13.5. Ravishlarning yasalishi
1.Ravish yasovchi qo’shimchalar bilan: g’olibona, akalarcha. Ravishlar quyidagi ravish yasovchi qo’shimchalar yordamida boshqa so’z turkumlaridan, shuningdek, ravishlardan ham, yasaladi:
- cha: qisqacha, o’zicha, boshqacha, eskicha;
- larcha: qardoshlarcha, o’rtoqlarcha;
- chasiga: yangichasiga, toshkentchasiga, dehqonchasiga;
- siga: tikkasiga, yalpisiga;
- ligicha: xomligicha, tirikligicha, butunligicha;
- dek\day: o
- ‘qdek, qushday;
- lab: ertalab, ko’plab;
- ona: do’stona, fidokorona, g’olibona;
- an: umuman, taxminan, majburan;
- gacha: kechgacha, tushgacha;
- simon: erkalangansimon, uyalgansimon;
- namo: uyalgannamo, oliftanamo;
- lay(in): butunlay, tiriklayin;
- incha: ko’pincha, aksincha;
- siz, be - : to’xtovsiz, beixtiyor;
- chang: ko’ylakchang, kavushchang;
- in: oldin.
2.So’zlarni qo’shib ravish yasash. Bunda qo’shma, juft va takroriy ravishlar yasaladi. Qo’shma ravishlar asosan ikki so’zdan yasaladi va ularning quyidagi turlari ajratib yoziladi:
1)Tarkibida u, bu, shu olmoshlari bo’lgan payt va o’rin ravishlari: u yoqqa, bu yoqqa, u yerga, shu yerda va b.
2)Tarkibida har, hech, hamma, bir so’zlari bo’lgan ravishlar: har vaqt, har zamon, har qachon, hech vaqt, hamma vaqt, bir zum, bir necha.
3)Tarkibida alla- elementi bor bo’lgan ravishlar qo’shib yoziladi: allavaqt.Bir yo’la, birmuncha, birvarakayiga, birpas ravishlari ham qo’shib yoziladi.
Juft ravishlarning tub ravishlaridan hosil bo’lganlari kam: asta-sekin, bugun — erta va b.O’rin-payt kelishigidagi ba’zi ot va olmoshlatr ravishga qo’shib juft ravish hosil qilinadi:oyda-yilda,unda-bunda.
Juft ravishlar asosan quyidagicha yasaladi.
1)Bir-biriga yaqin ma’noli so’zlardan: eson-omon, ochiq-oydin.
2)Antonim so’zlardan: erta-kech, kecha-kunduz, ochin-to’qin.
Takroriy ravishlar quyidagicha yasaladi:
A)Ot bilan ot takrorlanadi: qator-qator, yildan-yilga qadam-baqadam;
B)Sifat bilan sifat: chaqqon-chaqqon, uzundan-uzoq, bekordan-bekorga;
C)Fe’l shakllari: uzil-kesil, bilinar-vilinmas, bora-bora, ura-sura, qayta-qayta, borib-borib, turib-turib, qo’yarda-qo’ymay;
D)Ravish bilan ravish: nari-beri, oldin-ketin, birin-ketin, unda-bunda, hali-beri;
E)Olmosh, son, taqlid va aralash holda so’zlarning takrorlanishidan: o’z-o’zidan, yakka-yakka, taqa-taq.
Juft ravishlar ham, takroriy ravishlar ham chiziqcha bilan yoziladi: asta-asta, nari-beri va b.
3.Bulardan tashqari, o’rin-payt va chiqish kelishigidagi so’zlarning ravishga aylanish holatlari ham uchraydi: yangidan, birdan, birga, boshda, charchamasdan, shoshmasdan, indamasdan, kabi.
4.Boshqa turkumlarning ko’chishidan hosil bo’lgan ravishlar: 1) Otlar ko’chadi: erta, indin, kecha, kech, kechqurun; 2) Sifatlar ko’chadi: yaqqol, baralla, tugal, bafurja, muttasil, vaqtli, rosa, baravar, uzluksiz, beomon; 3) Ravishdoshlar: osha, o’ta, qiya, qo’sha, qayta; 4) Taqlidiy so’zlar: shartta, taqqa, tappa, shig’a, chippa.