Muallif Mavzu: Axloq-odobga oid hadis namunalari  ( 69872 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 2 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Foniy

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 603
  • -oldi: 501
  • Xabarlar: 622
  • Jins: Erkak
  • Har bir ezgu amal sadaqadir.(Hadisdan)
Axloq-odobga oid hadis namunalari
« : 09 Noyabr 2007, 11:28:18 »
Assalomu alaykum va rahmatullohi taolo va barokatuhu!
Barcha olamlar robbi Olloh subhonahu va taologa cheksiz hamdu sanolar, payg'ambarimiz Muhammadga(SAV) u zotning ahli-oilalariga, sahobai-kiromlariga cheksiz salovotu salomlar bo'lsin, Omin!

"Axloq-odobga oid hadis namunalari"
Hamidulla HIKMATULLAYEV, Abdulaziz MANSUROV

Mehribon va rahmli Olloh nomi bilan!

Rasululoh(SAV) dedilar:

1. Ilmning ofati - esdan chiqarmoqlik va ilmga rag'bati bo'lmagan kishilarga o'rgatib, uni zoye ketkazmoqlikdir.

2. Qizlarni turmushga chiqarish to'g'risida onalari bilan maslahatlashinglar.

3. Munofiqlik belgisi uchtadir: yolg'on so'zlash, va'dasining ustidan chiqmaslik va omonatga xiyonat qilish.
« So'nggi tahrir: 19 Yanvar 2012, 14:26:19 muallifi AbdulAziz »
Yaxshilikka buyuringlar, agar o`zlaring yaxshilik qila olmasalaring ham. Yomonlikdan qaytaringlar, agarchi uning hammasidan o`zlaring chetlana olmasalaring ham!(Hadisdan)

Foniy

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 603
  • -oldi: 501
  • Xabarlar: 622
  • Jins: Erkak
  • Har bir ezgu amal sadaqadir.(Hadisdan)
Axloq-odobga oid hadis namunalari
« Javob #1 : 10 Noyabr 2007, 10:05:47 »
4. Chaqirilgan joygagina boring.

5. Nafaqa1 va sadaqa berishda avval o'zingdan boshla. Agar biror narsa ortsa, ahli ayolingga2 ber. Yana  biror narsa ortib qolsa, qarindoshlaringga ber. Ulardan ham ortsa boshqalarga ber.

6. Halol va ruxsat etilgan narsalar ichida Tangriga xush kelmaydigani - taloqdir.

1 Nafaqa - bu yerda moddiy yordam ma'nosida.
2 Ahli ayol - oila a'zolari
« So'nggi tahrir: 27 Noyabr 2007, 10:47:41 muallifi Foniy »
Yaxshilikka buyuringlar, agar o`zlaring yaxshilik qila olmasalaring ham. Yomonlikdan qaytaringlar, agarchi uning hammasidan o`zlaring chetlana olmasalaring ham!(Hadisdan)

Foniy

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 603
  • -oldi: 501
  • Xabarlar: 622
  • Jins: Erkak
  • Har bir ezgu amal sadaqadir.(Hadisdan)
Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
« Javob #2 : 19 Noyabr 2007, 10:43:10 »
7. Odamlar ichida Tangriga yoqimsizrog'i - ashaddiy dushmanlik qiluvchidir.

8. Bid'at-xurofotga berilgan odam to ularni tark etmaguncha, uning qilgan savobli ishlarini Tangri qabul qilmaydi.

9. Taomni sovitibroq iste'mol qilinglar, issiq-qaynoq taomda baraka bo'lmaydi.
« So'nggi tahrir: 27 Noyabr 2007, 10:19:06 muallifi Foniy »
Yaxshilikka buyuringlar, agar o`zlaring yaxshilik qila olmasalaring ham. Yomonlikdan qaytaringlar, agarchi uning hammasidan o`zlaring chetlana olmasalaring ham!(Hadisdan)

Foniy

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 603
  • -oldi: 501
  • Xabarlar: 622
  • Jins: Erkak
  • Har bir ezgu amal sadaqadir.(Hadisdan)
Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
« Javob #3 : 20 Noyabr 2007, 09:24:04 »
10. Har bir qavmning qiz farzandidan tug'ilgan bola ham shu qavmga mansubdir3.

11. Qora tanli xalqlarni ham do'st tutaveringlar, zero ulardan uchtasi jannat ahlining ulug'laridan bo'lurlar: 1. Luqmoni Hakim. 2. Najoshiy4. 3. Muazzin Bilol Habashiy5.

12. Qalbing muloyim, hojating ravo bo'lishini xohlaysanmi? Xohlasang yetimlarga mehribon bo'l, ularning boshini sila, o'z taomingdan ularga yedir. Shunda diling yumshab, hojating ravo bo'lur.

3 Qadimiy arab qabilalarida qizdan tarqalgan farzandlarni qarindosh hisoblamaslik odat bo'lgan.

4 Najoshiy - qadimgi habashistonlik musulmon podshoh.

5 Bilol Habashiy - ozod etilgan habash qul, payg'ambarimiz Muhammadning(SAV) doimiy muazzinlari bo'lgan.
« So'nggi tahrir: 28 Noyabr 2007, 09:59:40 muallifi Foniy »
Yaxshilikka buyuringlar, agar o`zlaring yaxshilik qila olmasalaring ham. Yomonlikdan qaytaringlar, agarchi uning hammasidan o`zlaring chetlana olmasalaring ham!(Hadisdan)

Foniy

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 603
  • -oldi: 501
  • Xabarlar: 622
  • Jins: Erkak
  • Har bir ezgu amal sadaqadir.(Hadisdan)
Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
« Javob #4 : 21 Noyabr 2007, 09:20:58 »
13. Qo'y boqinglar, chunki u barakadir.

14. Chaqimchilik nima, bilasizlarmi? U - odamlarning gaplarini (ularning o'zaro munosabatlarini buzish niyatida) bir-birlariga tashimoqlikdir.

15. Harom narsalardan saqlaning - odamlar ichida ibodatlirog'i bo'lasiz. Tangrining taqsim qilgan rizqiga rozi bo'ling - odamlarning boyrog'i bo'lasiz. Qo'shningizga yaxshilik qiling - tinch bo'lasiz. O'zingiz sevgan narsani odamlarga ham ravo ko'ring - salomat yurasiz. Ko'p kulmang. Ko'p kulish dilni o'ldiradi6.

6 Ya'ni susaytiradi.
« So'nggi tahrir: 27 Noyabr 2007, 10:13:54 muallifi Foniy »
Yaxshilikka buyuringlar, agar o`zlaring yaxshilik qila olmasalaring ham. Yomonlikdan qaytaringlar, agarchi uning hammasidan o`zlaring chetlana olmasalaring ham!(Hadisdan)

Foniy

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 603
  • -oldi: 501
  • Xabarlar: 622
  • Jins: Erkak
  • Har bir ezgu amal sadaqadir.(Hadisdan)
Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
« Javob #5 : 22 Noyabr 2007, 09:19:27 »
16. Tangridan qo'rqing. Yaxshi va xayrli ishlarning birortasini kichik sanamang, suv so'ragan kishining idishiga chelakdan suv quyib berish bilan yoki birodaringizni ochiq yuz bilan qarshi olish bilan bo'lsada, ezgulik qiling. Kibr yuzasidan ishtonni uzaytirib kiyishlikdan saqlaning7. Tangri kibrni yomon ko'radi. Agar sizni biror kishi haqoratlasa va sizda yo'q ayblar bilan ayblasa, uni unda bor ayblar bilan ayblamang, uni qo'yavering, shunda gunohi unga, savobi sizga bo'lur. Hech kimni haqoratlamang!

17. Tangridan qo'rqinglar va farzandlaringizga bir xil mehrda bo'linglar! (Ularga kiyim va taomlarni barobar taqsimlanglar).

18. Ikki kishiga Tangri qiyomat kuni rahmat nazari bilan boqmaydi: 1. Qarindosh uryg'idan uzilib ketgan kishiga. 2. Yomon qo'shniga.

7 O'sha davrda kibrning asosiy belgilaridan biri lozimni haddan tashqari uzun kiyish bo'lgan.
« So'nggi tahrir: 27 Noyabr 2007, 10:06:49 muallifi Foniy »
Yaxshilikka buyuringlar, agar o`zlaring yaxshilik qila olmasalaring ham. Yomonlikdan qaytaringlar, agarchi uning hammasidan o`zlaring chetlana olmasalaring ham!(Hadisdan)

Foniy

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 603
  • -oldi: 501
  • Xabarlar: 622
  • Jins: Erkak
  • Har bir ezgu amal sadaqadir.(Hadisdan)
Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
« Javob #6 : 23 Noyabr 2007, 09:22:53 »
19. Ikki kishi bir kishidan yaxshi, uch kishi ikki kishidan yaxshi, to'rt kishi uch kishidan yaxshi, ko'pchilik bilan birga bo'linglar. Tangri ummatlarimni faqat to'g'ri yo'lda borishlikka birlashtiradi.

20. Halokatga olib boruvchi yetti xil gunohdan saqlaninglar:
  1. Tangriga shirk keltirmoq8.
  2. Sehr ishlari bilan shug'ullanmoq.
  3. Birovni nohaq o'ldirmoq.
  4. Sudxo'rlik.
  5. Yetimlar molini yemoq.
  6. Vatan mudofaasi uchun bo'layotgan urushdan qochmoq.
  7. Erli, mo'mina, iffatli ayollarni fohisha deb haqoratlamoq.

21. Odamlarni yuziga urishdan saqlaninglar.

8 Tangrini birdan ortiq demoqlik va undan boshqalarda ham ilohiy kuch bor deb bilmoqlik.
« So'nggi tahrir: 27 Noyabr 2007, 09:55:41 muallifi Foniy »
Yaxshilikka buyuringlar, agar o`zlaring yaxshilik qila olmasalaring ham. Yomonlikdan qaytaringlar, agarchi uning hammasidan o`zlaring chetlana olmasalaring ham!(Hadisdan)

Foniy

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 603
  • -oldi: 501
  • Xabarlar: 622
  • Jins: Erkak
  • Har bir ezgu amal sadaqadir.(Hadisdan)
Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
« Javob #7 : 26 Noyabr 2007, 10:57:36 »
22. Aroqdan saqlaninglar, chunki u barcha yomonliklarning kalitidir.

23. Tangri nazdida eng yaxshi gap - rost gapdir.

24. Tangri nazdida eng ma'qul jihod9 - zolim podshohga aytilgan haq so'zdir.

9 - Jang
Yaxshilikka buyuringlar, agar o`zlaring yaxshilik qila olmasalaring ham. Yomonlikdan qaytaringlar, agarchi uning hammasidan o`zlaring chetlana olmasalaring ham!(Hadisdan)

Foniy

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 603
  • -oldi: 501
  • Xabarlar: 622
  • Jins: Erkak
  • Har bir ezgu amal sadaqadir.(Hadisdan)
Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
« Javob #8 : 27 Noyabr 2007, 09:47:18 »
25. Tangri nazdida bandalarning eng yaxshisi o'z ahli-ayoliga foydasi ko'p tegadigan kishidir.

26. Tangri nazdida uylarning yaxshirog'i - yetimlar izzat qilinadigan uydir.

27. O'zingga yoqqan narsani boshqalarga ham ravo ko'r!
Yaxshilikka buyuringlar, agar o`zlaring yaxshilik qila olmasalaring ham. Yomonlikdan qaytaringlar, agarchi uning hammasidan o`zlaring chetlana olmasalaring ham!(Hadisdan)

Foniy

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 603
  • -oldi: 501
  • Xabarlar: 622
  • Jins: Erkak
  • Har bir ezgu amal sadaqadir.(Hadisdan)
Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
« Javob #9 : 28 Noyabr 2007, 09:48:09 »
28. Do'stingni yengilroq sevginki, kuni kelib dushman bo'lib qolishi ham mumkin. Dushmaningga ham yengilroq adovat qilginki, kuni kelib do'st bo'lib qolishi ham mumkin.

29. Dehqonchilik qilinglar, chunki dehqonchilik barakali ishdir. Dehqonchilikni qo'riqlovchi soqchilarni ko'paytiringlar!

30. Liboslaringizni chiroyli qilinglar, ot-ulovlaringizni yaroqli tutinglar! Yuzdagi xoldek odamlarga namuna bo'linglar!
Yaxshilikka buyuringlar, agar o`zlaring yaxshilik qila olmasalaring ham. Yomonlikdan qaytaringlar, agarchi uning hammasidan o`zlaring chetlana olmasalaring ham!(Hadisdan)

Foniy

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 603
  • -oldi: 501
  • Xabarlar: 622
  • Jins: Erkak
  • Har bir ezgu amal sadaqadir.(Hadisdan)
Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
« Javob #10 : 29 Noyabr 2007, 09:36:41 »
31. Ikki jag’ingiz va ikki oyog’ingiz o’rtasidagi a’zolaringizni tiying!

32. O’zimdan keyin qoladigan ummatlarim uchun uch narsadan qo’rqaman:
   1. Nafsu havoga berilib, yo’ldan ozishidan.
   2. Nafsoniy va shahvoniy hissiyotga berilib ketishidan.
   3. Ilmu ma’rifatga ega bo’laturib, g’ofillarning ishini tutishidan.

33. Otangiz vafotidan keyin uning do’stlari bilan aloqani davom ettiring. Ular bilan aloqani uzsangiz, Tangri sizning nuringizni o’chiradi10.

10 Obro’-e’tiboringizni pasaytiradi, ma’nosida
Yaxshilikka buyuringlar, agar o`zlaring yaxshilik qila olmasalaring ham. Yomonlikdan qaytaringlar, agarchi uning hammasidan o`zlaring chetlana olmasalaring ham!(Hadisdan)

Foniy

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 603
  • -oldi: 501
  • Xabarlar: 622
  • Jins: Erkak
  • Har bir ezgu amal sadaqadir.(Hadisdan)
Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
« Javob #11 : 30 Noyabr 2007, 09:18:31 »
34. Amirning sovg'a olishi harom va qozining pora olishi dindan chiqishdir.

35. Ummatlarim uchun eng qattiq qo’rqqan jihatlarim: qorin solib semirish, seruyqulik, dangasalik va sust e’tiqodda bo’lishdir.

36. Omonat qo’ygan kishining omonatini o’z vaqtida ado eting. Haqqingizga xiyonat qilgan kishiga siz xiyonat qilmang!
Yaxshilikka buyuringlar, agar o`zlaring yaxshilik qila olmasalaring ham. Yomonlikdan qaytaringlar, agarchi uning hammasidan o`zlaring chetlana olmasalaring ham!(Hadisdan)

Foniy

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 603
  • -oldi: 501
  • Xabarlar: 622
  • Jins: Erkak
  • Har bir ezgu amal sadaqadir.(Hadisdan)
Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
« Javob #12 : 01 Dekabr 2007, 09:39:45 »
37. Iloji boricha odamlarni oily jazoga tortmaslikka harakat qilinglar. Lekin oily jazolar ham butunlay bekor qolmasin.

38. Yov tomondan biror kishi o’z joniga omonlik so’rab kelsa, uni o’ldirmang.

39. Qaysi birlaringga qozilik lavozimini o’tashlik to’g’ri kelib qolsa, jahlu g’azab kelganda hukm chiqarilmasin, xusumat bilan kelganlarga qarashda, ularni o’tqazishda va ularga imo-ishora qilishda barobar bo’linsin.
Yaxshilikka buyuringlar, agar o`zlaring yaxshilik qila olmasalaring ham. Yomonlikdan qaytaringlar, agarchi uning hammasidan o`zlaring chetlana olmasalaring ham!(Hadisdan)

Foniy

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 603
  • -oldi: 501
  • Xabarlar: 622
  • Jins: Erkak
  • Har bir ezgu amal sadaqadir.(Hadisdan)
Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
« Javob #13 : 03 Dekabr 2007, 09:43:47 »
40. O’t-o’chog’iga yarab turgan xodimi o’z xo’jayiniga taom tayyrolab kelganda uni o’zi bilan birga (ovqatga) o’tqazsin. Agar birga o’tqazmasa, bir-ikki osham nasiba bersin.

41. Biror qabilaning ulug’ kishisi yoki boshlig’i kelsa, sizlar ham uni izzat-ikrom qilinglar.

42. Ziyoratingizga kelgan odam hurmatini joyiga qo’yinglar.
Yaxshilikka buyuringlar, agar o`zlaring yaxshilik qila olmasalaring ham. Yomonlikdan qaytaringlar, agarchi uning hammasidan o`zlaring chetlana olmasalaring ham!(Hadisdan)

Foniy

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 603
  • -oldi: 501
  • Xabarlar: 622
  • Jins: Erkak
  • Har bir ezgu amal sadaqadir.(Hadisdan)
Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
« Javob #14 : 04 Dekabr 2007, 09:36:58 »
43. Kim-kimni do’st tutsa, shu sevgisini bildirib qo’ysin.

44.Kimniki Tangri do’st tutib qolsa, odamlarning unga hojati tushadigan qilib qo’yadi.

45. Qachonki Tangri biror podshohga yaxshilikni xohlasa, unga sodiq vazir baxsh etadi: u unutgan paytda eslatadi, eslagan paytda yordamlashadi. Agar Tangri podshohga yomonlikni istasa, unga yomon vazir ato qiladi: u unutsa eslatmaydi, eslasa yordamlashmaydi.
Yaxshilikka buyuringlar, agar o`zlaring yaxshilik qila olmasalaring ham. Yomonlikdan qaytaringlar, agarchi uning hammasidan o`zlaring chetlana olmasalaring ham!(Hadisdan)

 

Islomiy axloq

Muallif AbdulAzizBo'lim Islom

Javoblar: 85
Ko'rilgan: 20080
So'nggi javob 13 Fevral 2019, 14:14:24
muallifi MirzoMuhammad
Imom Navaviy. Arba'in hadis (40 hadis)

Muallif LayloBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 47
Ko'rilgan: 31791
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 03:09:55
muallifi AbdulAziz
ActionScript namunalari va natija fayllari

Muallif UsmonBo'lim Dasturlash

Javoblar: 9
Ko'rilgan: 8717
So'nggi javob 13 Aprel 2011, 15:26:15
muallifi azizbek_mx
Tohir Malik. Odamiylik mulki (axloq kitobi)

Muallif AbdulAzizBo'lim Axloq-odobga oid kitoblar

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 58679
So'nggi javob 05 Fevral 2010, 16:19:17
muallifi Ansora
Bugun men yod olgan HADIS...

Muallif MahdiyahBo'lim Islom

Javoblar: 74
Ko'rilgan: 29064
So'nggi javob 22 Fevral 2013, 11:06:36
muallifi Salsabil