Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari  ( 446145 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 19 B


Robiya  21 Dekabr 2007, 09:26:05

 1.Bir turdagi yaqin predmetlarning nomlari: qosh — qovoq, oltin — kumush, qovun — tarvuz.
 2.Sinonim so’zlar: kuch — quvvat, asta — sekin, keksa — qari.
 3.Butun va bo’lak nomlari: oy — kun, vaqt — soat, tog — tosh.
 4.Antonim so’zlar: kecha — kunduz, yaxshi — yomon, katta — kichik.
  Bir so’zning qo’shaloq kelishida hosil bo’lgan so’zlar takroriy so’z deyiladi: baland — baland, qator — qator, non — pon, choy — poy. Takroriy so’zlar ko’plik, davomiylik, takror kabi ma’nolarni bildiradi: etak — etak gul, ayta — ayta charchadim. Takroriy so’zlarda ayni bir so’zning takror holda qo’llanishi natijasida grammatik ma’no ifodalanadi.
  Ma’noni kuchaytirish uchun ketma — ket keltiriladigan so’zlar takroriy so’zlar hisoblanmaydi: Havoni qara, havoni!


Qayd etilgan


Robiya  28 Dekabr 2007, 13:33:01

6.4Grammatika. Morfologiya

  Grammatika til haqidagi fanning bir qismi bo’lib, morfologiya va sintaksisdan iboratdir. Morfologiyada so’z turkumlari o’rganiladi. Sintaksisda so’z birikmalari, gap va uning turlari o’rganiladi.
  Grammatika atamasi grekcha grammatike so’zidan kelib chiqqan bo’lib, "œo’qish va yozish haqidagi bilim" degan ma’noni bildiradi. Morfologiya atamasi grekcha morfe (shakl) va logos (so’z, fan) so’zlaridan paydo bo’lgan.

  So’zlarning leksik va grammatik ma’nolar ifodalashi haqida oldingi ma’ruzalarida aytib o’tilgan. Lug’aviy ma’no so’z ifodalagan moddiy ma’no bo’lib, bu ma’no so’zning o’zak qismi yordamida ifodalanaveradi: uy — yashaydigan joy; ikki — miqdor tushunchasi; kel — harakat tushunchasi.
  Grammatik ma’no esa quyidagi vositalar yordamida ifodalanadi:
1.Qo’shimchalar yordamida: uyga, ukamning, keldim, boraman.
2.Yordamchi so’zlar vositasida: qalam bilan yozdi, sen uchun oldim.
3.So’z tartibi orqali: keng ko’cha (birikma) — Ko’cha keng (gap).
4.Ohang yordamida: Dars tugadi (darak gap) . Dars tugadi? (so’roq gap) Dars tugadi! (undov gap)
5.So’zlarni juftlash va takrorlash orqali: qozon — tovoq, baland — baland binolar.
6.Urg’u yordamida: gulla’r (ot) — gu’llar (fe’l), yigitcha’ (ot) — yigi’tcha (ravish

Qayd etilgan


Robiya  28 Dekabr 2007, 13:34:28

6.5   So’z turkumlari.

  Tildagi so’zlarning umumiy grammatik ma’no va vazifalariga ko’ra ma’lum guruhlarga bo’linishi so’z turkumlari deb yuritiladi. So’z turkumlari quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1. Mustaqil so’z turkumlari lug’aviy ma’noga ega bo’lib, morfologik jihatdan o’zgaradigan, gap ichida ma’lum sintaktik vazifa bajaradigan so’zlardir. Bu guruhga ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish kiradi.
2. Yordamchi so’zlar yakka holda ma’no anglatmaydigan , gap bo’lagi bo’la olmaydigan, grammatik ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladigan so’zlardir. Ular mustaqil so’zlar va ayrim gaplar orasidagi munosabatni anglatishga xizmat qiladi, so’zga va gapning mazmuniga turli qo’shimcha ma’nolar qo’shadi. Yordamchi so’zlarga ko’makchi, bog’lovchi, yuklama kiradi.
3. Alohida olingan guruh so’zlar lug’aviy ma’no bildirmaydigan, lekin ba’zan gap bo’lagi vazifasini bajaradigan so’zlardir. Bularga modal so’zlar, undov so’zlar, taqlid so’zlar kiradi.
  Demak, o’zbek tilida jami 12 ta so’z turkumi mavjud ekan.

Keyingi mavzu: Mustaqil so’z turkumlari. Ot.

Qayd etilgan


Robiya  03 Yanvar 2008, 12:32:29

7-ma’ruza:  Mustaqil so’z turkumlari. Ot.
 
Narsa — buyum, kimksalarning nomini bildiradigan so’zlar turkumi ot deyiladi. Ot kim? Nima? Qayer? So’roqlariga javob bo’ladi.
  Otlar kelishik qo’shimchalari bilan qo’llanadi? Birlik va ko’plik sonda ishlatiladi (kelishik va son shakli ularning doimiy xususiyatidir), egalik qo’shimchalarini oladi (bu doimiy xususiyat emas).
  Otlar sifat o’rnida qo’llanishi mumkin: asfalt, yo’l, oltin bilaguzuk, temir sandiq.
  Otlar gapda bosh bo’lak, ikkinchi darajali bo’lak, shuningdek, undalma bo’lib keladi: Onam parrandachilik fermasida ishlaydi. Bugungi ishni ertaga qo’yma! Bolalar, ko’cha harakati qoidalariga rioya qiling.

Qayd etilgan


Robiya  03 Yanvar 2008, 12:33:49

7.1 Turdosh otlar va ularning turlari.

 Otlar ma’no jihatidan turdosh va atoqli otlarga bo’linadi. Bir turdagi predmetlarning umumiy nomini bildirgan otlar turdosh ot deyiladi: shahar, odam, maktab.
1.Turdosh otlar qanday tushunchani ifodalashiga ko’ra 2 xil bo’ladi:
 1)Aniq otlat beshta sezgi a’zosi yordamida sezish mumkin bo’lgan predmetlarni ifodalaydi: kitob, tovush, havo.
 2)Mavhum otlar ong yordamidagina idrok qilinadigan predmetlarni ifodalaydi: g’azab, mehr, do’stlik.
2.Turdosh otlar birlik shaklda ko’plik ma’nosini ifodalash — ifodalamasligigs ko’ra 2 xil bo’ladi:
1)Yakka otlar birlik shaklda yakka predmetlarni ifodalaydi: odam, ko’cha, daraxt.
2)Jamlovchi otlar birlik shaklda ham ko’plikni ifodalaydi: karvon, xalq, guruh.


Qayd etilgan


Robiya  03 Yanvar 2008, 12:34:45

7.2 Atoqli otlar va ularning turlari.
 
Ayrim shaxs yoki predmetag atab qo’yilgan nomlar atoqli ot deyiladi. Kishilarning ismi, sharifi, taxallusi, hayvonlarga atab qo’yilgan nomlar, geografik nomlar, tashkilot va idora nomlari, tarixiy voqea, kitob, gazeta, jurnal, kinofilm, spektakl nomlari atoqli otlardir. Atoqli otlar bosh harf bilan yoziladi: Rahim Mahmudov, Toshkent, Amudaryo, Mustaqillik kuni va h.k. Ko’pchilik atoqli otlar turdosh yoki boshqa biron so’z turkumi asosida vujudga keladi: Po’lat, Go’zal, Sotiboldi, Sakson ota. Ba’zan atoqli otlar turdosh otga aylanishi ham mumkin: amper (tok o’lchovi), xosiyatxon (atlas turi), makintosh (kiyim turi).


Qayd etilgan


Robiya  03 Yanvar 2008, 12:35:44

7.3 Otlarning birlik va ko’plikda qo’llanishi (son kategoriyasi).
    Otlar birlik va ko’plik sonda keladi. Birlik sondagi otlar bir predmetni bildiradi. Ko’lik sondagi otlar birdan ortiq predmetni bildiradi. Otlar ko’plikda — lar qo’shimchasi orqali ifodalansa, morfologik usul hisoblanadi: bolalar, uylar. Ko’plik ma’nosi qo’shimchasiz holda maxsus so’zlar yordamida ifodalansa, leksik usul hisoblanadi: bir qancha odam, ming — ming daraxt. Ba’zan bu usullar aralash ifodalanishi mumkin (leksik — morfologik usul): Ko’p ota — onalar kelishdi.
  Harakat — holat, belgi nomini bildirgan otlar, donalab sanalmaydigan narsa va jism nomlari, juft predmetlarni bildiruvchi otlar va atoqli otlar faqat birlikda qo'’lanadi: do'stlik, uch, ko’z, Muattar va h.k.
  Faqat birlikda qo’llanadigan otlarga ko’plik qo’shimchasi qo’shilganda ko’plikni emas, balki osha predmetlarning turli xilini, jamlikni, hurmat, kinoya, kuchaytirish, taxmin kabi ma’nolarni bildiradi, Dadamlar ishlaydilar. Ma’muraxonlar kelishdi. Boshlarim og’rib ketdi. Beshlarda keldi.
  - lar ko’rsatkichi otlardan tashqaro olmosh, son, sifat, fe’l, ravosh turkumidagi so’zlarga ham qo’shilishi mumkin: bular, kimlar, bizlar, tushuntirishlar, kattalarni, beshlar, ilgarilari kabi. Bu ko’rsatkich fe’lga qo’shilganda tuslovchi tarkibida keladi: boradilar (3 — shaxs tuslovchi tarkibida).
 

Qayd etilgan


Robiya  10 Yanvar 2008, 11:28:40

7.4 Otlarning turlanishi.
  Otlarning kelishik qo’shimchalari bilan qo’llanishi turlanish deyiladi. Otlarda oltita kelishik mavjud:

1.Bosh kelishik — qo’shimchasiz,  kim, nima savollariga javob beradi.
2.Qaratqich kelishigi — ning, -n, kimning, nimaning savollariga javob beradi.
3.Tushum kelishigi — ni, - n , kimni, nimani savollariga javob beradi.
4.Jo’nalish kelishigi — ga, - ka, - qa, - na, - a, kimga, nimaga savollariga javob beradi.
5.O’rin — payt kelishigi — da, kimda, nimada savollariga javob beradi.
6.Chiqish kelishigi — dan, kimdan, nimadan savollariga javob beradi.


Qayd etilgan


Robiya  10 Yanvar 2008, 11:29:29

 Qaratqich kelishigidagi ot doim ot bilan bog’lanadi: maktabning hovlisi, kitobning varag’i. Tushum kelishigidagi ot doim fe’l bilan bog’lanadi: maktabni sevish, kitobni o’qish.
  Jo’nalish, o’rin — payt va chiqish kelishiklaridagi otlar fe’l bilan, ba’zan esa boshqa so’zlar bilan ham bog’lanadi: maktabga bormoq, maktabda bo’lmoq, maktabdan kelmoq, kitobdan minnatdor, ukamdan katta.
  Jo’nalish kelishigi qo’shimchasi k tovushi bilan bitgan so’zlarga — ka tarzida, g’, q tovushi bilan bitgan so’zlarga — qa tarzida qo’shilib, mumtoz adabiyotda — ga, - na, -a tarzida uchraydi: ko’ylak+ ga = ko’ylakka, bog’ + ga = boqqa, uyiga, yorimga, qo’lina.
  Qaratqich, tushum va jo’nalish kelishigidagi otlar belgili (qo’shimchali) va belgisiz (qo’shimchasiz) qo’llanishi mumkin: maktab (ning) bog’i, xat (ni) yozdi, Andijon (ga) ketdi.
  Qaratqich, tushum kelishigi qo’shimchalari — n shaklida qisqarishi mumkin: Otin (ing) boshin (i) burdi.


Qayd etilgan


Robiya  10 Yanvar 2008, 11:30:26

7.5 Otlarda egalik qo’shimchalari.
 
Egalik qo’shimchalari predmetning uch shaxsdan (so’zlovchi, tinglovchi, o’zga) biriga qarashli ekanini bildiradi. Egalik qo’shimchalari oxiri unli bilan tugagan otlarga birlikda — m, - ng, - si; ko’plikda — miz, - si, - ngiz shaklida; oxiri undosh bilan tugagan otlarga esa birlikda — im, - ing, - i; ko’plikda — imiz, - ingiz, - i shaklida qo’shiladi: kitobim, kitobing, kitobi; kitobimiz, kitobingiz, kitoblari.
  K va q undoshi bilan tugagan otlarga egalik qo’shimchasi qo’shilganda, o’zak — negiz oxiridagi jarangsiz k undoshi jarangli g’ tovushiga, jarangsiz q undoshi jarangli g’ undoshiga aylanadi va koptogi, tuprog’i kabi yoziladi.
  Og’iz, burun, zahar kabi otlarga egalik qo’shimchasi qo’shilganda, ikkinchi bo’g’indagi qisqaroq aytiladigan u, i, a unlilari tushib qoladi: og’zi, burni, zahri. Obro’, parvo so’zlariga egalik qo’shimchasi qo’shilganda esa y tovushi orttiriladi: parvoyi, obro’yim.
  Singl — i — si, shun — i — si, bun — i — si so’zlarida egalik qo’shimchalari ikki marta qo’shiladi. Egalik qo’shimchasining 2 — shaxs ko’plik shaklida 3 ta morfologik variant mavjud: shaharingiz — shaharinglar — shaharlaring.

Qayd etilgan