Muallif Mavzu: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari  ( 253713 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #75 : 12 Mart 2008, 10:42:31 »
11.3. O’timli va o’timsiz fe’llar.

O’timli fe’llar tushum kelishigidagi so’zlarga bog’lana oladigan fe’llardir: o’qidi (kitobni), yozdi (xatni).

O’timsiz fe’llar esa tushum kelishigidagi so’zlarga bog’lana olmaydigan fe’llardir: yugurdi, bordi, turdi, o’tirdi, keldi.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #76 : 12 Mart 2008, 10:46:58 »
11.4. Fe’l nisbat (daraja) lari.

Fe’lda ish-harakat bilan uning bajaruvchisi orasidagi munosabatning ifodalanishi fe’l nisbati deyiladi (ayrim darsliklarda daraja deyiladi).

Fe’l nisbatlari besh xil:1.Aniqlik nisbatdagi fe’llar harakatning ma’lum shaxs yoki predmet tomonidan bajarilishini bildiradi va ularda maxsus nisbat qo’shimchalari bo’lmaydi: o’qidi, kelyapti, bormoqchi.

2.O’zlik nisbatidagi fe’llar ish-harakatning boshqa buyumga o’tmay, bajaruvchining o’zida qolganini anglatadi. Bunday fe’llar unli bilan tugagan negizga, -i, -l, undosh bilan tugagan negizga –in, -il qo’shimchalarini qo’shish bilan hosil qilinadi (bir-ikkita fe’lda – (i)sh qo’shimchasi bilan yasalish bor: kerishdi, joylashdi): tarandi, sevindi, sudraldi. Quvonmoq, seskanmoq, faxrlanmoq, zavqlanmoq, otlanmoq afsuslanmoq fe’llari tarkibida –n ko’rsatkichi mavjudligiga qaramasdan, bu fe’llar aniqlik nisbatida hisoblanadi, chunki ular tarkibidagi –n qo’shimchasi ajratilmaydi. Yayra, qichqir, uxla, bor kabi fe’llardan o’zlik nisbat yasalmaydi.

3.Majhul nisbatdagi fe’llar ish-harakatning aniq bajaruvchisini ko’rsatmaydi. Bu fe’llar ham n, -in, -l, -il qo’shimchalari yordamida hosil qilinadi: to’kildi, to’plandi, ochildi, olindi. O’zlik va majhul nisbatdagi fe’llar bir xil qo’shimcha yordamida hosil bo’lganda, ularning qaysi nisbatdaligi gap mazmunidan yoki fe’ldan oldin o’zi so’zini keltirib ko;rish bilan aniqlanadi: Mukofotlar berildi. Alisher o’qishga berildi (1-fe’l majhul, 2-fe’l o’zlik nisbatdadir).

4.Birgalik nisbnatdagi fe’llar ish-harakatning bir necha shaxs yoki narsa-buyum tomonidan birgalikda bajarilganligini bildiradi va unli bilan tugagan negizga –sh, undosh bilan tugagan negizga –ish qo’shimchasini qo’shish bilan yasaladi. Bunday fe’llar ish-harakatning bir necha shaxs tomonidan bajarilganligini yoki birgalik-ko’plik ma’nolarini ifodalaydi: Karim va Ahmad maqola yozishdi. Bolalar paxta terishdi. To’   qnashi, boqishdi, qarashdi, aytishdi, tortishdi fe’llari hozirgi o’zbek tilida ajralmas holatga kelib qolganligi uchun aniqlik nisbatdadir.

5.Orttirma nisbatdagi fe’llar ish-harakatning boshqa biror shaxs yoki narsa-buyum vositasida bajarilganligini bildiradi va –t, -tir, -dir, -ir, -ar, -iz, -giz, -kiz, -g’iz, -gaz, -qiz, -sat qo’shimchalari yordamida hosil qilinadi: o’qish, keltir, yozdir, bitir, uchir, pishir, qochir, ko’rgaz, tomiz, yurgiz, ketkiz, tutqaz, o’tkaz, ko’rsat. Ayrim fe’llar orttirma nisbat shaklida yangi ma’no ifodalaydigan bo’lib qoladi va shuning uchun ularni aniq nisbatda qo’llab bo’lmaydi: erkalamoq – erkalatmoq (ikkala shaklda ham orttirma nisbat ma’nosini ifodalayapti). Bir fe’lda ikki-uch xil orttirma nisbat qo’shimchasi qo’shilishi mumkin: Yegiz – yegizdir, yozdir – yozdirtir. Fe’lning orttirma nisbati o’zlik va birgalik nisbatdagi fe’llardan ham hosil qilinishi mumkin: yuvintir, yig’ishtir. Orttirma nisbatdagi fe’llardan birgalik va majhul nisbatdagi fe’llar hosil qilinishi mumkin: isitildi, yozdirishdi. Birdan ortiq nisbat qo’shimchalarini olgan fe’llarning qaysi nisbatdaligi oxirgi nisbat qo’shimchasiga qarab be;gilanadi: yuvintirdi – orttirma nisbat, yuvintirildi – majhul nisbat, yuvintirishdi – birgalik nisbati.

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #77 : 12 Mart 2008, 10:49:43 »
11.5. Fe’llarning tuslanishi.

Fe’llar birlik va ko’plikda bo’ladi. Birlik shakli harakatning bir kishi tomonidan, ko’plik shakli esa birdan ortiq kishi tomonidan bajarilganini bildiradi. Harakat uch shaxs tomonidan bajariladi. 1-shaxs harakatning so’zlovchi tomonidan, 2-shaxs harakatning tinglovchi tomonidan, 3-shaxs harakatning o’zga (boshqalar) tomonidan bajarilganini bildiradi. Fe’llardagi birlik-ko’plikni va shaxsni ko’rsatuvchi qo’shimchalar shaxs-son qo’shimchalari deb ataladi. Fe’lning shaxs-son qo’shimchalarini olib o’zgarishi tuslanish deyiladi. Fe’llardagi shaxs-son qo’shimchalari tuslovchi qo’shimchalar ham deyiladi:

Shaxs                Birlik                          Ko’plik
1 – shaxs    Yozdim, yozaman, yozay (in)   Yozdik, yozamiz, yozaylik
2 – shaxs    Yozding, yozasan, yoz(gin)   Yozdingiz, yozasiz, yozing (iz)
3 – shaxs    Yozdi, yozadi, yozsin   Yozdi (lar), yozadi (lar), yozsin (lar)

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #78 : 12 Mart 2008, 10:52:46 »
11.6. Fe’l zamonlari

Fe’l ifodalangan ish-harakatning paytga munosabati fe’l zamonlari deyiladi. Fe’llarda uchta zamon mavjud:
1.O’tgan zamon fe’llari nutq paytidan oldin bajarilgan yoki bajarilmagan ish-harakatni bildiradi: yozdi, keldi, bordi.

O’tgan zamon fe’llari o’z navbatda besh turga bo’linadi:
1)Yaqin o’tgan zamon fe’llari –di qo’shimchasi va tuslanish yordamida hosil qilinadi: keldi, bordim.
2)Uzoq o’tgan zamon fe’llari –gan qo’shimchasi va edi, ekan fe’llarini tuslash yordamida hosil qilinadi: kelgan edi.
3)O’tgan zamon hikoya fe’llari (-i) b qo’shimchasini olgan fe’llarni tuslash yordamida hosil qilinadi: kelibman.
4)O’tgan zamon maqsad fe’llari –moqchi qo’shimchasi va edi fe’lini tuslash yordamida yasaladi: kelmoqchi edik.
5)O’tgan zamon davom fe’llari – (a)r qo’shimchasi va edi fe’lini tuslash yordamida yasaladi: kelar eding.

2.Hozirgi zamon fe’llari nutq paytining o’zida bajarilayotgan yoki bajarilmayotgan ish-harakatni bildiradi va ikki turga ajratuiladi:

1)Hozirgi zamon davom fe’llari –yap, -moqda, -yotir qo’shimchalari va tuslanish yordamida hosil qilinadi: kelyapti, bormoqda. Bu zamon turi yot, tur, yur, o’tir ko’makchi fe’llari yordamida ham yasaladi: yozib yotibdi, yozib turibdi, o’qib yuribdi, gaplashib o’tiribdi.
2)Hozirgi-kelasi zamon fe’llari –a yoki –y qo’shimchalari va tuslanish yordamida hosil qilinadi: boramnan, kelasan, o’qiyman.

3.Kelasi zamon fe’llari nutq paytidan keyin bajariladigan yoki bajarilmaydigan ish-harakatini bildiradi va iki turga ajratiladi:

1)Kelasi zamon maqsad fe’llari –moqchi qo’shimchasi va tuslanish yordamida yasaladi: boqmoqchiman, kelmoqchisan.
2)Kelasi zamon gumon fe’llari – (a)r  qo’shimchasi va tuslanish yordamida yasaladi: borarmiz, o’qirman.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #79 : 18 Mart 2008, 11:58:54 »
11.7. Fe’l mayllari

So’zlovchining ish-harakatga moyilligi fe’l mayli deyiladi. Fe’llarda beshta mayl bor:
1.Xabar (ijro, aniqlik) maylidagi fe’llar ish-harakatning uch zamondan birida bajarilish-bajarilmasligini bildiradi: yozdi, kelyapti, bormoqchi. Bunday fe’llar darak gapning kesimi bo’lib keladi.

2.Buyruq-istak maylidagi fe’llar ish-harakat haqida buyruq, istak, maslahat, iltimos kabi ma’nolarni bildiradi: Bunday fe’llar – (a)y, -gin, -sin, -aylik, -ing(iz), -sinlar qo’shimchalari yordamida yasaladi: yozay, o’qiy, yozgin, yozsin, o’qiylik, boringlar.

3.Shart maylidagi fe’llar biror ish-harakatning bajarilishi uchun undan oldin bajarilishi shart bo’lgan ish-harakatni, biror ish-harakatning bajarilish-bajarilmasligi haqida istak, maslahat, faraz kabi ma’nolarni anglatadi va – sa qo’shimchasi yordamida hosil qilinadi: borsa, kelsam, yursak.

Bu mayldagi fe’llar sof shart ma’nosini (Kelsa, boramiz), orzu-istak (Qani endi, o’qishga kirsam), iltimos, maslahat (O’sha kishini chaqirib bersangiz), faraz (Yomg’ir yog’sa kerak), payt (Tashqariga chiqsam, ukam turibdi), buyruq-istak mayliga xos (Gapirsangiz-chi?) ma’nolarini ifodalaydi. Bu fe’llar ekan fe’li bilan qo’llansa, shart ma’nosiga istak ham qo’shiladi: o’qisa ekan…

4.Shartli mayldagi fe’llar bajarilishi biror harakatga bog’liq bo’lgan harakatni bildiradi va –(a)r, -mas qo’shimchalari bilan yasaluvchi sifatdoshga edi to’liqsiz fe’lining biror sharti bo’lgan, bajarilishi biror harakatga bog’liq bo’lgan harakatni bildiradi: U kelsa, men quvonar edim. Sen kelsang, men bormas edim.

5.Maqsad maylidagi fe’llar ish-harakatni bajaruvchining maqsadi, mo’ljali, niyatini bildiradi. Bu fe’llarning o’tgan zamon shakli, hozirgi zamon shakli va kelasi zamon shakllari bor: kelmoqchi bo’ldim, bormoqchi bo’lyapman, bormoqchi bo’laman va b.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #80 : 18 Mart 2008, 12:03:36 »
12- MA'RUZA. FE'L  so'z turkumi(Davomi)

12.1. To’liqsiz fe’llar.

O’zining lug’aviy ma’nosini yo’qotib, yordamchi so’zlarga yaqinlashib qolgan fe’llar to’liqsiz fe’llar deyiladi. Bularga edi, ekan, emish, emas so’zlari kiradi (esa bog’lovchilar guruhiga o’tib ketgan). To’liqsiz fe’llar quyidagi umumiy xususiyatlarga ega: 1) Mustaqil lug’aviy ma’noga ega emas; 2)Nisbat, bo’lishsizlik, zamon kabi ma’nolarga ega emas. 3)Shaxs-son qo’shimchalari ularga qo’shilsa ham, shaxs ma’nosi to’liqsiz fe’l qatnashgan butun birikmaga tegishli; 4)To’liqsiz fe’l qatnashgan birikma (asosiy fe’l+to’liqsiz fe’l) tarkibidagi to’liqsiz fe’lni har doim ham tushirib bo’lmaydi. 5) To’liqsiz fe’l tarkibidagi “e” tovushi tushib qolishi mumkin; 6)To’liqsiz fe’llar otlarga (keng ma’noda) ham, fe’llarga ham birika oladi. Ular ko’proq sifatdosh va ravishdoshga birikadi. 7)Bu fe’llar ketma-ket qo’shilishi ham mumkin: Opam ishdan kelgan edimikin (edimi ekan)? 8)Bu fe’llar qator kelgan bir necha fe’lning oxirgisiga birikadi. To’liqsiz fe’llar gapda ko’pincha bog’lama (ega bilan kesimni bog’lovchi vosita) vazifasini bajaradi: Otasi ishchi ekan.

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #81 : 19 Mart 2008, 09:20:00 »
12.2. Yetakchi va ko’makchi fe’llar.

Nutqimizda bittadan ortiq fe’ldan iborat bo’lgan birliklar ham bor. Ular tarkibidagi asosiy ma’noni ifodalaydigan fe’l yetakchi fe’l deyiladi: o’qib chiqdi, ko’ra boshladi, aytib bera tura qol. Yetakchi fe’lning ma’nosini izohlaydigan, to’ldiradigan fe’l esa ko’makchi fe’l deyiladi: o’qib chiqdi, ko’ra boshladi, sotib yubordi.
  Yetakchi va ko’makchi fe’lning qo’shilishidan qo’shma fe’l, ya’ni yangi so’z hosil bo’lmaydi, chunki ular birgalikda yangi bir lug’aviy ma’noni ifodalamaydi, balki davomiylik, to’satdan boshlanganlik, harakatning tugallanganligi kabi ma’nolarni bildiradi: o’qib chiqdi (tugallanganlik), ko’rib qoldi (to’satdan yuz berish).
  Yetakchi va ko’makchi fe’lning birikishidan ko’makchi fe’l so’z qo’shilmasi hsoil bo’ladi.
  Ba’zan ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi tarkibidagi yetakchi fe’l uyushib kelishi ham mumkin: Yil sayin sovxozning yeri kengayib, texnikasi ko’payib, odamlari o’sib bormoqda. Ba’zan ko’makchi fe’l ham birdan ortiq bo’lishi mumkin: aytib berib tura qol (aytib – yetakchi fe’l, berib tura qol – ko’makchi fe’l).
  Ko’makchi fe’llar yetakchi fe’llarga ravishdosh yasovchi –(i)b, -a, -y qo’shimchalari yordamida bog’lanadi. Ayrim ko’makchi fe’llar yetakchi fe’lga qo’shimchasiz ham birikadi: yozdi-oldi, ketsin-qo’ysin, ayt-qo’y.
  Yetakchi fe’llarga so’z yasovchi va shakl yasovchi qo’shimchalar, ko’makchi fe’llarga esa barcha turdagi qo’shimchalar qo’shila oladi: yozib olaman.
  Ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmalarida o’zlik nisbati qo’shimchalari faqat yetakchi fe’lga qo’shiladi, majhul daraja ko’pincha ko’makchi fe’lga qo’shiladi,  orttirma nisbat qo’shimchasi asosan yetakchi fe’lga qo’shiladi, birgalik nisbat qo’shimchasi esa yetakchi fe’lga ham, ko’makchi fe’lga ham qo’shilaveradi. O’zbek tilida faqat ko’makchi fe’l bo’lib keladigan fe’llar yo’q. Ayrim fe’llar o’z asl ma’nolaridan tashqari, ko’makchi fe’l tarzida keladi. Bularni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:

1) Ravishdoshning – (i)b qo’shimchali turiga birikadi: yot, o’tir, yur, kel, bo’l, bit, chiq, yet, o’t, qo’y, boq; 2) Ravishdoshning –a, -y qo’shimchali turiga birikadi: boshla, bil, yoz; 3) Ravishdoshning ham – (i)b, ham –a, -y qo’shimchali turlariga birikadi: tur, bor, ol, ber, qol, ko’r, ket, sol. Bu ko’makchi fe’llarni yana ma’no jihatidan harakat jarayonini tasvirlovchi (boshla, kel, ket, yot, o’tir, bor, bitir, chiq, o’l, ko’r, qol), modal ma’nolarni ifodalovchi, ya’ni so’zlovchining harakatga bo’lgan munosabatini ko’rsatuvchi (bil, bo’l, ol, qol, ko’r, ber, qara), yo’nalish ma’nosini ifodalovchi (ol, ber) kabi guruhlarga bo’lish mumkin.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #82 : 19 Mart 2008, 09:22:17 »
12.3. fe’lning vazifadosh (xoslangan) shakllari.

  Fe’lning gap ichida ma’lum sintaktik vazifani bajarishga xoslangan shakllari vazifadosh (xoslangan) shakllar deb ataladi. Bularga sof fe’l, ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi kiradi.

1.Sof fe’l gap ichida fe’l-kesim vazifasini bajaradigan fe’l shaklidir. U yozdi.

2.Ravishdosh ish-harakatining belgisini, uning maqsadini, paytini bildirgan fe’l shaklidir. Ravishdosh fe’lga bog’lanib, ko’pincha hol bo’lib keladi. Ravishdoshlar bo’lishli-bo’lishsizlikni, nisbatni bildira oladi: o’qib-bo’lishli, aniq nisbatda, o’qitmay-bo’lishsiz,orttirma nisbatda.

Ravishdoshlar quyidagicha hosil bo’ladi:
1.   â€“b, -ib, -bon (ibon) qo’shimchalari bilan: borib, o’qib, asrabon.
2.   â€“a, -y qo’shimchalari bilan: kula-kula, o’qiy-o’qiy
3.   â€“gach, -kach, -qach, -guncha, -kuncha, -quncha qo’shimchalri bilan: otgach, to’kkach, kelguncha, oqquncha, tikkuncha
4.   â€“gani, -kani, -qani qo’shimchalari bilan: o’qigani keldi. Ko’chat ekkani bordik. Mol boqqani chiqdi. Bu qo’shimchaning gali ko’rinishi ham bor: Idish so’ragali chiqdi.
5.   â€“gudek qo’shimchasi bilan: yiqilgudek.

Ravishdoshlar ma’no jihatidan quyidagi turlarga bo’linadi:

1.Payt ravishdoshlari –gach, -kach, -qach, -guncha, -kuncha, -quncha qo’shimchalari bilan yasaladi.
2.Holat ravishdoshlari –b, -ib, -a, -y, -gudek qo’shimchalari bilan yasaladi.
3.Maqsad ravishdoshi –gani, -kani, -qani, -gali qo’shimchalari bilan yasaladi.

Ravishdoshlar tuslanishiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:

1.Tuslanadigan ravishdoshlar: -b (-ib), -a, -y, -gudek qo’shimchalari bilan yasalgan ravishdoshlar.
2.Tuslanmaydigan ravishdoshlar: -gach (-kach, qach), -guncha (-kuncha, quncha), -gani (-kani, qani) qo’shimchalari bilan yasalgan ravishdoshlar. –gani qo’shimchasi bilan yasalgan ravishdoshning bo’lishsiz shakli yo’q, qolgan ravishdoshlar bo’lishsiz shaklga egadir: borib-bormay, kelgach-kelmagach, kula-kula – kulmay-kulmay. (-may shakli – mayin tarzida ham uchraydi: Qanotini qush qoqmayin
« So'nggi tahrir: 19 Mart 2008, 09:26:25 muallifi Robiya »
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #83 : 19 Mart 2008, 09:23:35 »
3. Sifatdosh narsa-buyumning belgisini bildiradigan fe’l shaklidir.Sifatdosh fe’l singari ish-harakatni anglatib, zamon, nisbat, bo’lishli-bo’lishsizlikni bildiradi: qolgan-bo’lishli, o’tgan zamon, amiq nisbatda. Sifatdosh sifat kabi otga bog’lanib, uning belgisini bildiradi, gapda aniqlovchi yoki kesim bo’lib keladi: O’quvchilar to’kilgan paxtalarni terishdi. Vazifalar bajarilgan.

Sifatdoshlarning bo’lishsiz shakllari quyidagicha yasaladi: borgan-bormagan, borayotgan-bormayotgan, bora-bormas.
  Sifatdoshlar zamon bo’yicha quyidagicha yasaladi:

1.O’tgan zamon sifatdoshi –gan, -kan, -qan qo’shimchalari bilan yasaladi: otgan, tikkan, chiqqan.
2.Hozirgi zamon sifatdoshi – (a) yotgan qo’shimchasi bilan yasaladi: kelayotgan, o’qiyotgan.
3.Kelasi zamon sifatdoshi – (a)r, - (a)digan, - (u)vchi qo’shimchalari bilan: oqar suv, qaynar bulor, boradigan bola, o’qiydigan kitob, keluvchi odamlar. Kelasi zamon sifatdoshining bo’lishsiz shakli – ma+s qo’shimchasi bilan hosil qilinadi: Aytar so’zni ayt, aytmas so’zdan qayt.

Sifatdoshlar ot o’rnida qo’llanib, ot vazifasini bajarishi mumkin, ya’ni otlashadi. Bunda ular otlar kabi turlanadi, egalik, kelishik, ko’plik qo’shimchalarini oladi va gapda ega, to’ldiruvchi, qaratqich aniqlovchi bo’lib keladi: Qo’rqqanga qo’sha ko’rinadi. Aytganlaringizni bajardim.

4.Harakat nomi ish-harakatining nomini bildirib, zamon va shaxs-sonni ko’rsatmaydigan fe’l shaklidir. Yasalishi:

1.Fe’l o’zak-negiziga –sh, -ish qo’shimchalarini qo’shib: o’qish, yozish.
2.Fe’l o’zak-negiziga –v, -uv qo’shimchalarini qo’shib: o’quv, yozuv.
3.Fe’l o’zak-negiziga –moq (-mak) qo’shimchasini qo’shib: yozmoq, demak.

-moq qo’shimchasi bilan yasalgan harakat nomi fe’lga yaqin turadi, -sh, -ish bilan yasalgan harakat nomi otga yaqin turadi, shuning uchun bularni doim almashtirib qo’llab bo’lmaydi: Qurilish boshlandi gapida –moq qo’shmchasini ishlatib bo’lmaydi, o’qish so’zida –moq qo’shimchasini qo’llasa bo’ladi. Harakat nomlarining bo’lishsiz shakli quyidagicha yasaladi: bormoq – bormaslik, o’qish-o’qimaslik.
  Harakat nomi tuslanmaydi, otlar kabi turlanadi, egalik, kelishik va ko’plik qo’shimchalarini oladi. Gapda ega, ot-kesim, to’ldiruvchi, qaratqich aniqlovchi bo’lib keladi: O’qimoq – yuksalmoq. Botirlar qo’rquvni bilmaydi. O’qishning foydasi katta.

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #84 : 28 Mart 2008, 11:37:17 »

12.4. Fe’llarning yasalishi.

Fe’llar ikki usul bilan yasaladi: 1. Fe’l yasovchi qo’shimchalar bilan: ishla, ko’kar. 2. So’zlarni bog’lab qo’shish bilan: e’lon qildi, borib keldi, sotib oldi.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #85 : 28 Mart 2008, 11:39:27 »
12.4.1. Yasovchi qo’shimchalar yordamida (affiksatsiya yoki morfologik usul)

Bu usul bilan fe’l bo’lmagan so’zlardangina fe’l yasaladi:

 -la qo’shimchasi fe’ldan boshqa deyarli barcha so’z turkumlaridan fe’l yasaydi: ishla, oqla, sekinlamoq, shivirlama, chuhlamoq, senlamoq.

 -lan, - lam qo’shimchalari ot, sifat va ravishlardan fe’l yasaydi: faxrlandi, ikkilandi, ko’maklashdi, suhbatlashdi,

 -illa qo’shimchasi taqlidiy so’zlardan fe’l yasaydi: chirqilla.

 -ira qo’shimchasi taqlidiy so’zlardan fe’l yasaydi: yarqiradi, yaltiradi.

 -a qo’shimchasi ot, sifat va taqlidiy so’zlardan fe’l yasaydi: tuna, guldura, o’yin+a= o’yna.

 -(a) y qo’shimchasi ot, sifat va ravishdan fe’l yasaydi: qoray, kuchay, ko’pay.

 -(a)r qo’shimchasi ayrim sifatlardan fe’l yasaydi: qisqar, ko’kar.

 -Sira, -sa qo’shimchalari ot va sen, siz olmoshlaridan fe’l yasaydi: qonsira, suvsira, sensira, suvsa.

 -(i)k, (i)q qo’shjiimchasi sanoqli so’zlardangina fe’l yasaydi: birikmoq, yo’liqmoq.

 -i qo’shimchasi sanoqli so’zlardangina fe’l yasaydi: boyi, tinchi.

 -(i, o)t qo’shimchasi sanoqli so’zlardan fe’l yasaydi: yo’qot, to’lat, berkit.

 -ir qo’shimchasi ot, taqlidiy so’zlardan fe’l yasaydi: gapir, tupir.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #86 : 28 Mart 2008, 11:40:47 »
12.4.2. So’zlarni bog’lab qo’shish yordamida (kompozitsiya yoki sintaktik usul).

Bu usul bilan qo’shma fe’llar yasaladi:

1.Fe’l bo’lmagan so’z bilan fe’lning birikishidan: dam olmoq, himoya qilmoq, paydo bo’lmoq. Ayrimlari sodda fe’lga sinonim bo’ladi: tasdiq qildi – tasdiqladi, yordam berdi – yordamlashdi.
2.Ikki fe’lning birikishidan: sotib olmoq, chiqarib olmoq, olib kelmoq, yutib olmoq, sotib olib bermoq.

Qo’shma fe’llar ajratib yoziladi: hal qilmoq, kasal bo’lmoq. Nutqimizdagi o’qib chiqdi, ko’rib bo’ldi, boshlab yubordi kabilar qo’shma fe’l emas, chunki yangi lug’aviy ma’no ifodalamaydi, bular ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmalaridir.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #87 : 28 Mart 2008, 11:42:37 »
12.5. Harakatni qay darajada ifodalashiga ko’ra fe’l turkumlari.

1.Harakatning kuchliligini ifodalaydigan fe’llar:

 -la:                                        savala, quvla.
 -kila (-gila, -qila, -g’ila):         turtkila, tortqila, yugurgila, ezg’ila

2.Harakatning kuchsizligini ifodalaydigan fe’llar:

 -(i)sh:                                     to’lishmoq, oqarishmoq.
 -(i)msira:                                kulimsiramoq, yig’lamsiramoq.
 -(i)nqira:                                oqarinsiramoq.

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #88 : 28 Mart 2008, 11:44:08 »
12.6. Fe’lning tuzilish turlari.

1. Sodda fe’l:          kel, yur, ishla.
2. Qo’shma fe’llar:       sotib oldi, olib keldi
3.Juft fe’llar ikki fe’lning qo’shaloq kelishidan hosil bo’ladi: kirmadi-qo’ydi, aytdi-qo’ydi, gapirdi-qo’ydi.
4.Takroriy fe’llar bir fe’lning takrorlanishidan hosil bo’ladi: o’qidi-o’qidi, yozdi-yozdi, ko’ra-ko’ra, yig’lay-yig’lay.

Juft va takroriy fe’llar chiziqcha bilan yoziladi.

Keyingi mavzu:  Ravish so’z turkumi
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #89 : 01 Aprel 2008, 16:12:38 »
13.1. Ravishning ta’rifi va leksik-grammatik xususiyatlari

Ish-harakat va holatning belgisini bildirgan so’zlar turkumi ravish deyiladi. Ravishj qanday? Qachon? Qayerda? Qayerdan? Qayerga? Qancha? Nega? Qaydarajada? Kabi so’roqlarga javob bo’ladi. Ravish ko’pincha fe’lga bog’lanib, ish-harakatning qay holatda bajarilishini, paytini, o’rnini, daraja-miqdorini, sababini, maqsadini bildiradi. Ravishlar quyidagi xususiyatlarga ega: 1)Biror so’z bilan bog’langanda, o’z shaklini o’zgartirmaydi; 2)O’ziga xos yasalish tizimiga ega; 3)Harakat belgisini qisman bo’lsa-da dara ko’rsata oladi: tez, tezroq, juda tez.
  Ayrim ravishlar sifat yoki otga bog’lanib kelishi ham mumkin: Kecha havo sovuq edi. Ko’p odam to’plandi. Uning yuzida bolalarcha samimiy kulgi zohir bo’ldi. Ravish gapda ko’pincha hol bo’lib keladi: Ikkisi do’stlarcha ko’rindi.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

 

Abituriyentlarga yordam:chet ( English ) tilidan tayyorlov kurslari

Muallif RobiyaBo'lim Chet tillari

Javoblar: 119
Ko'rilgan: 89310
So'nggi javob 12 Mart 2010, 04:39:42
muallifi uzboy
Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari

Muallif RobiyaBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 191
Ko'rilgan: 167980
So'nggi javob 01 Avgust 2009, 11:45:00
muallifi MSJON
Abituriyentlar uchun yordam: tarixdan tayyorlov kurslari

Muallif RobiyaBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 370
Ko'rilgan: 252413
So'nggi javob 30 Iyul 2008, 17:09:04
muallifi Robiya
Yordamingiz kerak! Yordam beramiz!

Muallif Muslima_subhBo'lim Umumiy

Javoblar: 814
Ko'rilgan: 320405
So'nggi javob 03 May 2016, 10:51:47
muallifi Solihatun
Jonivorlar va insonlar tilidan qiziqarli mulohazalar

Muallif MohinurBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 14
Ko'rilgan: 10002
So'nggi javob 28 Iyun 2012, 01:09:50
muallifi azizbek_mx