Muallif Mavzu: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari  ( 257683 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 3 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #90 : 01 Aprel 2008, 16:18:31 »
13.2. Ravishlarda daraja.

 Ayrim ravishlar sifat kabi darajani ham bildiradi:
1)Bosh daraja: U sekin yurdi;
2)Qiyosiy daraja: Mashina tezroq yurdi
3)Orttirma daraja: Juda ko’p paxta terdi;
4)Kuchaytirma daraja: Juda-juda charchadi, kuppa-kunduzi kelishdi.

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #91 : 01 Aprel 2008, 16:21:06 »
13.3. Ravishlarning ma’no jihatdan turlari.

Ravishlar ma’no jihatidan olti turga bo’linadi:

1.Holat ravishlari ish-harakatning qanday holatda yoki qay tarzda bajarilganligini bildirib, qanday?, qay holda?, qay tarzda?, so’roqlariga javob bo’ladi: asta, sekin, tez, birdan, qo’qqisdan, to’satdan, yonma-yon, qo’lma-qo’l, omon-eson, zo’rg’a, piyoda, yayov, do’stona, qahramonona, qadrdonlarcha, naridan-beri va b.
2.Payt ravishi ish-harakatning bajarilish paytini bildirib, qachon?, qachongacha?, qachondan?, qachondan beri? Kabi so’roqlarga javob bo’ladi: avval, oldin, ilgari, so’ng, keyin, kechgacha, kechadan, hozir, doimo, tez-tez, tez orada, shu kuni, bu orada.
3.O’rin ravishi ish-harakatning bajarilish o’rnini bildirib, qayerda?, qayerdan?, qayerga?, so’roqlariga javob bo’ladi: oldinda, orqada, o’ngda, chapda, quyida, uzoqdan, ichkaridan, yuqoriga, pastda, o’rtada, tashqarida, olg’a, u yoq bu yoqqa va b.
4.Sabab ravishi ish-harakatning bajarilish sababini bildirib, nega? So’rog’iga javob bo’ladi: noiloj, ilojsiz (likdan), chorasiz (likdan).
5.Maqsad ravishi ish-harakatning bajarilish maqsadini bildiradi va nega?, nima maqsadda? So’roqlariga javob bo’ladi: atay(in), ataylab, jo’rttaga, qasddan, qasdma-qasd, azza-bazza.
6.Daraja – miqdor ravishi ish-harakatning darajasini, miqdorini, belgining darajasini, narsa-buyumning noaniq miqdorini bildirib, qancha?, qay darajada? So’roqlariga javob bo’ladi: juda, eng, g’oyat (da), nihoyatda; ko’p, mo’l, bisyor, oz, kam, picha, ancha, bir talay, bir oz, ko’plab. Bular o’z ichida quyidagi guruhlarga bo’linadi:

1.Kuchaytiruv ravishlari: a)tasdiq – eng, juda, nihoyat(da), g’oyat(da), yana(da) tag’in, tamomila, uncha, ozmuncha, obdan, naq, o’ta, qoq, zir; b)inkor – sira, asti, aslo, zinhor, hargiz, hadeganda;
2.Kuchsizlantiruv ravishlari: arang, zo’rg’a, zo’r-bazo’r, xiyol, sal-pal.

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #92 : 01 Aprel 2008, 16:24:06 »
13.5. Ravishlarning yasalishi

1.Ravish yasovchi qo’shimchalar bilan: g’olibona, akalarcha.  Ravishlar quyidagi ravish yasovchi qo’shimchalar yordamida boshqa so’z turkumlaridan, shuningdek, ravishlardan ham, yasaladi:

-    cha:    qisqacha, o’zicha, boshqacha, eskicha;
- larcha: qardoshlarcha, o’rtoqlarcha;
- chasiga:   yangichasiga, toshkentchasiga, dehqonchasiga;
- siga:   tikkasiga, yalpisiga;
- ligicha: xomligicha, tirikligicha, butunligicha;
- dek\day:   o
- ‘qdek, qushday;
- lab:    ertalab, ko’plab;
- ona:   do’stona, fidokorona, g’olibona;
- an:    umuman, taxminan, majburan;
- gacha:    kechgacha, tushgacha;
- simon:    erkalangansimon, uyalgansimon;
- namo:     uyalgannamo, oliftanamo;
- lay(in):    butunlay, tiriklayin;
- incha:    ko’pincha, aksincha;
- siz, be - :    to’xtovsiz, beixtiyor;
- chang:       ko’ylakchang, kavushchang;
- in:     oldin.

2.So’zlarni qo’shib ravish yasash. Bunda qo’shma, juft va takroriy ravishlar yasaladi. Qo’shma ravishlar asosan ikki so’zdan yasaladi va ularning quyidagi turlari ajratib yoziladi:

1)Tarkibida u, bu, shu olmoshlari bo’lgan payt va o’rin ravishlari: u yoqqa, bu yoqqa, u yerga, shu yerda va b.
2)Tarkibida har, hech, hamma, bir so’zlari bo’lgan ravishlar: har vaqt, har zamon, har qachon, hech vaqt, hamma vaqt, bir zum, bir necha.
3)Tarkibida alla- elementi bor bo’lgan ravishlar qo’shib yoziladi: allavaqt.Bir yo’la, birmuncha, birvarakayiga, birpas ravishlari ham qo’shib yoziladi.

Juft ravishlarning tub ravishlaridan hosil bo’lganlari kam: asta-sekin, bugun – erta va b.O’rin-payt kelishigidagi ba’zi ot va olmoshlatr ravishga qo’shib juft ravish hosil qilinadi:oyda-yilda,unda-bunda.
   Juft ravishlar asosan quyidagicha yasaladi.
1)Bir-biriga yaqin ma’noli so’zlardan: eson-omon, ochiq-oydin.
2)Antonim so’zlardan: erta-kech, kecha-kunduz, ochin-to’qin.

Takroriy ravishlar quyidagicha yasaladi:
A)Ot bilan ot takrorlanadi: qator-qator, yildan-yilga qadam-baqadam;

B)Sifat bilan sifat: chaqqon-chaqqon, uzundan-uzoq, bekordan-bekorga;

C)Fe’l shakllari: uzil-kesil, bilinar-vilinmas, bora-bora, ura-sura, qayta-qayta, borib-borib, turib-turib, qo’yarda-qo’ymay;

D)Ravish bilan ravish: nari-beri, oldin-ketin, birin-ketin, unda-bunda, hali-beri;

E)Olmosh, son, taqlid va aralash holda so’zlarning takrorlanishidan: o’z-o’zidan, yakka-yakka, taqa-taq.

  Juft ravishlar ham, takroriy ravishlar ham chiziqcha bilan yoziladi: asta-asta, nari-beri va b.

3.Bulardan tashqari, o’rin-payt va chiqish kelishigidagi so’zlarning ravishga aylanish holatlari ham uchraydi: yangidan, birdan, birga, boshda, charchamasdan, shoshmasdan, indamasdan, kabi.

4.Boshqa turkumlarning ko’chishidan hosil bo’lgan ravishlar: 1) Otlar ko’chadi: erta, indin, kecha, kech, kechqurun; 2) Sifatlar ko’chadi: yaqqol, baralla, tugal, bafurja, muttasil, vaqtli, rosa, baravar, uzluksiz, beomon; 3) Ravishdoshlar: osha, o’ta, qiya, qo’sha, qayta; 4) Taqlidiy so’zlar: shartta, taqqa, tappa, shig’a, chippa.

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #93 : 01 Aprel 2008, 16:25:24 »
13.6. Ravishlarning otlashishi.
  Ravishlar ham otlarga xos so’roqlarga javob bo’lib otlashadi. Bunda ular ko’plik, kelishik, egalik qo’shimchalarini oladi: Ko’pdan quyon qochib qutulmas. Ko’pi ketib, ozi qoldi.

13.7. Ravishlarning tuzilish jihatdan turlari.

1. Sodda ravishlar:      ko’p, tez, do’stona;
2. Qo’shma ravishlar:     bir oz, har zamon, ozmuncha;
3. Juft ravishlar:       unda-bunda, birin-ketin, omon-eson;
4. Takroriy ravishlar:       asta-asta, tez-tez


Keyingi mavzu: “Yordaqmchi so’z turkumlari. Ko’makchi haqida ma’lumot”.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #94 : 07 Aprel 2008, 15:32:55 »
Ko’makchi haqida ma’lumot

Ot, olmosh, harakat nomi, sifatdoshlardan keyin kelib ularni boshqa so’zlarga tobelanish yo’li bilan bog’laydigan yordamichi so’zlar ko’makchi deyiladi.
  Ko’makchi qaysi so’zdan keyin kelsa, o’sha so’z bilan birgalikda bir so’roqqa javob bo’lib, bir xil gap bo’lagi vazifasini bajaradi.
  Ko’makchilar kelib chiqishiga ko’ra ikki xil bo’ladi:

1.Sof ko’makchilar lug’aviy ma’nolarini butunlay yo’qotib, vazifa jihatidan kelishik qo’shimchalariga yaqin turadigan so’zlardir: uchun, kabi, sari, singari, sayin, uzra, qadar, yanglig’.
2.Ko’makchi vazifasida qo’llanuvchi so’zlar gapda o’rni bilan mustaqil so’z, o’rni bilan ko’makchi bo’lib keladi. Bularga tomon, tashqari, bo’yi, chamasi, holda, yo’sinda kabi ot turkumidan, sababli, tufayli, orqali, qarshi, chog’li, doir, muvofiq, o’zga, boshqa kabi sifat turkumidan, qarab, qaraganda, ko’ra, tortib, degan, deydigan, osha, bo’ylab, yarasha, qaramasdan, qaramay, qarata kabi fe’l turkumidan, avval, so’ng, keyin, burun, ilgari, beri, buyon, asosan, binoan kabi ravish turkumidan o’tgan so’zlar kiradi.
  Bulardan tashqari, o’z lug’aviy ma’nolarini saqlagan holda ko’makchi o’rnida kelib, harakat bilan predmet o’rtasidagi turli munosabatlarni ifodalaydigan so’zlar ham bor. Bu so’zlar o’rin-payt, chiqish va egalik qo’shimchalarini qabul qiladi. Bunday so’zlar ko’makchi otlar deb ataladi: old, o’rta, yon, orqa, ket, ich, ust, tepa, ost, tag, ora, bosh, o’rin, qosh, yoqa, tomon. Bu so’zlar belgisiz qaratqich kelishigidagi so’zdan keyin kelgandagina ko’makchi ot hisoblanadi: ish ustida, stolning ustida, uyning oldida. Ko’makchi otlarni quyidagi turlarga bo’lish mumkin: 1) vertikal yo’nalishni bildiruvchi: ost, ust, tag. 2) gorizontal yo’nalishni bildiruvchi: old, orqa, yon, ich, tomon; 3) aralash yo’nalishni bildiruvchi: o’rta, ora, bosh.

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #95 : 07 Aprel 2008, 15:34:54 »
14.1.2. Ko’makchilarning qo’llanishi va ma’nolari.

1)Bosh kelishikdagi so’zlar bilan qo’llanadigan ko’makchilar:

Bilan ko’makchisi birgalik, vosita, tez boshlanish, payt, ish-harakat ob’ekti, holat, maqsad ma’nolarini bildiradi: Ukasi bilan keldi. Qalam bilan yozdi. Eshik ochilishi bilan kirishdi. Tuni bilan uxlamadi. Baxtiyorlik bilan jilmaydi.

Uchun ko’makchisi maqsad, sabab, atash, evaz ma’nolarini ifodalaydi: Bolalar uchun qurildi. O’qimagani uchun bilmadi. Sen uchun oldim. Yordamingiz uchun rahmat.

Kabi, singari, yanglig’ (ba’zan misoli so’zi) ko’makchilari o’xshatish, qiyoslash ma’nolarini ifodalaydi: Shamol kabi yeldi. Cho’l singari bepoyon. Oy yanglig’ chiroyli.

Sayin ko’makchisi payt, izchillik ma’nolarini ifodalaydi: Sovuq kun sayin kuchaydi.

Sari ko’makchisi yo’nalish ma’nosini ifodalaydi: Dala sari ketdi.

Sababli, tufayli ko’makchilari aloqadorlik, sabab ma’nosini ifodalaydi: Chaqirilmaganligi sababli kelmadi.

Orqali ko’makchisi vosita ma’nosini, chog’li, chamasi ko’makchilari chama, taxmin ma’nolarini, osha, bo’ylab ko’makchilari makon bo’ylab sodir bo’lish ma’nosini, bo’yicha ko’makchisi moslik ma’nosini, uzra ko’makchisi biror sath bo’ylab yo’nalish ma’nosini, ichra ko’makchisi biror predmetning ichida sodir bo’lish ma’nosini, degan ko’makchisi atash ma’nosini, bo’yi ko’makchisi davomlilik ma’nosini, haqida (to’g’risida) ko’makchilari fikr qaratilgan predmet ma’nosini, holda (yo’sinda) ko’makchilari holat ma’nosini ifodalaydi: Pochta orqali jo’natdi. O’n chog’li odam to’plandi. Asrlar osha yetib keldi. Ariq bo’ylab yurishdi. Urush haqida so’zladi.

2)Jo’nalish kelishigidagi so’zlar bilan qo’llanadigan ko’makchilar:

Tomon ko’makchisi yo’nalish ma’nosini, qadar ko’makchisi chegara ma’nosini, ko’ra ko’makchisi sabab, ta’kidlash, qiyoslash ma’nolarini, qarshi ko’makchisi zidlik ma’nosini, qarab, qarata ko’makchilari yo’nalish, o’lchov ma’nosini, qaraganda ko’makchisi ta’kidlash, qiyoslash ma’nolarini, yarasha ko’makchisi moslik ma’nosini, doir ko’makchisi aloqadorlik ma’nosini, asosan, binoan, muvofiq ko’makchilari tayanch ma’nosini ifodalaydi: Uy tomon ketdi. Kechga qadar kutib o’tirdi. Uning topshirig’iga ko’ra yetib kelishdi. Bilimiga qarab baho qo’yiladi. Uning qarshiligiga qaramay vazifa bajarildi. Shu fikrga asosan qaror qilishdi. Odamlarga qarata nutq so’zladi.


3)Chiqish kelishigidagi so’zlar bilan qo’llanadigan ko’makchilar:

So’ng, keyin, burun, ilgari ko’makchilari payt ma’nosini, boshqa, tashqari, o’zga, bo’lak ko’makchilari mstasnolik ma’nosini, beri, buyon ko’makchilari payt ma’nosini, nari ko’makchisi ish-harakatning chegarasi ma’nosini, boshlab, tortib ko’makchilari boshlanish vaqt, nuqta ma’nolarini ifodalaydi: Uch yildan keyin paydo bo’ldi. Sendan boshqa hech kimi yo’q. Shu kundan boshlab ishga kirishamiz.

4)Qaratqich kelishigidagi so’zlar bilan qo’llanadigan ko’makchilar:

Ko’pchilik ko’makchi otlar shu kelishikdagi so’zlar bilan qo’llanadi: Uyning oldida to’xtadi. Bog’ ichiga kirib ketdi. Devor orasida qolib ketdi. Ko’cha o’rtasida ketyapti. Ko’prik boshida kutib turibdi.

ESLATMA: uchun, bilan, kabi ko’makchilari qaratqich kelishigidagi so’zlar bilan ham qo’llanishi mumkin: shuning uchun, buning kabi.

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #96 : 07 Aprel 2008, 15:37:03 »
14.1.3. Ko’makchilar va kelishiklar.

Ko’makchilar vazifasi jihatidan kelishiklarga o’xshaydi. Ayrim hollarda ko’makchi o’rnida kelishik qo’shimchasi yoki kelishik qo’shimchasi ko’makchilar o’rnida almashib kelishi mumkin. Ko’makchilar tushum, jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishiklari o’rnida almashib kelishi mumkin. Biroq hamma vaqt ham ko’makchi o’rnida kelishik qo’shimchasi ishlatilavermaydi: Radio orqali eshitdik – Radiodan eshitdik. Ukamga oldim – ukam uchun oldim. Qalam bilan yozdi – qalamda yozdi. Borganini gapirib berdi – borgani haqida gapirib berdi.

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #97 : 07 Aprel 2008, 15:40:05 »
14.2. Bog’lovchi haqida ma’lumot.

Gapning uyushiq bo’laklarini va qo’shma gapdagi sodda gaplarni bir-biriga bog’lash uchun xizmat qiladigan yordamchi so’zlar bog’lovchi deb ataladi. Bog’lovchilar qo’llanishiga ko’ra ikki xil bo’ladi:
1.Yakka xolda qo’llanadigan bog’lovchilar: va, ammo, chunki.
2.Takrorlangan xolda qo’lanadigan bog’lovchilar :yo…yo, yoki…yoki.

Bog’lovchilar vazifasiga ko’ra teng bog’lovchilar va ergashtiruvchi bog’lovchilarga bog’lanadi.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #98 : 07 Aprel 2008, 15:41:16 »
14.2.1. Teng bog’lovchilar.
Bu bog’lovchilar gapning uyushiq bo’laklarini va qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni teng huquqli qilib bog’laydi va quyidagi turlarga bo’linadi:
1.biriktiruv bog’lovchilar: va, ham, hamda. Ham yuklamasi uyushiq bo’laklar oldidan kelgandagina bog’lovchi hisoblanadi: Ham qo’rqaman, ham bilgim keladi (As.M). Bilan ko’makchisi ham biriktiruvchi bog’lovchi (va) o’rnida kelishi mumkin: Karim bilan Salim maktabga birga borishgan.
2.zidlov bog’lovchilari: ammo, lekin, biroq, balki, xolbuki. So’zlashuv tilida a bog’lovchisi sodda yoki qo’shma gaplarni bog’lab, zid munosabatlarni ifodalaydi: Men bormoqchiman, a siz-chi?
3.ayiruv bog’lovchilari: yo, yoki, yohud, goh, ba’zan, yoinki, yo…yo, yoki…yoki, goh…goh, ba’zan…ba’zan, xoh…xoh, bir…bir, dam…dam. Bu bog;lovchilar uyushgan bo’laklarni yoki qo’shma gap qismlarini bog’klaydi: Alijon goh menga, goh yerga qarab jim turaverdi..
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #99 : 07 Aprel 2008, 15:42:40 »
14.2.2. Ergashtiruvchi bog’lovchilar.
Bu bog’lovchilar ko’pincha ergashgan qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bir –biriga ergashtirish yo’li bilan bog’laydi va quyidagi turlarga bo’linadi:
1.aniqlov bog’lovchisi; yani, -ki(-kim), -toki: U ko’rdiki, kamchiliklar ko’p. Ba’zan –ki ot turkumidagi so’zlar bilan birga kelib, takidlash, uqtirish manolarini anglatadi,bunda u bog’lovchi emas, yuklama sanaladi: …ko’ksi to’la nuqul ordenki, bir-biridan chiroyli.
2.sabab bog’lovchilari; chunki, shuning uchun. Ba’zan uchun ko’makchisi ham shu vazifada qo’llaniladi: Ular yetib kelsin uchun, Turdi kutib turdi.

1.Shart bog’lovchilari: agar(da), garchi, garchand, gar, mabodo, basharti.
2.O’xshatish bog’lovchisi: go’yo(ki).

14.2.3. Bog’lovchi vazifasini bajaradigan so’zlar;

bilan, deb, bordi-yu, so’zlari, -y(yu), -da, mi, na yuklamalari; Bordiyu o’zim kelolmasam, odam jo’nataman. Ular yetib kelsin deb, kutdim.

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #100 : 07 Aprel 2008, 15:43:53 »
14.3. Yuklama haqida ma’lumot.

Mustaqil so’z va gaplarga qo’shimcha ma’no beradigan yordamchilar yuklama deyiladi. Yuklamalar tuzilishiga ko’ra ikki xil bo’ladi:

1.So’z yuklamalar: faqat, ham, axir, hatto.
2.Qo’shimcha yuklamalar: -ku, -mi, -a, -gina.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #101 : 07 Aprel 2008, 15:45:39 »
14.3.1. Yuklamalarning ma’no jihatidan turlari.

1.So’roq va taajjub yuklamalari: - mi so’roq va taajjubdan tashqari modal ma’noni ham bildiradi, bunda u noaniqlikni ifodalaydi: Uyidami, ko’chadami, uning uchun farqi yo’q edi. – chi so’roqdan tashqari buyruq, do’q, iltimos, qistash, ta’kid, uqtirish ma’nolarini ham bildiradi: Qani, yur-chi! Kitobingni berib tur-chi. – a, - ya yuklamalari ham so’roq va taajjubdan tashqari his-hayajonni, tasdiq va ishonchni ham bildiradi: Qanday chiroyli-ya! Go’sht olibdi – jiqqa yog’-a.

2.Kuchaytiruv yuklamalari: nahotki, axir, hatto (ki), oq (-yoq), - ki (-kim) yuklamalari kuchaytirish va ta’kid ma’nolarini anglatsa, tim (qora), liq (to’la), lim (to’la), g’irt (yolg’on), qip- (shir-, qip-yalang’och), g’arq (pishgan), jiqqa (ho’l) yuklamalari nutqqa tasviriylik berib, so’z ma’nosini kuchaytirish uchun xizmat qiladi.

3.Ta’kid yuklamalari: -ku, -da, -u (-yu);

4.Ayiruv yuklamalari: faqat, ham, -gina (-kina, -qina), xolos. Ham yuklamasi ba’zan bog’lovchi o’rnida ham qo’llanadi: Zarur daftar ham kitoblarni hozirlab qo’ying. Bu so’z takrorlanib kelganda, fonetik o’zgarishga uchrashi mumkin: U yurtiniyam, xalqiniyam boqdi. Faqat, -gina yuklamalari o’rnida yolg’iz so’zi qo’llana oladi> Bu yolg’iz nomgina xolos.

5.Inkor yuklamasi: na takroriy qo’llanadi: Na o’qidi, na yozdi.

6.Aniqlov yuklamalari – xuddi, naq. Xuddi shu yerda uchrashamiz.

7.Gumon yuklamasi: - dir. Uyiga yetib borgandir.


«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #102 : 07 Aprel 2008, 15:52:03 »
14.3.2. Yuklamalarning yozilishi.

1)–mi, -oq (-yoq), -gina (-kina, -qina) yuklamalari o’zidan oldingi so’zga qo’shib yoziladi: Shu bugunoq ota-onasigagina emas, butun mahallaga yetib bormaydimi?
2)–chi, -ku , -u (-yu), -a (-ya) yuklamalaridan oldin chiziqcha qo’yiladi: Sen-chi? Keldi-ku!

ESLATMA: Juft so’zlar tarkibida bog’lovchi vazifasida kelgan –u (-yu) yuklamasi kirillcha yozuvda so’zga qo’shilib yoziladi. Gapu so’z ko’paydi.

3)faqat, ham, hatto, axir so’z yuklamalar ayrim yoziladi: Tog’larda hatto yoz oylarida ham yomg’ir yog’adi.


Keyingi mavzu: Alohida olingan so’zlar guruhi. Modal so’zlar.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #103 : 16 Aprel 2008, 15:39:04 »
Alohida olingan so’zlar guruhi

15.1. Modal so’zlar.

So’zlovchining o’z fikriga bo’lgan munosabatini bildiradigan so’zlar modal so’zlar deyiladi. Ehtimol, bugun yetib kelar.

  Modal so’zlar ma’no jihatidan quyidagi turlarga bo’linadi:

1.Fikrning aniqligini ifodalaydigan modal so’zlar:
1) fikrning rostligi tasdiqlanadi: darhaqiqat, haqiqatan, haqiqatda, filhaqiqat; 
2) fikrning qatiyligi ta'kidlanadi: shubhasiz, shaksiz, so'zsiz;
 3) ishonch: albatta; 
4) anglatilayotgan voqelikning yuzaga kelishi tabiiy ekanligini bildiradi: tabiiy, o’z-o’zidan; 
5) fikrning chinligi eslatiladi: to’g’ri, hoynaxoy, muhaqqa, aslida, darvoqe, rostdan.

2.Fikrning noaniqligini ifodalaydigan modal so’zlar:  
1) fikrning taxminiyligini bildiradi: shekilli, chamasi, chog’i; 
2) fikrning gumonli ekanligini bildiradi: ehtimol, balki;
 3) fikrning tusmolli ekanini bildiradi: aftidan; 
4) fikrning chinligiga gumon ham, ishonch ham bildiradigan: har holda, har qalay.
3.Xulosa: xullas, demak, nihoyat, xullas kalom.
4.Afsuslanish: afsus, attang, esiz.
5.Zaruriyat: kerak, zarur, lozim.
6.Mavjudlik va mavjud emaslik: bor, yo’q.

Bulardan tashqari: binobarin, zero, holbuki, vaholanki kabi modal so’zlar ham mavjud.
  Modal so’zlarning ko’pchiligi mustaqil so’zlardan o’sib chiqqandir:

1)Ot turkumidan: aftidan, haqiqatan, mazmuni, ehtimol, darhaqiqat;
2)Sifatdan: so’zsiz, shubhasiz, tabiiy;
3)Ravishdan: albatta;
4)Fe’ldan: hoynahoy (tojikcha hohi-nahohi so’zidan);
5)Bog’lovchidan: balki;
6)So’z birikmasidan: har qalay, har holda;
7)Gapning modal so’zga aylanishi: holbuki (Hol buki);
8)So’z tushirish natijasida hosil bo’lgan: o’z-o’zidan (aniq so’zi tushib qoladi).

  Modal so’zlar gap tarkibida ko’pincha kirish so’z bo’lib keladi.

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #104 : 16 Aprel 2008, 15:44:56 »
15.2. Undov so’zlar haqida ma’lumot.

  His-hayajon, tuyg’uni, haydash-chaqirishni bildiradigan so’zlar turkumi undov deyiladi: eh, uh, o, e, uf, voy, ura, ofarin, salom, xayr, obbo, ey, ehhe, iye, o’h, o’hho’, hm, be, tuf, hah, hoy, eh, iyi. Bu so’zlar mustaqil so’zlarga ham yordamchi so’zlarga ham kirmaydigan ayrim so’z turkumidir.
  Undovlar yakka holda, juft holda yoki takrorlanib qo’llanishi mumkin: ah, voy, oh-voh, dod-voy, bay-bay.

  Juft va takrorlangan undovlar chiziqcha bilan yoziladi.
 
 Undovlar ma’no jihatidan ikki turli bo’ladi:

1.His-hayajon undovlari quyidagui ma’nolarni ifodalaydi:
1) shafqat, mehribonlik: iye, o, voy, voy-ey, eh;
 2) sevinch, xursandchilik, zavqlanish: ho, o’h-ho’, ehe; 
3) qoyil qolish, rohatlanish: hay-hay, oh-oh; 
4) mamnuniyat, faxrlanish, mag’rurlanish, xayrixohlik: e-ha, eh, ha-ya, o’;  5) undash, ogohlantirish, tasdiq: ha.

His-hayajon undovlari odatda gap bo’lagi vazifasida qo’llanmaydi, ular kirish so’z vazifasini bajaradi. Undovlar yozuvda gap bo’laklaridan vergul bilan ajratuiladi. Agar undov kuchli bo’lsa, his-hayajon bilan aytilsa, undov belgisi qo’yiladi: Eh! Havo naqadar sof va musaffo!
  Undovlarning asosiy qismi yasama emas, lekin mustaqil so’zlardan undovlarga ko’chgan so’zlar ham mavjud: Kel, bir bahslashaylik! Bu gapdagi kel so’zi fe’l emas, balki undovdir.
  His-hayajon undovlari, odatda, gap bo’lagi vazifasini bajarmaydi. Ular yo kirish so’z, yoki so’z-gap bo’lib kelishi mumkin: Iye, men kimni ko’ryapman? – Dod!  - ichkaridan dodlagan ovoz eshitildi.

  2. Haydash – chaqirish undovlari ikki xil bo’ladi:

 1) odamlarga qaratilgan undovlar:
a) kishilarning diqqatini tortish uchun qo’llanadigan: hey, allo, ey; 
 b) ta’kid, buyurish uchun qo’llanadigan: ma, tss, jim, marsh; 

2) hayvonlarga yoki boshqa jonivorlarga qaratilgan undovlar:
a) hayvon va jonivorlarni chaqirish uchun qo’llanadigan: kisht, bah-bah, qurey-qurey; 
b) hayvon va parrandalarni biror harakatdan to’xtatish uchun qo’llanadigan: ishsh, xo’k, tak;   
v) Hayvon va parrandalarni biror ishni bajarishga undash uchun ishlatiladi: pisht, drr, xix, hov-hov, cho’k, tek, hayt, chu.
                                                                                                     
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

 

Abituriyentlarga yordam:chet ( English ) tilidan tayyorlov kurslari

Muallif RobiyaBo'lim Chet tillari

Javoblar: 119
Ko'rilgan: 89899
So'nggi javob 12 Mart 2010, 04:39:42
muallifi uzboy
Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari

Muallif RobiyaBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 191
Ko'rilgan: 169609
So'nggi javob 01 Avgust 2009, 11:45:00
muallifi MSJON
Abituriyentlar uchun yordam: tarixdan tayyorlov kurslari

Muallif RobiyaBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 370
Ko'rilgan: 254989
So'nggi javob 30 Iyul 2008, 17:09:04
muallifi Robiya
Yordamingiz kerak! Yordam beramiz!

Muallif Muslima_subhBo'lim Umumiy

Javoblar: 814
Ko'rilgan: 322997
So'nggi javob 03 May 2016, 10:51:47
muallifi Solihatun
Jonivorlar va insonlar tilidan qiziqarli mulohazalar

Muallif MohinurBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 14
Ko'rilgan: 10121
So'nggi javob 28 Iyun 2012, 01:09:50
muallifi azizbek_mx