Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari  ( 276110 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 19 B


Robiya  06 Fevral 2008, 11:37:24

7.9 Otlarning tuzilish jihatidan turlari.

Otlar tuzilish jihatidan quyidagi turlarga bo’linadi;
1.Sodda otlar: a) Sodda tub otlar. b) Sodda yasama otlar. Tub otlar yasovchi qo’shimcha olmagan otlardir: kitob, qalam. Yasama otlar qo’shimcha qo’shish orqali yasalgan otlardir: ishchi, guldon.
2.Qo’shma otlar: belbog’, qo’lqop, Yangiyo’l;
3.Qisqartma otlar: MDH, BMT, pedkengash;
4.Juft otlar: yem — xashak, ko’rpa — yostiq;
5.Takroriy otlar: choy-poy, in-iniga, tomir-pomiriga, don-dun,irim-sirim;

Juft va takroriy otlar orasiga chizqcha qo’yib yoziladi.
Agar juft otlar o’rtasida ikki otni bir-biri bilan bog’laydigan y, yu tovushlari bo’lsa, chiziqcha qo’yilmaydi: Onayu bola, gulu lola. Takroriy otlar bir otni takrorlash yordamida hosil qilinadi.:
Aytilgan so’zlar jon — jonidan o’tib ketdi. Tilda takrorlangan, so’zning boshida kelgan undosh p yoki m undoshidan biriga almashadigan yoki unli tovushdan oldin p tovushi orttiriladigan choy-poy, non-pon, qop-mop kabi otlar ham bor.

Keyingi mavzu: "Son so'z turkumi"

Qayd etilgan


Robiya  06 Fevral 2008, 11:38:21

8-ma’ruza. Son
Sonning nomini, narsa-buyumning son-sanog’ini, tartibini bildirgan so’zlar turkumi son deyiladi. Son necha? Qancha? Nechta? Nechanchi? Kabi so’roqlarga javob bo’ladi.
Sonlarning morfologik xususiyatlar:
1.Sonlar juft, dona, metr, siqim kabi hisob so’zlari bilan qo’llana oladi;
2.So’z o’zgartiruvchi qo’shimchalar sonning hamma turlariga ham qo’shiavermaydi;
3.Boshqa so’z turkumlarida son yasalmaydi.

Sonning sintaktik xususiyatlari:
1.Doim otlar bilan birga qo’llanadi;
2.Sonlar hech qachon belgi ifodalovchi so’zlarni o’ziga tobe qilib kelmaydi;
3.Sonlar ot oldida aniqlovchi bo’lib kelganda, u bilan birikib yaxlit bir bo’lak vazifasini bajaradi: Uch dugona kelishyapti;
4.Son va sifat aniqlovchi bo’lib kelganda, oldin son, keyin sifat keladi: ikkita chiroyli ko’ylak;
5.Sonlar gapda ko’pincha aniqlovchi va kesim vazifasida keladi: Maqsadimiz bitta. Beshta qalam oldi.

Qayd etilgan


Robiya  06 Fevral 2008, 11:39:03

1.Sonlar sonning nomini bildiradi: 3, 6, 19 kabi. Bunday sonlar egalik va kelishik qo’shimchalari bilan xuddi otlardek o’zgaradi, gapning bosh va ikkinchi darajali bo’laklari bo’lib keladi: Ikki o’n besh — bir o’ttiz.

2.Sonlar sanaladigan narsa-buyumlarning son-sanog’ini bildiradi. Bunday sonlar o’zgarmaydi, gapda aniqlovchi va kesim bo’lib keladi: Men ikkita qalam oldim. O’zi bitta — qulog’I to’rtta.

Qayd etilgan


Robiya  06 Fevral 2008, 11:40:40

Sonlarda quyidagi xususiyatlar ham mavjud:
1)Omonimlik: yuz (son) — yuz (chehra), uch (son) — uch (harakat);
2)Sinonimlik: bir — yakka, ikki — juft;
3)Paronimlik: yeti-yetdi.

Sonlar ko’pincha raqamlar bilan yoziladi:
1)Arab raqamlari bilan: 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9.
2)Rim raqamlari bilan: II chorak, XX asr.

Badiiy asarlarda sonlar so’z bilan yoziladi: To’rt yil kutdi.

Nutqimizda tez — tez ishlatiladigan 23 ta soda son bo’lib, boshqa sonlar shularning qo’shilishidan hosil bo’ladi: nol, bir, ikki, uch, to’rt, besh, olti, yeti, sakkiz, to’qqiz, o’n, yigirma, o’ttiz, qirq, ellik, oltmish, yetmish, sakson, to’qson, yuz, ming, million, milliard.

Qadimgi o’zbek tilida tuman (o’n ming), lak (yuz ming) sonlari bo’lgan.

Qayd etilgan


Robiya  06 Fevral 2008, 11:43:02

8.2 Butun son, kasr son, aralash son va ularning yozilishi.
Butun son narsa-buyumning sanog’ini, miqdorini uning butunligini saqlagan holda ifodalaydi: 1, 3, 5, 12 kabi.

Kasr son butunning bo’lagini, ulushini ifodalaydi: 1/2 (yarim), 1/4 (chorak), 1/8 (nimchorak).

Kasr son ikki xil bo’ladi:
1) Ikki son chiqish kelishigi qo’shimchasi bilan bog’langan bo’ladi: ikkidan bir.
2) O’z holicha kasrni anglatadigan so’z bo’ladi: yarim, chorak, nimchorak.

Butun son bilan kasr son birgalikda ishlatilsa, aralash son hosil bo’ladi: bir yarim, ikki butun o’ndan uch. Butun, kasr, aralash sonlar ajratib yoziladi: bir yarim kilogramm.


Qayd etilgan


Robiya  14 Fevral 2008, 12:24:29

8.3 Sonlarning ma’no turlari.
[/b][/b]

Sonlar ma’no va Grammatik jihatdan olti xil bo’ladi:

1.Miqdor son bir turdagi narsa-buyumlarning umumiy sonini, miqdorini bildiradi: bir qop paxta, o’ttiz uch bahodir.

Eslatma: Nutqimizda bir miqdor soni noaniqlik, kuchaytirish, ajratish, chegaralash ma’nolarini ham ifodalaydi: Eshikni bir kishi taqillatyapti. Bir yugurdim, bir yugurdim. Bir menga, bir unga qaraydi. Hamma keldi, bir Ahmad kelmadi.

2.Dona son narsa-buyumning donalab sananaladigan miqdorini bildiradi. Dona son miqdor songa — ta qo’shimchasini qo’shish yoki dona, nafar so’zlarini keltirish yordamida hosil qilinadi: beshta qush, uch dona non, o’n nafar odam.

3.Tartib son narsa-buyumning sanoqdagi tartibini bildiradi. Tartib son unli bilan tugagan miqdor songa — nchi, undosh bilan bitgan miqdor songa — inchi qo’shimchasini qo’shish bilan hosil qilinadi: birinchi, ikkinchi.
Tartib sonlar arabcha raqamlar bilan ifodalansa, bu qo’shimchalar yozilmaydi, raqamdan keyin chiziqcha qo’yiladi: rim raqamlari bilan ifodalansa, chiziqcha qo’yilmaydi: 2-brigada, VI sinf.
  Kirillcha yozuvda yil va oyni ko’rsatuvchi arab raqamlaridan keyin chiziqcha qo’yilmaydi: 1998 yil, 15 fevral.

4.Chama son narsa-buyumlarning taxminiy sonini bildiradi va quyidagicha hosil bo’ladi:
a)   Miqor songa — tacha qo’shimchasini qo’shish bilan: o’ntacha mashina
b)   Miqdor songa — lar, - larcha qo’shimchasini qo’shish bilan: Soat o’n birlar edi. Yuzlarcha odam yig’ildi.
c)   Miqdor songa — lab qo’shimchasini qo’shish bilan: minglab koptoklar;
d)   Ikki miqdor sonini juft keltirish bilan: besh — olti, uch — to’rt;

5.Jamlovchi son narsa — buyumning umumiy sonini bildiradi va miqdor songa quyidagi qo’shimchalarni qo’shish bilan yasaladi:
a)   — ov qo’shimchasini qo’shish bilan: uchovi, to’rtovi;
b)   — ala qo’shimchasini qo’shish bilan: ikkala, uchala;
c)   — ovlon qo’shimchasini qo’shish bilan: beshovlon, oltovlon;

Ikki, olti, yeti miqdor sonlaridan jamlovchi son hosil qilinganda, o’zakdagi I tovushi tushib qoladi: ikkovi, oltovi, yettovi.
  Uch, to’rt sonlariga — ala qo’shilganda, uchchala, to’rttala tarzida aytilsa ham, uchala, to’rtala deb yoziladi.
  Jamlovchi sonlar ko’pincha 1 dan 7 gacha bo’lgan sonlardan yasaladi.

6.Taqsim son narsa — buyumlarning taqsimlanish miqdorini anglatadi va miqdor songa — tadan qo’shimchasini qo’shish bilan hosil qilinadi: ikkitadan, yuztadan. Ba’zan miqdor son takrorlanib, taqsim son yasalishi mumkin: Ikki-ikki bo’lib yurdik.

Qayd etilgan


Robiya  14 Fevral 2008, 12:25:30

8.4 Hisob so’zlari (numerativlar) haqida ma’lumot

Miqdor sonlar bilan qo’llanib, noaniq miqdor tushunchasini ifodalaydigan so’zlar hisob so’zlari (numerativlar) deb ataladi: besh so’m, o’n gram, yuz yil. Bunday so’zlar aslida ot turkumiga mansub bo’lib, o’z lug’aviy ma’nolariniqisman yo’qotgan holda noaniq miqdor ifodalaydigan bo’lib qolgan so’zlardir.
  Hisob so’zlari quyidagi guruhlarga bo’linadi:


1.Predmetlarni yakkalab hisoblash uchun ishlatiladigan: dona, nusxa, tup, bosh, nafar;

2.Butunning qismini hisoblash uchun: parcha, varaq, burda, og’iz, luqma, siqim, tilim, chimdim, qultum, yutum, ho’plam, tomchi, chaqmoq, nimta, to’g’ram, poy, toqa, bo’lak, shingil;

3.To’dalab ko’rsatuvchi: gala, to’p, guruh, to’da, dasta, bog, quchoq, shoda, hovuch;

4.Juftlab ifodalovchi: juft, para;

5.Og’irlikni o’lchaydigan: gram, kilogram, sentner, tonna;

6.Uzunlik o’lchovini bildiradigan: millimeter, metr, kilometr, chaqirim;

7.Yosh o’lchovini bildiradigan: yashar, yoshlik, oylik, go’dak, o’smir;

8.Vaqt o’lchovini bildiradigan: soniya,"¦. Soat, kun, sutka, oy, hafta, oy, yil;

9.Qiymat o’lchovini bildiradigan: so’m, tiyin, tanga, miri;
Bulardan tashqari, quyidagi hisob so’zlari son va fe’l orasida kelib, harakat miqdorini bildiradi: marta, navbatda, karra, bor, hissa, sidra, daf’a.

Qayd etilgan


Robiya  14 Fevral 2008, 12:27:22

8.5 Sonlarning otlashishi.

Gapda son bog’langan ot tushib qolishi mumkin. Bunday holda son otlashadi. Otlashgan son xuddi otlarga o’xshab, egalik, ko’plik va kelishik qo’shimchalarini oladi: beshga, uchni, ikkimiz.

Qayd etilgan


Robiya  14 Fevral 2008, 12:28:30

8.6 Sonlarning tuzilish jihatidan turlari.

Sonlar tuzilish jihatidan quyidagi turlarga bo’linadi:

1.Sodda sonlar bir o’zakdan iborat bo’ladi: bir, ikki;

2.Qo’shma sonlar ikki yoki undan ortiq sonning birga yozilishidan tuziladi: o’n uch, bir yuz o’n sakkiz;

3.Juft sonlar ikkita turli o’zakning juftlashishidan tuziladi: besh-olti, yeti-sakkiz;

4.Takroriy sonlar bir o’zakning takrorlanishidan tuziladi: ikki-ikki, o’nta-o’nta.

Juft va takroriy sonlar chiziqcha bilan yoziladi.
Tilchi olimlar sakson va to’qson sonlarining sakkiz va o’n, to’qqiz va o’n so’zlaridan tuzilganligini aniqlashgan.

Keyingi mavzu: "œSifat so’z turkumi"


Qayd etilgan


Robiya  20 Fevral 2008, 11:25:23

Keyingi mavzu: 9-Ma’ruza Sifat


9.1 Sifatning ta’rifi va leksik-grammatik xususiyatlari.
  Predmetning belgisini bildirib, qanday?, qanaqa?, qaysi? So’roqlaridan biriga javob bo’lgan so’zlar sifat deyiladi.
  Sifatlar ma’no jihatidan quyidagi turlarga bo’linadi:

1)Xususiyat bildiruvchi: yaxshi, yomon, aqlli, sergak, so’zamol;

2)Holat bildiruvchi: go’zal, chiroyli, suluv, cho’loq, maymoq, cho’tir, soqov, ko'r.

3)Rang — tus bildiruvchi: oq, qora, sariq, kulrang.

4)Shakl — ko’rinish bildiruvchi: yapaloq, tekis, yassi, dumaloq.

5)Hajm — o’lchov — masofa  bildiruvchi : keng, tor, chuqur, katta, kichik.

6)Maza-ta’m bildiruvchi: shirin, achchiq, nordon, sho’r, achimsiq.

7)Hid bildiruvchi: xushbo’y, sassiq, badbo’y, muattar, qo’lansa.

8)Vazn — og’irlik bildiruvchi: og’ir, yengil, zildek, vazmin.

9)O’rin va paytga munosabat bildiruvchi: yozgi, qishki, avvalgi, uydagi, ko’chadagi.
 
 Sifatlarning morfologik xususiyatlari:

1)Belgining darajasini ko’rsatadi: sho’x, sho’xroq, eng sho’x.

2)Otlashadi: Kattalarni hurmat qiling.

3)Ravish o’rnida keladi: Sattor chiroyli yozadi. Sifatlarning sintaktik xususiyatlari:

1)Asosan aniqlovchi va kesim vazifasini bajaradi: Yoqimli shamol esa boshladi. Tabiat go’zal.

2)Sifat aniqlovchi bo’lib kelganda, aniqlab kelayotgan so’zi bilan moslashmaydi.

Qayd etilgan