XIII-XXI asr adabiyoti  ( 75580 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 B


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:48:39

XURSHID DAVRON
 
 

 
Xurshid Davron 1952-yilda, Samarqand shahrida tugilgan.
Shoir 1977-yilda Toshkent Davlat Dorilfununini tugatib, hozirgi kungacha "Kamalak" nashriyotida, Respublika ma`naviyat va ma`rifat markazida xizmat qilgan.
Xurshid Davron "Qadrdon quyosh", "Shahardagi olma daraxti", "Tungi bog`lar", "Uchib boraman qushlar bilan", "To`marisning ko`zlari", "Bolalikning ovozi" she`riy to`plamlari, "Samarqand xayoli", "Sohibqiron nevarasi" kabi esselar muallifidir.
 

 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:49:09

Sa'dulla HAKIM (1951)
 
 

 
 

 
Sa'dulla Hakim adabiyotga 70-yillarning oxirida kirib kelgan iste'dodli shoirlardan biri. U 1951-yil 25-martda Jizzax viloyati Forish tumanidagi Garasha qishlog'ida tug'ildi. Shoirning bolaligi Nurota tizma tog'lari orasida joylashgan betakror tabiatli shu qishloqda kechdi. "Yulduzlar ishkomlardagi uzum donalaridek osilib turgan tiniq yoz kechalari. Tizza bo'yi qorli qir-adirda qora po'stin yopingan soqchilarday pahlavon qoyalar. Go'yo yashil maysazordan nur taralayotgandek taassurot uyg'otuvchi mayin ko'klam yomg'irlari. Qirmiz gulxan chirmashgan kuz bog'lari. Men bularni hanuz unutolmayman, hanuz sog'inib yashayman",  deb eslaydi bolalik yillarini u.
Shu yerda o'rta maktabni bitirgach, Sa'dulla Hakim Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatdi. Ham jurnalistika, ham badiiy ijod bilan shug'ullandi.
Uzoq yillar hozirgi "Saxovat" jurnalida, "O'zbekiston adabiyoti va san'ati", "O'zbekiston ovozi" gazetalarida adabiyot va san'at bo'limi mudiri, mas'ul kotib vazifalarida ishladi. 1992-96-yillarda "Ma'rifat" gazetasi uning bosh muharrirligida nashr etildi. 1996-yildan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida Axborot-targ'ibot   tahlil markazining rahbari.
"Hamal tonglari", "Sen kutgan bahor", "Yoz oqshomi" kabi to'plamlari, tarixiy qahramonlik aks etgan "Olis yulduz" dostoni adabiyotda shoirning o'z adabiy-falsafiy olamini yaratdi.
U ko'p yillardan buyon O'zbekiston Yozuvchilari uyushmasi, O'zbekistan Jurnalistlari uyushmasining a'zosi.
 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:49:31

Xurshid DO'STMUHAMMAD
 

 
 

 
Jurnalist va yozuvchi Xurshid Do'stmuhammad 1951-yilning 6-yanvar kunida Toshkentda dunyoga keldi. O'rta maktabni bitirgach, 1969-1973-yillarda Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetida o'qidi. So'ngra "Fan" nashriyotida, "Fan va turmush" jurnalida va "Qishloq haqiqati" gazetalarida ishladi. 1986-yildan "Yosh kuch" jurnalida avval bo'lim mudiri, so`ng bosh muharrir o'rinbosari, keyin bosh muharrir sifatida faoliyat ko'rsatdi. Respublika Prezidenti devonida xizmat qildi. Hozirda "Hurriyat" mustaqil gazetasining bosh muharriri. Uning ijodi xiyla kechroq boshlangan. Bo'lg'usi adibning dastlabki hikoyasi 1981-yilda "Guliston" jurnalida e'lon qilingan. Yozuvchining birinchi qissasi "Nigoh" nomi bilan 1987-yilda "Yoshlik" jurnalida bosildi. "Hovli etagidagi uy" nomli birinchi kitobi esa 1989-yilda nashr etilgan. Shundan buyon uning "Panoh", "Oromkursi", "So'roq", "Sof o'zbekcha qotillik" kabi qissalari va o'nlab hikoyalari e`lon qilingan. Adibning keyingi kitobi "Jajman" (1997) nomi bilan chop etilgan bo'lib, undan "So'roq", "Oromkursi" va "Hay, Gulshod, Gulshan!.. yoxud quyi qishloqcha qotillik" kabi qissalari va "Mahzuna", "Jajman", "Ibn Mug'anniy", "Yolg'izimsiz", "Ko'z qorachig'idagi uy" kabi bir qator sara asarlari joy olgan. To'plamga kirgan barcha qissa va hikoyalar ham hayotiyligi, sarguzashtga boyligi bilan e'tiborni tortadi.
Xurshid Do'stmuhammad tarjimon sifatida ham faoldir. U yapon adibi Akutagava Ryukoskening "Rasemon darvozasi" hikoyasini, T.Po`latovning "Etti huzur-halovat va qirq qayg'u-alam" romanini tarjima qilgan.
U adabiyotshunos olim sifatida ham qalam tebratib, filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishini himoya qilgan.
 

 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:49:55

Ikrom OTAMUROD (1951)
 
 

 
Ikrom Otamurod 1951-yili Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida tavallud topgan. O'rta maktabni tugatgach, 1969-1974-yillarda Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan. 1974-1975-yillarda "œO'zbekiston Davlat qomusi" nashriyotida muharrirlik qilgan. 1975-yildan to shu kunga qadar "Sharq yulduzi" jurnalida avval adabiy xodim, so'ng she'riyat bo'limining mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Ikrom Otamurod o'z tengdoshlari orasida falsafiy mushohadasining kengligi, minbar shoirligi, notiqligi bilan ajralib turadi. Uning she'r va dostonlarida ustoz Maqsud Shayxzoda nafasi ufuradi.
Shoirning 1982-yilda "Vaqt ranglari", 1983-yili "Janub qushlari", "To'rg'ayli manzillar", 1987-yilda "Ufqlar orti bepoyon", 1992-yilda "Xaritaga tushmagan joylar" va "Uzoqlashayotgan og'riq" she'riy kitoblari chop etilgan.
Ikrom Otamurodning Falastin shoiri Muin Bsisuga bag'ishlangan "Yarador umid otlari" dostoni (1986) 80-yillar o'zbek she'riyatida sezilarli voqea bo'lgan. Dostonda xorijlik ijodkor obrazi orqali inson qalbining po'rtanalari, mustaqillik haqidagi orzular, ona-yurt obrazi kuchli his-hayajon bilan badiiy ifodalangan.
Shoir falsafiy mushohada bilan yo'g'rilgan she'riy uslubiga sodiq qolib, 1990-yili "œUzoqlashayotgan og'riq" dostonini yaratdi. Bu asarda zamondoshlarimizni tobora tark etib borayotgan e'tiqod, burch, insoniylik tushunchalari qalb tug'yoni, vijdon azobi, yurak qoni bilan badiiy tadqiq etilgan.
So'nggi yillarda shoirning yana ko'plab ajoyib she'rlari, dostonlari yaratildi. "Sopol siniqlari" (1994), "Sen" (1996), "Ichkari va tashqari" (1997) dostonlari shoir qalbida uyg'ongan pokiza va ezgu tuyg'ular bilan limmo-lim. "Ruhimning qayg'usi" (1997) she'rlar to'plamida esa shoir insoniy haqiqat izlaydi.
Ikrom Otamurod taniqli tarjimon hamdir. U Mahmud Darvish, Muin Bsisu, Uold Uitmen, Pablo Neruda, O`ljas Sulaymon, Evgeniy Evtushenko kabi mashhur shoirlarning she'r va dostonlarini o'zbek tiliga tarjima qilgan. Ayni paytda Ikrom Otamurodning ham she'r va dostonlari turk, arab, bulg'or, rus, moldovan, ozorboyjon, qirg'iz, qozoq, tojik, gruzin tillariga tarjima qilindi. Ikrom Otamurod katta ilhom bilan qalam tebratmoqda.
 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:50:19

Sharof BOSHBEKOV (1951)
 

 
 

 
Iste'dodli dramaturg Sharof Boshbekov Samarqandda tavallud topgan. U adabiyotning qutlug' dargohiga 80-yillarning boshlarida qadam qo'ygan. Dastlab hikoya janrida o'zini sinab ko'rgan. Jumladan, uning "G" varianti" hikoyasi (1981) "Jumboq"(1986), "G'urur"(1982) kabi hajviy hikoyalari yuzaga kelgan. Shundan so'ng uning ketma-ket rang-barang mavzudagi sahna asarlari yaratildi. U "Tushov uzgan tulporlar" (1983), "Eshik qoqqan kim?" (1987) kabi komediya, "Qasosli dunyo" kabi qisqa metrajli film ssenariysini yozdi. Shuningdek, "Eski shahar gavroshlari" (1988), "Temir xotin" (1989) kabi jiddiy komediyalarini
yaratdi. Keyinchalik "Taqdir eshigi" dramasi yuzaga keldi. Ayniqsa, "Temir xotin" dramasi adibga katta shuhrat keltirdi. Unda fan-texnika rivoji davrida inson ongi, dunyoqarashi, ruhiyatida sodir bo'layotgan jiddiy o'zgarishlar hajviy yo'sinda umumlashtirilib berilgan. Adibning shu asari asosida kinofilm ham yaratildi (1990). Shuningdek, "Sharif va Ma'ruf", "Yuzsiz" (1993), "Tilla bola" (1994) film ssenariylarini yozishda ham ishtirok etdi. U "Masxaraboz" (1996), "Farhod va Shirin" filmlarinig ssenariysini yozish barobarida o'zi rejissorlik ham qildi. "Charxpalak" nomli 60 qismli videofilm ham tayyorlagan. Shuningdek, "Tentak farishtalar" (1995), "Zo'rdan zo'r chiqsa" (1996) kabi pyesalarini yozdi. Uning "Temir xotin" asari 1989-yil O'zbekiston Yozuvchilari uyushmasining M.Shayxzoda mukofatiga sazovor bo'ldi. 1990-yilda esa unga Hamza nomidagi respublika davlat mukofoti berildi.
 

 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:50:45

Sobir O`nar
 

 
 
Sobir O`nar - 1964 - yilda Samarqand viloyatining Quvkalla qishlog`ida, chorvador oilasida tug`ilgan. O`zbekiston Milliy Universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Oilali, to`rt farzandning otasi.
1986 - yildan buyon "O`shlik" jurnalining tahririyatida ishlaydi. Hozirda ushbu jurnalning bosh muharriri. 1993 - yili Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo`lgan. Yozuvchilar uyushmasi a`zosi. Qator qissa va hioyalar muallifi.
Chop etilgan asarlari:
1. "Orzuga to`la qishloq". 1989 - yil.
2. "Ovloq adirlar bag`rida". 1990 - yil.
3. "Chashma". 1991 - yil.
4. "Chambilbelning oydalasi". 2006 - yil.
Yangi "Dunyo shundoq tururmu?" qissasi chop etish arafasida.
 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:51:09

Sharof BOSHBEKOV (1951)
 
 

 
 

 
Iste'dodli dramaturg Sharof Boshbekov Samarqandda tavallud topgan. U adabiyotning qutlug' dargohiga 80-yillarning boshlarida qadam qo'ygan. Dastlab hikoya janrida o'zini sinab ko'rgan. Jumladan, uning "G" varianti" hikoyasi (1981) "Jumboq"(1986), "G'urur"(1982) kabi hajviy hikoyalari yuzaga kelgan. Shundan so'ng uning ketma-ket rang-barang mavzudagi sahna asarlari yaratildi. U "Tushov uzgan tulporlar" (1983), "Eshik qoqqan kim?" (1987) kabi komediya, "Qasosli dunyo" kabi qisqa metrajli film ssenariysini yozdi. Shuningdek, "Eski shahar gavroshlari" (1988), "Temir xotin" (1989) kabi jiddiy komediyalarini
yaratdi. Keyinchalik "Taqdir eshigi" dramasi yuzaga keldi. Ayniqsa, "Temir xotin" dramasi adibga katta shuhrat keltirdi. Unda fan-texnika rivoji davrida inson ongi, dunyoqarashi, ruhiyatida sodir bo'layotgan jiddiy o'zgarishlar hajviy yo'sinda umumlashtirilib berilgan. Adibning shu asari asosida kinofilm ham yaratildi (1990). Shuningdek, "Sharif va Ma'ruf", "Yuzsiz" (1993), "Tilla bola" (1994) film ssenariylarini yozishda ham ishtirok etdi. U "Masxaraboz" (1996), "Farhod va Shirin" filmlarinig ssenariysini yozish barobarida o'zi rejissorlik ham qildi. "Charxpalak" nomli 60 qismli videofilm ham tayyorlagan. Shuningdek, "Tentak farishtalar" (1995), "Zo'rdan zo'r chiqsa" (1996) kabi pyesalarini yozdi. Uning "Temir xotin" asari 1989-yil O'zbekiston Yozuvchilari uyushmasining M.Shayxzoda mukofatiga sazovor bo'ldi. 1990-yilda esa unga Hamza nomidagi respublika davlat mukofoti berildi.
 

 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:51:36

Abduqayum Yo`ldoshev
 

 
 

 
 
Abduqayum Yo`ldoshev (adabiy tahalluslari Muhandis, Birlash Yo`ldosh) - 1962-yil, Samarqand viloyati, Qo`shrabot tumanida tug`ilgan. Toshkent politexnika institutini (hozirgi Texnika universiteti) tugallagan. "Sirli olam", "Yoshlik" jurnallarida, "Qalb ko`zi", "Hurriyat", "Mohiyat" gazetalarida faoliyat yuritgan. Ayni paytda "Yoshlik" jurnalida faoliyat yuritmoqda.
1999-yili "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan. 1993-yildan buyon O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi.
Chop etilgan asarlari:
1. "Vremya pokupat chyorniye perstni" (hikoyalar to`plami). Moskva, "Yosh gvardiya", 1990 - yil.
2. "Haqiqatdan dars" (hikoyalar to`plami). Toshkent, "Cho`lpon", 1990 - yil.
3. "Qaro ko`zim. Shayx-ur-rais". Toshkent, "Yosh gvardiya", 1990 - yil.
4. "Hurriyat zavqi" (to`plam). Toshkent, "Yozuvchi", 1996 - yil.
5. "Operatsiya "Biomen" " (hikoyalar to`plami, rus tilida). Toshkent, "Yozuvchi", 1988 - yil.
6. "Sunbulaning ilk shanbasi". Toshkent, "Yozuvchi", 1998 - yil.
7. "Timsohning ko`z yoshlari". Toshkent, "Yangi asr avlodi", 2003 - yil.
8. "Parvoz". Toshkent, "Yangi asr avlodi", 2004 - yil.
 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:52:03

 Iqbol Mirzo (1967)
 
 

 
 

 
Iqbol Nirzo adabiyotimizning kenja avlodiga mansub bo`lib, 1967-yilning 1-may kuni Farg`ona viloyatining Bag`dod tumanidagi Qo`shtegirmon qishlog`ida tug`ilgan. 1984-yili o`rta maktabni tugatgach, Farg`ona Davlat pedagogika institutining o`zbek tili va adabiyoti fakultetiga o`qishga kirib, uni 1991-yili muvaffaqiyatli tugallagan. 1983-87-yillarda harbiy xizmatni o`tab qaytgan. Iqbol Mirzo avval "O`zbekiston tabiati", "Vatan" kabi gazetalarda bo`lim boshlig`i, mas`ul kotib vazifalarida ishlagan. Hozir O`zbekiston teleradiokompaniyasining "Assalom, O`zbekiston" tahririyatida muharrir bo`lib ishlamoqda. U 1996-yildan buyon O`zbekiston Yozuvchilari uyushmasi a`zosi.
Iqbol Mirzoning ijodi 80-yillarning ikkinchi yarmidan boshlangan bo`lib, shu kungacha uning "Yurakning shakli", "Ko`ngil", "Seni sog`inaman" kabi she`riy to`plamlari chop etilgan. Shoir she`riyati inson ruhi, qalb harorati, silsilasi tuyg`ularini ifodalash bilan ajralib turadi.           
Xullas, Iqbol Mirzo she`riyatida nafislik va nafosat, ezgulik va qabohat, yaxshilk va jaholat yonma-yon keladi. Shu tarzda katta bir hayot va taqdir, o`tmish va hozir qiyosi tug`iladi, yaxshisi ardoqlanib, yomonidan yuz o`giriladi.
 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 05:52:23

Salim Ashur (1964)
Dushanba, 19 Fevral 2007
 

 
 

 
So`nggi yillarda milliy adabiyotimiz dargohiga bir qator iste`dodli yoshlar kirib keldi. Ular orasida Salim Ashur alohida o`rin tutadi. Avvalo uning o`ziga xos sozi va ovozi she`riyat ixlosmandlari e`tiborini tortdi. U Rauf Parfi, Sirojiddin Sayyid va Abduvali Qutbiddin kabi she`riyatda yangicha usul va uslub yo`lini tanladi. O`zini va o`zgalarni takrorlashni ep ko`rmadi.
Shoir Salim Ashur 1964-yil 16-dekabrda Tojikiston Respublikasining Qo`rg`ontepa viloyati, Qo`rg`ontepa tumanidagi Kuybishev davlat xo`jaligida dehqon oilasida tug`ildi. Otasi - To`ra Ashur o`g`li, onasi Ashurova Niyozxon Abdulla qizi umr bo`yi paxta dalalarida mehnat qilishgan.
Ularning oilasi 1974-yilning bahorida Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumaniga ko`chib o`tadi. Salimning shundan keyingi bolalik va o`smirlik yillari Qiziriq cho`llarida kechdi.
 

 

Qayd etilgan