Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari  ( 276161 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 19 B


Robiya  18 Mart 2008, 12:03:36

12- MA'RUZA. FE'L  so'z turkumi(Davomi)

12.1. To’liqsiz fe’llar.

O’zining lug’aviy ma’nosini yo’qotib, yordamchi so’zlarga yaqinlashib qolgan fe’llar to’liqsiz fe’llar deyiladi. Bularga edi, ekan, emish, emas so’zlari kiradi (esa bog’lovchilar guruhiga o’tib ketgan). To’liqsiz fe’llar quyidagi umumiy xususiyatlarga ega: 1) Mustaqil lug’aviy ma’noga ega emas; 2)Nisbat, bo’lishsizlik, zamon kabi ma’nolarga ega emas. 3)Shaxs-son qo’shimchalari ularga qo’shilsa ham, shaxs ma’nosi to’liqsiz fe’l qatnashgan butun birikmaga tegishli; 4)To’liqsiz fe’l qatnashgan birikma (asosiy fe’l+to’liqsiz fe’l) tarkibidagi to’liqsiz fe’lni har doim ham tushirib bo’lmaydi. 5) To’liqsiz fe’l tarkibidagi "œe" tovushi tushib qolishi mumkin; 6)To’liqsiz fe’llar otlarga (keng ma’noda) ham, fe’llarga ham birika oladi. Ular ko’proq sifatdosh va ravishdoshga birikadi. 7)Bu fe’llar ketma-ket qo’shilishi ham mumkin: Opam ishdan kelgan edimikin (edimi ekan)? 8)Bu fe’llar qator kelgan bir necha fe’lning oxirgisiga birikadi. To’liqsiz fe’llar gapda ko’pincha bog’lama (ega bilan kesimni bog’lovchi vosita) vazifasini bajaradi: Otasi ishchi ekan.


Qayd etilgan


Robiya  19 Mart 2008, 09:20:00

12.2. Yetakchi va ko’makchi fe’llar.

Nutqimizda bittadan ortiq fe’ldan iborat bo’lgan birliklar ham bor. Ular tarkibidagi asosiy ma’noni ifodalaydigan fe’l yetakchi fe’l deyiladi: o’qib chiqdi, ko’ra boshladi, aytib bera tura qol. Yetakchi fe’lning ma’nosini izohlaydigan, to’ldiradigan fe’l esa ko’makchi fe’l deyiladi: o’qib chiqdi, ko’ra boshladi, sotib yubordi.
  Yetakchi va ko’makchi fe’lning qo’shilishidan qo’shma fe’l, ya’ni yangi so’z hosil bo’lmaydi, chunki ular birgalikda yangi bir lug’aviy ma’noni ifodalamaydi, balki davomiylik, to’satdan boshlanganlik, harakatning tugallanganligi kabi ma’nolarni bildiradi: o’qib chiqdi (tugallanganlik), ko’rib qoldi (to’satdan yuz berish).
  Yetakchi va ko’makchi fe’lning birikishidan ko’makchi fe’l so’z qo’shilmasi hsoil bo’ladi.
  Ba’zan ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi tarkibidagi yetakchi fe’l uyushib kelishi ham mumkin: Yil sayin sovxozning yeri kengayib, texnikasi ko’payib, odamlari o’sib bormoqda. Ba’zan ko’makchi fe’l ham birdan ortiq bo’lishi mumkin: aytib berib tura qol (aytib — yetakchi fe’l, berib tura qol — ko’makchi fe’l).
  Ko’makchi fe’llar yetakchi fe’llarga ravishdosh yasovchi —(i)b, -a, -y qo’shimchalari yordamida bog’lanadi. Ayrim ko’makchi fe’llar yetakchi fe’lga qo’shimchasiz ham birikadi: yozdi-oldi, ketsin-qo’ysin, ayt-qo’y.
  Yetakchi fe’llarga so’z yasovchi va shakl yasovchi qo’shimchalar, ko’makchi fe’llarga esa barcha turdagi qo’shimchalar qo’shila oladi: yozib olaman.
  Ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmalarida o’zlik nisbati qo’shimchalari faqat yetakchi fe’lga qo’shiladi, majhul daraja ko’pincha ko’makchi fe’lga qo’shiladi,  orttirma nisbat qo’shimchasi asosan yetakchi fe’lga qo’shiladi, birgalik nisbat qo’shimchasi esa yetakchi fe’lga ham, ko’makchi fe’lga ham qo’shilaveradi. O’zbek tilida faqat ko’makchi fe’l bo’lib keladigan fe’llar yo’q. Ayrim fe’llar o’z asl ma’nolaridan tashqari, ko’makchi fe’l tarzida keladi. Bularni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:

1) Ravishdoshning — (i)b qo’shimchali turiga birikadi: yot, o’tir, yur, kel, bo’l, bit, chiq, yet, o’t, qo’y, boq; 2) Ravishdoshning —a, -y qo’shimchali turiga birikadi: boshla, bil, yoz; 3) Ravishdoshning ham — (i)b, ham —a, -y qo’shimchali turlariga birikadi: tur, bor, ol, ber, qol, ko’r, ket, sol. Bu ko’makchi fe’llarni yana ma’no jihatidan harakat jarayonini tasvirlovchi (boshla, kel, ket, yot, o’tir, bor, bitir, chiq, o’l, ko’r, qol), modal ma’nolarni ifodalovchi, ya’ni so’zlovchining harakatga bo’lgan munosabatini ko’rsatuvchi (bil, bo’l, ol, qol, ko’r, ber, qara), yo’nalish ma’nosini ifodalovchi (ol, ber) kabi guruhlarga bo’lish mumkin.

Qayd etilgan


Robiya  19 Mart 2008, 09:22:17

12.3. fe’lning vazifadosh (xoslangan) shakllari.

  Fe’lning gap ichida ma’lum sintaktik vazifani bajarishga xoslangan shakllari vazifadosh (xoslangan) shakllar deb ataladi. Bularga sof fe’l, ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi kiradi.

1.Sof fe’l gap ichida fe’l-kesim vazifasini bajaradigan fe’l shaklidir. U yozdi.

2.Ravishdosh ish-harakatining belgisini, uning maqsadini, paytini bildirgan fe’l shaklidir. Ravishdosh fe’lga bog’lanib, ko’pincha hol bo’lib keladi. Ravishdoshlar bo’lishli-bo’lishsizlikni, nisbatni bildira oladi: o’qib-bo’lishli, aniq nisbatda, o’qitmay-bo’lishsiz,orttirma nisbatda.

Ravishdoshlar quyidagicha hosil bo’ladi:
1.   —b, -ib, -bon (ibon) qo’shimchalari bilan: borib, o’qib, asrabon.
2.   —a, -y qo’shimchalari bilan: kula-kula, o’qiy-o’qiy
3.   —gach, -kach, -qach, -guncha, -kuncha, -quncha qo’shimchalri bilan: otgach, to’kkach, kelguncha, oqquncha, tikkuncha
4.   —gani, -kani, -qani qo’shimchalari bilan: o’qigani keldi. Ko’chat ekkani bordik. Mol boqqani chiqdi. Bu qo’shimchaning gali ko’rinishi ham bor: Idish so’ragali chiqdi.
5.   —gudek qo’shimchasi bilan: yiqilgudek.

Ravishdoshlar ma’no jihatidan quyidagi turlarga bo’linadi:

1.Payt ravishdoshlari —gach, -kach, -qach, -guncha, -kuncha, -quncha qo’shimchalari bilan yasaladi.
2.Holat ravishdoshlari —b, -ib, -a, -y, -gudek qo’shimchalari bilan yasaladi.
3.Maqsad ravishdoshi —gani, -kani, -qani, -gali qo’shimchalari bilan yasaladi.

Ravishdoshlar tuslanishiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:

1.Tuslanadigan ravishdoshlar: -b (-ib), -a, -y, -gudek qo’shimchalari bilan yasalgan ravishdoshlar.
2.Tuslanmaydigan ravishdoshlar: -gach (-kach, qach), -guncha (-kuncha, quncha), -gani (-kani, qani) qo’shimchalari bilan yasalgan ravishdoshlar. —gani qo’shimchasi bilan yasalgan ravishdoshning bo’lishsiz shakli yo’q, qolgan ravishdoshlar bo’lishsiz shaklga egadir: borib-bormay, kelgach-kelmagach, kula-kula — kulmay-kulmay. (-may shakli — mayin tarzida ham uchraydi: Qanotini qush qoqmayin

Qayd etilgan


Robiya  19 Mart 2008, 09:23:35

3. Sifatdosh narsa-buyumning belgisini bildiradigan fe’l shaklidir.Sifatdosh fe’l singari ish-harakatni anglatib, zamon, nisbat, bo’lishli-bo’lishsizlikni bildiradi: qolgan-bo’lishli, o’tgan zamon, amiq nisbatda. Sifatdosh sifat kabi otga bog’lanib, uning belgisini bildiradi, gapda aniqlovchi yoki kesim bo’lib keladi: O’quvchilar to’kilgan paxtalarni terishdi. Vazifalar bajarilgan.

Sifatdoshlarning bo’lishsiz shakllari quyidagicha yasaladi: borgan-bormagan, borayotgan-bormayotgan, bora-bormas.
  Sifatdoshlar zamon bo’yicha quyidagicha yasaladi:

1.O’tgan zamon sifatdoshi —gan, -kan, -qan qo’shimchalari bilan yasaladi: otgan, tikkan, chiqqan.
2.Hozirgi zamon sifatdoshi — (a) yotgan qo’shimchasi bilan yasaladi: kelayotgan, o’qiyotgan.
3.Kelasi zamon sifatdoshi — (a)r, - (a)digan, - (u)vchi qo’shimchalari bilan: oqar suv, qaynar bulor, boradigan bola, o’qiydigan kitob, keluvchi odamlar. Kelasi zamon sifatdoshining bo’lishsiz shakli — ma+s qo’shimchasi bilan hosil qilinadi: Aytar so’zni ayt, aytmas so’zdan qayt.

Sifatdoshlar ot o’rnida qo’llanib, ot vazifasini bajarishi mumkin, ya’ni otlashadi. Bunda ular otlar kabi turlanadi, egalik, kelishik, ko’plik qo’shimchalarini oladi va gapda ega, to’ldiruvchi, qaratqich aniqlovchi bo’lib keladi: Qo’rqqanga qo’sha ko’rinadi. Aytganlaringizni bajardim.

4.Harakat nomi ish-harakatining nomini bildirib, zamon va shaxs-sonni ko’rsatmaydigan fe’l shaklidir. Yasalishi:

1.Fe’l o’zak-negiziga —sh, -ish qo’shimchalarini qo’shib: o’qish, yozish.
2.Fe’l o’zak-negiziga —v, -uv qo’shimchalarini qo’shib: o’quv, yozuv.
3.Fe’l o’zak-negiziga —moq (-mak) qo’shimchasini qo’shib: yozmoq, demak.

-moq qo’shimchasi bilan yasalgan harakat nomi fe’lga yaqin turadi, -sh, -ish bilan yasalgan harakat nomi otga yaqin turadi, shuning uchun bularni doim almashtirib qo’llab bo’lmaydi: Qurilish boshlandi gapida —moq qo’shmchasini ishlatib bo’lmaydi, o’qish so’zida —moq qo’shimchasini qo’llasa bo’ladi. Harakat nomlarining bo’lishsiz shakli quyidagicha yasaladi: bormoq — bormaslik, o’qish-o’qimaslik.
  Harakat nomi tuslanmaydi, otlar kabi turlanadi, egalik, kelishik va ko’plik qo’shimchalarini oladi. Gapda ega, ot-kesim, to’ldiruvchi, qaratqich aniqlovchi bo’lib keladi: O’qimoq — yuksalmoq. Botirlar qo’rquvni bilmaydi. O’qishning foydasi katta.


Qayd etilgan


Robiya  28 Mart 2008, 11:37:17


12.4. Fe’llarning yasalishi.

Fe’llar ikki usul bilan yasaladi: 1. Fe’l yasovchi qo’shimchalar bilan: ishla, ko’kar. 2. So’zlarni bog’lab qo’shish bilan: e’lon qildi, borib keldi, sotib oldi.

Qayd etilgan


Robiya  28 Mart 2008, 11:39:27

12.4.1. Yasovchi qo’shimchalar yordamida (affiksatsiya yoki morfologik usul)

Bu usul bilan fe’l bo’lmagan so’zlardangina fe’l yasaladi:

 -la qo’shimchasi fe’ldan boshqa deyarli barcha so’z turkumlaridan fe’l yasaydi: ishla, oqla, sekinlamoq, shivirlama, chuhlamoq, senlamoq.

 -lan, - lam qo’shimchalari ot, sifat va ravishlardan fe’l yasaydi: faxrlandi, ikkilandi, ko’maklashdi, suhbatlashdi,

 -illa qo’shimchasi taqlidiy so’zlardan fe’l yasaydi: chirqilla.

 -ira qo’shimchasi taqlidiy so’zlardan fe’l yasaydi: yarqiradi, yaltiradi.

 -a qo’shimchasi ot, sifat va taqlidiy so’zlardan fe’l yasaydi: tuna, guldura, o’yin+a= o’yna.

 -(a) y qo’shimchasi ot, sifat va ravishdan fe’l yasaydi: qoray, kuchay, ko’pay.

 -(a)r qo’shimchasi ayrim sifatlardan fe’l yasaydi: qisqar, ko’kar.

 -Sira, -sa qo’shimchalari ot va sen, siz olmoshlaridan fe’l yasaydi: qonsira, suvsira, sensira, suvsa.

 -(i)k, (i)q qo’shjiimchasi sanoqli so’zlardangina fe’l yasaydi: birikmoq, yo’liqmoq.

 -i qo’shimchasi sanoqli so’zlardangina fe’l yasaydi: boyi, tinchi.

 -(i, o)t qo’shimchasi sanoqli so’zlardan fe’l yasaydi: yo’qot, to’lat, berkit.

 -ir qo’shimchasi ot, taqlidiy so’zlardan fe’l yasaydi: gapir, tupir.

Qayd etilgan


Robiya  28 Mart 2008, 11:40:47

12.4.2. So’zlarni bog’lab qo’shish yordamida (kompozitsiya yoki sintaktik usul).

Bu usul bilan qo’shma fe’llar yasaladi:

1.Fe’l bo’lmagan so’z bilan fe’lning birikishidan: dam olmoq, himoya qilmoq, paydo bo’lmoq. Ayrimlari sodda fe’lga sinonim bo’ladi: tasdiq qildi — tasdiqladi, yordam berdi — yordamlashdi.
2.Ikki fe’lning birikishidan: sotib olmoq, chiqarib olmoq, olib kelmoq, yutib olmoq, sotib olib bermoq.

Qo’shma fe’llar ajratib yoziladi: hal qilmoq, kasal bo’lmoq. Nutqimizdagi o’qib chiqdi, ko’rib bo’ldi, boshlab yubordi kabilar qo’shma fe’l emas, chunki yangi lug’aviy ma’no ifodalamaydi, bular ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmalaridir.

Qayd etilgan


Robiya  28 Mart 2008, 11:42:37

12.5. Harakatni qay darajada ifodalashiga ko’ra fe’l turkumlari.

1.Harakatning kuchliligini ifodalaydigan fe’llar:

 -la:                                        savala, quvla.
 -kila (-gila, -qila, -g’ila):         turtkila, tortqila, yugurgila, ezg’ila

2.Harakatning kuchsizligini ifodalaydigan fe’llar:

 -(i)sh:                                     to’lishmoq, oqarishmoq.
 -(i)msira:                                kulimsiramoq, yig’lamsiramoq.
 -(i)nqira:                                oqarinsiramoq.


Qayd etilgan


Robiya  28 Mart 2008, 11:44:08

12.6. Fe’lning tuzilish turlari.

1. Sodda fe’l:          kel, yur, ishla.
2. Qo’shma fe’llar:       sotib oldi, olib keldi
3.Juft fe’llar ikki fe’lning qo’shaloq kelishidan hosil bo’ladi: kirmadi-qo’ydi, aytdi-qo’ydi, gapirdi-qo’ydi.
4.Takroriy fe’llar bir fe’lning takrorlanishidan hosil bo’ladi: o’qidi-o’qidi, yozdi-yozdi, ko’ra-ko’ra, yig’lay-yig’lay.

Juft va takroriy fe’llar chiziqcha bilan yoziladi.

Keyingi mavzu:  Ravish so’z turkumi

Qayd etilgan


Robiya  01 Aprel 2008, 16:12:38

13.1. Ravishning ta’rifi va leksik-grammatik xususiyatlari

Ish-harakat va holatning belgisini bildirgan so’zlar turkumi ravish deyiladi. Ravishj qanday? Qachon? Qayerda? Qayerdan? Qayerga? Qancha? Nega? Qaydarajada? Kabi so’roqlarga javob bo’ladi. Ravish ko’pincha fe’lga bog’lanib, ish-harakatning qay holatda bajarilishini, paytini, o’rnini, daraja-miqdorini, sababini, maqsadini bildiradi. Ravishlar quyidagi xususiyatlarga ega: 1)Biror so’z bilan bog’langanda, o’z shaklini o’zgartirmaydi; 2)O’ziga xos yasalish tizimiga ega; 3)Harakat belgisini qisman bo’lsa-da dara ko’rsata oladi: tez, tezroq, juda tez.
  Ayrim ravishlar sifat yoki otga bog’lanib kelishi ham mumkin: Kecha havo sovuq edi. Ko’p odam to’plandi. Uning yuzida bolalarcha samimiy kulgi zohir bo’ldi. Ravish gapda ko’pincha hol bo’lib keladi: Ikkisi do’stlarcha ko’rindi.

Qayd etilgan