Qur'oni karim. Abdulaziz Mansur tarjima va sharhi  ( 1069077 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 ... 63 B


AbdulAziz  28 Iyul 2008, 08:03:12



65. (U) osmonlar, Yer va ularning orasidagi bor narsalarning murabbiysidir. Bas, Unga ibodat qiling va ibodatida toqatli bo'ling! Unga teng biror (kuch)ni bilurmisiz?!

66. (Kofir) inson: "O'lganimdan so'ng yana tirik holda (qabrimdan) chiqarilurmanmi?!" - der.

67. Axir, o'sha inson Biz uni ilgari o'zi hech narsa bo'lmagan paytida yaratganimizni eslamaydimi?!

68. Bas, (ey, Muhammad,) Rabbingizga qasamki, albatta, Biz ularni shaytonlari bilan birga to'plarmiz, so'ngra (barchalarini) jahannam atrofida tiz cho'kkan hollarida hozir qilurmiz.

69. Keyin har bir guruhdan qaysinisi Rahmonga qattiqroq osiy bo'lsa, (o'shani) sug'urib olurmiz (va jahannamga oturmiz).

70. So'ngra, Biz o'zimiz unda (jahannamda) toblanishga loyiqroq kimsalarni yaxshiroq biluvchidirmiz.

71. Sizlardan har biringiz unga tushuvchidirsiz. (Bu) Rabbingiz (irodasiga binoan) vojib bo'lgan hukmdir.

72. So'ngra taqvodor bo'lganlarni (undan) qutqarurmiz va zolim kimsalarni tiz cho'kkan hollarida (jahannamda) qoldirurmiz.

73. Qachonki ularga (insonlarga) aniq oyatlarimiz tilovat qilinsa, kofir bo'lganlar imon keltirganlarga: "Qaysinisi yaxshiroq martaba va go'zalroq manzilda?" - deydilar.

74. Holbuki, Biz ulardan oldin qancha anjom va ko'rinishlari chiroyli bo'lgan avlodlarni halok qilganmiz!

75. (Ey, Muhammad,) ayting: "Kim zalolatda bo'lsa, bas, Rahmon uning muddatini uzaytirsin, toki o'zlariga va'da qilingan (dunyo) azobini yoki qiyomatni ko'rganlarida, albatta, kimning martabasi yomonroq va lashkari ojizroq ekanini bilurlar.

76. Alloh haq yo'ldagi kishilarga yanada hidoyatni ziyoda qilur. Rabbingiz nazdida boqiy ezgu (ish)lar savob jihatidan ham, oqibat jihatidan ham ortiqroqdir".

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Iyul 2008, 08:04:10



77. (Ey, Muhammad,) oyatlarimizga kofir bo'lgan va: "Qasamki, albatta, (oxiratda ham) menga mol-mulk va farzand ato etilur", - degan kimsani ko'rdingizmi?

78. U g'oyibdan xabardor bo'libdimi yoki Rahmon dargohidan ahd olibdimi?!

79. Yo'q! Albatta, (Biz) uning aytayotgan so'zini yozib qo'yurmiz hamda unga azobni ziyoda qilurmiz.

80. U aytayotgan (mol-mulk)ni (Biz) meros olurmiz va u huzurimizga yolg'iz holda kelur.

81. Ular (Makka mushriklari) Allohni qo'yib, o'zlariga madad bo'lishi uchun "ilohlar" tutdilar.

82.Yo'q! (Qiyomat kuni butlari) ular qilgan ibodatlarni inkor qilurlar va ularga zid bo'lurlar.

83. (Ey, Muhammad,) Biz kofirlarga ularni (gunoh ishlariga) qo'zg'atadigan shaytonlarni yuborganimizni ko'rmadingizmi?!

84. Bas, Siz ularga shoshqaloqlik qilmang! Albatta, Biz ularni (gunohlarini) aniq hisoblab tururmiz.

85. Taqvodorlarni Biz suvora hollarida Rahmon dargohiga to'playdigan, Izoh: Taqvodorlar tilla tuyalarga mindirilib, Allohning huzuriga olib borilishi to'g'risidagi oyat.

86. jinoyatchi-kofirlarni esa, Biz jahannamga tushishlari uchun haydaydigan kunni (eslang)!

87. (U kunda) faqat Rahmon nazdida ahd (izn) olgan kishilargina shafoat qilishga ega bo'lurlar.

88. (Mushriklar): "Rahmon farzand tutdi", - dedilar.

89. (Ey, mushriklar,) sizlar shunday og'ir gap aytingizki,

90. uning (og'irligidan) osmonlar yorilib, Yer bo'linib, tog'lar qulab parchalanib ketayozur.

91. Sabab - Rahmonga farzand da'vo qilishlaridir.

92. Rahmon uchun farzand tutish loyiq emasdir.

93. Osmonlar va Yerdagi bor jonzot (qiyomat kunida) Rahmon (huzuriga) bo'yin sungan holda kelur.

94. U ularni hisoblab, adadini sanab qo'ygandir.

95. Ularning barchasi qiyomat kuni yolg'iz holda Uning huzuriga keluvchidir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Iyul 2008, 08:05:03



96. Albatta, imon keltirib ezgu (ish)larni qilgan zotlar uchun Rahmon do'stlikni paydo qilur.

97. (Ey, Muhammad,) albatta, Biz (Qur'on) bilan taqvo egalariga xushxabar berishingiz uchun va sarkash qavmni ogohlantirishingiz uchun uni Sizning tilingizga oson qilib qo'ydik.

98. Biz ulardan (Makka mushriklaridan) oldin ham qanchalab (itoat etmagan) avlodlarni halok etgandirmiz. Siz ulardan birortasini sezyapsizmi yoki ovozlarini eshityapsizmi?!


TOHA SURASI


To, ho - suraning boshida kelgan bu ikki ramziy arab harflaridan murod nima ekani Allohgagina ma'lum. Lekin ba'zi mufassirlar u Muhammad (a. s.)ning nomlaridan biri deb ham yozganlar. Surada ilohiy ko'rsatmalar bilan bir qatorda Muso bilan birodari Horun, Fir'avn bilan vaziri Homon haqidagi qissa batafsil bayon qilinadi. Muso (a. s.)ning asolaridan sodir bo'lgan mo''jizalar ayni ibrat manbaidir.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. To, ho.

2. (Ey, Muhammad,) Biz Sizga bu Qur'onni qiynalib mashaqqat chekishingiz uchun emas,

3. balki (Allohdan) qo'rqadigan kishilar uchun eslatma sifatida nozil qildik.

4. (U) Yerni va yuksak osmonlarni yaratgan Zot (tomoni)dan nozil qilingandir.

5. (U) Arsh uzra mustaviy bo'lmish Rahmondir.

6. Osmonlardagi, Yerdagi va ularning orasidagi hamda zamin ostidagi bor narsa Unikidir.

7. Agar (Siz) oshkora gapirsangiz ham (yoki xufyona gapirsangiz ham), albatta, U sirni ham, eng maxfiy narsalarni ham bilur.

8. Alloh - Undan o'zga iloh yo'qdir. Uning go'zal ismlari bordir.

9. (Ey, Muhammad,) Sizga Muso haqidagi xabar keldimi?

10. Eslang, u (uzoqdan) bir olovni ko'rib oilasiga: "(Shu yerda) turinglar, men bir olovni ko'rib qoldim, shoyadki sizlarga biror cho'g' olib kelarman yoki shu o't (atrofi)da biror yo'l (ko'rsatuvchi) toparman",- dedi.

11. Bas, olov (yaqini)ga kelgach: "Ey, Muso!" - deb nido qilindi.

12. "(Ey, Muso,) Men sening Rabbingdirman. Bas, oyoq kiyimingni yechgin. Chunki sen muqaddas Tuvo vodiysidadirsan. [/b]

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Iyul 2008, 08:06:01



13. Men seni (payg'ambarlikka) tanladim. Bas, (O'zingga) yuboriladigan vahiyga quloq tut!

14. Darhaqiqat, Men Allohdirman! Mendan o'zga iloh yo'q! Bas, Mengagina ibodat qil va Meni eslaganingda namozni ado qil!

15. Qiyomat albatta keluvchidir. (Lekin) har bir jon qiladigan sa'y-harakati sababli jazolanishi uchun uni (qachon bo'lishini) yashirishni istayman.

16. Bas, unga (qiyomatga) ishonmaydigan va havoyi nafsiga ergashgan kimsalar seni undan to'smasinlarki, u holda halok bo'lursan.

17.Ana u - qo'lingdagi nimadir, ey, Muso?!"

18. (Muso) dedi: "U asoyim, unga tayanurman va u bilan qo'ylarimga (barg) qoqib berurman. Yana unda boshqa hojatlarim ham bor".

19. (Alloh) aytdi: "Uni (yerga) tashlagin, ey, Muso!"

20. Bas, (Muso) uni tashlagan edi, birdaniga u harakatlanuvchi jonli ilon bo'lib qoldi.

21. (Alloh) dedi: "Uni ol! Qo'rqmagin, Biz uni avvalgi holiga qaytarurmiz.

22. Qo'lingni qo'ltig'ingga tiqqin, u hech qanday yomonliksiz oppoq bo'lib chiqur. (Bu) yana bir boshqa mo''jizadir.

Izoh: Hech qanday yomonliksiz, ya'ni, qo'lingni nurafshon oqligi uning pes kasaliga chalinganidan emas, balki u sog'lom holda Mening qudratim bilan yog'du sochur.

23. Biz senga katta mo''jizalarimizni ko'rsatish uchun (shunday qildik).

24. (Endi) Fir'avnning huzuriga bor! Haqiqatan, u haddan oshdi ("Xudoman" deb da'vo qildi)".

25. (Muso) dedi: "Ey, Rabbim, bag'rimni keng qilgin,

26. ishimni oson qilgin,

27. tilimdan tugunni (duduqlikni) yechib yuborgin,

28. (toki) ular (qavmim) gapimni anglasinlar.

29. Menga o'z ahlimdan vazir qilgin.

30. Ya'ni, birodarim Horunni.

31. U bilan belimni baquvvat qilgin.

32. Va uni ishimda (ya'ni, payg'ambarlik ishida) sherik qilgin.

33. Toki, Biz Senga ko'proq tasbeh aytaylik

34. va Seni ko'proq yod etaylik.

35. Albatta, Sen bizni ko'ruvchi zotsan".

36. (Alloh) aytdi: "So'ragan narsang senga ato etildi, ey, Muso!

37. Biz senga (go'daklik chog'ingda ham) bir karra in'om etgan edik.

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Iyul 2008, 08:07:22



38. O'shanda onangga (shunday) vahiy yuborgan edik:

39. - "Uni (Musoni) sandiqqa solib, daryoga tashlagin. Bas, uni daryo (to'lqini) sohilga otsin. (Shunda) uni Mening ham, uning ham dushmani (Fir'avn) ushlab olur". (Ey, Muso, barchaga suyukli bo'lishing) va Mening ko'z o'ngimda (himoyamda) o'sishing uchun senga o'z tomonimdan muhabbat (joziba) tashladim.


Izoh: Ya'ni seni shunday yoqimtoy qilib qo'ydimki, ko'rgan kishi shu mening o'g'lim bo'lib qolsa ekan, deb orzu qiladigan bo'ldi.

40. O'shanda opang seni daryodan ushlab olgan kishilar ortidan yurib: "Sizlarni bu (bola)ga kafil (emizadigan ayol) oldiga boshlab boraymi", deganlarini (eslagin)! So'ng Biz seni ko'zlari quvonsin, g'amgin bo'lmasin, deb onangga qaytargan edik. (Yigitlik chog'ingda) bir jonni o'ldirib qo'yganingda, Biz seni bu g'amdan ham qutqargan edik. (Keyin) Biz seni ko'p sinovlar bilan sinab ko'rdik. Madyan ahli orasida ham (necha) yillar turding, so'ngra (payg'ambarlik uchun belgilab qo'yilgan) muddat bo'yicha (bu yerga) kelding, ey Muso!

41. Seni o'zimga (payg'ambarlik uchun) tanladim.

42. (Ey, Muso,) sen o'zing va birodaring (Horun) Mening oyatlarimni (odamlarga) olib boringlar va Meni zikr qilishda sustlik qilmanglar!

43. Ikkingiz Fir'avning oldiga boringlar, chunki u ("Men xudoman"), deb haddidan oshdi.

44. Bas, unga yumshoq so'z so'zlanglar! Shoyad, u eslatma olsa yoki (halok bo'lishidan) qo'rqsa".

45. Ular dedilar: "Ey, Rabbimiz! Darhaqiqat, biz (da'vat etsak) u bizga tezlik (g'azab) qilishidan yoki (battar) tug'yonga ketishidan qo'rqamiz".

46. (Alloh) aytdi: "Qo'rqmanglar! Albatta, Men sizlar bilan birgaman - eshitaman va ko'raman.

47. Bas, sizlar uning oldiga borib: "Biz Parvardigoringning elchilaridirmiz. Isroil avlodini biz bilan birga qo'yib yuborgin, ularni azoblamagin. (Biz) senga Rabbing (tomoni)dan hujjat keltirdik. Hidoyatga ergashganlarga salom (omonlik) bo'lur.

48. Bizga vahiy qilindiki, (Allohning payg'ambarlarini) yolg'onchi qilgan va (imon keltirishdan) yuz o'girgan kimsalarga azob bo'lur", deb.

49. (Fir'avnga kelib, mazkur so'zlarni aytishgach) u dedi: "Ikkingizning Rabbingiz kim, ey, Muso!"

50. (Muso) aytdi: "Rabbimiz har bir narsaga o'z yaratuvchiligini ato etib (ko'rsatib), so'ngra (uni) to'g'ri yo'lga yo'llagan zotdir".

51. (Fir'avn) dedi: "Unda, avvalgi avlodlarning holi nedir? (Rabbing ularni ham azoblaganmi?)"

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Iyul 2008, 08:09:50



52. (Muso) aytdi: "Ular haqidagi ma'lumot Rabbim huzuridagi Kitob (Lavhul-Mahfuz)dadir. Rabbim adashmas va unutmas".

53. U Yerni sizlar uchun beshik (qarorgoh) qilib qo'ydi va unda yo'llar paydo qildi hamda osmondan suv (yomg'ir, qor) yog'dirdi. Bas, Biz u (suv) bilan turli o'simlik navlarini undirib chiqardik.

54. Sizlar (ulardan) yenglar va chorvalaringni boqinglar. Albatta, bunda aql egalari uchun alomatlar bordir.

55. Biz sizlarni undan (yerdan) yaratdik, unga qaytarurmiz va (qiyomat kunida) sizlarni yana boshqatdan undan chiqarurmiz.

56. Darhaqiqat, Biz unga (Fir'avnga) hamma (to'qqizta) mo''jizalarimizni ko'rsatdik. Bas, u (ularni) yolg'onga chiqardi va yuz o'girdi.

57. (U) dedi: "Sen o'z sehring bilan bizlarni yerimizdan chiqarish uchun keldingmi, ey, Muso!

58. U holda, bizlar ham senga xuddi o'shanday sehr keltirurmiz. Bas, sen o'zing bilan bizlarning o'rtamizda bir joy tanlaginki, u sen ham, bizlar ham qarshilik qilmaydigan o'rta bir joy bo'lsin".

59. (Muso) aytdi: "Va'da ziynat (bayram) kunidir. Odamlar choshgohda to'planurlar".

60. Bas, Fir'avn borib, o'zining makrini (sehrgarlarini) yig'di. So'ngra (va'da qilingan joyga) keldi.

61. Muso ularga (sehrgarlarga) dedi: "Hollaringga voy! Sizlar Alloh sha'niga yolg'on to'qimanglar (mo''jizani sehr demanglar), u holda (Alloh) sizlarni azob bilan halok qilur! Yolg'on to'qiganlar noumid bo'lishlari aniqdir".
 
62. Bas, ular (qiladigan) ishlarini talashib-tortishib, asta shivirlasha boshladilar.

63. (So'ng bir-birlariga) aytdilar: "Albatta, bu ikkovi (Muso va Horun) o'z sehrlari bilan sizlarni yeringizdan chiqarmoqni va yuksak yo'lingizni (diningizni) yo'qotishni istaydigan sehrgarlardir.

64. Bas, makr-hiylangizni yig'ingiz, so'ng saf tortib kelingiz. Bugun ustun bo'lganlar iqbolli bo'lurlar".

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Iyul 2008, 08:10:45



65. (Maslahatlari bitgach,) dedilar: "Ey, Muso, sen (qo'lingdagi asoyingni) tashlaysanmi yoki bizlar birinchi tashlovchi bo'laylikmi?"

66. (Muso) aytdi: "Yo'q, sizlar tashlanglar" (ular qo'llaridagi aso va iplarni tashlagan edilar) banogoh iplari va asolari - sehrlari sababli - unga (Musoga) yurib ketayotgandek tuyuldi.

67. Bas, Muso ichida bir qo'rquvni his etdi.

68. Biz aytdik: "Qo'rqmagin! Albatta, sen o'zing oliy (g'olib)dirsan.

69. Qo'lingdagi narsani (asoyingni) tashlagin, ular yasagan narsalarni yutib yuborur. Ularning yasagani faqat bir sehrgarning makridir. Sehrgar esa, qayerda bo'lmasin zafar topmas".

70. (Muso asosini tashlagach, ajdahoga aylanib, ular yasagan narsalarini yutib yubordi). Bas, sehrgarlar sajda qilgan hollarida (yerga) tashlanib: "Horun va Musoning Parvardigoriga imon keltirdik",- dedilar.

71. (Fir'avn) aytdi: "Men izn bermay turib, unga imon keltirdingizmi?! Shubhasiz, u sizlarga sehr o'rgatgan kattangizdir. Bas, endi (men), albatta, oyoq-qo'llaringizni qaramaqarshisiga (o'ng qo'l, chap oyog'ingizni yoki aksincha) kesurman va sizlarni xurmo shoxlariga osurman, (o'shanda) qaysimizning (ya'ni, meningmi yoki Musoning xudosi) azobi qattiqroq va boqiyroq ekanligini bilib olursizlar".

72. Ular dedilar: "Bizlar o'zimizga kelgan hujjatlarni va bizlarni yaratgan Zotni qo'yib, sira seni tanlamaymiz. Bas, qiladigan hukmingni qilaver! Sen faqat shu dunyodagina hukm qilursan.

73. Bizlarga esa xatolarimizni va sen bizlarni majbur qilgan sehrgarlikdan iborat (gunohimizni) kechirishi uchun Rabbimizga imon keltirdik. Alloh (ning savobi) yaxshiroq va (azobi) boqiyroqdir".

74. Haqiqatan, kimda-kim Parvardigorning huzuriga jinoyatchi (kofir) holida kelsa, albatta, uning uchun jahannam bor, u joyda u na o'la olur va na yashay olur.

75. Kim u zotga yaxshi amallarni qilib, mo'min holida kelsa, bas, ana o'shalar uchun yuksak darajalar,

76. ostidan anhorlar oqadigan, ular doimiy qoladigan mangulik jannatlari bo'lur. Bu (shirk va kufrdan) pok bo'lgan kishilarning mukofotidir!

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Iyul 2008, 08:12:03



77. Biz Musoga: "Sen bandalarimni (Isroil avlodini) tunda olib ketib, ular uchun - (ortingdan) yetib kelishdan xavf qilmagan va (g'arq bo'lishdan ham) qo'rqmagan holingda dengizdan quruq yo'l och", - deb vahiy yubordik.

78. Bas, Fir'avn ularning ortidan o'z lashkarlari bilan quvgan edi, ularning dengiz o'raganicha-o'radi (ya'ni, g'arq bo'ldilar).

79. Fir'avn o'z qavmini adashtirdi, to'g'ri yo'lga boshlamadi.

80. Alloh dedi: "Ey, Isroil avlodi, Biz sizlarga dushmaningizdan najot berdik va sizlarga (Musoga Tavrot nozil qilish uchun) Tur (tog'i)ning o'ng tomonini va'dalashdik va sizlarga shirinlik va bedanalar yog'dirdik.

81. Pok rizqlarimizdan yenglar va ularga (shukr qilmaslik bilan) haddan oshmanglar, aks holda ustingizga Mening g'azabim tushar. Kimning ustiga g'azabim tushar ekan, u albatta yiqilur (halok bo'lur).

82. Men, albatta, tavba qilgan hamda imon keltirib, ezgu ish qilgan, so'ngra to'g'ri yurgan kishilarni mag'firat qiluvchidirman".

83."Qavmingdan nega ilgarilab ketding, ey Muso!"

84. U aytdi: "Ular - ana, izimdan kelurlar. Men esa, ey, Rabbim, Sen tomon rozi bo'lishing uchun shoshdim. "

85. (Alloh) dedi: "Haqiqatan, Biz sening ortingdan qavmingni imtihon qildik. Somiriy ularni yo'ldan ozdirdi".


Izoh: Muso (a. s.) Tur vodiysiga ketish oldidan Allohdan o'zgaga sig'inmaslik haqida Isroil avlodiga qattiq ko'rsatma berib ketgan edilar. Biroq Somiriy ismli bir sehrgar tilladan yasagan buzoqqa sig'inib, ahdni buzdilar.

86. Bas, Muso qavmiga g'azablangan va afsuslangan holda qaytib kelib, dedi: "Ey, qavmim! Parvardigoringiz sizlarga (Tavrot nozil etishi haqida) chiroyli va'da qilmaganmidi?! Sizlarga (kechgan) vaqt uzun (ko'rinib) ketdimi yoki ustingizga Rabbingiz tomonidan g'azab tushishini xohlab, menga bergan va'dangizni buzdingizlarmi?!"

87. Ular aytdilar: "Bizlar senga bergan va'dani o'z ixtiyorimiz bilan buzganimiz yo'q. Lekin bizlar (Misrdan chiqib kelayotganimizda), qavm zeb-ziynatlaridan iborat narsalarni ko'tarib chiqqan edik, bas, (Somiriyning amri bilan) ularni (olovga) tashladik. So'ngra Somiriy ham (narsalarini olovga) tashladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Iyul 2008, 08:13:00



88. So'ng (Somiriy ularni olovda eritib, xuddi tirik buzoq kabi) ovozli haykal (yasab) chiqarib berdi, so'ng (Somiriy va uning sheriklari): "Sizlarning ham, Musoning ham ilohi shu edi, bas, (Muso) unutdi (va izlab boshqa yerga ketdi)", - dedilar.

89. Axir, uning ularga so'z qaytara olmasligini va ziyon ham, foyda ham yetkizishga qodir emasligini ko'rmaydilarmi?!

90. Holbuki, (buzoqqa sig'inishlaridan) oldin Horun ularga: "Ey, qavmim, sizlar bu bilan imtihon qilindinglar. Shubha yo'qqi, sizlarning Rabbingiz Rahmondir. Bas, menga ergashinglar va amrimga itoat qilinglar!" - degan edi.

91. Ular: "To bizga Muso qaytmagunicha, unga (ma'budaga) sig'inishdan sira tinmaymiz", - degan edilar.

92. (Muso qaytib kelgach) dedi: "Ey, Horun, ularning adashganlarini ko'rganingda (to'xtatib qolishdan) seni nima to'sdi?!

93. Mening ortimdan nega bormading? Amrimga itoatsizlik qildingmi?!"

94. (Horun) dedi: "Ey, onamning o'g'li, sen mening sochimdan ham, soqolimdan ham tutmagin! Men (ortingdan borsam) "Mening so'zimni kutmay, Isroil avlodini bo'lib yuboribsan" deyishingdan qo'rqdim".

95. (So'ngra Muso Somiriyga qarab): "Bu qilig'ing nimasi, ey, Somiriy?" - dedi.

96. U aytdi: "Men ular ko'rmagan narsani ko'rdim. Bas, elchi (Jabroil)ning izidan bir siqim olib, uni (buzoqning haykaliga) sochgan edim (undan tirik buzoq kabi ovoz chiqdi). Nafsim ana shunday qilishni menga chiroyli ko'rsatdi".


Izoh: Uning ko'rgan narsasi - Jabroil farishta Muso (a. s.) oldiga kelganda, uning minib kelgan otining tuyog'i tekkan narsalarga jon kirgani edi.

97. (Muso) dedi: "Bas, ket! Endi sen uchun hayotda "(Menga) tegish yo'q!" deyishgina qolur. Oxiratda esa sen uchun sira xilof qilinmaydigan bir va'da (azob) bordir. Sen ustidan jilmay sig'inayotgan "ilohing" (holi)ni ko'rib qo'y! Biz, albatta, uni yondirib, so'ngra (kulini) dengizga sochib yuborurmiz".

Izoh: Ya'ni yakka moxov bo'lib qolursan.

98. Ilohingiz Allohdirki, undan o'zga iloh yo'q, U barcha narsani o'z ilmi bilan qamrab olgandir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Iyul 2008, 08:15:34



99. (Ey, Muhammad,) Biz Sizga o'tib ketgan (avlod)lar xabarlarini shu tarzda so'zlab berurmiz. Shuningdek, (Biz) Sizga o'z dargohimizdan zikr (Qur'on) keltirdik.

100. Kim undan yuz o'girsa, bas, albatta, u qiyomat kunida yuk (gunoh)ni ko'tarur.

101. Ular u yuk (osti)da mangu qolurlar. U (yuk) qiyomat kunida ular uchun juda yomon yuk bo'lur.

102. (U) sur chalinadigan kundir. U kunda Biz jinoyatchilarni ko'zlari (qo'rquvdan) ko'k (nursiz) bo'lgan hollarida yig'urmiz.

103. Ular o'zaro shivirlashib: "(Dunyoda) o'n kungina turdinglar" (deydilar).

104. Biz ularni aytadigan so'zlarini yaxshi bilurmiz. o'shanda ularning yo'lga chechan (dono)lari: "Bir kungina turdinglar",- deydi(lar).

105. (Ey, Muhammad,) ular sizdan tog'lar (qiyomatda nima bo'lishi) haqida so'raydilar. Bas, ayting: "Parvardigorim ularni (qum kabi) sochib yuborur".

106. So'ng (yerni) tep-tekis qilib qo'yur.

107. Unda na egrilik (pastlik) va na balandlikni ko'rursiz.

108. U kunda (odamlar mahshargohga) chorlovchi (farishtaga) egilmay - bukilmay (so'zsiz) ergashurlar. Ovozlar ham Rahmonga buyin sunur, bas, faqat pichirlashnigina eshitursiz.

109. U kunda shafoat (oqlov) faqat Rahmon izn bergan va so'zidan U rozi bo'lgan kishidan boshqaga foyda bermas.

110. U ularning oldilaridagi (ya'ni, oxiratdagi) va ortlaridagi (ya'ni, dunyodagi) bor narsani bilur. Ular esa Uni ilm bilan ihota qila olmaslar.

111. Yuzlar (insonlar) Tirik va mangu Turuvchi (Alloh)ga ta'zim qilurlar. Zulmni (shirkni) ko'tarib kelgan kishi, albatta, noumid bo'lur.

112. Kimki mo'min bo'lgan holda ezgu ishlarni qilsa, bas, u zulmdan (qilmagan gunohlarga javob berishdan), kamayishdan, (savobi to'la berilmay qolishidan) ham xavf qilmas.

113. Shuningdek, Biz uni arabcha Qur'on qilib tushirdik va unda qo'rqinchli va'dalarni bayon qildik. Shoyadki ular (shirk va kufrdan) saqlansalar yo (bu va'dalar) ular uchun eslatma paydo qilsa.

Qayd etilgan