23.2. Ko’chirma gapda tinish belgilarining ishlatilishi.
Ko’chirilgan gap qo’shtirnoq ichiga olinadi, badiiy asarlarda tire bilan ajratib beriladi.
Ko’chirma gapda, ko’chirilgan gapning o’rniga qarab, tinish belgilarining ishlatilishi quyidagicha bo’ladi:
1.Ko’chirilgan gap darak gap bo’lib, muallif gapidan oldin kelsa, undan keyin vergul, tire qo’yiladi: "œYuring men o’sha tomonga boraman", - dedi Komila (badiiy asarlarda tire ishlatiladi.) So’roq va undov belgilari qo’shtirnoq yopilmasdan oldin qo’yiladi.
2.Ko’chirilgan gap muallif gapidan keyin kelsa, muallif gapidan keyin ikki nuqta qo’yiladi:
Ma’ruzachi bunday dedi: "œO’sib borayotgan avlodga kitob xuddi maktab kabi kerak".
3.Muallif gapi ko’chirilgan gap ichida kelsa, tinish belgisi quyidagicha qo’llaniladi:
1)Ko’chirilgan gapning uzilib qolgan qismida hech qanday tinish belgisi bo’lmasa yoki vergul yoxud ikki nuqta bo’lsa, bu belgilar tushirilib, muallif gapi har iki tomondan vergul va tire bilan ajratiladi: "œBizning qishlog’imizda, - dedi Fazliddin, - kishi zerikmaydi".
2)Ko’chirilgan gapning uzilib qolgan qismidan so’ng nuqta qo’yish lozim bo’lsa, muallif gapidan oldin vergul va tire, muallif gapidan so’ng esa nuqta va tire qo’yiladi: "œHavo bulut, paxta ochiqda qolmasin, - dedi brigadir, - har qaysi zvenodan bittadan odam chaqiring, paxtani saroyga tashib kiritsinlar".
3)Ko’chirilgan gapning uzilib qoilgan qismidan so’ng so’roq yoki undov belgisi qo’yish lozim bo’lsa, muallif gapidan avval o’sha belgi va tire qo’yiladi, muallif gapidan so’ng nuqta va tire qo’yilib, ko’chirma gapning davomi bosh harf bilan boshlanadi: "œBu qaysi jamoa xo’jaligining mashinasi? — qorachagina bir qiz so’radi. — Meni ham olib ketsangiz".
4.Ko’chirilgan gap muallif gapining o’rtasida kelsa, tinish belgilari quyidagicha qo’yiladi:
1)Muallif gapining uzilib qolgan qismining oxiriga ikki nuqta qo’yilib, ko’chirilgan gap qo’shtirnoq ichiga olinadi; ko’chirilgan gapdan keyin vergul va tire qo’yilib, keyin muallif gapining davomi yoziladi: Saodat: "œBiz ham astoydil mehnat qildik", - dedi.
2)Ko’chirilgan gap so’roq yoki his-hayajon gap bo’lsa, ularning belgilari qo’shtirnoq ichida bo’ladi: O’qituvchimiz: "œSen qaysi badiiy kitoblarni o’qib chiqqansan?"- deb so’radilar.
ESLATMA: Muallif nutqida ishlatilgan o’zga bir shaxsning so’zi yoki so’z qo’shilmasi ham qo’shtirnoq ichiga olinadi: Astagina "œchuh" deb otini haydadi. Kulgi, kinoya bilan aytilgan so’z qo’shilmalari ham qo’shtirnoqqa olinadi: Bilmaganlar Miryoqubni "œjinni bo’libdi" dedilar (Ch.)