Muallif Mavzu: Qur'oni karim. Abdulaziz Mansur tarjima va sharhi  ( 498525 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 3 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #345 : 28 Iyul 2008, 18:31:16 »


43. Hech bir ummat o'z ajalidan o'zib ham keta olmas, (uni) ortga ham sura olmas!

44. So'ngra paydar-pay payg'ambarlar yubordik. Har gal biror ummatga (o'z) payg'ambari kelsa, uni inkor etdilar. Bas, Biz ularni birin-ketin (halok) qildik va ularni (odamlar og'zida yuradigan) gapga aylantirib qo'ydik. Bas, imon keltirmaydigan qavmga halokat bo'lgay!

45. So'ngra Biz Muso va uning birodari Horunni mo''jizalarimiz va aniq hujjat bilan yubordik.

46. Fir'avn va uning zodagonlariga (payg'ambar qilib yubordik). Ular esa kibr-havo qildilar. Ular mutakabbirlar qavmi edilar.

47.Bas, aytdilar: "Xuddi o'zimizga o'xshagan ikki kishiga imon keltiramizmi?! Holbuki, ularning qavmi (Isroil avlodi) bizlarga quldirlar".

48. Bas, ikkisini yolg'onchiga chiqarishib, halok qilinuvchilardan bo'ldilar.

49. Darhaqiqat, Musoga hidoyat topishlari uchun Kitob (Tavrot)ni ato etdik.

50. (Keyin) Maryamning o'g'li (Iso)ni va uning onasini alomat qildik va ikkisini bir oqin suvli baland qarorgohga joyladik.

51. (Payg'ambarlarimizga shunday dedik): "Ey, payg'ambarlar! Pok (taom)lardan yenglar va ezgu (ish) qilinglar! Albatta, Men qilayotgan ishlaringizni biluvchidirman.

52. Albatta, u (ya'ni, diningiz) bir millat (ya'ni, Islomdir). Men esa sizlarning Rabbingizdirman, bas, Mendan qo'rqingiz!"

53. So'ng (odamlar) ishlarini (dinlarini) turlarga bo'lib yubordilar. Har bir guruh o'z oldilaridagi narsa (din) bilan mamnundirlar.

54. Bas, (ey, Muhammad,) Siz ularni (ma'lum) vaqtgacha o'z g'aflatlarida qoldiring!

55. Biz ularga berayotgan boylik va farzandlarni

56. o'zlari uchun yaxshiliklarni tezlatishimiz (belgisi) deb hisoblaydilarmi?! Yo'q, ular (buning hikmatini) sezmaydilar!

57. Albatta, Parvardigorlaridan qo'rqib, xavfda turuvchilar,

58. Parvardigorlarining oyatlariga imon keltiradiganlar,

59. Parvardigorlariga shirk keltirmaydiganlar,
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #346 : 28 Iyul 2008, 18:31:55 »


60. shuningdek, sadaqalarini (qiyomatda) Parvardigorga qaytuvchi ekanlaridan dillari qo'rqib turgan holda beradigan kishilar,

61. aynan o'shalar yaxshiliklarni qilishga shoshurlar va unda o'zuvchidirlar.

62. Biz hech bir jon (egasi)ni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaymiz. Bizning dargohimizda faqat haqni so'zlaydigan bitik bordir. Ularga zulm qilinmas.


Izoh: Bitik - Lavhul-Mahfuz yoki har bir kishining nomai a'moli.

63. Yo'q, (kofirlarning) dillari bundan g'aflatdadir. Ular uchun bundan boshqa o'zlari qiluvchi bo'lgan (befoyda) ishlar bordir.

64. Toki Biz ularning to'q (mag'rur) yashaydiganlarini (biror) azobga giriftor qilganimizda, bexos ular faryod qilurlar.

65. "Bugun endi faryod qilmangiz! Albatta, sizlarga Biz (tomon)dan yordam berilmas.

66. (Chunki) sizlarga oyatlarim tilovat qilinganida, sizlar ortingizga qarab yurgan edingiz.

67. ("Baytulloh haramidamiz", deb) u bilan mutakabbirlik qilib, tungi suhbatlaringizda (Qur'on xususida) behuda so'zlarni aytar edingizlar".

68. Axir, ular bu So'zni (Qur'onni) tafakkur qilib ko'rmadilarmi yoki ularga avval o'tgan ota-bobolariga kelmagan narsa keldimi?!

69. Yoki o'z payg'ambarlarini tanimay uni inkor qiluvchi bo'ldilarmi?!

70. Yoxud: "Unda (Muhammadda) jinnilik bor", - deydilarmi?! Yo'q! (U) ularga haqiqatni keltirdi. Ularning aksariyati esa, haqiqatni yomon ko'ruvchilardir.

71. Agar Haq (Alloh) ularning havoyi nafslariga ergashsa edi, albatta, osmonlar, Yer va ulardagi bor jonzot buzilib (halok) bo'lgan bo'lur edi. Yo'q, Biz ular uchun eslatma keltirdik, ular esa, o'zlariga (kelgan) eslatmadan yuz o'giruvchidirlar.

72. (Ey, Muhammad,) yoki Siz ulardan xarj (haq) so'ramoqdamisiz! Rabbingizning xarji (ajri) yaxshiroqdir. U eng yaxshi rizq beruvchidir!

73. Albatta, Siz ularni faqat to'g'ri yo'lga da'vat qilursiz.

74. Oxiratga imon keltirmaydiganlar yo'ldan ozuvchidirlar.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #347 : 28 Iyul 2008, 18:32:25 »


75. Agar Biz ularga rahm qilsak va ulardagi narsani (qahatchilikni) aritsak, shaksiz, ular yana o'z tug'yonlarida gangib yurishgan bo'lur edilar.

76. Mana, Biz ularni azobga tutdik. Ular esa na Parvardigorga bo'yin egdilar va na (tavba) tazarru qildilar.

77. To qachonki, Biz ularga qattiq azob (qahatchilik) eshigini ochib qo'yganimizda esa, bexos ular noumid bo'luvchidirlar.

78. U (Alloh) sizlar uchun quloq(lar)ni, ko'zlarni va dillarni paydo qilgan zotdir. (Sizlar bunga) juda kam shukr qilursizlar.

79. U sizlarni yer yuzida (yaratib, so'ngra) taratgan zotdir. Sizlar (qiyomat kuni) Uning huzuriga to'planursizlar.

80. U tiriltiradigan va o'ldiradigan zotdir. Kecha va kunduzning o'zgarib turishi ham Unga (bog'liq)dir. Axir, aql yurgizmaysizlarmi?!

81. Yo'q, ular ham xuddi avvalgilar aytgan so'zlarni aytdilar.

82. Dedilar: "Bizlar o'lib, tuproq va suyaklarga aylanganimizda, yana qayta tiriluvchimizmi?!

83. Darvoqe, bizlarga ham, ota-bobolarimizga ham oldin mana shu va'da qilingan edi. Bu faqat avvalgilarning afsonalaridir!"

84. (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "Agar biluvchi bo'lsangizlar (aytinglar-chi), Yer va undagi bor jonzot kimniki?"

85. Ular: Albatta, "Allohnikidir", - derlar. Ayting: "Bas, (shundan) eslatma olmaysizlarmi?!"

86. Ayting: "Yetti osmonning Rabbi hamda ulug' Arshning Rabbi kimdir?"

87. Ular: "(Bular ham) Allohnikidir",- derlar. Ayting: "Axir qo'rqmaysizlarmi?!"

88. Ayting: "Agar bilsangizlar (aytinglarchi), barcha narsaning hukmronligi "qo'li"da bo'lgan, o'zi (barchaga) homiylik qiladigan, Unga qarshi homiylik qilinmaydigan zot kimdir?"

89. Ular: "(Bular ham) Allohnikidir", - derlar. Ayting: "Bas, (unda) nechuk sehrlanmoqdasizlar?!"
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #348 : 28 Iyul 2008, 18:33:22 »


90. Yo'q! Biz ularga (qayta tirilishlari haqidagi) haqiqatni keltirdik. Ular esa hanuz yolg'onchidirlar.

91. Alloh farzand tutgan emas va U bilan birga biror iloh bo'lgan emasdir. Aks holda, albatta, har bir iloh o'zi yaratgan narsa bilan ketib, bir-biridan ustun bo'lib olur edilar (natijada Yeru osmon buzilib ketgan bo'lur edi). Alloh ular aytayotgan sifatlardan pokdir.

92. U maxfiy (sir) va oshkora (gap va ishlar)ni biluvchidir. Bas, keltirayotgan shirklaridan U oliy (pok)dir.

93. Ayting: "Ey, Rabbim, menga (kofirlarga) va'da qilinayotgan narsa (azob)ni, ko'rsatsangchi?!

94. Ey, Rabbim! (o'shanda) meni u zolimlar qavmi ichida qilmagin!"

95. Albatta, Biz ularga va'da qilayotgan narsa (azob)ni Sizga ko'rsatishga qodirdirmiz.

96. Siz (ular qilayotgan) yomonlikni go'zal (so'zlar) bilan daf eting! Biz ular sifatlayotgan narsani yaxshi biluvchidirmiz.

97. Ayting: "Ey, Rabbim! Men Sendan shaytonlarning vasvasalaridan panoh berishingni so'rayman.

98. Yana men Sendan ey, Rabbim, ular mening huzurimga kelishlaridan panoh so'rayman".

99. Toki ulardan (mushriklardan) birortasiga o'lim kelganida: "Ey, Rabbim! Meni (yana hayotga) qaytaringlar.


Izoh: Bu yerdagi iltijoda Allohga ko'plik lafzini ishlatishlik Uni birdan ko'p deyish uchun emas, balki mubolag'a uchun ko'p marta "Alloh" lafzini aytish o'rnida ishlatishdir.

100. Shoyad, men tark etgan joyim (dunyo)da yaxshi amal qilsam", - der. Yo'q! (U aslo qaytarilmas). Bu haqiqatan u aytuvchisi bo'lgan so'zdir. Ularning ortida, to qayta tiriladigan kunlarigacha, (ikki dunyo o'rtasini to'sib turadigan) bir to'siq bordir.

Izoh: Bu dunyo bilan oxirat o'rtasini ajratib turadigan makon va zamon arab tilida "barzax" deyiladi.

101. Bas, qachonki, sur chalinganida (qiyomat boshlanganida,) ana o'sha kuni ularning o'rtalarida (hech qanday) nasablar qolmas va ular o'zaro savol-javob ham qila olmaslar.

102. Bas, kimning (yaxshilik) mezonlari og'ir kelsa, bas, ana o'shalar iqbollidirlar.

103. Kimning mezonlari yengil bo'lsa, bas, ana o'shalar o'zlariga ziyon qilibdilar. Ular jahannamda mangu qoluvchidirlar.

104. Yuzlarini o't kuydirgach, ular u yerda badbashara bo'lib qoluvchidirlar.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #349 : 28 Iyul 2008, 18:33:57 »


105. (Ularga): "Sizlarga mening oyatlarim tilovat qilinar, sizlar esa ularni yolg'onga yo'ygan emasmidingizlar?!" (deyilganida),

106. ular deydilar: "Ey, Rabbimiz! Badbaxtligimiz bizlarga g'olib kelib, adashgan qavm bo'lib qolgan ekanmiz.

107. Parvardigoro, bizlarni (jahannamdan dunyoga) chiqargin. Bas, agar yana (kufr va tug'yonga) qaytsak, u holda biz shaksiz (o'zimizga) zulm qiluvchidirmiz".

108. (Alloh) aytadi: "(Jahannamda) xor bo'lingiz va Menga so'z qotmangiz!

109. Darvoqe, Mening bandalarim ichida bir guruh bor edi. Ular: "Ey, Rabbimiz! (o'zingga) imon keltirdik. Bas, bizlarni mag'firat qilgin va bizlarga rahm ayla. Sen o'zing rahm qiluvchilarning yaxshisidirsan", - der edilar.

110. Bas, sizlar ularni masxara qildingiz, hatto ular (bu kulish) sizlarga Meni eslashni unuttirdi. Sizlar ulardan kulgan edingiz.

111. Men bugun ularni sabr qilganlari sababli mukofotladim - ular haqiqatan yutuqqa erishuvchidirlar".

112. "Yerda yillar hisobi bo'yicha qancha turdingizlar?" - deydi (Alloh).

113. Ular aytadilar: "Bir kun yoki yarim kun. Sanab turuvchi (farishtalar)dan so'ragin!"

114. (Alloh) deydi: "Agar sizlar biladigan bo'lsangizlar, (dunyoda) juda oz turdingizlar.

115. Yoki sizlarning gumoningizcha, Biz sizlarni behuda yaratdigu, sizlar Bizning huzurimizga qaytarilmaysizlarmi?!"

116. Zotan, haqqoniy Podshoh - Alloh yuksakdir. Undan o'zga iloh yo'qdir va (U) ulug' Arshning rabbidir.

117. Kimki o'zida hech qanday hujjat bo'lmagan holda Alloh bilan birga boshqa (biror) "iloh"ga iltijo qilsa, bas, uning hisob-kitobi Parvardigorning huzuridadir. Albatta, kofir bo'lganlar najot topmaslar!

118. (Ey, Muhammad,) ayting: "Ey, Rabbim! (gunohlarimizni) mag'firat et va (holimizga) rahm ayla! Sen (o'zing) rahm qiluvchilarning yaxshisidirsan!".
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #350 : 28 Iyul 2008, 18:35:02 »


NUR SURASI

Surada Allohning Yeru osmonlar nuri ekani va bu nur haqida tafsir berilgani uchun unga "Nur surasi" deb nom berilgan. Ijtimoiy hayotning illatlaridan biri sifatida zinokorlik Islom shariati bo'yicha ulkan gunoh sanalishi, u isbotlangan taqdirda bu fahsh ishga qo'l urgan ikki tomonga belgilanadigan jazolar, shuningdek, birovni badnom qilish uchun uyushtirilgan soxta guvohlar o'z da'volarini isbotlay olmagan taqdirda o'zlarining jazolanishi, insonning izzat va obro'sini to'kishdan saqlanishning zarurligi, nikohli turmush qurishning ahamiyati va boshqa muhim masalalar surada o'z aksini topgan.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. (Ushbu) Biz nozil qilgan va (hukmlarini) farz qilgan bir suradirki, unda sizlar eslatma olishingiz uchun aniq oyatlarni nozil qildik.

2. Zinokor ayol va zinokor erkakning har biriga yuz darra uringlar. Agar Allohga va oxirat kuniga imon keltiruvchi bo'lsangizlar, Allohning dini (hukmi)da sizlarni ularga (zinokorlarga) nisbatan rahm-shafqat (tuyg'ulari) tutmasin! Ularning jazolanishiga bir guruh mo'minlar hozir bo'lsinlar!


Izoh: Yuz darra urish jazosi uylanmagan erkak va turmushga chiqmagan ayol uchundir. Suraning shu joyidagi uylangan va turmushdagi ayolga beriladigan jazo hukmiga doir oyat matni Qur'ondan Payg'ambarimiz amri bilan olib tashlangan. Demak, mazkur oyat o'qilmasa-da, hukmi boqiy qoldirilgan. Hukm esa ularni toshbo'ron qilishdir.

3. Zinokor erkak faqat zinokor ayolga yoki mushrikaga uylanur. Zinokor ayolga faqat zinokor erkak yoki mushrik uylanur. Va bu (ya'ni, zino) mo'minlarga harom qilindi.

4. Iffatli ayollarni (zinokor deb) badnom qilib, so'ngra (bu da'volariga) to'rtta guvoh keltira olmagan kimsalarni sakson darradan uringlar va abadul-abad ularning guvohliklarini qabul qilmanglar! Ana o'shalar fosiqlardir.

5. Magar so'ngra tavba qilib, (o'zlarini) tuzatgan kishilargina (fosiq emasdirlar). Zero, Alloh mag'firatli va rahmlidir.

6. O'zlaridan boshqa guvohlari bo'lmagan holda o'z xotinlarini (buzuq deb) badnom qiladigan (er)larning har biri o'zini shubhasiz rostgo'ylardan deb, Alloh nomiga to'rt (marta) guvohlik berishi (vojibdir).

7. Beshinchi (guvohligi esa) agar yolg'onchilardan bo'lsa, unga Allohning la'nati (yog'ilishini so'rashidir).

8. "U (ya'ni eri) albatta yolg'onchilardan", - deb Alloh nomiga to'rt marta guvohlik berishi, u (ayol)dan jazoni daf qilur.

9. (U ayol)ning beshinchi (guvohligi esa), agar (eri) rostgo'ylardan bo'lsa, o'ziga Allohning g'azabi tushishini so'rashidir.

10. Agar sizlarga Allohning fazli bo'lmaganida va Alloh tavbalarni qabul qiluvchi, hikmat sohibi bo'lmaganida edi (er yoki xotin sharmanda bo'lur edi).
« So'nggi tahrir: 28 Iyul 2008, 18:36:37 muallifi AbdulAziz »
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #351 : 28 Iyul 2008, 18:36:09 »


11.Albatta, (bu) bo'htonni (vujudga) keltirgan kimsalar o'zlaringizdan bo'lmish bir to'dadir. Uni (bo'htonni) sizlar o'zlaringiz uchun yomonlik deb o'ylamangizlar, balki u sizlar uchun yaxshidir. Ulardan (bo'htonchilardan) har bir kishi uchun o'zi orttirgan gunoh (jazosi) bordir. Ularning orasidagi (gunohning) kattasini ko'targan kimsa uchun esa ulkan jazo bordir.

Izoh: Bu oyatdagi bo'hton qissasi bunday bo'lgan. Payg'ambarimiz Muhammad (a. s.) bir jangdan Madinaga qaytib kelayotganlarida, bir joyda dam oladilar. Shu payt Oisha onamiz hojat uchun bir chekkaroq joyga ketadilar. To qaytib kelgunlaricha karvon ketib qolgan bo'ladi. Faqat Safvon ismli bir sahobiy orqadan qolgan narsalarni yig'ib ketayotib, Oisha onamizni ko'rib qoladi va tuyasiga mindirib, karvonga yetib boradi. Buni ko'rgan ba'zi munofiqlar turli mish-mishlarni tarqatib, zavjai mutahharani badnom qilmoqchi bo'ladi. Bu quruq tuhmatdan hatto Payg'ambar (a. s.) shubhalanishga majbur bo'lib, bir oy mobaynida zavjalaridan arazlab yuradilar. Lekin yolg'onning umri qisqalik qilib, Oisha onamizning pok ekanligi to'g'risida alohida oyatlar nozil bo'ladi. Bo'hton to'quvchilarning peshvosi Abdulloh ibn Ubayga beriladigan jazo ham mazkur oyatlarda qayd etiladi.

12. (Ey, mo'minlar,) sizlar (bu bo'htonni) eshitgan paytingizda mo'min va mo'minalar o'zlari (bir-birlari) haqida yaxshilikni o'ylab: "Bu aniq bo'hton-ku!" - desalar bo'lmasmidi?!

13. Ular (Oyshani badnom qilmoqchi bo'lganlar) to'rtta guvoh keltirsalar bo'lmasmidi?! Endi agar guvoh keltira olmasalar, demak, Alloh nazdida ular yolg'onchidirlar.

14. Agar sizlarga dunyo va oxiratda Allohning fazli bo'lmasa edi, albatta, so'zlagan lofingiz sababli sizlarni ulkan jazo tutgan bo'lur edi.

15. O'shanda sizlar uni tildan tilga ko'chirib, og'izlaringiz bilan o'zlaringiz aniq bilmagan narsani so'zlar va buni yengil fahmlar edingizlar. Holbuki, u Alloh nazdida ulkan (gunoh)dir.

16. Uni eshitgan paytingizd: "Bu (mish-mishni) gapirish biz uchun joiz emasdir. Ey, pok Parvardigor, bu ulug' bo'hton-ku!"-desangizlar bo'lmasmidi?!

17. Agar mo'min bo'lsangizlar, sira unga o'xshagan narsalarga qaytmasliklaringizni Alloh sizlarga nasihat qilur.

18. Alloh sizlarga (O'z) oyatlarini bayon qilur. Alloh ilm va hikmat sohibidir.

19. Albatta, imon keltirgan kishilar o'rtasida (yomon gaplar) yoyilishini istaydigan kimsalar uchun dunyoda ham, oxiratda ham alamli azob bordir. Alloh bilur, sizlar esa bilmassizlar.

20. Agar sizlarga Allohning fazli va rahmati hamda Alloh mehribon va rahmli bo'lmasa edi (jazoni naqd qilgan bo'lur edi).
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #352 : 28 Iyul 2008, 18:37:39 »


21. Ey, imon keltirganlar! Shaytonning izidan ergashmanglar! Kim shaytonning izidan ergashsa, bas, albatta, (shayton) buzuqlik va yovuzlikka buyurur. Agar sizlarga Allohning fazli va rahmati bo'lmaganda edi, sizlardan biror kishi (gunohdan) pok bo'lmas edi. Lekin Alloh o'zi xohlagan kishini poklar. Alloh eshituvchi va biluvchidir.

22. Sizlardan fazilat va keng mol-mulk egalari qarindoshlarga, miskinlarga va muhojirlarga Alloh yo'lida ehson qilmaslikka qasam ichmasin, balki ularni afv qilib, kechirsinlar! Alloh sizlarni mag'firat qilishini istamaysizlarmi?! Alloh mag'firatli va rahmlidir.

23. Albatta, (fahsh ishlardan) bexabar, iffatli mo'mina ayollarni badnom qiladigan kimsalar dunyoda ham, oxiratda ham la'natga duchor bo'lurlar. Ularga ulkan azob bordir.

24. (U kun) qilib o'tgan ish (bo'hton)lariga ularning tillari, qo'l va oyoqlari ularning zararlariga guvohlik beradigan kundir.

25. O'sha kuni Alloh ularning haqiqiy jazolarini komil qilib berur va ular Allohning aniq haq ekanini bilurlar.

26. Nopok ayollar nopok erkaklar uchun (loyiq)dir, nopok erkaklar nopok ayollar uchun (loyiq)dir. Pokiza ayollar pokiza erkaklar uchun, pokiza erlar pokiza ayollar uchundir. Aynan o'sha (pokiza erlar va pokiza ayollar) ularning aytayotgan bo'htonlaridan pokdirlar. Ular uchun mag'firat va farovon rizq (jannat ne'matlari) bordir.

27. Ey, imon keltirganlar! O'z uylaringizdan o'zga uylarga to izn so'ramaguningizcha va egalariga salom bermaguningizcha kirmangiz! Mana shu sizlar uchun yaxshidir. Zora, (bu gapdan) eslatma olsangizlar.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #353 : 28 Iyul 2008, 18:38:32 »


28. Bas, agar u (uy)larda hech kimni topmasangizlar, unda to sizlarga izn berilmaguncha ularga kirmangiz! Agar sizlarga "qaytinglar" deyilsa, qaytib ketaveringlar! Shu sizlar uchun eng toza (yo'ldir). Alloh qilayotgan ishlaringizni biluvchidir.

29. (Xususiy) maskan bo'lmagan (mehmonxona, karvonsaroy kabi) sizlar foydalanadigan uylarga (izn so'ramasdan) kirishlaringizda sizlarga gunoh yo'qdir. Alloh oshkor qilayotgan narsangizni ham, yashirayotgan narsangizni ham bilur.

30. (Ey, Muhammad,) mo'minlarga ayting, ko'zlarini (nomahram ayollardan) qo'yi tutsinlar va avratlarini (zinodan) saqlasinlar! Mana shu ular uchun eng toza (yo'ldir). Albatta, Alloh ular qilayotgan (sir) sinoatlaridan xabardordir.

31. Mo'minalarga ham ayting, ko'zlarini (nomahram erkaklardan) qo'yi tutsinlar. Va avratlarini (zinodan) saqlasinlar! Hamda ko'rinib turadiganidan boshqa ziynatlarini ko'rsatmasinlar va ro'mollarini ko'kraklari uzra tushirib olsinlar! Ular zeb-ziynatlarini erlari yo otalari, yo erlarining otalari, yo o'g'illari, yo erlarining o'g'illari, yo o'zlarining og'a-inilari, yo og'a-inilarining o'g'illari, yo opa-singillarining o'g'illari, yo o'zlari (kabi) ayollar, yo qo'l ostilaridagi (cho'ri)lar, yo (ayollardan) behojat bo'lgan (ya'ni, juda keksayib qolgan yoki aqlsiz-devona) erkak xizmatkorqullar, ayollarning avratlaridan xabardor bo'lmagan go'daklardan boshqalarga ko'rsatmasinlar! Yana, yashirgan ziynatlarini bildirib, oyoqlarini (yerga) urmasinlar! Barchalaringiz Allohga tavba qilinglar, ey mo'minlar! Shoyad, (shunda) iqbolli bo'lsangizlar.


Izoh: Ko'rinib turadigan ziynatlardan murod - hanafiy mazhabimizda - ayolning yuzi, ikki kafti va ikki oyoqlarining to'pug'idan pastki qismidir. Oyatdagi ziynat so'zidan murod ziynatlantiriladigan joylar, zero, odatda ayollar yuz, qo'l va oyoqlarini bezab pardozlaydilar. Mazkur joylarni yopib yurishda ayollar uchun haraj-qiyinchilik bor. Haraj esa shar'iy uzrlardandir.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #354 : 28 Iyul 2008, 18:39:42 »


32. O'z oralaringizdagi tul (erkak va ayol)larni hamda qul va cho'rilaringizdan yaroqlilarini uylantiringlar. Agar (ular) kambag'al bo'lsalar, Alloh ularni O'z fazli bilan boyitur. Alloh (fazlu karami) keng va biluvchi zotdir.

33. Nikoh (uchun) lozim mablag') topa olmagan kishilar - to Alloh ularni o'z fazli bilan boyitguncha - o'zlarini (haromdan, zinokorlikdan) pok tutsinlar! (Ey, mo'minlar!) Qo'l ostingizdagi (qul)lardan mukotab bo'lishini istaydiganlari bo'lsa*, u holda agar sizlar ularda yaxshilikni bilsangizlar, ularni mukotab qilingizlar va ularga Allohning sizlarga ato etgan molidan beringizlar! Iffatni istagan cho'rilaringizni dunyo hayoti anjomlari kuyida zinokorlik qilishga majburlamanglar. Endi, kim ularni majbur etsa, bas, albatta, Alloh majburlaganlaridan so'ng (u cho'rilarni) mag'firat qiluvchi va (ularga) rahmlidir*. Izoh (a): Mukotab - xojasi bilan ma'lum miqdorda pul topib kelish evaziga ozod bo'lishi kelishilgan qul. Bu bilan u qisman ozod bo'lib, boshqa joylarga ham ketib, ishlab kelish huquqiga ega bo'ladi. Izoh (b): Cho'rilar huquqiga doir bu oyat ham hozirda yo'q bo'lib ketgan quldorchilik davriga doir oyatlardandir.

34. (Ey, mo'minlar,) darhaqiqat, Biz sizlarga bayon etuvchi oyatlarni, sizlardan ilgari o'tganlar to'g'risidagi masal(lar)ni va taqvodorlar uchun nasihatni nozil qildik.

35. Alloh osmonlar va Yerning "nuri"dir. Nurining misoli xuddi bir tokcha ichidagi chiroq, bu chiroq bir shisha ichida, u shisha go'yo bir durdan yaralgan yulduzga o'xshaydi. U (chiroq) na sharqiy va na g'arbiy bo'lmagan muborak zaytun daraxti (moyi)dan yoqilur. Uning moyi (musaffoligidan), garchi unga olov tegmasa-da, (atrofni) yoritib yuborgudekdir. (Mazkurlar qo'shilganda esa), nur ustiga nur (bo'lur). Alloh o'zining (bu) nuriga o'zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. Alloh odamlar (ibrat olishlari) uchun (mana shunday) masallarni keltirur. Alloh barcha narsani biluvchidir.


Izoh: Allohning nuri uning hidoyatidir. Lekin bu oyatdagi nur so'zining chuqur ma'nolaridan ogoh bo'lishni istagan kishi tafsir kitoblariga yoki Abu Homid G'azzoliy bitgan "Kitob an-Nur" kitobiga murojaat qilishi mumkin.

36. (U chiroq) ko'tarilishiga (qurilishiga) va ularda o'zining nomi zikr qilinishiga Alloh izn bergan uylarda (masjidlarda)dir. U (masjid)larda ertayu-kech Unga tasbeh aytadigan
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #355 : 28 Iyul 2008, 18:40:36 »


37. kishilar bordir. Ularni na tijorat va na savdo (ishlari) Allohning zikridan, namozni mukammal ado etishdan va zakot berishdan chalg'ita olmas. Ular dillar va ko'zlar iztirobga tushib qoladigan kun (qiyomat)dan qo'rqurlar.

38. Ular qilgan ezgu amallari sababli Allohning mukofotlashi va yana ularga o'z fazli bilan ziyoda (savoblar ato) qilishi uchun (ibodat qilurlar). Alloh (o'zi) xohlagan kishilarga behisob rizq berur.

39. Kufrda bo'lganlarning qilgan amallari esa sahrodagi sarobga o'xshaydi. Tashna odam uni suv deb o'ylar, uning oldiga kelgach esa, hech narsa topa olmas va Allohni uning (qilgan amalining) oldida topur. Bas, U uning hisob-kitobini mukammal qilur. Alloh tez hisob-kitob qiluvchidir.

40. Yoki (kofirlarning qilgan amallari) ustma-ust to'lqin va uning ustida (qora) bulut qoplab olgan dengizdagi zulmatlarga o'xshaydi. (Ular) ustma-ust zulmatlardir: qo'lini chiqarib (qarasa) uni ko'ra olmas. Kimga Alloh nur (imon) bermasa, bas, uning (uchun) hech qanday nur yo'qdir.

41. (Ey, Muhammad,) Allohga osmonlar va Yerdagi bor jonzot, saf tortgan qushlar ham tasbeh aytishini ko'rmadingizmi? Har biri o'z duo va tasbehini bilur. Alloh esa, ularning qilayotgan (barcha) ishlarini biluvchidir.

42. Osmonlar va Yerning podshohligi Allohga xosdir. Qaytish ham Allohning huzurigadir.

43. Allohning bulutlarni haydashini, so'ngra ularni birlashtirishini, so'ngra ularni ustma-ust qalashtirishini ko'rmadingizmi? So'ngra (bulut) orasidan yomg'ir chiqayotganini ko'rasiz. (Alloh) osmondan - undagi tog' (bulut)lardan do'l yog'dirib, uni o'zi xohlagan kishilarga yetkazur va o'zi xohlagan kishilardan burib yuborur. Chaqmog'ining yorug'ligi ko'zlarni ketkazgudekdir.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #356 : 28 Iyul 2008, 18:41:22 »


44. Alloh kecha va kunduzni aylantirib turar. Albatta, bunda ko'z egalari (oqillar) uchun ibrat bordir.

45. Alloh barcha jonivorni suvdan yaratdi. Ulardan qorni bilan (sudralib) yuradiganlari ham, ikki oyoqda yuradiganlari ham, to'rt (oyoq)da yuradiganlari ham bordir. Alloh o'zi xohlagan narsani yaratur. Albatta, Alloh barcha narsaga qodirdir!

46. Darhaqiqat, Biz bayon etuvchi oyatlarni nozil qildik. Alloh o'zi xohlagan kishilarni To'g'ri yo'lga boshlar.

47. Ular (ya'ni, munofiqlar): "Allohga va payg'ambarga imon keltirdik va bo'yin sundik", - deydilaru, shundan keyin ulardan bir guruhi yuz o'girib ketur. Ana o'shalar mo'min emasdirlar.

48. Qachonki, o'rtalarida hukm chiqarish uchun Alloh va Uning payg'ambariga chorlansalar, birdaniga ulardan bir guruhi (payg'ambar huzuriga kelishdan) bosh tortuvchilardir.

49. Agar haqiqat ular (taraf)da bo'lsa, (payg'ambar oldiga) bo'yin sunib kelurlar.

50. Ularning dillarida maraz bormi yoki Muhammadning haq payg'ambar ekanligidan shubhalandilarmi yoxud Alloh va Uning payg'ambari ular zarariga hukm qilishidan qo'rqadilarmi?! Yo'q! Ularning o'zlari zolimlardir!

51. Alloh va Uning payg'ambariga o'rtalarida hukm chiqarish uchun chorlangan vaqtlarida, mo'minlarning so'zi "eshitdik va bo'yin sundik" (demoqdir). Ana o'shalargina iqbollidirlar.

52. Kimki Alloh va Uning payg'ambariga itoat etsa va Allohdan qo'rqib, taqvo qilsa, bas, aynan o'shalargina yutuq egalaridirlar.

53. (Munofiqlar) agar siz amr etsangiz, albatta, (jihodga) chiqishlari haqida (jon) jahdlari bilan qasam ichdilar. Ayting: "Qasam ichmanglar! (Jihod) ma'lum bir toatdir (qasam ichishga hojat yo'qdir). Albatta, Alloh qilayotgan ishlaringizdan xabardordir".
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #357 : 28 Iyul 2008, 18:42:29 »


54. Ayting: "Allohga bo'yin suningiz va Payg'ambarga bo'yin suningiz! Endi, agar yuz o'girsangizlar, bas, (Payg'ambar) zimmasida o'ziga yuklangan narsa (Allohning buyrug'ini yetkazish) bordir. Sizlarning zimmangizda esa o'zlaringizga yuklangan narsa (unga bo'yin sunish) bordir. Agar unga itoat etsangiz, hidoyat topursizlar. Payg'ambar zimmasida faqat (sizlarga haq dinni) yetkazish bordir.

55. Alloh sizlardan imon keltirgan va ezgu ishlarni qilgan zotlarga xuddi ilgari o'tgan (imonli) zotlarni (yer yuziga) xalifa (hukmron) qilganidek, ularni ham yer yuzidagi xalifa qilishni va ular uchun o'zi rozi bo'lgan (Islom) dinini mustahkam qilishni hamda ularning (Makkadagi ko'rgan) xavf-xatarlaridan so'ng (Madinada) xotirjamlikka aylantirib qo'yishni va'da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biror narsani sherik qilmaslar. Kimki mana shu (va'da)dan keyin noshukrlik qilsa, bas, ular fosiqlardir.

56. (Ey, mo'minlar,) namozni mukammal ado etinglar, zakotni beringlar va Payg'ambarga itoat etinglar, zora (shunda) rahm qilinsangizlar.

57. (Ey, Muhammad,) kofir bo'lgan kimsalarni yer yuzida (Allohni) ojiz qoldiruvchi (g'olib)lar deb o'ylamang! Ularning (borar) joylari do'zaxdir. Naqadar yomon oqibat u!

58. Ey mo'minlar, qo'l ostingizdagi (qul va cho'ri)laringiz hamda balog'atga yetmagan (farzand)laringiz uch marta (huzuringizga kirishda) sizlardan izn so'rasinlar - bomdod namozidan ilgari, peshin vaqtida (issiqdan) kiyimlaringizni tashlagan paytingizda va xufton namozidan keyin. (Bu) uch (vaqt) sizlarning avratlaringiz (ochiq bo'lishi mumkin bo'lgan vaqtlar)dir. Ular o'sha (vaqtlar)dan so'ng (izn so'ramay kirsalar,) sizlarga ham, ularga ham gunoh yo'qdir. (Chunki) ular sizlarga, biringiz biringizga kelib-ketib turuvchidirsizlar. Alloh oyatlarini sizlarga mana shunday bayon qilur. Alloh bilim va hikmat sohibidir.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #358 : 28 Iyul 2008, 18:43:11 »


59. Qachonki, go'daklaringiz balog'atga yetsalar, bas, ular ham xuddi o'zlaridan oldingi (balog'atga yetgan)lar kabi izn so'rasinlar! Alloh O'z oyatlarini sizlarga mana shunday bayon qilur. Alloh bilim va hikmat sohibidir.

60. Xotinlardan o'tirib (keksayib) qolgan, nikoh (erga tegish)ni o'ylamaydiganlari biror ziynat bilan yasanmagan hollarida kiyimlarini (yopinchiqlarini) yechib qo'yishlarida ularga gunoh yo'qdir. O'zlarini pok (yopinchiqda) tutishlari ular uchun yaxshiroqdir. Alloh eshituvchi va biluvchidir.

61 (Jangga chiqmaslikda) ko'zi ojiz kishiga gunoh yo'qdir, cho'loqqa ham gunoh yo'qdir, bemorga ham gunoh yo'qdir. (Ey, mo'minlar,) o'z uylaringizdan, yo otalaringizning uylaridan, yo onalaringizning uylaridan, yo aka-ukalaringizning uylaridan, yo opa-singillaringizning uylaridan, yo amakilaringizning uylaridan, yo ammalaringizning uylaridan, yo tog'alaringizning uylaridan, yo xolalaringizning uylaridan, yo sizlar kalitlariga ega bo'lgan uylardan, yo do'stingizning uyidan (izn so'ramasdan) taomlanishingizda sizlarga (gunoh yo'qdir). To'plangan yo bo'lingan hollaringizda taomlanishingizda sizlarga gunoh yo'qdir. Bas, qachonki, uylarga kirsangizlar, bir-birlaringizga Alloh huzuridan bo'lgan muborak, pokiza salomni aytinglar (ya'ni, "Assalomu alaykum" denglar). Sizlar aql yurgizishlaringiz uchun Alloh o'z oyatlarini sizlarga mana shunday bayon qilur.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #359 : 28 Iyul 2008, 18:44:16 »


62. Albatta, mo'minlar faqat Allohga va Uning payg'ambariga imon keltirgan zotlardir. Ular (payg'ambar) bilan biror umumiy ish ustida bo'lgan vaqtlarida - to undan izn so'ramagunlaricha - ketmaslar. Faqat Sizdan izn so'raydigan zotlar - aynan o'shalargina Alloh va Uning payg'ambariga imon keltiradigan zotlardir. Endi, qachonki, ular Sizdan ba'zi bir ishlari uchun izn so'rasalar, bas, ulardan xohlaganlaringizga izn bering va Allohdan ularga mag'firat so'rang! Albatta, Alloh kechirimli va rahmlidir.

63. (Ey, mo'minlar,) payg'ambarni chaqirishni o'rtalaringizda bir-birlaringizni chaqirish kabi qilmangizlar! Sizlardan berkingan hollarida (payg'ambar huzuridan) sug'urilib chiqib ketadigan kimsalarni Alloh yaxshi bilur. (Payg'ambarning) amriga xilof ish tutadigan kimsalar o'zlariga biror kulfat yetib qolishidan yoki alamli azob yetib qolishidan saqlansinlar!

64. Ogoh bo'lingizkim, osmonlar va Yerdagi bor narsalar, albatta, Allohnikidir! U sizlar nimada ekaningizni (mo'min yoki munofiqligingizni) ham, o'ziga qaytariladigan (qiyomat) kunini ham yaxshi bilur. Bas, ularni (o'shanda) qilib o'tgan ishlaridan xabardor qilur. Alloh barcha narsani biluvchidir.


FURQON SURASI


Furqon - ajrim etuvchi. Ya'ni, haq bilan botilni, hidoyat bilan zalolatni ajrim qilib beruvchi ilohiy kitob. Undan murod Tavrot, Zabur, Injilning asl nusxalari va Qur'oni karim bo'lishi mumkin. Surada Islom aqidalariga oid masalalar, imon, islom, kufr, shirk va oxirat haqida muhim ma'lumotlar mavjud.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Olamlar (insonlar va jinlar)ga ogohlantiruvchi bo'lishi uchun O'z bandasi (Muhammad)ga Furqon (Qur'on)ni nozil etgan zot barakotli (buyuk)dir.

2. U (yana) osmonlar va Yerning hukmronligiga ega, farzand tutmagan, podshohlikda sherigi bo'lmagan va barcha narsani yaratib, (aniq) o'lchovi bilan o'lchab qo'ygan zotdir.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

 

Qur'oni karim. Alouddin Mansur tarjima va sharhi

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 607
Ko'rilgan: 662954
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 02:24:55
muallifi AbdulAziz
Qur'oni karim tafsir va tarjimalari

Muallif AbdulAzizBo'lim Islom

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 31073
So'nggi javob 30 Oktyabr 2009, 18:41:42
muallifi yoqimtoyqiz
Qur'oni karim oyatlari rasmlarda

Muallif MuhammadBo'lim Islomiy media

Javoblar: 36
Ko'rilgan: 30072
So'nggi javob 02 Yanvar 2009, 17:29:09
muallifi zuhrahon
Qur'oni Karim mo'jizalari

Muallif RobiyaBo'lim Islomiy media

Javoblar: 17
Ko'rilgan: 18474
So'nggi javob 13 Aprel 2008, 00:32:30
muallifi lolo
Qur'oni karim nomlari

Muallif Muhammad AminBo'lim Islom

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 4999
So'nggi javob 13 Noyabr 2007, 11:13:48
muallifi Muhammad Amin