Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari  ( 446454 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 B


Robiya  12 May 2008, 12:00:08

18-Ma’ruza

Gapning ikkinchi darajali bo’laklari.

  Gapning ikkinchi darajali bo’laklari bosh bo’laklarga tobe bo’lib, ularni to’ldirib, aniqlab, izohlab keladi. Ikkinchi darajali bo’laklar 3 xil: to’ldiruvchi, aniqlovchi va hol.

Qayd etilgan


Robiya  12 May 2008, 12:06:00

18.1. To’ldiruvchi, uning turlari va ifodalanishi.

  Gapdagi biror bo’lakni to’ldirib, unga boshqaruv yo’li bilan tobe holatda bog’langan bo’lak to’ldiruvchi deyiladi. To’ldiruvchi asosan fel-kesimga bog’lanadi: Men bu gapni ukamdan eshitdim.

  To’ldiruvchi ikki xil bo’ladi:
  Vositasiz to’ldiruvchi harakatni o’ziga qabul qilgan, harakat bevosita o’ziga o’tgan predmetni bildiradi va kimni?nimani?qayerni? so’roqlariga javob bo’ladi. Bu to’ldiruvchi ko’pincha tushum kelishigi shaklidagi so’z bilan ifodalanadi, bunda u harakatni butunlay o’ziga qabul qilgan predmetni ifodalaydi:
1.Ot va olmosh bilan: Yosh havaskorlar ashulani zavq bilan aytdilar.

2.Otlashgan so’zlar bilan: Bo’linganni bo’ri yer.

3.Ibora bilan: O’ziga birovning oz-moz til tekkizganini ko’tarmasdi.

  Vositasiz to’ldiruvchi tushum kelishik qo’shimchasiz ham qo’llanadi: O’quvchilar hozir kitob o’qishyapti.
  Vositasiz to’ldiruvchi ba’zan chiqish kelishigidagi so’z bilan ham ifodalanadi, bunda u harakatni qisman o’ziga qabul qilgan predmetni ifodalaydi: Qani oshdan oling!
  Vositali to’ldiruvchi kimga?nimaga?kimda?nimada?kimdan?nimadan?kim bilan?nima bilan?kim haqida? Kabi so’roqlarga javob bo’ladi va quyidagicha ifodalanadi:

1)Ot yoki olmosh bilan: Ravshan sen bilan boradi.

2)Otlashgan so’z bilan: Yaxshiga yondash, yomondan qoch.

3)Ibora bilan: Og’zi bo’shga ishonib bo’lmaydi.

  Kop’makchilar yordamida shakllangan vositali to’ldiruvchilar bilan xuddi shu ko’rinishda shakllangan vaziyat hollari savollariga qarab farqlanadi: "œPaxta" mashina bilan terildi. (nima bilan? — to’ldiruvchi) Paxta zavq bilan terildi (qanday? - hol). Jo’nalish, o’rin-payt va chiqish kelishigidagi so’z doimo to’ldiruvchi bo’lib kelavermaydi, ular hol vazifasini ham bajaradi, bunda ham ular savolga qarab farqlanadi: U yolg’ondan hayron bo’ldi (qanday - hol). U akasidan eshitdi (kimdan? — to’ldiruvchi). U maktabga bordi (qayerga? - hol).

Qayd etilgan


Robiya  12 May 2008, 12:11:49

18.2. Aniqlovchi.

  Gapdagi biror bo’lakning belgisini yoki bir narsa buyumning boshqasiga qarashli ekanligini bildirgan bo’lak aniqlovchi deyiladi. Qattiq sovuq, mayda qor yog’yapti. Qovunning og’iri shirin bo’ladi.
  Aniqlovchi gap ichida egaga ham, kesimga ham, to’ldiruvchiga ham, holga ham tobe bo’la oladi. Oppoq mashina keng ko’chada navbatdagi chorrahani kesib o’tmoqda edi. Toshkent juda chiroyli shahar.
  Aniqlovchi ikki xil bo’ladi:

18.2.1. Sifatlovchi-aniqlovchi.

  Sifatlovchi-aniqlovchi predmetning belgisini, miqdorini, tartibini bildiradi va qanday?qanaqa?qaysi?qancha?nechanchi?necha?qayerdagi? kabi so’roqlarga javob bo’ladi.
  Sifatlovchi-aniqlovchi tomonidan aniqlangan bo’lak sifatlanmish deb yuritiladi. Sifatlovchi va sifatlanmish bitishuv yo’li bilan bog’lanadi: Notanish kishi unga qaradi.
  Sifatlovchi-aniqlovchi quyidagicha ifodalanadi:

1.Sifat, son, olmosh, sifatdosh, ravish, taqlid so’z bilan: Biz serjun va sergo’sht qo’ylarni ko’paytiryapmiz.

2.Ot bilan: Asfal’t yo’ldan mashinalar g’iz-g’iz o’tib turibdi. Bunday aniqlovchilar ba’zan majoziy (ko’chma) ma’noni ifodalashi mumkin: Kumush choyshab yopib dalalar"¦

3.Ibora bilan: Unda og’zining tanobi qochadigan odat bor.

4.So’z birikmasi bilan (sifatlovchi va sifatlanmish,qaratuvchi va qaralmish, to’ldiruvchi va to’ldirilimish, hol va hollanmish birikmalari sifatlovchi-aniqlovchi bo’lib keladi): U birinchi kungi ishni yakunladi. Ukamning uyidagi mollarni ham olib ketishibdi. Menga tegishli bo’lakni qoldiring. Ertaga bo’ladigan majlis qoldirildi.

  Ba’zan sifatlovchi aniqlovchilar so’z birikmalari bilan ifodalanib, yoyiq holda kelishi mumkin: Misdek qizarib turgan yuzini ikki kafti orasiga olib, peshonasiga yuzini bosdi.


Qayd etilgan


Robiya  12 May 2008, 12:16:36

18.2.2. Qaratqich — aniqlovchi.

  Qaratqich — aniqlovchi biror narsa tegishli, qarashli bo’lgan shaxs yoki predmetni bildiradi va kimning?nimaning?qayerning? so’roqlariga javob bo’ladi. Qaratqich-aniqlovchi tomonidan aniqlangan bo’lak qaralmish deb yuritiladi. Qaratqich va qaralmish moslashuv orqali birikib, shaxs va sonda albatta moslashgan bo’ladi: Odamning qo’li gul.

  Qaratqich — aniqlovchi, odatda quyidagicha ifodalanadi:

1.Qaratqich kelishigidagi ot, olmosh bilan: Gulnor yigitning so’zlarini diqqat bilan tingladi.

2.Qaratqich kelishigidagi otlashgan so’zlar bilan: O’nning yarmi — besh.

3.Ibora bilan: Og’zi bo’shning ichida gap yotmas.

  Qaratqich — aniqlovchi —ning qo’shimchasisiz ham qo’llanadi: Bolalar xonasi ozoda edi.

Qayd etilgan


Robiya  12 May 2008, 12:20:47

18.3. Izohlovchi.

  Izohlovchi aniqlovchining alohida bir ko’rinishi bo’lib, bunda izohlovchi ot boshqa bir otni izohlaydi. Izohlovchi izohlagan ot izohlanmish bo’ladi: General Sobir Rahimov.
  Izohlovchi va izohlanmish umumiy va aniq ma’noni bildiruvchi ot izohlovchi, umumiy ma’noni bildiruvchi ot izohlanmish bo’ladi. Yozuvda ular orasiga chiziqcha qo’yiladi: mexanik — haydovchi. Izohlovchilar unvon, kasb, laqab, qarindoshlik, jins, o’xshatish, taxallus kabilarni ifodalash uchun xizmat qiladi. O’xsahtishni bildirgan izohlovchi bilan izohlanmish orasiga chiziqcha qo’yiladi: ona — Vatan.
  Gazeta, jurnal, korxona, muassasa va hokazolarning nomini bildirgan atoqli otlar ham izohlovchining bir turi hisoblanadi: "œYoshlik" jurnali, "œTurkiston" gazetasi. Bunday izohlovchilar shaxs nomi bilan ifodalansa, qo’shtirnoqqa olinmay nomli, nomidagi so’zlari bilan birga qo’llanadi: Oybek nomli mahalla.

Qayd etilgan


Robiya  12 May 2008, 13:31:24

18.4. Hol.

  Ko’pincha fe’l-kesimga bog’lanib, uning belgisini bildirgan bo’lak hol deb ataladi: Minbarga notiqlar birin-ketin chiqa boshladilar.
  Hol ba’zan fe’ldan boshqa turkumga ham bog’lanadi: Ko’chada odam ko’p.
  Hol’ ma’nosiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:

1.O’rin holi qayerga? Qayerdan? Qayoqqa? Qayerdan? Kabi so’roqlarga javob bo’ladi va ko’pincha o’rin ravishi, ot, olmoshlar bilan ifodalanadi: Bolalar ko’chaga chiqib ketishdi. U orqadan qochdi.

2.Payt holi qachon? Qachongacha? Qachondan beri? Qayvaqt? Kabi so’roqlarga javob bo’ladi va ko’pincha ot, payt ravishi, olmosh, payt ravishdoshi, sifatdosh, harakat nomi, son, sifat bilan ifodalanadi: Imtihonlar yozda bo’ladi. Bugun maktabni yonidan o’tdim. Shunda men bir sapchib tushganman. Qo’lim bo’shida o’qiyman. Yig’ilish uchda bo’ladi.

3.Miqdor holi qancha? Qanchalab? Nechalab? Necha marta? Kabi so’roqlarga javob bo’ladi va ko’pincha miqdor-daraja ravishlari, son, sifat va miqdor-daraja ma’nosini bildirgan so’z birikmalari bilan ifodalanadi: Men juda ko’p qayg’urdim. O’n marta eshitgandan, bir marta ko’rgan afzal. Bular qop-qop terib qo’yishdi. Men o’ylagan darajada qilisharmikan?

4.Vaziyat (ravish, tarz) holi qanday? Qay holda? Qay tarzda? Kabi so’roqlarga javob bo’ladi. Vaziyat hollari ravish, ravishdosh, ot, sifat, olmosh, taqlidiy so’zlar, ibora bilan ifodalanadi: U diqqat bilan tingladi. U shoshmasdan jo’nadi. Daraxt barglari duv to’kildi. U qorovul bo’lib turdi. Boshini eggan holda kelardi.

Qayd etilgan


Robiya  12 May 2008, 13:34:31

  Ravishdosh bilan ifodalangan vaziyat holi o’ziga tobe bo’lgan bo’laklar bilan so’z birikmasini hosil qilishi mumkin: Eshikni sekin ochib, ichkariga qaradi. Bu yoyiq vaziyat holi deyiladi.

1.Sabab holi nima sababdan? Nima sababli? Nima uchun? Nimaga? Nega? Kabi so’roqlarga javob bo’ladi va quyidagicha ifodalanadi: a) —lik, -siz+lik, -gan+lik qo’shimchali chiqish kelishigidagi otlar, sifatdoshdan keyin —dan qo’shimchasini keltirish bilan: Shodligidan qul Tarlon, to’xtamadi yig’idan. b ) —gani, -ganligi qo’shimchali so’zlardan keyin sababli, tufayli, uchun so’zlaridan birini keltirish bilan: U o’qimagani uchun bilmadi.

2.Maqsad holi nima maqsadda? Nima uchun? Nima qilgani? Nima qilgali? Nega? Kabi so’roqlariga javob bo’lib, quyidagicha ifodalanadi:

a)Jo’nalish kelishigidagi harakat nomi yoki harakat nomidan keyin uchun ko’makchisini keltirish bilan: U o’qish uchun keldi.

b)Maqsad ravishdoshi bilan: U o’qigani keldi.

c)Fe’ldan so’ng uchun, deb so’zlarini keltirish bilan: O’qiyman deb keldi.

d)Harakat nomidan keyin maqsadda, maqsadida, maqsadi bilan so’zlarini keltirish yordamida: Gulnor opa bafurja gaplashish maqsadida keldi.

e)Shart holi nima qilsa (-m, -ng, -k, -ngiz) so’rog’iga javob bo’ladi va bir harakatning bajarilishi uchun shart bo’lgan ish-harakatni bildiradi: Eksang o’rasan. Qaytarish sharti bilan oldi.

f)To’siqsizlik holi nima qilsa (-m, -ng, -k, -ngiz) ham, -da? So’roqlariga javob bo’lib, bir ish-harakatning bajarilishi uchun to’siq bo’la olmaydigan ish-harakatni bildiradi va shart fe’li+ ham (-da), ravishdosh, sifatdosh+bilan ko’makchisi, qaramay, qaramasdan so’zlari qatnashgan qurilma orqali ifodalanadi: Chaqirilmasa ham qatnashdi. Kichik bo’lgani bilan ancha og’ir edi. Shoshganiga qaramay kutib turdi.


Qayd etilgan


Robiya  12 May 2008, 13:38:29

18.5. Gap bo’laklarining tartibi.

  Bu tartib ikki xil:

1.Odatdagi tartib:

1)Ega (o’z aniqlovchisi bilan) oldin, kesim gapning oxirida keladi: Yosh havaskorlar to’plandilar.

2)Payt holi egadan oldin keladi: Bugun yosh havaskorlar to’plandilar.

3)To’ldiruvchilar o’z aniqlovchisi bilan egadan keyin keladi: Bugun yosh havaskorlar dehqonlarga katta tomosha ko’rsatdilar.

4)Vaziyat holi kesimdan oldin keladi: Daryo uzoqda tovlanib ko’rinardi.

2.O’zgargan tartib (bu inversiya deyiladi):

1)Ega kesimdan keyin keladi: Yashasin mustaqillik!

2)To’ldiruvchi kesimdan keyin keladi: To’xtat suvni!

3)Vaziyat holi fe’l-kesimdan keyin keladi: Shamol esadi g’ir-g’ir.


Keyingi mavzu: Uyushiq va ajratilgan bo’lakli gaplar.


Qayd etilgan


Robiya  21 May 2008, 17:24:03

                                        Uyushiq va ajrattilgan bo’lakli gaplar.

                                   19.1. Uyushiq bo’laklar haqida umumiy ma’lumot.

  Har bir gap bo’lagi gapda birdan ortiq bo’lishi mumkin. Bunday gaplar uyushiq bo’lakli gaplar deb yuritiladi: Buvim menga xo’mrayib qaraydi, lekin indamaydi.
  Gapning bosh va ikkinchi darajali bo’laklari uyushib kela oladi.
  Bir xil so’roqqa javob bo’lib, gapdagi bir bo’lakka bog’langan bo’laklar gapning uyushiq bo’laklari deb ataladi. Bu bo’laklar o’zaro teng bog’lovchilar yoki sanash ohangi bilan bog’lanadi: Bola goh menga, goh unga qarar edi.
  Uyushiq egalar shaxsni anglatsa, kesim birlikda ham, ko’plikda ham bo’lishi mumkin: Karim, Salim va Anvar keldi (lar). Uyushiq egalar jonsiz narsalarni ifodalasa, kesim odatda, birlikda bo’ladi: Stol va stullar tartibga keltiriladi.
  Gapda ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmalari uyushiq kesim bo’lib kelganda ba’zan ko’makchi fe’l yetakchi fe’llarning eng so’nggisiga bog’lanib kelishi mumkin: O’n yoshidan beri yedirib, ichirib, kiydirib kelyapman.
  Uyushiq bo’laklar yoyiq holda ham bo’ladi: Ma’ruzachiga qiziq, kishini hayratga qoldiradigan savollar berishdi.
  Uyushiq bo’laklar juft-juft bo’lib ham qo’llanadi: Sherali qo’rqmas va kamtar, kamgap va qaysar bir bola edi.

Qayd etilgan


Robiya  21 May 2008, 17:29:27

19.2. Uyushiq bo’laklarda ko’plik, egalik va kelishik qo’shimchalarining qo’llanishi.
 
  Bu qo’shimchalarning qo’llanishi ikki xil bo’ladi:

1.Son (ko’plik), egalik va kelishik qo’shimchalari uyushiq bo’laklarning oxirgisiga qo’shiladi:[b/] Noma va arizalarning ba’zilari mirzo, muftilarga havola qilinar edi.
2.Gapdagi uyushiq bo’laklarning har birida son, egalik, kelishik qo’shimchalari alohida-alohida takrorlanadi: Qor sovug’i qo’llarimni va oyoqlarimni, peshonamni yalab tursa-da, menga juda yoqimli tuyuldi.
  Nutqda son, egalik va kelishik qo’shimchalarning uyushiq bo’laklarda har xil ishlatilish hollari ham uchraydi: Bolalar yaslilari va bog’chalarida maktablarda mehnatkashlarning farzandlari tarbiyalanmoqdalar.
  Gapda uyushiq bo’laklar bog’lovchilarsiz, sanash ohangi bilan biriktiruv bog’lovchilari (va, hamda), ular vazifasidagi —u, -yu yuklamalari, bilan ko’makchisi, zidlov bog’lovchilari (ammo, lekin, biroq), na yuklamasi, -da yuklamasi, goh yoki, yoxud, dam, ba’zan, yo kabi ayiruv bog’lovchilari bila bog’lanib keladi: Mashina sekinladi, lekin to’xtamadi.
  Gapning uyushiq bo’laklari guruh-guruh bo’lsa, bir-biridan nuqtali vergul bilan ajratiladi: Yutib chiqish uchun ot chopqir, zotdor bo’lishi, yaxshi toblanib, sovitilishi; chavandoz usta, epchil bo’lishi kerak.

Qayd etilgan