Axloq-odobga oid hadis namunalari  ( 126875 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 17 18 19 20 21 22 23 B


Foniy  01 Mart 2008, 19:00:32

631. Mo’min kishining yaxshi niyati qilgan amalidan ham afzaldir. Munofiq kishining qilgan yaxshi amali dilidagi yomon niyatidan afzaldir. Har bir kishi o’z niyatiga qarab ish tutadi. Mo’min kishi qachon biron ezgu ish qilsa, dili ravshanlanaveradi.

632. Gunohiga pushaymon bo’lish ham tavba hukmidadir.

633. Rasululloh ummatlarini adashish va yanglishishdan qaytarganlar.

Qayd etilgan


Foniy  01 Mart 2008, 19:01:13

634. Rasululloh ummatlarini hayvonlar kabi bichishni man etganlar.

635. Rasululloh ikki kishi birga ovqatlanganda biri ikkinchisidan beijozat dasturxondagi taom yoki mevalardan ikkitadan olib yeyishni man etganlar.

636. Rasululloh o’zini odamlardan chetga olib, xilvatda zohidlik qilishni man etganlar.

Qayd etilgan


Foniy  01 Mart 2008, 19:01:52

637. Rasululloh mehmon uchun ortiqcha takalluf (ziyofat uchun haddan ortiqcha urinish)ni man etganlar.

638. Rasululloh marhumlar sha’niga mubolag’a bilan madhiya va marsiya aytishni man etganlar.

639. Rasululloh ummatlarining turli nazr-niyoz qilishlarini man etganlar.

Qayd etilgan


Foniy  01 Mart 2008, 19:03:16

640. Rasululloh bir uyda yakka uxlashni man etganlar.

641. Rasululloh janglarda ayollarni va norasidalarni qatl qilishni man etganlar.

642. Rasululloh har qanday mast qiluvchi va bo’shashtiruvchi narsalarni iste’mol qilishni41 man etganlar.

41 Ya’ni giyohvandlikni.

Qayd etilgan


Foniy  01 Mart 2008, 19:03:58

643. Rasululloh soch va soqolning oqlarini yulib tashlashni man etganlar.

644. Rasululloh qabr ustiga o’tirishni, qabr ustini butunlay tekislab tashlashni yoki uning ustiga turli baland qubbalar qurishni man etganlar.

645. Rasululloh qabr ustiga biror narsa yozib qo’yishni ham man etganlar.

Qayd etilgan


Foniy  01 Mart 2008, 19:06:40

646. Rasululloh safardan o’z uyiga kechasi bemahal kirib kelishni man etganlar.

647. Rasululloh beijozat ikki kishining o’rtasini yorib, oralariga suqilib kirib o’tirishni man etganlar.

648. Baxillikdan yomon illat yo’q.

Qayd etilgan


Foniy  01 Mart 2008, 19:08:11

649. Odamlarni kuldiraman deb yolg’on gapiradigan odamlarning holiga voy, holiga voy.

650. Yomon ulfatdan yakkalik yaxshi, yakkalikdan yaxshi ulfat yaxshi, jim o’tirgandan foydali gap yaxshi, befoyda gapdan sukut saqlagan yaxshi.

651. Do’stlik ham, adovat ham nasldan naslga meros qoladigan narsadir.

Qayd etilgan


Foniy  01 Mart 2008, 19:08:49

652. Naqd pulim bo’lmasa, biror narsani nasiyaga sotib olmayman.

653. Omonatga xiyonat qiluvchida imon yo’q, ahdida turmaydiganda diyonat yo’q.

654. Parhezkor uchun molu dunyoning zarari yo’q. Boylikdan ko’ra ham parhezkor odam uchun salomatlik yaxshi. Ko’ngil ochiqligi katta ne’matdir.

Qayd etilgan


Foniy  01 Mart 2008, 19:09:30

655. Salom berib kirmagan odamni huzuringizga qo’ymanglar!

656. Kofirlarni haqorat qilib, mo’minlar boshiga ulardan biror kulfat yetishiga sababchi bo’lib qolmanglar!

657. O’q otish mashqida jonli narsani nishon qilib qo’ymanglar!

Qayd etilgan


Foniy  01 Mart 2008, 19:10:52

658. Uylaringizdagi yonib turgan o’tni o’chirmasdan uyquga ketmanglar!

659. O’limni orzu qilmanglar!

660. Dushman bilan to’qnashib jang qilishni orzu qilmanglar. Ammo jang boshlanib qolsa, sabot va matonatli bo’linglar!

Qayd etilgan