Muallif Mavzu: Xo'janazar Huvaydo hayotidan  ( 6383 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Xo'janazar Huvaydo hayotidan
« : 07 Noyabr 2007, 10:02:01 »
Xoo'janazar Huvaydo (1704—1780) Istedodli shoir, tasavvuf adabiyotining yirik namoyandasi. Xoʻjanazar Gʻoyibnazar oʻgʻli Chimyonda (1704) tugʻilgan. Nasl-nasabi oʻshlik boʻlib, otasi Gʻoyibnazar Sharq olamida mashhur qashqarlik Ofoq Xojaning muridi boʻlgan. Huvaydo dastlab Chimyonda, keyin Qoʻqon madrasalarida tahsil oldi. Chimyonda (1780) vafot etgan, qabri oʻsha yerda.

Huvaydoning devoni yetib kelgan, uning bir necha nusxalari bor. Devonga shoirning gʻazal, ruboiy, toʻrtlik, muxammas, musaddas, musamman, mustazod, masnaviy kabi sheʼriy janrlarda yaratgan asarlari va «Rohati dil» dostoni kiritilgan. Doston 30 bobdan va Ibrohim Adham qissasidan iborat. «Rohati dil» diniy-taʼlimiy asar. Unda islom va tasavvuf taʼlimotining umuminsoniy gʻoyalari ibratli hikoyatlar vositasida bayon etiladi.

Huvaydo asarlarining qoʻlyozma nusxalari turli fondlarda saqlanmoqda. (Devoni Huvaydo. SamDU FK, inv. â„– 3903; Bayozi Haziniy OʻR FA ShI inv. â„– 4184..).

Adabiyotshunoslikda Huvaydo ijodini oʻrganish borasida ancha ishlar amalga oshirilgan. Asarlari nashr etilgan. OʻzMUda ham Huvaydo ijodini oʻrganish borasida chuqur tadqiqotlar olib borilmoqda. Devoni tabdil etilgan. Asp.E.Rahmonov «Rohati dil» dostoni poetikasi" mavzusida ilmiy-tadqiqot (ilm. rahbar prof. H.Boltaboev) olib bormoqda.

Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

 

Islom hayotidan ibratli hikoyatlar

Muallif AbdulAzizBo'lim Islom

Javoblar: 349
Ko'rilgan: 132638
So'nggi javob 17 Oktyabr 2013, 19:16:52
muallifi Mirоlim
Sahobalar hayotidan

Muallif AbdulAzizBo'lim Rasululloh SAV va sahobalar

Javoblar: 213
Ko'rilgan: 82413
So'nggi javob 15 Mart 2013, 08:33:44
muallifi sadida
Xojanazar Huvaydo. Devon

Muallif AbdulAzizBo'lim O'zbek mumtoz adabiyoti

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 3075
So'nggi javob 01 Noyabr 2012, 15:30:38
muallifi AbdulAziz
Avliyolar hayotidan ibratli hikoyalar

Muallif MuxsiyaBo'lim Islom

Javoblar: 36
Ko'rilgan: 14501
So'nggi javob 09 Iyun 2013, 07:03:12
muallifi Secret