Muallif Mavzu: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari  ( 62357 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
« Javob #15 : 11 Noyabr 2007, 15:14:14 »
Yigitlik davri




   1457-yilda Abulqosim Bobur vafot etdi. Hokimyat tepasiga Abusaid Mirzo keldi. Husayn Bayqaro taxt uchun kurashga sho`ng`ib ketdi. Navoiy esa Mashhad madrasalarida o`qishni davom ettirdi. Do`stlar orttirdi. Keksa shoir Kamol Turbatiyni shu yerda uchratdi. Turbatlik bu shoir Alisher bilan bir bayt muhokamasi ustida tanishib qoldi.Shoir 1464-yilda Hirotga qaytadi. Biroq poytaxda uni noxushliklar kutadi. Abusaid Mirzo u bilan taxt talashayotgan Husayn Bayqaroni yaqin kishilarini ta`qib va tayziq ostiga olgan, jumladan, tog`alari Mirsaid Kobuliy va Muhammad Ali G`aribiylarni oldinma-keyin qatl ettirgan edi. Ular iste`dodli shoirlar edi. Alisherning ota mulki musodara qilingan, hatto yashashab turgani boshpana ham qolmagandi. U shaharda uzoq qola olmadi. Holbuki, yosh shoirning ijodi barq urgan payti edi. Abdurahmon Jomiyadek zamonasining alloma adibi bilan yaqindan tanishib, saboqlar olgani, mehr qozongan edi. Navoiy - "Mahmud Nuran" deb e`zozlagan bu mashhur shoir va olim o`zini siyosatdan uzoq tutar, hatto shahar tashqarisidagi Sa`diddin Koshg`ariy (1456-yilda vafot etgan mashhur shyx, Jomiyning ustozi) mozori yonidan joy qilib, o`sha yerda yashar edi.
   Navoiyning Sayyid Hasan Ardasherga yozgan she`riy maktubi bor. U "Masnaviy" nomi bilan "Xazoyin ul-maoniy"ning birinchi devoniga kiritilgan. Mutaxasisslar uni Navoiyning Hirotdan Samarqandga jo`nash oldidan yozgan maktubi deb hisoblaydilar. Chamasi, shoir safar oldida Ardasher bilan xayrlashmoqchi bo`lgan, lekin uni topmagan. So`ng ushbu maktubni yozib qoldirgan. Maktub Alisherning safar oldidagi kechinmalari va o`z otasidek yaqin ko`rgan Sayyid Hasan Ardasherning sifatlarini ta`rif etish bilan boshlanadi. Vatan va do`stlarni tashlab ketish og`ir. Xayrlashmay ketish undan ham og`ir. U ulug` do`stiga ketishi sabablarini tushuntirmoqchi. Xat shu munosabat bilan yozilgan. Inson so`z bilan ulug`dir, "falak jismining joni"-so`z, ayqisa "nazm" (she`r), deydi shoir. Va o`zida she`r yozishga juda katta kuch-qudrat sezayotganini aytadi. Shunday qudratki, agar Firdavsiy o`z "Shohnoma"sini 30 yilda yozgan bo`lsa, u o`shanday asarni 30 oyda yoza oladi. Nizomiy Ganjaviyning 30 yil sarflab maydonga keltirgan "Xamsa"si uning oldida 2-3 yillik ishdir. Faqat unga imkon kerak. Yurt esa notinch, odamlarda vafo yo`q. Insoniylik qolmagan zulm avjida. Hatto tasali beruvchi kishi ham yo`q. Ketaman, desang etagindan tutadigan umr yo`ldoshing, ketsang, ayriliqdan eziladigan do`sting bo`lmasa.
   Navoiy 60-yillarning ikkinchi yarmida Samarqandda yashadi. Uning bu shaharga kelishi sababini turlicha talqin qiladilar. Xondamir, o`qish uchun keldi, deydi. To`g`ri u Samarqandda din huquqshunosi va faylasuf Fazulloh Abullays qo`lida o`qidi. Zahiriddin Bobur uni Abusaid surgun qildi deydi. Bunda ham asos bor. Abusaidning Alisherga munosabati yomon edi. Shoir Samarqandda dastlab moddiy qiyinchilik ichida yashaydi. Keyinroq unga shahar hokimi Ahmad Hojibek rag`bat va hoiylik ko`rsatadi. Nihoyat, Samarqand o`z go`zalligi bilan ham Navoiyni maftun etadi. Shoi uni "firdavsmonand"(jannatmisol) deb ataydi va unga hech qachon "gardi fano" o`ltirmasligini – zavolikka yuz tutmasligini istaydi. Navoiy shu yillari shoir sifatida juda katta shuhrat topa bordi. 1465 – 1466-yillarda uning muxlislari she`rlarini to`plab, "devon" tuzadilar. Bu kitob bugun "Ilk devon" nomi bilan mashhurdir. 1468-yil oxrida Eronni eggalash uchun bo`lgan jangda Abusaid halok bo`ladi. Husayn Bayqaro 1469-yilning boshida Hiroti qo`lga oladi va Samarqandga xat yo`llab, Navoiyni o`z yoniga chaqiradi. Husayn Bayqaro uni davlat ishlariga jalb etadi. Muhrdor qilib tayinlaydi.
 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
« Javob #16 : 11 Noyabr 2007, 15:15:11 »
"Ahli fazil va ahli hunarg'a Alisherbekcha murabbiy va muqavviy ma'lum emaskim, hargiz paydo bo'lmish bo'lg'ay".

 
Davlat va jamoat arbobi

   Alisher Navoiy 1469-1472-yillarda muhrdor, 1472-1476-yillarda vazir bo`lib ishlaydi. 1487-1488-yillarda Astrobodga hokimlik qildi. Husayn Bayqaro uni o`ziga g`oyat yaqin tutar, har bir narsada u bilan maslahatlashar va buni nihoyatda qadrlar edi. To`g`ri, Bayqaro va Navoiy o`rtasiga uchinchi kishi aralashgan, sovuqchilik tushgan paytlar ham bo`ldi. Lekin o`z davrining ikki atoqli arbobi hamkorligi juda ko`p sinovlardan muvaffaqiyat bilan o`tib, avlodlarga o`rnak bo`ldi. Husayn Bayqaro saltanatining daslabki yillarida juda notinch kechdi. Xondamirning yozishicha, u taxtga chiqqan yilning o`zida Abusaid Mirzoning o`g`li Yodgor Muhammad taxt da`vosi bilan qo`zg`aldi. Husayn Bayqaro unga qarshi qo`shin tortadi va g`alaba qozonadi.
   1470-yilning bahorida Yodgor Mirzo Astrobodda yana bosh ko`taradi. Husayn Bayqaro Navoiyni yoniga olib, qo`shin bilan yana yo`lga tushadi. Xuddi shu payt Hirotda qo`zg`olon bo`lganligi xabari keladi. Husayn Bayqaro Navoiyni unga katta vakolatlar berib poytaxtga qaytaradi. Navoiy shaharda adolatni tiklab, xalqni tinchlantiradi. Shunday to`qnashuvlarning birida Yodgor Mirzoning qo`li baland kelib, poytaxdagi ayrim kishilar unga qo`shiladilar. Mojarolarni tinchlantirish maqsadida uylangani Abusaidning qizi Robiya Sultonbegim eriga hiyonat qilib, u safariga ketganida poytaxtda inisi Yodgor Mirzo nomiga xutba o`qitadi. Yurt bir muddat Yodgor Mirzo qo`liga o`tadi. Bu hol Husayn Bayqaroga qattiq ta`sir etadi. Tushkunlikka tushadi. Navoiy shunday paytda uning yonida turadi, tassali beradi. O`sha 1470-yilning o`zida payt poylab, Navoiyning maslahati bilan Murg`ob daryosi bo`ylaridan juda qisqa muddatda Hirotga yetib keladi va Bog`I Zog`onda maishatdan charchab uxlab yotgan Yodgor Mirzoni qo`lga oladi. Shundan keyingina Xurosonda ma`lum muddat tinchlik, osoyishtalik qaror topadi. Alisher ijod kishisi edi. U tabiatan buyuruqvozlikdan va hukmfarmonlikdan yiroq, tafakkur hamda taxayyulga moyil, g`oyat nozikta`b bir kishi edi. Mansab-lavozimlar har qancha yuksak bo`lmasin uning uchun zil-zambil yuk bo`lib, Husayn Bayqaroga bo`lgan ixlos va muhabbatigina uni iste`fo berishdan saqlab turar edi. Shunga qaramasdan, u sadoqat bilan xizmat qildi. `Donishmadnligi, tadbirkorligi bilan ko`plab g`alayonu qon to`kishlarni oldini oldi, urushlarni yarashga aylantirdi. Uning bu fazilati, ayniqsa, 1972-1476-yillardagi vazirlik faoliyatida yaqqol namoyon bo`ldi. Husayn Bayqaro hokimyat ishlarida Navoiyning aql va sadoqatida tayanib ish ko`rdi. Uni, qarshiligiga qaramasdan, yuqori martabalarga tayinladi, 1472-yilda esa "amir"(vazir)likka qo`ydi. Buyuk shoir "amiri kabir" (ulug` amir), "amirul muqarrab" (podshoga eng yaqin amir) unvonlariga musharraf bo`ldi. Uning vazirlik yillari Hirotda obodonlik avj olgan, madaniyat gullab, yashnagan davr bo`ldi. Ulug` amir o`zi bosh bo`lib, suvsiz yerlarga suv chiqardi, eski ariqlarni tozallatirdi, yangi kanallar qazdirdi. Eski binolarni ta`mir qildirib, yangilarini qurdirdi. Qanchadan-qancha madrasalar, xonahoqlar soldirdi.
 
Zahiriddin Muhammad Bobur. 
 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
« Javob #17 : 11 Noyabr 2007, 15:15:39 »
Ijod og`ushida



   Alisher Navoiy she`rni, shoirlikni hamma narsadan baland tutdi. Vazirlik martabasida turib ham she`r yozishni to`xtatmadi. Atrofidagilar uning bu ishiga rag`bat va hurmat bilan qaradilar. Shoh Husayn Bayqaroning o`zi unga rahnamolik qildi. Ulug` shoirning ilk she`riy devonini muxlislari tuzgan bo`lsalar, birinchi devoni - "Badoye ul-bidoya" ("Badiiylik ibtidosi")ni 1472-1476 yillarda shohning amri va istagiga ko`ra o`zi kitob qildi. 1485-1486-yillarda ikkinchi devon - "Navodir un-nihoya"("Nihoyasiz nodirliklar") maydonga keldi. Alisher Navoiy 1481-1482-yillarda "Vaqfiya" asarini yozadi. Vaqf deb biror xayrli ishning sarfu xarajatini ta`min qilmoq uchun ajratilgan yer yoki mulkka aytiladi. Alisher Navoiyning eng katta orzusi doston yozish, birinchi navbatda, XII asrning buyuk shoiri Nizomiy Ganjaviy (1141-1209) dan keyin shoirlik qudtarining mezoniga aylanib qolgan "Xamsa" yaratish edi. Nizomiyning "Panj ganj" nomi bilan tarixga kirgan "Xamsa"si 5 masnaviydan tashkil topgan edi: "Maxzan ul - asror" ("Sirlar xazinas"), "Xusrav va Shirin", "Layli va Majnun", "Hayf paykar"("Yetti go`zal"), "Iskandarnoma". Yuz yildan keyin unga Xusrav Dehlaviy (1253-1325) javob qildi. U o`z dostonlarini "Matla ul-anvor" ("Nurlar boshlanishi"), "Shirin va Xusrav", "Majnun va Layli", "Hasht behisht"("Sakkiz jannat"), "Oynayi Iskandariy" (Iskandar oyinasi) deb ataladi. Lekin bular hammasi forsiy tilda yozildi. Ulardan forslar, shu tilni bilganlargina bahramand bo`ldilar. O`z xalqining shunday hazinadan bebahra qolishi Navoiyni qiynadi. Navoiy maslahatga ustozi Abdurahmon Jomiy huzuriga boradi. Jomiy Navoiyni bu ishga tezlikda kirishishga undaydi, uning o`z kuchi va imkoniyatlariga ishonchini mustahkamlaydi. Navoiy besh dostonni ikki yilda tamomlaydi. 1483-yilda o`z "Xamsa"sini yoza boshlab, 1485-yilning boshida yugatadi. Shoir ishlagan kunlar hisobga olinsa, 54 ming misralik ulkan obida 6 oyda bitkaziladi. Turkiy tilda birinchi marotaba "Xamsa" yaratiladi. Olimu fuzalo - barcha bu hodisani zo`r olqish bilan kutib oldilar. Zayniddin Vosifiyning "Badoye` ul-vaqoye`"sidan: "Shoh Navoiyga: "Bir mojaro Siz bilan bizning oramizdan ko`pdan hal bo`lmay keladi, shuni bugun bir yoqlik qilaylik", deydi. Bu mojaro shundan iborat ediki, Sulton Husayn Alisherning muridi bo`lishini ko`pdan orzu qilar va uni "pirim" deb atar edi. Alisher esa har gal: "Yo Ollo, yo Ollo, bu qanday gap bo`ldi! Aslida – biz muridmiz, siz – hammasiga pirsiz", der edi.
Endi Sulton Husayn Alisherdan so`radi: - Pir nima-yu, murid nima?
Alisher javob berdi:
- Pining tilagi - muridning tilagi bo`lishi kerak.
- Shunda Sulton Husayn o`zining oq otini olib kelishni buyuradi. Ot juda asov, chopag`on edi.
Sulton Husayn aytdi:
- Siz murid, men murid bo`ladigan bo`lsam, Siz shu otga minasiz, men uni yetaklayman.
   Alisher noiloj otga minishga majbur bo`ladi. Ot g`oyat asov bo`lib, shohdan boshqani o`ziga yaqinlashtirmas edi. Alisher oyog`ini uzangiga qo`yishi bilan ot tipirchilay boshladi, Sulton Husayn otiga o`shqirdi, ot itoat qilib, Alisherning minishini kutdi. Alisher egariga o`tirishi bilan Sulton Husayn otining jilovidan ushlab yetaklay boshladi. Alisher hushidan ketdi. Uni egardan ko`tarib oldilar. Tarihda bunday hol ko`rilmagan edi. Hech bir zamonda shoh shoirga jilovdorlik qilmas edi. 1480-1490-yillar Navoiy uchun badiiy ijodda samarali davr bo`ldi. Shoir "Xamsa" dan keyin ko`p o`tmay, ketma-ket nasriy kitoblar yaratdi. U 1488-yilda yozgan "Tarixi mulki ajam" ("Ajam shohlar tarixi") shularning biri edi. Bu asar "Muhokamat ul-lug`atayn"da "Zubdat ut-tavoxir"("Tarixlar qaymog`i") deb ham ataladi. 1480-yillarning oxiri, 1490-yillarning boshida Navoiyning yaqin do`stlari, ustozlaridan Sayyid Hasan Ardasher (1489), Abdurahmon Jomiy (1492), Pahlavon Muhammad (1493) ketma-ket vafot etdilar. Navoiy ularga bag`ishlab "Holoti Sayyid Hasan Ardasher", "Xamsat ul-mutahayyirin", "Holoti Pahlavon Muhammad" asarlarini yozadi. Bu asarlar nasriy bo`lib, shoirning bu ulug` zamondoshlari haqidagi memuar xotiralaridan tashkil topgan edi. 1491-yilda muammo janriga bag`ishlangan "Risolayi muammo" (ikkinchi nomi "Mufradot") risolasini yozi. Navoiy zamonasida muammo janri keng tarqalgan bo`lsa - da, asosan, fors tilida yozilar edi. Navoiy o`zbek tilida muammo yozgan ilk o`zbek shoirlaridan bo`ldi. "Xazoyin ul-maoniy"ga uning 52 muamosi kiritilgan. Shoirning fors tilidagi muammolarini esa 500 chamalaydilar. Navoiyning 1490-yillardagi eng katta xizmatlaridan biri "Xazoin ul maoniy" ("Ma`nolar xazinasi")ni tuzish bo`ldi. 1492-1498-yillarda tartib qilingan 4 qism devondan iborat bu ulkan she`riy kulliyot shoirning turkiy tilda yozilgan deyarli barcha lirik she`rlarini qamrab olgan edi. Shoir 7-8 yoshidan 20 yoshigacha bo`lgan davrni umrining navbahori hisobladi va shu davr devonini "G`aroyib us-sig`ar"("Yoshlik g`aroyibotlari") deb atadi.
 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
« Javob #18 : 11 Noyabr 2007, 15:16:18 »
   O'limidan har bir uyga tushdi motam,
   Mamlakatning har burchidan chiqdi fig'on.
   Temir yurak, tosh yurakli kishilar ham,
   Bu dahshatli musibatdan yutdilar qon 
 
Hayotining so`nggi yillari

   1490 - yillarning boshidagi og`ir yo`qotishlar, ayniqsa, 40 yillik qadrdoni Pahlavon Muhammad bilan ustozi Jomiydan judo bo`lish Navoiyga qattiq ta`sir etdi. Buning ustiga saroyda Xadichbegim Nizomulmulk bilan mulk va mansab ishtiyoqida yangi-yangi fitnalar to`qiydi. Shu fitnalar natijalaridan biri pok qalbli barcha kishilarni larzaga solib, mamlakatni halokat yoqasiga keltirib qo`yadi. Bu-Mo`min Mirzoning o`z bobosi farmoni bilan qatl qilinishi edi. 1489-yilda Navoiy Hirotga qaytgach o`rniga Astrobod hokimi qilib Badiuzzamon tayinlagan edi. Bu orada Balxda Darveshali qo`zg`oloni boshlanadi. Husayn Bayqaro Navoiyni olib, Balxga jo`naydi. Darveshali bilan sulh tuziladi, lekin Hisorda Abusaidning o`g`li Sulton Mahmud Husayn Bayqaroga qarshi kurash boshlaydi. Shoh Navoiyni Balxda qoldirib, o`g`li Badiuzzamonni olib Hirotga otlanadi. U bilan ham murosaga kelishib, orqaga qaytadi va Balxni Badiuzzamon tasaruffiga beradi. Badiuzzamon o`g`li - 13 yoshli Mo`min Mirzoni Astrobodda qoldirib Balxga keladi.    Hadichabegim Nizomulkmulk bilan birgalikda Astrobodga Muzaffar Mirzoni hokim qilib tayinlashga erishadilar. Husayn Bayqaro va Badiuzzamon o`rtasidagi munosabat yomonlashadi. Badiuzzamon Mo `min Mirzoga Muzaffar Mirzoni shaharga kiritmaslikka buyuruq beradi. Shoh tezda Navoiyni Balxga yuboradi. Navoiy ota va o`g`il orasiga tushib, ularni yarashtiradi. Biroq huddi shu paytda Husayn Bayqaroning Badiuzzamonni qo`lga tushirish va qamoqqa olish haqidagi Balxga, shahar qutloviga yo`llagan yashirin farmoni ma`lum bo`lib qoladi. Yarash yana urushga aylanadi. Navoiy voqeani bunday izga kirib ketganidan qattiq iztirob chekadi va umidsiz orqaga qaytadi. Ota-o`g`il urushida Badiuzzamon yengiladi. Mo`min Mirzoni Muzaffar Mirzo asir oladi. 1499-yilda Marvda Husayn Bayqaroning yana bir o`g`li Abulmuhsin otasiga qarshi bosh ko`taradi. Shoh o`z qo`shini bilan Marvga otlanadi. Bu paytlarda Navoiy hajga boorish orzusida edi. Mirxondning xabar berishicha, Abulmuhsin otasi bilan sulh tuzish uchun Alisherning podshoh nomidan vakil bo`lib kelishini shart qilib qo`yadi. Navoiyga tez chopar yuboriladi. Chopar shoirga yetib, shohning maktubini topshiradi. Unda shoirning hajni keyinga qoldirib, texda Marvga yetib kelishi iltimos qilingan edi. Alisher Mashhad ulug`lari va hamrohlari bilan maslahatlashadi. Ular mamlakatning tinchiligi uchun Alisherning hajga borishidan kechishini so`raydilar. Alisher belgilangan joyga yetib boradi, ota-o`g`illarni yarashtirib, Hirotga qaytadi.
   1498-yilda Alisher Navoiy "Majolis un-nafois"ni qayta ko`zdan kechirib, to`ldirdi. Shoirlar adadni 459 taga yetkazdi. Shu yili yoshligidan qalbida muhirlanib kelgan "Mantiq ut-tayr" ga javob yozadi. "Lison ut-tayr" Navoiy ijodini yakunlovchi asarlardan biridir. Buyuk shoir 1498 -1499 yillarda xatlarini to`plab, "Munshaot" tuzdi. Unda 88 ta xat jamlangan bo`lib, ularning aksariyati shoirning shoh va shahzodalarga yo`llangan. Shoirning 1500-yilning oxirlarida yozib tugatgan "Mahbub ul-qulub" asari uning eng so`nggi asari bo`lib qoldi. Navoiy 1501-yilning 3-yanvarida vafot etadi. Butun halq - shohda gadogacha, olimdan cho`pongacha, shoirdan dehqongacha ulug` farzandining o`limiga qayg`u va iztirob bilan motam tutadi.
 
 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
« Javob #19 : 11 Noyabr 2007, 15:16:48 »
Turk nazmida chu tortib men alam,
Ayladim ul mamlakatni yak qalam.
 
Ilmiy-filologik merosi



  Majolisun-nafois (1490-91; 1497-98) tazkirasi turk tilidagi yozilgan dastlabki tazkira bolib, unda shoir sakkiz majlis doirasida 459 shoir va adib haqida malumot bergan. Birinchi va ikkinchi majlisda tazkira tartib berilganda hayot bolmagan shoirlar, uchinchi majlisda shoirning zamondoshlari, tortinchi majlisda beshinchi majlisda Xuroson, oltinchisida Movaraunnahr, Kichik Osiyo va Eron, yettinchi va sakkizinchi majlislarda temuriylar sulolasiga mansub ijodkor shoh va shahzodalar haqidagi malumotlar jamlangan. Asar Fahriy Hirotiy (1521-22), Muhammad Qazviniy (1522-23), Shoh Ali Abdulali (1598) tomonidan uch marta fors tiliga tarjima qilingan.
  Navoiy Muhokamatul-lugatayn asarini oz zamonidagi turkiy lahjalar, ziyolilar nutqi, badiiy va ilmiy asarlarning leksik-grammatik xususiyatlarini forsiy til xususitlari bilan qiyoslashga bagishladi. Jonli xalq tilida qollanilgan koplab sozlarni asarga kiritib, adabiy tilda qollanilishiga sababchi boldi. Ozigacha ishlatilgan sozlarni yangi mano qatlamlarini ochdi. Ozbek tili grammatikasini Mahmud Koshgariydan song ilmiy asosga soldi. Ozbek tilining badiiy va estetik imkoniyatlari kengayishiga sababchi boldi. Fors va turk tillarida yaratilgan eng yirik va etiborli asarlarga murojaat qildi, shoir va olimlarni til istiqloli uchun kurashga chorladi.
  Aruz nazariyasiga bagishlangan Mezonul-avzon (1492) asarida arab va fors aruzi qoidalarini turkiy tilda aniq va ravon tushuntirdi. Turk yozma va ogzaki sheriyati namunalarining vazn xususiyatlarini organdi. Turkiy aruz tabiatini yoritish bilan birga turk sheriyati murakkab aruz tizimini boyitganini anglatdi. Bahrlar va doiralar haqidagi tasavvurni kengaytirdi. Toqqizta yangi vazn va sheriy shaklni aniqladi. Turklik tarixida ilk bor milliy vazn haqidagi qarashlarni ilgari surdi.
  Navoiyning ilmiy-filologik merosini muntazam tadqiq qilish 20 asrning 20-yillaridan yolga qoyildi. Bu yonalishda Fitrat, Oybek, A.Sadiy, O.Sharafiddinov, A.Hayitmetov, I.Sulton, H.Qudratullaev kabi adabiyotshunos va A.K.Borovkov, O.Usmonov, A.Rustamov kabi tilshunos olimlarning ishlari etiborli. 
 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
« Javob #20 : 11 Noyabr 2007, 15:17:12 »
Tarix va iqtisodga oid asarlari
  Tarixi muluki Ajam (Ajam shohlari tarixi,1488) qisqa tarix bolib, Eron shohlari xronikasi bayon qilingan Tarixi Tabariy, Shohnoma asarlarini mantiqan toldiradi, ulardagi faktlarni izchil ilmiy tizimga soladi. Afsonaviy shoh Kayumarsdan sosoniylarning songgi vakili Yazdi Shahriyorgacha bolgan shohlar tarixini, mifologik talqinini beradi.
  Tarixi anbiyo va hukamo (Paygambarlar va hakimlar tarixi, 1485-1498) asarining birinchi bolimida Qissasul-anbiyolar ananalarini davom ettirib, Odam alayhis-salomdan Nuh, Iso, Muso, Yaqub, Sulaymon, Yusuf, Dovud kabi paygambarlar tarixiga oid qissalar keltiradi. Navoiy Luqmoni hakimga ham anbiyolar qatoridan joy beradi. Asarning Hukamo zikrida deb nomlangan ikkinchi bolimida insoniyat tarixida chuqur iz qoldirgan donishmand hakimlar Fishogurs, Jomosp, Buqrot, Suqrot, Aflotun, Arastu, Bolinos, Jolinus, Batlimus, Buzurgmehr haqida ibratli hikoyalar keltiradi, ularning donishmandligi, ilmiy kashfiyotlari siri qisqa satrlarda talqin qilinadi.
  Vaqfiya (1481) asarida vaqf yerlari, mulklari, ularning miqdori, ulardan foydalanish, vaqf mulki va mablagi evaziga quriladigan bino va inshootlar, bu yonalishda madrasa va xonaqohlarda ornatilgan tartiblar haqida fikr yuritdi. Navoiy oz ixtiyoridagi mablaglar hisobiga qurilgan xayriya muassasalari, ilmiy-madaniy binolar va boglarni sanab otdi. Asar Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlarini organish uchun ham muhim hujjatli manbadir.
Tarix va iqtisodiy yonalishdagi asarlari N.Veselovskiy, Yakubovskiy, Ya.Gulomov, V.Zohidov, B.Ahmedov kabi olimlar tomonidan organilgan. 

 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
« Javob #21 : 11 Noyabr 2007, 15:17:37 »
Arab va fors tillaridagi asarlari
 

   Alisher Navoiy fors tilida yozgan sherlari asosida Devoni Foniy tuzilgan bolib, uning muqaddimasida Sittai zaruriya (Olti zarurat) va Fusuli arbaa (Tort fasl) forsiy qasidalari majmualari berilgan.
   Sittai zaruriya toplamidagi qasidalar Ruhul-quds (Muqaddas ruh), Aynul-hayot (Hayot chashmasi), Tuhfatul-afkor (Fikrlar tuhfasi), Qutul-qulub (Qalbdar gizosi), Minhojun-najot (Qutilish yoli), Nasimul-xuld (Jannat nasimi) kabi nomlar bilan ataladi. Ular Xoqoniy, Dehlaviy, Salmon Sovajiy, Abdurahmon Jomiy asarlari ruhida, ularga falsafiy-mantiqiy javob tarzida yozilgan.
   "Fusuli arbaa"da Sulton Husayn Boyqaro madhidan song Bahor, Saraton, Xazon (Kuz) va Day (Qish) vasfidan iborat.
   Muammo janri qoidalariga bagishlangan Mufradot (1485) fors tilidagi ilmiy asarida mumtoz sheriyatdagi bu janrni nazariy jihatdan asosladi. Muammo va uni ifodalangan janrlar ruboiy, qita, tuyuq, ayrim hollarda gazal munosabatini anglatdi. Muammolarni yechish usullarini orgatish barobarida 121 ta misol keltirdi.
Navoiyning arab tilida Sabatul-abhur (Yetti dengiz) nomli diniy-tasavvufiy ruhda lug'at xarakteridagi asar yozgani malum. Biroq bu asar nashr etilib, yetarli darajada organilmagan. Alisher Navoiyning fors tilidagi merosi Fitrat, H.Sulaymon, N.Mallaev, Sh.Shomuhamedov, R.Vohidov, Boltaeva tomonidan organilgan.
   Navoiy dahosi tufayli insoniyat tarixida dunyoning turli joylarida yashayotgan turkiy xalqlar yakqalam qilindi, millat manaviy merosi umumjahon xazinasidan mustahkam orin oldi. Mustaqil Ozbekistonda Navoiyni anglash davlat siyosati darajasiga kotarildi. Respublikadagi eng yirik viloyatlardan biri va uning markazi, Ozbekiston Davlat mukofoti, ORFA Til va adabiyot instituti, opera va balet akademik teatri, Ozbekiston Davlat kutubxonasi, Samarqand Davlat universiteti va boshqa yuzlab madaniy-marifiy muassasalar, jamoa xojaliklari ulug shoir nomi bilan ataladi.
 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
« Javob #22 : 11 Noyabr 2007, 15:18:12 »
Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasig'a panja urmoq.
Kerak sher ollida ham sheri jangi,
Agar sher o'lmasa, bori palangi. 
 
Xamsachilik tarixidan
   Navoiyning epik asarlari deyilganda birinchi navbatta ko'z oldimga “Xamsa” keladi.Xamsa beshlik demakdir Binobarin, u besh mustaqil dostondan tashlkil topgan va xar bir doston ma'lum bir mavzu voqeani keng va atroflicha masnaviy yo'li bilan yoritib beradi. Sharq adabiyotida birinchi bo'lib Xamsachilikni boshlab bergan kishi buyuk Ozarbayjon shoiri Nizomiddin Ganjaviydir. U 1173-1179-yilllar oralig'ida Arzinjon hokimi Faxriddin Baxromshohga bag'ishlab, ”Maxzan ul asror” (Sirlar xazinasi) nomli pandnoma –nasihatnoma yozadi, 1180-1181-yillarda Iroq xukmdori To'g'rul IIning iltimosiga ko'ra muxabbat va qahramonlikni ifodalovchi “Xusraf va Shirin “dostonini yaratadi. Sharq adabiyotida hamsachilik an'anasi paydo bo'ldi. Shunga ko'ra har bir asar “Xamsa“ deb atalmog'i uchun: 1- u besh dostondan tashkil topmog'i.2- birinchi doston albatta pand nasixat ruhidagi tarixiy, axloqiy, falsafiy bo'lmog'I 3-dan Husraf va Shirin mojorolariga bag'ishlanmog'i.4- uchunchi doston Layli va Majnu muhabbatini mavzu qilib olmog'i 5- to'rtinchi doston Baxrom beshinchi doston Iskandar haqida yozilmog'i shart edi.

   Navoiy “Xamsa”si XV asrdagi xalqimiz ma'naviy taraqqiyotining ko'zgusi bo'lib, unda o'sha davrning ijtimoiy turmushu,xalqning farovon urf-odatlari din-diyonat,axloq-odob haqidagi qarashlari o'z aksini topgan. Navoiy “Xamsa” si yaxli asardir. Buyuk shoir unda zamonasining barch dolzarb masalalarini qalamga oladi. Ularga javob izlaydi. Har besh doston bir-biri bilan ich-ichidan mustahkam bog'langan. Masalan: “Hayrat ul- abror” da shoir umr va uning mazmunini, jamiyat va inson, tabiat va inson kabi savollarni qo'ysa keyingi dostonlarda muayyam taqdirlar voqealar visolida ularni ochishga harakat qiladi.

 
 
 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
« Javob #23 : 11 Noyabr 2007, 15:18:43 »
Ziynat aro ravzaiy rizvondir ul,
       Ravzani qo'y, mulki Xurosondir ul 
 
Xayrat ul-abror



   Navoiy davr an'anasiga rioya qilgan holda boshqa asralari singari dostonlariga ham arabcha nom berdi va “Xamsa” dagi birinchi dostonni “Hayrat ul-abror“ deb atadi. U bugungi o'zbek tilida “Yaxshi kishilarning hayratlanishi“ degan ma'noni beradi. Dostonning xajmi 3988bayt bo'lib 64 bob, 20 ta maqolatdan tashkil topgan. U aruzning sari baxrida yozilgan. Asar an'anaviy muqaddima “Xamd” va “Na't“ bilan boshlanadi. “Xamd”da ollohning maqtovi sifatlari, “Na't” da payg'ambarimiz madhi beriladi. Navoiyning dunyo haqidagi qarashlari shu muqaddimada o'z aksini topgan. Uningcha dunyoning boshi ham oxiri ham, yaratuvchi ham, kuzatuvchi ham ollohdir.

   Ikki bob ustozlar ta'rifiga bag'shlangan. Ikki bob va undagi ma'no haqida. So'ng Husayin Bayqaro haqida, ulug' pirlari Bahavuddin Naqishband, Xo'ja Axrorga bag'ishlovlar keladi. Nixoyat 22-bobda maqolat bilan boshlanadi. Birinchi maqolat Islom haqida ikkinchi maqolat Imom haqida, uchunchi maqolar shoxlar haqida. Maqolat oxirida Shox G'oziy hikoyat beriladi. Dostondagi bir qator odob-axloq maqolatlari beriladi. Chunonchi beshinchi maqolat Karam haqida. Karamning ma'nosi keng. U mehr-marhamat ko'rsatish, sahiylik qilish, exson etish kabilarni anglatadi. Sahiylik insondagi xislatlarning ung ulug'i, baxillik eng tubanligi. Biroq har narsaning ham me'yori bor. Ortiqcha sahiylik isrofdir. Isrof esa baxillik bilan barobar. Qolaversa, xar qanday saxiylik xam ma'lum tartib bor. Masalan:faqat dovrug' uchungina mol dunyo sovurmoq saxiylikdan emas, xatto aqldan ham emas. Bu davrda yashab ijod qilgan shoirlar va allomalr ”Ahsanahu-akzabahu” (eng yaxshi sher – eng yolg'onshe'rdir”deb qaraganlar .Nizomiy Ganjaviyningf ”Maxzan ul-asror”ga 40 dan ortiq nazira yozilgan, Shundan uchtasigina chig'atoy tilida. Shuning bittasi mana shu ”Xayrat ul abror” bo'ldi
 
 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
« Javob #24 : 11 Noyabr 2007, 15:19:25 »
                                    Nedur ahvoling ey zori g'aribim,
                                    Visolim davlatidin benasibim.
                                    Chekardin g'am togin holing nechukdur,
                                    Bu yukdin jismi chun noling nechukdur. 
 
Farhod va Shirin

   Alisher Navoiyning mukammal inson haqidagi orzu-o'ylari”Xamsa”ning ikkinchi dostonida Farhod timsolida o'z aksini topgan. Bu mavzu aslida eski bo'lib, muayyan tarixiy shaxslarga borib bog'langan. U ilgari ko'proq ”Xusraf va Shirin shaklida mashhur edi. 590-yilda taxtga chiqib 628-yilda o'ldirilgan Eron shohi Xusraf Parvezning go'zal Shiringa bo'lgan muhabbati ko'pgina tarixiy asarlarda qayd etilgan Nizomiyda tasvirlanishicha Xusrab Eron shohi Xurmuzning tilab olgan o'g'li bo'lgan. Xusrafga Shirin haqidagi ma'lumotni yaqin do'stlaridan biri Shobur yetqizadi. Bu Nizomiyning ”Xusraf va Shirin”dan.

   Navoiy ”Xusraf va Shirin”dagi yaratuvchilik va sevgi dostonini Sharq dostoni deb atagan. Ishning ikki inson hayotining mazmum-mohiyati deb hisoblaydi. Bu ishq shunchaki ish emas,balki ilohiy ishqdir. Navoiyda bu ikki tushunchani bir-biridan ajratib olish mushkul. Ko'pincha ularning biri ikkinchisidan farqli va bir-birini to'ldirib boradi. Shoir bunga muqaddimadayoq ishora qiladi. Navoiy ”Farxod va Shirin” muqaddimasida uning ismini tilga oladi. Asarda Farhodning g'am-alam o'z bag'riga oladi. Buni ko'rgan otasi unga to'rt fasilga bag'ishlab qasrlar qurib beradi. Har faslga mos shohona bazlar boshlanadi. Biroq Farhodda o'zgarish bo'lmaydi. Uning o'zgarishi uchun otasi taxtni ham in'om atadi. Farxod va Shirin dostonida tasvirlangan voqeaning jazibadorligiga ko'ra ham e'toroz bilan,yozilganligi jihatidam ham yozma dostochilig'imizning eng go'zal na'munalaridan bo'lib qoladi. Ayniqsa dostondagisuvsiz joylarga suv chiqarish bilan bog'liq voqealar xalqimizning asriy orzulariga hamoxang tushganligi uchun bu asarning xalq orasida shuxrati nixoyat kattadir.

   â€Farxod va Shirin”, nomlari qo'yilgan joylar, manzillar ko'payib boradi. Farhod va Shirin dostoni shu mavzuda yozilgan asarlar singaridir. Asarning oxiriga Farhod ota –onasiga yuksak hayotsevarlik tuyg'ularini namoish etib, vafot etadi.
 
 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
« Javob #25 : 11 Noyabr 2007, 15:20:00 »
                                    Sensizki g'anim dame kam ermas,
                                    Sendin gar emas ko'p, oz ham ermas.
                                    Sen tortibon ohi otasholud,
                                    Men o't yoqibon chiqar mayin dud. 
 
Layli va Majnun
 

   Sharq adabiyotida sevgi haqidagi bitilgan dostonlar orasida “Layli va Majnun” day dardli va g'amginlini topib bo'lmaydi. U naqadar g'amgin bo'lsa shu qadar shuxrat topgan. Uni mutaxassilar G'arbdagi “Romeo va Juleta” dan ham mashhurroq hisoblaydi. Bu qissa qanchalik g'amgin va mashhura bo'lsa shunchali qadimiy hamdir. Ushbu mavzuda adabiyot olamida salkam XIII-asrdan buyon she'r va doston bitilib keladi. Qissaning kelib chiqish man'bai qadim arablar hayoti bilan bog'liq voqealarga borib taqladi. Majnunni ba'zilar tarixiy shaxs asl ismi: Qays ibn Mulavvax yoshligidan tuya boqib yurganda amakisining qizini sevib qolgan shaxs desa, ikkinchi bir fikrlar u to'qima obroz deyishadi. Navoiyning ”Layli va Majnuni”da ruhiyat tasviriga alohida e'tibor berilgan. Asar voqeasi xaybatli tun tas'viri bilan boshlangan. ”layli” degani ham ”tun” degani.

   Dostonning eng ta'sirchan joylaridan biri Majnuning ka'baga olib borilishidir. Dostonning oxirida ”Ish ta'rifi”da degan bob keladi.Shoir unda Layli va Majnun taqdirida afsonaga o'rab berilgan mazmumnni sharxlaydi. Navoiyning ”Layli va Majnunni” mazkur syujetning ishlanish tarixida alohida bir bosqich bo'lib qoldi. Navoiyga yuksak baxo berdi. Qissa xalqimiz orasida keng yoyildi. U haqida xalq dostoni maydonga keldi. Fozil Yo'ldosh o'g'li tilidan yozib olinib,nashr etilgan shu nomdagi doston bunga misoldir.
 
 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
« Javob #26 : 11 Noyabr 2007, 15:20:33 »
Ishq ila shohlig' muvofiq emas,
                                    Isq lofida shoh sodiq emas.
 
Sab'ai – sayyor
 

   "Sabbai sayyor" xamsaning to'rtinchi dostoni bo'lib, ishqiy sarguzast harakteridadir. Asarning bosh qahramoni Baxrom. Baxrom sharqda Mars yulduzining nomi. Arabchasi- Mirrix. Baxrom ko'pincha jangu jadallar, fitna yog'monlar timsoli sifatida keladi. Tarixchilar bun omni Eronning sosoniy hukmdoru BaraxxonV (420-438-yillarda podsholik qilgan) bilan bog'laydilar Xalq orasida Baxrom”Go'r” laqbi bilan mashhur bo'lgan. Go'r deb qulonni aytganlar Baxromni dastlab Firdavsiy o'z “Shohnoma”sida tasvirlagan. “Sabbai sayyor” 38bob, 5000 baytdan iborat bo'lib, asar voqealari 12-bobdan bosh;langan. Baxrom yeti iqlim shohi. Ovda uni izlab kelayotgan Moniyni uchratadi. Moniy Xitoylik bir savdogarning g'ozal qizini Dilorom haqida habar beradi. Dostonda Baxrom go'rDilorom bilan birga bo'ladi. Baxrom uni juda sevadi. Dilorom bilan birga ovga borganida mast holatida uni o'ldirib, Sahroi kabrga tashlab yuborishini buyuradi. Bunig sababi asarning o'zida berilgan. Mastlikdan qaytgandan so'ng Baxrom nima qilib qo'yganini o'ylab kanizlaridan so'raydi va uni topib kelishini buyuradi. Sahroi kabrda Diloromni topa olmagan kanizlari, uni biron-bir yirtqich hayvon yeb ketgan deb gumon qiladi. Shundan so'ng Baxromni g'am alam egallaydi. Diloromni esa shu sahrodan Xorazm yurtiga ketayotgan savdogarlar bilan qo'shilib ketadi va u yerda barcha dardlarini bir insonga aytib beradi. Baxrom kamalak rangiga moslab “Yettita qasr” qurdiradi. Birinchi qasr qora narsalar,qorong'u. Oxirgisi oq- narsalarning pokligini bildirib yaxshilikga yetaklaydi. Baxrom yettinchi qasrda Dilorom haqida eshitib uni topdirib keladi va ular yana birgalikda ovga chiqishadi. Ular bitta kiyikning orqasidan quvib, balchiqqa botgan,chakalakzorga kirib,hammalarini balchiq yutib ketadi. Sabbai Sayyor yeti sayyora degan ma'noni bildiradi. Sabbai- sayyor dostoni barchaga birdek ma'lum.
 
 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
« Javob #27 : 11 Noyabr 2007, 15:21:18 »
                                    Birovkim, anga himmat o'ldi baland,
                                    Erur olam ahli aro arjumand.                 
 
Saddi Iskandariy

   â€œSaddi Iskandariy” G'arb-u Sharq dagi eng mashhur siymolardan jahongir Iskandarga bag'ishlangan bo'lib, “Xamsa” ning yakunlovchi dostonidir. Iskandar taruixiy shaxs bo'lib Aleksandr Makedonskiy (356-323) ning sharqcha nomidir. Navoiy Iskandar haqidagi kitoblarda uning odamxo'r ajiylardan saqlanish uchun ulkan bir devor qardirgani aytiladi. Bu devorni tarixan qay darajada aniq va to'g'riligi haqida bir narsa deyish qiyin. Lekin uning katta rasmiy ma'nosi bor U ezgulik va yorug'lik o'rtasida devor. Bu devorni barcha xalqlar birgalashib quradilar. Navoiy shu tariqa Iskandarning jahongirligiga emas, inson parvarligiga diqqatni qaratadi.

   â€œSaddi Iskandariy” Navoiy “Xamsa” sida eng yirik dostondir. U 89-bob, 7215 baytdan tashkil topgan. Asar voqealari Iskandarning tug'ilishidan boshlanadi. Iskandarning nasl-nasabi borasida antiq zamonlardan buyon olimlar turlicha fikrlar bildiradi. Ba'zilar uni Eron shohi DoroIIning o'g'li deb ko'rsatadilar, ba'zilar esa Misr fir'afvinlarga olib borib bog'laydi.

 
 
 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
« Javob #28 : 11 Noyabr 2007, 15:21:54 »
                              Haq yo'lida kim senga bir harf o'qitmish ranj ila,
                              Aylamak oson emas oning haqqin ming ganj ila. 
 
Muqaddima

   Alisher Navoiy o'zbek mumtoz adabiyotining yorqin namoyondasi hisoblanadi. Navoiy yashagan davrda ham Navoiydan keyin ham Navoiydek barakali ijod qilgan shaxsni hali adabiyot olami ko'rgan emas. Navoiyning ijodi o'zining serqirralariga ma'nodorligi bilan ajralib turadi. Shoirning yozgan asarlari biz uchun har doim hayot maktabini o'taydi. Navoiy shuning uchun boshlangich sinflarda ham, yuqori sinflarning barchasida ham bir -bir o'rganiladi. O'quvchilar ham birdek Navoiy hayoti va ijodini o'rganishiga qiziqishi kuchli. Shuning uchun biz o'quvchilar bilan hamkorlikda ushbu saytni yaratdik. Bu saytda o'quvchilar Navoiy hayoti va ijodi uning lirik asarlari nasriy asarlari va “Xamsa” dostoni haqida yetarli ma'lumotlarni va bilimlarini atroflicha kengaytiradilar. Shoirning lirik asarlari ayniqsa g'azaliyoti o'quvchilarni o'ziga maftun qiladi. Navoiy yozgan asarlarining bahosi o'z davrida ham, undan keyingi davrda ham juda yuqori o'rin tutadi. Shoir o'sha paytdayoq bashorat qilgan. Zamondoshlari ham Navoiyning qalami o'tkir shoir sifatida tan berganlar.Zero Navoiy shunga arzigulik adib edi. Biz uni davlat va jamoat arbobi sifatida ham qilgan ishlarini tilga olmay iloji yo'q. Navoiyning qilgan savob amallari xalqqa, kambag'al bechoralarga qilgan yaxshiliklarining ham cheksiz-chegarasiz.

   Shoir o'zi aytgandek:


Odami ersang demagin odami
Onikim yo'q xalq g'amidin g'ami.

   U o'zining asarlarida xalq manfaatini ko'zlash g'oyalarini ilgari surgan. Xalq to'q, farovon yashashi uchun podsho adolatli bo'lmog'i lozim deb o'ylagan va shuning uchun sulton Husayn Boyqaroni har doim adolat sari yetaklashga harakat qilgan. Umuman olganda Navoiyni

   Xusayn Boyqaro bilan munosabatlari do'st, hamfikr tarzda kechgan. Bu o'rinda ham Navoiyning xizmatlari beqiyos u kelajak avlodlar o'rnak olishga arzigulik badiy asarlar qoldirgan biz o'quvchilar uni har doim o'qib o'rganib yuraylik.
 
 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Alisher Navoiyning hayoti va uning asarlari
« Javob #29 : 16 Noyabr 2007, 12:28:48 »
O'n sakkiz yosh hayratlari
O`n sakkiz ming olam oshubi agar boshindadur,
Ne ajab, chun sarvinozim o`n sakkiz yoshindadur.

Desa bo`lg`aykim, yana ham o`n sakkiz yil husni bor,
O`n sakkiz yoshina muncha fitnakim boshinadur.

O`n sakkiz yil dema, yuz sakson yil o`lsa, uldurur,
Husn shohi, ul balolarkim, ko`zu qoshinadur.

Hayrat etmon husni naqshidaki, har hayratki, bor,
Barchasi ezid taolo sun`i naqqoshinadur.

Tan anga siymu ichina tosh muzmar ko`nglidin,
Aqlg`a yuz hayrat, ul oyning ichu toshinadur.

May ketur, ey mug`ki, yuz hayrat aro qolmish Masih,
Bul ajablarkim, bu eski dayr xuffoshindadur.

To Navoiy to`kti ul oy furqatidin bahri ashk,
Har qachon boqsang, quyosh aksi aning yoshindadur.

Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

 

Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug'ati. 4 jildlik

Muallif AbdulAzizBo'lim Lug'atlar

Javoblar: 3
Ko'rilgan: 8898
So'nggi javob 25 Aprel 2013, 07:39:25
muallifi AbdulAziz
Alisher Navoiyning "Oshiq bo'ldim" g'azalining ma'nosi qanday?

Muallif Timur3312Bo'lim Alisher Navoiy asarlari

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 1975
So'nggi javob 11 May 2017, 20:46:29
muallifi Timur3312
O'zbek adabiyotining eng sara asarlari

Muallif AbdulAzizBo'lim Madaniyat

Javoblar: 19
Ko'rilgan: 25143
So'nggi javob 06 Avgust 2008, 11:06:15
muallifi The_Alchemist
QANDLI DIABET yoxud uning asoratlari xususida

Muallif NodiBo'lim Salomatlik

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 25828
So'nggi javob 20 Mart 2013, 22:52:27
muallifi Skato
Donishmand malika va uning 1001 savoli

Muallif RobiyaBo'lim Islom

Javoblar: 34
Ko'rilgan: 24399
So'nggi javob 23 Mart 2008, 17:11:38
muallifi Robiya