Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari  ( 446135 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 B


Robiya  21 May 2008, 17:31:03

19.3. Umumlashtiruvchi bo’lak va unda tinish belgilarining ishlatilishi.
  Uyushiq bo’lakli gaplarda so’zlarni jamlovchi umumlashitruvchi bo’lak bo’lishi mumkin. Ko’pincha belgilash, bo’lishsizlik olmoshlari va jamlovchi ot, jamlovchi sonlar umumlashtiruvchi bo’lak bo’lib keladi: Uylar, daraxtlar, ko’chalar — hammasi qorong’ulik qa’riga cho’mdi.
  Umumlashtiruvchi bo’laklar uyushiq bo’laklardan oldin kelsa, undan keyin ikki nuqta qo’yiladi: Qudratning oldidan ikki o’rtog’i: Ilhom va Rustam chiqib keldi. Umumlashtiruvchi bo’lak uyushiq bo’laklardan keyin kelsa, undan oldin tire qo’yiladi: Shu hovli-joy, mana shu daraxtlar, kursi, so’ri — hammasi meniki.   

Qayd etilgan


Robiya  21 May 2008, 17:33:48

19.4. Uyushiq va uyushmagan aniqlovchilar.
  Sanash ohangi bilan aytiladigan va yozuvda vergul bilan ajratiladigan aniqlovchilar uyushiq aniqlovchilar deb yuritiladi: Yo’lda ba’zan oq, pushti, sariq    va qizil gullar uchraydi. Sanash ohangi bilan aytilmaydigan, yozuvda orasiga vergul qo’yilmaydigan aniqlovchilar uyushmagan aniqlovchilar deyiladi: Mart oyidan mayin yoqimli shaboda esa boshlaydi. Uyushmagan sifatlovchi aniqlovchilar sifatlanmishning turli tomoniga oid belgilarni anglatadi: Mashina katta tekis yo’lga chiqib oldi.

  Ayrim uyushmagan aniqlovchilar sanash ohangi bilan aytilsa, uyushiq sifatlovchi-aniqlovchiga aylanib ketishi mumkin: Maktabda keksa tajribali o'’ituvchilar bor degan gapda yoshi ulug’ va tajribali o’qituvchilar haqida gap ketyapti. Maktabda keksa, tajribali o’qituvchilar bor gapida esa yoshi ulug’ hamda yoshidan qat’iy nazar tajribali o’qituvchilar haqida gap ketyapti.
  "œVijdonsiz, to’ng’iz odam" kabi gaplarda ham uyushiq aniqlovchilar bor.

Qayd etilgan


Robiya  21 May 2008, 17:36:17

19.5. Ajratilgan izoh bo’lakli gap.

  O’zidan oldingi bo’lakni izohlagan bo’lak ajratilgan izoh bo’lak deyiladi: Men ishni mana shundan, ya’ni tushuntirishdan boshladim.
  Ajratilgan bo’laklarning uyushiq bo’laklardan farqi shundaki, ular bir tushunchaning ikkita nomidir, ya’ni bir shaxs yoki bir narsa ikki marta nomlanadi, uyushiq bo’laklar esa bir necha shaxs yoki narsani ifodalaydi.
  Gap bo’laklarining ajratilishida gapda so’z tartibining o’zgarishi, gap bo’laklarining kengayishi, bir bo’lakning o’zidan oldingi bo’lakni izohlashi bir bo’lakni boshqalardan ajratib bo’rttirib ko’rsatish zaruriyati kabilar sabab bo’lishi mumkin, Ko’chada borar, g’amgin va o’ychan. Ukasi, ko’zlari chqnagan, unga g’azab bilan qaradi. Oldinda, muyulishda, bir qora ko’rindi. U har kuni, quyosh tikka kelganda, shaharga tushadi.

Quyidagi gap bo’laklari ajratiladi:

1.Ajratilgan izoh to’ldiruvchi o’zidan oldingi to’ldiruvchini izohlab keladi: Oyimni, ya’ni Savriniso Madumarovani, ishga olishdi.

  To’ldiruvchi tashqari, boshqa, o’rniga, bilan, birga kabi so’zli birikmalar bilan ifodalanganda ham ajratiladi: Mendan tashqari, u ham bor.

2.Ajratilgan izoh aniqlovchi o’z navbatida quyidagi turlarga bo’linadi:

1)Ajratilgan izoh qaratqich aniqlovchi o’zidan oldingi qaratqich aniqlovchini izohlaydi: Bir necha kishilarning, ayol va erkaklarning qorasi ko’rindi.
2)Ajratilgan sifatlovchi-aniqlovchi aifatlanmishdan keyin kelib uni izohlaydi: G’ulomov, yalang bosh, tollar tagida aylanib yuradi.
3)Ajratilgan izohlovchi kishilik olmoshlari, ot va otlashgan so’zlar bilan ifodalanib, o’zidan oldin kelgan bo’lakni izohlaydi: Biz, yoshlar, buni esdan chiqarmasligimiz kerak.

3.Ajratilgan izoh hol gapda o’zidan oldingi holni izohlab keladi. Quyidagi hol turlari ajratiladi:

1)O’rin: Uning qo’lidan ushlab ichkariga, mehmonxonaga, boshldi.
2)Payt: Anjuman bugun, soat beshda, boshlanadi.
3)Ravish (vaziyat): Qo’llar ishlar tez — mo’jizakor.
4)Maqsad: Shaharga borish uchun, ya’ni o’g’limni ko’rish uchun, ulov qidirdim.
5)Miqdor-daraja: Bugun sizni yana, ikkinchi marta kechirishdi.

Ko’pincha ravishdosh va sifatdosh bilan ifodalangan hollar ham kengaygan holda ajratilishi mumkin (bular ayrim darsliklarda ravishdosh o’ram va sifatdosh o’ram deb ataladi): O’zidan o’zi hadiksirab, atrofga olazarak boqadi. Otasi, ikki qo’ltig’ida narsa ko’targan holda, yo’lga tushdi.
  Ba’zan kesim ham ajratilishi mumkin:

1)Fe’l-kesim: Men unga yordamlashdim — supurdim, tozaladim.
2)Ot-kesim: U shoir — inson ruhining bilimdoni.

Qayd etilgan


Robiya  21 May 2008, 17:38:04

19.6. Ajratilgan izoh bo’laklarda tinish belgilarining ishlatilishi.

  Yozma nutqda izoh bo’laklar ko’pincha vergul va tire bilan ajratiladi:

1.Izoh bo’laklar ikki tomonidan vergul bilan ajratiladi: Kanal bo’yidagi choyxonada, avtobus bekatida, A’zamjon uchradi.
2.Izoh bo’laklarning o’z ichida vergul bo’lsa, ikki tomoniga tire qo’yiladi: Endi odamlar — otliq, piyoda, yoshqari — uchray boshladi.
3.Bosh kelishikdagi kishilik olmoshini izohlagan bo’laklardan avval tire, keyin vergul qo’yiladi: Men — Saidova Ra’no, VII sinfda o’qiyman.

  Yozma nutqdagi Otam — Ilyos Samadov, zavodda ishlaydi kabi gaplarda ham shunday.


Keyingi mavzu: Gapning tuzilish jihatidan turlari.

Qayd etilgan


Robiya  28 May 2008, 10:21:56

                                       Gapning tuzilish jihatidan turlari.

  Gaplar tuzilish jihatdan ikki xil bo’ladi va ular o’zaro grammatik asoslar miqdoriga ko’ra farqlanadi:

1.Sodda gaplarda bitta ega va kesim munosabati, ya’ni bitta grammatik asos mavjud bo’ladi: Dars boshlandi. Yomg’ir yog’yapti.
2.Qo’shma gaplarda ikki va undan ortiq ega va kesim munosabati, ya’ni grammatik asos mavjud bo’ladi: Qo’ng’iroq chalindi va dars tugadi.

Qayd etilgan


Robiya  28 May 2008, 10:22:35

20.1. Sodda gaplar va ularning turlari

  Sodda gaplar grammatik sosga ko’ra ikki guruhga bo’linadi:

1)Bir bosh bo’lakli gaplarning grammatik asosida bir bosh bo’lak mavjud bo’ladi: Ota-onalarga yordam berdik.
2)Ikki bosh bo’lakli gaplarning grammatik asosida har ikkala bosh bo’lak ham, ya’ni ega va kesim ham qatnashadi: Biz maktabga bordik.

Qayd etilgan


Robiya  28 May 2008, 10:23:37

                               20.1.1. Ikki bosh bo’lakli gaplarning turlari.

1.Yig’iq ikki bosh bo’lakli gaplar tarkibida bosh bo’laklargina mavjud bo’ladi: O’quvchilar yig’ildilar. Ba’zan ega va kesim birikma bilan ifodalanib, kengayib keladi va ikkinchi darajali bo’laklar borga o’xshab ko’rinadi, lekin bu gaplar ham yig’iq gaplar hisoblanadi: Yigit ham shunaqa bo’ladimi? Ikki dugona termilib qolishdi.
2.Yoyiq ikki bosh bo’lakli gaplar tarkibida bosh bo’laklardan tashqari, ikkinchi darajali bo’laklar ham qatnashadi: O’quvchilar maktab zaliga yig’ildilar.

Qayd etilgan


Robiya  28 May 2008, 10:25:25

20.1.2. Bir bosh bo’lakli gaplarning turlari.

1.Shaxsi ma’lum (aniq) gaplar kesimiga qarab egani aniqlash mumkin bo’lgan gaplardir: Yutuqlar oldida esankiramaylik (Biz).

2.Shaxsi noma’lum (noaniq) gaplar kesimiga qarab ish-harakatning haqiqiy bajaruvchisini aniqlash mumkin bo’lmagan gaplardir: Yaxshini maqtaydilar, yomonni uyaltiradilar. (kesim 3-shaxsdagi fe’l bilan ifodalanganda, shaxsi ma’lum va shaxsi noma’lum gaplar quyidagicha farqlanadi: shaxsi ma’lum gapda so’zlovchi o’ziga tanish shaxs haqida so’z yuritadi, shaxsi noma’lum gapda esa o’zi shaxsan tanimagan shaxs (lar) haqida so’z yuritadi: Bugun keldi — shaxsi ma’lum gap. Sevgini chidaganga chiqargan — shaxsi noma’lum gap).

3.Shaxsi umumlashgan gaplar mazmunan har uchala shaxsga taalluqli bo’lgan gaplardir: Sanamay sakkiz dema.

  Bunday gaplarning kesimi odatda, II shaxs birlikda buyruq maylidagi fe’l bilan ifodalansa ham, mazmunan barchaga qaratilgan bo’ladi, shuning uchun ega ifodalanmaydi. Xalq maqollari shaxsi umulashgan gaplar orqali ifodalanadi: Bugungi ishni ertaga qo’yma.

4.Shaxsi topilmas (shaxssiz) gaplar egasini topib ham, gap tarkibiga kiritib, ham bo’lmaydigan gaplardir: U yerda intizom haqida so’zlashga to’g’ri keldi.

  Shaxsi topilmas gaplarning kesimlari III shaxs mavjud nisbatdagi fe’llar, bo’ladi, bo’lmaydi so’zlari orqali, -mas qo’shimchali so’z orqali, harakat nomidan keyin kerak, zarur, lozim, mumkin so’zlarini keltirish orqali ifodalanadi: Raisning o’zi haqida gapirilsin! Mehnatsiz rohatga erishib bo’lmaydi. Oyni etak bilan yopib bo’lmaydi. Ertalabki salqinda yetib borish kerak.

5.Atov (nominativ) gaplar bosh kelishikdagi ot orqali ifodalangan grammatik asos yordamida ifodalangan narsa-buyumning borligini, mavjudligini anglatadi va ko’pincha badiiy va publitsistik asarlarda payt va o’rinni ifodalash uchun ishlatiladi: Kuz. Izg’irin shabada esyapti. Atov gaplar matnda yolg’iz qo’llanmaydi, ulardan keyin uning mazmunini ochuvchi boshqa bir gap kelishi zarur.

Atov gaplarning oxirga, odatda nuqta qo’yiladi, agar kuchli ohang bilan aytilsa, undov belgisi qo’yiladi: Tog’lar! Baland tog’lar!

6.Infinitiv gaplar grammatik asosi harakat nomi bilan ifodalanadigan, yakka so’z yoki so’z birikmasidan iborat bo’lgan gaplardir: Sevish! Bu qanday baxt! Birovni kutish! Bundan azob narsa bo’lmasa kerak!

Qayd etilgan


Robiya  28 May 2008, 10:26:08

20.1.3. So’z-gaplar haqida ma’lumot.

  Nutqda ha, yo’q, xo’p, mayli so’zlari hamda eh, uh kabi undovlar bilan ifodalangan so’z-gaplar ham qo’llanadi. Bu gaplar sodda gaplarning bir turi hisoblanadi: Ertaga unikiga borasizmi? — Ha.
  So’z-gaplar tasdiq, inkor, so’roq his-hayajon ifodalovchi turlarga bo’linadi. Yozuvda so’z-gaplarning oxiriga nuqta, undov belgisi, ko’p nuqta qo’yilishi mumkin. Ha, yo’q, mayli so’zlaridan keyin vergul qo’yilib, keyin gap bo’laklari qo’llansa, bu so’zlar kirish so’zlar hisoblanadi va so’z-gaplar hisoblanmaydi: - Kecha muzeyga bordingizmi? — Ha, bordik.
  Ofarin, tashakkur, rahmat, barakalla, salom, marhamat, uzr kabi so’zlar bilan ifodalanib, minnatdorlik, salomlashish, kechirim, iltimos kabilarni ifodalaydigan gaplar ham so’z-aplar hisoblanadi.

Qayd etilgan


Robiya  28 May 2008, 10:27:09

20.1.4. To’liq va to’liqsiz gaplar haqida ma’lumot.

  Fikrni ifodalash uchun zarur bo’lgan gap bo’laklarining barchasi qatnashgan gaplar to’liq gaplar deyiladi: Ulardan xat keldimi?
  Nutq vaziyatidan ma’lum bo’lgan ayrim bo’laklari tushirilgan gaplar to’liqsiz gaplar deyiladi: - Siz maktabga borasizmi? — Boraman (ega — men, hol-maktabga tushirilgan).
  To’liqsiz gaplarning turlari:

1)Dialogik nutq tarkibidagi: Kim kelmadi? Ahmad.
2)Ibora tarzidagi: Tug’ilgan kuningiz bilan! Navro’zingiz muborak!
3)Qo’shma gap tarkibidagi: Yaxshidan ot qoladi, yomondan dod (qoladi).

 To’liqsiz gaplar suhbatda, so’zlashuv nutqida va badiiy asarlarda ko’proq qo’llanadi.

Qayd etilgan