Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari  ( 446207 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 11 12 13 14 15 16 17 18 19 B


Robiya  14 Iyun 2008, 15:23:30

6.Payt ergash gapli qo’shma gap.

  Bosh gapdagi ish-harakatning paytini bildirgan ergash gap payt ergash gap deyiladi. Payt ergash gap bosh gap bilan birga payt ergash gapli qo’shma gapni tashkil qiladi. Payt ergash gap bosh gapga bog’lovchi vositalar: U kelguncha, hamma tarqalgan edi. Otliqlar jarlik osha tepaliklardan ko’tarilgandan keyin cho’l boshlandi. Qushlar to’p-to’p bo’lib uchsa, havo ochiq bo’ladi.
  Sxemasi quyidagicha:

 
1."¦.. —ganda, "¦.. .
2."¦..-gan zamon, "¦.. .
3."¦..-gan vaqtda, "¦.. .
4."¦..-gan paytda, "¦.. .
5."¦..-gandan keyin,"¦.. .
6."¦..-gunga qadar,"¦.. .
7."¦..-gan edi, "¦.. .
8."¦..-ganicha yo’q edi, "¦.. .
9."¦..-ar ekan, "¦.. .
10"¦..-sa, "¦.. .
11."¦..-masdan avval, "¦.. .
12."¦..-ib, "¦.. .
13."¦..-gach, "¦.. .
14."¦..-kuncha, "¦.. .
15."¦..-may, "¦.. .
16."¦.. —ishi bilan(oq), "¦.. .
 


Qayd etilgan


Robiya  14 Iyun 2008, 15:25:35

7. O’rin ergash gapli qo’shma gap.
Bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning bajarilgan o’rnini bildirgan ergash gap o’rin ergash gap deyiladi. U bosh gap bilan birgalikda o’rin ergash gapli qo’shma gap deyiladi. Qayerda intizom kuchli bo’lsa, shu yerda tartib bo’ladi. Bog’lovchi vositalar: -sa (qayerdan, qayerga, qayga, qayerda, shu yerda, o’sha yerda, shunda, shu yerga, shu yerdan, u yerda), -mang, masin, ekan: Qayerda suv bo’lsa, o’sha yerda hayot bo’ladi.

  Sxemasi quyidagicha:

1."¦..qayerga "¦..-sa, o’sha yerga, "¦.. .
2."¦..qayerda "¦..-sa, o’sha yerda, "¦.. .
3."¦..qayga "¦..-sa, o’sha yerda, "¦.. .
4."¦..-mang, u yerda "¦.. .
5."¦..-masin, o’sha yerda "¦.. .
6."¦..qayerda, shu yerda "¦.. .

Qayd etilgan


Robiya  27 Iyun 2008, 10:07:31

8. Sabab ergash gapli qo'shma gap.

  Bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning sababini bildirgan ergash gap sabab ergash gap deyiladi. U bosh gap bilan birga sabab ergash gapli qo'shma gap deb nomlanadi. Qayrilishlar tobora ko'payib, mashinaning tezligi susaya boshladi. Sxemasi quyidagicha:

1. .....,shuning uchun .....
2......-ganidan, .....
3. .....-gani uchun .....
4. .....-ganidan keyin .....
5. .....-ganidan so'ng, .....
6. .....shekilli, .....
7. .....-gunga qadar .....
8. .....-gan bo'lsa kerak, .....
9. .....-mi, .....
10. .....,chunki, .....

Qayd etilgan


Robiya  27 Iyun 2008, 10:09:23

9. Maqsad ergash gapli qo’shma gap.

  Bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning nima maqsadda yuzaga kelishini bildirgan ergash gap maqsad ergash gap deyiladi. U bosh gap bilan birga maqsad ergash gapli qo’shma gap deb nomlanadi. Bog’lovchi vositalar: -de, -sin deb, -ar deb, -sa deb, -mi ekan (deb, deya, uchun), toki: Odamlar yaxshi yashasin deb, tinchlikka imzo chekdi. G’o’za miriqib ichsin uchun, suv tekis oqiziladi. Sxemasi quyidagicha:
1."¦..deb, "¦..
2."¦..-sin deb, "¦..
3."¦..-di deb, "¦..
4."¦..-ar deb,"¦"¦
5."¦..-sa deb, "¦..
6."¦..-mi ekan deb, "¦..
7."¦..-deya,"¦..
8."¦..uchun,"¦..
9."¦.., toki "¦..
10"¦.., "¦..-sin deb.

Qayd etilgan


Robiya  27 Iyun 2008, 10:10:35

10.Shart ergash gapli qo’shma gap.

Bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning qanday shart bilan bajarilishini bildirgan ergash gap shart ergash gap deyiladi. U bosh gap bilan birga shart ergash gapli qo’shma gap deyiladi. Bog’lovchi vositalar: -sa, -sa edi, agar, mabodo, bordi-yu, -ganda (edi), -r(-ar) ekan, -gan ekan, -mi bo’lmasa, yo’qsa, -may, bo’lay desang, -sinki: Agar suv bo’lsa, cho’lu sahrolar bo’stonga aylanadi. Sxemasi quyidagicha:

1.(Agar) "¦..-sa,"¦..
2.(Agar) "¦..-sa edi,"¦..
3.(Agar)"¦..-ganda,"¦..
4.(Agar) "¦..-ganda edi,"¦..
5.(Bordi-yu)"¦..-r(-ar) ekan, "¦..
6.(Mabodo) "¦..gan ekan, "¦..
7.(Agar) "¦..-moqchi ekan, "¦..
8."¦..-mi, "¦..
9."¦.., bo’lmasa "¦..
10."¦.., yo’qsa "¦..
11."¦..-may, "¦..
12."¦..-masdan avval, "¦..
13."¦..bo’lay desang, "¦..
14."¦..-sinki, "¦..

Qayd etilgan


Robiya  27 Iyun 2008, 10:11:27

11. To’siqsiz ergash gapli qo’shma gap.

  Bosh gapning mazmuniga zid bo’lsa ham, unda ifodalangan voqea-hodisaning yuzaga kelishiga to’siq bo’la olmaydigan fikrni anglatgan ergash gap to’siqsiz ergash gap deyiladi. U bosh gap bilan birga to’siqsiz ergash gapli qo’shma gap deyiladi. Bog’lovchi vositalar: -sa ham(ki), qancha, qanchalik, naqadar, garchi, garchand, -ganda ham, -sa-da, -ganda-da, -gani bilan, -masin, qaramay, qaramasdan, -i(-ib), -gani holda, -di hamki, xoh"¦xoh, (-sa, -masa), -sa: Quyosh yashiringan bo’lsa ham, kunduzning yorug’ligi hali so’nmagan edi. Ba’zan garchi so’zi qo’llanishi mumkin. Sxemasi quyidagicha:

1.Qancha "¦..-sa ham, "¦..
2.Qancha"¦..-sa hamki,"¦..
3."¦..-ganda ham, "¦..
4."¦..-sa-da, "¦..
5."¦..-gani bilan,"¦..
6."¦..-masin,"¦..
7."¦..-qaramay,"¦..
8."¦..qaramasdan,"¦..
9."¦..-gani holda,"¦..
10."¦..hamki, "¦..
11.Xoh"¦..xoh, "¦..
12."¦..-sa"¦-masa, "¦..
13."¦..-sa"¦-diki,"¦..
14."¦..-sa, "¦..



Qayd etilgan


Robiya  27 Iyun 2008, 10:12:12

12. O’xshatish ergash gapli qo’shma gap.
  Bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning qay tarzda bajarilishini o’xsahtish yo’li bilan bildirgan gap o’xshatish ergash gap deyiladi. U bosh gap bilan birga o’xshatish ergash gapli qo’shma gap deyiladi: Chirildoqlarning mayin musiqasi hamma yog’ni to’ldirgan, go’yo kechaning o’zi kuylaydi. Sxemasi quyidagicha:

1."¦..kabi, "¦..
2."¦..-day, "¦..
3."¦..singari, "¦..
4."¦..yanglig’, "¦..
5."¦..-ki, go’yo "¦..
6."¦..-ki, xuddi "¦..
7.Go’yo "¦..-ganday, "¦..
8."¦..degandek, "¦..
9."¦..qanday "¦-sa, shunday "¦..
10."¦..-guncha, "¦..
11."¦..-gandan ko’ra, "¦..
12."¦..ishdan ko’ra, "¦..

Qayd etilgan


Robiya  27 Iyun 2008, 10:13:04

13. Natija ergash gapli qo’shma gap

  Bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning natijasini bildirgan gap natija ergash gap deyiladi. U bosh gap bilan birga natija ergash gapli qo’shma gap deb nomlanadi. Natija ergash gap bosh gapga —ki bog’lovchisi yordamida bog’lanadi. Bosh gap tarkibida shunday, shu qadar, shunchalik, shu darajada, shuncha, chunon kabi so’zlar, ergash gaplar tarkibida esa natijada, oqibatda, hatto kabi so’zlar qo’llanishi mumkin: Do’l bir zumjda shunday yog’diki, yer oppoq bo’lib ketdi. Azimboy shunday zulm o’tkazdiki, oqibatda xalqning sabr-kosasi to’ldi. Sxemasi quyidagicha:

1."¦.shunday "¦-ki, natijada "¦
2."¦..shu qadar "¦-ki, oqibatda "¦
3."¦shunchalik "¦-ki, "¦..
4."¦shu darajada "¦-ki, "¦..
5."¦shuncha "¦..-ki, "¦..
6."¦chunon "¦.-ki, "¦.

Qayd etilgan


Robiya  27 Iyun 2008, 10:16:44

14.Miqdor-daraja ergash gapli qo’shma gaplar.

  Bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning bajarilishi miqdor-darajasini bildirgan ergash gap miqdor-daraja ergash gap deyiladi. Bu gaplar bosh gap bilan birga  miqdor-daraja ergash gapli qo’shma gap deb yuritiladi: U qancha qizishsa, men shuncha sovuqqon tus oldim.
  Sxemasi quyidagicha:

1."¦qancha "¦-sa, "¦shuncha "¦
2."¦qanchalik "¦-sa, "¦shunchalik "¦
3."¦qancha "¦-sa, "¦shunchalik "¦
4.qanchalik "¦-gan sayin, "¦shunchalik "¦


Keyingi mavzu: "Bog'langan qo'shma gaplar"

Qayd etilgan


Robiya  29 Iyun 2008, 15:07:05

                              22.1.Bog’langan qo’shma gaplar.

  Teng munosabatdagi sodda gaplarning o’zaro teng bog’lovchilar yordamida bog’lanishidan tuzilgan qo’shma gap bog’langan qo’shma gap deyiladi: Kechasi qalin qor yog’di, lekin havo sovimadi.
  Tarkibidagi sodda gaplarning o’zaro mazmun-munosabatiga ko’ra bog’langan qo’shma gaplar quyidagi turlarga bo’linadi:

1.Biriktiruv munosabatli bog’langan qo’shma gaplar:  bunday bog’langan qo’shma gaplar tarkibidagi soda gaplar o’za va, hamda bog’lovchilar, -u(-yu), -da yuklamalari yordamida bog’lanadi va bir paytda yoki ketma-ket ro’y bergan voqea-hodisalarni ifodalaydi: Mashgu’lotlar tugadi va hamma o’z uyiga tarqaldi. Odam qo’li tegdiyu, tashlandiq yerlar obod bo’ldi. Qattiq izg’irin ko’tarildi-da, hech kim uyidan chiqmay qo’ydi.
2.Zidlov munosabatli bog’langan qo’shma gaplar va ularda tinish belgilarining ishlatilishi. Bunday gaplar tarkibidagi soda gaplar o’zaro ammo,lekin,biroq bog’lovchilar, -u(-yu) yordamida bog’lanadi: Yurtimizning bu kuni chiroyli,lekin ertasi,indini yanada chiroyliroq,baxtliroq bo’ladi. Havo ochildi-yu, harorat sezilmadi.

Ba’zan zidlik mazmunini kuchaytirish uchun zidlov bog’lovchisi va bu vazifada qo’llangan —u(-yu) yuklamasi birga ishlatiladi: Kechasi qor yog’di-yu, lekin havo unchalik sovimadi. Yozuvda zidlov bog’lovchilaridan oldin, yuklamalardan keyin vergul qo’yiladi.
 
3.Ayiruv munosabatli bog’langan qo’shma gaplar va ularda vergulning ishlatilishi. Bunday gaplardagi soda gaplar o’zaro ayiruv bog’lovchilari goh..goh, yo"¦yo, yoki"¦yoki, ba’zan"¦ba’zan, dam"¦dam, yoxud"¦yoxud yordamida bog’lanadi. Ayiruv bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplar voqea-hodisalarning galma-gal bo’lishini yoki ulardan biri bo’lishini ifodalaydi: Goh osmonni tutib ashula yangrar, goh allaqayerdan garmon tovushi eshitilib qolar edi.

Takrorlanib qo’llangan ayiruv bog’lovchilarning ikkinchisidan oldin vergul qo’yiladi, ayiruv bog’lovchilar yakka qo’llansa, hech qanday tinish belgisi qo’yilmaydi.

4.Inkor munosabatli bog’langan qo’shma gaplar. Bunday gaplar qismlari o’zaro na inkor yuklamasi orqali bog’lanadi va orasiga vergul qo’yiladi: Na suv bor, nab iron yegulik qolibdi.

Qayd etilgan