Qur'oni karim. Abdulaziz Mansur tarjima va sharhi  ( 1069466 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 ... 63 B


Muslimа  23 Noyabr 2007, 13:18:16



95. Alloh don va urug'larni yoruvchi (va undiruvchi)dir. O'likdan tirikni chiqaradi va (U) tirikdan o'likni chiqaruvchidir. Ana o'sha Allohdir. Bas, qayoqqa og'ib ketayapsizlar?

96. (U) tong ottiruvchidir. Tunni oromgoh, quyosh va oyni esa hisob belgilari qilib qo'ydi. Bu qudratli va dono zotning o'lchovidir.

97. U sizlar uchun quruqlik va dengiz qorong'uliklarida yo'l topishingiz uchun yulduzlarni yaratgan zotdir. Biladigan kishilar uchun oyatlarni keng bayon qildik.

98. U sizlarni bir jon (Odam Ato)dan paydo qilgan zotdir. Demak, (inson uchun ona qorni) qarorgoh va (ota pushti) omonatgoh (ekan). Fahmlaydigan qavm uchun oyatlar tafsilotini berdik.

99. U osmondan suv (yomg'ir) tushirgan zotdir. U bilan har narsani (yerdan) undirib chiqardik. Undan yashil giyoh (poliz ekinlari)ni chiqardik. Undan (boshoq kabi) zich tarkibli donlarni chiqaramiz. Xurmodan esa, uning shoxidagi (meva) boshlari (yerga) yaqini (va yaqin bo'lmaganlari) bor. Shuningdek, uzumzor bog'lar, bir-biriga o'xshagan va o'xshamagan zaytun va anorlarni (chiqardik). Ularning mevalagandagi (g'o'r) mevasiga va pishganiga (ibrat ko'zi bilan) boqing! Shu (bilgan)laringizda, albatta, imonli qavmlar uchun alomatlar bordir.

100. Allohga jinlarni sherik qildilar. Vaholanki, ularni (O'zi) yaratgan. Bilmagan holda Unga o'g'il va qizlarni to'qib chiqardilar. U (Alloh) bular tavsif etayotgan (sifat)lardan pok va a'lodir.

101. (U) osmonlar va Yerning ixtirochisidir. Uning yori (jufti) bo'lmagan bo'lsa, qayoqdan unga farzand bo'lsin?! Hamma narsani yaratdi. U hamma narsaning bilimdonidir.

Qayd etilgan


Muslimа  23 Noyabr 2007, 13:38:19



102. Ana o'sha Alloh Rabbingizdir. Undan o'zga iloh yo'qdir. U hamma narsaning yaratuvchisidir. Bas, Unga ibodat qilingizlar! U har narsa uzra vakil (kuzatuvchi)dir.

103. Ko'zlar Uni idrok etmas. Ko'zlarni U idrok etar. U daqiq narsalarni biluvchi va (hamma ishdan) xabardordir.

104. Rabbingizdan sizlarga dilkash dalillar keldi. Kimki (qalb ko'zi bilan) ko'ra olsa, o'ziga (yaxshi). Kimki ko'rlik qilsa, o'ziga (yomon)dir. Men ustilaringizda qo'riqchi emasman.

105. Sizga (oldingi ilohiy kitoblardan) dars olib o'rgangandirsan, deyishlari uchun va biluvchi qavmga bayon qilib berishimiz uchun (bu) oyatlarni mana shunday tasarruf qilmoqdamiz.

106. Rabbingizdan Sizga vahiy etilgan narsa (oyat)larga ergashing. Undan o'zga iloh yo'q. Mushriklardan (esa) chetlaning!

107. Agar Alloh istasa, (ular) shirk keltirmagan bo'lur edilar. Sizni esa ular ustidan qo'riqchi qilib qo'yganimiz yo'q. Siz ularga muakkal (biriktirilgan) ham emassiz.

108. Allohdan o'zgaga sig'inadiganlar (butlari)ni so'kmangiz! Aks holda, ular haddan oshib, bilmasdan Allohni so'kib yuboradilar. Shunga o'xshab har bir ummat ishini o'ziga chiroyli ko'rsatib qo'ydik. So'ngra qaytar joylari Parvardigorlari huzurigadir. Ana o'shanda ularga qilgan ishlarining xabarini berur.

109. Agar ularga oyat kelsa, albatta, imon keltirishlari haqida jiddu jahd bilan Allohga qasam ichadilar. "Oyatlar Allohning huzuridadir", - deb ayting! Qaydan ham bilursizlar, (oyatlar) kelganda ham, balki imon keltirmaslar.

110. Birinchi marta unga imon keltirmaganlaridek, dillari va ko'zlarini teskari qilib qo'yamiz va o'z tug'yonlarida gangib yurgan hollarida ularni tark eturmiz.

Qayd etilgan


Muslimа  23 Noyabr 2007, 15:24:39

SAKKIZINCHI JUZ’
*************************



111. Mabodo, Biz ularga farishtalarni tushirsak va o'liklar (tirilib) ularga gapirsa hamda hamma narsani kafil sifatida ularga (ularning muqobiliga) jam qilganimizda ham Alloh xohlaganidan boshqalari imon keltirmagan bo'lar edilar. Lekin, ularning aksariyati (buni) bilmaydilar.

112. Shuningdek, har bir payg'ambarga insu jin shaytonlarini dushman qilib qo'ydik. Ular aldash maqsadida soxta xushsuxanlik bilan bir-birlariga vasvasa qiladilar. Agar Rabbingiz xohlasa, (bunday) qilmagan bo'lur edilar. Ularni to'qiyotgan (bo'hton)lari bilan birga qo'yavering.

113. Shuningdek, har bir payg'ambarga insu jin shaytonlarini dushman qilib qo'ydik. Ular aldash maqsadida soxta xushsuxanlik bilan bir-birlariga vasvasa qiladilar. Agar Rabbingiz xohlasa, (bunday) qilmagan bo'lur edilar. Ularni to'qiyotgan (bo'hton)lari bilan birga qo'yavering.

114. (Ularga ayting): "Allohdan boshqa hakam izlayinmi, holbuki, U sizlarga Kitob (Qur'on)ni batafsil nozil qilgan zotdir". Biz Kitob bergan (Ahli Kitob)lar u (Qur'on)ning haqiqatan Rabbingizdan nozil qilinganligini biladilar. Bas, aslo shak qiluvchilardan bo'lmang!

115. Rabbingiz so'zi rostlik va adolatda kamoliga yetdi. Uning so'zlarini o'zgartiruvchi (kuch) yo'q. U eshituvchi va biluvchidir.

116. Yer (yuzi)dagi ko'p kishilar (so'zi)ga itoat qiladigan bo'lsangiz, Sizni Alloh yo'lidan yanglishtiradilar. (Ular) faqat gumonga beriladilar va faqat yolg'onchilik qiladilar.

117. Albatta, Rabbingiz (Uning) yo'lidan yanglishgan kimsani ham yaxshi biluvchi va U hidoyat topganlarni ham yaxshi biluvchidir.

118. Bas, agar Uning oyatlariga imon keltiruvchi bo'lsangizlar, (so'yishda) Allohning nomi aytilgan narsa (ma'lum hayvonlar go'shti)dan yeyaveringizlar.


Qayd etilgan


Muslimа  23 Noyabr 2007, 15:28:59



119. Sizlarga ne bo'ldiki, Allohning nomi aytilgan narsa (hayvon go'shtlari)dan yemaysizlar?! Vaholanki, (U) sizlarga harom qilgan narsalarni, zarurat holatingiz mustasnoligini batafsil bayon qilgan edi. Albatta, ko'pchilik o'z havoyu xohishlari tufayli bilmasdan (o'zlarini) yanglishtiradilar. Albatta, Rabbingiz tajovuzkorlarni biluvchiroqdir.

120. Gunohning oshkorasini ham, maxfiysini ham tark etingizlar! Albatta, gunoh qilganlar qilmishlari tufayli jazolanurlar.

121. Allohning nomi aytilmagan narsalardan yemangizlar! Zero, u fosiqlikdir. Shaytonlar esa, o'z do'stlari (mushriklar)ni sizlar bilan bahslashish uchun vasvasa qilurlar. Agar ularga itoat qilsangizlar, albatta, sizlar (ham) mushrikdirsizlar.

122. O'lik (kofir) bo'lgan odamni (imon bilan) tiriltirib, unga odamlar ichida u sababli yuradigan nur (imon)ni berganimizdan keyin zulmatlar ichida (qolib,) u (yer)dan chiqmaydigan kimsaga o'xshaydimi?! Shunga o'xshash, kofirlarga o'z ishlari ziynatli (ko'rinadigan) qilib qo'yildi.

123. Shuningdek, har bir qishloqda, uning yirik jinoyatchilarini u yerda makr qiladigan etib qo'ydik. (O'zlari) sezmagan holda (ular) faqat o'zlarigagina makr qiladilar.

124. Ularga biror oyat (yoki mo''jiza) kelsa, aytadilar: "Bizga Allohning (boshqa) payg'ambarlariga berilgani kabi oyat (yoki mo''jiza)lar berilmaguncha, sira imon keltirmaymiz". Alloh payg'ambarlikni qayerga qo'yish (ravo ko'rish)ni yaxshi biluvchidir. Jinoyat qilganlarga makr qilganlari sababli Alloh huzurida xorlik va shiddatli azob muhayyodir.

Qayd etilgan


Muslimа  23 Noyabr 2007, 15:32:34



125.  Alloh kimni hidoyatga yo'llashni iroda etsa, uning ko'ksi (qalbi)ni Islom uchun (keng) ochib qo'yadi. Kimni adashtirishni iroda etsa, ko'ksini go'yo osmonga ko'tarilib ketayotgandek, tor va siqiq qilib qo'yadi. Shunday qilib, Alloh imon keltirmaydiganlarga (loyiq) jazoni ravo ko'rar.

Izoh: Bu oyati karimadagi "ko'ksini go'yo osmonga ko'tarilib ketayotgandek tor va siqiq qilib qo'yadi" - degan jumla Qur'oni karimning eng yuksak ilohiy mo'jiza ekanligiga dalolat qiladi. Zero, ko'kka ko'tarilgan sayin havoning siyraklashuvi nazariyasi fizika va astronomiya fanida hali u davrda kashf qilinmagan edi.

126. Rabbingizning to'g'ri yo'li shudir. Eslatma oluvchi qavm uchun oyatlarni batafsil bayon etdik.

127. Ular uchun Parvardigorlari huzurida tinchlik diyori (jannat) bordir. Qilgan (solih) amallari sababli, U ularning do'stidir.

128. Ularning hammasini jam etadigan Kunda (aytamiz): "Ey, jinlar to'dasi! Insonlardan (siz chalg'itganlar sonini) ko'paytirdingiz-ku?" (Shunda) ularning insonlardan bo'lgan do'stlari: "Ey, Rabbimiz! (Biz shunchaki) bir-birimizdan foydalandik va biz uchun O'zing belgilagan ajalimizga yetib keldik", - deganlarida, (Alloh) aytadi: "Joyingiz - do'zax, u yerda mangu qolursizlar, illo Alloh xohlagan (vaqtlar) bundan mustasnodir. Albatta, Rabbingiz hikmat va ilm sohibidir."

129. Shunday qilib, zolimlarning qilmishlari sababli birini biriga yaqin (ro'baro') qilib qo'yamiz.

130. Ey, jinlar va insonlar jamoasi! Sizlarga O'zlaring (o'z jinslaringiz)dan payg'ambarlar kelib, sizlarga oyatlarimni aytib, ushbu Kuningizga yo'liqishingizdan ogohlantirgan emasmidilar? Ular (javob berib): "O'zimizga qarshi guvohlik beramiz", - deydilar. Ularni (shu) dunyo hayoti aldab qo'ygan. (Natijada) o'zlarining zarariga, kofir bo'lganlari bo'yicha guvohlik berdilar.

131. Bu (ishimizning boisi) Rabbingizning aholisi g'ofil (ogohlantirilmagan) qishloqlarni zulman halok qiluvchi emasligidir.

Qayd etilgan


Muslimа  23 Noyabr 2007, 15:35:44



132. Har (kim) uchun qilgan amallaridan (kelib chiqib belgilangan) daraja (maqom)lar bor. Rabbingiz (ularning qilayotgan amal (ish)laridan g'ofil emasdir.

133. Rabbingiz boy va marhamatlidir. Agar xohlasa, sizlarni ketkazib (yo'q qilib), sizlardan keyin (o'rningizga) sizlarni boshqa qavm zurriyotidan paydo qilgani kabi O'zi xohlagan (avlod)ni keltiradi.

134. Albatta, sizlarga va'da qilinayotgan narsa (oxiratdagi ishlar) keluvchidir. Sizlar (o'lib ketish bilan bizni) ojiz qoldiruvchi emassizlar.

135. Ayting (ey, Muhammad!): "Ey, qavmim! Makoningizda (o'z aqidangizda) turib, amal qilavering. Men (ham), albatta, amal qiluvchiman. Diyor (oxirat)ning oqibati kimga bo'lishini bilajaksizlar. Albatta, zolimlar tole topmagaylar".

136. (Mushriklar U) yaratgan ekin va chorvalardan Allohga ulush ajratib(o'z aqidalari bo'yicha): "Bu Alloh uchun, bunisi sherik (but)larimiz uchun", - deydilar. Bas, butlari uchun bo'lgani Allohga yetib bormaydi. Alloh uchun bo'lgani sherik (but)lariga "yetib" boradi. Qilgan hukmlari naqadar yomon!

137. Shunday qilib, ko'p mushriklarga o'z sherik (but)lari ularni halokatga uchratish va dinlarini chalkashtirib yuborish uchun o'z bolalarini o'ldirish (kabi noxush ishlar)ni chiroyli (ma'qul) ko'rsatib qo'ydilar. Agar Alloh xohlaganida, buni qilmagan bo'lur edilar. Ularni o'z bo'htonlari bilan (o'z hollariga) qo'yavering.

Qayd etilgan


Muslimа  23 Noyabr 2007, 15:39:00



138.  Ular o'z (aqida)laricha: "Bu chorva va ekinlar harom. Ularni faqat biz ravo ko'rganlargina yeydilar. Bu hayvonlarni esa minish harom qilingan. (So'yishda) Allohning nomi aytilmaydigan hayvonlar ham bor", - deb, U (Alloh)ning sha'niga bo'hton to'qiydilar. To'qigan bo'htonlari sababli (U) ularni jazolagay.

139. Yana aytadilarki: "Bu hayvonlarning qorinlaridagi narsalar faqat erkaklarimiz uchundir. Xotinlarimizga esa harom qilingandir". Agar (qorindagi narsa) o'lik bo'lsa, hammalari (eru xotinlar) sherik emish. Bu vasflariga (yarasha Alloh ularni) jazolagay. Albatta, U hikmat va ilm sohibidir.

140. O'z bolalarini ilmsizlik qilib johilona o'ldirgan va Allohga tuhmat qilib, ular uchun Alloh rizq qilib bergan (hayvonlar)ni haromga chiqarganlar, albatta, (o'zlariga) ziyon qildilar. (Ular) haqiqatan adashdilar va to'g'ri yo'lga yuruvchi bo'lmadilar.

141. U (Alloh) shunday zotki, (so'ritoklarga) ko'tarib qo'yiladigan va ko'tarib qo'yilmaydigan (uzumzor) bog'larni, ta'mi turlicha (bo'lgan) xurmo va mevali daraxtlarni, (rang va ta'mda) o'xshash va o'xshamas zaytun va anorlarni paydo qildi. Meva hosil qilganda, mevasidan yengizlar. Hosil yig'ish kunida (muhtojlarga) haqqini (ushri va xirojini) beringlar* va isrof qilmangizlar. Albatta, U isrof qiluvchilarni sevmaydi. 


Izoh: "Ushr" va "Xiroj" haqida shar'iy hukmlarda ko'p zikr etiladi. Ushr - bu olinadigan hosilning o'ndan birini Alloh yo'liga sadaqa sifatida berish. Xiroj esa, ushrdan ko'proq, hatto hosilning yarmigacha berish. Fiqh kitoblarga murojaat qilinsin.

142. Hayvonlardan esa, yuk ko'taradigan va (so'yish uchun) yotqiziladiganlarini (paydo qildi). Alloh sizlarga rizq qilib berganlaridan yenglar. Shayton izlaridan ergashmangizlar. Albatta, u sizlarga aniq dushmandir.

Qayd etilgan


Muslimа  23 Noyabr 2007, 15:41:47



143. Sakkiz juft (hayvonlar) - qo'ydan ikki (jins) va echkidan (ikki jins)ni (yaratdi). Ayting: "Shu ikki erkagini harom qilganmi yoki ikki urg'ochisinimi yoxud ikkala urg'ochi bachadonlaridagi (homila)nimi? Agar rostgo'y bo'lsangiz, ilm (hujjat) bilan menga xabar beringiz!"

144. Shuningdek, tuyadan ikki (jins), qora moldan ikki (jinsni) yaratdi. Ayting: "Shu ikki erkagini harom qilganmi yoki ikki urg'ochisinimi yoxud ikkala urg'ochi bachadonlaridagi (homila)nimi? Yoki Alloh shu (hukm)ni buyurayotganiga guvohmisizlar? Odamlarni adashtirish uchun ilmsizlik bilan Alloh sha'niga yolg'on to'qigan kimsadan kim ham zolimroqdir?!" Albatta, Alloh zolimlar qavmini hidoyat etmagay.

145. Ayting: "Menga vahiy qilingan narsa (Qur'on)da yeydigan kishiga o'limtik, to'kilgan qon, cho'chqa go'shti - u, albatta, palid - va (so'yishda) Allohdan o'zganing nomi atalgan "fisq" (hayvon)dan boshqa yeyish harom qilingan narsani topmayapman". Bas, kimki zaruratda qolib, (boshqaga) zulm qilmagan va (zarurat) haddidan oshmagan holda (ularni yesa), albatta, Rabbingiz kechirimli va rahmlidir.

146. Yahudiy bo'lmish kimsalarga barcha tuyoqli (hayvon)larni harom qildik. Sigir va qo'ylardan yog'larini ularga harom qildik. Illo, biqinlaridagi yo ichlaridagi yoki suyakka qotishgan narsa (yog'lar)ni (harom qilmadik). Bu ularning tajovuzkorliklari sababli jazolaganimizdir. Biz, albatta, rostgo'ydirmiz.

Qayd etilgan


Muslimа  23 Noyabr 2007, 15:44:55



147. Agar Sizni yolg'onchiga chiqarsalar, ayting: "Rabbingiz rahmati kengdir. Uning azobi (esa) jinoyatchilar qavmidan qaytarilmaydi".

148. Mushrik bo'lmish kimsalar: "Alloh xohlaganida biz ham, ota-bobolarimiz ham mushrik bo'lmagan va biror (halol) narsani harom qilmagan bo'lur edik", - deyishadi. Ulardan oldingilar ham, to azobimizni totmagunlaricha, (payg'ambarlarni) xuddi shunday yolg'onchiga chiqarganlar. Ayting: "Sizlarda bizga chiqaradigan (ko'rsatadigan) ilm (hujjat) bormi? Sizlar faqat gumonga ergashmoqdasiz va sizlar faqat yolg'on so'zlamoqdasiz".

149. Ayting: "Yetuk hujjat faqat Allohnikidir. Agar xohlaganda edi, hammalaringizni (hidoyatga) yo'llagan bo'lur edi".

150. Ayting: "Mana shu (narsalar)ni Alloh harom qilganligiga guvohlik beruvchi guvohlaringizni keltiringiz!" Agar guvohlik bersalar, (Siz) ular bilan birga guvohlik bermang. Bizning oyatlarimizni yolg'onga chiqarganlarning havoyi (nafs)lariga ergashmang! Ular Parvardigorlariga (o'zgalarni) tenglashtirayotirlar.

151. Ayting: "Kelinglar, Rabbingiz sizlarga harom qilgan narsalarni o'qib beray: - U zotga biror narsani sherik qilmangiz, ota-onaga yaxshilik qilingiz, bolalaringizni qashshoqlikdan (qo'rqib) o'ldirmangiz - Biz sizlarni ham, ularni ham rizqlantirurmiz - fahsh ishlarning oshkorasiga ham, pinhonasiga ham yaqinlashmangiz, Alloh taqiqlagan (jon)ni nohaq qatl qilmangiz! Aql yurgizishlaringiz uchun (Alloh) hukm qilgani shu(lar)dir.

Qayd etilgan


Muslimа  23 Noyabr 2007, 15:47:43



152. To voyaga yetgunicha yetimning moliga yaqinlashmangiz, magar chiroyli yo'l bilan (bo'lsa durust). O'lchov va tarozini adolat bilan to'la ado etingiz! Hech bir jonni toqatidan tashqarisiga taklif (amr) qilmaymiz. Gapirganingizda (guvoh sifatida) garchi qarindoshingiz bo'lsa ham, adolatli bo'ling! Allohning (olgan) ahdiga esa vafo qiling. Eslatma olishlaringiz uchun (Alloh) qilgan hukm(lar)i mana shu(lar)dir.

153. Albatta, mana shu (Mening) To'g'ri yo'limdir. Unga ergashingizlar! (Boshqa turli) yo'llarga ergashmangiz! Aks holda, ular sizlarni Uning yo'lidan ayirib qo'yadi. Taqvoli bo'lishlaringiz uchun (Alloh) qilgan hukm(lar)i mana shu(lar)dir".

154. So'ngra, chiroyli (savobli) amal qilgan(lar)ga (ne'matlarimizni) mukammal berish va barcha narsa tafsiloti uchun hamda hidoyat va rahmat bo'lishi uchun Musoga Kitob (Tavrot)ni berdik, toki ular (Isroil avlodi) Parvardigorlari bilan muloqotda bo'lishlariga imon keltirsinlar.

155. Mana bu Biz nozil qilgan muborak Kitob (Qur'on)dir, unga ergashingiz va taqvoli bo'lingiz, toki rahm qilingaysizlar.

156. "Bizdan oldingi ikki toifaga kitob nozil qilingan edi. Biz esa ularni o'rganishdan g'ofilmiz", - deyishlaringiz

157. yoki: "Agar bizga (ham) kitob nozil qilinganda edi, biz ulardan ko'ra hidoyatliroq bo'lar edik", - deyishlaringiz (Bizga ma'lum bo'lgani uchun Qur'onni nozil etdik). Albatta, sizlarga Rabbingizdan hujjat, hidoyat va rahmat keldi. Bas, Allohning oyatlarini yolg'onga chiqargan va ulardan yuz o'girgandan ko'ra kim zolimroq ekan?! Oyatlarimizdan yuz o'girganlarni, yuz o'girib yurganlari tufayli yomon azob bilan jazolagaymiz.

Qayd etilgan