Muallif Mavzu: Qur'oni karim. Abdulaziz Mansur tarjima va sharhi  ( 428245 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 5 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #315 : 28 Iyul 2008, 08:09:50 »


52. (Muso) aytdi: "Ular haqidagi ma'lumot Rabbim huzuridagi Kitob (Lavhul-Mahfuz)dadir. Rabbim adashmas va unutmas".

53. U Yerni sizlar uchun beshik (qarorgoh) qilib qo'ydi va unda yo'llar paydo qildi hamda osmondan suv (yomg'ir, qor) yog'dirdi. Bas, Biz u (suv) bilan turli o'simlik navlarini undirib chiqardik.

54. Sizlar (ulardan) yenglar va chorvalaringni boqinglar. Albatta, bunda aql egalari uchun alomatlar bordir.

55. Biz sizlarni undan (yerdan) yaratdik, unga qaytarurmiz va (qiyomat kunida) sizlarni yana boshqatdan undan chiqarurmiz.

56. Darhaqiqat, Biz unga (Fir'avnga) hamma (to'qqizta) mo''jizalarimizni ko'rsatdik. Bas, u (ularni) yolg'onga chiqardi va yuz o'girdi.

57. (U) dedi: "Sen o'z sehring bilan bizlarni yerimizdan chiqarish uchun keldingmi, ey, Muso!

58. U holda, bizlar ham senga xuddi o'shanday sehr keltirurmiz. Bas, sen o'zing bilan bizlarning o'rtamizda bir joy tanlaginki, u sen ham, bizlar ham qarshilik qilmaydigan o'rta bir joy bo'lsin".

59. (Muso) aytdi: "Va'da ziynat (bayram) kunidir. Odamlar choshgohda to'planurlar".

60. Bas, Fir'avn borib, o'zining makrini (sehrgarlarini) yig'di. So'ngra (va'da qilingan joyga) keldi.

61. Muso ularga (sehrgarlarga) dedi: "Hollaringga voy! Sizlar Alloh sha'niga yolg'on to'qimanglar (mo''jizani sehr demanglar), u holda (Alloh) sizlarni azob bilan halok qilur! Yolg'on to'qiganlar noumid bo'lishlari aniqdir".
 
62. Bas, ular (qiladigan) ishlarini talashib-tortishib, asta shivirlasha boshladilar.

63. (So'ng bir-birlariga) aytdilar: "Albatta, bu ikkovi (Muso va Horun) o'z sehrlari bilan sizlarni yeringizdan chiqarmoqni va yuksak yo'lingizni (diningizni) yo'qotishni istaydigan sehrgarlardir.

64. Bas, makr-hiylangizni yig'ingiz, so'ng saf tortib kelingiz. Bugun ustun bo'lganlar iqbolli bo'lurlar".
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #316 : 28 Iyul 2008, 08:10:45 »


65. (Maslahatlari bitgach,) dedilar: "Ey, Muso, sen (qo'lingdagi asoyingni) tashlaysanmi yoki bizlar birinchi tashlovchi bo'laylikmi?"

66. (Muso) aytdi: "Yo'q, sizlar tashlanglar" (ular qo'llaridagi aso va iplarni tashlagan edilar) banogoh iplari va asolari - sehrlari sababli - unga (Musoga) yurib ketayotgandek tuyuldi.

67. Bas, Muso ichida bir qo'rquvni his etdi.

68. Biz aytdik: "Qo'rqmagin! Albatta, sen o'zing oliy (g'olib)dirsan.

69. Qo'lingdagi narsani (asoyingni) tashlagin, ular yasagan narsalarni yutib yuborur. Ularning yasagani faqat bir sehrgarning makridir. Sehrgar esa, qayerda bo'lmasin zafar topmas".

70. (Muso asosini tashlagach, ajdahoga aylanib, ular yasagan narsalarini yutib yubordi). Bas, sehrgarlar sajda qilgan hollarida (yerga) tashlanib: "Horun va Musoning Parvardigoriga imon keltirdik",- dedilar.

71. (Fir'avn) aytdi: "Men izn bermay turib, unga imon keltirdingizmi?! Shubhasiz, u sizlarga sehr o'rgatgan kattangizdir. Bas, endi (men), albatta, oyoq-qo'llaringizni qaramaqarshisiga (o'ng qo'l, chap oyog'ingizni yoki aksincha) kesurman va sizlarni xurmo shoxlariga osurman, (o'shanda) qaysimizning (ya'ni, meningmi yoki Musoning xudosi) azobi qattiqroq va boqiyroq ekanligini bilib olursizlar".

72. Ular dedilar: "Bizlar o'zimizga kelgan hujjatlarni va bizlarni yaratgan Zotni qo'yib, sira seni tanlamaymiz. Bas, qiladigan hukmingni qilaver! Sen faqat shu dunyodagina hukm qilursan.

73. Bizlarga esa xatolarimizni va sen bizlarni majbur qilgan sehrgarlikdan iborat (gunohimizni) kechirishi uchun Rabbimizga imon keltirdik. Alloh (ning savobi) yaxshiroq va (azobi) boqiyroqdir".

74. Haqiqatan, kimda-kim Parvardigorning huzuriga jinoyatchi (kofir) holida kelsa, albatta, uning uchun jahannam bor, u joyda u na o'la olur va na yashay olur.

75. Kim u zotga yaxshi amallarni qilib, mo'min holida kelsa, bas, ana o'shalar uchun yuksak darajalar,

76. ostidan anhorlar oqadigan, ular doimiy qoladigan mangulik jannatlari bo'lur. Bu (shirk va kufrdan) pok bo'lgan kishilarning mukofotidir!
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #317 : 28 Iyul 2008, 08:12:03 »


77. Biz Musoga: "Sen bandalarimni (Isroil avlodini) tunda olib ketib, ular uchun - (ortingdan) yetib kelishdan xavf qilmagan va (g'arq bo'lishdan ham) qo'rqmagan holingda dengizdan quruq yo'l och", - deb vahiy yubordik.

78. Bas, Fir'avn ularning ortidan o'z lashkarlari bilan quvgan edi, ularning dengiz o'raganicha-o'radi (ya'ni, g'arq bo'ldilar).

79. Fir'avn o'z qavmini adashtirdi, to'g'ri yo'lga boshlamadi.

80. Alloh dedi: "Ey, Isroil avlodi, Biz sizlarga dushmaningizdan najot berdik va sizlarga (Musoga Tavrot nozil qilish uchun) Tur (tog'i)ning o'ng tomonini va'dalashdik va sizlarga shirinlik va bedanalar yog'dirdik.

81. Pok rizqlarimizdan yenglar va ularga (shukr qilmaslik bilan) haddan oshmanglar, aks holda ustingizga Mening g'azabim tushar. Kimning ustiga g'azabim tushar ekan, u albatta yiqilur (halok bo'lur).

82. Men, albatta, tavba qilgan hamda imon keltirib, ezgu ish qilgan, so'ngra to'g'ri yurgan kishilarni mag'firat qiluvchidirman".

83."Qavmingdan nega ilgarilab ketding, ey Muso!"

84. U aytdi: "Ular - ana, izimdan kelurlar. Men esa, ey, Rabbim, Sen tomon rozi bo'lishing uchun shoshdim. "

85. (Alloh) dedi: "Haqiqatan, Biz sening ortingdan qavmingni imtihon qildik. Somiriy ularni yo'ldan ozdirdi".


Izoh: Muso (a. s.) Tur vodiysiga ketish oldidan Allohdan o'zgaga sig'inmaslik haqida Isroil avlodiga qattiq ko'rsatma berib ketgan edilar. Biroq Somiriy ismli bir sehrgar tilladan yasagan buzoqqa sig'inib, ahdni buzdilar.

86. Bas, Muso qavmiga g'azablangan va afsuslangan holda qaytib kelib, dedi: "Ey, qavmim! Parvardigoringiz sizlarga (Tavrot nozil etishi haqida) chiroyli va'da qilmaganmidi?! Sizlarga (kechgan) vaqt uzun (ko'rinib) ketdimi yoki ustingizga Rabbingiz tomonidan g'azab tushishini xohlab, menga bergan va'dangizni buzdingizlarmi?!"

87. Ular aytdilar: "Bizlar senga bergan va'dani o'z ixtiyorimiz bilan buzganimiz yo'q. Lekin bizlar (Misrdan chiqib kelayotganimizda), qavm zeb-ziynatlaridan iborat narsalarni ko'tarib chiqqan edik, bas, (Somiriyning amri bilan) ularni (olovga) tashladik. So'ngra Somiriy ham (narsalarini olovga) tashladi.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #318 : 28 Iyul 2008, 08:13:00 »


88. So'ng (Somiriy ularni olovda eritib, xuddi tirik buzoq kabi) ovozli haykal (yasab) chiqarib berdi, so'ng (Somiriy va uning sheriklari): "Sizlarning ham, Musoning ham ilohi shu edi, bas, (Muso) unutdi (va izlab boshqa yerga ketdi)", - dedilar.

89. Axir, uning ularga so'z qaytara olmasligini va ziyon ham, foyda ham yetkizishga qodir emasligini ko'rmaydilarmi?!

90. Holbuki, (buzoqqa sig'inishlaridan) oldin Horun ularga: "Ey, qavmim, sizlar bu bilan imtihon qilindinglar. Shubha yo'qqi, sizlarning Rabbingiz Rahmondir. Bas, menga ergashinglar va amrimga itoat qilinglar!" - degan edi.

91. Ular: "To bizga Muso qaytmagunicha, unga (ma'budaga) sig'inishdan sira tinmaymiz", - degan edilar.

92. (Muso qaytib kelgach) dedi: "Ey, Horun, ularning adashganlarini ko'rganingda (to'xtatib qolishdan) seni nima to'sdi?!

93. Mening ortimdan nega bormading? Amrimga itoatsizlik qildingmi?!"

94. (Horun) dedi: "Ey, onamning o'g'li, sen mening sochimdan ham, soqolimdan ham tutmagin! Men (ortingdan borsam) "Mening so'zimni kutmay, Isroil avlodini bo'lib yuboribsan" deyishingdan qo'rqdim".

95. (So'ngra Muso Somiriyga qarab): "Bu qilig'ing nimasi, ey, Somiriy?" - dedi.

96. U aytdi: "Men ular ko'rmagan narsani ko'rdim. Bas, elchi (Jabroil)ning izidan bir siqim olib, uni (buzoqning haykaliga) sochgan edim (undan tirik buzoq kabi ovoz chiqdi). Nafsim ana shunday qilishni menga chiroyli ko'rsatdi".


Izoh: Uning ko'rgan narsasi - Jabroil farishta Muso (a. s.) oldiga kelganda, uning minib kelgan otining tuyog'i tekkan narsalarga jon kirgani edi.

97. (Muso) dedi: "Bas, ket! Endi sen uchun hayotda "(Menga) tegish yo'q!" deyishgina qolur. Oxiratda esa sen uchun sira xilof qilinmaydigan bir va'da (azob) bordir. Sen ustidan jilmay sig'inayotgan "ilohing" (holi)ni ko'rib qo'y! Biz, albatta, uni yondirib, so'ngra (kulini) dengizga sochib yuborurmiz".

Izoh: Ya'ni yakka moxov bo'lib qolursan.

98. Ilohingiz Allohdirki, undan o'zga iloh yo'q, U barcha narsani o'z ilmi bilan qamrab olgandir.
« So'nggi tahrir: 28 Iyul 2008, 08:14:56 muallifi AbdulAziz »
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #319 : 28 Iyul 2008, 08:15:34 »


99. (Ey, Muhammad,) Biz Sizga o'tib ketgan (avlod)lar xabarlarini shu tarzda so'zlab berurmiz. Shuningdek, (Biz) Sizga o'z dargohimizdan zikr (Qur'on) keltirdik.

100. Kim undan yuz o'girsa, bas, albatta, u qiyomat kunida yuk (gunoh)ni ko'tarur.

101. Ular u yuk (osti)da mangu qolurlar. U (yuk) qiyomat kunida ular uchun juda yomon yuk bo'lur.

102. (U) sur chalinadigan kundir. U kunda Biz jinoyatchilarni ko'zlari (qo'rquvdan) ko'k (nursiz) bo'lgan hollarida yig'urmiz.

103. Ular o'zaro shivirlashib: "(Dunyoda) o'n kungina turdinglar" (deydilar).

104. Biz ularni aytadigan so'zlarini yaxshi bilurmiz. o'shanda ularning yo'lga chechan (dono)lari: "Bir kungina turdinglar",- deydi(lar).

105. (Ey, Muhammad,) ular sizdan tog'lar (qiyomatda nima bo'lishi) haqida so'raydilar. Bas, ayting: "Parvardigorim ularni (qum kabi) sochib yuborur".

106. So'ng (yerni) tep-tekis qilib qo'yur.

107. Unda na egrilik (pastlik) va na balandlikni ko'rursiz.

108. U kunda (odamlar mahshargohga) chorlovchi (farishtaga) egilmay - bukilmay (so'zsiz) ergashurlar. Ovozlar ham Rahmonga buyin sunur, bas, faqat pichirlashnigina eshitursiz.

109. U kunda shafoat (oqlov) faqat Rahmon izn bergan va so'zidan U rozi bo'lgan kishidan boshqaga foyda bermas.

110. U ularning oldilaridagi (ya'ni, oxiratdagi) va ortlaridagi (ya'ni, dunyodagi) bor narsani bilur. Ular esa Uni ilm bilan ihota qila olmaslar.

111. Yuzlar (insonlar) Tirik va mangu Turuvchi (Alloh)ga ta'zim qilurlar. Zulmni (shirkni) ko'tarib kelgan kishi, albatta, noumid bo'lur.

112. Kimki mo'min bo'lgan holda ezgu ishlarni qilsa, bas, u zulmdan (qilmagan gunohlarga javob berishdan), kamayishdan, (savobi to'la berilmay qolishidan) ham xavf qilmas.

113. Shuningdek, Biz uni arabcha Qur'on qilib tushirdik va unda qo'rqinchli va'dalarni bayon qildik. Shoyadki ular (shirk va kufrdan) saqlansalar yo (bu va'dalar) ular uchun eslatma paydo qilsa.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #320 : 28 Iyul 2008, 08:16:38 »


114. Haqqoniy Podshoh-Alloh oliy zotdir. (Ey, Muhammad,) Sizga (Qur'on) vahiysi adosidan ilgari qiroat qilishga shoshmang va ayting: "Ey, Rabbim, menga ilmni ziyoda et!"

115. Biz ilgari Odam bilan (Jannatdagi bir daraxtga yaqinlashmasligi haqida) ahdlashgan edik, u (ahdni) unutdi va Biz unda azm (qat'iyat)ni ko'rmadik.


Izoh: Taqiqlangan daraxt - uzum yo anjir, yoki olma, yoxud bugdoy ekani haqida rivoyatlar bor.

116. Eslang, Biz farishtalarga: "Odamga sajda qilinglar", deyishimiz bilan sajda qildilar, faqat iblis bosh tortdi.

117. Bas, aytdik: "Ey, Odam, albatta, bu (iblis) senga ham, xotiningga ham dushmandir. Bas, u ikkovingizni jannatdan zinhor chiqarmasinki, baxtsiz bo'lib qolursan.

118. Shubhasiz, sen u joyda (jannatda) och va yalang'och qolmaysan.

119. Va u joyda tashna ham bo'lmaysan, issiqda ham qolmaysan".

120. So'ng shayton unga vasvasa qilib: "Ey, Odam, men senga abadiyat daraxti va chirimas (yo'q bo'lmas) mulkka boshlab boraymi?" - dedi.

121. Bas, (Odam bilan Havvo) undan yeyishlari bilan avratlari ochilib qoldi va o'zlarini jannat yaproqlari bilan to'sa boshladilar. Odam Parvardigoriga osiy bo'lib, yanglishdi.

122. So'ngra Parvardigori uni poklab, tavbasini qabul etdi va hidoyat qildi.

123. (Alloh) aytdi: "Undan (ya'ni, jannatdan) har ikkingiz tushingiz. Ba'zingiz (zurriyotingiz) ba'ziga dushmandir. Bas, sizlarga Men (taraf)dan hidoyat kelganida kim Mening hidoyatimga ergashsa, yo'ldan ozmas va baxtsiz bo'lmas.

124. Kim Mening eslatmamdan yuz o'girsa, bas, albatta, uning uchun tang (baxtsiz) turmush bo'lur va Biz uni qiyomat kunida ko'r holda tiriltirurmiz".

125. U: "Rabbim! Nega meni ko'r holda tiriltirding, axir (oldin) ko'ruvchi edim-ku?!" - deydi.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #321 : 28 Iyul 2008, 08:18:06 »


126. (Alloh) aytur: "Shunday. (Lekin) senga Bizning oyatlarimiz kelganida, ularni unutding. Bugun sen ham ana shunday "unutilursan".

127. Haddan oshgan va Parvardigorining oyatlariga imon keltirmaganlarni mana shunday jazolarmiz. Oxirat azobi esa, shubhasiz, qattiqroq va boqiyroqdir.

128. Biz ulardan ilgari ham ularning maskanlarida (yashab) yurgan qancha avlodlarni (kufrlari sababli) halok qilganimiz ularni to'g'ri yo'lga solmadimi?! Albatta, bunda aql egalari uchun alomatlar bordir.

129. Agar Rabbingiz (tomoni)dan (mukofot va jazolar qiyomatda bo'lishi xususida) So'z va belgilangan muddat bo'lmaganida edi, albatta, (ularga darhol azob berilishi) lozim edi.

130. Bas, (ey, Muhammad,) ular aytayotgan so'zlarga sabr qiling va quyosh chiqishidan ilgari va botishidan avval Rabbingizga hamd bilan (Unga) tasbeh ayting (namoz o'qing)! Kecha(ning boshi va oxirgi) vaqtlarida hamda kunduz(ning avvalgi va oxirgi) taraflarida ham tasbeh ayting (namoz o'qing), shoyad rozilikka erishsangiz.


Izoh: Bu oyatda ham besh vaqt farz namozlarining vaqtlari ko'rsatilgan.

131. Siz (kofirlardan ayrim) toifalarni sinashimiz uchun bahramand qilgan dunyo hayoti go'zalliklaridan iborat narsalarga ko'zlaringizni termultirmang! Rabbingizning rizqi yaxshiroq va boqiyroqdir.

132. Ahlingizni namoz (o'qish)ga buyuring va (o'zingiz ham) unga (namozga) bardoshli bo'ling! Biz Sizdan rizq so'ramaymiz, (aksincha), Biz sizga rizq berurmiz. Oqibat taqvo (ahli) uchundir.

133. (Mushriklar: "Muhammad) Parvardigori tomonidan bizlarga biror hujjat keltirsa edi", - deydilar. Axir, ularga ilgarigi sahifalardagi (ilohiy kitoblardagi) hujjat (Qur'on) kelmadimi?!

134. Agar Biz ularni undan (Muhammad yoki Qur'ondan) ilgari biror azob bilan halok qilganimizda, ular, albatta: "Parvardigoro, bizlarga biror payg'ambar yuborganingda edi, bizlar xor-zor va sharmanda bo'lmay Sening oyatlaringga ergashar edik", - degan bo'lur edilar.

135. (Ey, Muhammad,) ayting: "Barcha(miz) kutuvchidir(miz). Bas, kutaveringlar! Yaqinda kimlar To'g'ri yo'l egalari va kim hidoyat topgan ekanini bilursizlar".
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #322 : 28 Iyul 2008, 18:10:23 »
O’N YETTINCHI JUZ’
*************************



ANBIYO SURASI

Anbiyo - payg'ambarlar. Surada Allohning yakka-yagonaligiga aqliy dalillar, Yeru osmonlar, barcha mavjudotlar Allohning hikmati va qudrati bilan yaratilganligi va boshqa aqida va ibodatga doir oyatlar bayon etiladi. Suraning nomiga monand, unda Ibrohim, Ishoq, Ya'qub, Lut, Nuh, Dovud, Sulaymon, Ayyub, Ismoil, Idris, ZulKifl, Zun-nun (Yunus), Zakariyo va Iso (a. s.)lar to'g'risida ham ma'lumotlar berilgan.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Odamlarga hisobotlari (qiyomat kuni) yaqinlashib qoldi. Ular hanuz g'aflatda, (imon va amaldan) yuz o'giruvchidirlar.

2. Ularga Parvardigorlari (tomoni)dan biror yangi eslatma (oyat) kelsa, albatta, uni o'ynab (masxaralab) turib tinglaydilar.

3. Dillari esa g'ofildir. Zolim (kofir)lar: "Bu (Muhammad) o'zlaringizga o'xshagan bir odam-ku! Ko'rib turib, sehrga (aldanish uchun) kelaverasizlarmi?!" - (deb) o'zaro shivirlashdilar.

4. (Shunda Muhammad) aytdi: "Rabbim osmonu zamindagi (har bir) so'zni bilur. U eshituvchi va biluvchidir".

5. "Balki, - dedilar ular. - (Muhammad vahiy deb da'vo qilayotgan so'zlar) – alg'ov-dalg'ov tushlardir, balki uni o'zi to'qib olgandir, balki u shoirdir. Bas, u ham ilgari yuborilgan payg'ambarlar kabi biror mo''jiza keltirsin!"

6. Ulardan oldin, Biz halok qilgan biror shahar (aholisi) imon keltirgan emas, bas, ular imon keltirarmidilar?!

7. (Ey, Muhammad,) Biz Sizdan ilgari ham faqat erkaklarni o'zimiz vahiy qilgan holda (payg'ambar etib) yuborganmiz. Bas, (ey, Makka ahli,) agar bilmaydigan bo'lsangizlar, (Tavrot, Injilni biladigan) zikr ahlidan so'ranglar!

8. Biz u (payg'ambar)larni taom yemaydigan bir jasad qilgan emasmiz va ular mangu hayot kechiruvchi ham emas edilar.

9. So'ngra (bergan) va'damizga vafo qilib, u (payg'ambar)larga o'zimiz xohlagan imonli kishilar bilan birga najot berganmiz va haddan oshuvchilarni esa halok qilganmiz.

10. Darhaqiqat, sizlarga Kitob (Qur'on) nozil qildik. Unda sizlarning zikringiz bordir. (Buni) anglamaysizlarmi?!
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #323 : 28 Iyul 2008, 18:10:58 »


11. Qanchalab zolim qishloq (ahli)ni halok qildik va ularning ortidan boshqa qavmlarni paydo qildik.

12. Bas, qachonki, ular azobimiz (kelishi)ni sezib qolishgach, birdaniga u joydan qochib qolurlar.

13. (Shu payt farishtalar): "Qochmanglar, maishatga botgan joylaringizga, o'z maskanlaringizga qaytinglar, balkim so'roq qilinursizlar", (deganlarida):

14. (Ular o'zaro): "Ey, holimizga voy! Darhaqiqat, bizlar zolim ekanmiz", - dedilar.

15. Bas, to Biz ularni (giyoh kabi) o'rilgan, (olov kabi) o'chgan (o'lgan) holga keltirgunimizcha shu (hol) ularning da'vo (dod-voy)lari sifatida davom etdi.

16. Biz osmon va Yerni hamda ularning orasidagi narsalarni o'ynab (behuda) yaratganimiz yo'q.

17. Bordiyu, o'yin-kulgi qilishni (xotin va farzand orttirishni) istasak, agar (shunday) qiluvchi bo'lganimizda ham uni o'z huzurimizdan (ya'ni, farishtalardan yoki jannat hurlaridan) qilgan bo'lur edik.

18. Yo'q, (Biz) Haq (Qur'on)ni botil (jaholat)ning ustiga tashlaymiz, bas, uni ezib yuborgach, bexos (botil) yo'q bo'lur. Sizlarga esa (ey, mushriklar, Allohning bunday) sifatlaganingiz sababli holingizga voy!

19. Osmonlar va Yerdagi borliq Unikidir. Uning huzuridagi zotlar (farishtalar) Uning ibodatidan orlanmaydilar ham, charchamaydilar ham.

20. Ular tunu kun sustkashlik qilmasdan (Allohga) tasbeh aytadilar.

21. Yoki ular (mushriklar) yerdan (tosh, yog'ochlardan o'liklarni) tiriltira oladigan "ilohlarni" o'zlashtirdilarmi?!

22. Agar ikkisi (Yer va osmon)da Allohdan o'zga ilohlar bo'lganida, har ikkisi buzilib ketgan bo'lur edi. Bas, Arsh egasi bo'lmish Alloh ular sifatlayotgan (sheriklardan) pokdir.

23. U o'zi qiladigan biror narsa haqida javobgar emas, balki ular (bandalar) javobgardirlar.

24. Yoki Uni qo'yib (boshqa) "iloh"larni o'zlashtirdilarmi?! (Ey, Muhammad,) ayting: "Hujjatingizni keltiringiz! Mana shu men bilan birga bo'lgan (mo'minlarning) eslatmasi (Qur'on) va mendan avvalgilarning eslatmalari (Tavrot, Injil). Yo'q, ularning aksariyati Haqiqatni bilmay turib, (Undan) yuz o'giruvchilardir".
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #324 : 28 Iyul 2008, 18:11:33 »


25. (Ey, Muhammad,) Sizdan ilgari Biz yuborgan har bir payg'ambarga ham: "Mendan o'zga iloh yo'q, bas, Menga ibodat qilinglar", - deb vahiy yuborgandirmiz.

26. Ular (ya'ni mushriklar): "Rahmonning (farishtalardan) bolasi bor", - deydilar. U esa bundan mutlaqo pokdir! Yo'q, (farishtalar) azizu mukarram bandalardir.

27. (Farishtalar) Undan ilgari biror so'z aytmaydilar. Ular (Allohning) amri bilangina ish qilurlar.

28. (U) ularning oldilaridagi (qiladigan) va orqalaridagi (qilib o'tgan) ishlarini bilur. Ular faqat (Alloh) rozi bo'lgan kishilarnigina shafoat qilurlar. Ularning (o'zlari) Undan xavfsirab qo'rqib tururlar.

29. Ulardan qaysi biri: "Men ham (Allohdan) o'zga bir ilohman", desa, bas, Biz o'shani jahannam bilan jazolaymiz. Barcha zolimlarni ana shunday jazolaymiz.

30. Kofir bo'lganlar osmonlar ham, Yer ham (avvalda) yaxlit bo'lganini, bas, Biz ularni yorib yuborganimizni va barcha tirik mavjudotni suvdan (paydo) qilganimizni ko'rmadilarmi?! Endi ham imon keltirmaydilarmi?!

31. Yer ularni (odamlarni) tebratmasin uchun unda tog'larni (paydo) qildik va yo'l topib yurishlari uchun unda keng dara va yo'llarni paydo qildik.

32. Osmonni saqlanib turuvchi tom qilib qo'ydik. Ular (mushriklar) esa ularning alomatlaridan yuz o'giruvchidirlar.

33. U kecha va kunduzni, quyosh va oyni yaratgan zotdir. (Bu ikkisining) har biri falakda suzib yurar.

34. (Ey, Muhammad,) Biz sizdan avval biror odamzotga mangu hayot bergan emasmiz, Siz o'ladiganu, ular mangu qoluvchilarmi?!

35. Har bir jon o'limni totuvchidir. Biz sizlarni yomonlik bilan ham, yaxshilik bilan ham sinab, imtihon qilurmiz. (Keyin) faqat bizgagina qaytarilursizlar.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #325 : 28 Iyul 2008, 18:12:16 »


36. (Ey, Muhammad,) qachon kofir bo'lganlar Sizni ko'rsalar, faqat (bir-birlariga Sizni ko'rsatishib): "Ilohlaringizni ayblaydigan kimsa mana shumi?" - (deyishib) masxara qiladilar. Holbuki, ularning o'zlari Rahmonning zikri (Qur'on)ni inkor etuvchilardir.

37. (Haqiqatan) inson shoshqaloq qilib yaratilgandir. Yaqinda Men sizlarga o'z alomatlarimni ko'rsaturman. Bas, Meni shoshiltirmangiz!

38. Ular: "Agar rostgo'y bo'lsangiz (aytinglar-chi), mana shu va'da qachon bo'ladi?" - derlar.

39. Agar kofir bo'lganlar na oldilaridan va na ortlaridan olovni to'sa olmay qolishadigan, ularga yordam berilmaydigan vaqtni (qiyomat kuni shiddatini) bilsalar edi, (bu so'zlarni aytmagan bo'lur edilar).

40. Yo'q, (qiyomat) to'satdan kelib, ularni hayronu lol qilib qo'yar, bas, uni qaytarishga kuchlari yetmas, ularga (tavba uchun) muhlat ham berilmas.

41. (Ey, Muhammad,) aniqki, Sizdan avvalgi payg'ambarlar ham masxara qilingan. Bas, ularning ustidan kulgan kimsalarni o'zlari masxara qilgan narsalari (Allohning azobi) qamrab olgandir.

42. Ayting: "Kechasiyu kunduzi sizlarni Rahmon (azobi)dan kim saqlay olur?!" Yo'q, ular Parvardigorlari zikridan yuz o'giruvchilardir.

43. Yoki ularda Bizdan o'zga himoya qiladigan "ilohlar" bormi?! Ular o'zlariga yordam qilishga ham qodir emaslar va ular Biz (tomon)dan ham himoya qilinmaslar.

44. Yo'q, Biz ularni (kofirlarni) va ota-bobolarini (dunyo matolaridan shunday) foydalantirdikki, hatto ularga umr uzun ko'rindi. Axir, ular Biz yerni atrofidan kamaytirib kelayotganimizni (kufr dunyosi qisqarib borayotganini) ko'rmaydilarmi?! Bas, ular g'olibmilar?!
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #326 : 28 Iyul 2008, 18:12:57 »


45. Ayting: "Men sizlarni faqat vahiy bilan ogohlantirurman. (Lekin) "karlar" ogohlantirilayotgan vaqtlarida da'vatni eshitmaydilar".

46. Qasamki, agar ularga Rabbingizning azobidan andak yetsa, albatta, ular: "Holimizga voy! Darhaqiqat, bizlar (o'zimizga) zolim ekanmiz", - deb qolurlar.

47. Biz qiyomat kuni uchun adolatli tarozilar qo'yurmiz, bas, biror jonga zarracha zulm qilinmas. Agar xantal (o'simligi) urug'idek (yaxshi yoki yomon amali) bo'lsa ham, o'shani keltirurmiz! Biz o'zimiz yetarli hisob-kitob qiluvchidirmiz.

48. Darhaqiqat, Biz Muso va Horunga Furqon (Tavrot), ziyo va taqvodor kishilar uchun eslatma ato etdik.

49. Ular Parvardigorlaridan g'oyibona qo'rqurlar va qiyomatdan ham ular xavfda turuvchilardir.

50. Bu (Qur'on) Biz nozil qilgan muborak eslatmadir. Hali sizlar uni inkor qiluvchimisizlar?!

51. Darhaqiqat, Biz (Musodan) ilgari Ibrohimga to'g'ri yo'lni ato etdik. Biz uni biluvchimiz.

52. O'shanda (Ibrohim) otasi va qavmiga: "Sizlar doimo sig'inadigan bu haykallar nimadir?!" - dedi.

53. (Ular) aytdilar: "Bizlar ota-bobolarimizni ularga sig'ingan holda topganmiz".

54. (U) dedi: "Darhaqiqat, sizlar ham, ota-bobolaringiz ham ochiq zalolatda ekansizlar".

55. (Ular) aytdilar: "Bizga haq narsani keltirdingmi yoki sen o'yin qiluvchilardanmisan?"

56. (U) dedi: "Yo'q! Sizlarning Rabbingiz (butlar emas, balki) osmonlar va Yerning Parvardigoriki, ularni o'zi yaratgandir. Men bunga guvohlik beruvchilardandirman.

57. Alloh nomiga qasamki, sizlar o'girilib (bayramga) ketganlaringizdan keyin butlaringizga makr (hujum) qilurman".
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #327 : 28 Iyul 2008, 18:13:37 »


58. Bas, u (butlarni) parchalab tashladi. Faqat, "(mushriklar butlarning) kattasiga qaytsinlar" (deb) o'shanigina (qoldirdi).

59. Ular (qaytib kelib): "Bizning ilohlarimizni kim bunday qildi? (Kim bo'lsa ham) u zolimlardan ekan", - dedilar.

60. Ular (ayrimlari) aytishdi: "Ularni gapirib (ayblab) yuradigan Ibrohim degan bir yigitni eshitgandik".

61. (Shunda ularning kattalari): "Uni odamlar oldiga keltiringiz, shoyad ular guvoh bo'lishsa", - deyishdi.

62. (Uni keltirishgach): "Ilohlarimizni sen shunday qildingmi, ey, Ibrohim?" - deb (so'rashdi).

63. (Ibrohim) aytdi: "Yo'q, bu ishni ularning kattasi - mana bu (haykal) qildi. Bas, ulardan so'ranglar, agar gapira olsalar".

64. Bas, (mushriklar) o'zlariga (hushlariga) kelib (bir-birlariga): "Sizlar o'zingiz zolimlarsiz", - dedilar.

65. So'ngra, yana boshlari aylanib: "Sen ularning gapirmasliklarini yaxshi bilardingku?!" - deyishdi.

66. (Ibrohim) aytdi: "Axir, Allohni qo'yib, sizlarga biror foyda ham, ziyon ham yetkaza olmaydigan narsalarga sig'inasizlarmi?!

67. Sizlarga ham, Allohni qo'yib sig'inayotgan butlaringizga ham tuf-ye! Axir, aql yurgizmaysizlarmi?!"

68. (Namrud boshchiligidagi mushriklar) dedilar: "Uni yoqib yuboringlar! Agar qiluvchi bo'lsalaring (shu ish bilan) ilohlaringizga yordam qilinglar!"


Izoh: Mushriklar katta olov yoqib, Ibrohim (a. s.)ning qo'l-oyoqlarini bog'lab, bir manjaniqqa (tosh otish quroli) solib olovga otdilar.

69. Biz aytdik: "Ey, olov, Ibrohim uchun salqin va omonlik bo'l!"

70. Ular (Ibrohimga) makr qilmoqchi bo'ldilar. Biz esa ularning o'zlarini ko'proq ziyon ko'ruvchi qilib qo'ydik.

71. Unga hamda Lutga najot berib, (ularni) Biz barcha olamlar uchun muborak qilgan yer (Shom)ga (yubordik).

72. Biz (Ibrohimga) Ishoqni hadya etdik va Ya'qubni ham (nabira qilib) qo'shib berdik hamda barchalarini solih kishilar qildik. [/b
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #328 : 28 Iyul 2008, 18:14:30 »


73. Yana ularni Bizning amrimiz bilan (odamlarni) hidoyat etadigan peshvolar qildik va ularga yaxshi amallar qilishni, namozni to'la ado etishni va zakot berishni vahiy qildik. Ular Bizgagina ibodat qiluvchi bo'ldilar.

74. Lutga esa hikmat va ilm ato etdik va uni iflos ishlar qiluvchi qishloq (ahli)dan qutqardik. Darhaqiqat, ular yomon, buzuq qavm edilar.

75. Uni (Lutni) o'z rahmatimizga doxil qildik. Haqiqatan, u solihlardandir.

76. Nuhni (eslang), u ilgari nido qilganida, Biz uni (nidosini) mustajob qilib, o'zini va ahlini buyuk g'amdan qutqardik.


Izoh: Buyuk g'am - to'fon balosi.

77. Unga oyatlarimizni yolg'onga chiqargan qavm ustidan g'alaba ato etdik. Darhaqiqat, ular yomon qavm edilar. Bas, ularni barchasini g'arq qilib yubordik.

78. Dovud va Sulaymonning ekinzor xususida hukm qilgan kezlarini (eslang). O'shanda unga qavmining qo'ylari (tunda) kirgan (va uni payhon qilgan) edi. Biz ularning (chiqargan) hukmiga shohid edik.

79. Bas, Biz uni Sulaymonga anglatdik. Biz har ikkisiga hikmat (payg'ambarlik) va ilm ato etdik. Tog'lar va qushlarni Dovud bilan birga tasbeh aytadigan qilib bo'yin sundirib qo'ydik. Biz shunday qila oluvchidirmiz.


Izoh: Rivoyat. Dovud bilan Sulaymon (a. s.)lar huzuriga ikki da'vogar kelib, ulardan birining qo'ylari ikkinchisining ekinzoriga kirib, payhon qilib ketganini aytib, fatvo so'raydilar. Dovud (a. s.) qo'ylar ekinzor egasiga berib yuborilsin, deydilar. Shunda Sulaymon (a. s.) bu hukmga e'tiroz bildirib, qo'ylarni ekinzor egasiga, yerni esa qo'ylarning egasiga berib, ekinzorni avvalgi holiga keltirgandan keyin qo'ylarni qaytarib berishga, bu vaqtgacha tug'ilgan qo'zilar esa ekinzor egasida qoldirilishini taklif etadilar. Dovud (a. s.) bu hukmga rozi bo'ladilar.

80. Unga (Dovudga) sizlarga ziyon yetishdan saqlaydigan sovut yasash san'atini ta'lim berdik. Bas, sizlar shukr qiluvchimisizlar?!

81. Sulaymonga esa bo'ronli shamolni (bo'yin sundirib), uning amri bilan Biz muborak qilgan zamin (Shom) sari esadigan (qilib qo'ydik). Biz barcha narsani biluvchidirmiz.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #329 : 28 Iyul 2008, 18:15:23 »


82. Yana shayton (jin)lardan u (Sulaymon) uchun g'avvoslik qiladigan va bundan boshqa ishlarni ham ado etadiganlarini (yaratdik). Yana Biz ularni qo'riqlab turuvchi bo'ldik.

83. Ayyubning esa Parvardigoriga nido qilib: "(Parvardigorim,) menga musibat yetishdi. O'zing rahmlilarning rahmlirog'idirsan", - deb iltijo qilgan paytini (eslang).

84. Bas, Biz uni (duosini) mustajob qilib, undagi zahmatni ketkazdik hamda o'z huzurimizdan mehribonlik ko'rsatib, barcha ibodat qiluvchilarga eslatma bo'lsin, deb (Ayyubga) oilasini va ular bilan qo'shib, yana ularning barobarida ahlu avlod ato etdik.


Izoh: Ayyub payg'ambar qadimdan sabr-toqat bobida mashhuri jahon bo'lib, u zarbul-masalga aylanib ketgan. Zero, u shaytonning hasadiga javoban Allohning yuborgan barcha musibat va dardlariga sabr qilgan, shikoyat qilmagan. Bu ishlarning ajrini yorug' dunyoda qisman olishga muyassar bo'lganlar.

85. Ismoil, Idris va Zul-kiflni (eslang). Barchalari sabr qiluvchilardandir.

86. Biz ularni o'z rahmatimizga doxil qildik. Darhaqiqat, ular solih zotlardandir.

87. Zunnun (Yunus)ning (o'z qavmidan) g'azablangan holda (qishlog'idan chiqib) ketib, Bizni unga qarshi chiqa olmaydi, deb o'ylagan paytini, so'ng (Biz uni baliq qorniga tashlaganimizdan keyin) qorong'u zulmatlar ichra: "Sendan o'zga iloh yo'qdir. Sen (barcha) nuqsonlardan pokdirsan. Darhaqiqat, men (o'zimga) zulm qiluvchilardan bo'ldim", - deb nido qilgan (paytini eslang)!

88. Bas, Biz uning (duosini) mustajob qildik va uni g'amdan qutqardik. Biz mo'minlarga mana shunday najot berurmiz.

89. Zakariyoning: "Ey, Rabbim, meni yolg'iz tashlab qo'yma (merosxo'r farzand ato et), o'zing vorislarning yaxshirog'idirsan", - deb nido qilgan paytini (eslang).

90. Bas, Biz uni (duosini) mustajob qildik va unga Yahyoni ato etdik hamda jufti (haloli)ni o'nglab (tug'adigan qilib) qo'ydik. Darhaqiqat, ular (mazkur payg'ambarlar) yaxshi ishlarni qilishga shoshar va Bizga rag'bat va qo'rquv bilan duo qilar edilar hamda Bizga itoat etuvchi edilar.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

 

Qur'oni karim. Alouddin Mansur tarjima va sharhi

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 607
Ko'rilgan: 559902
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 02:24:55
muallifi AbdulAziz
Qur'oni karim tafsir va tarjimalari

Muallif AbdulAzizBo'lim Islom

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 26362
So'nggi javob 30 Oktyabr 2009, 18:41:42
muallifi yoqimtoyqiz
Qur'oni karim oyatlari rasmlarda

Muallif MuhammadBo'lim Islomiy media

Javoblar: 36
Ko'rilgan: 26903
So'nggi javob 02 Yanvar 2009, 17:29:09
muallifi zuhrahon
Qur'oni Karim mo'jizalari

Muallif RobiyaBo'lim Islomiy media

Javoblar: 17
Ko'rilgan: 16335
So'nggi javob 13 Aprel 2008, 00:32:30
muallifi lolo
Qur'oni karim nomlari

Muallif Muhammad AminBo'lim Islom

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 4166
So'nggi javob 13 Noyabr 2007, 11:13:48
muallifi Muhammad Amin