniqlash kerak bo’ladi. Shu jihatdan qaraganda, quyidagi turkum so’zlar juftlanib, ot yasaladi:

1. Ot:     yor-birodar, to’y-tomosha.
2. Sifat:       oq-qora, issiq-sovuq.
3. Ravish:         kam-ko’st.
4. Sof fe’l:       ur-yiqit, keldi-ketdi.
5. Fe’lning harakat nomi shakli:       yurish-turish, yozuv-chizuv.
6. Taqlidiy so’zlar:        adi-badi, qiy-chuv.
   Juft otlar qismlarining qaysi tilga mansubligi jihatidan quyidagi turlarga bo’linadi:

1. O’zbekcha — o’zbekcha:     ot-ulov, ko’rpa-yostiq
2. O’zbekcha-arabcha:            kuch-quvvat, o’y-xayol.
3. O’zbekcha-tojikcha:            tuz-namak.
4. O’zbekcha-ruscha:               kissa-karmon.
5. Arabcha-arabcha:                 hisob-kitob.
6. Tojikcha-o’zbekcha:             savdo-sotiq           

Robiya:
7.8.3. So’zlarni qisqartirib ot yasash (abbreviatsiya usuli)

Qisqartma otlarning yasalishi:
1)So’zlarning birinchi harfidan: Birlashgan Millatlar Tashkiloti — BMT, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi — MDH;
2)Birinchi so’zning bosh qismini va boshqa so’zlarning birinchi harfini olish bilan: O’zbekiston Milliy universiteti — O’zMU.
3)So’zlarning bosh qismidan: ijroiya qo’mitasi — ijroqo’m;
4)Aralash yo’l bilan: pedkengash.

Robiya:
7.8.4. Turkumdan turkumga ko’chish vositasida ot yasalaishi (semantik usul).
1)siftadan otga ko’chish: o’g’il (bola), qiz (bola), ayol (kishi), chol (odam);
2)fe’ldan otga ko’chish: kelajak (O’zbekiston kelajagi buyuk davlatdir);
3)juft fe’llar otga ko’chadi: keldi — ketdi, oldi — sotdi, qo’ydi — chiqdi.

Robiya:
7.8.5. So’zlarni takrorlash yordamida ot yasash.
Lik — lik (ko’kat turi), pat — pat (motosikl), bog’cha — bog’cha (o’yin), yugur — yugur (shoshilish), biyovbiyov (qush), shaqshaq (qush).


Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

[*] Previous page

Go to full version