5.5 Orfoepiya (talaffuz qoidalari)
To’g’ri talaffuz qoidalarining yig’indisi orfoepiya (grekcha orphos — to’g’ri, epos - nutq) deb yuritiladi. To’g’ri talaffuz, avvalo, shaxsning madaniy yetukligidan dalolat beradi. Talaffuz me’yorlari deganda ma’lum bir qonun — qoidalarga amal qilib so’alsh va yozish tushuniladi:
Unlilar orfoepiyasi.
I unlisi bir, sira so’zlarida qisqa, ilm, muhim, doir so’zlarida cho’ziq, q, x, g’ tovush;laridan keyin kelganda ruscha с‹ tovushiga yaqin talaffuz qilinadi. Mix, tig’, xil kabi so’zlardagi i tovushi esa e tovushiga yaqin aytiladi.
U unlisi kuchm tutun kabi so’zlarda qisqa, uyg’ur, yozuv so’zlarida cho’ziq va torroq talaffuz qilinadi.
O’ unlisi o’tin, o’roq, to’liq kabi so’zlarda keng, o’rik, ko’lmak kabi so’zlarda esa torroq talaffuz qilinadi.
E unlisi feruz, dehqon, telefon, adres so’zlarida i tovushiga yaqin aytiladi.
Ayrim undoshlar orfoepiyasi.
B undoshi. Kitob, maktab so’zlari oxirida kelganda p tarzida, kelaber, sabab, kabob, dorboz so’zlari o’rtasida kelganda v tarzida aytiladi.
V undoshi.Chetdan kirgan avtobus, avtomat so’zlarida f kabi aytiladi.
G undoshi. K, q bilan tugagan so’zlarda k va q tarzida aytiladi: ek + gan = ekkan, chiq + gan = chiqqan.
D undoshi. Obod, ozod kabi so’zlarda kelganda t kabi aytiladi, xursand, farzand kabi so’zlarda undoshdan keyin kelganda esa tushib qoladi.
J qorishiq portlovchi undoshi. Avj, mavj kabi so’zlarda ch kabi aytiladi.
J sirg’aluvchi undoshi. Chetdan kirib kelgan furajka, telejka kabi so’zlarda sh kabi aytiladi.
Z undoshi. Sakkizta, tuzsiz kabi so’zlarda yonidagi tovush ta’sirida s kabi aytiladi.
N undoshi manba, tanbur, shanba kabi so’zlarda m kabi aytiladi.
F undoshi fakt, taft kabi so’zlarda p kabi aytiladi.
Q undoshi maqsad, taqsimot, to’qson, oqshom kabi so’zlarda x kabi aytiladi.
Chetdan kirgan traktor, direktor kabi so’zlarning urg’usiz bo’g’inidagi unli deyarli talaffuz qilinmaydi, lekin yozuvda saqlanadi.