Muallif Mavzu: Qur'oni karim. Abdulaziz Mansur tarjima va sharhi  ( 524697 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 3 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #480 : 05 Avgust 2008, 07:49:48 »


30. Albatta: "Rabbimiz - Alloh", - deb so'ngra (toat-ibodatda) to'g'ri (ustivor) bo'lgan zotlar huzuriga (o'lim paytida) farishtalar tushib (derlar): "Qo'rqmanglar va g'amgin bo'lmanglar. Sizlarga va'da qilingan jannat xushxabari bilan shodlaninglar!

31. Dunyo hayotida ham, oxiratda ham biz sizlarning do'stlaringizdirmiz. Sizlar uchun (jannatda) ko'ngillaringiz tilagan narsalar va sizlar uchun u joyda istagan narsalaringiz bordir.

32. (Bu) mag'firatli va mehribon zot (tomoni)dan bo'lmish ziyofatdir".

33. Alloh (yo'li)ga da'vat etgan va o'zi ham solih amal qilib, "Men musulmonlardandirman", - degan kishidan kim chiroyliroq so'zlovchidir?!

34. Yaxshilik bilan yomonlik barobar bo'lmas. Siz (yomonlikni) go'zalroq (muomala) bilan daf qiling! (Shunda) birdan siz bilan o'rtalaringizda adovat bo'lgan kimsa qaynoq (qalin) do'stdek bo'lib qolur.

35. Unga faqat sabrli zotlargina erishurlar, unga faqat ulug' nasiba egasigina erishur.

36. Agar Sizni shayton tomonidan vasvasa tutmoqchi bo'lsa, u holda Allohdan panoh so'rang. Zero, U eshituvchi va biluvchi zotdir.

37. Kecha va kunduz, quyosh va oy Uning alomatlaridandir. Agar sizlar (Allohga) ibodat qiluvchi bo'lsangizlar, quyoshga ham, oyga ham sajda qilmangizlar, (balki) ularni yaratgan zot - Allohga sajda qilingizlar!

38. Bas, agar (sajda qilishdan) kibrlansalar, bas, (bilingki,) Rabbingiz huzuridagi zotlar (farishtalar) kecha-yu kunduz (hech) malollanmasdan Unga tasbeh ayturlar (sajda qilurlar).


Izoh: 37-38-oyat Sajda oyatlari.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #481 : 05 Avgust 2008, 07:50:25 »


39. Uning alomatlaridan (biri) yerni qo'riq holda ko'rishingizdir. Bas, qachonki, Biz uning ustiga suv (yomg'ir) yog'dirsak, u harakatga kelar va unar. Albatta, o'sha yerni tiriltirgan zot o'liklarni ham tiriltira oluvchidir. Zero, U barcha ishga qodirdir.

40. Albatta, Bizning oyatlarimizga qing'irlik qiladigan kimsalar Bizga maxfiy bo'lib qolmaslar. Axir, do'zaxga tashlanadigan kimsa yaxshiroqmi yoki Qiyomat Kunida (Allohning azobidan) xotirjam holda keladigan kishimi?! Nimani xohlasangizlar, o'shani qilaveringizlar! Albatta, U qilayotgan ishlaringizni ko'rib turuvchidir.

41. O'zlariga Zikr (Qur'on) kelgan vaqtda unga kofir bo'lgan kimsalar (azobga yo'liqurlar). Shubhasiz, u aziz Kitobdir.

42. Unga oldidan ham, ortidan ham (hech qanday) botil (nohaqlik) kelmas. (U) hikmat va hamd egasi (tomoni)dan nozil qilingandir.

43. (Ey, Muhammad,) Sizga ham, faqat Sizdan avvalgi payg'ambarlarga (kofirlar tomonidan) aytilgan so'zlargina aytilur. Shubhasiz, Parvardigoringiz mag'firatli va alamli azob sohibidir.

44. Agar, Biz (Qur'onni) ajamiy (arab tilida bo'lmagan) Qur'on qilganimizda, albatta, ular: "Uning oyatlari (o'z tilimizda) bayon qilinmabdi-da. (Muhammadning o'zi) arab-ku, (nega unga) ajamiy (Qur'on tushibdi?)" - degan bo'lur edilar". Ayting: "(Ushbu Qur'on) imon keltirgan zotlar uchun hidoyat va (dildagi ma'naviy illat uchun) shifodir". Imon keltirmaydigan kimsalarning esa, quloqlarida og'irlik (karlik) bordir va u (Qur'on) ularga ko'rlik (omili) bo'lur. Ular (go'yo) uzoq bir joydan chaqirilayotgan kishilar (kabi)dirlar.

45. (Ey, Muhammad,) Darhaqiqat, Biz Musoga Kitob (Tavrot) ato etganimizda, u (Tavrot) haqida ham ixtilof qilingandir. Agar Rabbingiz tomonidan (jazo qiyomat Kuni bo'lishi haqida) So'z kechmaganida, ularning o'rtasida ajrim qilingan bo'lur edi. Haqiqatan ham, ular u (Qur'on) haqida shak-shubhadadirlar.

46. Kimki yaxshi amal qilsa, o'zi uchundir. Kim yomonlik qilsa ham o'z ziyonigadir. Rabbingiz bandalarga zulm qiluvchi emasdir.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #482 : 05 Avgust 2008, 07:51:34 »
YIGIRMA BESHINCHI JUZ’
*************************



47. Qiyomat ilmi (haqida) Uning O'zigagina murojaat qilinur. Barcha mevalarning o'z shonalaridan chiqishi ham, bir ayolning homila olib, ko'z yorishi ham, albatta, Uning ilmi bilan bo'lur. U zot (mushriklarga): "Mening "sheriklarim" qani"?! - deb nido qiladigan Kunda, ular: "Bizlar Senga bildirurmizki, oramizda ("sheriklaring" borligiga) birorta ham guvoh yo'qdir", - deydilar.

48. O'zlari ilgari (dunyo hayotida) sig'inib o'tgan narsalari ulardan g'oyib bo'lur. Ular o'zlari uchun qochadigan biror joy yo'q ekanligiga ishonadilar.

49. Inson (o'zi uchun) yaxshilik tilashdan malollanmas. Agar unga yomonlik yetib qolsa, u umidsizlikka, tushkunlikka tushuvchidir.

50. Qasamki, agar unga biror kulfat yetganidan so'ng Biz O'z tomonimizdan biror marhamatni tottirsak, albatta, u: "Bu yolg'iz o'zimdan. Men qiyomat qoyim bo'lishiga ishonmayman. Qasamki, agar (qiyomat bo'lib), men Parvardigorimga qaytarilsam, hech shak-shubhasiz, Uning dargohida ham men uchun go'zal (oqibat) (jannat) bo'lur", - der. Bas, albatta, Biz kofir bo'lgan kimsalarga o'zlari qilgan amallarining xabarini berurmiz va albatta, ularga daІal azobdan tottirurmiz.

51. Qachonki, Biz insonga in'om etsak, u (Bizdan) yuz o'girar va o'z tomoniga ketar. Qachonki, unga yomonlik yetib qolganda esa, u uzundan-uzoq duo iltijolidir.

52. (Ey, Muhammad, mushriklarga) ayting: "Xabar bering-chi, agar (Qur'on) haqiqatan ham Alloh huzuridan (kelgan) bo'lsa-yu, so'ngra sizlar u (Qur'on)ga kofir bo'lsangizlar, (u holda) kim (sizlardek) chuqur ixtilofda bo'lgan kimsalardan adashganroq bo'lur?!"

53. Toki ularga u (Qur'on)ning haq ekanligi aniq ma'lum bo'lgunicha, albatta, Biz ularga atrofdagi va o'z vujudlaridagi alomatlarimizni ko'rsatajakmiz. Axir, (ularga) Parvardigoringizning barcha narsaga guvoh ekani kifoya emasmi?!

54. Ogoh bo'lingizkim, albatta, ular Parvardigorlari bilan muloqotda bo'lishdan shubhadadirlar! Ogoh bo'lingizkim, albatta, U barcha narsani ihota etuvchidir!
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #483 : 05 Avgust 2008, 07:52:44 »


SHO'RO SURASI

Sho'ro - maslahat, kengash demakdir. Surada musulmonlar dunyoviy va uxraviy ishlarni o'zaro maslahat va kengash asosida amalga oshirishlari maqtovga sazovor ekanligi aytiladi. Shuningdek, unda qiyomat, jannat, do'zax, tavhid, imon, kufr, shirk, zulm kabi sifatlarning Islom aqidasida qanday talqin etilishi lozim ekani haqida oyatlar nozil qilingan.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Ho, Mim.

2. Ayn, Sin, Qof.

3. (Ey, Muhammad,) qudratli va hikmatli Alloh Sizga va Sizdan oldingi (payg'ambar)larga shu tarzda vahiy qilur.

4. Osmonlar va Yerdagi (bor) narsalar Unikidir. U oliy va buyukdir.

5. (Mushriklar shirkidan) ustilaridagi osmonlar yorilib ketishga yaqin qolur. Farishtalar esa, Parvardigorlari hamdi bilan tasbeh ayturlar va yerdagi (mo'min-musulmon)lar uchun (Allohdan) mag'firat so'rarlar. Ogoh bo'lingizkim, albatta, Allohning O'zigina mag'firat qiluvchi va rahmlidir!

6. (Allohni) qo'yib (boshqa) "do'stlar"ni ushlagan (sig'ingan) kimsalar ustidan Alloh kuzatib turuvchidir. (Ey, Muhammad,) Siz ularga vakil (qo'riqchi) emasdursiz.

7. (Barcha) qishloq (shahar)lar onasi (Makka ahlini) va uning atrofidagi kishilarni ogohlantirishingiz uchun va shubhasi yo'q "to'planish Kuni"dan ogohlantirishingiz uchun Biz Sizga mana shunday arabiy Qur'onni vahiy qildik. (U kunda) bir guruh jannatda bo'lsa, bir guruh do'zaxdadir.

8. Agar Alloh xohlaganida, albatta, ularni (insonlarni) bir millat (bir dinda - Islomda) qilgan bo'lur edi. Lekin, U O'zi xohlagan kishilarni O'z rahmatiga (jannatiga) doxil qilur. Zolim (kofir)lar uchun esa, biror do'st va yordamchi yo'qdir.

9. Yoki ular (Allohni) qo'yib (boshqa)larni do'st tutib oldilarmi (o'shalarga sig'inmoqdalarmi)?! (Yo'q,) Allohning O'zigina (chin) do'stdir. U o'liklarni tiriltirur va U barcha narsaga qodirdir.

10. (Ey, Muhammad,) ayting: "Sizlar ixtilof qilgan har bir narsaning hukmi Allohga havoladir. Mana shu Alloh Rabbimdir. Unga tavakkul qildim va Unga iltijo qilurman".
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #484 : 05 Avgust 2008, 07:54:15 »


11. (U) osmonlar va Yerning ilk yaratuvchisidir. U sizlar uchun o'zlaringizdan bo'lmish juftlarni yaratdi va chorva hayvonlaridan ham juft-juft (yaratdi). U sizlarni o'shanda (juftlikda) ko'paytirur. Uning mislidek biror narsa yo'qdir. U eshituvchi va ko'ruvchidir.

12. Osmonlar va Yer (xazinalarining) ochqichlari Unikidir. U O'zi xohlagan kishilarning rizqini keng qilur va tang qilur. Darhaqiqat, U barcha narsani biluvchidir.

13. (Ey, imon keltirganlar, Alloh) sizlar uchun din bo'yicha Nuhga buyurgan narsani va Biz sizga (Muhammadga) vahiy qilgan narsani, (shuningdek,) Biz Ibrohim, Muso va Isoga buyurgan narsani - shariat qildi: "Dinni barpo qilinglar va unda firqa-firqaga bo'linmangizlar!" (Ey, Muhammad,) mushriklarga Siz da'vat qilayotgan narsa (tavhid) og'irlik qildi. Alloh unga (dinga) O'zi xohlagan kishilarni tanlar va Unga inobat qiladigan kishilarni hidoyat qilur.

14. Ular (o'tgan qavmlar) o'zlariga (bo'linmaslik haqida) bilim (hujjat) kelganidan so'ng o'zaro hasad (adovat) qilishib, firqa-firqa bo'lib ketganlar. Agar Rabbingiz tomonidan belgilangan muddatgacha (qiyomatgacha kechiktirish haqidagi) So'z kechmaganida, albatta, ularning o'rtasi ajrim qilingan bo'lur edi. Albatta, ulardan keyin Kitobga (Tavrot va Injilga) voris qilingan kimsalar (yahudiy va nasroniylar) ham undan (o'z Kitoblaridan) shak-shubhadadirlar.

15. Bas, (ey, Muhammad,) mana shuning uchun da'vat qiling va o'zingizga buyurilganidek, To'g'ri yo'lda bo'ling hamda ularning (mushriklarning) havoyi nafslariga ergashmang va ayting: "Men Alloh nozil qilgan Kitobga imon keltirdim va sizlarning o'rtangizda adolatli bo'lishga buyurildim. Alloh Rabbimiz va Rabbingizdir. Bizlarning amallarimiz o'zimizga, sizlarning amallaringiz o'zlaringizgadir. Bizlar bilan sizlarning o'rtangizda (biror) xusumat yo'qdir. Alloh (qiyomatda) barchamizni jamlar va qaytishlik faqat Uning huzurigadir".
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #485 : 05 Avgust 2008, 07:55:04 »


16. Alloh (dini) haqida uni qabul qilinganidan so'ng tortishadigan kishilarning hujjatlari Parvardigor nazdida botil (behuda)dir. Ularga (bu dunyoda) g'azab, (oxiratda esa) qattiq azob bordir.

17. Alloh Haqqoniy Kitobni va tarozi (adolat)ni nozil qilgan zotdir. Qayerdan bilursiz, ehtimol, Qiyomat yaqindir.

18. Unga (Qiyomatga) imon keltirmaydigan kimsalar uni qistagaylar. Imon keltirgan zotlar esa undan qo'rquvchidirlar. Ular uning haq ekanligini bilurlar. Ogoh bo'lingizkim, Qiyomat xususida tortishadigan kimsalar chuqur zalolatdadirlar!

19. Alloh bandalariga mehribondir. U O'zi xohlagan kishilarga (farovon) rizq berur. U kuchli va qudratlidir.

20. Kimki, oxirat ekinini (savobini) istar ekan, Biz unga ekini (hosili)ni ziyoda qilurmiz. Kimki, dunyo ekinini istar ekan, Biz unga o'shandan berurmiz va uning uchun oxiratda nasiba bo'lmas.

21. Balki ular (mushriklar) uchun dindan Alloh ruxsat etmagan narsalarni - ularga shariat qilib bergan sheriklari (butlari) bordir?! Agar So'z (qiyomatga tayin) bo'lmaganida, albatta, ularning o'rtalarida (shu dunyodayoq) hukm qilingan bo'lur edi. Zolimlar uchun, albatta, alamli azob bordir.

22. (Qiyomat kunida) u zolimlarni o'z qilmishlaridan qo'rqib turgan hollarida ko'rasiz. U (jazo baribir) ularga tushuvchidir! Imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlar esa jannatlarning boqlarida bo'lishib, ular uchun Parvardigorlari huzurida xohlagan narsalari bordir. Mana shu katta fazlning o'zidir.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #486 : 05 Avgust 2008, 07:56:01 »


23. Allohning imon keltirgan va solih amallarni qilgan bandalariga beradigan xushxabari ana shudir. (Ey, Muhammad,) ayting: "Men sizlardan bu (da'vatim) uchun haq so'ramayman, faqat qarindoshchilikdagi do'stlik (yaqinlik)nigina (so'rayman)". Kimki, biror chiroyli amal qilsa, Biz uning uchun o'sha (amali)da yana husnni ziyoda qilurmiz (ziyoda savob ato eturmiz). Albatta, Alloh mag'firat qiluvchi va yaxshilikni biluvchidir.

24. Yoki ular: "Alloh sha'niga yolg'on to'qidi" deydilarmi?! (Undoq emas,) chunki agar (Siz yolg'on to'qiydigan bo'lsangiz) Alloh xohlasa, dilingizni muhrlab qo'yur. Alloh O'z so'zlari bilan botil (nohaq gaplar)ni yo'q qilur va Haqni haq qilur (ro'yobga chiqarur). Albatta, U dillardagi (sirlar)ni biluvchidir.

25. U bandalaridan tavbani qabul qiladigan, yomonliklarni afv etadigan va qiladigan ishlaringizni biladigan zotdir.

26. U imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarni (duolarini) ijobat qilur va ularga O'z fazlidan ziyoda qilur. Kofirlar uchun esa qattiq azob bordir.

27. Agar Alloh bandalarining rizqlarini keng-mo'l qilib yuborsa, albatta, ular yer yuzida tajovuzkorlikka o'tib ketgan bo'lur edilar. Lekin, U O'zi xohlaganicha o'lchov bilan (rizq) tushirur. Albatta, U bandalaridan xabardor va ko'rib turuvchidir.

28. U (odamlar) umidsizlikka tushganlaridan keyin yomg'ir Ñ‘g'diradigan va O'z rahmat (barakot)ini keng yoyadigan zotdir. U do'st va hamd egasidir.

29. Osmonlar va Yerning yaratilishi hamda (Alloh) tarqatib yuborgan ulardagi jonivorlar Uning alomatlaridandir. U O'zi xohlagan vaqtida ularni yig'ib olishga qodirdir.

30. (Ey, insonlar,) sizlarga ne musibat yetsa, bas, o'z qo'llaringiz qilgan narsa (gunoh) sabablidir. Yana U ko'p (gunohlar)ni afv etib turur.

31. Sizlar yerda (hech kimni) ojiz qoldiruvchi emassizlar. Sizlar uchun Allohdan o'zga biror do'st ham, yordamchi ham yo'qdir.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #487 : 05 Avgust 2008, 07:56:58 »


32. Dengizdagi tog'lardek suzib yuruvchi (kema)lar ham Uning alomatlaridandir.

33. Agar (Alloh) xohlasa, shamolga taskin berur, bas, ular u (dengiz)ning ustida turib qolurlar. Albatta, bunda har bir (baloga) sabr qiluvchi, (Allohning ne'matlariga) shukr qiluvchi uchun ibratlar bordir.

34. Yoki (kemadagi odamlarni) qilgan gunohlari sababli u (kema)larni halok (g'arq) qilur va ko'plarni (halokatdan qutqarib) afv etur,

35. (toki) oyatlarimiz xususida tortishadigan kimsalar o'zlari uchun (Allohning azobidan) qochib qutuladigan joy yo'q ekanini bilib olsinlar!

36. Bas, (ey, insonlar,) sizlarga ato etilgan narsa(lar) dunyo hayoti matosidir va imon keltirgan hamda yolg'iz Parvardigorlariga suyanadigan zotlar uchun Alloh huzuridagi narsalar (dunyo matolaridan) yaxshiroq va boqiyroqdir.

37. Ular katta gunohlardan va buzuqliklardan chetlanadigan, g'azablangan vaqtlarida esa kechirib yuboradigan zotlardir.

38. Ular Parvardigorlariga ijobat etgan va namozni mukammal ado etgan zotlardir. Ularning ishlari o'zaro maslahat (bilan) bo'lur va Biz ularni rizqlantirgan narsalardan ehson qilurlar.

39. Ular o'zlariga tajovuz qilinganda (unga qarshi kurashib,) g'olib bo'ladigan zotlardir.

40. (Har qanday) yomonlikning jazosi xuddi o'ziga o'xshash yomonlikdir. Bas, kimki afv etib (o'rtani) tuzatsa, bas, uning mukofoti Allohning zimmasidadir. Albatta, U zolimlarni sevmas.

41. Albatta, kimki mazlum bo'lganidan so'ng (zulm qilgan kimsadan) g'olib bo'lsa (intiqom olsa), bas, ular(ni ayblash)ga yo'l yo'qdir.

42. Faqat odamlarga zulm qiladigan va yerda nohaqlik bilan hadlaridan oshadigan kimsalar(ni ayblab jazolash)gagina yo'l bordir. Ana o'shalar uchun alamli azob bordir.

43. Albatta, kimki (aziyatlarga) sabr qilsa va (Alloh uchun) kechirib yuborsa, albatta, bu puxta ishlardandir.

44. Kimni Alloh yo'ldan ozdirsa, bas, unga o'shandan keyin biror (yo'l ko'rsatuvchi) do'st yo'qdir. (Unday) zolimlarning (qiyomat Kuni) azobni ko'rgan vaqtlarida: "(Yana dunyoga) qaytishga biror yo'l bormikan?" - deyayotganlirini ko'rarsiz.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #488 : 05 Avgust 2008, 07:57:42 »


45. Ularning xorlikdan egilgan va (do'zaxga) ko'z qirlari bilan boqqan hollarida unga ko'ndalang qilinayotganlarini ko'rarsiz. Imon keltirgan zotlar: "Albatta, (chin) ziyon ko'ruvchilar qiyomat kunida o'zlariga, ahli (oila)lariga ziyon qilgan kimsalardir", - deydilar. Ogoh bo'lingizkim, (u) zolimlar mangu azobdadirlar.

46. Ularga Allohdan o'zga yordam beradigan hech qanday do'stlar bo'lmas. Kimni Alloh yo'ldan ozdirsa, bas, uning uchun biror (To'g'ri) yo'l yo'qdir.

47. (Ey, insonlar,) Alloh tomonidan hech qaytarib bo'lmaydigan bir kun (qiyomat) kelib qolishidan ilgari Rabbingizga ijobat (itoat) etingiz! U kunda sizlar uchun panoh ham bo'lmas va sizlar uchun (qilmishlaringizni) inkor qilish (imkoni) ham bo'lmas.

48. (Ey, Muhammad,) agar (mushriklar) endi ham (imon keltirishdan) yuz o'girsalar, bas, Biz Sizni ularning ustiga qo'riqchi qilib yuborganimiz yo'q! Sizning zimmangizda faqat (vahiyni) yetkazish bor, xolos. Darhaqiqat, Biz insonga O'z tomonimizdan rahmat (ne'mat)ni tottirgan vaqtimizda u bilan shodlanur, (ammo) agar ularga o'z qo'llari qilgan (gunoh)lari sababli biror yomonlik yetsa, bas, albatta, inson (zoti) noshukrdir.

49. Osmonlar va Yerning hukmronligi Allohga (xos)dir. U O'zi xohlagan narsani yaratur. U O'zi xohlagan kishiga qizlarni hadya etur va O'zi xohlagan kishiga o'g'illarni hadya etur.

50. Yoki ularga o'g'illar va qizlarni qo'shib berur va O'zi xohlagan kishini tug'mas (bepusht) qilib qo'yur. Albatta, U (barcha narsani) biluvchi va (o'zi xohlagan narsani yaratishga) qodirdir.

51. Insonga Alloh (bevosita) so'z qotishi mumkin emas. Faqat vahiy orqali yo parda ortidan yoki elchi (farishta) yuborib, (Allohning) izni bilan u xohlagan narsani vahiy qilishi mumkin. Albatta, U (sha'ni) oliy va hikmatli zotdir.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #489 : 05 Avgust 2008, 07:58:53 »


52. (Ey, Muhammad,) shunday qilib, amrimiz bilan Sizga Ruhni (Qur'onni) vahiy qildik. Siz (bundan) oldin na Kitobni (Qur'onni) va na imonni (mohiyatini) biluvchi edingiz. Lekin Biz uni (Qur'onni) nur qildikki, u bilan bandalarimizdan O'zimiz xohlagan kishilarni hidoyat qilurmiz. Albatta, Siz (vahiy yordamida) To'g'ri yo'lga boshlaysiz.

53. (U) osmonlardagi va yerdagi (bor) narsa O'ziniki bo'lmish Allohning yo'lidir! Ogoh bo'lingizkim, (barcha) ishlar Allohga qaytur!


ZUXRUF SURASI


Zuxruf - zeb-ziynat demakdir.

Surada shu haqda oyat nozil qilingani uchun shu lafz bilan nomlangan. Surada Allohning beadad ne'matlari, mushriklarning Alloh sha'niga to'qigan bo'htonlari, Ibrohim va Muso payg'ambarlarning qissalaridan lavhalar va boshqa muhim ma'lumotlar mavjud.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1.  Ho, Mim.

2. Aniq Kitob (Qur'on)ga qasamki,

3. albatta, Biz uni sizlar anglashlaringiz uchun arabiy Qur'on qildik!

4. Darhaqiqat, u (Qur'on) dargohimizdagi Asl Kitobda (Lavhul - Mahfuzda) oliy (martabali) va hikmatli (Kitob)dir.

5. Bas, haddan oshuvchi qavm bo'lsangiz, sizlardan (bu) eslatmani burib (o'z hollaringizga tashlab) qo'yaylikmi?!

6. Avvalgilarga ham qanchalab payg'ambar yuborganmiz.

7. Ular ham o'zlariga kelgan payg'ambarni faqat masxara qilar edilar.

8. Bas, ulardan (makka kofirlaridan) kuchliroqlarni ham halok qilganmiz. (Qur'onda) avvalgilarning masal (qissa)lari o'tdi.

9. (Ey, Muhammad,) qasamki, agar ulardan: "Osmonlar va Yerni kim yaratgan?" deb so'rasangiz, albatta: "Ularni qudratli va bilimli (Alloh) yaratgan", - derlar.

10.  O'sha zot sizlar uchun yerni beshik (qarorgoh) qilib qo'ydi va (safarlarda) yo'l topishlaringiz uchun unda (yerda) yo'llarni (paydo) qildi.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #490 : 05 Avgust 2008, 07:59:42 »


11. O'sha zot osmondan (aniq) o'lchov bilan suv (yomg'ir) yog'dirdi. Bas, Biz u (suv) bilan "o'lik" qishloqlarni "tiriltirdik" (giyohlarni chiqardik). Sizlar ham (Qiyomatda qabrlaringizdan) mana shunday chiqarilursizlar.

12. O'sha zot barcha juftlarni (mavjudotni) yaratdi va sizlar uchun kemalar va chorva hayvonlaridan ulovlarni (paydo) qildi.

13. Toki sizlar ularning ustiga mingaysizlar, so'ngra unga o'rnashib olgach, Parvardigoringiz ne'matini eslab aytursizlar: "Bizlarga bu (ulov)ni bo'ysundirib qo'ygan zotga tasbeh aytamiz. Bizlar o'zimiz bunga qodir emas edik.

14. Albatta, bizlar (barchamiz) Rabbimiz (huzuri)ga qaytuvchidirmiz".

15. Ular (mushriklar) Unga O'z bandalaridan (farishtalarni) a'zo qildilar. Darhaqiqat, inson aniq noshukurdir.

16. Yoki (Alloh) O'zi yaratadigan narsalardan qizlarni olib, sizlarga o'g'illarni tanlab berdimi?!

17. Qachonki, ularning birortasiga Rahmonga misol qilgan narsa (qiz tug'ilgani) haqida "xushxabar" berilsa, g'azabga to'lib, yuzi qorayib ketar.

18. Zeb-ziynat ichida o'stiriladigan, munozarada (o'z maqsadini) ochiq bayon qila olmaydigan (zaifa)ni-ya!

19. Rahmonning bandalari bo'lmish farishtalarni "qizlar" dedilar. YO ularni (farishtalarni) yaratishga guvoh bo'lganmidilar?! Ularning bu "guvoh"liklari, albatta, yozilur va ular (qiyomat kunida) so'roq qilinurlar.

20. Ular: "Agar Rahmon xohlaganida, bizlar ularga (butlarga) ibodat qilmagan bo'lur edik", - deydilar. Ular uchun bunga (hech qanday) bilim (asos) yo'qdir. Ular faqat yolg'on so'zlamoqdalar.

21. Yoki Biz ularga undan (Qur'ondan) oldin (biror) kitob ato etganmiz-u, ular o'shani tutuvchimilar?!

22. Balki ular (shunday) deydilar: "Bizlar ota-bobolarimizni bir din uzra topganmiz va albatta, bizlar ularning izlaridan borib hidoyat topuvchilardirmiz".
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #491 : 05 Avgust 2008, 08:00:55 »


23. (Ey, Muhammad,) shuningdek, Sizdan ilgari qaysi bir shaharga ogohlantiruvchi (payg'ambar) yubormaylik, u joyning maishatparastlari: "Albatta, bizlar ota-bobolarimizni bir millat (din) uzra topganmiz va albatta, bizlar ularning izlaridan ergashuvchidirmiz", - deganlar.

24. (Payg'ambar ularga) "Agar men sizlarga siz ota-bobolaringizni u uzra topgan narsa (din)dan To'g'riroq (din)ni keltirgan bo'lsamchi?" - deganida, ular: "Albatta, bizlar sizlar elchi qilib yuborilgan (din)ga kofirdirmiz", - dedilar.

25. Bas, ulardan intiqom oldik. Endi, u (payg'ambarlarni) yolg'onchi qiluvchilarning oqibatlari qanday bo'lganini ko'ring!

26. Eslang, Ibrohim otasiga va qavmiga degan edi: "Men sizlar ibodat qilayotgan ma'budalardan bezordirman.

27. Illo, meni yaratgan zotgagina (ibodat qilurman). Bas, U meni (Haq dinga) hidoyat qilajak".

28. U (Ibrohim) o'sha (nasihat)ni zora qaytsalar, deb o'z ortida qoluvchi so'z qildi.

29. Men esa (u qoldirgan so'zga itoat etmagan) ana u (Makka aholisi)ni ham, ularning ota-bobolarini ham - to ularga Haq (Qur'on) va aniq payg'ambar (Muhammad) kelgunicha, (farovon hayotdan) foydalantirdim.

30. (Ammo) ularga Haq (Qur'on) kelgach, ular: "Bu sehrdir, bizlar unga kofirdirmiz", - dedilar.

31. Yana ular: "Bu Qur'on ikki shahar(ning biri)dan bo'lgan ulug' odamga nozil qilinganida edi", - dedilar.


Izoh: Ikki qishloq Makka va Toif shaharlari. Makka mushriklari o'zlarining buzuq e'tiqodlaricha, agar Qur'on haqiqatan Alloh tomonidan nozil bo'lganida edi makkalik Valid ibn Mug'ira yoki toiflik Urva ibn Ma'ud as-Saqafiy kabi boy-badavlat, mashhur zodagonlardan biriga nozil qilingan bo'lur edi, der edilar.

32. (Ey, Muhammad,) Rabbingizning rahmati (payg'ambarlik)ni ular taqsimlaydilarmi?! Ularning dunyo hayotidagi tirikchiliklarini ham ularning o'rtalarida Biz taqsimlaganmiz va bir-birlarini bo'yin sundirish (ishlatish)lari uchun ba'zilarini ba'zilaridan darajalarini ko'tarib qo'yganmiz. Rabbingizning rahmati esa ular to'playdigan narsa (boylik)laridan yaxshiroqdir.

33. Agar (imon keltirmaganlarning to'q yashayotganlarini ko'rib) odamlar bir millat (kofir) bo'lib olishlari bo'lmaganida edi, albatta, Rahmonga kofir bo'ladigan kimsalarga uylarining shiftlarini ham, unga chiqadigan narvonlarni ham kumushdan qilib qo'ygan bo'lur edik.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #492 : 05 Avgust 2008, 08:04:04 »


34. Yana ularning uylarining eshiklarini ham, o'zlari ustida yastanib o'tiradigan so'rilarni ham (kumushdan qilib qo'ygan bo'lur edik).

35. Yana (barcha) zeb-ziynatni ham. (Zero, bularning) barchasi faqat dunyo hayoti matolaridir. Oxirat esa, Rabbingiz nazdida, taqvodorlar uchundir.

36. Kimki Rahmon zikridan (Qur'on nasihatlaridan) ko'r bo'lib olsa (yuz o'girsa), Biz unga shaytonni yaqin qilib qo'yarmiz, bas, u unga hamrohdir.

37. Albatta, ular (shaytonlar) yo'ldan to'sib turib, yana o'zlarini hidoyat topuvchilar, deb hisoblaydilar.

38. To qachonki, Bizning huzurimizga kelgach, (o'sha shaytonga qarab): "Qani endi, men bilan sening o'rtang Sharqu G'arbning o'rtasidagi uzoqlik kabi bo'lsa. Bas,(sen) naqadar yomon hamroh", - der.

39. Zulm qilganlaringiz sababli bu Kunda azobda sherik ekaningiz sizlarga sira foyda bermas.

40. Bas, (ey, Muhammad,) Siz karlarga eshittira olurmisiz, yoki ko'rlar va aniq zalolatdagi kimsalarni hidoyat qila olurmisiz?!

41. Bas, agar Biz Sizni ketkazsak (vafot ettirsak ham), albatta, Biz ulardan (oxiratda) intiqom oluvchidirmiz.

42. Yoki Biz ularga va'da qilgan narsani (azobni hayotlik chog'ingizdayoq) Sizga ko'rsataylikmi?! Zero, Biz ularga (azob berishga) qodirmiz.

43. Bas, Siz o'zingizga vahiy qilingan narsani (Qur'onni) mahkam ushlang! Albatta, Siz To'g'ri yo'ldadirsiz!

44. Albatta, u (Qur'on) Siz uchun ham, qavmingiz (ummatingiz) uchun ham sharafdir va yaqinda (Qiyomatda) so'ralursizlar.

45. (Ey, Muhammad,) Sizdan ilgari yuborgan payg'ambarlarimizdan so'rab boqing-chi, Rahmondan o'zga ibodat qilinadigan "iloh"lar qilganmikanmiz?!

46. Biz Musoni mo''jizalarimiz bilan Fir'avn va uning zodagonlariga yubordik. Bas, u: "Men (barcha) olamlar Parvardigorining payg'ambaridirman", - dedi.

47. Bas, qachonki, u mo''jizalarimizni ularga keltirganida, ular birdaniga ulardan (mo''jizalardan) kula boshladilar. .
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #493 : 05 Avgust 2008, 08:05:21 »


48. Biz ularga qaysi bir mo''jizani ko'rsatsak, albatta, u (o'zidan avvalgi) sherigidan kattaroqdir. Shoyad (imonga) qaytsalar, deb ularni azobga tutdik.

49. Ular mo''jizalarimizni ko'rishgach, Musoga: "Ey, sehrgar, senga bergan va'dasiga binoan Rabbingga bizlar uchun duo qil. (Agar U azoblarni aritsa,) albatta, bizlar hidoyat topuvchidirmiz", - dedilar.

50. Bas, qachonki, Biz ulardan azobni aritsak, nogoh ular (o'z ahdlarini) buza boshlaydilar.

51. Fir'avn o'z qavmiga jar solib dedi: "Ey, qavmim, Misr podshohligi va mana bu ostimdan oqib turgan daryolar meniki emasmi?! Axir, ko'rayapsizlarmi?!

52. Yoki mana bu hozir (maqsadini) ochiq bayon qila olmaydigan kimsadan (Musodan) men yaxshiroq emasmanmi?!

53. Bas, unga (Musoga) oltin bilaguzuklar tashlanganida edi yoki u bilan birga farishtalar hamroh bo'lib kelganida edi!"

54. Bas, u o'z qavmini tezlatgan edi, ular unga itoat etdilar. Darhaqiqat, ular fosiqlar qavmi edilar.

55. Bas, qachonki, ular g'azabimizni keltirishgach, Biz ulardan intiqom oldik - barchalarini (dengizga) g'arq qilib yubordik.

56. Bas, ularni keyingilar uchun o'tmish (ibrat) va masal qilib qo'ydik.

57. (Ey, Muhammad,) qachonki, Maryam o'g'li (Iso) misol keltirilsa, birdaniga qavmingiz (bundan shodlanib) qichqira boshlaydilar.

58. Ular: "Bizlarning ilohlarimiz yaxshiroqmi yoki umi?!"- deydilar. Ular (bu misolni). Sizga faqat tortishish uchungina keltiradilar. Aslida, ular xusumatchi (urushqoq) qavmdirlar.

59. U faqatgina Biz (payg'ambarlik) in'om etgan bir bandadir. Biz uni (otasiz yaratish bilan) Isroil avlodi uchun bir misol (ibrat) qildik.

60. Agar xohlaganimizda, albatta, sizlarning o'rningizga yerda o'rinbosarlikka farishtalarni (paydo) qilgan bo'lar edik.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #494 : 05 Avgust 2008, 08:13:05 »


61. Albatta, (Iso) Qiyomat haqidagi ilm (alomat)dir. Bas, sizlar u (Qiyomat) haqida sira shubha qilmangiz! (Ey, Muhammad, Makka ahliga ayting): "Menga ergashinglar! Mana shu To'g'ri yo'ldir.

Izoh: Islom aqidasida Iso (a. s.)ning qiyomat qoyim bo'lishi arafasida osmondan Yer yuziga nozil bo'lishi va 40 yil Islom shariati bo'yicha hukm aytishi To'g'risida alohida bir band bor. Bu aqidaning dalili sifatida ushbu oyat va boshqa hadisi shariflarni keltirganlar. Ulug' sahobalardan Abdulloh ibn Abbos va Qatododan mazkur rivoyat naql qilingandir.

62. Sizlarni shayton (Allohning dinidan) sira to'smasin! Albatta, u sizlarga aniq dushmandir.

63. Qachonki, Iso hujjatlarni keltirgach, dedi: "Mana men sizlarga Hikmat (Injil) bilan, sizlarga o'zlaringiz ixtilof qilayotgan ayrim narsalarni bayon qilib berish uchun keldim. Bas, Allohdan qo'rqingiz va menga itoat etingiz!

64. Albatta, Allohning O'zi Rabbim va Rabbingizdir, bas, Unga ibodat qilingiz! Mana shu To'g'ri yo'ldir".

65. So'ngra (nasroniylar ichidan chiqqan) firqalar (Iso xususida) o'zaro ixtilof qildilar. Bas, (u) zolimlarga alamli kun (qiyomat) azobi - halokat bo'lgay!

66. Ular faqat o'zlari sezmagan hollarida Qiyomat to'satdan kelib qolishini kutmoqdalar, xolos.

67. U kunda taqvolilardan o'zga do'stlar bir-birlariga dushmandirlar.

68. (U kunda taqvolilarga aytilur:) "Ey, bandalarim, bu Kunda sizlarga xavf yo'qdir va sizlar aslo g'am chekmaysizlar.

69. (Sizlar) oyatlarimizga imon keltirgan va musulmon bo'lgansizlar.

70. Xotinlaringiz bilan birga mamnunlik hollaringizda jannatga kiringiz!"

71. Ularga oltin laganlar(da taomlar) va qadahlar(da sharoblar) aylantirilur. U joyda ko'ngillar tilaydigan va ko'zlar lazzatlanadigan (barcha) narsa bordir. Sizlar u joyda mangu qolursizlar.

72. Qilib o'tgan amallaringiz bilan sizlarga meros qilib berilgan jannat mana shudir.

73. Sizlar uchun u joyda ko'plab meva(lar) bo'lib, sizlar ulardan yegaysizlar.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

 

Qur'oni karim. Alouddin Mansur tarjima va sharhi

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 607
Ko'rilgan: 705260
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 02:24:55
muallifi AbdulAziz
Qur'oni karim tafsir va tarjimalari

Muallif AbdulAzizBo'lim Islom

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 32620
So'nggi javob 30 Oktyabr 2009, 18:41:42
muallifi yoqimtoyqiz
Qur'oni karim oyatlari rasmlarda

Muallif MuhammadBo'lim Islomiy media

Javoblar: 36
Ko'rilgan: 31451
So'nggi javob 02 Yanvar 2009, 17:29:09
muallifi zuhrahon
Qur'oni Karim mo'jizalari

Muallif RobiyaBo'lim Islomiy media

Javoblar: 17
Ko'rilgan: 19325
So'nggi javob 13 Aprel 2008, 00:32:30
muallifi lolo
Qur'oni karim nomlari

Muallif Muhammad AminBo'lim Islom

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 5271
So'nggi javob 13 Noyabr 2007, 11:13:48
muallifi Muhammad Amin