105. Biz uni (Qur'onni) haqiqat (hikmat) bilan nozil qildik va (u) haqiqat bilan nozil bo'ldi. (Ey, Muhammad,) Biz Sizni (mo'minlarga) faqat xushxabar beruvchi va (kofirlarni do'zax azobidan) ogohlantiruvchi qilib yubordik.
106. Qur'onni odamlarga bardosh bilan (asta) o'qib berishingiz uchun uni bo'laklarga bo'ldik va bo'lib-bo'lib nozil qildik.
107. Ayting: "(Ey, mushriklar,) xoh (unga) ishoningiz, xoh ishonmangiz, (hechqisi yo'q). Zotan, ilgari ilm (tavrot) berilgan kishilar (Qur'on) tilovat qilingan vaqtida, sajda qilgan hollarida iyak (yuz)lari bilan yiqilurlar. " (Sajda oyati. )
108. Shuningdek ular: "Rabbimizga tasbih aytamizki, beshak Rabbimizning ("Men so'nggi payg'ambarimni yuborurman va unga Qur'on nozil qilurman" degan) va'dasi ado etiluvchi va'dadir", - deydilar.
109. Ular, yig'lagan hollarida, yuzlari bilan yiqilurlar va (Qur'on) ularning kamtarliklarini ziyoda qilur. Izoh: Hanafiyadan boshqa mazhablarda sajda. 110. (Ey, Muhammad,) ayting: "Alloh, deb chorlangiz yoki Rahmon deb chorlangiz. Qanday chorlasangizlar-da (joizdir). Zero, Uning go'zal ismlari bordir". (Ey, Muhammad,) Siz namozingizni juda jahriy (baland ovozda, oshkora) ham qilib yubormang (toki mushriklar eshitib, Qur'onni haqorat qilmasinlar) va o'ta maxfiy ham qilib yubormang (toki sahobalaringiz tinglab, foydalansinlar). Shularning (jahriylik bilan maxfiylik) o'rtasidagi yo'lni istang!
111. "Hamd farzand tutmagan, podshohligida sherigi yo'q, xorlikdan (qutqaruvchi) do'sti bo'lmagan (ya'ni, hech kimga muhtoj bo'lmaydigan) zot - Allohga xosdir", - deng va (ulug'lab) Unga takbir ayting!
KAHF SURASIKahf-g'or. Bu surada boshqa qissalar bilan bir qatorda ajib bir tarixiy voqea, "Ashobi kahf" voqeasi bayon etilgan. Unda tavhid, imon yo'lida zolim shoh zulmidan qochib borib, bir g'orga yashiringan fidoyi yigitlar to'g'risida gap ketadi. Surada Muso bilan Xizr (a. s.)larning ibratli qissalari va Zulqarnayn qissalari ham o'z ifodasini topgan. Shuningdek, boshqa suralardagi kabi ilohiy o'gitlar fasohatli oyatlar bilan bayon etilgan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). 1. (O'z) bandasi (Muhammad)ga Kitob (Qur'on)ni nozil qilgan zot (Alloh)ga - hamd! Uni (Qur'onni ma'no va mazmunda) qing'ir qilmadi,
2. (balki, u) to'g'ri (haq va rost)dir. Huzuridan (keluvchi) qattiq azob bilan ogohlantirish va ezgu ishlarni qiladigan mo'minlarga yaxshi mukofot (jannat) xushxabarini berish,
3. (darvoqe, ular) u yer (jannat)da mangu qoluvchilardir;