Muallif Mavzu: Qur'oni karim. Abdulaziz Mansur tarjima va sharhi  ( 509475 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #435 : 28 Iyul 2008, 21:07:29 »


4. (Ey, Muhammad,) agar (mushriklar) Sizni inkor etsalar, bas, (bilingki,) Sizdan avvalgi payg'ambarlar ham inkor etilgandirlar. (Barcha) ishlar, albatta, Allohga qaytarilur.

5. Ey, insonlar, albatta, Allohning va'dasi haqdir. Bas, sizlarni dunyo hayoti sira aldab qo'ymasin! Yana sizlarni aldamchi (shayton) aldab qo'ymasin!


Izoh: Ya'ni sizlarga shayton Alloh nomidan va'da qilib: "Gunoh ishlarni qilaveringiz, toat-ibodat shart emas, Alloh kechiruvchi" kabi so'zlar bilan aldab qo'ymasin!

6. Albatta, shayton sizlarga dushmandir, bas, uni dushman tutinglar! U o'z firqasini (o'ziga ergashganlarni) do'zax ahli bo'lishga da'vat qilur.

7. Kofir bo'lgan kimsalar uchun qattiq azob bordir. Imon keltirgan va solih amallarni qilganlar uchun esa mag'firat va katta mukofot bordir.

8. Axir (qilgan) yomon ishi o'ziga chiroyli ko'rsatilib, uni go'zal (ish) deb o'ylagan kimsa (hidoyat topgan zot kabi bo'lurmi)?! Zotan, Alloh O’zi xohlagan kimsalarni yo'ldan ozdirur va O’zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. Bas, (Ey, Muhammad,) ularga hasratlar chekib joningiz (chiqib) ketmasin. Albatta, Alloh ularning qilayotgan sir-sinoatlarini biluvchidir.

9. Alloh shamollarni yuborib, bulutni qo'zg'atgach, Biz uni "o'lik" shaharga haydab, u bilan "o'lgan" yerni "tiriltirdik". Јiyomatda qayta tirilish ham shu tarzdadir.

10. Kimki qudratni istaydigan bo'lsa, bas, barcha qudrat Allohnikidir. (Har bir) xush kalima U sari chiqur. Solih amalni esa, (Alloh O’z dargohiga) ko'tarur. Yomonliklar bilan makr qiladiganlar uchun qattiq azob bordir va ularning makrlari ham halok bo'lur (behuda ketur).

11. Alloh sizlarni (Odamni) tuproqdan, so'ngra (uning naslini) nutfadan yaratib, keyin sizlarni juft-juft (erkak-ayol) qilib qo'ydi. Har bir ayolning homilador bo'lishi va ko'zi yorishi faqat Uning ilmi bilan bo'lur. Biror uzoq umr ko'ruvchining umri uzaytirilgan bo'lsa yoki umridan kamaytirilgan bo'lsa, albatta, u Kitobda (Lavhul-Mahfuzda bitilgan) bo'lur. Albatta, bu Allohga osondir.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #436 : 28 Iyul 2008, 21:08:40 »


12. Ikki dengiz teng bo'lmas - bunisi shirin-totli va yutumli, unisi esa sho'r-nordondir. Sizlar (ularning) har biridan yangi go'sht (baliq) yeysizlar va taqadigan zeb-ziynat chiqarib olursizlar. (Allohning) fazlidan (rizqidan) istashlaringiz uchun (suvni) yorib ketayotgan kemalarni ko'rasizlar. Shoyad shukr qilsangizlar.

13. (Alloh) kechani kunduzga kiritur va kunduzni kechaga kiritur, U quyosh va oyni ham (sizlar uchun) bo'yin sundirib qo'ygandir - har biri muayyan muddatgacha joriy bo'lur. Ana shu sizlarning Rabbingiz - Allohdir, Podshohlik faqat Unikidir. (Ey, mushriklar,) sizlar U zotni qo'yib iltijo qilayotgan narsa (but)laringiz esa, xurmoning dumicha narsaga ham ega emasdirlar.

14. Agar sizlar ularni chorlasangizlar, chaqiriqlaringizni eshitmaslar. Eshitganlarida ham sizlarga javob qila olmaslar va qiyomat kunida shirklaringizni inkor qilurlar. (Ey, Muhammad,) Sizga xabardor zot (Alloh)dek (hech kim) xabar bera olmas.

15. Ey, insonlar, sizlar Allohga muhtojdirsizlar. Alloh esa, albatta, behojat va hamdga loyiq zotdir.

16. Agar U xohlasa, sizlarni (yer yuzidan) ketkazib, (o'rningizga) yangi bir xalqni keltirur.

17. Bu (ish) Allohga qiyin emasdir.

18. (Qiyomat kunida) hech bir ko'taruvchi (gunohkor) o'zga (jon)ning yukini (gunohini) ko'tarmas. Agar og'ir gunoh egasi o'z yuki - (gunohini ko'tarish)ga chorlansa, (garchi chorlanuvchi) qarindoshi bo'lsa-da, u (gunoh)dan biror narsa yuklatilmas. (Ey, Muhammad,) Siz faqat Parvardigorlaridan g'oyibona qo'rqadigan va namozni mukammal ado etgan zotlarnigina ogohlantira olursiz. Kimki poklansa, u faqat o'zi uchun poklangan bo'lur. Qaytish faqat Alloh saridir.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #437 : 28 Iyul 2008, 21:09:43 »


19. Ko'r (kofir) bilan ko'ruvchi (mo'min) barobar bo'lmas.

20. Zulmatlar (kufr) bilan nur (imon) ham.

21. Soya (jannat) bilan jazirama (do'zax) ham (barobar bo'lmas).

22. Tiriklar (mo'minlar) bilan o'liklar (kofirlar) ham barobar bo'lmas. Albatta, Alloh O’zi xohlagan kishilarga (quloqlariga) eshittirur. (Ey, Muhammad,) Siz qabrlardagi kimsalarga (qalbi o'liklarga) eshittira oluvchi emasdirsiz.

23. Siz faqat ogohlantiruvchidirsiz.

24. Albatta, Biz Sizni haq (din) bilan, xush xabar beruvchi va ogohlantiruvchi qilib yubordik. Har bir ummat ichida ham, albatta, bir ogohlantiruvchi (payg'ambar) o'tgandir.

25. Agar (mushriklar) Sizni inkor etsalar, bas, (bilingki), ulardan avvalgilar ham (payg'ambarlarni) inkor etganlar. Holbuki, payg'ambarlari ularga aniq mo''jizalar, (ilohiy) sahifalar va nurafshon Kitob keltirgan edilar.

26. So'ngra kofir bo'lganlarni (kufrlari sababli) ushladim (jazoladim). Bas, Mening inkorim (azobim) qanday bo'ldi?!

27. Alloh osmondan suv (yomg'ir-qor) yog'dirib, u bilan ranglari turli bo'lgan mevalarni chiqarganimizni ko'rmadingizmi?! Yana tog'larning oq, qizil, rangbarang yo'l(lisi) ham, tim qorasi ham bordir.

28. Shuningdek, odamlar, jonivorlar va chorva hayvonlari orasida ham turli ranglilari bordir. Allohdan bandalari orasida ulamolargina qo'rqurlar. Haqiqatan, Alloh qudratli va mag'firatlidir.

29. Allohning Kitobini tilovat qiladigan, namozni mukammal ado etadigan va Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan maxfiy va oshkora ehson qiladigan zotlar sira kasod bo'lmaydigan tijoratdan (mukofot bo'lishidan) umidvordirlar.

30. Zero, (Alloh) ularning ajrlarini komil qilib berur va O’z fazlini ularga yanada ziyoda qilur. Albatta, U mag'firatli va o'ta shukr qiluvchidir.


Izoh: Allohning shukri shuki, ozgina savobli ish uchun ko'pgina mukofot ato etaveradi. Uning Shokir, Shakur, Karim kabi ismlarida ham shu mazmun mujassamdir.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #438 : 28 Iyul 2008, 21:10:29 »


31. (Ey, Muhammad,) Biz Sizga vahiy qilgan Kitob (Јur'on) o'zidan avvalgi (ilohiy) kitoblarni tasdiqlovchi Haq (Kitob)dir. Albatta, Alloh O’z bandalaridan ogoh va (ishlarini) ko'rib turuvchidir.

32. So'ngra Biz (bu) Kitobga bandalarimizdan O’zimiz tanlagan zotlarni (ummatingizni) voris qildik. Bas, ularning orasida (unga amal qilmay) o'z joniga jabr qiluvchi ham bor, ularning orasida o'rtacha amal qiluvchi ham bor va ularning orasida Allohning izni bilan mudom yaxshiliklarda o'zib ketuvchi ham bordir. Ana o'sha (Јur'onga voris bo'lish) katta fazldir.

33. Ular mangu (yashaydigan) jannatlarga kirurlar va oltin bilakuzuklar va marjonlar bilan bezangan bo'lurlar. U joyda ularning liboslari harir - (ipak) bo'lur.

34. (Jannatga kirgan chog'larida) deydilar: "Bizlardan qayg'uni ketkazgan zot – Allohga hamd (bo'lsin)! Darhaqiqat, Rabbimiz mag'firatli va shukr sohibidir.

35. U O’z fazli bilan bizlarni mangu turadigan diyorga tushirdiki, bu joyda bizlarga na mashaqqat yetar va na charchoq yetar".

36. Kofir bo'lgan kimsalarga esa jahannam o'ti bordirki, na ularga hukm qilinib, o'la olurlar va na ulardan (jahannam) azobi yengillatilur. Har bir kofirni mana shunday jazolarmiz.

37. Ular u joyda: "Parvardigoro, bizlarni (azobdan) chiqargin, bizlar qilib o'tgan amallarimizdan boshqacha yaxshi (amallarni) qilurmiz", - deb faryod qilurlar. Axir, Biz sizlarga eslatma oladigan kishi eslatma olgudek uzun umr bermaganmidik?! Sizlarga ogohlantiruvchi (payg'ambar) ham kelgan edi-ku! Bas, endi (azoblaringizni) totaveringlar! Zolim kimsalar uchun yordamchi bo'lmas.

38. Albatta, Alloh osmonlar va Yerning g'aybini (sirlarini) biluvchidir. Haqiqatan, U dillardagi bor narsani aniq biluvchidir.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #439 : 28 Iyul 2008, 21:11:19 »


39. U sizlarni Yerda xalifa qilib qo'ygan zotdir. Bas, kim kofir bo'lsa, uning kufri faqat o'zining zarariga bo'lur. Kofir bo'lgan kimsalarning kufri ularga Parvardigor huzurida faqat g'azabnigina ziyoda qilur; kofir bo'lgan kimsalarning kufri ularga faqat ziyonnigina ziyoda qilur.

40. (Ey, Muhammad, mushriklarga) ayting: "Xabar beringiz-chi, sizlar Allohni qo'yib iltijo qilayotgan (but)laringiz, menga ko'rsatib beringiz-chi, ular yerdagi biror narsani yaratganmilar yoki ularning osmonlar(ni yaratish)da sherikliklari bormi yoxud Biz ularga biror kitob ato etdikmiki, ular undan hujjatlarni topsalar?!" Yo'q! Zolimlar bir-biriga faqat aldovni va'da qilurlar.

41. Albatta, Alloh osmonlar va Yerni zavol topishlaridan saqlab turar. Agar zavolga yuz tutsalar, U zotdan so'ng (Undan o'zga) hech kim ularni saqlay olmas. Darhaqiqat, U halim va mag'firatli zotdir.

42. (Makka kofirlari) agar ularga biror ogohlantiruvchi (payg'ambar) kelsa, albatta, (unga ergashib) har qanday ummatlardan ham hidoyat topuvchiroq bo'lishlari haqida jon-jahdlari bilan qasam ichgandilar. Bas, ularga ogohlantiruvchi (payg'ambar) kelgach, (bu) ularni yanada (hidoyatdan) uzoqlashtirdi.

43. Yerda mutakabbirlik qilgan va (payg'ambarga qarshi) yomon makr qilgan hollarida. Yomon makr esa, faqat o'z egalarini o'rab olur (halok qilur). Bas, ular faqat avvalgilarning yo'llariga (jazolariga) ko'z tutmoqdalar. Bas, Allohning sunnati (qonuni)ga sira o'zgartirish topmassiz va Allohning sunnatiga sira almashtirish topmassiz.

44. Axir, ular Yerda sayr qilib, o'zlaridan oldingi (dinsizlarning) oqibati qanday bo'lganini ko'rmaydilarmi?! Holbuki, (ular) bulardan ko'ra quvvatliroq edilar. Na osmonlarda va na Yerda Allohni ojiz qoldiruvchi narsa yo'qdir. Zotan, U bilim va qudrat egasidir.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #440 : 28 Iyul 2008, 21:12:22 »


45. Agar Alloh odamlarni ular qilgan gunohlari bilan jazolasa edi, (Yer) ustida biror jonivorni qo'ymagan bo'lur edi. Lekin, U ularni (jazolashni) belgilangan muddatgacha (qiyomat kunigacha) kechiktirur. Bas, o'sha muddat kelgach esa. . . albatta, Alloh bandalarini ko'rib turuvchi zotdir.


YOSIN SURASI


"Yosin" so'zining ma'nosi to'g'risida turli rivoyatlar bor. Masalan, "Ey, inson!", "Ey, Muhammad!", "Ey, Sayyid!" kabilar.

Surada Muhammad (a. s.)ning haqiqiy Payg'ambar ekanliklari, Iso (a. s.) tomonidan Antokiya shahriga yuborilgan elchilarning ko'rgan kechirmalari, Habib an-Najjor ismli shaxsning imon yo'lida qurbon bo'lishi, quyosh, oy, yulduzlarning ilohiy qonun bilan faoliyat ko'rsatib turishlari, shuningdek, jannat va do'zax ahllarining qiyomat kunidagi holatlari, tavhid, qayta tirilish haqligiga dalolat qiluvchi oyatlar joy olgan. Yosin surasining fazilatlari to'g'risida ko'pgina hadisi shariflar rivoyat qilingan. Ularda kimki bu surani ixlos bilan o'qisa, hojati ravo bo'lishi, och bo'lsa qorni to'yishi, tashna bo'lsa serob bo'lishi, kiyim-boshga ega bo'lishi, xavf-xatarda bo'lsa xotirjamlik topishi, kambag'al bo'lsa boy bo'lishi, mahbus bo'lsa ozod bo'lishi, qarzdor bo'lsa qarzidan oson qutilishi kabi va'dalar bayon qilingan.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Yo, Sin.

2. (Ey, Muhammad, ushbu) hikmatli Qur'onga qasamki,

3. haqiqatan, Siz payg'ambarlardandirsiz!

4. (Siz) To'g'ri yo'ldadirsiz.

5. (Bu Qur'on) qudratli va rahmli (Alloh)ning nozil qilgan (Kitob)idir,

6. toki ota-bobolari ogohlantirilmay, g'ofil bo'lib qolgan qavmni ogohlantirgaysiz.

7. Ularning ko'plariga So'z (azob haqidagi hukm) muqarrar bo'lgandir. Bas, ular imon keltirmaslar.

8. Darhaqiqat, Biz ularning bo'yinlariga, to iyaklarigacha kishanlarni solib qo'ydik, bas, ular kekkayuvchilardir.

9. Yana ularning oldilaridan bir to'siq (parda), ortlaridan bir to'siq (parda) qilib, ularni o'rab qo'ydik. Bas ular "ko'ra" olmaslar.


Izoh: Bu oyat Abu Jahl Maxzumiy haqida nozil bo'lgan. U Rasulullohni namoz o'qiyotgan paytlarida boshlariga tosh bilan urib majruh qilishga qasam ichgan bo'lib, maqsadini amalga oshirmoqchi bo'lganida toshni ko'targanicha qo'llari toshga yopishib qoladi. Sharmanda bo'lib o'z qavmiga qaytib kelgach, boshqa biri "Bu ishni men bajaraman" - deb ravona bo'lganida, Alloh taolo amri bilan uning ko'zi ko'r bo'lib qoladi.

10. (Ey, Muhammad,) Siz ularni ogohlantirdingizmi yoki ogohlantirmadingizmi – ularga barobardir - imon keltirmaslar.

11. Siz faqat Zikr (Јur'on)ga ergashgan va Rahmondan g'oyibona qo'rqqan kishilarnigina ogohlantira olursiz. Bas, o'shalarga mag'firat va ulug' mukofot (jannat) xushxabarini bering!
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #441 : 28 Iyul 2008, 21:14:22 »


12. Albatta, Biz o'liklarni tiriltirurmiz va ularning qilgan amallarini hamda (qoldirgan) izlarini yozib qo'yurmiz. Barcha narsani Biz aniqlab beruvchi Imom (Lavhul-Mahfuz)da hisobga olganmiz.

13.  (Ey, Muhammad,) Siz ularga qishloq (ahli)ni - u joyga elchilar kelgan paytini misol keltiring!


Izoh: Qishloqning nomi Antokiya bo'lib, u Rum (hozirgi Italiya) ning qadimiy qishloqlaridan biridir.

14. O'shanda Biz ularga ikkita (elchi)ni yuborganimizda (ular) ikkisini yolg'onchiga chiqarishgach, uchinchi (elchi) bilan quvvatlantirdik. Bas, (uchchala elchi Antokiya ahliga): "Haqiqatan, biz sizlarga (yuborilgan) elchilarmiz", degan edilar.

15. Ular: "Sizlar ham xuddi bizga o'xshagan odamlarsiz. Rahmon (Alloh) biror narsa (vahiy) nozil qilgani yo'q. Sizlar faqat yolg'on so'zlamoqdasizlar", - dedilar.

16. (Elchilar) aytdilar: "Rabbimiz bilurki, bizlar, albatta, sizlarga (yuborilgan) elchilardirmiz!

17. Bizlarning zimmamizda faqat (Allohning vahiysini sizlarga) aniq yetkazishgina bordir".

18. (Ular) dedilar: "Bizlar sizlardan shumlanmoqdamiz. Јasamki, agar (da'vatlaringizni) to'xtatmasangizlar, sizlarni, albatta, toshbo'ron qilurmiz va sizlarga biz tomondan alamli azob yetar".

19. (Elchilar) aytdilar: "Shumlanishingiz o'zlaringiz bilandir. Sizlarga nasihat qilinsa (shumlanasizlarmi)?! Yo'q, sizlar haddan oshgan qavmdirsiz!"

20. (Shu payt) bir kishi shaharning ichkarisidan shoshgancha kelib, dedi: "Ey, qavmim, (bu) elchilarga ergashinglar!

21. O'zlari hidoyatda bo'lgan va sizlardan haq so'ramaydigan zotlarga ergashinglar!"


Izoh: Bu taklifni xaloyiqqa aytgan kishi Habib ismli bir xudojuy duradgor bo'lib, u shahar chetida yashar edi.

22. (U yana aytdi): "Nega men o'zimni yaratgan Zotga ibodat qilmayin? (Sizlar ham) Ungagina qaytarilursizlar.

23.  Men Undan O'zgalarni iloh qilib olaymi?! (Holbuki), agar Rahmon menga biror zarar yetkazishni istasa, u ("iloh")larning shafoatlari menga biror foyda bera olmas va ular meni (azobdan) qutqara olmaslar.

24. U holda men, albatta, aniq zalolatda bo'lurman-ku!

25. Haqiqatan, men Rabbingizga imon keltirganman, meni eshitib qo'yingiz!"

26. (So'zlariga boqmay uni qatl qilishgach, unga) "Jannatga kir",- deyildi. (U joydagi noz-ne'mat va izzat-ikromni ko'rgach), u aytdi: "Qani edi qavmim bilsalar

27. Rabbimning meni mag'firat etganini va meni mukarram kishilardan qilganini".
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #442 : 28 Iyul 2008, 21:15:39 »
YIGIRMA UCHINCHI JUZ’
*************************



28. Biz undan (Habib an-Najjor qatlidan) keyin uning qavmi ustiga osmondan biror qo'shin (azob farishtalarini) tushirmadik. Biz (shoshilinch) tushiruvchi emasmiz.

29. Faqat birgina dahshatli qichqiriq bo'ldi-yu, birdaniga ular "o'chib" qoldilar.

30. Bandalarga hasrat (nadomat) bo'lgayki, ularga payg'ambar kelishi bilan uni masxara qiluvchi bo'ldilar.

31. Axir, ular o'zlaridan oldin ham qancha avlodlarni halok qilganimizni – o'shalar ularning oldiga (dunyoga) qaytib kelmayotganini ko'rmadilarmi?!

32. Albatta, barchalari (qiyomatda) Bizning dargohimizda hozir qilinuvchidirlar.

33. O'lik (qo'riq) yer ular uchun (qayta tirilishga) bir alomatdir, Biz uni ( suv bilan) tiriltirdik va undan (turli) donlarni undirib chiqardik. Bas, ular undan yerlar.

34. Yana Biz u (yer)da xurmozor va uzumzor bog'larni (paydo) qildik va u yerda buloqlarni oqizib qo'ydik.

35. Toki (odamlar) mevasidan yesinlar. Holbuki, u (mevalar)ni o'z qo'llari (bilan) qilmagan edilar. Axir shukr qilmaydilarmi?!

36. Yer undiradigan narsalardan, (odamlarning) o'zlaridan va yana ular bilmaydigan narsalardan iborat barcha juftlarni yaratgan (Alloh)ga tasbeh aytilur.

37. Tun ham ular uchun (qudratimizdan) bir alomatdir. Biz undan kunduzni sug'urib olishimiz bilan birdaniga ular zulmatda qolurlar.

38.  Quyosh (tinmay) o'z qarorgohi sari joriy bo'lur. Bu qudratli va bilimli zotning o'lchovidir.

39. Biz oyni ham, toki u eski xurmo butog'idek bo'lib (egilib) qolgunicha, manzillarga (botadigan qilib) o'lchab qo'ygandirmiz.


Izoh: Madorik tafsirida yozilishicha, oy agar qisqa bo'lsa, u hilollik kunidan boshlab 28 joyda ko'rinadi. So'ng bir yoki ikki kecha ko'rinmasdan, yana boshidan boshlab takrorlanaveradi. Shu manzillarga qarab oyning nuri ham ozayib-ko'payib turadi.

40. Na quyosh oyga yetishi mumkin va na kecha-kunduzdan o'zuvchidir. (Quyosh, oy va yulduzlarning) har biri (bir) falakda suzadilar.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #443 : 28 Iyul 2008, 21:17:09 »


41. Biz ularning zurriyotlarini (Nuh payg'ambar yasagan) to'la kemada ko'targanimiz (va to'fondan qutqarganimiz) ular uchun (qudratimizdan yana bir) alomatdir.

42. Yana Biz ularga xuddi o'sha (kemaga) o'xshash (ot, tuya kabi) minadigan narsalarni ham yaratdik.

43. Agar Biz xohlasak, ularni g'arq qilurmiz-da, so'ng ular uchun biror yordamchi bo'lmas va ular qutqarilmaslar ham.

44. Faqat Biz tomondan bo'lgan marhamat sababli va (ma'lum) bir vaqtgacha (hayotdan) bahramand bo'lishlari uchun (muhlat berilur).

45. Qachonki, ularga: "Rahmatga erishishlaringiz uchun oldilaringizdagi (oxirat)dan va ortingizdagi (dunyo)dan qo'rqinglar",- deyilsa, (quloq solmaslar).

46. Ularga Parvardigorlarining oyatlaridan biror oyat kelsa, albatta, ular (o'sha oyatdan) yuz o'giruvchi bo'lurlar.

47. Qachonki, ularga: "Alloh sizlarga rizq qilib bergan narsalardan ehson qilinglar", - deyilsa, kofir bo'lgan kimsalar imon keltirgan zotlarga (istehzo bilan): "Agar Alloh xohlasa, O'zi oziqlantiradigan kishilarga bizlar taom berurmizmi? Sizlar, shubhasiz, aniq zalolatdadirsizlar", - derlar.

48. Yana ular: "Agar rostgo'y bo'lsangizlar (aytinglar-chi), mana shu va'da (azob) qachon bo'ladi?" - derlar.

49. Ular janjallashib turganlarida, ularni tutuvchi birgina qichqiriqni kutmoqdalar, xolos.

50. Bas, ular na biror vasiyat qilishga va na (oila) ahliga qaytishga qodir bo'lurlar.

51. (Qiyomat kuni) sur chalinishi bilan birdaniga ular qabrlaridan Parvardigorlari sari sug'urilib chiqurlar.

52. Ular: "Holimizga voy! Kim bizlarni uxlayotgan joyimizdan o'yg'otdi?" - deganlarida, (ularga aytilur): "Mana shu Rahmon va'da qilgan va payg'ambarlar so'zlagan rost narsa (qiyomat)dir".

53. Faqatgina bir qichqiriq, bas, darhol ularning barchalari Bizning dargohimizda hozir qilinuvchidirlar.

54. Mana bugun hech bir jonga zulm qilinmas va sizlar faqat o'zlaringiz qilib o'tgan amallaringizga qarab taqdirlanursizlar.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #444 : 29 Iyul 2008, 08:24:53 »


 
55. Albatta, jannat ahli bu Kunda (rohat va farog'at) ish(lari) bilan shoddirlar.

56. Ular o'z juftlari bilan birga soyalarda, so'rilarda suyanib o'tirurlar.

57. Ularga u joyda (turli) mevalar va ular uchun istagan narsalari mavjuddir.

58. (Ularga) rahmli Parvardigor (tomoni)dan salom (aytilur).

59. Ey, jinoyatchilar, bu Kunda, endi (mo'minlardan) ajralinglar!

60. Men sizlarga tavsiya qilib: "Ey, Odam bolalari, shaytonga ibodat (itoat) qilmangiz, chunki, u sizlarga ochiq dushmandir.

61. Mengagina ibodat qilinglar! Mana shu To'g'ri yo'ldir",- demaganmidim?!

62. (Shayton) sizlarning ichingizdan ko'p avlodni yo'ldan ozdirdi. Axir, aql yurituvchi bo'lmadingizlarmi?

63. Sizlarga va'da qilingan jahannam mana shudir!

64. (Dunyoda) kofir bo'lib o'tganlaringiz sababli bu Kunda unda toblaningiz!

65. Bu Kunda Biz ularning og'izlarini muhrlab qo'yurmiz. Bizga ularning qilib o'tgan ishlari haqida qo'llari so'zlab, oyoqlari guvohlik berur.

66. Agar Biz xohlasak, ularning ko'zlarini yo'q qilgan bo'lur edik. Ana u holda ular yo'lga shoshardilar-u, (lekin) qayoqdan (yo'lni) ko'ra olsinlar?!

67. Agar Biz xohlasak, ularni turgan joylarida (maymun, to'ng'iz yo tosh kabi) narsalarga aylantirib qo'ygan bo'lur edik. So'ng ular (oldinga) yurishga ham qodir emaslar va (orqalariga ham) qayta olmaslar.

68. Biz kimga uzoq umr bersak, uning vujudini xam (egik, zaif) qilib qo'yurmiz. Axir, aql yurgizmaydilarmi?!

69. (Muhammadga) she'rni ta'lim bermadik va unga (shoirlik) mumkin ham emas. U (vahiy) faqat zikr (eslatma) va aniq Qur'ondir.

70. (U) tirik (aqlli) kishilarni ogohlantirish va kofirlarga So'z (azob) muqarrar bo'lishi uchun (nozil qilingan)dir.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #445 : 29 Iyul 2008, 08:25:31 »


71. Axir, ular uchun O'z "qo'limiz" ishi bilan chorva hayvonlarini yaratib qo'yganimizni ko'rmadilarmi?! Mana ular o'sha (hayvon)larga egadirlar.

72. Biz o'sha (hayvon)larni ularga bo'yin sundirib qo'yganmiz. Ana ularning minadigan narsalari ham o'sha (hayvon)lardan va o'shalardan yegaylar.

73. Yana ular uchun o'sha (hayvon)larda (turli) foydalar va ichimlik (sut-qaymoq)lar bordir. Axir, shukr qilmaydilarmi?!

74. Allohni qo'yib yordam olish umidida "iloh"larni tutdilar.

75. Ular hozirlangan qo'shin bo'la turib, ularga yordam berishga qodir bo'lmaslar.

76. Bas, (ey, Muhammad,) Sizni ularning so'zlari g'amgin qilmasin! Zotan, Biz ularning yashiradigan narsalarini ham, oshkor qiladigan narsalarini ham bilurmiz.

77. Inson, Biz uni nutfadan (bir tomchi shahvat suvidan) yaratganimizni, endi esa, u birdaniga (O'zimizga) oshkora xusumat qiluvchi bo'lib qolganini ko'rmadimi?!

78. U Bizga: "Chirib ketgan suyaklarni kim ham tiriltira olur?"- deb, masal keltirdi-yu, (ammo) o'zining (qanday) yaralganini unutib qo'ydi.

79. (Ey, Muhammad,) ayting: "U (chirigan suyak)larni dastlab paydo qilgan zotning O'zi qayta tiriltirur. U turli xil yaratish(lar)ni biluvchidir".

80. U sizlar uchun yashil daraxtdan olov paydo qilgan zotdir. Bas, sizlar o'shandan olov yoqursizlar.

81. Osmonlar va Yerni yaratgan zot yana ularning xuddi o'zidek yaratishga qodir emasmi?! Yo'q, (albatta, qodirdir). U yaratuvchi va biluvchidir!

82. Biror narsa (yaratish)ni iroda qilganda, Uning ishi faqatgina: "Bo'l!"- deyishdir. U (narsa) esa bo'lur (vujudga kelur).

83. Bas, barcha narsaning egaligi O'z "qo'li"da bo'lgan (Alloh)ga tasbeh (aytilur). Unga (huzuriga)gina qaytarilursizlar!
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #446 : 29 Iyul 2008, 08:27:30 »


VAS-SOFFOT SURASI

 "Soffot" - saf tortib turuvchilar. Surada imon-e'tiqod, kufr va shirk, ins va jin, jannat va do'zax, payg'ambarlar, xususan, Ibrohim, Ismoil (a. s.) qissalari va boshqa muhim ma'lumotlar bayon qilinadi. Saf tortuvchilardan murod bu yerda farishtalar va mo'minlardir.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. (Alloh yo'lida) saf tortib turuvchi,

2. (gunoh ishlardan) mudom to'suvchi,

3. (Allohning kalomini) doimo zikr qiluvchi (farishtalar va insonlardan iborat barcha) zotlarga qasamki,

4. haqiqatan, ilohingiz yagonadir!

5. (U) osmonlar, Yer va ularning o'rtasidagi narsalarning Parvardigoridir. (U yana) kunchiqar (va kunbotar) tomonlarning Parvardigoridir.

6. Darhaqiqat, Biz dunyo osmonini yulduzlar bilan ziynatladik.

7. (Uni) har qanday itoatsiz shaytondan (jindan) saqladik.

8. U (jin)lar eng oliy mavjudotlar (farishtalar so'zlari)ni eshita olmaslar, ularga har tomondan (yulduzlar) otilur

9. haydash uchun. Ularga (oxiratda) doimiy azob bordir.

10. Illo, biror marta (biror so'zni) ilib olgani bo'lsa, unga ham uchar yulduz quvib yetar (va halok etar).

11. Bas, (ey, Muhammad, Makka kofirlaridan) so'rang-chi, ular(ni) yaratish qiyinroqmi yoki Biz yaratgan narsalarnimi?! Zotan, Biz ularni (Odamni) yopishqoq loydan yaratgandirmiz.

12. Balki Siz (ulardan) taajjubdadirsiz, (ammo) ular esa masxara qilurlar.

13. Ularga (Qur'on bilan) nasihat qilinsa, nasihatni olmaslar.

14. Biror mo''jizani ko'rsalar, (imon keltirish o'rniga) yanada ziyodaroq masxara qilurlar

15. va derlar: "Bu faqat aniq sehrdir.

16. Bizlar o'lib, tuproq va suyaklarga aylanib ketganimizda (rostdan ham), yana qayta tiriluvchi ekanmizmi?!

17. Avvalgi (o'tib ketgan) ota-bobolarimiz ham-a?!

18. (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "O'a! Sizlar (o'sha kuni) xor bo'luvchidirsizlar!"

19. U (ya'ni, qayta tirilish) faqatgina (Isrofilning suri bilan chalinuvchi) bir qichqiriqdir, xolos, bas, ular (qayta tirilib, hukmga) qarab tururlar.

20. "Holimizga voy! Bu jazo kuni-ku!" - deb qolurlar.

21. Mana shu sizlar yolg'on deb o'tgan Ajrim kunidir.

22. (Ey, farishtalar,) zolim (kofir) bo'lgan kimsalar va ularning yoronlarini hamda ibodat qilib o'tgan narsalarini to'plangiz,

23. Allohdan o'zga. Bas, ularni do'zax yo'liga boshlangiz.

24. (Ammo farmonim bo'lguncha) ularni to'xtatib (do'zaxga tashlamay) turinglar! Chunki, ular (qilmishlari to'g'risida) so'raluvchidirlar.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #447 : 29 Iyul 2008, 08:30:40 »


25. (Ularga deydilar): "Nega bir-birlaringizga yordam bermayapsizlar?!"

26. Yo'q, ular bu Kunda taslim bo'luvchidirlar!

27. Ularning ba'zisi ba'zisiga qarab savoljavob qilurlar:

28. (Aldanganlar o'z peshvolariga): "Haqiqatan, sizlar bizlarga o'ng tomondan (ya'ni, ishonchli tomondan) kelar edinglar", - deydilar.

29. (Peshvolar) ayturlar: "Yo'q, sizlar o'zlaringiz mo'min bo'lmagan edinglar.

30. (Axir) bizlar uchun sizlarning ustingizdan hukmronlik yo'q edi-ku! Yo'q, sizlar o'zlaringiz haddan oshuvchi qavm edingizlar.

31. Bas, endi bizlarga Parvardigorimizning So'zi (azobi) muqarrar bo'ldi. Bizlar (uni) totuvchidirmiz.

32. Chunki, bizlar yo'ldan ozuvchi bo'lganimiz sababli sizlarni ham yo'ldan ozdirdik".

33. Bas, albatta, ular (ozganlar va ularning peshvolari) o'sha Kunda azobda sherik bo'luvchidirlar.

34. Darhaqiqat, Biz jinoyatchilarga mana shunday (ish) qilurmiz.

35. Chunki, ularga: "Allohdan o'zga iloh yo'q",deyilganda, kibrlangan edilar.

36. Ular: "Hali bizlar bir majnun shoirni deb ilohlarimizni tark etar ekanmizmi?" - der edilar.

37. Yo'q, (Muhammad) haq (din)ni olib keldi va (o'tgan) barcha payg'ambarlarni tasdiq etdi.

38. (Ey, jinoyatchilar,) sizlar, albatta, alamli azobni totuvchidirsizlar!

39. Sizlar faqat qilib o'tgan jinoyatlaringiz sababli jazolanursizlar.

40. Illo, Allohning shunday ixlosli bandalari bordirki,

41. aynan o'shalar uchun ma'lum rizq,

42. (turli) mevalar bo'lur. Ular izzat-ikromdadirlar,

43. ne'mat bog'larida,

44. so'rilar ustida bir-birlariga ro'baro' bo'lib o'tirurlar.

45. Ularga oqin chashmadan qadahlar aylantirilur.

46. Ichuvchilar uchun lazzatli, oppoq (qadahlar)dir (ular).

47. U (sharob)da aqldan ozdiruvchi narsa bo'lmas va ular undan mast bo'lmaslar.

48. Yana ularning oldilarida nigohlari (begonaga qarashdan) chegaralangan, keng-katta ko'zli (hur qiz)lar bo'lur.

49. Ular go'yo (pardaga) o'ralgan (oppoq) tuxumdekdirlar.

50. Bas, ular bir-birlariga qarab savol-javob qilurlar.

51. Ulardan biri deydi: "Mening bir do'stim bor edi.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #448 : 29 Iyul 2008, 08:30:52 »


52. U (menga): "Rostdan ham sen (qayta tirilishimizni) tasdiq etuvchilardanmisan?

53. O'lib, tuproq va suyaklarga aylanib ketgan vaqtimizda haqiqatan ham (tiriltirilib) jazolanuvchimizmi?" - der edi.

54. (Jannatdagi birodarlariga): "Sizlar (ham o'sha do'stimning do'zaxdagi holiga) qarayapsizlarmi?" - deydi.

55. So'ng o'zi qarab uni do'zaxning o'rtasida ko'rgach,

56. deydi: "Allohga qasamki, darhaqiqat, sen meni ham halok qilayozgan eding.

57. Agar Rabbimning ne'mati (hidoyati) bo'lmasa edi, albatta, men ham (sen bilan birga do'zaxga) hozir qilinuvchilardan bo'lur edim.

58. (Qani endi menga aytchi), bizlar o'luvchi emas ekanmizmi?!

59. O'sha birinchi o'limimizdan boshqa-ya?! (So'ng) azoblanuvchi ham emas ekanmizmi?!

60. Albatta, mana shu (jannat ne'matlari) ulkan yutuqning o'zidir!

61. Bas, aynan mana shunday yutuq uchun amal qiluvchilar amal qilsinlar!"

62. Mana shu yaxshi ziyofatmi yoki zaqqum daraxtimi?

63. Haqiqatan, Biz uni (zaqqum daraxtini) zolimlar uchun fitna (sinov va azob) qilib qo'ydik.


izoh: Zaqqum do'zaxda o'suvchi bir g'ayri tabiiy daraxt bo'lib, u to'g'ridagi xabarni eshitgan kofirlar olovda daraxt o'sishini aqllariga sig'dira olmaganlar. Bu bilan Alloh o'z bandalari O'zining cheksiz qudratiga qay darajada imon keltirishlarini sinovdan o'tkazmoqchi. Mo'min kishi Alloh va Uning rasulidan kelgan har qanday xabar va ma'lumotlarga, garchi aqliga sig'masa ham hech ikkilanmay ishonadi va imon keltiradi. Allohning O'ziga ishonmaydigan kofir esa Uning qudratiga ham ishona olmaydi.

64. Darhaqiqat, u do'zax qa'rida chiqadigan (o'sadigan) bir daraxtdir.

65. Uning butoqlari(dagi mevalari xunuklikda) xuddi shaytonlarning boshlariga o'xshar.

66. Bas, ular (do'zax ahli), albatta, undan yeyuvchi va qorinlarni u bilan to'ldiruvchidirlar.

67. So'ngra, albatta, ular uchun uning (zaqqum mevalari) uzra qaynoq suvdan aralashtirish bordir.

68. So'ngra ularning qaytishlari, albatta, do'zax sari bo'lur.

69. Albatta, ular (Makka mushriklari) o'zlarining ota-bobolarini adashgan holda topdilar.

70. Bas, o'zlari ham ularning izlaridan chopmoqdalar.

71. Ulardan avval o'tganlarning ko'plari ham yo'ldan ozgan edilar.

72. Holbuki, Biz ularning orasiga ogohlantiruvchi (payg'ambar)larni yuborgan edik.

73. Bas, ogohlantirilganlarning oqibatlari qanday bo'lganini ko'ring!

74. Illo, Allohning ixlosli bandalarigina (halokatga duchor bo'lmadilar).

75. Qasamki, Nuh (qavmidan shikoyat etib,) Bizga nido (iltijo) qildi. Bas, (Biz) naqadar yaxshi ijobat qiluvchidirmiz!

76. Biz unga va uning ahli (oilasi)ga ulkan tashvishdan (g'arq bo'lishdan) najot berdik.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #449 : 29 Iyul 2008, 08:31:57 »


77. Uning zurriyotini boqiy qoluvchi kishilar qilib qo'ydik.

78. Keyingi (avlod)lar orasida u haqda (maqtovlar) qoldirdik.

89. Olamlarda Nuhga salom!

80. Biz ezgu ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz!

81. Darhaqiqat, u Bizning mo'min bandalarimizdandir!

82. So'ngra boshqalar (Nuhni inkor etganlar)ni g'arq qilib yubordik.

83. Haqiqatan, Ibrohim ham u (Nuh)ning guruhidandir.

84. Qaysiki, Parvardigoriga sog'lom qalb bilan keldi.

85. O'shanda u otasi va qavmiga: "Nimaga ibodat qilmoqdasizlar?!

86. Allohni qo'yib, soxta ilohlarni istaysizlarmi?!

87. U holda (barcha) olamlarning Parvardigori (jazosi) haqida ne gumoningiz bor?!" - degan edi.

88. Bas, u yulduzlarga tikilib qaradi.

89. So'ngra: "Haqiqatan, men betobman", - dedi.

90. Darhol undan yuz o'girib qaytdilar.

91. Bas, (Ibrohim) ularning "ilohlari" oldiga asta kelib dedi: "(Oldilaringizdagi taomni) yemaysizlarmi?

92. Ne bo'ldi sizlarga, so'zlamaysizlar?!"

93. So'ng ularga yaqin kelib, o'ng qo'li(dagi bolta) bilan urdi.

94. Bas, (qavmi) uning oldiga shosha-pisha kelishdi.

95. U dedi: "O'zlaringiz yo'nib (yasab) olgan narsalarga ibodat qilasizlarmi?!

96. Holbuki, sizlarni ham, sig'inayotgan butlaringizni ham Alloh yaratgan-ku?!"

97. Ular (bir-birlariga) dedilar: "(Ibrohim) uchun (ichida olov yonadigan) binolar qurib, uni o'sha olovga tashlanglar".

98. Bas, ular (Ibrohimga) makr qilmoqchi bo'ldilar. Bas, Biz ularni tuban (mag'lub) qildik.

99. (U o't ichidan salomat chiqdi) va dedi: "Albatta, men Rabbim (buyurgan taraf)ga ketuvchidirman. Uning O'zi meni (To'g'ri yo'lga) hidoyat qilur.

100. Ey, Rabbim, O'zing menga solih (farzand)lardan ato etgin!"

101. Bas, Biz unga bir halim o'g'il xushxabarini berdik.

102. Bas, qachonki u (otasi) bilan birga yuradigan bo'lgach, (Ibrohim): "Ey, o'g'ilcham, men tushimda seni (qurbonlik uchun) so'yayotganimni ko'rmoqdaman. Endi sen o'zing nima ra'y (fikr) qilishingni bir (o'ylab) ko'rgin", - degan edi, u aytdi: "Ey, otajon, senga (tushingda Alloh tomonidan) buyurilgan ishni qilgin. Inshoalloh, meni sabr qiluvchilardan topursan".
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

 

Qur'oni karim. Alouddin Mansur tarjima va sharhi

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 607
Ko'rilgan: 681294
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 02:24:55
muallifi AbdulAziz
Qur'oni karim tafsir va tarjimalari

Muallif AbdulAzizBo'lim Islom

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 31710
So'nggi javob 30 Oktyabr 2009, 18:41:42
muallifi yoqimtoyqiz
Qur'oni karim oyatlari rasmlarda

Muallif MuhammadBo'lim Islomiy media

Javoblar: 36
Ko'rilgan: 30601
So'nggi javob 02 Yanvar 2009, 17:29:09
muallifi zuhrahon
Qur'oni Karim mo'jizalari

Muallif RobiyaBo'lim Islomiy media

Javoblar: 17
Ko'rilgan: 18819
So'nggi javob 13 Aprel 2008, 00:32:30
muallifi lolo
Qur'oni karim nomlari

Muallif Muhammad AminBo'lim Islom

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 5161
So'nggi javob 13 Noyabr 2007, 11:13:48
muallifi Muhammad Amin