Muallif Mavzu: Qur'oni karim. Abdulaziz Mansur tarjima va sharhi  ( 464953 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 4 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #375 : 28 Iyul 2008, 19:29:29 »


184. hamda sizlarni ham, oldin yaralganlarni ham yaratgan Zotdan qo'rqinglar!"

185. Ular dedilar: "Aniqki, sen sehrlangan kimsalardandirsan!

186. Sen ham xuddi bizlarga o'xshagan odamdirsan. Bizlar seni yolg'onchi kimsalardan deb gumon qilayapmiz.

187. Bas, agar rostgo'ylardan bo'lsang, ustimizga osmonning bir bo'lagini tashlab yubor!"

188. U aytdi: "Rabbim sizlarning qilayotgan amallaringizni yaxshi biluvchidir".

189. Bas, ular (Shuaybni) inkor etishgach, ularni "soyabon" kunining azobi tutdi. Darhaqiqat, u ulkan (dahshatli) kunning azobi edi.


Izoh: Rivoyatlarga qaraganda, Shuayb qavmi itoatsizlik qilaverganlaridan keyin Alloh taolo ular boshiga issiqlik balosini yuborgan. Ular bulut ostidan soya izlab turganlarida ko'kdan olov tushib, ularni kuydirib yuborgan.

190. Albatta, bunda alomat (ibrat) bordir. (Lekin, odamlarning) ko'plari imon keltiruvchi bo'lmadilar.

191. Albatta, Rabbingiz qudratli va rahmlidir.

192. Albatta, (bu Qur'on) olamlar Parvardigorining nozil qilgan (kitob)idir.

193. Uni Ruhul-amin (Jabroil) olib tushdi

194. qalbingizga, ogohlantiruvchi (payg'ambar)lardan bo'lishingiz uchun,

195. aniq arab tilida.

196. Albatta, (Qur'ondagi ayrim xabarlar) o'tganlarning kitoblarida ham bordir.

197. Axir, (Qur'on haqida) Isroil avlodi olimlarining bilishlari ular uchun dalil emasmi?!

198. Agar Biz (Qur'onni) ajamlardan (arab bo'lmaganlardan) biriga nozil qilsak,

199. uni ularga o'qib berganda ham imon keltiruvchi bo'lmas edilar.

200. Kufrni jinoyatchi kimsalarning dillariga mana shunday yo'llab qo'yganmiz.

201. Ular to alamli azobni ko'rmagunlaricha, unga imon keltirmaydilar.

202. Bas, u (azob) ularga o'zlari sezmagan hollarida to'satdan kelur.

203. So'ngra ular: "Bizlarga (bir oz) muhlat berilarmikan", - deb qolurlar.

204. Bas, ular Bizning azobimizni qistayaptilarmi?!

205. (Ey, Muhammad,) ko'rdingizmi, agar Biz ularni (uzoq) yillar (sihat-salomatlik, moldavlat bilan) foydalantirsak,
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #376 : 28 Iyul 2008, 19:31:27 »


206. so'ngra ularga va'da qilingan narsalari (ya'ni, azob) kelganda,

207. ularga (dunyoda) foydalangan narsalari asqotmaydi-ku!

208. Biz birorta ham ogohlantiruvchisi bo'lmagan qishloq (shahar)ni halok qilmadik.

209. Eslatma bo'lsin, deb (shunday qildik), Biz zolim emasmiz!

210. (Qur'onni osmondan) shaytonlar (jinlar) olib tushganlari yo'q.

211. Ular uchun buning imkoni yo'q va ular bunga qodir ham emaslar.

212. Chunki ular (vahiyni xufyona) eshitib olishdan chetlatilgandirlar.

213. Bas, (ey, Muhammad,) Allohga qo'shib boshqa (biror) "iloh"ga iltijo qilmang! Aks holda azoblanuvchilardan bo'lib qolursiz.

214. Yaqin qarindoshlaringizni (Alloh azobidan) ogohlantiring!

215. Sizga ergashgan mo'minlar uchun qanotingizni past tuting!

216. Bas, agar ular itoatsizlik qilsalar, u holda ayting: "Albatta, men sizlar qilayotgan ishdan pokdirman".

217. Qudratli va rahmli (Alloh)ga tavakkul qiling!

218. U Sizni (namoz uchun) turayotgan vaqtingizda ham ko'radi,

219. sajda qiluvchilar (namoz o'quvchilar) orasida kezgan (vaqtingizda ham) ko'rib turur.


Izoh: Namoz o'quvchilar orasida kezgan, ya'ni, tunda tahajjud namozini o'qiyotgan sahobalaringiz holidan xabar olib yurishingizni ham Alloh ko'rib-bilib turur.

220. Albatta, U eshituvchi va biluvchidir.

221. (Ey, Muhammad, ayting): "Men sizlarga shaytonlar (jinlar) kimlarga tushishi haqida xabar beraymi?

222. Ular barcha bo'htonchi, gunohga botganlarga tushurlar.

223. Eshitib olganlarini ularga tashlarlar. (Lekin) Ularning ko'plari yolg'onchilardir".

224. Shoirlarga yo'ldan ozganlar ergashurlar.

225. Ularning har vodiyda (mavzuda) daydishlarini ko'rmadingizmi?!

226. O'zlari qilmaydigan narsalarni gapirishlarini ham?!


Izoh: 225 - 226 - oyatlardagi shoirlardan murod o'sha davrdagi yomon niyatli, laganbardor, yolg'on to'quvchi maddoh shoirlardir. Ammo yaxshi shoirlar to'g'risida Muhammad alayhissalomdan qator hadislar borki, ularda she'r hikmatdan xoli bo'lmasligi, shoirlar o'z qalamlari bilan qilich qilaolmaydigan ishlarni bajarishlari mumkinligi va boshqa fazilatlarini bayon qilganlar.

227. Ammo, imon keltirgan va ezgu ishlarni qilgan hamda doim Allohni yod etgan va (ilgari) mazlum bo'lganlaridan keyin (Islom ravnaq topgach) g'olib bo'lgan kishilar (mustasnodirlar). Zulm qilganlar esa yaqinda qanday oqibat sari ketayotganlarini bilib olurlar!
« So'nggi tahrir: 28 Iyul 2008, 19:35:07 muallifi AbdulAziz »
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #377 : 28 Iyul 2008, 19:33:46 »


NAML SURASI

Naml-chumolilar.

Surada chumolilar to'g'risida ibratli qissa bo'lgani uchun unga shu nom berilgan. Unda payg'ambarlardan Muso, Solih, Sulaymon (a. s.) lar haqida ham sermazmun oyatlar bor. Ayniqsa, Sulaymon (a. s.) ning insu jin, parrandayu darandalar ustidan podshohlik qilganlari, Yaman diyoridagi Sabo mamlakatining malikasi Bilqis bilan kechgan mojarolar diqqatga sazovordir.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. To, Sin. Ushbular Qur'on va aniq Kitob (Lavhul-Mahfuz) oyatlaridir.

2. (Bu oyatlar) shunday mo'minlarga hidoyat va xushxabardirki,

3. ular namozni mukammal ado etadilar, zakotni beradilar va oxiratga aniq ishonadilar.

4. Albatta, oxiratga imon keltirmaydigan kimsalar (qilayotgan) amallarini o'zlariga chiroyli ko'rsatib qo'ygandirmiz. Bas, ular gangib yuraveradilar.

5. Ana o'shalar uchun (dunyoda ham) eng yomon azob bordir va ular oxiratda eng ko'p ziyon ko'ruvchilardir.

6. (Ey, Muhammad,) albatta, Sizga (bu) Qur'on hakim va dono zot dargohidan berilur.

7. Muso oilasiga: "Men olov ko'rib qoldim. Sizlarga undan (biror) xabar keltirurman yoki sizlarga isinib olishingiz uchun cho'g' keltirurman", - deganini eslang!

8. Bas, (u olov yoniga) kelgach, unga nido qilindi: "Olov oldidagi kishiga (Musoga) va uning atrofidagi zotlarga (farishtalarga) barakot bo'lsin! Olamlarning Parvardigori - Allohga tasbehlar!

9. Ey, Muso, albatta, Men qudratli va hikmatli Allohdirman!

10. Asoyingni tashla!" Bas, qachonki, (Muso) uning ilondek qimirlayotganini ko'rgach, ortiga qaramay qochdi. (Shunda Biz dedik): "Ey, Muso, qo'rqmagin! Zero, Mening huzurimda payg'ambarlar qo'rqmaslar.

11. Lekin, kim zulm qilsa-yu, so'ngra (bu) yomonliklardan keyin uni chiroyli (ish)ga almashtirsa, bas, albatta, Men kechirimli va rahmlidirman.

12. Qo'lingni qo'yninga tiq, u hech qanday yomonliksiz oppoq bo'lib chiqur. (Bu mo''jizalar) sen (Fir'avn va uning qavmiga) olib boradigan to'qqiz mo''jiza ichidadir. Darhaqiqat, ular itoatsiz qavm bo'ldilar.

13. Bas, qachonki, ularga mo''jizalarimiz ravshan holda yetib kelgach, ular: "Bu aniq sehrdir", - dedilar.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #378 : 28 Iyul 2008, 19:36:43 »


14. O'zlari aniq bilgan hollarida zulm va kibrga berilib, u (mo''jizalarni) inkor etdilar. Endi, (ey, Muhammad,) u buzg'unchilarning oqibati qanday bo'lganini ko'ring!

15. Qasamki, Biz Dovud va Sulaymonga (yetuk) bilim ato etdik va ular: "Bizlarni ko'p mo'min bandalardan afzal qilib qo'ygan zot - Allohga hamd bo'lsin!" - dedilar.

16. Sulaymon (payg'ambarlik va podshohlikda) Dovudga voris bo'ldi va aytdi: "Ey, odamlar, bizga qushlar tili bildirildi. Albatta, bu aniq fazlning o'zidir".

17. Sulaymon uchun jin, ins va qushlardan iborat lashkarlari to'planib, tizilgan hollarida turdilar.

18. To ular chumolilar vodiysiga yetganlarida, bir chumoli: "Ey, chumolilar, uyalaringizga kiringlar, yana Sulaymon va uning lashkarlari o'zlari sezmagan hollarida sizlarni ezib ketmasinlar", - dedi.

19. (Sulaymon) uni so'zidan kulib, tabassum qildi va dedi: "Ey, Rabbim, menga va otaonamga in'om etgan ne'matinga shukr qilishga va O'zing rozi bo'ladigan yaxshi amallarnigina qilishga meni muvaffaq etgin va meni O'z fazling bilan solih bandalaring qatoriga kiritgin!"

20. U qushlarni ko'zdan kechirib: "Nega men hudhudni ko'rmayapman, balki u (beruxsat) g'oyib bo'luvchilardandir?!

21. Albatta, uni qattiq azob bilan azoblarman yo so'yib yuborurman yoki menga (uzrini bayon qilib) aniq hujjat keltirur", - dedi.

22. So'ng uzoq (vaqt) qolmay (hudhud kelib) dedi: "Men sen ogoh bo'lmagan narsalardan ogoh bo'ldim va senga Saba' (shahri)dan ishonchli xabar keltirdim.


Izoh: Yaman diyoridagi Bilqis malikalik qilgan mamlakatning nomi arab tilida Saba'. O'zbek tilida uni yengillatib Sabo deb atash joriy bo'lgan.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #379 : 28 Iyul 2008, 19:38:23 »


23. Men bir ayolni ko'rdim. U ularning malikasi ekan. Unga barcha narsadan ato etilgan bo'lib, ulkan taxti ham bordir.

24. Men uning va qavmining Allohni qo'yib, quyoshga sajda qilayotganlarini ko'rdim". Shayton ularga (qilayotgan) amallarini chiroyli ko'rsatib, ularni (Haq) yo'ldan to'sib qo'ygandir. Bas, ular hidoyat topmaslar.

25. (Uning maqsadi) osmonlar va Yerdagi barcha sirlarni oshkor qiladigan hamda sizlar yashiradigan va oshkor qiladigan barcha narsalarni biladigan Allohga sajda qilmaslaridir.


(Sajda oyati)

26. Alloh - Undan o'zga iloh yo'q! U ulkan Arsh egasidir.

27. (Sulaymon) dedi: "Sen rost so'zladingmi yoki yolg'onchilardan bo'ldingmi, ko'rarmiz.

28. Mana bu maktubimni olib borib ularga tashlagin, so'ngra ulardan chetlanib kuzatginchi, nima (javob) qaytarar ekanlar".

29. (Hudhud maktubni olib kelib malika Bilqis oldiga tashlagach), u dedi: "(Ey, zodagonlar), haqiqatan menga sharafli bir maktub tashlandi.

30. Albatta, u Sulaymondandir va u (maktubda): "Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan.

31. Sizlar Menga kattalik qilmay huzurimga itoatli holingizda kelingiz!" (deb yozilgan).

32. (Malika) aytdi: "Ey, zodagonlar, menga bu ishimda fatvo (maslahat) beringlar. Men to sizlar guvoh bo'lmaguningizcha biror ishni qat'iy qiluvchi emasman".

33. Ular dedilar: "Bizlar quvvat va ashaddiy matonat egalaridirmiz. (Ishga) buyurish sening o'zingga havola. Bas, nimaga buyurishni o'ylab ko'raver!"

34. U aytdi: "Aniqki, podshohlar qachon biror qishloqqa (bostirib) kirsalar uni vayron eturlar, aholisining aziz kishilarini esa xor qilurlar. Ular shu tarzda ish qilurlar.

35. Men ularga (sinov uchun) bir sovg'a yuborib ko'ray-chi, elchilar nima (xabar) bilan qaytar ekanlar".


Izoh: Bilqis o'ta farosatli va zukko malika edi. U Sulaymonga sovg'a yuborib, qabul qilish yoki qilmasligini bilmoqchi bo'ladi. Agar haqiqiy payg'ambar bo'lsa, sovg'ani olmasligi kerak.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #380 : 28 Iyul 2008, 19:39:58 »


36. Bas, qachonki, (Bilqis elchilari sovg'ani olib) Sulaymon (huzuri)ga kelgach, u dedi: "Sizlar menga mol-dunyo bilan madad bermoqchimisiz?! U holda (bilingizki), Alloh menga ato etgan (payg'ambarlik va podshohlik) U zot sizlarga bergan (mol-dunyo)dan yaxshiroqdir. Balki, sizlar sovg'alaringiz bilan xursand bo'larsizlar.

37. Sen (qavminga) qaytib bor! Albatta, biz ularga shunday qo'shin bilan borurmizki, ular unga aslo bas kela olmaslar va albatta, biz ularni (yurtlaridan) mag'lub hollarida chiqarurmiz".

38. (Sulaymon): "Ey, zodagonlar, ular mening huzurimga bo'yin-sungan hollarida kelishlaridan ilgari qaysi biringiz menga uning (Bilqisning) taxtini keltira olur?" - dedi.

39. (Shunda) jinlardan bir alvasti aytdi: "Men uni senga o'rningdan turishingdan ilgari keltirurman. Albatta, men bunga qodir va ishonchlidirman".

40. Kitob (Ismi a'zam)dan ilmi bor bo'lgan zot esa: "Men ko'zing o'zingga qaytgunicha (ko'z ochib yumguningcha) uni senga keltirurman", - dedi. Bas, uning (taxtning) o'z huzurida turganini ko'rgach, dedi: "Bu Rabbimning shukr qilamanmi yoki noshukrlik qilamanmi, imtihon etish uchun bergan fazlidandir. Kim shukr qilsa, bas, albatta u faqat o'zi uchun shukr qilur. Kim noshukrlik qilsa, bas, albatta, Rabbim (hamma narsadan) behojat va karamli zotdir".


Izoh: Kitobdan ilmi bor zot kim bo'lgani to'g'risida turli tafsirlar bor. Madorik tafsiri bo'yicha aniqrog'i, u zot Sulaymonning kotibi Osif ibn Barxiyo bo'lgan. U Allohning "Ismi a'zami" ni bilar va uni o'qib duo qilsa, mustajob bo'lar edi. Ismi a'zam: "- Hayyu, yo Qayyum! - Zal-jaloli val-ikrom!" yoki "- ilohano va iloha kulli shay'in ilohan vohidan. Lo iloha illo Ant". Vallohu a'lam.

41. (Sulaymon malikaning farosatini sinash uchun) dedi: "Uning taxtini tanimaydigan qilib, o'zgartirib qo'yinglar, u (tanishga) yo'l topadimi yoki yo'l topa olmaydigan kimsalardan bo'ladimi, ko'rurmiz".

42. Bas, u kelgach: "Taxting shundaymidi?" - deyildi. U: "Xuddi o'shaning o'zi", - dedi. (Sulaymon aytdi: "Alhamdu lillohki), bizlarga undan ilgari ilm berilib, musulmon bo'lganmiz.

43. Uni esa Allohni qo'yib ibodat qilgan narsasi (musulmon bo'lishdan) to'sgandir. Chunki u kofirlar qavmidan edi".

44. (Malikaga): "Saroyga kir", - deyildi. Bas, u (saroyni) ko'rgach, uni suv havzasi deb o'ylab, oyoqlarini ochgan edi, (Sulaymon): "Bu oynadan yasalgan silliq qasrdir", - dedi. (Shunda malika) aytdi: "Ey, Rabbim, darhaqiqat, men (quyoshga sig'inish bilan) jonimga jabr qilibman, (endi) Sulaymon bilan birga olamlar egasi - Allohga bo'yin-sundim".
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #381 : 28 Iyul 2008, 19:41:06 »


45. Qasamki, Biz Samud (qabilasi)ga birodarlari Solihni payg'ambar etib yubordik. (U): "Allohga ibodat qilingiz!" (dedi). Bas, bexos ular kelisha olmaydigan ikki guruhga bo'lindilar.

46. (U) aytdi: "Ey, qavmim, nega sizlar azob so'rash bilan yaxshilik (rahmat)dan ilgari yomonlik (azob)ni shoshtirmoqdasiz?! Sizlarga rahm qilinishi uchun Allohdan mag'firat so'rasangizlar bo'lmasmi?!"

47. Ular dedilar: "Bizlar (boshimizga tushgan qahatchilikni) sen va sen bilan birga bo'lganlardan deb shumlandik". U aytdi: "Sizlarning ishingiz Alloh huzuridadir. Aksincha, sizlar imtihon qilinayotgan qavmdirsiz".

48. U shaharda islohot o'rniga yer yuzida buzg'unchilik qilib yuradigan to'qqiz nafar kimsa bor edi.

49. O'shalar Alloh nomiga qasam ichishib (bir-birlariga) aytdilar: "Albatta, (Solihni) va uning ahli (tobelari)ni tunda halok qilurmiz, so'ngra uning vorisiga: "Bizlar (na Solihning va na) uning ahlini halokatiga guvoh bo'lgan emasmiz. Albatta, bizlar rostgo'y kishilardirmiz", - deymiz".

50. Ular makr qildilar. Biz ham ular sezmagan hollarida (ularni halok qilish bilan) "makr" qildik.

51. Bas, ularning qilgan makrlari oqibati qanday bo'lganini ko'ring - Biz ularni va qavmlarining barchasini tor-mor qildik.

52. Mana, zulm qilganlari sababli ularning uylari huvillab qoldi! Albatta, bunda biladigan qavm uchun ibrat bordir!

53. Imon keltirgan va taqvoli bo'lgan zotlarga esa najot berdik.

54. Lutni ham (eslang). Qaysiki u qavmiga aytgan edi: "Sizlar ko'rib (bilib) turib fahsh ishlarni qilasizlarmi?!

55. Sizlar xotinlaringizni qo'yib, shahvatni erkaklarga keltirasizlarmi?! Ha, sizlar johil qavmdirsizlar!"
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #382 : 28 Iyul 2008, 19:42:24 »
YIGIRMANCHI JUZ’
*************************



56. (Lut) qavmining javobi esa faqat "Lut ahlini qishlog'ingizdan (quvib) chiqaringiz! Darhaqiqat, ular juda "pok"lanib ketayotgan kishilardir", - deyishlari bo'ldi.

57. So'ng Biz (Lutga) va uning ahliga najot berdik. Illo, uning xotini (najot topmadi, chunki) halok bo'luvchilardan ekanini taqdir qilib - belgilab qo'ygan edik.

58. Va ularning ustiga yomg'ir (tosh) yog’dirdik! Bas, ogohlantiriluvchilar yomg'iri naqadar yomon bo'ldi!

59. (Ey, Muhammad,) ayting: "Allohga hamd va (payg'ambarlik uchun) tanlagan bandalariga salom! Alloh yaxshiroqmi yoki ular sherik qilayotgan narsalarimi?!"

60. Yoki osmonlar va Yerni yaratgan hamda sizlar uchun osmondan suv (yomg'ir) yog’dirib, u bilan go'zal bog'larni o'stirgan zotmi?! Sizlar uchun u (bog'lar)ning dov-daraxtini o'stirish imkoni yo'q edi. Alloh bilan birga (yana biror) iloh bormi?! Yo'q, ular (Allohga o'zgalarni) teng (deb) biladigan qavmdirlar!

61. Yoki Yerni qarorgoh qilib, uning o'rtasida daryolar paydo qilgan va uning uchun tutqi (tog')lar barpo qilgan hamda ikki (sho'r va chuchuk) dengiz (daryo) o'rtasida to'siq insho etgan zotmi?! Alloh bilan birga (yana biror) iloh bormi?! Yo'q, ularning aksariyati bilmaydilar!

62. Yoki noiloj odam duo qilgan vaqtida (duosini) ijobat qiladigan va (undan) yomonlik (musibat)ni yo'q qiladigan hamda sizlarni Yerning o'rinbosarlari qiladigan zotmi?! Alloh bilan birga (yana biror) iloh bormi?! Kamdankam eslatma olursizlar!

63. Yoki sizlarga quruqlik va dengiz zulmatlarida to'g'ri yo'lni ko'rsatadigan va O'z rahmati (yomg'iri) oldidan shamollarni xushxabar qilib jo'natadigan zotmi?! Alloh bilan birga yana (biror) iloh bormi?! Alloh ularning keltirayotgan shirklaridan yuksakdir!
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #383 : 28 Iyul 2008, 19:43:46 »


64. Yoki ilk bor O'zi yaratib, so'ngra (oxiratda) qayta yaratadigan zotmi?! Kim sizlarga osmon va zamindan rizq berur? Alloh bilan birga (yana biror) iloh bormi?! (Ey, Muhammad, kofirlarga) ayting: "Agar rostgo'y bo'lsangizlar, hujjatingizni keltiringiz!"

65. Ayting: "Allohdan boshqa osmonlar va Yerdagi biror kimsa g'aybni bilmas". Ular qachon qayta tirilishlarini ham seza olmaslar.

66. Balki ularning oxirat haqidagi bilimlari pishib yetilgandir?! Yo'q, ular (oxiratdan) shak-shubhadadirlar! Yo'q, ular u to'g'rida ko'rdirlar!

67. Kofir bo'lgan kimsalar dedilar: "O'zimiz ham, ota-bobolarimiz ham tuproqqa aylanib ketganimizda (tirilib yana qabrlarimizdan) chiqariluvchimizmi?!

68. Darhaqiqat, bizlarning o'zimizga ham, ilgari ota-bobolarimizga ham mana shu va'da qilingandi. Bu faqat o'tganlarning afsonalaridir!"

69. Ayting: "Yerni aylanib, jinoyatchi kimsalarning oqibatlari qanday bo'lganini ko'ringlar!"

70. (Ey, Muhammad,) Siz ularning (imon keltirmaganlari) ustida g'am chekmang va ular qilayotgan makrlardan siqilmang ham!

71. Ular: "Agar rostgo'y bo'lsangizlar (aytinglar-chi), mana shu va'da (azob) qachon bo'ladi?" - deydilar.

72. Ayting: "Ehtimol sizlar shoshtirayotgan narsa (azob)ning ba'zisi sizlarning izingizga tushib qolgandir".

73. Albatta, Rabbingiz odamlarga nisbatan fazllidir. Lekin ularning aksariyati shukr qilmaydilar.

74. Albatta, Rabbingiz ularning dillari yashiradigan narsani ham, oshkor qiladigan narsani ham bilur!

75. Osmon va zamindagi har bir sir aniq Kitobda (Lavhul-Mahfuzda) mavjuddir.

76. Albatta, ushbu Qur'on Isroil avlodiga ular ixtilof qilayotgan narsalar ko'pining qissasini bayon qilib berur.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #384 : 28 Iyul 2008, 19:45:09 »


77. Albatta, u mo'minlar uchun hidoyat va rahmatdir.

78. Albatta, Rabbingiz (odamlar) o'rtasini O'z hukmi bilan ajrim qilur. U qudratli va bilimlidir!

79. Bas, Siz Allohga tavakkul qiling! Albatta, Siz aniq haqiqat uzradirsiz!

80. Aniqki, Siz (o'z da'vatingizni) "o'liklar"ga uqtira olmassiz va yuz o'girib ketayotgan "karlar"ga ham da'vatni uqtira olmassiz.

81. Yana Siz "ko'rlar"ni ham zalolatlaridan (chiqarib, haq yo'lga) hidoyat qila oluvchi emasdirsiz. Siz faqat oyatlarimizga imon keltiradiganlargagina uqtira olursiz. Bas, ular musulmondirlar.

82. Qachon (kofirlarning) ustiga so'z (azob) tushganda (ya'ni, qiyomat oldidan) Biz ular uchun yerdan bir jonivor chiqarurmiz. U ularga odamlar oyatlarimizga ishonmaydigan bo'lib qolganlari haqida gapirur.


Izoh: Islom aqidasiga binoan, qiyomat qoyim bo'lish oldidan Yeru osmonda turli g'ayri tabiiy alomatlar zohir bo'ladi. Shulardan biri "Dobbatul - Arz" - ya'ni Yer maxluqi. U yerdan chiqib kofirlarga la'nat o'qiydi.

83. Biz har bir ummatdan bir guruh - oyatlarimizni inkor etadiganlarni to'plaganimizda ular tizilib turadigan kunni (eslang)!

84. Bas, ular (hisobot beriladigan joyga) kelishgach, (Alloh) aytadi: "Sizlar aniq bilmagan holingizda oyatlarimni yolg'on dedingizmi?! Yoki nima qiluvchi bo'ldingizlar?!"

85. Zolim (kofir) bo'lganlari sababli ularning ustiga (azob to'g'risidagi) so'z tushadi. Bas, ular so'zlay olmaslar.

86. Biz ular taskin topishlari uchun kechani paydo qilganimizni va kunduzni yorug' qilib qo'yganimizni ko'rmadilarmi?! Albatta, bunda imon keltiradigan qavm uchun ibratlar bordir!

87. Sur chalinib, Alloh O'zi xohlagan zotlardan boshqa osmonlardagi va Yerdagi (barcha) kimsalar dahshatga tushib qolgan va barcha U zot (huzuri)ga taslim qilgan holda keladigan kunni (eslang)!

88. Siz tog'larni ko'rib (mangu) qotib turuvchi, deb o'ylarsiz. Holbuki, ular ham xuddi bulutlar (suzib) yurgandek (havoda suzib) yurarlar. (Bu) barcha narsani puxta qilgan zot - Allohning sinoatidir. Albatta, U zot sizlar qilayotgan (barcha) ishlardan ogohdir!


Izoh: Tog'larning suzib yurishini ikki xil tasavvur qilish mumkin. Birinchisi - qiyomat kuni tog'lar tuya yungi kabi havoda to'zib yurishi. Bu to'g'rida 101-suraning 5-oyatida ham zikr etilgan. Ikkinchisi - Yerni fazodan turib kuzatilganda tog'lar ham Yer bilan birgalikda bulutlar kabi sayr etayotgandek ko'rinishi.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #385 : 28 Iyul 2008, 19:46:10 »


89. Kim yaxshilik (savob) bilan kelsa, bas, uning uchun (o'sha savobidan) yaxshiroq mukofot bo'lur. Va ular o'sha kuni dahshatdan omondadirlar.

90. Kim yomonlik (kufr) bilan kelsa, bas, yuztuban hollarida do'zaxga tashlanurlar. (Va ularga aytilur): "Sizlarga faqat qilib o'tgan amallaringiz jazosi berilur".

91. (Ey, Muhammad, ayting): "Men mana shu shaharning (Makkaning) Parvardigorigagina ibodat qilishga buyurilgandirman. (U bu shaharni) "harom" qilgandir (ya'ni, bu shaharda qon to'kilishi, zulm qilinishi, ov ovlanishi kabilar harom qilingandir). Barcha narsa Unikidir! Men musulmonlardan bo'lishga buyurilgandirman.

92. Shuningdek, Qur'onni tilovat qilishga ham (buyurilgandirman). Bas, kim haq yo'lga yursa, faqat o'zi uchun yurar. Kim yo'ldan ozsa, u holda aytingki: "Men faqat ogohlantiruvchilardandirman".

93. Ayting: "Hamd Allohgakim, U yaqinda sizlarga O'z mo''jizalarini ko'rsatur. Bas, sizlar u (mo''jizalarni) tan olursizlar (lekin u kundagisi foyda bermas)". Rabbingiz sizlarning qilayotgan ishlaringizdan g'ofil emasdir!


QASAS SURASI


Qasas - qissa.

Surada Muso(a. s.) ning hayot va faoliyatlari to'g'risida kengroq ma'lumot beriladi. Yovuzlik timsoli sifatida Fir'avn va Qorun kabi "quturgan" shaxslar haqida ham ibratomuz oyatlar berilgan. Qolgan oyatlarda, odatdagidek, tavhid, imon, e'tiqod, taqvo va solih amallarga targ'ibot, kufr, shirk, ma'siyat kabi razilliklardan poklanishga qaratilgan da'vatlar talqin etiladi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. To, Sin, Mim.

2. Ushbu (oyatlar) aniq Kitob oyatlaridir.

3. (Ey, Muhammad,) imon keltiradigan qavm uchun Sizga Muso va Fir'avn xabarini haqiqati bilan tilovat qilib berurmiz.

4. Darhaqiqat, Fir'avn yerda (Misrda) tug'yonga ketib, uning aholisini bo'lib tashladi. Ulardan bir toifani (Isroil avlodi qavmini) xorlab, o'g'illarini so'yar, ayollarini tirik qo'yar edi. Albatta, u buzg'unchilardandir.

5. Biz esa u yerda xorlangan kishilarga marhamat qilishni, ularni (xorlikdan chiqarib, barchaga) peshvo zotlarga aylantirishni va ularni (Fir'avn mulkiga) merosxo'r qilishni istaymiz. [/b]
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #386 : 28 Iyul 2008, 19:47:33 »


6. Yana ularni o'sha yerda barqaror qilib, Fir'avn va (uning vaziri) Homonga hamda ikkovining lashkarlariga ular xavotirlanayotgan narsani ko'rsatib qo'yishni (istaymiz).

Izoh: Xavotirlangan narsalari mol-mulk merosi va hukmronlik Isroil avlodi qo'liga o'tib ketishi bo'lib, ular shundan cho'chir edilar.

7. Biz Musoning onasiga vahiy qildikki: "Uni emizaver. Bas, (uni o'ldirib ketishlaridan) qo'rqsang, uni daryoga tashlagin va qo'rqmagin ham, qayg'urmagin ham. Zero, Biz uni senga qaytaruvchidirmiz va uni payg'ambarlardan qiluvchidirmiz".

8. Bas, Fir'avn xonadoni uni (o'sib-ulg'aygach,) o'zlariga "dushman va tashvish" bo'lishi uchun tutib oldilar. Albatta, Fir'avn, Homon va ularning lashkarlari yanglishgan edilar.

9. Fir'avnning xotini (unga): "(Bu bola) men uchun ham, sen uchun ham ko'z quvonchidir. Uni o'ldirmanglar. Shoyadki, uning bizlarga nafi tegsa yoki uni farzand qilib olsak", - dedi. Vaholanki, ular (haqiqatni) sezmas edilar.

10. Muso onasining qalbi tashvishdan forig' bo'ldi. - Agar Biz ("Musoni o'zinga qaytarurmiz", degan va'damiz)ga imon keltiruvchilardan bo'lishi uchun uning ko'nglini xotirjam qilmaganimizda, albatta, u (o'z o'g'li ekani)ni ochib qo'ygan bo'lur edi.

11. (Ona Musoning) opasiga: "Uning (ortidan) tushgin", - dedi. Bas, u ular sezmagan hollarida (Musoni) bir chetdan kuzatib turdi.

12. Biz oldindan (Musoga barcha) emizuvchi ayollarni taqiqladik (u hech bir ayolni emmadi), shunda (uning opasi kelib): "Men sizlarga unga kafil bo'lib (emizadigan) va unga xolis (tarbiya beradigan) bir oilani ko'rsataymi?" - dedi.

13. Shunday qilib, Biz (Musoning onasining) ko'zlari quvonishi va g'am chekmasligi uchun hamda Allohning va'dasi haq ekanini bilishi uchun uni onasiga qaytardik. Lekin, ko'pchiligi (buni) bilmaydilar.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #387 : 28 Iyul 2008, 19:48:54 »


14. Qachonki, u voyaga yetib, (aqli) to'lgach, Biz unga hikmat va bilim ato etdik. Biz ezgu ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz.

15. (Kunlardan birida Muso) shaharga uning aholisi qaflatda bo'lgan (peshin) paytida kirgan edi, unda ikki kishini urushayotgan holatda topdi. Bunisi o'z guruhidan (Isroil avlodi qavmidan) va unisi dushmanidan (qibtiylardan) edi. (Bas, Musoning) guruhidan bo'lgan kishi undan dushmaniga qarshi yordam so'radi. Shunda Muso bir musht urib, uni o'ldirib qo'ydi. (So'ng pushaymon bo'lib,) dedi: "Bu shaytonning ishidandir. Albatta, u aniq adashtiruvchi dushmandir".

16. (Keyin Allohga iltijo qilib,) dedi: "Ey, Rabbim, darhaqiqat, men o'zimga zulm qilib qo'ydim. Bas, meni mag'firat et". (Alloh) uni mag'firat etdi. Albatta, Uning O'zigina mag'firatli va rahmli zotdir.

17. U (yana) dedi: "Ey, Rabbim, menga qilgan in'oming haqqi endi sira jinoyatchilarga yordam qiluvchi bo'lmasman!"

18. Bas, u erta tongda shaharda qo'rquvga tushib, (biror ko'ngilsizlikka) ko'z tutgan holda ketayotgan edi, qarasa, birdan kecha undan yordam so'ragan kimsa yana uni yordamga chaqirayotibdi. Muso unga dedi: "Darhaqiqat, sen aniq gumrohdirsan!"

19. Endi u ikkisiga dushman bo'lgan kimsani (Qibtiyni) tutmoqchi bo'lgan edi, "Ey, Muso, kecha bir jonni o'ldirganing kabi (bugun) meni ham o'ldirmoqchimisan?! Sen faqat yer yuzida jabr qiluvchi bo'lmoqchisan. Sen isloh qiluvchilardan bo'lishni istamaysan",- dedi.

20. Shaharning ichkarisidan bir kishi shoshgancha kelib: "Ey, Muso, zodagonlar seni o'ldirish uchun til biriktirmoqdalar. Bas, sen (bu shahardan) chiqib ketgin. Albatta, men senga nasihatgo'y kishilardandirman",- dedi.

21. Bas, u qo'rquvga tushib, (atrofni) kuzatgan holda u yerdan chiqib, dedi: "Ey, Rabbim, O'zing menga (bu) zolimlar qavmidan najot bergin!"
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #388 : 28 Iyul 2008, 19:49:45 »


22. Qachonki, Madyan (shahri) tomonga ravona bo'lgach, dedi: "Zora Rabbim meni to'g'ri yo'lga hidoyat etsa!"

23. Qachonki, Madyanning suvi (qudug'i)ga yetib kelgach, u joyda bir to'p odamlar (chorvalarini) sug'orayotganlarini ko'rdi va ulardan beriroqda ikki ayol (o'z qo'ylarini) qo'riqlab turganlarini ko'rib: "Sizlarga ne bo'ldi?" - dedi. Ular: "Biz, to podachilar (mollarini) qaytarmaguncha, sug'ora olmaymiz. Otamiz esa qari chol", - dedilar.

24. Shunda (Muso) ularga (qo'ylarini) sug'orib berdi. So'ngra (bir chetdagi) soyaga borib (o'tirib), dedi: "Ey, Rabbim, men uchun nima yaxshilik (rizq) tushirsang, o'shanga muhtojdirman".

25. Bas, ulardan biri hayo bilan yurib kelib: "Otam seni bizlarga (qo'ylarimizni) sug'orib berganing haqini berish uchun chaqirmoqda",- dedi. Bas, (Muso Shuaybning huzuriga) kelib, unga o'z qissasini, so'ylab bergach, u: "Qo'rqmagin. Sen zolimlar qavmidan najot topding", - dedi.

26. (Qizlardan) biri: "Ey, ota, uni (ishga) yollagin! Zero, sen yollagan eng yaxshi kishi kuchli, ishonchli kishidir", - dedi.

27. (Shuayb) aytdi: "Menga sakkiz yil ishlab berishing badaliga men senga mana shu ikki qizimdan birini nikohlab bermoqchiman. Endi, agar o'n yilni bitirsang (o'n yil ishlab bersang) o'zingdan (marhamat)dir. Men seni qiynashni istamayman. Inshoalloh, mening solih kishilardan ekanimni bilursan".

28. (Muso) dedi: "Mana shu sen bilan mening o'rtamizdagi (bitim)dir. Ikki muddatdan qay birini ado qilsam, bas, menga adovat qilinmas. Alloh aytayotgan so'zimizga guvohdir".
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #389 : 28 Iyul 2008, 19:51:55 »


29. Bas, qachonki, Muso (kelishilgan) muddatni o'tab, oilasi bilan (Misr tomon) yo'lga tushgach, Tur (tog'i) tarafidan bir olovni ko'rib qoldi. U oilasiga: "Sizlar (shu yerda) kutib turinglar. Men bir olovni ko'rib qoldim. Shoyad sizlarga biror xabar yoki isinib olishlaringiz uchun (u) olovdan cho'g' olib kelsam", - dedi.

30. Bas, qachonki, uning oldiga yetib kelgach, u muborak joydagi vodiyning o'ng tarafidan - daraxtdan unga nido qilindi: "Ey, Muso, Men (barcha) olamlarning Parvardigori - Allohdirman!

31. Asoyingni (yerga) tashla!" Bas, qachonki, (Muso) uni ilondek qimirlayotganini ko'rgach, ortiga qaramay qochdi. (Unga deyildi:) "Ey, Muso, qayt va qo'rqma! Zero, sen (xavfu-xatardan) omonlikdagi kishilardandirsan!

32. Qo'lingni qo'yningga tiqqin, biror yomonliksiz oppoq bo'lib chiqur va qanotingni (ya'ni, qo'lingni) qo'rquvdan yumib olgin (u yana o'z holiga qaytur). Bas, shu ikkisi (aso bilan qo'l) Rabbing tomonidan Fir'avn va uning zodagonlariga ikki hujjatdir. Darhaqiqat, ular fosiqlar qavmi edilar".

33. (Muso) dedi: "Ey, Rabbim, men ulardan bir jonni o'ldirib qo'yganman. Bas, meni o'ldirishlaridan qo'rqurman.

34. Birodarim Horun mendan ko'ra tili burroroq. Bas, uni ham men bilan birga meni tasdiqlaydigan yordamchi qilib yuborgin. Chunki ular meni yolg'onchi qilishlaridan qo'rqurman".

35. (Alloh) aytdi: "Biz seni birodaring bilan quvvatlantirurmiz va ikkingiz uchun saltanat (g'alaba ato) qilurmiz. Bas, ular sizlarga (biror) ziyon yetkaza olmaslar. Bizning mo''jizalarimiz bilan sizlar ham, sizlarga ergashganlar ham g'olibdirlar".
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

 

Qur'oni karim. Alouddin Mansur tarjima va sharhi

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 607
Ko'rilgan: 607699
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 02:24:55
muallifi AbdulAziz
Qur'oni karim tafsir va tarjimalari

Muallif AbdulAzizBo'lim Islom

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 28535
So'nggi javob 30 Oktyabr 2009, 18:41:42
muallifi yoqimtoyqiz
Qur'oni karim oyatlari rasmlarda

Muallif MuhammadBo'lim Islomiy media

Javoblar: 36
Ko'rilgan: 28391
So'nggi javob 02 Yanvar 2009, 17:29:09
muallifi zuhrahon
Qur'oni Karim mo'jizalari

Muallif RobiyaBo'lim Islomiy media

Javoblar: 17
Ko'rilgan: 17218
So'nggi javob 13 Aprel 2008, 00:32:30
muallifi lolo
Qur'oni karim nomlari

Muallif Muhammad AminBo'lim Islom

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 4507
So'nggi javob 13 Noyabr 2007, 11:13:48
muallifi Muhammad Amin