Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari  ( 446172 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 B


Robiya  28 May 2008, 10:27:39

20.2. Undalmali va kirish so’zli gaplar haqida ma’lumot.

 Nutqda gap bo’laklari bilan grammatik bog’lanmaydigan so’zlar qatnashadigan gaplar ham qo’llanadi. Bunday so’zlar ma’no jihatidan butun gapga yoki uning biror bo’lagiga aloqador bo’ladi. Bular undalma, kirish so’z, kirish birikma va kirish gaplardir. Bunday birliklarga sintaktik aloqa amal qilmaydi, ular boshqa gap bo’laklari bilan sintaktik jihatdan bog’lanmaydi.

Qayd etilgan


Robiya  28 May 2008, 10:28:29

20.2.1. Undalma.

  So’zlovchining nutqi qaratilgan shaxsni bildirgan so’z undalma deyiladi. Undalma odatda ikkinchi shaxsga qaratilgan bo’ladi. She’riy asarlarda shoir ba’zan o’ziga, ya’ni so’zlovchiga ham qarata murojaat qilishi mumkin: Nazm tuz, Erkin, axir, erkin zamondur bu zamon. — Undalma boshqa gap bo’laklari bilan faqat mazmunan bog’langan bo’ladi.
  Ayrim hollarda, ayniqsa she’riy asarlarda hayvonlar, qushlar, jonsiz narsalarning nomini bildirgan so’zlar ham undalma bo’ladi: Quyosh, nuring to’ka ber mo’l-ko’l! Bahor, ketma bizning bog’lardan! Bir so’z bilan ifodalangan undalma yug’iq undalma deyiladi: Bugun menga bir qarashib yubormaysanmi, Otabek? So’z birikmasi bilan ifodalangan undalma yoyiq undalma deyiladi: Ey, usta Parfi, keling, bormisiz? Undalmani kuchli ifodalash uchun undalmadan oldin, e, ey, hoy, obbo kabi undovlar ham qo’llanadi, bulardan keyin vergul qo’yiladi.
  Undalmalar quyidagicha ifodalanadi:

1)Ot: Hamid, badiiy o’qish to’garagiga qatnashasanmi?
2)Olmosh: Hoy, sen, menga qarachi.
3)Otlashgan so’zlar: Shunday demaysizmi, azizim! (sifat)
4)Undov so’zlar: Hoy! Beri keling!
5)So’z birikmalari bilan: Hoy, soqoling ko’ksingga to’kilgur!
6)Iboralar bilan: Hoy, yigit tushmagur, nima qilib qo’yding!

  Undalma gapning boshida kelsa, undalmadan so’ng, gap o’rtasida kelsa, ikki tomoniga, gapning oxirida kelsa, undalmadan oldin vergul qo’yiladi: So’zla, ko’zgujon, Haqiqatni et bayon!

Qayd etilgan


Robiya  28 May 2008, 10:29:59

20.2.2. Kirish so’z, kirish birikmava kirish gaplar haqida

So’zlovchining o’zi bayon qilgan fikriga munosabatini bildirgan so’z kirish so’z, shunday so'z birikmasi esa kirish birikma deb yuritiladi.Kirish so’zlar va kirish birikmalar asosan modal so’zlar bilan ifodalanib, quyidagi ma’nolarni bildiradi:

1.Ishonch va tasdiqni: Albatta, shubhasiz, ma’lumki, haqiqatan, darhaqiqat, haqiqatan ham, so’zsiz.
2.Gumonni: ehtimol, shekilli, chamasi, balki, taxminimcha, mumkin.
3.Shodlik va achinishni: baxtimga, batxga qarshi, attang, afsus.
4.Bayon qilingan fikrning kimga qarashli ekanligini: menimcha, mening fikrimcha, uning aytishicha, aytishlaricha, sizningcha.
5.Bayon qilingan fikrning tartibini: birinchidan, ikkinchidan,"¦
6.Bayon qilingan fikrning oldingi fikr bilan bog’liqligini: demak, shunday qilib, umuman, aksincha, ba’zan, aks holda , xullas, shuningdek, ayniqsa, asosan, binobarin, xususan.
7.Tasdiq yoki inkorni: ha, yo’q, mayli, to’g’ri.

  Kirish so’z yoki birikma gapning boshida kelsa, undan keyin, gapning o’rtasida kelsa, ikki tomoniga, gapning oxirida kelksa, undan oldin vergul qo’yiladi: Nihoyat, ular jo’nashdi. Ular, nazarimda, ketishdi. Hali-beri qishning keti ko’rinmaydi, shekilli.
  So’zlovchining o’zi bayon qilgan fikrga qo’shimcha mulohazasini bildirgan gap kirish gap deyiladi. Kirish gap asosiy fikrni to’ldirish, izohlash uchun ishlatiladi. Kirish gap, odatda, vergul bilan ajratiladi: Biz, sinf rahbarimiz aytdi, ertaga sayohatga boramiz.
  Kirish gap yoyiq bo’lsa, tire bilan ajratiladi yoki qavs ichiga olinadi: Mirzakarimboy boshqalarga maqtanmasa ham (maqtanchoqlikni yomon ko’rar edi), ba’zi vaqt ichidan faxrlanadi (O.). Qabulxona — bu yer ilgari katta boyning mehmonxonasi bo’lgan bo’lsa kerak — qorong’u edi.

  Kirish gaplarning tuzilish jihatidan turlari:

1)Bir bosh bo’lakli: U yog’ini so’rasang, aytaymi, men bunga  rozi emasman.
2)Ikki bosh bo’lakli: Ibrohimov, Qurbon ota aytmoqchi, gullarni o’z ilmidan bahramand qildi.

Keyingi mavzu: "œQo’shma gap va uning turlari."

Qayd etilgan


Robiya  28 May 2008, 10:41:39

Qo’shma gap va uning turlari.

21.1. Qo’shma gap haqida umumiy ma’lumot.

  Ikki yoki undan ortiq sodda gapning mazmun, grammatik va ohang jihatidan birikuvidan tuzilgan gap qo’shma gap deyiladi. Eshik sekin ochildi-yu, Qalandarovning yuzi ko’rindi.
  Sodda gap tarkibida bitta ega va kesim birligi  ishtirok etsa, qo’shma gap tarkibida ikki va undan ortiq ega va kesim birligi qatnashadi.
  Qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplar o’zaro bog’lovchilar, yuklamalar, ko’makchilar va fe’l shakllari hamda ohang orqali bog’lanadi.
  Mazmun munosabati va bog’lovchi vositalarining qo’llanilishiga ko’ra qo’shma gaplar 3 xil bo’ladi: bog’langan qo’shma gaplar, ergash gapli qo’shma gaplar va bog’lovchisiz qo’shma gaplar.

Qayd etilgan


Robiya  28 May 2008, 10:42:53

21.2. Ergash gapli qo’shma gaplar va ularning turlari.

  Birdan ortiq sodda gaplarning mazmun jihatidan tobe-hokim munosabati asosida, ya’ni birining boshqasiga ergashishidan tuzilgan qo’shma gap ergash gapli qo’shma gap deyiladi: Ildiz oziq bersa, novda ko’karar. Ergashgan qo’shma gapda bosh gap va ergash gap bo’ladi.

  Boshqa gapni o’ziga tobe qilib kelgan gap bosh gap hisoblanadi. Bosh gapga ergashib, uni izohlab kelgan gap ergash gap deyiladi: Ta’til boshlangach, biz shaxmat musobaqasini o’tkazamiz. Bu gapda Ta’til boshlangach, gapi ergash gap, Biz shaxmat musobaqasini o’tkazamiz gapi esa bosh gap. Ergash gap bosh gapni butunicha yoki uning biror bo’lagini izohlaydi: Rais kirgach, hamma tinchlandi gapida ergash gap bosh gapni butunicha izohlayapti. Siz shuni unutmangki, kurashchilar yolg’iz emas gapida esa ergash gap bosh gap tarkibidagi olmosh bilan ifodalangan to’ldiruvchini (shuni) izohlayapti. Ergash gap bosh gapdan oldin, undan keyin yoki uning ichida kela oladi: O’qituvchi, qo’ng’iroq chalingach, sinfga kirdi. Bu gapda ergash gap bosh gap ichida qolgan.

  Ergash gaplar bosh gaplarga chunki, shuning uchun, -ki, -agar, garchi, mabodo, go’yo (ki) (ayrim darsliklarda go’yo bog’lovchisi bog’lovchi vazifasidagi so’z deb atalgan) kabi ergashtiruvchi bog’lovchilar, fe’lning ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi shakllari, shuningdek, yuklama, ko’makchilar, turli vazifadagi ko’rsatish olmoshlari, sababli, tufayli, deb so’zlari orqali bog’lanadi: 1. Biz kitobni sevamiz, chunki u bilim manbaidir. 2. Hosil to’kin bo’lsa, to’ylar to’xtamas.

ESLATMA: kesimi tarkibida —ki, shuning uchun bog’lovchisi qatnashgan gaplar ko’pincha bosh gap hisoblanadi, kesimi tarkibida —sa, -sa ham, -b (-ib), -gach, -guncha, -ganda, -r (-ar), ekan bog’lovchi vositalari, shuningdek, ko’makchilar, chunki, agar, go’yo (ki), toki bog’lovchilari qatnashgan gaplar esa har doim ergash gap hisoblanadi.

Qayd etilgan


Robiya  14 Iyun 2008, 15:13:37

1. Ega ergash gapli qo'shma gap.
  Bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan egani izohlagan ergash gap ega ergash gap deyiladi. Ega ergash gap bosh gap bilan birgalikda ega ergash gapli qo'shma gap hisoblanadi. Ega ergash gap -ki bog'lovchisi va fe'lning shart maylidagi qo'shimchasi -sa hamda so'roq ko'rsatish olmoshlari (kimki-u, kimki-o'sha, kimki-o'zi, nima-o'sha, nimaiki -hammasi) yordamida bog'lanadi: Kimki yomonlar suhbatidan qochsa, o'sha yaxshilar suhbatiga erishadi. Ba'zan bosh gap tarkibidagi ko'rsatish olmoshi bilan ifodalangan ega tushirilishi mumkin. Sizga ayonki, so'z o'z o'z oilangizdansiz. Bu gapda shu (ega) tushirlgan.

Sxemasi quyidagicha:

1. Kim ..... -sa, u ..... .
2. Kim .....-sa, o'zi ..... .
3. Kimki .....-sa, u ..... .
4. Kimda-kim ..... -sa, u ..... .
5. Nimaiki ..... -sa, o'sha ..... .
6. Nima ..... -sa, o'sha ..... .
7. Shunisi ..... -ki, ..... .
8. .....-ki, ..... .

Qayd etilgan


Robiya  14 Iyun 2008, 15:15:42

2. Kesim ergash gapli qo’shma gap.

  Bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan kesimni izohlagan ergash gap kesim ergash gap bosh gap bilan birgalikda kesim ergash gapli qo’shma gapni hosil qiladi: Uch og’ayni botirlarni eng yaxshi fazilati shuki, ular xalqdan ajralib qolishni istamaydilar.  Kesim ergash gaplar bosh gapga —ki bog’lovchisi, o’rin-payt va bosh kelishigidagi shu, kimsan olmoshlari yordamida bog’lanadi. Ba’zan bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan kesim tushiriladi: Yaxshisi, sen darsingni tayyorlagin. Sxemasi quyidagicha:

1."¦.. shuki, "¦.. .
2."¦.. shu yerdaki, "¦.. .
3."¦.. shundaki, "¦.. .
4."¦.. shundayki, "¦.. .


Qayd etilgan


Robiya  14 Iyun 2008, 15:18:04

3. To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gaplar.
  Bosh gapdagi ko’rsatish olmoshi bilan ifodalangan to’ldiruvchini izohlagan ergash gap to’ldiruvchi ergash gap deyiladi. To’ldiruvchi ergash gap bosh gap bilan birgalikda to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gapni tashkil etadi. To’ldiruvchi ergash gap, odatda, bosh gapga —ki bog’lovchisi, shart mayli qo’shimchasi —sa yordamida bog’lanadi. Shuni bildimki, har bir yangilik bexosiyat bo’lmaydi. Kimda gumoning bo’lsa, uni ko’zdan qochirma. Bosh gap tarkibidagi shuni, shunga, shundan kabi to’ldiruvchilar qatnashadi. Ba’zan bu to’ldiruvchilar tushirilishi mumkin. Iltimos qilamanki, oldin rais so’zlasinlar. Bu gapda shuni tushirilgan. Sxemasi quyidagicha:

1.Shuni "¦.. —ki, "¦.. .
2.Shundan "¦.. —ki, "¦.. .
3.Shunga "¦.. —ki, "¦.. .
4."¦.. —ki, "¦.. .
5.Nima (ni) "¦..sa, uni "¦.. .
6.Kimda "¦.. sa,uni "¦.. .
7.Nima bilan "¦..-sa, o’shani "¦.. .
8.Buni "¦..-ki, "¦.. .


Qayd etilgan


Robiya  14 Iyun 2008, 15:19:53

4.Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap.
  Bosh gapda aniqlovchi bo’lib  kelgan olmosh va ayrim sifatdoshlarni aniqlab kelgan ergash gap aniqlovchi ergash gap ,deyiladi. Aniqlovchi ergash gap bosh gap bilan birgalikda aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap deb yuritiladi. Aniqlovchi ergash gap bosh gap bilan —ki bog’lovchisi bilan (bunda bosh gap tarkibida ko’pincha aniqlovchi bo’lib kelgan shunday, ayrim, ba’zi so’zlari ishtirok etadi) yoki shart mayli qo’shimchasi —sa bilan (bunda ergash gap tarkibida qanday, qaysi, kimning kabi olmoshlar, bosh gap tarkibida esa shu, shunday, o’sha, uning, ba’zi, bir xil, ayrim, bir, bir qancha kabi olmoshlar bo’ladi) bog’lanadi: 1. Shunday inson haqida xabar keltirdimki, uning har bir so’zi gavhardir. 2. Kimning ko’ngli to’g’ri bo’lsa, uning yo’li ham to’g’ri. Ba’zan bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan aniqlovchi tushirilishi mumkin: Odam borki, hayvon undan yaxshiroq. Sxemasi quyidagicha:

1.Shunday "¦..-ki, "¦.. .
2."¦.. shunday "¦..-ki, "¦.. .
3."¦..shunday "¦..-ni "¦..-ki,unday "¦.. .
4."¦.. shunday(aniql.) "¦..-ki, "¦.. .
5."¦.. shunday(hol) "¦..-ki, "¦.. .
6."¦..qaysi "¦..-sa, o’sha "¦.. .


Qayd etilgan


Robiya  14 Iyun 2008, 15:21:15

5.Ravish ergash gapli qo’shma gap.
  Bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning qay tarzda bajarilganligini bildirgan ergash gap ravish ergash gap deyiladi. Ravish ergash gap bosh gap bilan birga ravish ergash gapli qo’shma gapni tashkil etadi; bog’lovchi vositalar: -b (-ib), -may, -masdan, deb. Yulduzlar bitta-bitta so’nib, ufq oqara boshladi. Naimiyning biror ishi o’ngidan kelmasdan, umri bekorga o’tib ketdi. Chambil obod bo’ldi deb, kelayotir Avazxonday zo’ravon.

Sxemasi quyidagicha:

1."¦..-ib, "¦.. .
2."¦..-may, "¦.. .
3."¦..-masdan, "¦.. .
4."¦..deb, "¦.. .

Qayd etilgan