89. Kim yaxshilik (savob) bilan kelsa, bas, uning uchun (o'sha savobidan) yaxshiroq mukofot bo'lur. Va ular o'sha kuni dahshatdan omondadirlar.
90. Kim yomonlik (kufr) bilan kelsa, bas, yuztuban hollarida do'zaxga tashlanurlar. (Va ularga aytilur): "Sizlarga faqat qilib o'tgan amallaringiz jazosi berilur".
91. (Ey, Muhammad, ayting): "Men mana shu shaharning (Makkaning) Parvardigorigagina ibodat qilishga buyurilgandirman. (U bu shaharni) "harom" qilgandir (ya'ni, bu shaharda qon to'kilishi, zulm qilinishi, ov ovlanishi kabilar harom qilingandir). Barcha narsa Unikidir! Men musulmonlardan bo'lishga buyurilgandirman.
92. Shuningdek, Qur'onni tilovat qilishga ham (buyurilgandirman). Bas, kim haq yo'lga yursa, faqat o'zi uchun yurar. Kim yo'ldan ozsa, u holda aytingki: "Men faqat ogohlantiruvchilardandirman".
93. Ayting: "Hamd Allohgakim, U yaqinda sizlarga O'z mo''jizalarini ko'rsatur. Bas, sizlar u (mo''jizalarni) tan olursizlar (lekin u kundagisi foyda bermas)". Rabbingiz sizlarning qilayotgan ishlaringizdan g'ofil emasdir!
QASAS SURASIQasas - qissa.
Surada Muso(a. s.) ning hayot va faoliyatlari to'g'risida kengroq ma'lumot beriladi. Yovuzlik timsoli sifatida Fir'avn va Qorun kabi "quturgan" shaxslar haqida ham ibratomuz oyatlar berilgan. Qolgan oyatlarda, odatdagidek, tavhid, imon, e'tiqod, taqvo va solih amallarga targ'ibot, kufr, shirk, ma'siyat kabi razilliklardan poklanishga qaratilgan da'vatlar talqin etiladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). 1. To, Sin, Mim.
2. Ushbu (oyatlar) aniq Kitob oyatlaridir.
3. (Ey, Muhammad,) imon keltiradigan qavm uchun Sizga Muso va Fir'avn xabarini haqiqati bilan tilovat qilib berurmiz.
4. Darhaqiqat, Fir'avn yerda (Misrda) tug'yonga ketib, uning aholisini bo'lib tashladi. Ulardan bir toifani (Isroil avlodi qavmini) xorlab, o'g'illarini so'yar, ayollarini tirik qo'yar edi. Albatta, u buzg'unchilardandir.
5. Biz esa u yerda xorlangan kishilarga marhamat qilishni, ularni (xorlikdan chiqarib, barchaga) peshvo zotlarga aylantirishni va ularni (Fir'avn mulkiga) merosxo'r qilishni istaymiz. [/b]