49. Ayting: "Haq (Qur'on) keldi. Botil (yangidan shirkni va dinsizlikni) boshlay olmas va qaytara olmas".
50. Ayting: "Agar men (yo'ldan) ozsam, bas, faqat o'z zararimga ozurman va agar hidoyat topsam ham Rabbim menga qilayotgan vahiy sababliginadir. Albatta, U eshituvchi va yaqindir".
51. (Ey, Muhammad,) agar Siz (mushrik va kofirlarni) dahshatga tushgan, yo'qolishning iloji yo'q va yaqin bir makondan (do'zax sari) tutib ketilgan paytlarida ko'rsangiz edi!
52. (O’sha kunda) ular: "Imon keltirdik", - deydilar. Yiroq bir joydan (tavbaga) erishish qayoqda ekan ularga?!
53. Holbuki, ular ilgari (dunyoda) unga kofir bo'lgan edilar! Holbuki, ular yiroqdan turib, g'aybga (oxiratga tosh) otar edilar.
54. (Mana endi,) xuddi ulardan oldingi hamfikrlariga qilingani kabi, ular bilan istaydigan narsalari (imon) o'rtasi to'sib qo'yildi, zero, ular (dunyoda) shak-shubhada edilar.
FOTIR SURASIFotir so'zi "ilk bor yaratuvchi" degan ma'noni bildiradi. Surada Allohning cheksiz ilmi va qudratiga dalolat qiluvchi aqliy dalillar, farishtalar, dunyo va oxirat, kufr va imon, tajovuz va tug'yon haqidagi ilohiy tafsilotlar hamda boshqa muhim ma'lumotlar mavjud. Suraning ikkinchi nomi - "Maloika"dir.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). 1. Hamd osmonlar va Yerning ilk bor yaratuvchisi hamda farishtalarni ikki, uch, to'rt qanotli elchilar qiluvchi Allohgadir. U yaratgan narsalarida nimani xohlasa (o'shani) ziyoda qilur. Albatta, Alloh barcha narsaga qodirdir.
2. Alloh odamlar uchun ne bir rahmatni ochib qo'ysa, bas, uni tutib qoluvchi bo'lmas va neni tutib qolsa, bas, Undan so'ng uni (bandalarga) yuboruvchi bo'lmas. U qudrat va hikmat egasidir.
3. Ey, insonlar, sizlarga (ato etgan) Allohning ne'matini eslangiz! Sizlarga osmonu zamindan rizq beradigan Allohdan o'zga yaratuvchi bormi?! Undan o'zga iloh yo'q! Bas, qayoqqa burilib ketmoqdasizlar?![/b]