Semizlik  ( 29516 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


shoir  23 Aprel 2008, 11:07:33

Sintetik odamlar yoxud ortiqcha semizlik muammosi

Dunyoning 72 foiz aholisi to‘yib ovqat yemaslikdan aziyat chekayotgan bir paytda taraqqiy etgan g‘arbiy yarimshar ahli semirishni global muammolar sirasiga kiritmoqda. Agar muammo tez orada hal etilmasa, g‘arb yarim asrdan so‘ng asosiy ishchi kuchidan ayriladi.

Ma'lumotlarga qaraganda, AQSh byudjetidan sog‘liqni saqlash maqsadida ajratiladigan mablag‘ning 22 foizga yaqini aholini ortiqcha vazndan qutqarish uchun jalb etilar ekan. Bu o‘ziga xos kurashda faqat antibiotik preparatlar emas, balki tashviqot-targ‘ibot ham muhim o‘rin tutadi. Shu bois, jamoat joylari, yoshlar markazlari va o‘quv maskanlarida me'yoridan ziyod ovqatlanish umrni qanchaga qisqartirishini tasvirlovchi plakatlar OITS, giyohvandlik va kashandalikka qarshi kurashga chorlovchi yozuvlar bilan yonma-yon ilingan.

Xo‘sh, nega shunday? Ayni paytlarda Kongo va Somali davlatlari aholisining uchdan ikki qismi bir kunda bir mahal issiq ovqat yeyish imkonidan mahrum (Afg‘oniston ham 1982 yildan beri bunday davlatlar safini to‘ldirib kelmoqda). Bu mamlakatlar aholisining risoladagidek tamaddi qilishlari uchun davlat yillik daromadi 25 mlrd. dollarga yaqinlashishi lozim. AQShda esa epidemiya darajasiga ko‘tarilgan semirishga qarshi kurash uchun 30 mlrd.dan ortiq mablag‘ sarf etilgan (http://statistics.gov/statebudjet/content/191.html).

Qayd etilgan


shoir  23 Aprel 2008, 11:07:50

Doimiy kavshanuvchilar saltanati

Muammo deb atayotganimiz - ortiqcha vazn masalasi birinchi marta 1980 yillarda okeanorti davlatining mamlakat miqyosidagi kengashlari kun tartibiga chiqarilgan edi. 1984 yildan so‘ng AQSh, Belgiya, Gollandiya va Buyuk Britaniya o‘z byudjetidan aholini ortiqcha vazndan xalos qilish, yuzaga kelgan unumdor ishchi kuchi masalasini hal etish uchun mablag‘ ajrata boshladi.

Londondagi qirollik kolleji mutaxassisi Lokk Kinnens 1987 yilda maxsus komissiya uchun tayyorlagan ma'ruzasida millatdoshlarining 30 yoshga yetmasdan superog‘ir vazn kasb etayotganiga Makdonalds va Koka-kolani bosh sababchi qilib ko‘rsatgan edi. Uning fikricha, "fast­fud" (engil tamaddi) mahsulotlari haddan ziyod kimyoviy o‘g‘itlar bilan boyitilishi, natijada iste'molchilarda gamburger va Koka-kolaga o‘rganib qolish odatining paydo bo‘lishi muammoning bosh sabablaridan biri edi. Hukumat a'zolarini "rasmiy Vashingtonning tabassumi"(hozir, ommaviy madaniyat belgisi) deya e'zozlanuvchi Makdonalds va Koka-kolaga embargo (boshqa bir davlatning biror mahsulotiga nisbatan cheklov) e'lon qilishga ko‘ndirish uchun yolg‘iz Kinnensning zahmati yetarli bo‘lmagan. Biroq London siyosatining ramzi hisoblangan "temir xonim" - Margaret Tetcher dorishunos professor ma'ruzasidan bahramand bo‘lgan ko‘rinadi. Aks holda u xalqaro miqyosdagi anjumanlardan birida Janub va Sharqdagi qashshoq qo‘shnilariga muammolarini gamburger va gazlangan ichimlik bilan hal qilishlarini maslahat bermas edi.

Ma'lumotlarga qaraganda, tarkibida shakar mavjud gazlangan ichimliklar qonga tez singuvchi faol kislotalarga boy bo‘lib, organizmdagi oziq bezlarining kengayib ketishiga sabab bo‘lar ekan. Ya'ni, oshqozonda hazm qilish jarayoni odatdagidan ko‘ra tezroq amalga oshadi, yoxud boshqacha qilib aytganda, iste'molchida uch mahal ovqatga nisbatan qoniqmaslik paydo bo‘ladi. "Nyu York Tayms" gazetasi 1998 yilda San-Frantsiskoni "doimiy kavshanuvchilar saltanati" deb atagan edi. O‘shanda bu yerdagi har ikki huquqshunosdan birining vazni 90 kg.dan ortiq bo‘lgan.

Qayd etilgan


shoir  23 Aprel 2008, 11:08:19

Tabiiylikdan yiroqda

Odatda rivojlangan mamlakatlarda ozuqani boyitish masalasiga alohida e'tibor beriladi. Masalan, Germaniya 1891 yildayoq non yopiladigan un tarkibiga zahm va sil kasalliklarining oldini oluvchi minerallar qo‘shilishiga e'tibor qaratgan. Hozirgacha bu an'ana davom etmoqda. Hatto ayrim siyosatchilar yuqoridagi uslubni aholini yoppasiga davolashning eng arzon usuli deb ham atashadi. Biroq, minerallar bilan bog‘liq biron bir muammo chiqib qolsa, bu ommaviy kulfatga aylanishi ham mumkin. 1914 yilda Misrda xizmat qilgan va ikki haftadan ortiq o‘z otryadi bilan Sharqiy Sahroi Kabirda qolib ketgan ingliz zobiti Jonatan Xaykin o‘z kundaligida uni eng azoblagan hodisa sifatida cho‘l mashaqqatlarini emas, balki suvi qochmagan nonning chidab bo‘lmas ta'mini keltirgan edi. Birinchi jahon urushi paytida askarlarga tarqatilgan Britaniya qirollik floti noni (o‘sha paytda turli qo‘shin uchun turlicha ozuqa ajratilgan) Misrda gepatit tarqalishiga sabab bo‘lgan edi.

Yoki bundan ikki yil muqaddam mol go‘shti tufayli tarqalgan og‘ir kasallikning oldini olish uchun G‘arbiy Yevropa AQShdan keladigan go‘sht mahsulotlarini cheklash to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi. Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi yirik-yirik korporatsiyalarda hukumat tomonidan tashkil qilingan maxsus komissiya faoliyat yuritib, ular mahsulotga qo‘shiladigan moddalar miqdorini aniqlab berishadi. O‘tgan asrning oxirgi o‘n yilligida ushbu komissiya ichki va tashqi bozor uchun alohida-alohida mahsulot tayyorlanishini nazorat qila boshladi.

Bu hali hammasi emas. Mutaxassislarning fikricha, Yevropa va okeanorti allaqachon tabiiy ozuqalardan mahrum bo‘lgan. Qariyb yarim asrdan buyon davom etayotgan salomatlik uchun minerallashtirish inson organizmini faqat "madaniy" mamlakatdagina ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilishga majbur qilayotir. Buni bir tomondan, faqat bitta mamlakat fuqarosigagina xos bo‘lgan qomat yaratish dasturi yoki mijozni o‘rgatish usuli, deb ham atash mumkin. Shuning uchun ham amerikalik askar Bog‘dod suvidan icha olmay, elchixonadan keltirilgan ichimlikni iste'mol qiladi. Bu mahalliy suvning zaharlangan bo‘lishi ehtimolidan ko‘ra, baqaloq askar (darvoqe, ma'lumotlarga qaraganda, hozir AQSh armiyasidagi harbiylarning 52 foizi xomsemiz ekan) suvni ichsa, ichburug‘ bo‘lib qolishi ta­yinligi tufaylidir.

Qayd etilgan


shoir  23 Aprel 2008, 11:09:37

Oqibatlar

Xalqaro og‘irlikni kuzatuvchilar (Weight Watchers International) nodavlat tashkiloti matbuot kotibasi Linda Vebb Karillining bergan ma'lumotlariga qaraganda, ayni paytda semizlikdan AQShda 40 foiz kattalar va 17 foiz bolalar, Shvetsiyada 31 foiz kattalar, 21 foiz bolalar, Britaniya va Daniyada 30 foizga yaqin kattalar va 14 foiz bolalar ortiqcha vazn aziyatini chekmoqdalar (mutaxassislarning fikricha, bu ko‘rsatkichlar 35-40 yildan so‘ng uch-to‘rt barobarga oshishi mumkin). Tibbiy tomondan olib qaralganda semizlik gipertoniya, diabet, saraton, yurak va siydik pufagi kasalliklariga olib keladi.

Ma'lumot o‘rnida yana shuni qo‘shimcha qilib o‘tish joiz, bizningcha: AQShning Rod-Aylend universiteti olimlari tadqiqotlaridan ma'lum bo‘lishicha, amerikacha hayot tarzi insoniyatni global semirish muammosiga duchor qilishi mumkin ekan. Ya'ni nafaqat «taraqqiy etgan», balki taraqqiy etayotgan mamlakatlarning ham aholisi to‘lishib ketishi mumkin. Dalil o‘rnida ular Braziliyani keltiradilar.  Bu yerda do‘mboq odamlar miqdori 1966 yildan 2006 yilga qadar 32 foizga (oldin 4 foiz bo‘lgan, endi 36 foiz) o‘sgan. Avstraliya aholisi ham tinimsiz katta hajm tomon ilgarilamoqda. Garchi barchaga tegishli bo‘l­masa-da, ayrim yurtdoshlarimizga ortiqcha vazn masalasini o‘z vaqtida hal etishini ta'kidlagan bo‘lardik. Aks holda, xalqaro muammo ko‘rinishini olayotgan semizlik siz uchun qator ko‘ngilsizliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Shahobiddin Musayev
http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1529&Itemid=76

Qayd etilgan


Musannif Adham  14 Iyul 2008, 07:12:57

Semirib ketmaslik uchun juda ko'p maslahatlar berishadi, lekin semirish uhun hech qayerda yozishmaydi..
Kim shunga maslahat bera oladi, hech bo'lmasa 5-6kg semirish uchun nimalar qilish kerek?

Birodar semirib, harbiy xizmatga bormoqchimisiz? :)

Maslahat: Semirish unchalik yaxshi emas. Dinimizda ham semirishga emas, kam yeyish, kam uxlash va kam gapirishga, buning natijasida esa oz'ginroq, chaqqonroq bo'lishga da'vat qilinadi. Buning sababi ibodatlarni qilishda yengillik bo'lishi bilan izohlanadi.

Lekin Siz semirmoqchi bo'lsangiz, menimcha kam o'ylashingiz, kam o'qishingiz, ko'proq xotirjam bo'lishingiz kerak bo'ladi.

Xulosani o'zingiz chiqaravering.

Qayd etilgan


prettyuz  10 Yanvar 2009, 16:49:50

Bunda birinchi o'rinda hamir ovqatlarni ko'p yeyish,ovqatlaniboq yotib olish kabi sabablari ko'riladi.

Qayd etilgan


prettyuz  10 Yanvar 2009, 16:50:41

Buni oldini olish uchun jismoniy mashqlardan foydalaniladi

Qayd etilgan


prettyuz  10 Yanvar 2009, 16:51:48

masalan o'rqamacha tizzani yerga qo'yib qo'llar bn tiyanib turiladi va oyoqlar birin ketin bitta bitta aylantiriladi

Qayd etilgan


Ozodbek.  12 Aprel 2009, 12:12:22

Turnikda oyoq bilan osilib mash qilinadi. Ya'ni bosh pastga qaratilgan holda yuqoriga ko'tarilib tushuriladi.

Qayd etilgan


Vаrzikiy  13 Aprel 2009, 23:39:53

Assalomu Aleykum wr wb! Qorin semirishini oldini olish u-n ko`p choralar mavjud. Ulardan biri ertalab azonda turib yugurishdir va boshqasi press mashg`ulotlarini kanda qilmaslikdir!

Qayd etilgan