Qaratqich kelishigidagi ot doim ot bilan bog’lanadi: maktabning hovlisi, kitobning varag’i. Tushum kelishigidagi ot doim fe’l bilan bog’lanadi: maktabni sevish, kitobni o’qish.
Jo’nalish, o’rin — payt va chiqish kelishiklaridagi otlar fe’l bilan, ba’zan esa boshqa so’zlar bilan ham bog’lanadi: maktabga bormoq, maktabda bo’lmoq, maktabdan kelmoq, kitobdan minnatdor, ukamdan katta.
Jo’nalish kelishigi qo’shimchasi k tovushi bilan bitgan so’zlarga — ka tarzida, g’, q tovushi bilan bitgan so’zlarga — qa tarzida qo’shilib, mumtoz adabiyotda — ga, - na, -a tarzida uchraydi: ko’ylak+ ga = ko’ylakka, bog’ + ga = boqqa, uyiga, yorimga, qo’lina.
Qaratqich, tushum va jo’nalish kelishigidagi otlar belgili (qo’shimchali) va belgisiz (qo’shimchasiz) qo’llanishi mumkin: maktab (ning) bog’i, xat (ni) yozdi, Andijon (ga) ketdi.
Qaratqich, tushum kelishigi qo’shimchalari — n shaklida qisqarishi mumkin: Otin (ing) boshin (i) burdi.