Qur'oni karim. Abdulaziz Mansur tarjima va sharhi  ( 647081 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 ... 63 B


AbdulAziz  28 Iyul 2008, 19:24:30



61. Bas, qachonki, ikki jamoa bir-birini ko'rishgach, Musoning hamrohlari: "Bizlar aniq tutildik", - dedilar.

62. (Muso) aytdi: "Yo'q, men bilan birga Parvardigorim bor. Albatta, U meni (xavfsiz) yo'lga boshlar!"

63. Bas, Biz Musoga: "Asoying bilan dengizni urgin!" - deb vahiy yubordik. Bas, (dengiz) bo'linib, har bir bo'lak (suv) ulkan tog' kabi bo'ldi.

64. Boshqalarni (Fir'avn va uning lashkarini ham) o'sha (yo'l)ga yaqinlashtirdik.

65. Muso va u bilan birga bo'lganlarning barchalarini qutqardik.

66. So'ngra boshqalarni (dengizga) g'arq qilib yubordik.

67. Albatta, bunda ibrat bordir. (Lekin odamlarning) ko'plari imon keltiruvchi bo'lmadilar.

68. Albatta, Rabbingiz qudratli va rahmlidir.

69. (Ey, Muhammad,) ularga Ibrohim xabarini o'qib bering!

70. O'shanda u otasi va qavmiga: "Nimaga ibodat qilmoqdasizlar?" - dedi.

71. Ular: "Sanamlarga ibodat qilmoqdamiz. Bas, ularga sig'inishda davom eturmiz", - dedilar.

72. (Ibrohim) aytdi: "Iltijo qilgan paytlaringizda (butlaringiz) sizlarni (iltijolaringizni) eshitadilarmi?

73. Yoki sizlarga foyda yo zarar yetkaza oladilarmi?"

74. Ular dedilar: "Yo'q, bizlar ota-bobolarimizning mana shunday qilishlarini ko'rganmiz".

75. (Ibrohim) aytdi: "Sig'inayotgan narsalaringni (o'ylab) ko'rdilaringizmi?

76. O'zlaring va oldin o'tgan ota-bobolaringiz ham?

77. Albatta, ular menga dushmandir. (Men ularga emas), olamlar Parvardigorigagina (ibodat qilurman).

78. U meni yaratgandir, bas, U meni hidoyat qilur.

79. Uning O'zigina meni yedirur va ichirur.

80. Kasal bo'lganimda, Uning O'zi menga shifo berur.

81. U meni o'ldirur, so'ngra (qiyomat kuni qayta) tiriltirur.

82. U jazo kuni (qiyomatda) mening xatolarimni mag'firat etishini umid qilurman.

83. Ey, Rabbim! Menga hikmat baxsh etgin va meni solih (banda)larga qo'shgin!

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Iyul 2008, 19:24:54



84. Yana men uchun keyingilar o'rtasida yaxshi gaplar paydo etgin!

85. Yana meni ne'matlar bog'ining vorislaridan qilgin!

86. Otamni mag'firat qilgin. U adashganlardan edi.

87. Qayta tiriladigan Kunda meni sharmanda qilmagin!".

88. U kunda na mol-dunyo va na farzandlar foyda bermas,

89. Faqat Alloh huzuriga sog'lom dil bilan kelgan kishilargagina (foyda berur).

90. (U kunda) jannat taqvodorlarga yaqin qilinur.

91. Do'zax esa yo'ldan ozganlarga namoyish qilinur.

92. Va ularga: "Ibodat qilib o'tgan butlaringiz qani

93. Allohni qo'yib? Ular sizlarga yordam bera olarmi yoki o'zlari yordam ola bilurmi?!" - deyilur.

94. Bas, unga u (but)lar, yo'ldan ozgan kimsalar (do'zaxga) uloqtirilur.

95. va iblis lashkarlarining barchalari ham.

96. Ular (do'zaxda) bahslashar ekanlar, deydilar:

97. "Allohga qasamki, albatta, bizlar aniq zalolatda ekanmiz.

98. Qachonki, sizlarni olamlarning Parvardigoriga tenglashtirgan paytimizda.

99. Bizlarni aynan jinoyatchilar yo'ldan ozdirdilar.

100. Endi bizlar uchun na oqlovchilar bor,

101. na biror qadrdon do'st.

102. Bas, qaniydi yana bir marta (yashashlik) bo'lsa-yu, bizlar ham mo'minlardan bo'lsak".

103. Albatta, bunda alomat (ibrat) bordir. (Lekin, odamlarning) ko'plari imon keltiruvchi bo'lmadilar.

104. Albatta, Rabbingiz qudratli va rahmlidir.

105. Nuh qavmi payg'ambarlarni inkor etdi.

106. O'shanda ularga birordarlari Nuh aytgan edi: "Allohdan qo'rqmaysizlarmi?!

107. Albatta, men sizlarga yuborilgan ishonchli payg'ambardirman!

108. Bas, Allohdan qo'rqinglar va menga itoat etinglar!

109. Men sizlardan bu (da'vatim) uchun mukofot so'ramayman. Mening mukofotim faqat olamlarning Parvardigori zimmasidadir.

110. Bas, Allohdan qo'rqinglar va menga itoat etinglar!"

111. Ular dedilar: "Senga razil (kambag'al) odamlar ergashgan bo'lsa, bizlar senga (qanday qilib) imon keltiraylik?!"

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Iyul 2008, 19:25:17



112. (Nuh) aytdi: "Men ularning nima ish qiluvchi ekanlarini bilmasman.

113. Agar sezsalaringiz, ularning hisobkitobi faqat Rabbimning zimmasidadir.

114. Men (so'zingizga kirib) mo'minlarni (huzurimdan) haydovchi emasman.

115. Men faqat ochiq ogohlantiruvchidirman".

116. Ular dedilar: "Qasamki, agar (da'vatingdan) to'xtamasang, ey, Nuh, albatta, toshbo'ron qilinuvchilardan bo'lursan!"

117. (Shunda Nuh) aytdi: "Ey, Rabbim, qavmim meni inkor etdilar.

118. Endi Sen O'zing men bilan ularning orasini ochib qo'ygin va menga hamda men bilan birga bo'lgan mo'minlarga najot bergin!"

119. Bas, Biz unga va u bilan birga bo'lgan kishilarga (ichi) to'la kemada najot berdik.

120. So'ngra, (kema najotidan) keyin qolganlarni g'arq qildik.

121. Albatta, bunda alomat (ibrat) bordir. (Lekin odamlarning) ko'plari imon keltiruvchi bo'lmadilar.

122. Albatta, Rabbingiz qudratli va rahmlidir.

123. Od (qabilasi) payg'ambarlarni inkor etdi.

124. O'shanda ularga birodarlari Hud aytgan edi: "(Allohdan) qo'rqmaysizlarmi?

125. Albatta, men sizlarga (yuborilgan) ishonchli payg'ambardirman!

126. Bas, Allohdan qo'rqinglar va menga itoat etinglar!

127. Men bu (da'vatim) uchun sizlardan mukofot so'ramayman. Mening mukofotim faqat olamlarning Parvardigori zimmasidadir.

128. Sizlar har bir tepalikka o'yin-kulgi uchun bir belgi (baland binolar) quraverasizlarmi?!

129. Go'yo mangu yashaymiz, deb qasrlarni solaverasizlarmi?!

130. Qachon (biror kishini jazoga) tutsan gizlar, berahmlarcha tutasizlarmi?!

131. Bas, Allohdan qo'rqinglar va menga itoat etinglar!

132. Sizlarni o'zlaringiz biladigan ne'matlar bilan siylagan zotdan (Allohdan) qo'rqingiz!

133. U sizlarni chorva hayvonlari va o'g'illar bilan qo'lladi,

134. bog'lar va buloqlar bilan ham.

135. Men sizlarning ustingizga ulug' kun (Qiyomat)ning azobi (tushishi)dan qo'rqaman".

136. Ular dedilar: "Sening nasihat qilishing yoki va'z qiluvchilardan bo'lmasliging bizlar uchun barobardir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Iyul 2008, 19:25:45



137. Albatta, bu (ayshu ishratga berilish) avvalgilardan qolgan xulq (odat)dir.

138. Bizlar shuning uchun azoblanuvchi emasmiz".

139. Bas, ular (Hudni) yolg'onchiga chiqarishgach, Biz ularni halok etdik. Albatta, bunda ibrat bordir. (Lekin odamlarning) ko'plari imon keltiruvchi bo'lmadilar.

140. Albatta, Rabbingiz qudratli va rahmlidir.

141. Samud (qabilasi) payg'ambarlarni inkor etdi.

142. O'shanda birodarlari Solih ularga aytgan edi: "(Allohdan) qo'rqmaysizlarmi?!

143. Albatta, men sizlarga (yuborilgan) ishonchli payg'ambardirman!

144. Bas, Allohdan qo'rqinglar va menga itoat etinglar!

145. Men bu (da'vatim) uchun sizlardan mukofot so'ramayman. Mening mukofotim faqat olamlarning Parvardigori zimmasidadir.

146. Sizlar tinchgina bu yerdagi narsalarga,

147. bog'laru buloqlarga,

148. ekinlar va novdalari muloyim xurmo daraxtlari ichiga (mangu) qo'yib qo'yilurmisiz?!

149. Yana zukkolik bilan tog'lardan uylar ham yo'nmoqdasizlar (yasamoqdasizlar)mi?!

150. Bas, Allohdan qo'rqinglar va menga itoat etinglar!

151. Haddan oshuvchilarning amriga itoat etmanglar!

152. Ular yer yuzida buzg'unchilik qilurlar va (hech narsani) o'nglay olmaydilar".

153. Ular dedilar: "Sen aniq sehrlangan kimsalardandirsan!

154. Sen ham xuddi bizlarga o'xshagan odamdirsan. Bas, agar (da'voingda) rostgo'ylardan bo'lsang, biror mo''jiza keltir!".

155. U aytdi: "(Mening mo''jizam) mana shu tuyadir. (Ma'lum bir kun suv) ichish navbati unikidir. Ma'lum bir kun esa sizlarning ichish navbatingizdir.

156. Yana unga biror yomonlik yetkaza ko'rmanglar, aks holda sizlarni ulug' kun (Qiyomat)ning azobi tutar".

157. Bas, ular (tuyani) so'ydilar-da, nadomat qiluvchilarga aylandilar.

158. Ularni azob tutdi. Albatta, bunda alomat (ibrat) bordir. (Lekin odamlarning) ko'plari imon kelti ruvchi bo'lmadilar.

159. Albatta, Rabbingiz qudratli va rahmlidir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Iyul 2008, 19:26:08



160. Lut qavmi payg'ambarlarni inkor etdi.

161. O'shanda ularga birodarlari Lut aytgan edi: "(Allohdan) qo'rqmaysizlarmi?!

162. Albatta, men sizlarga (yuborilgan) ishonchli payg'ambardirman.

163. Bas, Allohdan qo'rqinglar va menga itoat etinglar!

164. Men bu (da'vatim) uchun sizlardan mukofot so'ramayman. Mening mukofotim faqat olamlarning Parvardigori zimmasidadir.

165. Sizlar olamlardan farqli ravishda erkaklarga yaqinlashurmisizlar?!

166. Hamda Rabbingiz sizlar uchun yaratgan jufti halollaringizni tark qilurmisiz?! Yo'q, sizlar haddan oshuvchi qavmdirsizlar".

167. Ular dedilar: "Qasamki, agar to'xtamasang, ey, Lut, albatta, surgun qilinuvchilardan bo'lursan!"

168. U aytdi: "Albatta, men sizlarning (bu) ishlaringizni yoqtirmaydiganlardandirman.

169. Ey, Rabbim, menga va ahlimga (mo'minlarga) ular qilayotgan ish (kasofati)dan najot bergin".

170. Bas, Biz unga va uning barcha ahliga najot berdik.

171. Illo (azobda) qoluvchilardan bo'lgan bir kampirga (Lutning imonsiz xotiniga najot bermadik).

172. So'ngra boshqalarni halok qildik.

173. Ular ustiga yomg'ir (tosh) yog’dirdik. Bas, ogohlantirilgan (bu) kimsalarning yomg'iri naqadar yomon bo'ldi!

174. Albatta, bunda alomat (ibrat) bordir. (Lekin odamlarning) ko'plari imon keltiruvchi bo'lmadilar.

175. Albatta, Rabbingiz qudratli va rahmlidir.

176. Ayka xalqi ("Daraxtzor egalari") (Shuayb payg'ambar qavmi) payg'ambarlarni inkor etdilar.

177. O'shanda ularga Shuayb aytgan edi: ("Allohdan) qo'rqmaysizlarmi?!

178. Albatta, men sizlarga (yuborilgan) ishonchli payg'ambardirman.

179. Bas, Allohdan qo'rqinglar va menga itoat etinglar!

180. Men bu (da'vatim) uchun sizlardan mukofot so'ramayman. Mening mukofotim faqat olamlarning Parvardigori zimmasidadir.

181. O'lchovni to'la o'lchanglar va (odamlarga) ziyon yetkazuvchilardan bo'lmanglar!

182. Shuningdek, to'g'ri tarozi bilan tortinglar!

183. Odamlarga narsalarni kamaytirib bermanglar va yer yuzida buzg'unchilik tarqatib yurmanglar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Iyul 2008, 19:29:29



184. hamda sizlarni ham, oldin yaralganlarni ham yaratgan Zotdan qo'rqinglar!"

185. Ular dedilar: "Aniqki, sen sehrlangan kimsalardandirsan!

186. Sen ham xuddi bizlarga o'xshagan odamdirsan. Bizlar seni yolg'onchi kimsalardan deb gumon qilayapmiz.

187. Bas, agar rostgo'ylardan bo'lsang, ustimizga osmonning bir bo'lagini tashlab yubor!"

188. U aytdi: "Rabbim sizlarning qilayotgan amallaringizni yaxshi biluvchidir".

189. Bas, ular (Shuaybni) inkor etishgach, ularni "soyabon" kunining azobi tutdi. Darhaqiqat, u ulkan (dahshatli) kunning azobi edi.


Izoh: Rivoyatlarga qaraganda, Shuayb qavmi itoatsizlik qilaverganlaridan keyin Alloh taolo ular boshiga issiqlik balosini yuborgan. Ular bulut ostidan soya izlab turganlarida ko'kdan olov tushib, ularni kuydirib yuborgan.

190. Albatta, bunda alomat (ibrat) bordir. (Lekin, odamlarning) ko'plari imon keltiruvchi bo'lmadilar.

191. Albatta, Rabbingiz qudratli va rahmlidir.

192. Albatta, (bu Qur'on) olamlar Parvardigorining nozil qilgan (kitob)idir.

193. Uni Ruhul-amin (Jabroil) olib tushdi

194. qalbingizga, ogohlantiruvchi (payg'ambar)lardan bo'lishingiz uchun,

195. aniq arab tilida.

196. Albatta, (Qur'ondagi ayrim xabarlar) o'tganlarning kitoblarida ham bordir.

197. Axir, (Qur'on haqida) Isroil avlodi olimlarining bilishlari ular uchun dalil emasmi?!

198. Agar Biz (Qur'onni) ajamlardan (arab bo'lmaganlardan) biriga nozil qilsak,

199. uni ularga o'qib berganda ham imon keltiruvchi bo'lmas edilar.

200. Kufrni jinoyatchi kimsalarning dillariga mana shunday yo'llab qo'yganmiz.

201. Ular to alamli azobni ko'rmagunlaricha, unga imon keltirmaydilar.

202. Bas, u (azob) ularga o'zlari sezmagan hollarida to'satdan kelur.

203. So'ngra ular: "Bizlarga (bir oz) muhlat berilarmikan", - deb qolurlar.

204. Bas, ular Bizning azobimizni qistayaptilarmi?!

205. (Ey, Muhammad,) ko'rdingizmi, agar Biz ularni (uzoq) yillar (sihat-salomatlik, moldavlat bilan) foydalantirsak,

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Iyul 2008, 19:31:27



206. so'ngra ularga va'da qilingan narsalari (ya'ni, azob) kelganda,

207. ularga (dunyoda) foydalangan narsalari asqotmaydi-ku!

208. Biz birorta ham ogohlantiruvchisi bo'lmagan qishloq (shahar)ni halok qilmadik.

209. Eslatma bo'lsin, deb (shunday qildik), Biz zolim emasmiz!

210. (Qur'onni osmondan) shaytonlar (jinlar) olib tushganlari yo'q.

211. Ular uchun buning imkoni yo'q va ular bunga qodir ham emaslar.

212. Chunki ular (vahiyni xufyona) eshitib olishdan chetlatilgandirlar.

213. Bas, (ey, Muhammad,) Allohga qo'shib boshqa (biror) "iloh"ga iltijo qilmang! Aks holda azoblanuvchilardan bo'lib qolursiz.

214. Yaqin qarindoshlaringizni (Alloh azobidan) ogohlantiring!

215. Sizga ergashgan mo'minlar uchun qanotingizni past tuting!

216. Bas, agar ular itoatsizlik qilsalar, u holda ayting: "Albatta, men sizlar qilayotgan ishdan pokdirman".

217. Qudratli va rahmli (Alloh)ga tavakkul qiling!

218. U Sizni (namoz uchun) turayotgan vaqtingizda ham ko'radi,

219. sajda qiluvchilar (namoz o'quvchilar) orasida kezgan (vaqtingizda ham) ko'rib turur.


Izoh: Namoz o'quvchilar orasida kezgan, ya'ni, tunda tahajjud namozini o'qiyotgan sahobalaringiz holidan xabar olib yurishingizni ham Alloh ko'rib-bilib turur.

220. Albatta, U eshituvchi va biluvchidir.

221. (Ey, Muhammad, ayting): "Men sizlarga shaytonlar (jinlar) kimlarga tushishi haqida xabar beraymi?

222. Ular barcha bo'htonchi, gunohga botganlarga tushurlar.

223. Eshitib olganlarini ularga tashlarlar. (Lekin) Ularning ko'plari yolg'onchilardir".

224. Shoirlarga yo'ldan ozganlar ergashurlar.

225. Ularning har vodiyda (mavzuda) daydishlarini ko'rmadingizmi?!

226. O'zlari qilmaydigan narsalarni gapirishlarini ham?!


Izoh: 225 - 226 - oyatlardagi shoirlardan murod o'sha davrdagi yomon niyatli, laganbardor, yolg'on to'quvchi maddoh shoirlardir. Ammo yaxshi shoirlar to'g'risida Muhammad alayhissalomdan qator hadislar borki, ularda she'r hikmatdan xoli bo'lmasligi, shoirlar o'z qalamlari bilan qilich qilaolmaydigan ishlarni bajarishlari mumkinligi va boshqa fazilatlarini bayon qilganlar.

227. Ammo, imon keltirgan va ezgu ishlarni qilgan hamda doim Allohni yod etgan va (ilgari) mazlum bo'lganlaridan keyin (Islom ravnaq topgach) g'olib bo'lgan kishilar (mustasnodirlar). Zulm qilganlar esa yaqinda qanday oqibat sari ketayotganlarini bilib olurlar!

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Iyul 2008, 19:33:46



NAML SURASI

Naml-chumolilar.

Surada chumolilar to'g'risida ibratli qissa bo'lgani uchun unga shu nom berilgan. Unda payg'ambarlardan Muso, Solih, Sulaymon (a. s.) lar haqida ham sermazmun oyatlar bor. Ayniqsa, Sulaymon (a. s.) ning insu jin, parrandayu darandalar ustidan podshohlik qilganlari, Yaman diyoridagi Sabo mamlakatining malikasi Bilqis bilan kechgan mojarolar diqqatga sazovordir.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. To, Sin. Ushbular Qur'on va aniq Kitob (Lavhul-Mahfuz) oyatlaridir.

2. (Bu oyatlar) shunday mo'minlarga hidoyat va xushxabardirki,

3. ular namozni mukammal ado etadilar, zakotni beradilar va oxiratga aniq ishonadilar.

4. Albatta, oxiratga imon keltirmaydigan kimsalar (qilayotgan) amallarini o'zlariga chiroyli ko'rsatib qo'ygandirmiz. Bas, ular gangib yuraveradilar.

5. Ana o'shalar uchun (dunyoda ham) eng yomon azob bordir va ular oxiratda eng ko'p ziyon ko'ruvchilardir.

6. (Ey, Muhammad,) albatta, Sizga (bu) Qur'on hakim va dono zot dargohidan berilur.

7. Muso oilasiga: "Men olov ko'rib qoldim. Sizlarga undan (biror) xabar keltirurman yoki sizlarga isinib olishingiz uchun cho'g' keltirurman", - deganini eslang!

8. Bas, (u olov yoniga) kelgach, unga nido qilindi: "Olov oldidagi kishiga (Musoga) va uning atrofidagi zotlarga (farishtalarga) barakot bo'lsin! Olamlarning Parvardigori - Allohga tasbehlar!

9. Ey, Muso, albatta, Men qudratli va hikmatli Allohdirman!

10. Asoyingni tashla!" Bas, qachonki, (Muso) uning ilondek qimirlayotganini ko'rgach, ortiga qaramay qochdi. (Shunda Biz dedik): "Ey, Muso, qo'rqmagin! Zero, Mening huzurimda payg'ambarlar qo'rqmaslar.

11. Lekin, kim zulm qilsa-yu, so'ngra (bu) yomonliklardan keyin uni chiroyli (ish)ga almashtirsa, bas, albatta, Men kechirimli va rahmlidirman.

12. Qo'lingni qo'yninga tiq, u hech qanday yomonliksiz oppoq bo'lib chiqur. (Bu mo''jizalar) sen (Fir'avn va uning qavmiga) olib boradigan to'qqiz mo''jiza ichidadir. Darhaqiqat, ular itoatsiz qavm bo'ldilar.

13. Bas, qachonki, ularga mo''jizalarimiz ravshan holda yetib kelgach, ular: "Bu aniq sehrdir", - dedilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Iyul 2008, 19:36:43



14. O'zlari aniq bilgan hollarida zulm va kibrga berilib, u (mo''jizalarni) inkor etdilar. Endi, (ey, Muhammad,) u buzg'unchilarning oqibati qanday bo'lganini ko'ring!

15. Qasamki, Biz Dovud va Sulaymonga (yetuk) bilim ato etdik va ular: "Bizlarni ko'p mo'min bandalardan afzal qilib qo'ygan zot - Allohga hamd bo'lsin!" - dedilar.

16. Sulaymon (payg'ambarlik va podshohlikda) Dovudga voris bo'ldi va aytdi: "Ey, odamlar, bizga qushlar tili bildirildi. Albatta, bu aniq fazlning o'zidir".

17. Sulaymon uchun jin, ins va qushlardan iborat lashkarlari to'planib, tizilgan hollarida turdilar.

18. To ular chumolilar vodiysiga yetganlarida, bir chumoli: "Ey, chumolilar, uyalaringizga kiringlar, yana Sulaymon va uning lashkarlari o'zlari sezmagan hollarida sizlarni ezib ketmasinlar", - dedi.

19. (Sulaymon) uni so'zidan kulib, tabassum qildi va dedi: "Ey, Rabbim, menga va otaonamga in'om etgan ne'matinga shukr qilishga va O'zing rozi bo'ladigan yaxshi amallarnigina qilishga meni muvaffaq etgin va meni O'z fazling bilan solih bandalaring qatoriga kiritgin!"

20. U qushlarni ko'zdan kechirib: "Nega men hudhudni ko'rmayapman, balki u (beruxsat) g'oyib bo'luvchilardandir?!

21. Albatta, uni qattiq azob bilan azoblarman yo so'yib yuborurman yoki menga (uzrini bayon qilib) aniq hujjat keltirur", - dedi.

22. So'ng uzoq (vaqt) qolmay (hudhud kelib) dedi: "Men sen ogoh bo'lmagan narsalardan ogoh bo'ldim va senga Saba' (shahri)dan ishonchli xabar keltirdim.


Izoh: Yaman diyoridagi Bilqis malikalik qilgan mamlakatning nomi arab tilida Saba'. O'zbek tilida uni yengillatib Sabo deb atash joriy bo'lgan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Iyul 2008, 19:38:23



23. Men bir ayolni ko'rdim. U ularning malikasi ekan. Unga barcha narsadan ato etilgan bo'lib, ulkan taxti ham bordir.

24. Men uning va qavmining Allohni qo'yib, quyoshga sajda qilayotganlarini ko'rdim". Shayton ularga (qilayotgan) amallarini chiroyli ko'rsatib, ularni (Haq) yo'ldan to'sib qo'ygandir. Bas, ular hidoyat topmaslar.

25. (Uning maqsadi) osmonlar va Yerdagi barcha sirlarni oshkor qiladigan hamda sizlar yashiradigan va oshkor qiladigan barcha narsalarni biladigan Allohga sajda qilmaslaridir.


(Sajda oyati)

26. Alloh - Undan o'zga iloh yo'q! U ulkan Arsh egasidir.

27. (Sulaymon) dedi: "Sen rost so'zladingmi yoki yolg'onchilardan bo'ldingmi, ko'rarmiz.

28. Mana bu maktubimni olib borib ularga tashlagin, so'ngra ulardan chetlanib kuzatginchi, nima (javob) qaytarar ekanlar".

29. (Hudhud maktubni olib kelib malika Bilqis oldiga tashlagach), u dedi: "(Ey, zodagonlar), haqiqatan menga sharafli bir maktub tashlandi.

30. Albatta, u Sulaymondandir va u (maktubda): "Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan.

31. Sizlar Menga kattalik qilmay huzurimga itoatli holingizda kelingiz!" (deb yozilgan).

32. (Malika) aytdi: "Ey, zodagonlar, menga bu ishimda fatvo (maslahat) beringlar. Men to sizlar guvoh bo'lmaguningizcha biror ishni qat'iy qiluvchi emasman".

33. Ular dedilar: "Bizlar quvvat va ashaddiy matonat egalaridirmiz. (Ishga) buyurish sening o'zingga havola. Bas, nimaga buyurishni o'ylab ko'raver!"

34. U aytdi: "Aniqki, podshohlar qachon biror qishloqqa (bostirib) kirsalar uni vayron eturlar, aholisining aziz kishilarini esa xor qilurlar. Ular shu tarzda ish qilurlar.

35. Men ularga (sinov uchun) bir sovg'a yuborib ko'ray-chi, elchilar nima (xabar) bilan qaytar ekanlar".


Izoh: Bilqis o'ta farosatli va zukko malika edi. U Sulaymonga sovg'a yuborib, qabul qilish yoki qilmasligini bilmoqchi bo'ladi. Agar haqiqiy payg'ambar bo'lsa, sovg'ani olmasligi kerak.

Qayd etilgan