Tadqiqotlar E vitaminining zararini aniqladi
Eslatma: Quyidagi matn Amerika Ovozi TV da uzatilgan lavhaning qisqacha mazmuni.
12/04/2005
Doktor Yeva Lon E vitamini bo'yicha yangi tadqiqotlar ustida ish olib borgan
MakMaster universiteti mutaxassisi Yeva Lon E vitamini yuqori tahlikali guruhga kiradigan odamlarda yurak-tomir kasalliklarining oldini olmaydi, xususan, yurak xurujining va rak kasalligining, degan ma'noda ma'lumot berdi.
"Undan tashqari, vitamin yurakning ishdan chiqish ehtimolini ko’tarishini kuzatdik. Bu degani, E vitamini qabul qilayotgan odamlar ertami-kech kasalga chalinadilar," deydi doktor Lon.
Yeva Lon Kanadaning Ontario viloyatidagi MakMaster universitetida AQShdan va yana boshqa 13 mamlakatdan kelgan tadqiqotchilar bilan birgalikda E vitaminini o’rgandi. Ular 9 mingga yaqin yuqori tahlikali guruhdagi bemorlarni uzog’i bilan o’n yilgacha kuzatdilar. Har kuni 400 milligramm E vitaminini qabul qilayotgan mijozlarning ahvolini tinchlantirish uchun qo’llaniladigan platsebo tabletkalarini qabul qilayotganlar ahvoli bilan qiyosladilar.
Doktor Lonning aytishicha, yurakning to’xtashini oldini olish uchun kasalxonaga yotish tahdidi E vitaminini ichganlar orasida 40 foizga oshdi.
Doktor Lon shifokor va bemorlar E vitaminiga bo’lgan munosabatlarini o’zgartirishlari kerak deya, maslahat beradi.
"Ko’pincha odamlar, "œfoydasi bo’lmasa ham, zarardan ham holidir", deb o’ylashadi. Biroq bizning tadqiqotlarimiz bunday fikrlash doim ham to’g’ri emasligini isbotladi," deydi u.
Jim Xil E vitaminini ichmaslikka qaror qildi
Jim Xil ham o’sha tadqiqotlarda ishtirok etgan. U E vitaminining o’rniga platseboni qabul qilganidan ancha yengil tortdi. Endilikda u o’zining yurak kasali uchun retsept orqali olgan dorini qabul qiladi xolos.
Biroq doktor Lonning fikricha, E vitamini kichik miqdorda, ya'ni kuniga 400 milligramm o'rniga, 15 milligramm qabul qilingan taqdirda, xavf bo'lmaydi.