Qur'oni karim. Abdulaziz Mansur tarjima va sharhi  ( 600189 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 ... 63 B


AbdulAziz  29 Iyul 2008, 08:44:38


 
11. Ayting: "Men Allohga dinni Unga xolis qilgan holda ibodat qilishga buyurilganman.

12. Yana, musulmonlarning avvali bo'lishga buyurilganman".

13. Ayting: "Albatta, men agar Rabbimga osiy bo'lishga ulug' Kunning azobidan qo'rqurman".

14. Ayting: "Men faqat Allohga, dinimni Unga xolis qilgan holda ibodat qilurman.

15. Endi sizlar (ey, mushriklar,) Uni qo'yib, xohlagan narsalaringizga ibodat qilaveringlar". (Ey, Muhammad,) ayting: "Haqiqiy ziyon ko'ruvchilar qiyomat kunida o'zlariga ham, ahli (oila)lariga ham ziyon qiluvchi kimsalardir. Ogoh bo'lingizkim, ana shu aniq ziyondir".

16. Ular uchun ustilaridan ham olovdan bo'lgan "soyabonlar", ostilaridan ham (olovdan bo'lgan) "soyabonlar" bo'lur. Bu (bo'lajak azob-uqubat) bilan Alloh O'z bandalarini qo'rqitishidir. Ey, bandalarim, Mendan qo'rqingiz!

17. Shaytonga ibodat qilishdan chetda bo'lgan va Allohga qaytgan zotlar uchun xushxabar bordir. Bas, (ey, Muhammad,) Mening shunday bandalarimga xushxabar beringki,

18. ular gapni tinglab, so'ng uning eng go'zaliga (foydalisiga) ergashadilar. Aynan o'shalar Alloh hidoyat etgan zotlardir va aynan o'shalargina aql egalaridir.

19. Axir, bir kimsaga azob So'zi (hukmi) muqarrar bo'lsa (Siz uni hidoyat qila olarmidingiz)?! Axir, Siz do'zaxdagi kimsani qutqara olarmidingiz?!

20. Lekin Parvardigorlaridan qo'rqqan zotlar uchun (jannatda) ustma-ust qurilgan ko'shklar bo'lib, ularning ostidan anhorlar oqib turar. (Bu) Allohning va'dasidir. Alloh va'daga xilof qilmas.

21. Alloh osmondan suv (yomg'ir, qor) yog'dirib, uni yerda buloqlar shaklida oqizib qo'yganini ko'rmadingizmi? So'ngra u (suv)ning vositasida har xil ekinlarni chiqarur, so'ngra u qurir, so'ng Siz uni sarg'aygan holda ko'rasiz, so'ngra (Alloh) uni xazonga aylantirur. Albatta, bunda aql egalari uchun eslatma bordir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Iyul 2008, 08:45:23



22. Axir, ko'ksini Alloh Islom uchun (keng) ochib qo'ygan, o'zi esa, Parvardigori (tomoni)dan nur (hidoyat) uzra turgan kishi (boshqalar bilan barobar bo'lurmi)?! Bas, dillari Allohning eslashdan qotib qolgan kimsalar holiga voy! Ular aniq zalolatdadirlar.

23. Alloh go'zal So'zni, (oyatlari balog'atda) bir-biriga o'xshagan, (hukmlari) takror-takror keluvchi bir Kitob qilib nozil qildiki, undan (o'g'ilganda) Parvardigoridan qo'rqadigan zotlarning terilari titrab ketar, so'ngra terilari va dillari Allohning zikriga yumshar (moyil bo'lur). Mana shu (Kitob) Allohning hidoyatidirki, unga O'zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. Kimni Alloh yo'ldan ozdirsa, bas, uning uchun biror hidoyat qiluvchi bo'lmas.

24. Axir, qiyomat Kuni yomon azobdan yuzi bilan "saqlanadigan" kimsa (azobdan tinch kishi bilan barobar bo'lurmi)?! (U kunda) zolim (kofir)larga: "O'zlaringiz kasb qilib olgan narsani (dinsizlik "meva"sini) totib ko'ringlar!" - deyiladi.

25. Ulardan oldingilar ham (o'z payg'ambarlarini) yolg'onchiga chiqarganlarida, ularga o'zlari sezmaydigan tomondan azob kelgan edi.

26. Bas, Alloh ularga mana shu dunyo hayotida rasvolikni tottirdi. Oxirat azobi esa yanada kattaroqdir. Agar ular (jazoning qattiqligini) bilsalar edi (payg'ambarlarni inkor etmagan bo'lur edilar).

27. Biz ushbu Qur'onda odamlar uchun turli masallarni keltirdik. Shoyad eslatma olsalar.

28. (Biz uni) qing'ir joyi bo'lmagan arabiy Qur'on holida (nozil qildik). Shoyad (Allohdan) qo'rqsalar.

29. Alloh (shunday) bir masal keltirdi: bir kishi (qul) borki, uning ustida talashuvchi sheriklar bor. Yana bir kishi (qul) borki, butunic ha bir kishinikidir. Ikkisining misoli barobar bo'lurmi?! Hamd Alloh uchundir. Ha, ularning ko'plari bilmaslar.

30. (Ey, Muhammad,) albatta, Siz ham o'luvchidirsiz, ular ham o'luvchidirlar.

31. So'ngra, albatta, sizlar qiyomat Kuni Rabbingiz huzurida da'volashursizlar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Iyul 2008, 08:46:33

YIGIRMA TO’RTINCHI JUZ’
*************************



32. Axir, Alloh sha'niga (shirk va farzandni nisbat berib) yolg'on so'zlagan va rostgo'ylik (vahiy)ni o'ziga kelgan paytidayoq inkor etgan kimsadan kim ham zolimroqdir yoki jahannamda kofirlar uchun joy yo'qmi?!

33. Rostlikni keltirgan zot (Muhammad) va uni tasdiq etgan (mo'minlar) - aynan o'shalar taqvoli zotlardir.

34. Ular uchun Parvardigorlari huzurida (jannatda) xohlagan narsalari bordir. Bu ezgu ish qiluvchi kishilarning mukofotidir.

35. (Bu) Allohning ular qilgan yomon amallarini o'chirib, qilib o'tgan chiroyli amallarining savobi bilan mukofotlashi uchundir.

36. Alloh O'z bandasiga (Muhammadga uni asrashda) yetarli emasmi?! (Ey, Muhammad,) ular Sizni (Allohdan) o'zga narsalar bilan qo'rqiturlar. Kimni Alloh yo'ldan ozdirsa, bas, uning uchun (biror) hidoyat qiluvchi bo'lmas.


Izoh: Ular Muhammad (a. s.)ni qo'rqitish maqsadida: "Sen bizning ma'budalarimizni tahqirlaganing uchun ular senga biror musibat yetkazurlar", - der edilar.
 
37. Kimni Alloh hidoyat qilsa, bas, uning uchun biror yo'ldan ozdiruvchi bo'lmas. Alloh qudratli va (dushmanlardan) intiqom oluvchi emasmi?!

38. Qasamki, agar Siz ulardan: "Osmonlar va Yerni kim yaratgan",- deb so'rasangiz, ular, albatta: "Alloh", - derlar. Ayting: "Endi xabar beringlar-chi, sizlar Allohni qo'yib iltijo qilayotgan butlaringiz - agar Alloh menga biror ziyon yetkazishni istasa - ular Uning ziyonini arita oluvchimilar? Yoki (Alloh) menga biror marhamat qilishni iroda qilsa, o'sha (butlar) Uning marhamatini ushlab qoluvchimilar?!" Ayting: "Menga Allohning O'zi yetarlidir. Tavakkul qiluvchilar faqat Unga tavakkul qilurlar".

39. Ayting: "Ey, qavmim, joyingizda turib (ya'ni, kufrdan qaytmay) amalingizni qilaveringiz. Men ham amal qiluvchidirman. Bas, yaqinda bilursizlar,


40. kimga rasvo qiladigan azob kelishini va mangu azob tushishini".

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Iyul 2008, 08:47:39



41. Biz Sizga (bu) Kitobni haqiqatan barcha odamlar uchun nozil qildik. Bas, kimki hidoyat yo'liga yursa, o'zi uchun yurgan bo'lur. Kimki (yo'ldan) ozsa ham o'zining zarariga ozgan bo'lur. Siz ularning ustidan vakil (qo'riqchi) emassiz.

42. Jonlarni o'lgan vaqtida, o'lmaganlarni esa uxlayotgan paytlarida Alloh olur. Bas, O'zi o'limga hukm qilgan jonlarni (qaytarmasdan) ushlab qolur, boshqalarini esa belgilangan bir muddatgacha (ajallari yetguncha) qo'yib yuborur. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavm uchun alomatlar bordir.

43. Balki ular Allohdan o'zga "oqlovchilar"ni ushlagandirlar. (Ey, Muhammad,) ayting: "Agar ular biror narsaga ega bo'la olmaydigan va (haqiqatni) anglamaydigan bo'lsalar-chi?!"

44. Ayting: "Barcha shafoat (oqlov) faqat Allohnikidir. Osmonlar va Yerning hukmronligi ham Unikidir. So'ngra (barchalaringiz) Ungagina qaytarilursizlar".

45. Qachonki, yolg'iz Alloh zikr qilinsa, oxiratga imon keltirmaydigan kimsalarning dillari siqilib ketar. Qachonki, U zotdan o'zga (but)lar zikr qilinsa, birdan ular shodlanib keturlar.

46. Ayting: "Allohim, (ey) osmonlar va Yerni ilk yaratuvchisi, (ey) yashirin va oshkor narsalarni biluvchi zot, yolg'iz O'zinggina bandalaring o'rtasida ular ixtilof qilib o'tgan narsalar xususida hukm qilursan".

47. Agar zolim (kofir) kimsalar uchun yerdagi (bor) narsa va u bilan birga yana o'shaning mislicha narsa bo'lsa, albatta, ular qiyomat Kunidagi azobning yomonligidan, o'sha (narsalar)ni to'lov qilib berib yuborgan bo'lur edilar. (Chunki u Kunda) ularga Alloh tomonidan ular o'ylab ham ko'rmagan narsalar (azoblar) namoyon bo'lur.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Iyul 2008, 08:48:30



48. Ularga o'zlari kasb etgan yomonliklari oshkor bo'ladi va ularni o'zlari (dunyoda) masxara qilib o'tgan narsa (azob) o'rab oladi.

49. Bas, qachonki, insonga biror ziyon yetsa, bizga duo qilur. So'ngra, qachonki, Biz O'z tomonimizdan unga biror ne'mat ato etsak, u, shubhasiz, bu (ne'mat) menga o'zimning bilimdonligim sababli berildi", - der. Aslida u sinovdir. Lekin, ularning aksariyati bilmaslar.

50. U (so'z)ni ulardan avvalgilar ham aytgan edilar. Bas, ularga o'zlari topgan narsalari asqotgani yo'q.

51. Bas, ularga qilgan yomonliklari yetdi. Ana ulardan (Makka mushriklaridan) bo'lmish zolimlarga ham yaqinda yomonliklari yetar. Ular (biror ishni) uddalay oluvchi emasdirlar.

52. Axir, ular Alloh O'zi xohlagan kishining rizqini keng qilishini va (O'zi xohlagan kishining rizqini) tang qilishini bilmadilarmi?! Albatta, bunda imon keltiradigan qavm uchun alomatlar bordir.

53. (Ey, Muhammad,) o'z jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: "Allohning rahmatidan noumid bo'lmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni mag'firat qilur. Albatta, Uning O'zi mag'firatli va rahmlidir

54. Sizlarga azob kelib, so'ngra yordam berilmay qolishidan ilgari Rabbingizga qaytinglar va Unga bo'yin suninglar!

55. Sizlarga, o'zlaringiz sezmagan holingizda to'satdan azob kelib qolishidan ilgari, Rabbingiz (tomoni)dan sizlarga nozil qilingan go'zal narsa (Qur'on)ga ergashinglar!

56. Biror jon: "Alloh haqida (Unga ibodat qilishda) sustkashlik qilganimga afsus! Rostdan ham men masxara qiluvchilardan bo'lgan edim", - deb qolmasligi uchun.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Iyul 2008, 08:49:30



57. yoki: "Agar Alloh meni hidoyat qilganida, albatta, taqvodorlardan bo'lur edim", - deb qolmasligi uchun

58. yoki azobni ko'rgan chog'ida: "Qani edi, men uchun yana bir karra (yashashning imkoni) bo'lsa-yu, men ham chiroyli amal qiluvchilardan bo'lsam", - deb qolmasligi uchun (Qur'onga ergashinglar)!

59. "Yo'q, senga Mening oyatlarim kelganida, sen ularni yolg'on degan eding va kibrlanib, kofirlardan bo'lgan eding!"

60. Qiyomat Kunida Alloh sha'niga yolg'on so'zlagan kimsalarni yuzlari qoraygan holda ko'rursiz. Jahannamda mutakabbir kimsalar uchun joy yo'qmi?!

61. Alloh, taqvo qilgan zotlarni yutuqlari sababli (oxirat azobidan) qutqarur, ularga biror noxushlik ham yetmas va ular g'amgin ham bo'lmaslar.

62. Alloh barcha narsaning yaratuvchisidir. U barcha narsaga vakil (homiy)dir.

63. Osmonlar va Yerning ochqichlari Undadir. Alloh oyatlariga kofir bo'lgan kimsalar - ana o'shalargina ziyon ko'ruvchilardir.

64. (Ey, Muhammad, mushriklarga) ayting: "Hali sizlar meni Allohdan o'zgaga ibodat qilishga buyuryapsizlarmi, ey, nodonlar!"

65. Darhaqiqat, Sizga va Sizdan oldingi (payg'ambarlarga) (shunday) vahiy qilingan edi: "Qasamki, agar mushrik bo'lsang, albatta, qilgan amaling behuda ketur va albatta, ziyon ko'ruvchilardan bo'lib qolursan!

66. Balki faqat Allohgagina ibodat qilgin va shukr qiluvchilardan bo'lgin!"

67. Ular Allohni haqqoniy (ravishda) qadrlamadilar (tanimadilar). Butun Yer qiyomat kunida Uning uchun bir siqimdir. Osmonlar esa Uning "qo'li"ga yig'iluvchidir. U ularning keltirayotgan shirklaridan pok va yuksakdir!

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Iyul 2008, 08:50:21



68. Sur chalinadi-yu, osmonlar va Yerdagi bor jonzot o'ladi, illo Alloh xohlagan zotlargina (tirik qolurlar). So'ngra u yana bir bor chalinganda, nogoh ular (barcha xaloyiq tirilib, qabrlaridan) turib, (Allohning amriga) qarab turarlar.

69. Yer (mahshargoh) Parvardigorining nuri bilan yorishadi; kitob (nomai a'mol hozirlab) qo'yiladi; payg'ambarlar va guvohlar keltiriladi va ularning o'rtalarida zulm qilinmagan holda haqqoniy hukm qilinadi.

70. Har bir jonga qilgan amali (uchun mukofot yoki jazo) komil qilib beriladi U ularning qilayotgan ishlarini juda yaxshi biluvchidir.

71. Kofir bo'lgan kimsalar guruh-guruh qilinib, jahannamga haydalur. To qachonki, ular (jahannamga) kelib yetganlargalarida, uning darvozalari ochiladi va uning qo'riqchilari ularga: "Sizlarga o'zlaringizdan bo'lgan payg'ambarlar - Rabbingiz oyatlarini sizlarga tilovat qilib sizlarni mana shu Kuningizdagi muloqotdan ogohlantirgan hollarida kelmaganmidilar", - deganlarida, ular: "Ha, (kelganlar), lekin azob So'zi kofirlar bo'yicha muqarrar bo'lgandir",- deydilar.

72. (Shunda ularga) aytiladi: "Jahannam darvozalaridan kiringlar! Sizlar o'sha joyda mangu qolursizlar!" Bas, kibrli kimsalarning joylari naqadar yomondir!

73. Parvardigorlaridan qo'rqqan taqvoli zotlar ham guruh-guruh holda jannatga "haydalurlar". To qachonki, ular uning darvozalari ochilgan holda ekanida yetib kelganlarida va uning qo'riqchilari: "Sizlarga salom! Xush keldingiz! Bas, unga mangu qoluvchi bo'lgan hollaringizda kiringiz", - deganlarida (ular behad shodlanurlar).

74. Ayturlar: "Bizlarga va'dasini rost qilgan va bizlarni (bu) yerga voris qilgan Allohga hamdki, jannatdan o'zimiz xohlagan yerdan o'rin olyapmiz", - derlar. Bas, (chiroyli) amal qiluvchilarning mukofoti naqadar yaxshidir!

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Avgust 2008, 09:49:41



75. (Ey, Muhammad,) Siz (o'sha Kunda) farishtalar Arsh atrofini o'rab olgan hollarida, Parvardigorlariga hamd bilan tasbeh aytayotganlarini ko'rarsiz. (Zero,) ularning o'rtalarida haqqoniy hukm qilindi va "Hamd (barcha) olamlarning Parvardigori Allohgadir!" deyildi.


G'OFIR SURASI


Bu surani uch xil nom bilan ataganlar. Birinchisi - suraning o'zidan olingan Allohning ismi - G'ofir, ya'ni, gunohni kechiruvchi. Ikkinchisi - Mo’min. U ham suraning 40-oyatidan olingan. Uchinchisi - Ho, mim. Shu harflar bilan boshlangani uchun mazkur nom berilgan. Surada Islom aqidasiga oid ma'lumotlar, imon, e'tiqod, kufr, shirk, haq va nohaqlik, umuman ezgulik bilan yovuzlik o'rtasidagi kurash, farishtalar va payg'ambarlar qissasi, xususan Muso (a. s.) bilan Fir'avn o'rtasida kechgan mojarolar o'z ifodasini topgan.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Ho, Mim.

2. (Ushbu Qur'on) qudratli va bilimli Alloh (tomoni)dan nozil qilingan Kitobdir.

3. (U) gunohni mag'firat qiluvchi, tavbani qabul etuvchi, azobi qattiq va ehson egasidir. Undan o'zga iloh yo'q. Qaytishlik faqat Uning O'zigadir.

4. Allohning oyatlari haqida kofir bo'lganlargina tortishurlar. Bas, ularning shaharlararo kezishlari Sizni aldab qo'ymasin!


Izoh: Ya'ni, kofirlarning shaharmashahar tijorat va boshqa sabablar bilan sayru tomosha qilib yurishlari Sizni o'ksitib qo'ymasin. Zero, ularning bu dunyodagi yutuqlari ulkan bo'lgani bilan oxiratda ko'radigan zararlariga qaraganda arzimagan narsa bo'lib qolishi muqarrardir. Bu nasihat barcha mo’minlarga ham taalluqlidir. Foniy dunyo matohi uchun imondan voz kechish, turli makruh va manfur ishlarga qo'l urish nomaqbul sifatlardan ekanligiga oyatda ishorat bordir.

5. Ulardan (Makka kofirlaridan) oldin Nuh qavmi va ulardan keyingi (Od, Samud qabilalari kabi) firqalar ham (o'z payg'ambarlarini) yolg'onchiga chiqarganlar. Har bir millat o'z payg'ambarini tutishga (o'ldirishga) qasd qilgan va botil (hujjatlar) bilan tortishib, uning yordamida Haqni yengmoqchi bo'lgan edilar. Birdan Men ularni (O'z azobim bilan) tutdim. Bas, azobim qanday bo'ldi?!

6. (Ey, Muhammad, qavmingiz orasida) kofir bo'lgan kimsalar ustiga ham Rabbingiz So'zi (azobi) mana shunday muqarrar bo'lgandir - albatta, ular do'zax ahlidirlar.

7. Arshni ko'tarib turadigan va uning atrofidagi (farishta)lar (yakkayu yagona) Parvardigorlariga hamd bilan tasbeh ayturlar va Unga imon keltirurlar hamda imon keltirgan kishilarni mag'firat etishini so'rarlar: "Parvardigoro, O'zing rahmat va ilm jihatdan barcha narsada kengdirsan. Bas, tavba qilgan va yo'lingga ergashgan kishilarni mag'firat et va ularni do'zax azobidan saqla!

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Avgust 2008, 09:50:20



8. Parvardigoro, ularni ham, ularning otabobolari, jufti halollari va zurriyotlari orasidagi solih bo'lgan kishilarni ham O'zing ularga va'da qilgan mangu jannatlarga doxil qilgin. Albatta, Sen qudrat va hikmat sohibidirsan.

9. O'zing ularni barcha yomonliklardan asragin, Kimni o'sha kunda (qiyomatda) yomonliklardan asrasang, bas, haqiqatan unga rahm qilibsan. Mana shu ulkan yutuqdir".

10. Kofir bo'lgan kimsalarga (qiyomat kuni): "Sizlarni (dunyoda) imonga chaqirilganda, kofir bo'lganingizdagi Allohning yomon ko'rishi (bu Kundagi) o'zlaringizni yomon ko'rishingizdan kattaroqdir", - deb nido qilinur.

11. Ular deydilar: "Parvardigoro, Sen bizlarni ikki bor o'ldirding va ikki bor tiriltirding. Bas, bizlar (dunyoda qilgan) gunohlarimizni e'tirof etdik. Endi (bu azobdan) chiqishga biror yo'l bormi?"


11-oyat. Ikki bor o'ldirib, ikki bor tiriltirishdan murod - ona qornida to to'rt oygacha jonsiz yotish, so'ng jonlanib, yashab, so'ng ajali yetganda vafot etishi, so'ngra qiyomat kunidagi tirilishdir.

Izoh: Ikki bor o'ldirilib, ikki bor tiriltirishdan murod - ona qornida to to'rt oygacha jonsiz yotish, so'ng jonlanib, yashab, so'ng ajal etganda vafot etishi, so'ngra qiyomat kunida tirilishidir.


12. (Yo'q!) Bunga sabab, (sizlarni) Allohga (ibodat qilishga) da'vat qilinganda kofir bo'lib, agar Unga shirk keltirilsa, ishonib ketishlaringizdir. Bas, barcha hukm oliy va buyuk Allohnikidir.

13. U sizlarga O'z alomatlarini ko'rsatur va sizlarga osmondan rizq yog'dirur. (Lekin bu alomatlardan) faqat (Allohga) inobat (taslim) qiladigan kishigina eslatma olur.

14. Bas, (ey, mo’minlar,) garchi kofirlar yomon ko'rsalar-da, Allohga - Unga dinni xolis qilgan holingizda duo (ibodat) qilingiz!

15. (U) darajalarni ko'taruvchi va Arsh sohibidir. Bandalaridan O'zi xohlagan kishilarga - (insonlarni) muloqot kunidan (qiyomatdan) ogohlantirishi uchun O'z amri bilan ruh (vahiy) tushirar.

16. Ular (qabrlaridan) chiqadigan Kunda Allohga ulardan biror narsa maxfiy bo'lib qolmas. "Bu Kunda podshohlik kimnikidir?" Yagona va g'olib Allohnikidir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Avgust 2008, 09:51:44



17. Bu Kunda har bir jon o'zi qilgan ishi (amali) bilan jazolanur. Bu Kunda (hech kimga) zulm qilish yo'q. Albatta, Alloh hisobi tez zotdir.

18. (Ey, Muhammad,) Siz ularni yaqin kundan (qiyomatdan) ogohlantiring! O'shanda ular yuraklari halqumlariga tiqilib, qayg'ularini yutib tururlar. Zolim (kofir) kimsalar uchun (u Kunda) na bir do'st va na ma'qullanadigan shafoatchi bo'lur.

19. (Alloh) ko'zlarning xiyonatini (qarash man etilgan narsaga o'g'rincha ko'z tashlashini) ham, dillar yashiradigan narsalarni ham bilur.

20. Alloh haqqoniy hukm qilur. Ular (Allohni) qo'yib sig'inayotgan narsalari esa, biror narsaga hukm qila olmaslar. Albatta, Allohning O'zi eshituvchi va ko'rib turuvchi zotdir.

21. Axir, ular yer yuzida sayr qilishib, o'zlaridan avval o'tgan, (imonsiz ketgan) kimsalarning oqibatlari qanday bo'lganini ko'rsalar bo'lmaydimi?! Ular (Makka mushriklari)dan ko'ra kuchda va yerdagi osori atiqalari jihatidan zo'rroq edilar. Bas, Alloh ularni gunohlari sababli ushladi va ular uchun Allohdan o'zga biror saqlovchi bo'lmadi.

22. Bunga sabab - ularga payg'ambarlari hujjatlarni keltirganlarida, ular inkor etdilar. Bas, Alloh ularni ushladi (halok qildi). Zero, U quvvatli va azobi qattiqdir.

23. Biz Musoni, mo''jizalarimiz va aniq hujjat bilan yubordik.

24. Fir'avn, Homon va Qorun huzuriga. Ular: "(Muso) yolg'onchi, sehrgardir", - dedilar.

25. Bas, qachonki, (Muso) ularga Huzurimizdan Haq (payg'ambarlik) bilan kelganida, ular: "U bilan birga mo’min bo'lganlarning o'g'illarini o'ldirib, ayollarini tirik qoldiringiz!" - dedilar. (Lekin) kofirlarning makrlari, albatta, zalolatda (zoyelikda)dir.

Qayd etilgan