Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari  ( 446101 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 19 B


Robiya  05 Mart 2008, 10:50:11

10.2 Olmoshlarning ma’no turlari.

1.Kishilik olmoshlari uchta shaxsni bildiradigan quyidagi olmoshlardir: men, sen, u, biz, siz, ular. Kishilik olmoshlari otlar kabi turlanadi. Men, sen olmoshlariga qaratqich, tushum kelishigi hamda — niki qo’shimchasi qo’shilganda, bir n tushib qoladi: mening singlim, seniki kabi. U kishilik olmoshiga jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishigi qo’shimchalari qo’shilganda, bir n orttiriladi: unga, unda, undan. Bu olmoshlarga egalik qo’shimchalari deyarli qo’shilmaydi. Kishilik olmoshlari gapda ega, to’ldiruvchi, qaratqich aniqlovchi, kesim, izohlovchi vazifalarini bajaradi.

2.O’zlik olmoshi narsa-buyumni aniqlab yoki ta’kidlab ko’rsatish uchun ishlatiladigan o’z so’zidir. Bu olmoshj narsa-buyumning shaxsga xosligini, tegishliligini yoki shaxsning tanholigini bildiradi: o’z uyi, o’z ukasi. O’zlik olmoshi egalik qo’shimchasini olib, unda shaxs o’rnida ham ishlatiladi va kishilik olmoshlariga sinonim bo’ladi: o’zim — men, o’zing — sen, o’zi — u.

O’zlik olmoshi turlanganda kelishik qo’shimchalaridan oldin egalik qo’shimchalari bo’lishi shart: o’ziga, o’zidan va boshqalar. O’z olmoshi belgisiz kelishik ko’rinishida qo’llanishi mumkin: O’z uying — o’zingning uying.

3.Ko’rsatish olmoshlari narsa-buyumni, kimsani ko’rsatish uchun ishlatiladigan olmoshlar: u, bu, shu, o’sha, ana, mana, ana shu, mana bu.

Kishilik olmoshi u bilan ko’rsatish olmoshi u ni gapdagi ma’nosiga qarab farqlash mumkin. Bunda u kishilik olmoshi kim? So’rog’iga, ko’rsatish olmoshi u esa qaysi? So’rog’iga javob bo’ladi. U, bu, shu, o’sha olmoshlari jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishiklarida turlanganda yoki ularga —day, -cha qo’shimchalari qo’shilganda, qo’shimcha oldidan bir i tovushi orttiriladi: Unga, bungam shunday, o’shanday, uncha.
  U, bu olmoshlari juftlanib har xil narsa va shaxs, unaqa-bunaqa tarzida belgining ortiqligi, uncha-muncha tarzida oz miqdor ma’nolarini ifodalaydi. Ko’rsatish olmoshlari ega, aniqlovchi, hol va kesim vazifalarini bajaradi.
4.So’roq olmoshlari biror narsa-buyum, belgi yoki son haqidagi so’roqni bildirgan olmoshlardir.

Kim, nima, so’roq olmoshlari shaxs va narsaga nisbatan ishlatiladi va birlik hamda ko’plikda qo’lanadi, egalik va kelishik qo’shimchalarini oladi: Kim so’zladi? Nimalarni ko’rding? Nimang bor? Nima olmoshi belgisiz kelishik shaklida kelishi mumkin: Nima (ni) olding?
  Qanday, qanaqa, qaysi olmoshlari belgini aniqlash uchun ishlatiladi: qanaqa odam, qaysi kitob. Qayerda, qani, qayoqqa, qachon, nega olmoshlari o’rin, payt, mavjudlik, sabab, maqsad kabilarni aniqlash uchun ishlatiladi: Qachon kelding? Qayerda yuribdi? Ukang qani? Qayoqqa ketdi? Nega keldi?

5.Belgilash olmoshlari predmet va shaxslarning yig’indisini bildiradi yoki ularni ayirib ko’rsatadi, shuning uchun ularni ikkiga bo’lish mumkin:

1)Jamlash olmoshlariga hamma, barcha, bari, jami, butun, yalpi so’zlari kiradi.
2)Belgilash olmoshlariga har so’zining o’zi va har kim, har nima, har bir, har qaysi kabi so’zlar kiradi. Har so’zi ayirib yoziladi.

Hamma, barcha, bari olmoshlari ko’plikni anglatadi. Belgilash olmoshlari egalik, kelishik, ko’plik qo’shimchalari bilan qo’llanadi: Hammalari jim. Har kimga aytaverma.

6.Bo’lishsizlik olmoshlari inkor ma’nosini bildirgan olmoshlardir. Bular hech so’zining o’zi va shu so’zning ba’zi so’roq olmoshlari bilan birikishidan hosil qilinadi, hech so’zi ayrim yoziladi. Bu olmoshlar egalik va kelishik qo’shimchalari bilan qo’llanadi: hech kimni ko’madim, hech nimam yo’q.

Hech so’zi yakka holda qo’llanganda, ko’pincha fe’llar oldida kelib, ravish vazifasini bajaradi: U hech qiynalmadi.
Kimsa so’zi ham bo’lishsizlik olmoshlari o’nida qo’llanishi mumkin: Buni kimsa (hech kim) bilmasligi kerak.

7.Gumon olmoshlari narsa, belgi yoki voqea haqidagi noaniq tasavvfruni bildirib keladigan olmosh turidir. Ular alla yordamida yoki — dir qo’shimchasi bilan hosil qilinadi: allakim, allanechanchi, allaqaysi, allaqayer, allaqayoq, allanechuk, allaqancha, kimdir, nimadir, qachondir, qandaydir, qayerdadir, qayergadir, negadir. Gumon olmoshlari so’roq olmoshlariga bir, ham so’zlarini qo’shish orqali yasalishi ham mumkin: Uni kim ham chaqirayotgan edi-ya. Akasi unga bir nima deganday bo'’di. (Ba’zan bir nima birikmasi bo’lishsiz olmosh o’rnida kelishi mumkin: Buni ko’rib bir nima demadi.) Bu olmoshlar birlik va ko’plikda keladi, kelishiklarda turlanadi: allakimlar, kimnidir kabi.

Qayd etilgan


Robiya  05 Mart 2008, 10:52:39

10.3 Boshqa turkumlarga oid so’zlarning olmoshlarga ko’chishi.

Quyidagi turkum so’zlarga tegishli ayrim so’zlar olmoshga ko’chadi:
1)Ot: odam, kishi, inson, nafas, ish;

2)Sifat: ba’zi, boshqa, ayrim, tubandagi, quyidagi;

3)Son: bir. Umuman olganda, bir, har, hech so’zlari bilan keladigan ko’pgina so’zlar olmoshga ko’chishi mumkin: hech narsa, bir narsa, har yerda.

Qayd etilgan


Robiya  05 Mart 2008, 10:54:35

10.4 Olmoshlarning tuzilish turlari.

1.Sodda olmoshlar: men, sen, kim, shu, qachon.
2.Qo’shma olmoshlar: ana shu, har kim, hech nima.
3.Juft olmoshlar: u —bu, unga — bunga, siz-biz.
4.Takroriy olmoshlar: shu-shu, o’sha-o’sha, kim-kim.

Keyingi mavzu: "œFe’l so’z turkumi"

Qayd etilgan


Robiya  12 Mart 2008, 10:35:48

11.1 Fe’lning ta’rifi va leksik-grammatik xususiyatlari.

Predmetning harakatini bildirib, nima qildi?, nima qilyapti/, nima qilmoqchi? So’roqlariga javob bo’lgan so’zlar fe’l deyiladi.
  Fe’llar bo’lishli va bo’lishsiz shakllarga ega, zamon va shaxs-son ifodalay oladi, o’zining vazifadosh (xoslangan) shakllariga ega, mayl ko’rsata oladi, o’timli-o’timsizlik xususiyatiga ega. Fe’llar gapda ko’pincha kesim vazifasini bajaradi: Kuz keldi.

Qayd etilgan


Robiya  12 Mart 2008, 10:38:49

11.2. Bo’lishli va bo’lishsiz fe’llar.
 
Bo’lishli fe’llar bajarilgan, bajarilayotgan va bajariladigan harakatni ifodalaydi: yozdi, yozyapti, yozmoqchi.
Bo’lishsiz fe’llar bajarilmagan, bajarilmayotgan, bajarilmaydigan harakatni bildiradi: yozmadi, yozmayapti, yozmoqchi emas. Bo’lishsiz fe’llar fe’l negiziga — ma qo’shimchasini qo’shish, fe’llardan keyin emas, yo’q so’zlari keltirish, fe’llardan oldin na so’zini keltirish yoki ohang yordamida hosil qilinadi: Yozgani yo’q. Na yozdi, na o’qidi. Boradi, boradi-ya! (bormaydi)

Qayd etilgan


Robiya  12 Mart 2008, 10:42:31

11.3. O’timli va o’timsiz fe’llar.

O’timli fe’llar tushum kelishigidagi so’zlarga bog’lana oladigan fe’llardir: o’qidi (kitobni), yozdi (xatni).

O’timsiz fe’llar esa tushum kelishigidagi so’zlarga bog’lana olmaydigan fe’llardir: yugurdi, bordi, turdi, o’tirdi, keldi.

Qayd etilgan


Robiya  12 Mart 2008, 10:46:58

11.4. Fe’l nisbat (daraja) lari.

Fe’lda ish-harakat bilan uning bajaruvchisi orasidagi munosabatning ifodalanishi fe’l nisbati deyiladi (ayrim darsliklarda daraja deyiladi).

Fe’l nisbatlari besh xil:1.Aniqlik nisbatdagi fe’llar harakatning ma’lum shaxs yoki predmet tomonidan bajarilishini bildiradi va ularda maxsus nisbat qo’shimchalari bo’lmaydi: o’qidi, kelyapti, bormoqchi.

2.O’zlik nisbatidagi fe’llar ish-harakatning boshqa buyumga o’tmay, bajaruvchining o’zida qolganini anglatadi. Bunday fe’llar unli bilan tugagan negizga, -i, -l, undosh bilan tugagan negizga —in, -il qo’shimchalarini qo’shish bilan hosil qilinadi (bir-ikkita fe’lda — (i)sh qo’shimchasi bilan yasalish bor: kerishdi, joylashdi): tarandi, sevindi, sudraldi. Quvonmoq, seskanmoq, faxrlanmoq, zavqlanmoq, otlanmoq afsuslanmoq fe’llari tarkibida —n ko’rsatkichi mavjudligiga qaramasdan, bu fe’llar aniqlik nisbatida hisoblanadi, chunki ular tarkibidagi —n qo’shimchasi ajratilmaydi. Yayra, qichqir, uxla, bor kabi fe’llardan o’zlik nisbat yasalmaydi.

3.Majhul nisbatdagi fe’llar ish-harakatning aniq bajaruvchisini ko’rsatmaydi. Bu fe’llar ham n, -in, -l, -il qo’shimchalari yordamida hosil qilinadi: to’kildi, to’plandi, ochildi, olindi. O’zlik va majhul nisbatdagi fe’llar bir xil qo’shimcha yordamida hosil bo’lganda, ularning qaysi nisbatdaligi gap mazmunidan yoki fe’ldan oldin o’zi so’zini keltirib ko;rish bilan aniqlanadi: Mukofotlar berildi. Alisher o’qishga berildi (1-fe’l majhul, 2-fe’l o’zlik nisbatdadir).

4.Birgalik nisbnatdagi fe’llar ish-harakatning bir necha shaxs yoki narsa-buyum tomonidan birgalikda bajarilganligini bildiradi va unli bilan tugagan negizga —sh, undosh bilan tugagan negizga —ish qo’shimchasini qo’shish bilan yasaladi. Bunday fe’llar ish-harakatning bir necha shaxs tomonidan bajarilganligini yoki birgalik-ko’plik ma’nolarini ifodalaydi: Karim va Ahmad maqola yozishdi. Bolalar paxta terishdi. To’   qnashi, boqishdi, qarashdi, aytishdi, tortishdi fe’llari hozirgi o’zbek tilida ajralmas holatga kelib qolganligi uchun aniqlik nisbatdadir.

5.Orttirma nisbatdagi fe’llar ish-harakatning boshqa biror shaxs yoki narsa-buyum vositasida bajarilganligini bildiradi va —t, -tir, -dir, -ir, -ar, -iz, -giz, -kiz, -g’iz, -gaz, -qiz, -sat qo’shimchalari yordamida hosil qilinadi: o’qish, keltir, yozdir, bitir, uchir, pishir, qochir, ko’rgaz, tomiz, yurgiz, ketkiz, tutqaz, o’tkaz, ko’rsat. Ayrim fe’llar orttirma nisbat shaklida yangi ma’no ifodalaydigan bo’lib qoladi va shuning uchun ularni aniq nisbatda qo’llab bo’lmaydi: erkalamoq — erkalatmoq (ikkala shaklda ham orttirma nisbat ma’nosini ifodalayapti). Bir fe’lda ikki-uch xil orttirma nisbat qo’shimchasi qo’shilishi mumkin: Yegiz — yegizdir, yozdir — yozdirtir. Fe’lning orttirma nisbati o’zlik va birgalik nisbatdagi fe’llardan ham hosil qilinishi mumkin: yuvintir, yig’ishtir. Orttirma nisbatdagi fe’llardan birgalik va majhul nisbatdagi fe’llar hosil qilinishi mumkin: isitildi, yozdirishdi. Birdan ortiq nisbat qo’shimchalarini olgan fe’llarning qaysi nisbatdaligi oxirgi nisbat qo’shimchasiga qarab be;gilanadi: yuvintirdi — orttirma nisbat, yuvintirildi — majhul nisbat, yuvintirishdi — birgalik nisbati.


Qayd etilgan


Robiya  12 Mart 2008, 10:49:43

11.5. Fe’llarning tuslanishi.

Fe’llar birlik va ko’plikda bo’ladi. Birlik shakli harakatning bir kishi tomonidan, ko’plik shakli esa birdan ortiq kishi tomonidan bajarilganini bildiradi. Harakat uch shaxs tomonidan bajariladi. 1-shaxs harakatning so’zlovchi tomonidan, 2-shaxs harakatning tinglovchi tomonidan, 3-shaxs harakatning o’zga (boshqalar) tomonidan bajarilganini bildiradi. Fe’llardagi birlik-ko’plikni va shaxsni ko’rsatuvchi qo’shimchalar shaxs-son qo’shimchalari deb ataladi. Fe’lning shaxs-son qo’shimchalarini olib o’zgarishi tuslanish deyiladi. Fe’llardagi shaxs-son qo’shimchalari tuslovchi qo’shimchalar ham deyiladi:

Shaxs                Birlik                          Ko’plik
1 — shaxs    Yozdim, yozaman, yozay (in)   Yozdik, yozamiz, yozaylik
2 — shaxs    Yozding, yozasan, yoz(gin)   Yozdingiz, yozasiz, yozing (iz)
3 — shaxs    Yozdi, yozadi, yozsin   Yozdi (lar), yozadi (lar), yozsin (lar)


Qayd etilgan


Robiya  12 Mart 2008, 10:52:46

11.6. Fe’l zamonlari

Fe’l ifodalangan ish-harakatning paytga munosabati fe’l zamonlari deyiladi. Fe’llarda uchta zamon mavjud:
1.O’tgan zamon fe’llari nutq paytidan oldin bajarilgan yoki bajarilmagan ish-harakatni bildiradi: yozdi, keldi, bordi.

O’tgan zamon fe’llari o’z navbatda besh turga bo’linadi:
1)Yaqin o’tgan zamon fe’llari —di qo’shimchasi va tuslanish yordamida hosil qilinadi: keldi, bordim.
2)Uzoq o’tgan zamon fe’llari —gan qo’shimchasi va edi, ekan fe’llarini tuslash yordamida hosil qilinadi: kelgan edi.
3)O’tgan zamon hikoya fe’llari (-i) b qo’shimchasini olgan fe’llarni tuslash yordamida hosil qilinadi: kelibman.
4)O’tgan zamon maqsad fe’llari —moqchi qo’shimchasi va edi fe’lini tuslash yordamida yasaladi: kelmoqchi edik.
5)O’tgan zamon davom fe’llari — (a)r qo’shimchasi va edi fe’lini tuslash yordamida yasaladi: kelar eding.

2.Hozirgi zamon fe’llari nutq paytining o’zida bajarilayotgan yoki bajarilmayotgan ish-harakatni bildiradi va ikki turga ajratuiladi:

1)Hozirgi zamon davom fe’llari —yap, -moqda, -yotir qo’shimchalari va tuslanish yordamida hosil qilinadi: kelyapti, bormoqda. Bu zamon turi yot, tur, yur, o’tir ko’makchi fe’llari yordamida ham yasaladi: yozib yotibdi, yozib turibdi, o’qib yuribdi, gaplashib o’tiribdi.
2)Hozirgi-kelasi zamon fe’llari —a yoki —y qo’shimchalari va tuslanish yordamida hosil qilinadi: boramnan, kelasan, o’qiyman.

3.Kelasi zamon fe’llari nutq paytidan keyin bajariladigan yoki bajarilmaydigan ish-harakatini bildiradi va iki turga ajratiladi:

1)Kelasi zamon maqsad fe’llari —moqchi qo’shimchasi va tuslanish yordamida yasaladi: boqmoqchiman, kelmoqchisan.
2)Kelasi zamon gumon fe’llari — (a)r  qo’shimchasi va tuslanish yordamida yasaladi: borarmiz, o’qirman.

Qayd etilgan


Robiya  18 Mart 2008, 11:58:54

11.7. Fe’l mayllari

So’zlovchining ish-harakatga moyilligi fe’l mayli deyiladi. Fe’llarda beshta mayl bor:
1.Xabar (ijro, aniqlik) maylidagi fe’llar ish-harakatning uch zamondan birida bajarilish-bajarilmasligini bildiradi: yozdi, kelyapti, bormoqchi. Bunday fe’llar darak gapning kesimi bo’lib keladi.

2.Buyruq-istak maylidagi fe’llar ish-harakat haqida buyruq, istak, maslahat, iltimos kabi ma’nolarni bildiradi: Bunday fe’llar — (a)y, -gin, -sin, -aylik, -ing(iz), -sinlar qo’shimchalari yordamida yasaladi: yozay, o’qiy, yozgin, yozsin, o’qiylik, boringlar.

3.Shart maylidagi fe’llar biror ish-harakatning bajarilishi uchun undan oldin bajarilishi shart bo’lgan ish-harakatni, biror ish-harakatning bajarilish-bajarilmasligi haqida istak, maslahat, faraz kabi ma’nolarni anglatadi va — sa qo’shimchasi yordamida hosil qilinadi: borsa, kelsam, yursak.

Bu mayldagi fe’llar sof shart ma’nosini (Kelsa, boramiz), orzu-istak (Qani endi, o’qishga kirsam), iltimos, maslahat (O’sha kishini chaqirib bersangiz), faraz (Yomg’ir yog’sa kerak), payt (Tashqariga chiqsam, ukam turibdi), buyruq-istak mayliga xos (Gapirsangiz-chi?) ma’nolarini ifodalaydi. Bu fe’llar ekan fe’li bilan qo’llansa, shart ma’nosiga istak ham qo’shiladi: o’qisa ekan"¦

4.Shartli mayldagi fe’llar bajarilishi biror harakatga bog’liq bo’lgan harakatni bildiradi va —(a)r, -mas qo’shimchalari bilan yasaluvchi sifatdoshga edi to’liqsiz fe’lining biror sharti bo’lgan, bajarilishi biror harakatga bog’liq bo’lgan harakatni bildiradi: U kelsa, men quvonar edim. Sen kelsang, men bormas edim.

5.Maqsad maylidagi fe’llar ish-harakatni bajaruvchining maqsadi, mo’ljali, niyatini bildiradi. Bu fe’llarning o’tgan zamon shakli, hozirgi zamon shakli va kelasi zamon shakllari bor: kelmoqchi bo’ldim, bormoqchi bo’lyapman, bormoqchi bo’laman va b.

Qayd etilgan