Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari  ( 272415 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 19 B


Robiya  20 Fevral 2008, 11:26:21

9.2. Asliy va nisbiy sifatlar
 
Narsalarning belgisini bevosita, to’g’ridan — to’g’ri ifodalay, oladigan va belgini dara ko’rsata oladigan ( ya’ni — roq qo’shimchasini qabul qila oladigan) sifatlar asliy sifatlar deb ataladi: kichik, yomon, aqlli, qora, oriq va b.
  Narsalarning belgisini bevosita emas, balki o’rin yoki paytga nisbatan ifodalaydigan va ko’pincha daraja ko’rsata olmaydigan sifatlar nisbiy sifatlar deb ataladi. Bunday sifatlar yasovchi qo’shimchalar yordamida yasalagan bo’ladi: sharsimon, yozgi, oilaviy, ilmiy, toshkentlik va b.


Qayd etilgan


Robiya  20 Fevral 2008, 11:35:20

9.3. Sifat darajalari.

  Predmetlardagi bir xil belgining ortiq kamligi jihatidan farqlanishi sifat darajasi deyiladi. Sifatning quyidagi darajalari bor: oddiy daraja, orttirma daraja, qiyosiy daraja, ozaytirma daraja.

1.Oddiy darajadagi sifatlarda belgi boshqa predmetdagi xuddi shunday belgiga qiyoslanmaydi. Bu daraja belgining me’yoridagicha ekanligini ko’rsatadi va maxsus ko’rsatkichga (qo’shimchaga) ega emas: keng ko’cha, yashil yaproq, yaxshi odam.

2.Orttirma daraja predmetdagi bir belgining boshqa predmetdagi xuddi shunday belgiga nisbatan eng ko’p ekanligini ifodalaydi. Orttirma daraja quyidagi usullar yordamida hosil qilinadi:
     1) morfologik usul:
a)so’zning birinchi bo’g’ini ajratilib, unga keyingi bo’g’indagi birinchi undosh qo’shiladi-da, yopiq bo’g’in hosil qilinadi va undan keyin to’liq shakli takrorlanadi: dum — dumaloq, pak — pakana;
b)So’zning oldingi ikki tovushi ajratilib, unga p, m, tovushlaridan biri qo’shiladi va undan keyin so’zning o’zi takrorlanadi: yap — yangi, ko’m — ko’k;
c)So’zning birinchi bo’g’inidan keyingi — ppa shakli qo’shiladi: soppa — sog’, to’ppa — to’g’ri.

        2) Leksik usul:
a)Maxsus kuchaytiruvchi so’zlar orqali ifodalanadi: eng kichik, hammadana chiroyli, zap g’alati, beqiyos chiroyli, naqadar ulug’vor, xo’p bemaza;
b)So’zlarni takrorlash vositasida: zo’r — zo’r (polvonlar), uzundan — uzun (kechalar), ne — ne (olimlar);
c)Turli so’z birikmalari, iboralar yordamida: haddan ziyod chiroyli, misli ko’rilmagan (qahramonlik), quling o’rgilsin (jonon);

3) Leksik — semantik usul. Bunda belgi so’zlar qo’llanadi: zahar (garmdori), olov (bola);

4) Fonetik usul:
a)Unlilar cho’zib aytiladi: tooza, chuquur;
b)Undoshlar ikkilanadi: tekkis, yummshoq.

    3. Qiyosiy daraja predmetdagi bir belgining boshqa predmetdagi xuddi shunday belgidan ortiq ekanligini ifodalaydi. Qiyosiy daraja oddiy darajadagi sifatga — roq qo’shimchasini qo’shish yoki sifatdan oldin bir — biridan, undan ham, yanada so’zlarini keltirish bilan yasaladi: Olma daraxti shaftoli daraxtidan balandroq. Bir — biridan go’zal, bundan ham battar, yanada kuchli.

      4. Ozaytirma daraja belgi darajasining normal darajaga yetmaganligi, normaldan pastligi ifodalanadi.
      1) Qo’shimchalar yordamida: oqish, qizg’ish, qoramtir. — roq qo’shimchasi ham ozaytirma darajani ifodalashda qatnashadi (bunda bir narsadagi belgi boshqa narsadagi shunday belgiga qiyoslanmaydi): eskiroq (kiyim);
       2) Sifatdan oldin yarim, nim, och, xiyol, chizi, sal, aytarli, uncha, u qadar so’zlarini keltirish bilan: yarim ochiq (eshik), uncha katta emas.

Qayd etilgan


Robiya  20 Fevral 2008, 11:38:58

9.4 Ozaytirma va kuchaytirma sifatlar.
   Ozaytirma sifatlar o’zakdan anglashilgan rangning ,belgining ozligini,kamligini bildiradi va quyidagicha yasaladi:
   1.-ish,-imtir (-mtir).  Bulardan —ish,-imtir undosh tovush bilan bitgan oq,ko’k kabi so’zlarga,-mtir esa faqat qora sifatiga qo’shiladi:oqish,ko’kish qoramtir.
   2.Rangni bildiruvchi sifatdan oldin och, nim so’zlarini keltirish bilan.Nim bilan hosil qilingan sifatlar qo’shib yoziladi:och sariq,nimpushti.
   3.-kina (-gina,-qina). Bu qo’shimchalar o’zakdan anglashilgan belgining kuchsizligini, ozligini bildiradi. k,g bilan bitgan so’zlarga —kina,q,f bilan bitgan so’zlarga —qina ,boshqa hollarda —gina qo’shimchasi qo’shiladi: kichkinagina, yumshoqqina,tuzukkina.
   Kuchaytirma sifatlar o’zakning anglashilgan rangning , belgining ko’pligini,ortiqligini bildiradi va quyidagicha hosil qilinadi:

1.sifatlarning bosh qismi p va m tovushlaridan biri bilan takrorlanadi: qizil — qip-qizil, ko’k ko’m-ko’k. Bunday sifatlar chiziqcha bilan yoziladi. (oppoq sifati qo’shib yoziladi).

2.Sifatlarning birinchi bo’g’ini keyingi bo’g’ining birinchi undosh tovushi bilan birga takrorlanadi. Bu sifatlar ham chiziqcha bilan yoziladi: butun — but-butun, dumaloq — dum-dumaloq.

3.Sifatdan oldin to’q,jiqqa,tim,g’irt kabi so’zlarni keltirish bilan:Bunday sifatlar ajtatilib yoziladi: jiqqa ho’l,tim qora.
Ko’pgina darsliklarda ozaytirma sifatlar qiyosiy darajadagi sifatlar, kuchaytirma sifatlar esa orttirma darajadagi sifatlar guruhiga kiritiladi.     


Qayd etilgan


Robiya  27 Fevral 2008, 09:50:52

9.5 Sifatlarning yasalishi.

  Sifatlar quyidagicha yasaladi: 1. Sifat yasovchi qo’shimchalar bilan. 2. So’zlarni qo’shish bilan. 3. So’zlarni takrorlash bilan.

1.Sifat yasovchi qo’shimchalar quyidagilar:

1)otdan sifat yasovchi qo’shimchalar:

- li:         rasmli kitob, kuchli shamol;
- lik:       toshkentlik bola;
- siz:       tuzsiz ovqat;
- iy, - viy:          tarbiyaviy soat;
- gi, - ki, - qi:         bahorgi gul, qishki kiyim;
- aki, - oqi:        jizzaki, jirttaki, pistoqi;
- yi:        havoyi;
- chan:         ishchan bola;
ser - :            serunum yer;
ba- :            badavlat, baquvvat;
be- :            bexavotir, bexabar;
- simon:           odamsimon maymun;
- dor:          aybdor odam;
- kor, - gar:         isyonkor, javobgar;
- i:             qishloqi;
- cha:          farg’onacha, erkakcha;
- namo:          avliyonamo, darveshnamo;
- parvar:         xalqparvar, adolatparvar;
- aki:       dahanaki, og’zaki;
bad- :         badbaxt;
- shumul:           olamshumul, jahonshumul;
- mand:        kasalmand;
- don:             gapdon, bilimdon;
- kash:           dilkash, hazilkash;
-  bop:            palovbop, ommabop;
xush- :         xushfe’l;
- in:           erkin, otashin;
- vor:            devonavor, afsonavor;
- parast:             mansabparast, maishatparast;
bar- :           barhayot, barvaqt;
- chil:       xalqchil, izchil;
- lik (-liq):          ko’ylaklik, bolalik;
- i :         jannati;
- loq:            baqaloq, qo’shaloq;
- kor:        devkor, fusunkor;
- kash:         zahmatkash, noskash;
- chi:         gapchi, vahimachi;
- von:          zo’ravon;
- qa:        loyqa;
- omuz:        hazilomuz, zaharomuz;
- xo’r:          g’amxo’r, go’shtxo’r;
- soz:            soatsoz;
- dek (- day):        muzdek.

Qayd etilgan


Robiya  27 Fevral 2008, 09:52:37

2)Fe’ldan sifat yasovchi qo’shimchalar:

- choq, - chak, - chiq:           maqtanchoq, kuyunchak, qizg’anchiq;
-gir, -g’ir, -kir,-qir,-qur:       sezgir, topqir, o’tkir, olg’ir, uchqur;
-ma:                                      qaynatma, burma ko’ylak;
-k (-uk, -ik, -ak)                   chirik, teshik, tuzuk, g’alvirak
-q (-uq, -iq, -aq):                  iliq, siniq, buzuq, qoloq;
- oq:          qochoq, qo’rqoq, baqiroq;
- qoq, - g’oq:            tirishqoq, uyushqoq, toyg’oq;
- ag’on:               bilag’on, chopag’on;
- mon:               bilarmon, qirarmon;
- kun, -qin, -g’in:               tushkun, ozg’in, jo’shqin;
- g’un, - qun:              turg’un, tutqun;
- (a)rli:                yetarli, zerikarli;
-ch:            tinch, jirkanch;
-g’ich: yulg’ich;
-ong’ich:         tepong’ich, suzong’ich;
-ovuch:              hurkovuch, iskovuch;
-mas:              o’tmas, indamas;
- (i)ndi:              asrandi;
-a:                       ko’tara (savdo).


Qayd etilgan


Robiya  27 Fevral 2008, 09:53:27

3)Boshqa turkumlardan sifat yasovchi qo’shimchalar:

Ravishdan:       -gi:              kechagi, dastlabki,
Sifatdan:          no-:        noma’lum, noto’g’ri,
                        -lom:           sog’lom,
                        -msiq:              qarimsiq, achimsiq,
Taqlid so’zdan:                -ildoq:              bijildoq, likildoq.


Qayd etilgan


Robiya  27 Fevral 2008, 09:55:03

2.So’zlarni qo’shish bilan quyidagi turdagi sifatlar yasaladi:

1)Qo’shma sifatlar: mehnatsevar bola.

2)Juft sifatlar: baland-past tepaliklar.

Qo’shma sifatlar quyidagicha yasaladi va yoziladi:

1)Ot va otdan. Bular ajratib yoziladi: havo rang bo’yoq.
2)Sifat va otdan. Bular qo’shib yoziladi: qimmatbaho sovg’a.
3)Ot yoki ravishga —ar qo’shimchali fe’lni qo’shish bilan yasaladi. Bular qo’shib yoziladi:  tezoqar daryo.

4)Otga aro so’zini qo’shish bilan. Bular qo’shib yoziladi: xalqaro.

Qo’shma sifatlar 1) ikki tub so’zdan tashkil topib, ot+ot, ot+sifat, sifat+ot, ot+ravish ko’rinishlarida bo’ladi: kulcha yuz, ommabop, sovuqqon, xom semiz, kamgap; 2) biri tub, ikkinchisi yasama so’zdan iborat bo’ladi: ishyoqmas, erksevar, tilbilmas.
  Birikmali sifatlar tarkibi ikki va undan ortiq so’zdan iborat bo’ladi va ular orasidagi munosabatlar aniq sezilib turgan bo’ladi, bunday sifatlar aralash, yo’q, ko’p, oliy, och, to’q, to’la, chala, yarim, bir, ikki kabi so’zlar ishtirokida hosil qilinadi: qum aralash (loy), tengi yo’q, ko’p tarmoqli, oliy ma’lumotli, och qizil, qorni to’q, to’q qizil, to’la huquqli, chala mulla, yarim avtomat, bir tomonlama, iki qavatli, yuqori hosilli, uzun tolali, yoshi ulug’, gapga usta, oqishdan kelgan.
  Juft sifatlar quyidagicha yasaladi: 1) qarama-qarshi ma’noli so’zlardan: katta-lichik, uzun-qisqa, maza-bemaza, sezilar-sezilmas, bilinar-bilinmas, kirdi-chiqdi; 2) sinonim ko’rinishidagi so’zlardan: erka-arzanda, boy-badavlat, sog’-salomat, uzuq-yuluq, ola-chipor, soya-salqin, mo’min-qobil, xor-zor; 3) yaqin ma’noli so’zlardan: och-nahor, shaldir-shuldir, o’ydim-chuqur, och-nochor, nozik-nihol, ola-quroq.
  Juft sifatlar chiziqcha bilan yoziladi, -u, -yu yuklamalari bilan bog’lansa, chiziqcha qo’yilmaydi: yakkayu yagona farzand.

3.So’zlarni takrorlash orqali ham sifatlar yasaladi. Bu usul yordamida sanoqli miqdordagi sifatlargina yasaladi: yo’l-yo’l, shiqshiq, liplip, chaqchaq.


Qayd etilgan


Robiya  27 Fevral 2008, 09:56:25

9.6 Sifatlarning otlashishi.

Otlashgan sifatlar kim? Nima? So’rog’lariga javob bo’ladi. Egalik, kelishik qo’shimchalari bilan qo’llandi, ko’plik qo’shimchasini oladi. Otlashgan sifatlar gap ichida ega, to’ldiruvchi, aniqlovchi bo’lib keladi: To’g’ri o’zadi — egri to’zadi. Mardni maydonda sina, Yaxshining so’zi qaymoq — yomonning so’zi — to’qmoq. Otlashgan sifatlar undalma ham bo’lib keladi: Yaxshilar, uni eslang!

9.7 Boshqa turkumdagi so’zlarning sifat o’rnida qo’llanishi.

1)Otlar sifat o’rnida qo’llanadi: tilla (odam), kumush (qish), oltin (kuz), temir (oyoq); 2) Sifatdoshlar: kelishgan (qiz), aytar (so’z), kelajak (avlod); 3) Ravishlar: oqilona (maslahat), tez (odam), o’zbekcha (odat).

Qayd etilgan


Robiya  27 Fevral 2008, 09:58:45

9.8 Sifatlarning tuzilish turlari.

1.Sodda sifatlar bir o’zakdan iborat bo’ladi: aqlli, yaxshi.

2.Qo’shma sifatlar — rahmdil, ertapishar, havo rang. Bunday sifatlar: 1) Ikki tub so'’dan tashkil topib, ot+ot, ot+sifat, sifat+ot, ravish+ot ko'r’nishlarida bo'l’di: kulcha yuz (bola), ommabop, sovuqqon, xom semiz (yigit), kamgap; 2) Biri tub, ikkinchisi yasama so’zdan iborat bo’ladi: ishyoqmas, erksevar, tilbilmas.

3.Birikmali sifatlar: uzun tolali (paxta), yoshi ulug (inson), gapga usta (odam), oqishdan kelgan (yigit).
4.Juft sifatlar — o’ydim-chuqur, och-nochor, nozik-nihol, ola-quroq.

5.Takroriy sifatlar — baland-baland, uzun-uzun, yo’l-yo’l (pijama).

Keyingi mavzu: Olmosh.

Qayd etilgan


Robiya  05 Mart 2008, 10:47:12

10.1 Olmoshning ta’rifi va leksik-grammatik xususiyatlari.

Gap ichida ot, sifat, son, ravish o’rnida qo’llanadigan so’z turkumi olmosh deyiladi. Olmoshlar turlanadi, gapda ko’pincha ega, to’ldiruvchi va aniqlovchi bo’lib keladi: Hamma keldi. Bizni tabriklang. Shu kitobni bering.
  Olmoshlar quyidagi grammatik xususiyatlarga ega:

1)So’z yasalishi xususiyati yoq’ (leksik olmoshlar asosida fe’l, ravish, sifat yasalishi mumkin: sensirama, o’zicha, menbop);

2)Juftlanib, boshqa so’z turkumi vazifasida keladi: O’sha-o’sha, shu-shu (ravish);

3)Olmoshlar otlarga xos so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalarni olishi mumkin: unga, shunisi;

4)Olmosh hech vaqt o’zidan oldin aniqlovchi olmaydi. Olmoshlarni gapda bajargan vazifasiga ko’ra quyidagi turlarga bo’lsa bo’ladi:

1.Ot toifasidagi olmoshlar. Bular otlarning so’roqlariga javob bo’ladi, otlarga o’xshab so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalarni qabul qiladi va gapda ot bajargan vazifalarni bajaradi.

2.Sifat toifasidagi olmoshlar. Bular sifatlarga o’xshab sifatlovchi-aniqlovchi, kesim va hol vazifalarini bajaradi, otlashish xususiyatiga ega.

3.Son toifasidagi olmoshlar. Bular miqdorni ifodalash uchun qo’llanadi bva gapda sifatlovchi-aniqlovchi, kesim, ba’zan hol vazifalarini bajaradi

Qayd etilgan