20.2.2. Kirish so’z, kirish birikmava kirish gaplar haqida
So’zlovchining o’zi bayon qilgan fikriga munosabatini bildirgan so’z
kirish so’z, shunday so'z birikmasi esa
kirish birikma deb yuritiladi.Kirish so’zlar va kirish birikmalar asosan modal so’zlar bilan ifodalanib, quyidagi ma’nolarni bildiradi:
1.Ishonch va tasdiqni: Albatta, shubhasiz, ma’lumki, haqiqatan, darhaqiqat, haqiqatan ham, so’zsiz.
2.Gumonni: ehtimol, shekilli, chamasi, balki, taxminimcha, mumkin.
3.Shodlik va achinishni: baxtimga, batxga qarshi, attang, afsus.
4.Bayon qilingan fikrning kimga qarashli ekanligini: menimcha, mening fikrimcha, uning aytishicha, aytishlaricha, sizningcha.
5.Bayon qilingan fikrning tartibini: birinchidan, ikkinchidan,"¦
6.Bayon qilingan fikrning oldingi fikr bilan bog’liqligini: demak, shunday qilib, umuman, aksincha, ba’zan, aks holda , xullas, shuningdek, ayniqsa, asosan, binobarin, xususan.
7.Tasdiq yoki inkorni: ha, yo’q, mayli, to’g’ri.
Kirish so’z yoki birikma gapning boshida kelsa, undan keyin, gapning o’rtasida kelsa, ikki tomoniga, gapning oxirida kelksa, undan oldin vergul qo’yiladi: Nihoyat, ular jo’nashdi. Ular, nazarimda, ketishdi. Hali-beri qishning keti ko’rinmaydi, shekilli.
So’zlovchining o’zi bayon qilgan fikrga qo’shimcha mulohazasini bildirgan gap kirish gap deyiladi. Kirish gap asosiy fikrni to’ldirish, izohlash uchun ishlatiladi. Kirish gap, odatda, vergul bilan ajratiladi: Biz, sinf rahbarimiz aytdi, ertaga sayohatga boramiz.
Kirish gap yoyiq bo’lsa, tire bilan ajratiladi yoki qavs ichiga olinadi: Mirzakarimboy boshqalarga maqtanmasa ham (maqtanchoqlikni yomon ko’rar edi), ba’zi vaqt ichidan faxrlanadi (O.). Qabulxona — bu yer ilgari katta boyning mehmonxonasi bo’lgan bo’lsa kerak — qorong’u edi.
Kirish gaplarning tuzilish jihatidan turlari:
1)Bir bosh bo’lakli: U yog’ini so’rasang, aytaymi, men bunga rozi emasman.
2)Ikki bosh bo’lakli: Ibrohimov, Qurbon ota aytmoqchi, gullarni o’z ilmidan bahramand qildi.