11. To’siqsiz ergash gapli qo’shma gap.
Bosh gapning mazmuniga zid bo’lsa ham, unda ifodalangan voqea-hodisaning yuzaga kelishiga to’siq bo’la olmaydigan fikrni anglatgan ergash gap to’siqsiz ergash gap deyiladi. U bosh gap bilan birga to’siqsiz ergash gapli qo’shma gap deyiladi. Bog’lovchi vositalar: -sa ham(ki), qancha, qanchalik, naqadar, garchi, garchand, -ganda ham, -sa-da, -ganda-da, -gani bilan, -masin, qaramay, qaramasdan, -i(-ib), -gani holda, -di hamki, xoh"¦xoh, (-sa, -masa), -sa: Quyosh yashiringan bo’lsa ham, kunduzning yorug’ligi hali so’nmagan edi. Ba’zan garchi so’zi qo’llanishi mumkin. Sxemasi quyidagicha:
1.Qancha "¦..-sa ham, "¦..
2.Qancha"¦..-sa hamki,"¦..
3."¦..-ganda ham, "¦..
4."¦..-sa-da, "¦..
5."¦..-gani bilan,"¦..
6."¦..-masin,"¦..
7."¦..-qaramay,"¦..
8."¦..qaramasdan,"¦..
9."¦..-gani holda,"¦..
10."¦..hamki, "¦..
11.Xoh"¦..xoh, "¦..
12."¦..-sa"¦-masa, "¦..
13."¦..-sa"¦-diki,"¦..
14."¦..-sa, "¦..