O’N SAKKIZINCHI JUZ’
*************************
MU'MINUN SURASIMu'minun - mo'minlar. Mo'min-musulmonlarga loyiq sifatlar zikri bilan boshlangani uchun shunday nom berilgan. Unda Muhammad (a. s.) ning Makkadagi davrlarida ahli Islomga mushriklar tarafidan berilgan aziyatlarga sabr qilish, oxirat saodati uchun bu dunyoda qilish zarur bo'lgan solih amallar va boshqa muhim ilohiy o'gitlar yoritiladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). 1. Mo'minlar najot topdilar.
2. Ular namozlarida kamtardirlar.
3. Ular behuda (so'z va ishlar)dan yuz o'giruvchidirlar.
4. Ular zakotni ado etuvchidirlar.
5. Ular avratlarini (haromdan) saqlovchi kishilardir.
6. Illo, o'z jufti halollari va qo'l ostidagilar (cho'rilar) bundan mustasnodir. Bas, albatta, ular malomat qilinuvchi emaslar.
7. Bas, kimki shundan o'zgani (harom qilingan narsalarni) istasa, bas, ana o'shalar haddan oshuvchilardir.
8. Ular (mo'minlar) (odamlarning bergan) omonatlariga va (o'zaro) ahdlariga rioya etuvchi zotlardir.
9. Ular namozlarini asraguvchi (vaqtida ado etuvchi)lardir.
10. Aynan o'shalar, merosxo'rlardir,
11. Firdavs (jannati)ga voris bo'lishib, u yerda ular mangu qoluvchidirlar.
12. Qasamki, Biz insonni (Odamni) loyning sarasidan yaratdik.
13. So'ngra uni (inson naslini, avvalo) mustahkam qarorgoh (bachadon)dagi maniy qildik.
14. So'ngra (bu) maniyni laxta qon qilib yaratdik, bas, laxta qonni parcha go'sht qilib yaratdik, bas, parcha go'shtni suyaklar qilib yaratib, (bu) suyaklarga go'sht qopladik, so'ngra (unga jon kirgizib, oldingi holidan butunlay) boshqacha bir vujudni paydo qildik. Yaratuvchilarning eng go'zali - Alloh barakotlidir! Izoh: Oyatdagi homilaning rivojlanish bosqichlarini hozirgi ilmiy kashfiyotlar ham tasdiq etmoqda. Bu to'g'rida G'arbning yirik olimlari talay ilmiy izlanishlar natijasida, Qur'oni karimning ilohiy mo''jiza ekanligini yana bir bor tasdiq etdilar. 15. So'ngra, albatta, sizlar (ey, insonlar,) mana shundan keyin, albatta, vafot etuvchidirsizlar.
16. So'ngra sizlar, albatta, qiyomat kuni qayta tirilursizlar.
17. Darvoqe, Biz ustingizda yetti yo'lni (yetti qavat osmonni) yaratdik. Biz yaratuvchilikdan g'ofil bo'lmadik. Izoh: Yetti yo'l-osmonlararo o'tgan farishtalar yo'li.