Muallif Mavzu: Qur'oni karim. Abdulaziz Mansur tarjima va sharhi  ( 464959 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 4 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Mubashshir Muhammad

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 113
  • -oldi: 97
  • Xabarlar: 165
  • Jins: Erkak
  • ALLOH,O'zing bizni avf et!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #255 : 29 Aprel 2008, 16:35:03 »


43.  Kofir bo'lgan kimsalar (sizga): "Payg'ambar emassan", - deydilar. Ayting: "Men bilan sizlarning oramizda Alloh va Kitob (Qur'on) ilmidan xabardor bo'lgan kishilar guvohlikka kifoya qilur".


IBROHIM SURASI

Ibrohim (a.s.)ning Qudsdan Makkaga kelishlari, u yerda qilgan duolari haqida oyatlar bo'lgani uchun suraga shu nom berilgan. Unda asosan - tavhid, e'tiqod, qiyomat, jannat, do'zax, hisobot, payg'ambarlarning yuborilishidan ko'zlangan maqsad va boshqa muhim ma'lumotlar mavjud.

Mehribon va rahmli Alloh nomi ila boshlayman.

1. Alif, Lom, Ro. (Ey, Muhammad! Bu Qur'on) Parvardigorlarining izni bilan odamlarni zulmatlardan nurga - qudrat va hamd egasining yo'liga - olib chiqishingiz uchun Sizga Biz nozil qilgan Kitobdir.

2. (U yo'l) osmonlar va Yerdagi bor narsa Uniki bo'lgan Allohning (yo'lidir). Qattiq azob dastidan kofirlar holiga voy!

3.  Ular dunyo hayotini oxiratdan afzal biladigan, (odamlarni) Allohning yo'lidan qaytaradigan va uni qing'ir qilishni istaydigan kimsalardir. Ular (haq yo'ldan) yiroq gumrohlikdadirlar.

4. Biz har bir payg'ambarni (hukmlarimizni) bayon qilib berishi uchun o'z qavmining tili bilan (so'zlaydigan qilib) yubordik. Bas, Alloh (O'zi) xohlagan kimsani yo'ldan ozdirur va (O'zi) xohlagan kishini hidoyat qilur. U qudratli va hikmatli zotdir.

5.  Darhaqiqat, Biz Musoni (Bani Isroil qavmiga) oyatlarimiz bilan yuborib (unga dedik): "Qavmingni zulmatlar (kufr)dan nur (imon)ga olib chiqqin va ularga Allohning kunlari (ne'matlari)ni eslatgin! Albatta, bunda har bir sabrli va shukr qiluvchi kishi uchun alomatlar bordir".
« So'nggi tahrir: 21 Iyul 2008, 06:59:59 muallifi AbdulAziz »
NAMOZ O'QIMOQLIK RO'ZA TUTMOQLIK,
FARZ AMAL EKANIN ZINHOR UNUTMA.
LA'NATI SHAYTONGA ERGASHSANG AGAR,
ALLOHDAN HECH QACHON MURUVVAT KUTMA!!!

Mubashshir Muhammad

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 113
  • -oldi: 97
  • Xabarlar: 165
  • Jins: Erkak
  • ALLOH,O'zing bizni avf et!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #256 : 29 Aprel 2008, 16:37:02 »


6. O'shanda Muso qavmiga aytdi: "Allohning sizlarga bergan ne'matini - sizlarni og'ir azoblar bilan qiynayotgan, o'g'illaringizni so'yib, xotinlaringizni tirik qoldirayotgan Fir'avn zodagonlaridan qutqarganimizni eslangiz. Ana o'sha (ish)larda Parvardigoringiz tomonidan ulkan sinov bordir".

7.  Yana Rabbingiz e'lon qilgan (bu so'zlar)ni eslangiz: "Qasamki, agar (bergan) ne'matlarimga shukr qilsangizlar, albatta, (ularni yanada) ziyoda qilurman. Bordi-yu noshukrchilik qilsangizlar, albatta, azobim (ham) juda qattiqdir".

8. Muso (yana) dedi: "Agar sizlar (O'zingiz) va Yer yuzidagi barcha kishilar kofir bo'lsalaringiz ham (Allohga hech qanday zarar yetkaza olmaysizlar). Zero, Alloh (sizlarning shukr qilishingizdan) behojat va hamd egasidir".

9. Sizlarga ilgari o'tgan kishilarning - Nuh, Od, Samud qavmlarining va ulardan keyin o'tgan, faqat Allohgina biladigan qavmlarning xabari kelmadimi? Ularga payg'ambarlari hujjatlari bilan kelganlarida, ular qo'llari bilan (payg'ambarlarning) og'izlarini to'sib, dedilar: "Biz sizlar elchi qilib yuborilgan narsa (din)ga kufr keltirdik. Biz sizlar bizni da'vat qilayotgan narsangiz (diningiz)dan shak(-shubha)dadirmiz".

10.  Payg'ambarlari aytdilar: "Osmonlar va Yerning yaratuvchisi - Alloh (borligi va birligi) xususida shak bormi?! U sizlarning gunohlaringizni mag'firat qilish va o'zlaringizni ma'lum muddatgacha (halok qilmay) kechiktirish uchun (imonga) da'vat qilmoqda-ku?!" Ular dedilar: "Sizlar (ham) bizga o'xshagan odamlarsiz, faqat bizni ota-bobolarimiz ibodat qilib o'tgan narsadan (sanamlarga sig'inishdan) to'smoqchisizlar, xolos. Bas, (agar chin payg'ambar bo'lsangizlar,) bizga aniq bir hujjat keltiringlar-chi?!"
NAMOZ O'QIMOQLIK RO'ZA TUTMOQLIK,
FARZ AMAL EKANIN ZINHOR UNUTMA.
LA'NATI SHAYTONGA ERGASHSANG AGAR,
ALLOHDAN HECH QACHON MURUVVAT KUTMA!!!

Mubashshir Muhammad

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 113
  • -oldi: 97
  • Xabarlar: 165
  • Jins: Erkak
  • ALLOH,O'zing bizni avf et!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #257 : 29 Aprel 2008, 16:39:16 »


11. Payg'ambarlar ularga aytdilar: "(Ha), biz xuddi sizlarga o'xshagan odamlarmiz, lekin Alloh o'zi xohlagan bandalariga (payg'ambarlik) in'om qilur. Biz sizlarga Allohning irodasisiz biror hujjat keltira olmaymiz. Imon keltirganlar Allohgagina tavakkul qilsinlar!

12.  Bizni (to'g'ri) yo'limizga hidoyat qilgan Allohga nechun tavakkul qilmaylik?! Albatta, biz sizlar yetkazgan aziyatlarga sabr qilurmiz! Tavakkul qiluvchilar Allohgagina tavakkul qilsinlar!"

13. Kufr yo'lidagi kimsalar o'z payg'ambarlariga: "Albatta, biz sizlarni yerimizdan (haydab) chiqarurmiz yoki sizlar bizning dinimizga qaytursizlar", - dedilar. Shunda Parvardigorlari ularga ( payg'ambarlarga): "Albatta, Biz zolimlarni halok qilurmiz.

14. Ulardan so'ng (shu) yerga sizlarni joylashtirurmiz. Bu (va'da) Mening huzurimda (hisobot uchun) turishdan qo'rquvchi va Mening ogohlantirishimdan xavf qiluvchi kishilar uchundir",- deb vahiy yubordi.

15. (So'ngra payg'ambarlar Allohdan) madad tilaydilar va har bir jabr va sarkashlik egasi umidsiz bo'lur.

16. Uning ro'parasida jahannam turar. (Jahannamda) unga yiring suvidan berilur.

17.  Uni yutmoqchi bo'ladi-yu, (tomog'idan) o'tkaza olmas, unga har tomondan o'lim keladi-yu, u o'la olmas. Uning ortida (bundan ham) og'ir azob bordir.

18. Parvardigorlariga kofir bo'lganlarning amallari bamisoli bo'ronli kunda qattiq shamol uchirib ketgan kuldir - ular qilgan amallaridan biror narsaga ega bo'la olmaydilar. Bu o'ta gumrohlikdir.
NAMOZ O'QIMOQLIK RO'ZA TUTMOQLIK,
FARZ AMAL EKANIN ZINHOR UNUTMA.
LA'NATI SHAYTONGA ERGASHSANG AGAR,
ALLOHDAN HECH QACHON MURUVVAT KUTMA!!!

Mubashshir Muhammad

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 113
  • -oldi: 97
  • Xabarlar: 165
  • Jins: Erkak
  • ALLOH,O'zing bizni avf et!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #258 : 01 May 2008, 18:18:19 »


19. (Ey, inson), Alloh osmonlar va Yerni haq (hikmat) bilan yaratib qo'yganini ko'rmadingmi?! Agar u xohlasa sizlarni ketkazib, (o'rningizga) yangi xalqni keltirur.

20. Bu (ish) Alloh uchun qiyin emasdir.

21. (Qiyomat kunida) barcha (xaloyiq) Allohga ro'baro' bo'lur. Bechora hol (ergashuvchi)lar mutakabbir kimsalarga (sobiq yo'lboshchilariga): "Bizlar sizlarga ergashuvchi edik, endi sizlar bizlarni Allohning biror azobidan qutqara olurmisizlar?" deganlarida, ular aytadilar: "Agar Alloh bizni (haq yo'lga) hidoyat qilganida, biz ham sizlarni hidoyat qilgan bo'lur edik. (Endi esa) chidamsizlik qilamizmi, sabr qilamizmi, biz uchun barobardir. Biz uchun hech qanday panoh yo'qdir".

22.  Qachonki, ish bitgach (ya'ni, jannat ahli jannatga, do'zaxilar do'zaxga hukm qilingach), shayton deydi: "Alloh sizlarga haq va'da qilgan edi. Men ham va'da berib, sizlarni aldagan edim. (Lekin) men uchun sizlarning ustingizdan hech qanday iqtidor yo'q edi, illo men sizlarni (kufr yo'liga) chaqirdim. Sizlar menga ijobat etdingiz. Endi meni emas, o'zlaringizni malomat qilingiz. Men sizlarga yordam bera olmayman, sizlar ham menga yordam beruvchi emassiz. Men sizlar ilgari meni (Allohga) sherik qilganingizni inkor qilurman. Albatta, zolimlar (kofirlar) uchun alamli azob bordir".

23. Imon keltirgan va ezgu ishlar qilganlar ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga kiritilib, Parvardigorlarining izni bilan u joyda mangu qoladilar. Ularning (jannatdagi) ko'rishishlari salomlashishdan iboratdir.
NAMOZ O'QIMOQLIK RO'ZA TUTMOQLIK,
FARZ AMAL EKANIN ZINHOR UNUTMA.
LA'NATI SHAYTONGA ERGASHSANG AGAR,
ALLOHDAN HECH QACHON MURUVVAT KUTMA!!!

Mubashshir Muhammad

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 113
  • -oldi: 97
  • Xabarlar: 165
  • Jins: Erkak
  • ALLOH,O'zing bizni avf et!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #259 : 01 May 2008, 18:21:53 »


24. (Ey, inson), Alloh pok so'zga (ya'ni, imon kalimasiga) qanday misol keltirganini ko'rmadingmi?! (U so'z) xuddi bir yaxshi daraxtga o'xshaydiki, uning ildizi (yer ostiga) o'rnashgan, shoxlari esa osmondadir.

25. Parvardigorining izni bilan (u) mudom meva berur. Alloh odamlar eslatma olishlari uchun mana shunday misollarni keltirur.

26. Yomon so'zning (ya'ni, kufr so'zining) misoli esa yer yuzasidan (ildizi) uzilib qolgan, bir joyda qarori yo'q nopok daraxtga o'xshar.

27.  Alloh imon keltirganlarni dunyo hayotida ham, oxiratda ham ustuvor So'z (imon kalimasi) bilan sobitqadam qilur. Zolimlarni esa Alloh (haq) yo'ldan ozdirur. Alloh (O'zi) xohlagan ishni qilur.

28.  (Ey, inson), Allohning ne'mati (imon)ni kufrga almashtirib yuborgan va qavmlarini halokat diyoriga qulatgan kimsalarni ko'rmadingmi?!

29. (U diyor) ular toblanadigan jahannamdir. Naqadar yomon qarorgoh!

30. Ular (odamlarni) Uning yo'lidan ozdirish uchun Allohga "teng"larni (o'ylab) topdilar. (Ey, Muhammad), ayting: "Foydalanib qolinglar! Bas, albatta, axiri boradigan joyingiz do'zaxdir".

31.  (Ey, Muhammad), imon keltirgan bandalarimga ayting, namozni mukammal ado etsinlar hamda savdo-sotiq va oshna-og'aynigarchilik bo'lmaydigan Kun (qiyomat) kelmay turib, Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan xufyona va oshkora ehson qilsinlar!

32. Alloh osmonlar va Yerni yaratgan va osmondan suv (yomg'ir, qor) yog'dirib, u sababli sizlarga rizq bo'ladigan mevalarni chiqargan zotdir. U (O'z) amri bilan dengizda suzib yurishi uchun kemalarni sizlarga bo'yin sundirdi. Yana daryolarni ham sizlarga bo'yin sundirdi.

33.  (U) doimo faoliyat ko'rsatib turuvchi quyosh va oyni ham sizlarga bo'yin sundirdi. Yana kecha va kunduzni sizlarga bo'yin sundirdi.
NAMOZ O'QIMOQLIK RO'ZA TUTMOQLIK,
FARZ AMAL EKANIN ZINHOR UNUTMA.
LA'NATI SHAYTONGA ERGASHSANG AGAR,
ALLOHDAN HECH QACHON MURUVVAT KUTMA!!!

Mubashshir Muhammad

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 113
  • -oldi: 97
  • Xabarlar: 165
  • Jins: Erkak
  • ALLOH,O'zing bizni avf et!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #260 : 01 May 2008, 18:26:30 »


34. Shuningdek, sizlarga barcha so'ragan narsalaringizdan ato etdi. Agar Allohning ne'mat(lar)ini sanasangizlar, sanog'iga yetaolmaysizlar. Haqiqatan, inson o'ta zolim va juda noshukrdir.

35. (Ey, Muhammad,) eslang, Ibrohim aytgan edi: "Ey, Rabbim! Bu shaharni (ya'ni, Makkani) tinch qilgin, meni va avlodlarimni sanamlarga sig'inishdan yiroq qilgin!

36. Ey, Rabbim, U (sanam)lar ko'p odamlarni yo'ldan ozdirdi. Bas, kim menga ergashsa, ana o'sha mendandir (mening dinimdadir). Kim menga itoatsizlik qilsa, yana O'zing kechirimli va mehribonsan.

37.  Ey, Rabbimiz! Men zurriyotimdan (bir qismini - o'g'lim Ismoil va uning onasi Hojarni) Sening hurmatli Bayting huzuridagi ekin o'smaydigan bir vodiyga joylashtirdim. Ey, Rabbimiz! (Ular) namozni mukammal ado etsinlar deb (shunday qildim). Bas, Sen O'zing odamlarning dillarini ularga moyil qilib qo'ygin va ularni (barcha) mevalardan oziqlantirgin, shoyad (shunda) shukr qilsalar.


Izoh: Ibrohim (a.s.)ning katta xotinlari Sora tug'magandan keyin, Hojarga uylanadilar. U homilador bo'lgach, Sora rashk qiladi. Bir rivoyatda Hojar tug'ishidan oldin, boshqa rivoyatda Ismoilni tuqqanidan keyin Ibrohim (a.s.) uni Makka vodiysiga eltib qo'yadilar. Demak, Ismoil (a.s.) Quds yoki Makkada tug'ilgan bo'ladilar. Har ikki rivoyat ham oyatga to'g'ri kelaveradi. Hojar bilan yosh Ismoilga birinchi navbatda suv kerak edi. Haq taolo o'z qudrati bilan jazirama vodiydan Zamzam bulog'ini oqizib qo'ydi.

38. Ey, Rabbimiz! Sen bizlar yashirgan narsani ham, oshkor qilgan narsani ham bilursan. Alloh uchun Yerda ham, osmonda ham biror narsa maxfiy emasdir.

39. Menga keksalikda Ismoil va Ishoqni bergan Allohga hamd bo'lsin. Albatta, Rabbim duoni eshituvchidir.

40.  Ey, Rabbim! Meni va zurriyotimdan (bo'lgan farzandlarimni) namozni mukammal ado etuvchi qilgin! Ey, Rabbimiz! Duoimni qabul et!

41. Ey, Rabbimiz! Hisob (-kitob) qilinadigan (qiyomat) kuni meni, ota-onamni va (barcha) mo'minlarni mag'firat qilgin!"

42.  (Ey, Muhammad,) Siz zinhor zolim kimsalarning qilayotgan ishlaridan Allohni g'ofil, deb hisoblamang! Faqat Alloh ularni (jazolashni) ko'zlar (dahshatdan) qotib qoladigan (qo'rqinchli) kunga qoldirmoqda, xolos.


Izoh: Ko'zlar qo'rqinchdan qotib qoladigan kun - qiyomat kunidir.
NAMOZ O'QIMOQLIK RO'ZA TUTMOQLIK,
FARZ AMAL EKANIN ZINHOR UNUTMA.
LA'NATI SHAYTONGA ERGASHSANG AGAR,
ALLOHDAN HECH QACHON MURUVVAT KUTMA!!!

Mubashshir Muhammad

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 113
  • -oldi: 97
  • Xabarlar: 165
  • Jins: Erkak
  • ALLOH,O'zing bizni avf et!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #261 : 01 May 2008, 19:57:13 »


43.(U kuni) ular boshlarini (osmonga) ko'targan va (chorlangan tomonga) yugurgan holda (bo'lurlar). Ko'zlari (qotganicha) o'zlariga qaytmaydi. Yuraklari (dahshatdan) bo'm-bo'sh bo'lib qolur.

Izoh: Yuraklarida quvvat va shijoat qolmas.

44.(Ey, Muhammad,) odamlarni ogohlantirib qo'yingki, ularga azob keladigan kuni (qiyomatda) zulm qilganlar: "Ey, Rabbimiz! Bizlarga ozgina muhlat bergin, Sening da'vatinga ijobat qilurmiz va payg'ambarlarga ergashurmiz", - deydilar. (Ularga shunday javob qilinur): "Ilgari (yorug' dunyoda) zavolga yuz tutmasligingiz (o'lmasligingiz) haqida qasam ichgan emasmidingiz?!

45.Sizlar o'zlariga zulm qilganlarning maskanlariga (o'lganlaridan keyin) joylashgan edingizlar. Ularni qanday (halok) qilganimiz ham sizlarga aniq bo'lgan edi. Biz sizlar uchun misollar ham keltirgan edik."

46.Darhaqiqat, ular (Makka mushriklari) o'zlarining makrlarini qildilar. (Lekin) agar ularning makrlari sababli tog'lar yemirilib ketadigan bo'lsa-da, ularning (bu) makrlari Alloh huzurida (ma'lum)dir.

47.(Ey, Muhammad), Allohni o'z payg'ambarlariga beradigan va'dasiga xilof qiluvchi, deb hisoblamang! Albatta, Alloh qudratli va intiqom (o'ch) oluvchidir.

48.Bu Yer boshqa Yerga va osmonlar (o'zga osmonlarga) almashtiriladigan hamda (barcha odamlar) yolg'iz va g'olib Allohga ro'baro' bo'ladigan Kunda (qiyomatda intiqom oluvchi)dir.

49. (Ey,Muhammad,) o'sha kuni jinoyatchilarni kishanlar bilan bog'langan hollarida ko'rursiz.

50.Ularning kiyimlari qora moydan bo'lib, yuzlarini olov o'rab olur.

51.Alloh har bir jonga qilmishiga yarasha jazo berish uchun (shunday qilur). Albatta, Alloh tez hisob (-kitob) qiluvchidir.

52.Bu (oyatlar) odamlar ogohlantirilishlari va (Alloh) yagona iloh ekanini bilishlari hamda aql egalari eslatma olishlari uchun bir bayonotdir.
NAMOZ O'QIMOQLIK RO'ZA TUTMOQLIK,
FARZ AMAL EKANIN ZINHOR UNUTMA.
LA'NATI SHAYTONGA ERGASHSANG AGAR,
ALLOHDAN HECH QACHON MURUVVAT KUTMA!!!

Mubashshir Muhammad

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 113
  • -oldi: 97
  • Xabarlar: 165
  • Jins: Erkak
  • ALLOH,O'zing bizni avf et!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #262 : 03 May 2008, 15:51:35 »


HIJR SURASI

Hijr - Madina bilan Shom o'rtasidagi vodiy.   

Surada payg'ambarlarga ishonmay, ularga muxoliflik qilgan ummatlarning halokati, Yeru osmon, quyosh, oy, shamol, suv kabi ne'matlarning hammasi inson xizmatida ekani, Odam (a.s.)ni loydan yasalganiga ta'na qilib, olovdan yaratilgan shaytonning unga sajda qilishdan bosh tortgani, Ibrohim, Lut, Shuayb, Solih (a.s.)larning qissalari va boshqa ma'lumotlar o'z ifodasini topgan.

1. Alif, Lom, Ro. Ushbu (oyat)lar Kitob va aniq Qur'onning oyatlaridir.

2. Kofir bo'lganlar hali (qiyomat kuni) musulmon bo'lishni istab qolurlar.

3. (Ey, Muhammad,) ularga qo'yib bering, yesinlar, foydalansinlar va orzular ularni mashg'ul qilaversin. Bas, yaqinda (qilmishlarining oqibatini) bilib olurlar.

4. Biror shahar (aholisi)ni uning uchun ma'lum muddat o'tmaguncha halok qilmaganmiz.

5. Biror ummat o'z ajalidan ilgari keta olmaydi va (undan) kechikmaydi ham.

6. Ular (Makka kofirlari Muhammadga) aytadilar: "Ey, zikr (Qur'on) nozil qilingan kishi, darhaqiqat, sen majnunsan.

7. Agar (da'voingda) rostgo'ylardan bo'lsang, bizga farishtalarni keltirgin-chi?!".


Izoh: Ya'ni farishtalar kelib, payg'ambarligingga guvohlik bersinlar yoki bizni jazolasinlar.

8. Biz esa farishtalarni faqat haq (hikmat) bilangina tushirurmiz va bu holda ular (kofirlar)ni kutib turilmas (halok qilinurlar).

9. Albatta, bu zikrni (ya'ni, Qur'onni) Biz O'zimiz nozil qildik va uni O'zimiz asraguvchimiz!

10. Biz Sizdan oldin, avvalgi toifalarga ham (payg'ambarlar) yuborganmiz.

11. Ular o'zlariga kelgan har bir payg'ambarni masxara qilmasdan qo'ymas edilar.

12. Shuningdek, uni (masxara qilish kasalligini) barcha jinoyatchilarning dillariga solib qo'yurmiz.

13. (Ular) unga (Qur'onga) imon keltirmaydilar. Holbuki, avvalgilarning yo'llari (tajribadan) o'tgan edi.

14. Bordiyu ularga osmondan bir darvoza ochib qo'ysag-u, undan (osmonga) ko'tarila boshlasalar ham,

15. "Shaksiz, bizlarning ko'zlarimiz bog'lanib qoldi, balki bizlar sehrlanib qolgan qavmdirmiz", - degan bo'lur edilar.
« So'nggi tahrir: 21 Iyul 2008, 07:02:38 muallifi AbdulAziz »
NAMOZ O'QIMOQLIK RO'ZA TUTMOQLIK,
FARZ AMAL EKANIN ZINHOR UNUTMA.
LA'NATI SHAYTONGA ERGASHSANG AGAR,
ALLOHDAN HECH QACHON MURUVVAT KUTMA!!!

Mubashshir Muhammad

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 113
  • -oldi: 97
  • Xabarlar: 165
  • Jins: Erkak
  • ALLOH,O'zing bizni avf et!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #263 : 03 May 2008, 15:59:12 »


16.(Biz) osmonda burjlar yaratdik va kuzatuvchilar uchun uni (yulduzlar bilan) bezab qo'ydik.

Izoh: Osmonning o'n ikki burji - hamal, savr, javzo, saraton, asad, sunbula, mezon, aqrab, qavs, jadiy, dalv, hut bo'lib, quyosh ularni 360 daraja bilan bir yil mobaynida kesib o'tadi. Oyning ham shu kabi burjlari bor. Osmon burjlaridan murod ulardagi o'n ikki qasr bo'lib, u yerda qo'riqchi farishtalar turadi, degan tafsir ham mavjud.

17.Yana uni (osmonni) barcha quvg'in etilgan shaytonlardan muhofaza qildik.

18.Illo (u jinlardan) birortasi (maloikalarning so'zini) yashirincha eshitib olsa, bas, uni ochiq (uchar) yulduz quvib yetar (halok etar).

19.Yerni esa, uni yoydik va unga tog'larni o'rnatdik hamda unda (har yerning o'ziga) mos turli narsalarni (o'simlik va mevalarni) undirdik.

20.Yana unda (yerda) sizlar uchun ham, sizlar rizqlantiruvchisi sanalmaydiganlar uchun ham tirikchilik (rizqu-nasibalar)ni yaratib qo'ydik.


Izoh: Ya'ni ahlu ayollaringiz, xizmatkorlaringiz, chorvalaringiz uchun ham.

21. Har bir narsaning xazinalari Bizning dargohimizdadir. Biz u narsalarni ma'lum o'lchov bilan (sizlarga) tushirurmiz.

22. Biz shamollarni (bulutlarga) "homilador" bo'lgan holida yubordik, osmondan suv (yomg'ir) yog'dirib, sizlarni u bilan sug'ordik. Sizlar uni g'amlab oluvchi emassiz.

23. Albatta, Biz (barcha jonzotni) tiriltirurmiz va o'ldirurmiz. Biz - vorislardirmiz.

24. Biz sizlardan ilgari o'tganlarni bildik. Biz yana keyin keluvchilarni ham bildik.

25.Albatta, Rabbingizning O'zi (qiyomat kuni) ularni to'plar. Albatta, U hikmat va bilim sohibidir.

26.Biz insonni (Odam Atoni) qora balchiqdan (olib, so'ng) quritilgan loydan yaratganmiz.

27. Jinni (ya'ni, Iblisni) esa (Odamdan) ilgari qizigan olovdan yaratgan edik.

28.(Ey, Muhammad,) eslang, Rabbingiz farishtalarga: "Men (asli) qora balchiqdan (olib), quritilgan loydan inson yaratuvchiman.

29.Bas, uni tiklab, ichiga O'z (dargohimdagi) ruhimdan kiritganimda, sizlar unga sajda qilgan holingizda yiqilingiz!" - dedi.

30. Barcha farishtalar jam bo'lib, unga (Odamga) sajda qildilar.

31.Faqat Iblis sajda qiluvchilar bilan birga bo'lishdan bosh tortdi.
NAMOZ O'QIMOQLIK RO'ZA TUTMOQLIK,
FARZ AMAL EKANIN ZINHOR UNUTMA.
LA'NATI SHAYTONGA ERGASHSANG AGAR,
ALLOHDAN HECH QACHON MURUVVAT KUTMA!!!

Mubashshir Muhammad

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 113
  • -oldi: 97
  • Xabarlar: 165
  • Jins: Erkak
  • ALLOH,O'zing bizni avf et!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #264 : 09 May 2008, 18:56:06 »


32. (Shunda Alloh) dedi: "Ey, Iblis, senga ne bo'ldiki, sajda qiluvchilar bilan birga bo'lmading?"

33. (U) aytdi: "Men qora balchiqdan olib, (odam surati berilgach,) quritilgan loydan Sen yaratgan basharga sajda qiluvchi emasman".

34. (Alloh) dedi: "Bas, undan (jannatdan) chiq! Endi sen, (Mening dargohimdan) quvilgan - mal'unsan.


Izoh: Ehtimolki, osmondan yoki farishtalar ichidan chiq, degan bo'lsa.

35.To jazo kuni (qiyomat)gacha senga la'nat bo'lur".

36.(U) dedi: "Ey, Rabbim, u holda menga (ular) qayta tiriladigan kungacha muhlat bergin".

37. (Alloh) dedi: "Bas, sen muhlat berilganlardansan

38.ma'lum vaqt (qiyomat) kunigacha".

39. (Iblis) aytdi: "Ey, Rabbim, qasamki, endi meni yo'ldan ozdirganing sababli, albatta, ularga (Odam bolalariga) yerdagi (barcha gunoh ishlarni) chiroyli ko'rsatib qo'yurman va albatta, ularning hammalarini yo'ldan ozdirurman.

40.Illo ularning orasidagi ixlosli bandalaringgina (bundan mustasnodirlar).

41.(Alloh) dedi: "Mening zimmamdagi To'g'ri yo'l shudir.

42.Mening bandalarim ustidan sen uchun hech qanday saltanat (hukmronlik) yo'qdir, illo senga ergashgan gumrohlarnigina (yo'ldan ozdira olursan)".

43.Ularning barchalari uchun va'da qilingan joy jahannamdir.

44.Uning yetti darvozasi bo'lib, har bir darvoza uchun ularning bir to'dasi taqsimlangan.


Izoh: Do'zax yoki jahannamning yetti darvozasi deganda, uning yetti qavati tushunilishi lozim. Birinchi qavatiga vaqtincha tushgan gunohkor mo'min-musulmonlar, ikkinchisiga Muhammad (a.s.)ga imon keltirmagan yahudiylar, uchinchisiga shu kabi nasroniylar, to'rtinchisiga sobiiynlar, beshinchisiga majuslar, oltinchisiga mushriklar, do'zaxning eng qa'ri sanalmish to'qqizinchisiga esa munofiqlar tushgaylar.

45.Taqvodorlar esa, albatta, bog'lar va chashmalardadirlar.

46."U (yer)ga sog'-salomat, tinch-omon kiringlar" (deyilur).

47.Biz (jannatdagi) so'rilarda birodarona, bir-birlariga ro'baro' o'tirganlarning dillaridagi gina(-kuduratlar)ni chiqarib tashlaymiz.

48.U joyda ularga charchoq yetmas va ular u joydan chiqariluvchi ham emaslar!

49.(Ey, Muhammad,) bandalarimga bildirib qo'yingki, albatta, Men O'zim kechirimli va rahmlidirman.

50. Shuningdek, Mening azobim eng alamli azobdir.

51.Yana ularga Ibrohimning mehmon(lar)i haqida xabar bering!
NAMOZ O'QIMOQLIK RO'ZA TUTMOQLIK,
FARZ AMAL EKANIN ZINHOR UNUTMA.
LA'NATI SHAYTONGA ERGASHSANG AGAR,
ALLOHDAN HECH QACHON MURUVVAT KUTMA!!!

Mubashshir Muhammad

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 113
  • -oldi: 97
  • Xabarlar: 165
  • Jins: Erkak
  • ALLOH,O'zing bizni avf et!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #265 : 13 May 2008, 15:06:19 »


52.O'shanda ular uning huzuriga kirib: "Salom", - dedilar. (Taomga qo'l cho'zishmagach,) u: "Biz sizlardan qo'rqmoqdamiz (Kimsizlar o'zi)?" - dedi.

53. Ular dedilar: "Qo'rqmagin (biz farishtalarmiz). Biz senga bir bilimdon o'g'il (ya'ni, Ishoqni) xushxabarini yetkazurmiz".

54. U dedi: "Menga keksalik yetgan paytida (farzand ko'rishim haqida) xushxabar keltirdingizmi? Endi menga (bu yoshimda) nimaning ham xushxabarini berursizlar?"

55.Ular aytdilar: "Biz senga rostdan ham (farzand ko'rishing) xushxabarini keltirdik. Bas, sen umidsizlardan bo'lmagin!"

56. U dedi: "Parvardigorining rahmatidan faqat gumroh kimsalargina noumid bo'lurlar".

57.(So'ngra, ularga qarab) dedi: "Ey, elchilar! Arzingiz ne?"

58.Ular dedilar: "Bizlar bir jinoyatchi qavmga (Lut qavmiga, ularni halok qilish uchun) yuborilganmiz.

59.Lekin biz Lutning butun oilasini qutqaruvchidirmiz.

60.Faqat uning xotiniga (najot yo'qdir)". (Chunki Biz - Alloh) uning (azob-uqubatda) qoluvchilardan bo'lishini taqdir qilib qo'yganmiz.

61.Qachonki, Lut oilasiga elchilarimiz kelgach,

62.U (Lut) dedi: "Sizlar notanish qavmsiz".

63. (Ular) dedilar: "Yo'q! (aksincha, biz) senga ular (ya'ni, qavming) shak qilayotgan narsani (Allohning azobini) keltirdik.

64.Biz senga (azobni) haqiqatan keltirdik. Biz, albatta, rostgo'ydirmiz.

65.Endi sen tunning bir qismida oilang bilan yo'lga tush va o'zing ularning ortida yur. Sizlardan biror kishi atrofga alanglamasin va (sizlar) buyurilgan tarafga qarab ketaveringlar!"

66.Biz unga (Lutga) tong paytida ana o'shalar (kofirlar)ning dumi qirqilishi (halok bo'lishi) haqidagi mana shu farmonni vahiy qildik.

67. Shahar aholisi (mehmonlarni eshitib) xursand bo'lgan hollarida keldilar. (Chunki ular bachchabozlik illatiga mubtalo bo'lgan edilar.)

68.(Shunda Lut) dedi: "Bu (yigit)lar mening mehmonlarimdir. Meni sharmanda qilmanglar.

69.Allohdan qo'rqinglar! Meni rasvo qilmanglar!"

70.Aytdilar: "Biz seni barcha olam (odamlarni himoya qilish)dan qaytarmaganmidik?!"
NAMOZ O'QIMOQLIK RO'ZA TUTMOQLIK,
FARZ AMAL EKANIN ZINHOR UNUTMA.
LA'NATI SHAYTONGA ERGASHSANG AGAR,
ALLOHDAN HECH QACHON MURUVVAT KUTMA!!!

Mubashshir Muhammad

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 113
  • -oldi: 97
  • Xabarlar: 165
  • Jins: Erkak
  • ALLOH,O'zing bizni avf et!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #266 : 14 May 2008, 10:17:12 »


71.(Lut) dedi: "Agar (shu ishni) qiluvchi bo'lsangizlar, ana qizlarim! (O'shalarni nikohlaringizga olaveringlar)".

72.(Ey, Muhammad,) umringizga qasamki, ular o'z "mastliklarida" tentirab yurar edilar.

73.Tong paytida (to'satdan) ularni dahshatli qichqiriq tutdi.

74.Bas, Biz u shaharni ostin-ustun qilib yubordik va ularning ustiga sopoldan (yasalgan) tosh yog'dirdik.

75.Albatta, bu (hodisa)da farosatli kishilar uchun alomatlar bordir.

76.Darvoqe, u (shahar) doimiy yo'l ustidadir.


Izoh: Ya'ni Hijoz (hozirgi Saudiya)dan Shom (Suriya) tomonga qarab o'tgan yo'l bo'yidadir. Uning asoratlarini ko'rib, ibrat olsinlar.

77.Albatta, bunda mo'minlar uchun alomatlar bordir.

78.Shubhasiz, o'rmon egalari (Shuayb qavmi) zolim (kofir) bo'lgan edilar.

79. Bas, (Biz) ulardan intiqom oldik. Darvoqe, ularning (ya'ni, Lut va Shuayb qavmlarining shaharlari) ikkisi ham aniq yo'l ustidadir.

80.Aniqki, Hijr (vodiy) egalari (Samud qavmi) ham payg'ambarlarni, (xususan, Solihni) yolg'onchiga chiqargan edilar.

81.Biz ularga O'z oyatlarimizni keltirgan edik, lekin ulardan yuz o'giruvchi bo'ldilar.

82.(Ular) tog'lardan yo'nib, uy yasab tinchgina yurar edilar.

83. Bas, ularni tong pallasida dahshatli qichqiriq tutdi.

84. Ularga qilib yurgan narsalari (tosh qal'alari) foyda bermadi.

85. (Biz) osmonlar va Yerni hamda ularning o'rtasidagi narsalarni faqat haq (hikmat) bilan yaratdik. Qiyomat ham, shaksiz, keluvchidir. Bas, (shunday ekan, siz johillarning aziyatlariga sabr qiling va ularni) chiroyli yuz o'girish bilan tark eting!

86.Albatta, Rabbingizning O'zigina yaratuvchi va biluvchidir.

87.Darhaqiqat, Biz Sizga yetti takrorlanuvchi (yetti oyatli "Fotiha" surasi)ni va Ulug' Qur'onni ato etdik.

88. Ko'zlaringizni Biz u (kofirlardan ayrim) toifalarni bahramand qilgan narsalarga (ya'ni, ularning boyliklariga) tikmang! Ularning (imonsizliklari) ustida g'amgin ham bo'lmang! Mo'minlar uchun qanotingizni quyi tuting (kamtar bo'ling)!

89.(Ularga) ayting: "Albatta, men (sizlarga Allohning azobidan) oshkora ogohlantiruvchiman".
NAMOZ O'QIMOQLIK RO'ZA TUTMOQLIK,
FARZ AMAL EKANIN ZINHOR UNUTMA.
LA'NATI SHAYTONGA ERGASHSANG AGAR,
ALLOHDAN HECH QACHON MURUVVAT KUTMA!!!

Mubashshir Muhammad

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 113
  • -oldi: 97
  • Xabarlar: 165
  • Jins: Erkak
  • ALLOH,O'zing bizni avf et!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #267 : 14 May 2008, 17:07:15 »


90.Xuddi taqsimlab oluvchilarga nozil qilganimiz kabi,

91. qaysilariki, Qur'onni bo'lak-bo'lak qilib olgan edilar.


Izoh: Ya'ni o'zlariga xush kelganicha imon keltirib, ma'qul kelmagan oyatlarni inkor qilganlari kabi.

92. Rabbingizga qasamki, albatta, ularning barchasini so'roqlagayman

93. qilgan ishlari to'g'risida.

94. Bas, Siz o'zingizga buyurilgan ishni (ya'ni, Haq dinga da'vatni) oshkora qiling va mushriklardan yuz o'giring!

95. Albatta, Biz sizni masxara qiluvchilarni (jazolash uchun) kifoya qilurmiz.

96. (Ular) Allohga boshqa "iloh"ni (sherik) qilurlar. Bas, yaqinda (qilmishlarining oqibatini) bilib olurlar.

97. Shaksiz, Biz ularning (Sizni masxara qilib) aytayotgan so'zlaridan dilingiz siqilishini bilurmiz.

98. Bas, Siz Rabbingizga hamd bilan Unga tasbeh ayting va sajda qiluvchilardan bo'ling!

99. (Shuningdek), to Sizga aniq narsa (- o'lim) kelgunicha Rabbingizga ibodat qilavering!



NAHL SURASI

 Surada asalarilarning namunali hayot tarzi haqida oyatlar mavjudligi uchun unga shu nom berilgan. Surada qiyomatni takror-takror eslatib, o'sha kunga puxta tayyorgarlik ko'rishga da'vat etiladi. Unda boshqa suralardagi kabi shirk, kufr, noshukurlik kabi illatlar qoralanib, imon, e'tiqod, shukr, solih amallarga tashviqot etiladi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman!

1.Allohning amri (qiyomat) keldi. Bas, sizlar (ey, mushriklar), uni qistamay qo'ya qolinglar! (Alloh) ular keltirayotgan shirkdan pok va yuksakdir.

Izoh: Hali kelmagan narsani keldi, deyish hamma tilda ham kelishi yaqin va aniq narsaga ishlatiladi. Qiyomat kuni ham islomda kelishi aniq va muddati yaqin narsalardan hisoblanadi. Muhammad (a.s.) bir hadislarida: "Men bilan qiyomat shu ikki barmog'imdek bir-biriga yaqin holda keldik", deganlar. Ya'ni, mening oxirgi payg'ambar bo'lib kelishimning o'zi qiyomat yaqinligidan darak beradi, demoqchilar. Lekin bu yaqinlik miqdorini Allohdan o'zga hech kim bilmaydi. Biz uchun yuz yil ham uzoq ko'rinadi. Allohning nazdida esa necha ming yillar ham yaqin bo'lishi mumkin.

2. (Alloh O'z) amri bilan xohlagan bandalariga farishtalarni (shunday) vahiy bilan tushirur: ("Ey, payg'ambarlarim! Insonlarni) ogohlantiringlarki, Mendan o'zga iloh yo'q. Bas, (barchalaringiz) Mendangina qo'rqingiz!"

3. (U) osmonlar va Yerni haq (hikmat) bilan yaratdi. (Mushriklar) keltirayotgan shirkdan U yuksakdir.

4. Insonni nutfa (bir tomchi modda)dan yaratdi. U esa, banogoh, ochiq "raqib"dir.

5. U yana sizlar uchun issiq (kiyim) va (turli) manfaatlar bo'lsin, deb, chorva mollarini ham yaratdi va ulardan sizlar yeysizlar ham.

6. Yana sizlar uchun ularda kechqurun (o'tloqdan) qaytayotgan va tongda (o'tloqqa) ketayotgan paytida go'zal manzara paydo bo'lur.
« So'nggi tahrir: 21 Iyul 2008, 07:03:49 muallifi AbdulAziz »
NAMOZ O'QIMOQLIK RO'ZA TUTMOQLIK,
FARZ AMAL EKANIN ZINHOR UNUTMA.
LA'NATI SHAYTONGA ERGASHSANG AGAR,
ALLOHDAN HECH QACHON MURUVVAT KUTMA!!!

Mubashshir Muhammad

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 113
  • -oldi: 97
  • Xabarlar: 165
  • Jins: Erkak
  • ALLOH,O'zing bizni avf et!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #268 : 03 Iyun 2008, 16:15:52 »


7.Shuningdek, ular sizlar jonlaringizni qiynab yetadigan yurtlarga yuklaringizni ko'tarib borur. Albatta, Rabbingiz mehribon va rahmlidir.

8.U yana minishingiz uchun va ziynat sifatida otlar, xachirlar va eshaklarni (yaratdi). Yana, sizlar (hali) bilmaydigan narsalarni ham yaratur.

9.To'g'ri yo'lni qasd etish (unga hidoyat etish) yolg'iz Alloh zimmasidadir. (Zotan, yo'llar) ichida qing'iri ham bordir. Agar (Alloh) xohlaganida, sizlarning barchangizni (To'g'ri yo'lga) hidoyat qilgan bo'lur edi.

10.U osmondan sizlar uchun ichimlik bo'lmish suvni yog'dirgan zotdir. (Hayvonlaringizni) boqadigan daraxtlar (o'simliklar) ham o'sha suvdan (ichar).

11.U sizlar uchun o'sha (suv) bilan (turli) ekinlarni, zaytun, xurmo, uzum va barcha mevalarni undirur. Albatta, bu (ish)da tafakkur qiladigan qavm uchun alomat bordir.

12.U sizlar uchun kecha va kunduzni, quyosh va oyni bo'yin sundirib qo'ydi. Yulduzlar ham Uning amriga bo'yin sundirilgandir. Albatta, bunda anglaydigan qavm uchun alomatlar bordir.

13.Yana U sizlar uchun yerda yaratib qo'ygan rang-barang narsalarni ham (sizlarga bo'yin sundirdi). Albatta, bunda eslatma oladigan qavm uchun alomat bordir.

14.U yangi go'sht (baliq go'shti) yeyishlaringiz va taqadigan taqinchoqlar chiqarib olishlaringiz uchun (sizlarga) dengizni ham bo'yin sundirib qo'ygan zotdir. Unda yana (suvni) yorib ketayotgan kemalarni ko'rasiz. Uning fazli (rizqi)dan talab etishingiz va (ne'matlariga) shukr qilishingiz uchun (shunday qildi)
NAMOZ O'QIMOQLIK RO'ZA TUTMOQLIK,
FARZ AMAL EKANIN ZINHOR UNUTMA.
LA'NATI SHAYTONGA ERGASHSANG AGAR,
ALLOHDAN HECH QACHON MURUVVAT KUTMA!!!

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #269 : 27 Iyul 2008, 07:45:48 »


15. U yana, Yer sizlarni tebratmasligi uchun unda tog'larni barpo qildi, (ichimlik va ekinlaringiz uchun) daryolarni (oqizib qo'ydi) va to'g'ri yurishlaringiz uchun yo'llarni (paydo qildi).

16. (Yo'llarga) belgilar ham (qo'ydi). Yulduzlar bilan esa ular yo'l topurlar.

17. (Ey, mushriklar), axir (barcha mavjudotni) yaratadigan zot (Alloh) bilan (hech narsa) yarata olmaydigan (but-sanamlaringiz) barobarmi?! Bas, o'ylamaysizlarmi?!

18. Agar Allohning ne'mat(lar)ini sanasangizlar, sanog'iga yeta olmaysizlar. Haqiqatan, Alloh kechirimli va rahmlidir.

19. Alloh yashirgan narsalaringizni ham, oshkor qilgan narsalaringizni ham bilur.

20. (Mushriklarning) Allohni qo'yib, sig'inayotgan narsalari (ma'budalari) biror narsani yaratuvchi emasdir, balki o'zlari yaratiluvchidirlar.

21. (Ular) o'likdirlar, tirik emasdirlar. Ular (o'zlariga sig'inayotgan mushriklarning) qachon qayta tirilishlarini ham sezmaydilar.

22. Ilohingiz yagona ilohdir. Bas, oxiratga imon keltirmaydiganlarning dillari (Uning yagona ekanligini) inkor qilur va ular mutakabbirdirlar.

23. Shubha yo'qki, Alloh ularning yashirgan narsalarini ham, oshkor qilgan narsalarini ham bilur. Albatta, U mutakabbirlarni sevmas.

24. Ularga: "Rabbingiz (Muhammadga) nimani nozil qildi?" - deyilsa, ular (masxara qilishib): "Avval o'tganlarning afsonalarini",- deydilar.

25. Ular (bu yolg'on so'zlarni) qiyomat kunida, o'zlarining barcha gunohlarini hamda o'zlari johilona yo'ldan ozdirgan kimsalarning gunohlaridan ham (bir qismi)ni bo'yinlariga olish uchun (aytgandirlar). Ogoh bo'lingizki, ular bo'yniga olgan narsa (gunohlar) juda yomondir.

26. Ulardan oldingi (kofir)lar ham (o'z payg'ambarlariga shunday) makrlarni qilgan edilar. Shunda Alloh ular (qurgan makr) binolarini poydevorlari bilan qo'porib tashladi, bas, tom o'zlarining ustiga quladi va ularga o'zlari sezmagan (kutmagan) tarafdan azob keldi.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

 

Qur'oni karim. Alouddin Mansur tarjima va sharhi

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 607
Ko'rilgan: 607703
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 02:24:55
muallifi AbdulAziz
Qur'oni karim tafsir va tarjimalari

Muallif AbdulAzizBo'lim Islom

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 28535
So'nggi javob 30 Oktyabr 2009, 18:41:42
muallifi yoqimtoyqiz
Qur'oni karim oyatlari rasmlarda

Muallif MuhammadBo'lim Islomiy media

Javoblar: 36
Ko'rilgan: 28391
So'nggi javob 02 Yanvar 2009, 17:29:09
muallifi zuhrahon
Qur'oni Karim mo'jizalari

Muallif RobiyaBo'lim Islomiy media

Javoblar: 17
Ko'rilgan: 17218
So'nggi javob 13 Aprel 2008, 00:32:30
muallifi lolo
Qur'oni karim nomlari

Muallif Muhammad AminBo'lim Islom

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 4507
So'nggi javob 13 Noyabr 2007, 11:13:48
muallifi Muhammad Amin