Qur'oni karim. Abdulaziz Mansur tarjima va sharhi  ( 611905 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 ... 63 B


Mubashshir Muhammad  29 Aprel 2008, 16:15:37



6.  Ular Sizdan yaxshilik (Alloh rahmati)dan avval yomonlik (azobi)ni talab qiladilar. Ulardan oldin ham bunday misollar o'tgandir. Albatta, Rabbingiz odamlarga (ular) zulm qiluvchi bo'lsalar ham mag'firatlidir. Albatta, Rabbingiz azobi qattiq zotdir.

7.  Kofir bo'lganlar: "Unga (Muhammadga) Parvardigori tomonidan biror mo''jiza nozil qilinsa edi", - deydilar. Siz esa faqat ogohlantiruvchidirsiz. Har bir qavm uchun hidoyat qiluvchi (payg'ambar) bordir.

8.  Faqat Allohgina har bir ayolning homilasini, bachadonlar (muddatidan ilgari) tashlaydigan (bola)ni ham, (to'qqiz oydan) ortiqroq turib qoladigan (bola)ni ham bilur. Uning dargohida har bir narsa o'lchovlidir.


zoh: Homilaning birinchi kunidanoq o'g'il-qizligi, shakl-shamoyili, bo'yi-basti va boshqa xususiyatini faqat yaratuvchi Allohning O'zi bilur.

9. (U) maxfiy va oshkora (narsa)ni biluvchi buyuk va yuksak zotdir.

10. Sizlarning orangizdagi o'z gapini yashirgan kishi ham, uni oshkora qilgan kishi ham, kecha qorong'usida yashirinuvchi ham, kunduzi (oshkora) yuruvchi ham (Uning uchun) barobardir.

11. Uning (insonning) oldida ham, ortida ham ta'qib qiluvchi (farishtalar) bo'lib, ular Allohning amri bilan uni muhofaza qilib tururlar. Albatta, Alloh biror qavm o'zlaridagi narsa (yaxshi holat)ni o'zgartirmagunlaricha, ulardagi narsa (holat)ni o'zgartirmas. Alloh biror qavmga yomonlikni ravo ko'rsa, bas, uni qaytarib bo'lmas va ular uchun Undan o'zga hokim yo'qdir.


Izoh: Har bir xalq avvalo o'zidagi kamchilik va nuqsonlarni bartaraf qilishi, undan keyin Allohdan yaxshilik tomoniga o'zgarishni kutishi lozim. Oxirat mukofoti uchun amali solih kerak bo'lganidek, dunyoviy baxtsaodatga erishish uchun ham unga sazovor bo'lgudek sa'y-harakat va poklanish darkor.

12. U sizlarga (momoqaldiroq ovozidan) qo'rqqan va (yomg'ir yog'ishidan) umidvor bo'lgan holingizda chaqmoqni ko'rsatadigan va og'ir bulutlarni paydo qiladigan zotdir

13. Momaqaldiroq (ham) Unga hamd bilan tasbeh aytur. Farishtalar ham Undan qo'rqqanlaridan (tasbeh ayturlar). Chaqmoqlar yuborib, ular bilan O'zi xohlagan kimsalarni - ular Alloh xususida talashib-tortishib turgan hollarida, urar. U qattiq tadbirli zotdir.

Qayd etilgan


Mubashshir Muhammad  29 Aprel 2008, 16:20:26



14. Haqiqiy duo faqat Unga (qilinur). Undan o'zga - (mushriklar) duo qilayotgan (butlar) ularning birorta duosini mustajob qilmas. Illo, ular kaftlarini suvga cho'zib, u suv og'ziga yetishini kutib turgan bir kimsaga o'xshaydilar. Holbuki, u (suv) uning og'ziga yetuvchi emasdir. Kofirlarning duolari mutlaqo zoyedir.

15. Osmonlar va Yerdagi barcha jonzot va ularning soyalari xoh ixtiyoriy, xoh majburan, ertayu kech sajdani Allohga qiladilar.


(Sajda oyati.)  Izoh: Har bir insonning soyasi Allohga sajda qiladi. Mo'minning soyasi o'z xohishi bilan, kofirniki esa majburan sajda qiladi. Ertayu kech iborasini keltirilishiga bois, soya ertadan kechgacha bir qisqarib, bir uzayib boradi. Shu harakatlar sajda ma'nosini beradi.

16. (Ey, Muhammad,) ayting: "Osmonlar va Yerning Parvardigori kim?", "Alloh", - deb javob qiling! "Bas, Uni qo'yib, o'zlariga na foyda va na zarar yetkazishga qodir bo'lmaydigan (but va sanam)larni do'st tutdingizmi?" - deng! Yana ayting: "Ko'r (gumroh) bilan ko'ruvchi (hidoyat topgan kishi) barobar bo'lurmi? Yoki zulmatlar bilan nur barobar bo'lurmi?" Yo ular Allohga Uning yaratishi kabi yarata oladigan butlarni sherik qilishib olganu, ular ham yaratganlar, so'ngra ularga (ikki) yaratish o'xshash bo'lib qoldimi? Ayting: "Alloh barcha narsaning yaratuvchisidir va U tanho va g'olibdir".

17.  (Alloh) osmondan suv (yomg'ir) yog'dirganida jilg'alar miqdori bilan oqib, (bu) sel o'z ustida ko'piklarni ham ko'tarib kelur. (Odamlar) zeb-ziynat yoki asbob-uskuna (yasash) uchun yoqadigan (olov)lardan ham shunga o'xshash (chiqindi paydo) bo'lur. Alloh haq bilan botilni (mana shunday misol bilan) bayon qilur. Bas, ko'pik o'z-o'zidan yo'q bo'lib ketur. Odamlarga foydali bo'lgan narsa esa Yerda qolur. Alloh misollarni mana shunday bayon qilur.

18. Parvardigorlari (da'vati)ga ijobat etganlar uchun go'zal mukofot (jannat) bordir. Unga ijobat qilmaganlar esa, mabodo yerdagi bor narsa (yana) ikki barobar (ko'payib) ularniki bo'lsa, uni (Allohning azobidan qutulish uchun) fido qilgan bulur edilar. Ular uchun yomon hisob-kitob bo'lur. Ularning (borar) joylari jahannamdir. Naqadar yomon joy u!

Qayd etilgan


Mubashshir Muhammad  29 Aprel 2008, 16:23:37



19. (Ey, Muhammad,) axir, Sizga Rabbingiz tomonidan nozil qilingan narsa aniq haqiqat ekanini biladigan kishi (qalb ko'zi) ko'r kimsaga o'xshaydimi? (Bu oyatlardan) faqat aql egalarigina eslatma olurlar.

20. Ular Allohga bergan ahdlariga vafo qiladigan va miysoq (va'da)ni buzmaydiganlardir.

21. Ular Alloh bog'lanishga buyurgan narsalarni (ya'ni, qarindoshlar bilan aloqani) bog'laydilar, Parvardigorlaridan qo'rqadilar va hisob-kitobning noxush bo'lishidan cho'chiydilar.

22. Parvardigorlarining "yuzini" istab, (turli mashaqqatlarga) sabr qilib, namozlarini to'kis ado etgan va Biz rizq qilib bergan narsalardan xufyona va oshkora ehson qilgan hamda yomonlikka yaxshilik qaytaradigan zotlar - aynan o'shalar uchun oxirat diyori (bordir).

23. (U abadiy) turiladigan jannatlar bo'lib, (ular) u joylarga ota-bobolari, jufti halollari va zurriyotlaridan iborat solih (banda)lar bilan birga kirurlar. So'ng ularning huzurlariga har (bir) eshikdan farishtalar kirib (derlar):

24.  "(Alloh yo'lida turli mashaqqatlarga) sabr qilib o'tganlaringiz sababli (endi bu yerda) sizlarga tinchlik bo'lgay. Oxirat diyori naqadar yaxshi!"

25. Alloh bilan ahd bog'laganlaridan keyin uni buzadigan, Alloh bog'lanishiga buyurgan narsalarni uzadigan va Yer yuzida buzg'unchilik qilib yuradigan kimsalar ham borki, ular uchun (Allohdan) la'nat bo'lur va ular uchun noxush diyor (jahannam) bordir.

26. Alloh (O'zi) xohlagan kishilarning rizqini keng qilur va (xohlagan kishilarning rizqini) tang qilur. (Mushriklar) mana shu dunyo hayoti bilan shodmon bo'ldilar, holbuki, bu dunyo hayoti oxirat oldida faqat (bir arzimas) matodir.

27.  Kufrda bo'lganlar: "Unga (Muhammadga) Parvardigori tomonidan biror oyat (mo''jiza) nozil qilinsa edi", - deydilar. Ayting: "Albatta, Alloh (O'zi) xohlaganlarni adashtirur va (Allohga) qaytgan kishilarni hidoyat qilur".

28. Ular imon keltirgan va qalblari Allohning zikri bilan orom oladigan zotlardir. Ogoh bo'lingizki, Allohni zikr etish bilan qalblar orom olur.

Qayd etilgan


Mubashshir Muhammad  29 Aprel 2008, 16:25:45



29. Imon keltirib, solih amallarni qilganlar uchun xushnudlik va go'zal oqibat (jannat) bordir.

30.  (Ey, Muhammad,) shunday qilib, Sizni (ko'pdan-ko'p) ummatlardan keyin kelgan bir ummatga - ular Mehribon (Alloh)ni inkor qilib turgan hollarida - (Biz) Sizga vahiy qilgan narsalarni tilovat qilib berishingiz uchun payg'ambar qilib yubordik. Ayting: "U mening Rabbimdir. Undan o'zga iloh yo'qdir. Ungagina tavakkul qildim va tavbam Ungaginadir".

31. Bordiyu bir Qur'on bo'lib, uning (kuchi) bilan tog'lar (joyidan) jildirilsa yo uning (kuchi) bilan Yer yorilsa yoki uning (kuchi) bilan o'liklar tilga kiritilganda ham (kofirlar imon keltirmaydilar). Aksincha, barcha ish Alloh (izmi)dadir. Imon keltirganlar Allohning, agar xohlasa, barcha odamlarni albatta hidoyat qilishini bilmadilarmi? To Allohning va'dasi kelgunicha (ya'ni, Makka fath qilinguncha), kufrdagi kimsalarga o'zlarining qilmishlari sababli turli balolar yetar yoki ularning diyorlariga yaqin joylarga (ofat) tushar (va ularni notinch qilur). Albatta, Alloh va'daga xilof qilmas.

32. (Ey, Muhammad,) Sizdan oldingi payg'ambarlar ham masxara qilinganida, (Men) o'sha kufr yo'lida bo'lgan kimsalarga (bir oz) muhlat berib, so'ngra ularni (O'zimning azobim bilan) ushlaganman. Bas, (ularga bergan) jazolarim qanday bo'ldi?!

33. Har bir jonning qilgan amali ustidan (kuzatib) turuvchi Zot (his-tuyg'usiz but-sanamlarga o'xshaydimi?!) Ular (turli narsalarni) Allohga sherik qilib oldilar. (Ularga) ayting: "U butlaringizning nomlarini (va qila oladigan ishlarini) aytinglar-chi? Balki, (Allohga) Yer yuzidagi bilmaydigan biror narsadan xabar berarsizlar?! Yoki faqat yuzaki gap bilan (so'zlariga ishonib, sig'inib, yuraverasizlarmi?)" Yo'q! Kufrda bo'lgan kimsalarga o'zlarining makrlari chiroyli ko'rsatildi va ular (haqiqiy) Yo'ldan to'sildilar. Kimni Alloh yo'ldan ozdirsa, uning uchun biror hidoyat qiluvchi bo'lmas.

34. Ular uchun dunyo hayotida azob bo'lur. Oxirat azobi esa og'irroqdir. Ularni Alloh (azobi)dan saqlovchi (kuch) yo'qdir.

Qayd etilgan


Mubashshir Muhammad  29 Aprel 2008, 16:29:05



35. Taqvolilar uchun va'da qilingan jannatning misoli: uning ostidan anhorlar oqur, mevalari va soyalari boqiydir. Bu taqvo qilganlarning oqibatidir. Kofirlarning oqibati esa do'zaxdir.

36. Biz Kitob (Tavrot, Injil) ato etgan kishilar Sizga nozil qilingan narsa (Qur'on) sababli shodlanadilar. (Yahudiy va nasroniylardan iborat) guruhlar orasida (Qur'onning) bir qismini inkor etadiganlar ham bordir. (Ularga) ayting: "Albatta, men yolg'iz Allohga ibodat qilishga va Unga (birovni) sherik qilmaslikka buyurilganman. O'sha zotgagina (ibodat qilishga) da'vat eturman va qaytishim (ham) Uning huzurigadir".

37. Shuningdek, Biz uni (Qur'onni) arabiy hukm sifatida nozil qildik. Qasamki, agar Sizga kelgan (shu) bilimdan so'ng ularning havo (xohish)lariga ergashsangiz, Siz uchun Alloh (tomoni)dan biror do'st ham, himoyachi ham yo'qdir.

38. Darhaqiqat, Sizdan ilgari ham (ko'p) payg'ambarlar yuborganmiz va ularga xotinlar va zurriyotlar berganmiz. Hech bir payg'ambar uchun Allohning iznisiz biror mo''jiza keltirish mumkin emas. Har bir vaqt uchun (munosib) kitob (hukm) bordir.

39. O'zi xohlagan narsani (ya'ni, hukmni) o'chirur va (O'zi xohlagan hukmni) barqaror qilur. Ona Kitob (Lavhul-Mahfuz) Uning huzuridadir.

40. Agar Sizga (ular uchun) va'da qilgan ba'zi narsalarni (ya'ni, azoblarimizni) ko'rsatsak ham yoki Sizni (oldinroq) vafot qildirsak ham, albatta, Sizning zimmangizda (dinni odamlarga to'la) yetkazish, Bizning zimmamizda esa hisob(-kitob) qilish bordir.

41. (Makka mushriklari) Biz yer(lari)ga kelib, uni atrofidan qisqartirayotganimizni (fath qilinib kelayotganini) ko'rmadilarmi?! Alloh hukm qilur - Uning hukmini ta'qib etuvchi bo'lmas. U tez hisob(-kitob) qiluvchidir.

42.  Ulardan ilgarigi kimsalar ham (o'zlarining payg'ambarlariga nisbatan) makr qilganlar. Bas, makrning hammasi Allohnikidir. U har bir jonning qilayotgan ishini bilur. Yaqinda kofirlar diyor (oxirat) oqibati kimniki ekanini bilajaklar.


Izoh: Allohga makr sifatini nisbat berish majoziy bo'lib, ularning makriga javoban beriladigan jazo yoki ko'riladigan tadbir deb bilmoq kerak.

Qayd etilgan


Mubashshir Muhammad  29 Aprel 2008, 16:35:03



43.  Kofir bo'lgan kimsalar (sizga): "Payg'ambar emassan", - deydilar. Ayting: "Men bilan sizlarning oramizda Alloh va Kitob (Qur'on) ilmidan xabardor bo'lgan kishilar guvohlikka kifoya qilur".


IBROHIM SURASI

Ibrohim (a.s.)ning Qudsdan Makkaga kelishlari, u yerda qilgan duolari haqida oyatlar bo'lgani uchun suraga shu nom berilgan. Unda asosan - tavhid, e'tiqod, qiyomat, jannat, do'zax, hisobot, payg'ambarlarning yuborilishidan ko'zlangan maqsad va boshqa muhim ma'lumotlar mavjud.

Mehribon va rahmli Alloh nomi ila boshlayman.

1. Alif, Lom, Ro. (Ey, Muhammad! Bu Qur'on) Parvardigorlarining izni bilan odamlarni zulmatlardan nurga - qudrat va hamd egasining yo'liga - olib chiqishingiz uchun Sizga Biz nozil qilgan Kitobdir.

2. (U yo'l) osmonlar va Yerdagi bor narsa Uniki bo'lgan Allohning (yo'lidir). Qattiq azob dastidan kofirlar holiga voy!

3.  Ular dunyo hayotini oxiratdan afzal biladigan, (odamlarni) Allohning yo'lidan qaytaradigan va uni qing'ir qilishni istaydigan kimsalardir. Ular (haq yo'ldan) yiroq gumrohlikdadirlar.

4. Biz har bir payg'ambarni (hukmlarimizni) bayon qilib berishi uchun o'z qavmining tili bilan (so'zlaydigan qilib) yubordik. Bas, Alloh (O'zi) xohlagan kimsani yo'ldan ozdirur va (O'zi) xohlagan kishini hidoyat qilur. U qudratli va hikmatli zotdir.

5.  Darhaqiqat, Biz Musoni (Bani Isroil qavmiga) oyatlarimiz bilan yuborib (unga dedik): "Qavmingni zulmatlar (kufr)dan nur (imon)ga olib chiqqin va ularga Allohning kunlari (ne'matlari)ni eslatgin! Albatta, bunda har bir sabrli va shukr qiluvchi kishi uchun alomatlar bordir".

Qayd etilgan


Mubashshir Muhammad  29 Aprel 2008, 16:37:02



6. O'shanda Muso qavmiga aytdi: "Allohning sizlarga bergan ne'matini - sizlarni og'ir azoblar bilan qiynayotgan, o'g'illaringizni so'yib, xotinlaringizni tirik qoldirayotgan Fir'avn zodagonlaridan qutqarganimizni eslangiz. Ana o'sha (ish)larda Parvardigoringiz tomonidan ulkan sinov bordir".

7.  Yana Rabbingiz e'lon qilgan (bu so'zlar)ni eslangiz: "Qasamki, agar (bergan) ne'matlarimga shukr qilsangizlar, albatta, (ularni yanada) ziyoda qilurman. Bordi-yu noshukrchilik qilsangizlar, albatta, azobim (ham) juda qattiqdir".

8. Muso (yana) dedi: "Agar sizlar (O'zingiz) va Yer yuzidagi barcha kishilar kofir bo'lsalaringiz ham (Allohga hech qanday zarar yetkaza olmaysizlar). Zero, Alloh (sizlarning shukr qilishingizdan) behojat va hamd egasidir".

9. Sizlarga ilgari o'tgan kishilarning - Nuh, Od, Samud qavmlarining va ulardan keyin o'tgan, faqat Allohgina biladigan qavmlarning xabari kelmadimi? Ularga payg'ambarlari hujjatlari bilan kelganlarida, ular qo'llari bilan (payg'ambarlarning) og'izlarini to'sib, dedilar: "Biz sizlar elchi qilib yuborilgan narsa (din)ga kufr keltirdik. Biz sizlar bizni da'vat qilayotgan narsangiz (diningiz)dan shak(-shubha)dadirmiz".

10.  Payg'ambarlari aytdilar: "Osmonlar va Yerning yaratuvchisi - Alloh (borligi va birligi) xususida shak bormi?! U sizlarning gunohlaringizni mag'firat qilish va o'zlaringizni ma'lum muddatgacha (halok qilmay) kechiktirish uchun (imonga) da'vat qilmoqda-ku?!" Ular dedilar: "Sizlar (ham) bizga o'xshagan odamlarsiz, faqat bizni ota-bobolarimiz ibodat qilib o'tgan narsadan (sanamlarga sig'inishdan) to'smoqchisizlar, xolos. Bas, (agar chin payg'ambar bo'lsangizlar,) bizga aniq bir hujjat keltiringlar-chi?!"

Qayd etilgan


Mubashshir Muhammad  29 Aprel 2008, 16:39:16



11. Payg'ambarlar ularga aytdilar: "(Ha), biz xuddi sizlarga o'xshagan odamlarmiz, lekin Alloh o'zi xohlagan bandalariga (payg'ambarlik) in'om qilur. Biz sizlarga Allohning irodasisiz biror hujjat keltira olmaymiz. Imon keltirganlar Allohgagina tavakkul qilsinlar!

12.  Bizni (to'g'ri) yo'limizga hidoyat qilgan Allohga nechun tavakkul qilmaylik?! Albatta, biz sizlar yetkazgan aziyatlarga sabr qilurmiz! Tavakkul qiluvchilar Allohgagina tavakkul qilsinlar!"

13. Kufr yo'lidagi kimsalar o'z payg'ambarlariga: "Albatta, biz sizlarni yerimizdan (haydab) chiqarurmiz yoki sizlar bizning dinimizga qaytursizlar", - dedilar. Shunda Parvardigorlari ularga ( payg'ambarlarga): "Albatta, Biz zolimlarni halok qilurmiz.

14. Ulardan so'ng (shu) yerga sizlarni joylashtirurmiz. Bu (va'da) Mening huzurimda (hisobot uchun) turishdan qo'rquvchi va Mening ogohlantirishimdan xavf qiluvchi kishilar uchundir",- deb vahiy yubordi.

15. (So'ngra payg'ambarlar Allohdan) madad tilaydilar va har bir jabr va sarkashlik egasi umidsiz bo'lur.

16. Uning ro'parasida jahannam turar. (Jahannamda) unga yiring suvidan berilur.

17.  Uni yutmoqchi bo'ladi-yu, (tomog'idan) o'tkaza olmas, unga har tomondan o'lim keladi-yu, u o'la olmas. Uning ortida (bundan ham) og'ir azob bordir.

18. Parvardigorlariga kofir bo'lganlarning amallari bamisoli bo'ronli kunda qattiq shamol uchirib ketgan kuldir - ular qilgan amallaridan biror narsaga ega bo'la olmaydilar. Bu o'ta gumrohlikdir.

Qayd etilgan


Mubashshir Muhammad  01 May 2008, 18:18:19



19. (Ey, inson), Alloh osmonlar va Yerni haq (hikmat) bilan yaratib qo'yganini ko'rmadingmi?! Agar u xohlasa sizlarni ketkazib, (o'rningizga) yangi xalqni keltirur.

20. Bu (ish) Alloh uchun qiyin emasdir.

21. (Qiyomat kunida) barcha (xaloyiq) Allohga ro'baro' bo'lur. Bechora hol (ergashuvchi)lar mutakabbir kimsalarga (sobiq yo'lboshchilariga): "Bizlar sizlarga ergashuvchi edik, endi sizlar bizlarni Allohning biror azobidan qutqara olurmisizlar?" deganlarida, ular aytadilar: "Agar Alloh bizni (haq yo'lga) hidoyat qilganida, biz ham sizlarni hidoyat qilgan bo'lur edik. (Endi esa) chidamsizlik qilamizmi, sabr qilamizmi, biz uchun barobardir. Biz uchun hech qanday panoh yo'qdir".

22.  Qachonki, ish bitgach (ya'ni, jannat ahli jannatga, do'zaxilar do'zaxga hukm qilingach), shayton deydi: "Alloh sizlarga haq va'da qilgan edi. Men ham va'da berib, sizlarni aldagan edim. (Lekin) men uchun sizlarning ustingizdan hech qanday iqtidor yo'q edi, illo men sizlarni (kufr yo'liga) chaqirdim. Sizlar menga ijobat etdingiz. Endi meni emas, o'zlaringizni malomat qilingiz. Men sizlarga yordam bera olmayman, sizlar ham menga yordam beruvchi emassiz. Men sizlar ilgari meni (Allohga) sherik qilganingizni inkor qilurman. Albatta, zolimlar (kofirlar) uchun alamli azob bordir".

23. Imon keltirgan va ezgu ishlar qilganlar ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga kiritilib, Parvardigorlarining izni bilan u joyda mangu qoladilar. Ularning (jannatdagi) ko'rishishlari salomlashishdan iboratdir.

Qayd etilgan


Mubashshir Muhammad  01 May 2008, 18:21:53



24. (Ey, inson), Alloh pok so'zga (ya'ni, imon kalimasiga) qanday misol keltirganini ko'rmadingmi?! (U so'z) xuddi bir yaxshi daraxtga o'xshaydiki, uning ildizi (yer ostiga) o'rnashgan, shoxlari esa osmondadir.

25. Parvardigorining izni bilan (u) mudom meva berur. Alloh odamlar eslatma olishlari uchun mana shunday misollarni keltirur.

26. Yomon so'zning (ya'ni, kufr so'zining) misoli esa yer yuzasidan (ildizi) uzilib qolgan, bir joyda qarori yo'q nopok daraxtga o'xshar.

27.  Alloh imon keltirganlarni dunyo hayotida ham, oxiratda ham ustuvor So'z (imon kalimasi) bilan sobitqadam qilur. Zolimlarni esa Alloh (haq) yo'ldan ozdirur. Alloh (O'zi) xohlagan ishni qilur.

28.  (Ey, inson), Allohning ne'mati (imon)ni kufrga almashtirib yuborgan va qavmlarini halokat diyoriga qulatgan kimsalarni ko'rmadingmi?!

29. (U diyor) ular toblanadigan jahannamdir. Naqadar yomon qarorgoh!

30. Ular (odamlarni) Uning yo'lidan ozdirish uchun Allohga "teng"larni (o'ylab) topdilar. (Ey, Muhammad), ayting: "Foydalanib qolinglar! Bas, albatta, axiri boradigan joyingiz do'zaxdir".

31.  (Ey, Muhammad), imon keltirgan bandalarimga ayting, namozni mukammal ado etsinlar hamda savdo-sotiq va oshna-og'aynigarchilik bo'lmaydigan Kun (qiyomat) kelmay turib, Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan xufyona va oshkora ehson qilsinlar!

32. Alloh osmonlar va Yerni yaratgan va osmondan suv (yomg'ir, qor) yog'dirib, u sababli sizlarga rizq bo'ladigan mevalarni chiqargan zotdir. U (O'z) amri bilan dengizda suzib yurishi uchun kemalarni sizlarga bo'yin sundirdi. Yana daryolarni ham sizlarga bo'yin sundirdi.

33.  (U) doimo faoliyat ko'rsatib turuvchi quyosh va oyni ham sizlarga bo'yin sundirdi. Yana kecha va kunduzni sizlarga bo'yin sundirdi.

Qayd etilgan