Muallif Mavzu: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari  ( 261204 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 3 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #150 : 14 Iyun 2008, 15:23:30 »
6.Payt ergash gapli qo’shma gap.

  Bosh gapdagi ish-harakatning paytini bildirgan ergash gap payt ergash gap deyiladi. Payt ergash gap bosh gap bilan birga payt ergash gapli qo’shma gapni tashkil qiladi. Payt ergash gap bosh gapga bog’lovchi vositalar: U kelguncha, hamma tarqalgan edi. Otliqlar jarlik osha tepaliklardan ko’tarilgandan keyin cho’l boshlandi. Qushlar to’p-to’p bo’lib uchsa, havo ochiq bo’ladi.
  Sxemasi quyidagicha:

 
1.….. –ganda, ….. .
2.…..-gan zamon, ….. .
3.…..-gan vaqtda, ….. .
4.…..-gan paytda, ….. .
5.…..-gandan keyin,….. .
6.…..-gunga qadar,….. .
7.…..-gan edi, ….. .
8.…..-ganicha yo’q edi, ….. .
9.…..-ar ekan, ….. .
10…..-sa, ….. .
11.…..-masdan avval, ….. .
12.…..-ib, ….. .
13.…..-gach, ….. .
14.…..-kuncha, ….. .
15.…..-may, ….. .
16.….. –ishi bilan(oq), ….. .
 

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #151 : 14 Iyun 2008, 15:25:35 »
7. O’rin ergash gapli qo’shma gap.
Bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning bajarilgan o’rnini bildirgan ergash gap o’rin ergash gap deyiladi. U bosh gap bilan birgalikda o’rin ergash gapli qo’shma gap deyiladi. Qayerda intizom kuchli bo’lsa, shu yerda tartib bo’ladi. Bog’lovchi vositalar: -sa (qayerdan, qayerga, qayga, qayerda, shu yerda, o’sha yerda, shunda, shu yerga, shu yerdan, u yerda), -mang, masin, ekan: Qayerda suv bo’lsa, o’sha yerda hayot bo’ladi.

  Sxemasi quyidagicha:

1.…..qayerga …..-sa, o’sha yerga, ….. .
2.…..qayerda …..-sa, o’sha yerda, ….. .
3.…..qayga …..-sa, o’sha yerda, ….. .
4.…..-mang, u yerda ….. .
5.…..-masin, o’sha yerda ….. .
6.…..qayerda, shu yerda ….. .
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #152 : 27 Iyun 2008, 10:07:31 »
8. Sabab ergash gapli qo'shma gap.

  Bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning sababini bildirgan ergash gap sabab ergash gap deyiladi. U bosh gap bilan birga sabab ergash gapli qo'shma gap deb nomlanadi. Qayrilishlar tobora ko'payib, mashinaning tezligi susaya boshladi. Sxemasi quyidagicha:

1. .....,shuning uchun .....
2......-ganidan, .....
3. .....-gani uchun .....
4. .....-ganidan keyin .....
5. .....-ganidan so'ng, .....
6. .....shekilli, .....
7. .....-gunga qadar .....
8. .....-gan bo'lsa kerak, .....
9. .....-mi, .....
10. .....,chunki, .....
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #153 : 27 Iyun 2008, 10:09:23 »
9. Maqsad ergash gapli qo’shma gap.

  Bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning nima maqsadda yuzaga kelishini bildirgan ergash gap maqsad ergash gap deyiladi. U bosh gap bilan birga maqsad ergash gapli qo’shma gap deb nomlanadi. Bog’lovchi vositalar: -de, -sin deb, -ar deb, -sa deb, -mi ekan (deb, deya, uchun), toki: Odamlar yaxshi yashasin deb, tinchlikka imzo chekdi. G’o’za miriqib ichsin uchun, suv tekis oqiziladi. Sxemasi quyidagicha:
1.…..deb, …..
2.…..-sin deb, …..
3.…..-di deb, …..
4.…..-ar deb,……
5.…..-sa deb, …..
6.…..-mi ekan deb, …..
7.…..-deya,…..
8.…..uchun,…..
9.….., toki …..
10….., …..-sin deb.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #154 : 27 Iyun 2008, 10:10:35 »
10.Shart ergash gapli qo’shma gap.

Bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning qanday shart bilan bajarilishini bildirgan ergash gap shart ergash gap deyiladi. U bosh gap bilan birga shart ergash gapli qo’shma gap deyiladi. Bog’lovchi vositalar: -sa, -sa edi, agar, mabodo, bordi-yu, -ganda (edi), -r(-ar) ekan, -gan ekan, -mi bo’lmasa, yo’qsa, -may, bo’lay desang, -sinki: Agar suv bo’lsa, cho’lu sahrolar bo’stonga aylanadi. Sxemasi quyidagicha:

1.(Agar) …..-sa,…..
2.(Agar) …..-sa edi,…..
3.(Agar)…..-ganda,…..
4.(Agar) …..-ganda edi,…..
5.(Bordi-yu)…..-r(-ar) ekan, …..
6.(Mabodo) …..gan ekan, …..
7.(Agar) …..-moqchi ekan, …..
8.…..-mi, …..
9.….., bo’lmasa …..
10.….., yo’qsa …..
11.…..-may, …..
12.…..-masdan avval, …..
13.…..bo’lay desang, …..
14.…..-sinki, …..
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #155 : 27 Iyun 2008, 10:11:27 »
11. To’siqsiz ergash gapli qo’shma gap.

  Bosh gapning mazmuniga zid bo’lsa ham, unda ifodalangan voqea-hodisaning yuzaga kelishiga to’siq bo’la olmaydigan fikrni anglatgan ergash gap to’siqsiz ergash gap deyiladi. U bosh gap bilan birga to’siqsiz ergash gapli qo’shma gap deyiladi. Bog’lovchi vositalar: -sa ham(ki), qancha, qanchalik, naqadar, garchi, garchand, -ganda ham, -sa-da, -ganda-da, -gani bilan, -masin, qaramay, qaramasdan, -i(-ib), -gani holda, -di hamki, xoh…xoh, (-sa, -masa), -sa: Quyosh yashiringan bo’lsa ham, kunduzning yorug’ligi hali so’nmagan edi. Ba’zan garchi so’zi qo’llanishi mumkin. Sxemasi quyidagicha:

1.Qancha …..-sa ham, …..
2.Qancha…..-sa hamki,…..
3.…..-ganda ham, …..
4.…..-sa-da, …..
5.…..-gani bilan,…..
6.…..-masin,…..
7.…..-qaramay,…..
8.…..qaramasdan,…..
9.…..-gani holda,…..
10.…..hamki, …..
11.Xoh…..xoh, …..
12.…..-sa…-masa, …..
13.…..-sa…-diki,…..
14.…..-sa, …..


«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #156 : 27 Iyun 2008, 10:12:12 »
12. O’xshatish ergash gapli qo’shma gap.
  Bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning qay tarzda bajarilishini o’xsahtish yo’li bilan bildirgan gap o’xshatish ergash gap deyiladi. U bosh gap bilan birga o’xshatish ergash gapli qo’shma gap deyiladi: Chirildoqlarning mayin musiqasi hamma yog’ni to’ldirgan, go’yo kechaning o’zi kuylaydi. Sxemasi quyidagicha:

1.…..kabi, …..
2.…..-day, …..
3.…..singari, …..
4.…..yanglig’, …..
5.…..-ki, go’yo …..
6.…..-ki, xuddi …..
7.Go’yo …..-ganday, …..
8.…..degandek, …..
9.…..qanday …-sa, shunday …..
10.…..-guncha, …..
11.…..-gandan ko’ra, …..
12.…..ishdan ko’ra, …..
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #157 : 27 Iyun 2008, 10:13:04 »
13. Natija ergash gapli qo’shma gap

  Bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning natijasini bildirgan gap natija ergash gap deyiladi. U bosh gap bilan birga natija ergash gapli qo’shma gap deb nomlanadi. Natija ergash gap bosh gapga –ki bog’lovchisi yordamida bog’lanadi. Bosh gap tarkibida shunday, shu qadar, shunchalik, shu darajada, shuncha, chunon kabi so’zlar, ergash gaplar tarkibida esa natijada, oqibatda, hatto kabi so’zlar qo’llanishi mumkin: Do’l bir zumjda shunday yog’diki, yer oppoq bo’lib ketdi. Azimboy shunday zulm o’tkazdiki, oqibatda xalqning sabr-kosasi to’ldi. Sxemasi quyidagicha:

1.….shunday …-ki, natijada …
2.…..shu qadar …-ki, oqibatda …
3.…shunchalik …-ki, …..
4.…shu darajada …-ki, …..
5.…shuncha …..-ki, …..
6.…chunon ….-ki, ….
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #158 : 27 Iyun 2008, 10:16:44 »
14.Miqdor-daraja ergash gapli qo’shma gaplar.

  Bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning bajarilishi miqdor-darajasini bildirgan ergash gap miqdor-daraja ergash gap deyiladi. Bu gaplar bosh gap bilan birga  miqdor-daraja ergash gapli qo’shma gap deb yuritiladi: U qancha qizishsa, men shuncha sovuqqon tus oldim.
  Sxemasi quyidagicha:

1.…qancha …-sa, …shuncha …
2.…qanchalik …-sa, …shunchalik …
3.…qancha …-sa, …shunchalik …
4.qanchalik …-gan sayin, …shunchalik …


Keyingi mavzu: "Bog'langan qo'shma gaplar"
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #159 : 29 Iyun 2008, 15:07:05 »
                              22.1.Bog’langan qo’shma gaplar.

  Teng munosabatdagi sodda gaplarning o’zaro teng bog’lovchilar yordamida bog’lanishidan tuzilgan qo’shma gap bog’langan qo’shma gap deyiladi: Kechasi qalin qor yog’di, lekin havo sovimadi.
  Tarkibidagi sodda gaplarning o’zaro mazmun-munosabatiga ko’ra bog’langan qo’shma gaplar quyidagi turlarga bo’linadi:

1.Biriktiruv munosabatli bog’langan qo’shma gaplar:  bunday bog’langan qo’shma gaplar tarkibidagi soda gaplar o’za va, hamda bog’lovchilar, -u(-yu), -da yuklamalari yordamida bog’lanadi va bir paytda yoki ketma-ket ro’y bergan voqea-hodisalarni ifodalaydi: Mashgu’lotlar tugadi va hamma o’z uyiga tarqaldi. Odam qo’li tegdiyu, tashlandiq yerlar obod bo’ldi. Qattiq izg’irin ko’tarildi-da, hech kim uyidan chiqmay qo’ydi.
2.Zidlov munosabatli bog’langan qo’shma gaplar va ularda tinish belgilarining ishlatilishi. Bunday gaplar tarkibidagi soda gaplar o’zaro ammo,lekin,biroq bog’lovchilar, -u(-yu) yordamida bog’lanadi: Yurtimizning bu kuni chiroyli,lekin ertasi,indini yanada chiroyliroq,baxtliroq bo’ladi. Havo ochildi-yu, harorat sezilmadi.

Ba’zan zidlik mazmunini kuchaytirish uchun zidlov bog’lovchisi va bu vazifada qo’llangan –u(-yu) yuklamasi birga ishlatiladi: Kechasi qor yog’di-yu, lekin havo unchalik sovimadi. Yozuvda zidlov bog’lovchilaridan oldin, yuklamalardan keyin vergul qo’yiladi.
 
3.Ayiruv munosabatli bog’langan qo’shma gaplar va ularda vergulning ishlatilishi. Bunday gaplardagi soda gaplar o’zaro ayiruv bog’lovchilari goh..goh, yo…yo, yoki…yoki, ba’zan…ba’zan, dam…dam, yoxud…yoxud yordamida bog’lanadi. Ayiruv bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplar voqea-hodisalarning galma-gal bo’lishini yoki ulardan biri bo’lishini ifodalaydi: Goh osmonni tutib ashula yangrar, goh allaqayerdan garmon tovushi eshitilib qolar edi.

Takrorlanib qo’llangan ayiruv bog’lovchilarning ikkinchisidan oldin vergul qo’yiladi, ayiruv bog’lovchilar yakka qo’llansa, hech qanday tinish belgisi qo’yilmaydi.

4.Inkor munosabatli bog’langan qo’shma gaplar. Bunday gaplar qismlari o’zaro na inkor yuklamasi orqali bog’lanadi va orasiga vergul qo’yiladi: Na suv bor, nab iron yegulik qolibdi.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #160 : 29 Iyun 2008, 15:09:05 »
                                   22.2. Bog’lovchisiz qo’shma gaplar.

  Maxsus bog’lovchi vositalarsiz asosan ohang yordamida birikkan soda gaplardan tuzilgan qo’shma gaplar bog’lovchisiz qo’shma gaplar deyiladi: Bunday qo’shma gap qismlari ohangdan tashqari ayrim so’zlarning takrorlanishi, gap qurilishi, umumiy bo’laklar vositasida birikadi: Kech kirdi, tevarak atrofga qorong’ulik tusha boshladi. Bu qo’shma gapdagi soda gaplar o’zaro faqat ohang yordamida bog’langan, ularning o’rnini almashtirib bo’lmaydi.

  Bog’lovchisiz qo’shma gaplar quyidagi turlarga bo’linadi:

1.Bog’langan qo’shma gap sinonim bo’lgan bog’lovchisiz qo’shma gap: Tig’ yarasi tuzaladi, til yarasi tuzalmaydi.
2.Ergashgan qo’shma gapga sinonim bo’lgan bog’lovchisiz qo’shma gap: Hamal kirdi – ekinga amal kirdi (payt). Qor yog’di – don yog’di (o’xshashlik)
3.Bog’lovchili qo’shma gapga sinonim bo’lmagan bog’lovchisiz qo’shma gap: Xushxabar olib keldim: garnizon yanchildi (Sh.)
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #161 : 29 Iyun 2008, 15:12:33 »
                                     22.3. Bir necha ergash gapli qo’shma gap.

  Birdan ortiq ergash gap bir bosh garpga tobelanib kelsa, bir necha ergash gapli qo’shma gap deyiladi. Bunday gaplar tarkibidagi ergash gaplar bosh gapdan, shuningdek, bir-biridan vergul bilan ajratiladi: Tomosha zaliga kirganimda, chiroq o’chib, parda projector nurida porlab turardi.
  Bu gaplardagi ergash gaplar bosh gapga quyidagicha bog’lanadi:

1.To’g’ridan-to’g’ri ergashish (birgalik ergashish). Ergash gaplarning har biri to’g’ridan-to’g’ri bosh gapga bog’lansa, birgalik ergashish deyiladi. Bunday gaplardagi ergash gaplar: 1) bir xil ergash gaplar (uyushgan) bo’ladi: Mana bu kanal bitsa, yangi yer ochilsa, paxta ham ko’payadi. 2) har xil ergash gaplar (uyushmagan) bo’ladi: Bordi-yu, rost bo’lsa, hammasi emas, yarmi rost bo’lganda ham, juda xunuk gap-ku!
2.Ketma-ket ergashish. Har bir ergash gap to’g’ridan-to’g’ri bosh gapga bog’lanmasdan, biri ikkinchisiga ketma-ket bog’lansa, ketma-ket ergashish deyiladi. Bunday gaplar tarkibida turli xil ergash gaplar qatnashadi: Bahorda havo noqulay kelib, g’o’zaning parvarishi kechikkan bo’lsa ham, hosil mo’l bo’ldi.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #162 : 29 Iyun 2008, 15:17:55 »
                                    22.4. Aralash turdagi qo’shma gaplar.

  Tarkibida ham ergashgan qo’shma gap, ham bog’langan qo’shma gap yoki bog’lovchisiz qo’shma gap ishtirok etgan gaplar aralash turdagi qo’shma gaplar deyiladi. Bunday qo’shma gaplar to’rt va undan ortiq soda gaplardan ham tashkil topadi: Eshik ochildi, shuning uchun hamma qayrilib qaradi, lekin hech kim kirmadi; sovuq havo xonani qopladi.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #163 : 09 Iyul 2008, 15:27:32 »
                               23. O’zgalarning nutqini ifodalash usullari.

  Muallif o’z nutqida boshqalar ifodalagan fikrlardan ham foydalanishi mumkin. Bunday fikrlar ko’chirma gap, o’zlashtirma gap va ko’chirma shaklida beriladi.

                                      23.1. Ko’chirma gap.

  O’zgalarning hech o’zgarishsiz berilgan gapi ko’chirma gap deyiladi. Ko’chirma gapda ikki xil gap bo’ladi: ko’chirilgan gap va muallif gapi. Muallif gapining kesimi dedi, deb so’radi, deb javob berdi, gapirdi, so’zladi, aytdi kabi fe’llar bilan ifodalanadi.
  Ko’chirilgan gap muallif gapidan avval, undan keyin uning ichida, uning ikki tomonida kelishi mumkin: “Mehnat ishtaha ochar”, - deydi bobom. Cho’pondan so’radik: “Bu qo’ylar kimning qo’yi?”. “Men , - dedi u, - ertaga kelaman”.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari
« Javob #164 : 09 Iyul 2008, 15:32:25 »
                         23.2. Ko’chirma gapda tinish belgilarining ishlatilishi.

  Ko’chirilgan gap qo’shtirnoq ichiga olinadi, badiiy asarlarda tire bilan ajratib beriladi.
  Ko’chirma gapda, ko’chirilgan gapning o’rniga qarab, tinish belgilarining ishlatilishi quyidagicha bo’ladi:

1.Ko’chirilgan gap darak gap bo’lib, muallif gapidan oldin kelsa, undan keyin vergul, tire qo’yiladi:  “Yuring men o’sha tomonga boraman”, - dedi Komila (badiiy asarlarda tire ishlatiladi.) So’roq va undov belgilari qo’shtirnoq yopilmasdan oldin qo’yiladi.
2.Ko’chirilgan gap muallif gapidan keyin kelsa, muallif gapidan keyin ikki nuqta qo’yiladi:
Ma’ruzachi bunday dedi: “O’sib borayotgan avlodga kitob xuddi maktab kabi kerak”.
3.Muallif gapi ko’chirilgan gap ichida kelsa, tinish belgisi quyidagicha qo’llaniladi:

1)Ko’chirilgan gapning uzilib qolgan qismida hech qanday tinish belgisi bo’lmasa yoki vergul yoxud ikki nuqta bo’lsa, bu belgilar tushirilib, muallif gapi har iki tomondan vergul va tire bilan ajratiladi: “Bizning qishlog’imizda, - dedi Fazliddin, - kishi zerikmaydi”.
2)Ko’chirilgan gapning uzilib qolgan qismidan so’ng nuqta qo’yish lozim bo’lsa, muallif gapidan oldin vergul va tire, muallif gapidan so’ng esa nuqta va tire qo’yiladi: “Havo bulut, paxta ochiqda qolmasin, - dedi brigadir, - har qaysi zvenodan bittadan odam chaqiring, paxtani saroyga tashib kiritsinlar”.
3)Ko’chirilgan gapning uzilib qoilgan qismidan so’ng so’roq yoki undov belgisi qo’yish lozim bo’lsa, muallif gapidan avval o’sha belgi va tire qo’yiladi, muallif gapidan so’ng nuqta va tire qo’yilib, ko’chirma gapning davomi bosh harf bilan boshlanadi: “Bu qaysi jamoa xo’jaligining mashinasi? – qorachagina bir qiz so’radi. – Meni ham olib ketsangiz”.

4.Ko’chirilgan gap muallif gapining o’rtasida kelsa, tinish belgilari quyidagicha qo’yiladi:

1)Muallif gapining uzilib qolgan qismining oxiriga ikki nuqta qo’yilib, ko’chirilgan gap qo’shtirnoq ichiga olinadi; ko’chirilgan gapdan keyin vergul va tire qo’yilib, keyin muallif gapining davomi yoziladi: Saodat: “Biz ham astoydil mehnat qildik”, - dedi.
2)Ko’chirilgan gap so’roq yoki his-hayajon gap bo’lsa, ularning belgilari qo’shtirnoq ichida bo’ladi: O’qituvchimiz: “Sen qaysi badiiy kitoblarni o’qib chiqqansan?”- deb so’radilar.

ESLATMA: Muallif nutqida ishlatilgan o’zga bir shaxsning so’zi yoki so’z qo’shilmasi ham qo’shtirnoq ichiga olinadi: Astagina “chuh” deb otini haydadi. Kulgi, kinoya bilan aytilgan so’z qo’shilmalari ham qo’shtirnoqqa olinadi: Bilmaganlar Miryoqubni “jinni bo’libdi” dedilar (Ch.)
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

 

Abituriyentlarga yordam:chet ( English ) tilidan tayyorlov kurslari

Muallif RobiyaBo'lim Chet tillari

Javoblar: 119
Ko'rilgan: 91457
So'nggi javob 12 Mart 2010, 04:39:42
muallifi uzboy
Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari

Muallif RobiyaBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 191
Ko'rilgan: 171041
So'nggi javob 01 Avgust 2009, 11:45:00
muallifi MSJON
Abituriyentlar uchun yordam: tarixdan tayyorlov kurslari

Muallif RobiyaBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 370
Ko'rilgan: 257593
So'nggi javob 30 Iyul 2008, 17:09:04
muallifi Robiya
Yordamingiz kerak! Yordam beramiz!

Muallif Muslima_subhBo'lim Umumiy

Javoblar: 814
Ko'rilgan: 325009
So'nggi javob 03 May 2016, 10:51:47
muallifi Solihatun
Jonivorlar va insonlar tilidan qiziqarli mulohazalar

Muallif MohinurBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 14
Ko'rilgan: 10223
So'nggi javob 28 Iyun 2012, 01:09:50
muallifi azizbek_mx